Научная статья на тему 'TАRIX TА’LIMIDА KURSLАRАRO UZVIYLIKNI TА’MINLАSHNING PEDАGOGIK SHАRT-SHАROITLАRI'

TАRIX TА’LIMIDА KURSLАRАRO UZVIYLIKNI TА’MINLАSHNING PEDАGOGIK SHАRT-SHАROITLАRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1231
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim klasteri / kurslararo uzviylik / aloqadorlik / izchillik / tamoyillar / uzluksizlik / insonparvarlik / ko’rsatmalilik / ilmiylik va xolislik / tarixiylik / tabaqalashtirilganlik / ta’lim-tarbiya / educational cluster / interdisciplinary affiliation / relevance / consistency / principles / continuity / humanity / demonstration / scientific and objective / historical / stratification / education

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Faxriddin Tursunov, Ulugbek Turopov

Maqolada tarix taʼlimida kurslararo uzviylikni taʼminlash vositasida taʼlim samaradorligiga erishishning ilmiy-pedagogik tamoyillari keltirilgan bo’lib, kurslararo aloqalarni amalga oshirishga qoʼyiladigan uslubiy talablar asoslab o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR INTERCULTURAL MEMBERSHIP IN HISTORY EDUCATION

The article presents the scientific and pedagogical principles of achieving educational effectiveness through the provision of interdisciplinary affiliation in history education, and the methodological requirements for the implementation of interdisciplinary communication.

Текст научной работы на тему «TАRIX TА’LIMIDА KURSLАRАRO UZVIYLIKNI TА’MINLАSHNING PEDАGOGIK SHАRT-SHАROITLАRI»

TARIX TA'LIMIDA KURSLARARO UZVIYLIKNI TA'MINLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Faxriddin Tursunov Ulug'bek Turopov

Chirchiq davlat pedagogika instituti Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada tarix ta'limida kurslararo uzviylikni ta'minlash vositasida ta'lim samaradorligiga erishishning ilmiy-pedagogik tamoyillari keltirilgan bo'lib, kurslararo aloqalarni amalga oshirishga qo'yiladigan uslubiy talablar asoslab o'tilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim klasteri, kurslararo uzviylik, aloqadorlik, izchillik, tamoyillar, uzluksizlik, insonparvarlik, ko'rsatmalilik, ilmiylik va xolislik, tarixiylik, tabaqalashtirilganlik, ta'lim-tarbiya

PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR INTERCULTURAL MEMBERSHIP IN

HISTORY EDUCATION

Fakhriddin Tursunov Ulugbek Turopov

Chirchik State Pedagogical Institute Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

The article presents the scientific and pedagogical principles of achieving educational effectiveness through the provision of interdisciplinary affiliation in history education, and the methodological requirements for the implementation of interdisciplinary communication.

Keywords: educational cluster, interdisciplinary affiliation, relevance, consistency, principles, continuity, humanity, demonstration, scientific and objective, historical, stratification, education

KIRISH

Uzluksiz ta'lim jarayoni ilmiy-pedagogik tamoyillarga amal qilgandagina o'z oldiga qo'ygan murakkab muammolarni yecha oladi. Ta'lim jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilib, dars samaradorligini oshirish uchun esa eng muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan tamoyillarini belgilab olmoq zarur. Bu tamoyillar ta'lim-tarbiyaning davr talabiga mosligi, pedagogik jarayonda ob'ektiv va sub'ektiv jarayonlarning uyg'unligi, ta'lim-tarbiyada maqsad, mazmun, metod va vositalarning bir-biri bilan bog'liqligi kabi pedagogikaning umumiy qonuniyatlari hamda

tamoyillaridan foydalanib, tarix ta'limning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda aniqlash lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

O'tmishdagi aksariyat buyuk pedagoglar, jumladan Ya.A.Komenskiy, J.Lokk, I.G.Pestalotstsi, A.Disterveg, I.F.Gerbert, O.Vilman, K.D.Ushinskiy va boshqalar fanlararo, kurslararo va fan ichidagi o'zaro aloqalarni o'rnatish zarurligi masalasiga jiddiy e'tibor berib, bu muammoni to'g'ri hal etilishi puxta va sistemalashgan bilim asoslarinishakllantirish omili hisoblaganlar. Chunki, tarixiy bosqichlarda to'plangan bilimlarni o'ziga xos ravishda jamlagan falsafa fanidan keyinchalik, xususan Uyg'onish davrida, insoniyat bilimlarining gurkirab rivojlanishi sharoitida mustaqil fan tarmoqlari ajralib chiqa boshlagan. Natijada, fanlarni tabaqalashtirish jarayoni boshlanib, bu o'z navbatida maktab predmetlari orasidagi tabiiy, dialektik aloqalarni ham buza boshladi. Bu esa tabiatdagi narsa va hodisalarning o'zaro bog'liqligi va o'zaro munosabatlari(butun borliq muvozanatdan, ya'ni o'zaro bog'liqlikdan iborat ekanligi) haqidagi o'quvchilar tasavvurini toraytirib, sxolastik(puch) va tarqoq bilimlarga olib keldi.

Respublika maktablaridagi tarix ta'limining xususiyati ikki mustaqil kurs sifatida o'qitiladigan jahon va O'zbekiston tarixining eng qadimgi davridan hozirgi kungacha ro'y bergan voqea va jarayonlarini xronologik izchillikda o'rganishdan iborat. Garchi, T.Toshpo'latov, A.Sa'diev, B.Abdullayeva, Ya.Gafforov, Sh.Mardonov, B.Boymetov, U.Xodjamqulov, J.Abduraxmanova, S.Toshtemirova kabi olimlarning ilmiy ishlari, maqola va qo'llanmalarida jahon tarixi va O'zbekiston tarixi kurslarini o'zaro aloqadorlikda o'rganish xususida fikr yuritilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ta'lim klasterida ta'lim mazmuni integratsiyasi tarix o'qitishda kurslararo uzviylikni ta'minlash muhim bo'lib, ta'lim mazmunining kurslararo uzviyligi vositasida ta'lim samaradorligini oshirish uchun quyidagi tamoyillar muhim sanaladi:

1. Tarixni kurslararo bog'lab o'rganishning o'quvchilar yoshi, psixologik xususiyati va saviyasiga mosligi tamoyili.

Bu tamoyil tarixiy ma'lumotlarni o'quvchilar tomonidan to'liq o'zlashtirishlari nuqtai nazardan ularning individual va yosh xususiyatlari, bilim darajasi doirasidan kelib chiqib ish olib borishga imkon beradi. Chunonchi, 11-13 yoshli bolalar aqliy faoliyatida bilishning zaruriy shart-sharoitlaridan biri hisoblangan aniq tarixiy obraz-tasavvur ustunlik qilishi pedagogik kuzatishlarda aniqlangan. Ayniqsa, 7,8-sinf o'quvchilari induktiv, deduktiv xulosalar chiqarishini yaxshi uddalay oladilar. Shu

bilan birga mustaqil mantiqiy xulosalar chiqarish qobiliyatlari cheklangan bo'lishini hisobga olib, tarixiy materialini bog'lab o'rganishda ular saviyasini yuksaltirib borishning didaktik tamoyillariga amal qilishni taqozo etadi. Binobarin, ikkala tarix kursidagi tarixiy shaxslar va dalillarni yorqin obrazlar bilan bog'lab olib borish, tarixiy bilimlarni ongli va puxta o'zlashtirish, o'quvchilarda ijobiy hissiyotlar uyg'otish shartlaridan biridir. Bu esa o'z navbatida tahlilning abstrakt mushohadaga o'tib borishi uchun shart-sharoit yaratadi.

Abstraktsiyalash orqali, ya'ni hodisalarning umumiy belgilarini fikran ajratilib, shu hodisaning muhim bo'lmagan xususiyatlari va belgilaridan ayrim holda tasavvur etish yo'li bilan sintezlashning oliy shakli- umumlashtirish sari boriladi.

Belgilar va xususiyatlarni umumlashtirish asosida tarixiy tushunchalar tarkib topadi. Tushunchalar esa tarixiy hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari, bog'lanish va munosabatlarning inson ongida aks etishidir. Bular darsda foydalanish zarur bo'lgan tarixiy manba, atama, tushunchalarni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

2. Uzviylik va uzluksizlik tamoyli. Tarix ta'limining uzviyligi va uzluksizligi tamoyili tarix o'quv fani mazmunining uzviyligini o'rnatishda muhim o'rin tutadi. Bu tamoyil didaktikaning muhim tamoyili- oddiydan murakkabga, noma'lumdan ma'lumga qarab borishda va oldingi o'zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda keyingilarini o'zlashtirishga tayyorlash omili sifatida kirish, umumlashtiruvchi-takrorlash darslarini o'tkazishga mas'uliyatni oshiradi. U DTS, o'quv rejalari, dasturlar, darsliklarda materiallarning bir-biri bilan mantiqiy bog'liq bo'lishini, ta'limning har bir bosqichida ma'lum darajada bilim ko'nikma va malakalarni shakllantirishni talab qiladi hamda yoshlar tarixiy ongining shakllanishiga muvofiq tarzda fan yutuqlarini o'zlashtirib borishni ta'minlaydi. Ma'lumki, umumiy o'rta ta'lim maktablarida har bir davr tarixi bir marta o'qitilib, yuqori bosqichlarda takrorlanmaydi. Bundan mustasno holda 5-sinf tarixdan hikoyalar kursida esa qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo'lgan muhim tarixiy voqealar fan asoslari sifatida emas, balki epizodik (voqeaband) hikoyalar tarzida o'rganilishi sababli undagi mavzular xronologik izchillikka uncha asoslanmaydi. Umuman, tarixiy materialni xronologik izchillikda bayon qilinishi o'quvchilar tarixiy bilimlarini tizimlashtirib, uning uzviyligini ta'minlash bilan birga yangi tarixiy faktlarni yaxshiroq o'zlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tarixiy jarayondagi yangi faktning o'rnini aniqlashga, uni tarix bilimlari tizimiga kiritishga yordam beradi. Bu tamoyil ikkita tarix kursini o'zaro aloqadorlikda o'rganishda tarixiy materiallar bir-birini takrorlamagan holda, bir-birini to'ldirishini nazarda tutadi.

3. Ilmiylik va xolislik tamoyili. Jahon tarixi va O'zbekiston tarixini o'qitishda integratsion yondashishning eng muhim tamoyillaridan biri ilmiylik, xolislik, tarix haqiqatining ustivorligi tamoyilidir. Bu tamoyilga amal qilinmasa tarixiy voqea va hodisalarni to'g'ri idrok qilib bo'lmaydi. Natijada o'quvchilarning tarixiy bilimi soxtalashadi. Ma'lumki, sovet tarixshunosligi hukmron kommunistik mafkura bilan qurollanib butun o'tmishimizni soxtalashtirib yuborgan. Moziyni asosan urush va xunrezlikdan iborat qilib ko'rsatish bilan tarixiy ilmiy haqiqat ataylab buzib tashlangan edi. Shuning uchun o'rganiladigan tarixiy material ilmiy asoslangan, ishonchli va aniq bo'lishi, voqea-hodisalar o'zaro bog'lanish va rivojlanishda yoritilishi zarur. Binobarin, tarix haqiqati bu aniq voqealar, hodisalar va munosabatlar majmuidan iborat bo'lib, tarixda ro'y bergan voqea qanday yuz bergan bo'lsa, uni shunday yoritish kerak. Bu tamoyil haqqoniy tarixni bilish asosida o'zlikni anglashga undaydi.

4. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish tamoyili. Dunyoqarash insoning dunyoni ma'lum darajada tushinishi, anglashi, bilishi, baholashi va shular asosida amaliy o'zlashtirishi bo'lib, u insonni dunyoni bir butun yoki turli-tuman holda ko'rishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, insonning dunyodagi o'z o'rin va rolini belgilashidir. Jamiyatning rivojlanib borishi bilan insonning amaliy bilish faoliyati ham rivojlanib boradi. Dunyoqarash butun insoniyat hayoti sharoitini anglab olishini, butun qadriyatlar tizimini, o'tmish obrazlari, hozirgi realliklarni, kelajakning mo'ljallarini ham o'z ichiga oladi. Har bir insonning o'z hayotiy faoliyati va taraqqiyotida ma'lum dunyoqarash shakllanib, to'liq tashkil topgan paytdagina u shaxs bo'la oladi. O'zbekistonning yangilangan ta'limi mustaqil fikrlaydigan, yetuk shaxs, komil insonni shakllantirishga qaratilgan. Zotan, o'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanar ekan, o'quvchilarda dunyoni, insoniyat jamiyati taraqqiyotini tushunish, ya'ni yaxlit ilmiy dunyoqarash jahon va O'zbekiston tarixini qiyoslab, bir-biriga bog'lagan holda, o'zaro aloqadorlikda o'rganish orqali shakllanadi.

5. Tarixiylik tamoyili. Ta'lim jarayonining qonuniy bog'lanishlari jamiyat ehtiyoji, ijtimoiy jarayonlar bilan bog'liq ravishda sodir bo'ladi. Tarixiylik tamoyili ta'lim jarayonining asosiy qonuniyati, ya'ni ta'limni jamiyat ehtiyojiga bog'liqligi qonuniyatidan kelib chiqadi. Unga amal qilish natijasida o'quv materiali boyitiladi va o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashi shakllanib, axloqiy sifatlari tarbiyalanadi. Mazkur tamoyil har bir narsa yoki hodisaga tarix nuqtai nazaridan yondashish ko'nikmasini hosil qiladi. Bu tamoyilni faqat bir mamlakat tarixini o'qitib, tarixiy davrni o'rganish bilan o'quvchilarda shakllantirib bo'lmaydi. Buning uchun maxsus savol va topshiriqlar vositasida doimo o'quvchida voqealarni ko'rilayotgan davr bilan solishtirish talab qiladigan vaziyatni hosil qilish muhimdir. Shuning uchun kurslararo bog'lanishni qo'llash bilan o'qituvchi birinchidan o'quvchilarga tarixiy davrni

qanchalik taqqoslash lozimligini ko'rsatsa, ikkinchidan bir tarixiy davr doirasida bir mamlakatning boshqasidan farqi, o'ziga xos xususiyati e'tiborga olinishini uqtiradi. Bu tamoyilni kurslararo asosda qo'llashga madaniyatning rivojlanishi kabi dars mavzularini o'rganish misol bo'lishi mumkin.

6. Tarixni insonparvarlashtirish tamoyili - o'tmishga nisbatan g'ayrinsoniy qarashlarga chek qo'yib, o'quv materialini umuminsoniy xarakterdagi mazmun bilan boyitish, ma'lum, jamiyat (jumladan, O'zbekiston) tarixini jahon sivilizatsiyasining tarkibiy qismi deb qarash, insonni tarix sub'ekti sifatida o'rganishga yanada chuqur, keng va atroflicha yondashish, o'quvchi-yoshlar shaxsi, axloqiy sifatlarini shakllantirish bilan insoniy fazilatlarini kamol toptirishni ko'zda tutadi. Chunki, "...tarix inson orqali vujudga keladi va inson orqali abadiyatga aylanadi. Inson ongi va tafakkuri, qalbi va tuyg'ulari orqali yuzaga kelgan hodisa sifatida qadriyatga aylanadi".

7. Tarixni o'rganishda o'quv materialining ta'lim-tarbiyaviy jihatdan eng muhimlarini ajratish tamoyili. O'quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiruvchi hamda tarbiyaviy jihatdan eng muhim hisoblangan tarixiy dalil, tushuncha, voqea, jarayon, yetakchi g'oyalarnigina ajratib olish ko'nikmasini shakllantirish ularda tarix faniga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirib, tarixiy bilimlarni integratsion tarzda puxta o'rganishlariga yordam beradi. O'quvchilardan muhim fikrni muhim bo'lmagan fikrdan ajratish ko'nikmasini shakllantirish bir qator didaktik sharoitlar:

- o'qituvchining ushbu faoliyat tarzi, mohiyati, tuzilishi va mezonlari bo'yicha mavjud bilimlari;

- o'quv materiali va dars maqsadining xususiyatlari;

- o'quvchilarning o'quv-biluv imkoniyatlari bilan bog'liqdir.

Bu tamoyil o'quvchilarni insoniyatning hozirgi ulkan bilimlar ummonida oqilona to'g'ri yo'l tutishga tayyorlashda muhim o'rin tutadi. Chunki, bunday o'qitish o'quvchilarni ortiqcha o'quv yukidan holi qilish bilan birga tegishli ma'lumotni ular xotirasida uzoq saqlash qobiliyati hamda darslik matni bo'yicha oddiy reja tuzish malakasini rivojlantiradi.

8. Tarix o'qitishning milliy asosga qurish (milliy yo'naltirilganligi) tamoyili -tarix fanini O'zbekistonning ko'hna tarixini o'rganishdan boshlash, o'quvchilarning jahon xalqlari o'tmish taraqqyotini o'rganishda Vatan tarixidan olgan bilimlari asos bo'lib xizmat qilishi, ikkala tarixni qiyoslab o'rganish asosida xalqlar tarixidagi mushtarakliklar, o'ziga xos xususiyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, har bir xalqning unga qo'shgan hissasini chuqur anglab, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash, ta'limni milliy tarix, madaniy meros, xalq an'analari bilan uzviy uyg'unligini, tariximizni milliy taraqqiyotning muhim omili, millat murabbiysi sifatida e'tirof etishdan iboratdir. Zero, "o'zini bilmagan, o'z o'tmishini bilmagan hech kimni

bilmas". Ushbu tamoyil uzluksiz ta'limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillaridan biri— ta'limning milliy yo'naltirilishi talablariga mos ravishda "O'zbek xalqi va davlatchiligi tarixi kontseptsiyasi"ning yetakchi g'oyalarini ro'yobga chiqarishga yordamlashadi.

9. Tarix ta'limiga tabaqalashtirilgan tarzda yondashish tamoyili.

O'quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda tarixga bo'lgan qiziqishlarini oshirish va u bilan shug'ullanishning o'ziga xos yo'llarini rivojlantirish kurslararo uzviylikni ta'minlashda muhim o'rin tutadi. O'quvchilarning bilim olishga bo'lgan ehtiyojlarini yanada to'liqroq qondirishga yo'naltirilgan didaktik choralardan biri tarix ta'limi mazmunini tabaqalashtirish, deb hisoblash mumkin. Tabaqalashtirilgan yondashuv asosida o'quvchilar tarixiy bilimlarining uzviyligini ta'minlash uchun kurslararo bog'lanishga oid amaliy topshiriqlarni bajarishda turli tayyorgarlikka ega bo'lgan bolalarning har birida mavjud bo'lgan o'quv imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. O'z bilimlarini qo'llash orqali individual yutuqlarga erishgan o'quvchilarni rag'batlantirish ko'zda tutilishi lozim. Bu sohada tarixdan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar ham o'qitishni tabaqalashtirish uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi.

10. Ta'lim va tarbiya birligi tamoyili. O'quvchilarda vatanparvarlik va milliy g'urur hissini tarbiyalashda tarix ta'limining o'rni beqiyosdir. Vatanimiz umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lib, ajdodlarimizning hamma jabhadagi yaratuvchanlik faoliyati dillarni g'ururga to'ldiradi. Zero, insonni o'z tarixi va madaniyati bilan faxrlanish asnosida milliy iftixor hissi yuksalib, ma'naviy barkamol shaxs bo'lib shakllanishida o'lka tarixini o'rganishda muhim o'rin tutadi. DTS va o'quv dasturi talablari tarix materiallarini o'rganish va ulardan o'rinli foydalanish masalasini o'qituvchining o'zi hal etishini ko'zda tutadi. U o'quvchilarda Ona o'lkaga muhabbatni tarbiyalash bilan birga, ularni mustaqil izlanish, tadqiqot ishlariga o'rgatadi. Masalan, "Buyuk ipak yo'li"ning jahon xalqlari taraqqiyotidagi ijobiy rolini o'rganar ekanlar, o'z o'lkalari hududidan o'tgan bu yo'l tarmog'ining tarixini tiklash orqali Vatanimizning ushbu yo'l harakatda bo'lgan davrida qo'shni mamlakatlar va xalqlar moddiy va ma'naviy madaniyatiga qilgan xizmatini teranroq anglay boshlaydilar. Binobarin, mamlakatimizning hozirgi kunda Sharq va G'arb iqtisodi va madaniyati o'rtasida "Oltin ko'prik" bo'lgan bu qadimiy yo'lni tiklash borasidagi sa'y-harakatlarining ahamiyatini ham chuqur idrok qiladilar. O'quvchilar o'lkadagi tarixiy shaxslar, madaniyat arboblari bilan bog'liq qadamjolarni o'rganishlari, shubhasiz ular bilimini yangi ma'lumotlar asosida yanada boyitadi. Ta'lim va tarbiya uzviyligiga amal qilgan holda bunday faoliyat yurgizish O'zbekiston tarixini jahon tarixida tutgan o'ziga xos o'rnini aniq va ravshan ifodalashga xizmat qiladi.

11. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligini shakllantirish tamoyili

tarixiy voqea va hodisalarga milliy va umumbashariy g'oyalarning umumiy uyg'unligidan kelib chiqib baho berishga o'rgatadi. Zero, o'zbek xalqining ko'pgina milliy xususiyatlari umuminsoniy qadriyatlar bilan bog'lanib, uning shakllanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan. Jumladan, ajdodlarimizning aql zakovati va qalb qo'ri bilan yaratilgan dunyo madanyatining noyob durdonasi bo'lmish "Avesto"da bayon etilgan ilmiy va hayotiy tushunchalar nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo ilmu fan va falsafasi rivojiga salmoqli hissa bo'lib qo'shilgan. Shuninndek, O'rta Osiyoda IX-XII va XIV-XV asrlardagi madaniy yuksalish Yevropa Renessansining asosiy shart-sharoitlarini vujudga keltirgan. Milliy istiqlol g'oyasi, milliy mafkuraning asosiy manbai - bu haqqoniy yoritilgan tarix bo'lib, ikkala tarixni uzviy bog'lab o'rganish o'quvchilar ongida milliy va umuminsoniy qad riyatlarni shakllantirishning qudratli omilidir.

12. Ta'lim beruvchi, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi ta'lim tamoyili - tarix kurslariaro aloqalardan maqsadga muvofiq, muntazam foydalanish, o'qitishning ta'lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalarini chambarchas bog'liq holda olib borishga xizmat qiladi. O'qitishning ta'lim beruvchi vazifalari o'quvchilar qanday bilim, fakt, hodisa, tushuncha va xulosalarni o'zlashtirshlari zarurligini belgilasa, tarbiyalovchi vazifalar o'quvchi shaxsining ma'lum e'tiqod va axloqiy sifatlarini shakllantirishga qaratilgandir. Rivojlantiruvchi ta'lim esa tarixiy materialni o'rganish munosabati bilan o'quvchilarda qanday ko'nikma va malakalar shakllanishi hamda umumiy va tarixiy tafakkurning qaysi jihatlarini rivojlantirishga e'tibor beradi. Shuningdek, bilimlarni egallash va o'quvchilarni har tomonlama kamol toptirish jarayonlari orasida uzluksiz aloqalar o'rnatilishini talab qiladi. O'zlashtiriladigan bilimlar hosil qilinadigan ko'nikma va malakalar uchun asos bo'lib xizmat qiladi. U yuqorida qayd qilingan integrativ darslarda o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish, tarixiy materialni zamon va makonda tahlil qilish, tarixiy hodisa va faktlarning o'xshashlik va farq qiluvchi xususiyatlariga qarab taqqoslash, tarixiy faktlar o'rtasida mavjud bo'lgan sabab- natijali bog'lanishlarni aniqlash kabi ko'nikma va malakalarni hosil qilishga ko'maklashadi.

13. Ko'rsatmalilik tamoyili. O'qitishning og'zaki, amaliy, ko'rsatmali metodlari nafaqat tarix faniga balki barcha fanlar uchun barobar xizmat qiladi. Shu bilan birga tarix ta'limida ko'rgazmali idrok ancha katta imkoniyatlarga egadir. Eslab qolishda ko'rgazmalilikning o'zi emas, balki ularning nutq va amaliy faoliyat bilan biriktirilishi eng yuqori samaradorlikka ega bo'ladi. Ko'pincha ko'rsatmalilik tamoyilini o'quv-bilish faoliyatidagi jonli mushohada va mavhum tafakkurning organik bog'liqligini ta'kidlab, aniq va mavhumning birligi sifatida, ya'ni xususiydan-

umumiyga, aniqdan mavhumga o'tishni; boshqa hollarda esa mavhumdan muayyan tushuncha va faktlarga o'tish tarzida talqin qilinadi. Tarix ta'limida asosan illyustratsiya metodi: plakatlar, xarita, stend, chizmalar, tarixiy mazmundagi rasmlar, fotosuratlar, jadvallar, muzey eksponatlari kabilarni ko'rsatishni o'z ichiga olsa; namoyish etish metodlariga: asl holidagi tabiiy ob'ektlarni ko'rsatish, dars jarayonida esa texnik namoyish, ya'ni yangi pedagogik texnologiyaga muvofiq zamonaviy kompyuter va axborot kommunikatsiya tarmoqlari yordamida kompakt diskda elektron kitoblardagi mavzularni ekranda yoritish, mavzuga oid kino va diafilbmlar, audio va videomateriallar kiradi. Mazkur tamoyil ko'rsatmali metodni tanlashda uning ilmiy -didaktik vazifalarini nazarda tutib, maqsadga muvofiq foydalanishga diqqatni qaratadi. Umuman, yuqorida qayd etilgan tamoyillar Jahon va O'zbekiston tarixidan kurslararo aloqalarni o'rnatib ta'lim uzviyligini ta'minlash va uni amalga joriy qilishning metodik sharoitlarini ishlab chiqishda tayanch bo'ldi. Bundan tashqari turli tajriba-sinov materiallari: metodik tavsiyalar, dars ishlanmalari, chizma, jadvallar, xronologik boshqotirmalar, nazorat va boshqa didaktik materiallar va qo'llanmalarni tayyorlashda ham ushbu tamoyillarga suyanildi.

XULOSA

Shunday qilib, o'qituvchi va o'quvchilarning kurslararo aloqalardan foydalanishlariga omil bo'ladigan sharoit yaratuvchi hamkorlikdagi uslubiy tadbirlar tizimini tashkil qilish mumkin, jumladan:

-o'qituvchilarning tarix kurslari bo'yicha DTS va barcha o'quv uslubiy majmualar mazmunini chuqur o'rganib, undagi kurslararo bog'lanish imkoniyatlarini aniqlangan holda tavqimiy mavzuiy rejada ularni aks ettirishi;

-o'quvchilarning fanlar bo'yicha umumiy o'quv ko'nikmalarini rivojlantirish yuzasidan o'qituvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish orqali o'quv materiallarini o'tish muddati, harakteri, uni tushuntirish va mustahkamlash uslubiga amal qilgan holda yagona talablar tizimi asosida o'quv faoliyatini yurgizish;

-o'quvchilarning oldin o'zlashtirilgan bilimlarini eslatishga o'rgatish; -tarixiy bilimlarning turli manbalaridan olgan bilimlarini umumlashtirgan holda qo'llashni talab qiluvchi kurslararo muammoli vaziyatni yaratish;

-o'quvchilarning tarixning ikkala kursidan olgan bilimlariga tayanib mushohada yuritish asosida javob topishga undovchi turli topshiriqlarni muntazam ravishda qo'llash;

-turli tayorgarlikka ega bo'lgan o'quvchilarning tarix kurslaridan integratsion amaliy topshiriqlarni bajarish natijalarini baholashga tabaqalashtirib yondashish;

-o'quvchilarning kurslararo izchil aloqa yuzasidan umumiy o'quv va fan bo'yicha asosiy ko'nikmalarini muntazam ravishda shakllantirib borish;

-tarixni o'zaro aloqdorlikda o'rganishning o'quvchilarning yoshi, psixologik xususiyatiga mosligi tamoyiliga asoslanib yangi o'quv uslubiy majmualar mazmuni va xarakteridan kelib chiqqan holda zaruriy bog'lanishlarni amalga oshirishdan iborat.

REFERENCES

1. Mardonov, Sh., Toshtemirova, S., Ahmadjonov, B., & Koshanova, N. (2020). Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International Journal of Psychological Rehabilitation, 27(07), 8104-8111.

2. Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the Importance of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 151-156.

3. Mardonov, S., Khodjamkulov, U., Botirova, S., & Shermatova, U. (2020). The Need to Educate Young People with the Spirit of Patriotism in the Context of Globalization. Journal of Critical Reviews, 7(12), 243-247.

4. Toshtemirova, S.A. (2019). Klaster yondashuvi asosida mintaqaviy ta'lim tizmini boshqarish. NamDU ilmiy axborotnomasi, 1(11), 361-367.

5. Toshev S. (2020). TARIX FANINI O'QITISHNDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Science and Education, 1(Special Issue), 6

6. Toshtemirova Saodat Abdurashidovna. Ta'lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida // Uzluksiz ta'lim.-2020. - № 1 (86). - S.5

7. Gafforov Ya. X. (2019). THE STATE OF HUSTORICAL EDUCATION IN UZBEKISTAN DURING WORLD WAR II. USA(Philadelphia) . -P. 173-175.

8. Toshtemirova, S.A. (2020). The quality of education is a pedagogical problem. Актуальные вопросы современной науки Материалы VI международной научно -практической конференции, Саратов. 1(1), 39-40.

9. Абдурахманова, Ж.Н., Тоштемирова, С.А. (2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education, 1(Issue 7), 436-442.

10. Shukurullo Mardonov (2020) Art Pedagogical and art therapeutic technologies in the art classes International Journal of Research in Economics and Sosial Sciences. 10 (Issue 6), 26-36.

11. Тоштемирова C.A. (2020) "Мактаб-лаборатория" инновацион тажриба-синов майдончаларида "И^тидор" лойихдсини шакллаштириш механизмлари // МуFаллим х,эм Yзликсиз билимлендириу, Нукус. -Б. 46-52.

12. Абдурахманова Ж. Н. (2020). Инновацион тажриба майдони - "мактаб-лаборатория"нинг таълим тизимидаги урни. МуFаллим хем узликсиз билимлендири. (Issue 1) -Б. 22-26.

13. Тоштемирова С.А. (2020) "Мактаб-лаборатория" инновацион тажриба-синов майдончаларида "Иктидор" лойихасини шакллаштириш механизмлари // МуFаллим хэм Yзликсиз билимлендириу, Нукус. -Б. 46-52.

14. JI Suyundikovich. (2020). TARIXNI O'QITISH METODIKASI RIVOJLANISHI TARIXIDAN. Fan va ta'lim, 1 (5), 195.

15. Тоштемирова С.А. (2020) Таълим сифати самарадорлигини оширишда инновацион FOяларнинг ахамияти // МуFаллим хэм Yзликсиз билимлендириу, Нукус. -Б. 56-61.

16. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils' Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

17. Абдурахманова Ж. Н. (2019). Тарих фанини укитиш усуллари ва уларнинг самарадорлиги // Ta'lim, fan va innovatsiya. T.: 1(4), 35-39.

18. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

19. Shukurullo Mardonov. Art Pedagogical and art therapeutic technologies in the art classes. International Journal of Research in Economics and Sosial Sciences, 10 (Issue 6), 26-36.

20. B Javlonbek. (2020). O'zbekistondagi o'qituvchilik huquqini shaklanish tarixiy. Otmishga nazar 2 (2-maxsus son), 88.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.