Научная статья на тему 'TАRIX TА’LIMIDА KURSLАRАRO UZVIYLIKNI AMALGA OSHIRISH TALABLARI'

TАRIX TА’LIMIDА KURSLАRАRO UZVIYLIKNI AMALGA OSHIRISH TALABLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

309
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kurslararo uzviylik / izchillik / aloqadorlik / uslubiy birlashmalar / kurslararo uzviylik uslublari / usullari / vositalari / talablari. / inter-course membership / consistency / relevance / methodological associations / inter-course membership methods / methods / tools / requirements.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Begzod Fuzulov

Maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida Jahon va O’zbekiston tarixi darslarida kurslararo aloqadorlikni amalga oshirishda qo’yiladigan uslubiy talablar bo’yicha fikr-mulohazalar bildirilgan. Buni amalga oshirishda maktab oʼqituvchilarining uslubiy birlashmalari va oʼqituvchilar malakasini oshirish boʼyicha jamoa uslubiy ishining vazifalariga to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REQUIREMENTS FOR INTERDISCIPLINARY CONNECTION IN THE TEACHING OF HISTORY

The article provides feedback on the methodological requirements for the implementation of interdisciplinary links in the lessons of World and Uzbek history in secondary schools. In doing so, the focus is on the role of methodological associations of school teachers and team work on teacher training.

Текст научной работы на тему «TАRIX TА’LIMIDА KURSLАRАRO UZVIYLIKNI AMALGA OSHIRISH TALABLARI»

TARIX TA'LIMIDA KURSLARARO UZVIYLIKNI AMALGA OSHIRISH

TALABLARI

Begzod Fuzulov

Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida Jahon va O'zbekiston tarixi darslarida kurslararo aloqadorlikni amalga oshirishda qo'yiladigan uslubiy talablar bo'yicha fikr-mulohazalar bildirilgan. Buni amalga oshirishda maktab o'qituvchilarining uslubiy birlashmalari va o'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha jamoa uslubiy ishining vazifalariga to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: kurslararo uzviylik, izchillik, aloqadorlik, uslubiy birlashmalar, kurslararo uzviylik uslublari, usullari, vositalari, talablari.

REQUIREMENTS FOR INTERDISCIPLINARY CONNECTION IN THE

TEACHING OF HISTORY

Begzod Fuzulov

Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

The article provides feedback on the methodological requirements for the implementation of interdisciplinary links in the lessons of World and Uzbek history in secondary schools. In doing so, the focus is on the role of methodological associations of school teachers and team work on teacher training.

Keywords: inter-course membership, consistency, relevance, methodological associations, inter-course membership methods, methods, tools, requirements.

KIRISH

Dars jarayonida kurslararo uzviylikning uslubiy talablari va shakllarini aniqlash, so'ngra uni amaliyotga joriy etishning pedagogik shart-sharoitlari usul va vositalarini ishlab chiqish nazarda tutildi. Chunki, "ilg'or tajribalarning ko'rsatishicha, o'qituvchilarni o'qitish usullarini optimal tanlashga o'rgatish uchun maktablarda muayyan tashkiliy-pedagogik sharoitlar yaratilgan bo'lishi kerak". Tarixdan fanlararo,

kurslararo va kurs ichidagi aloqalarni muvafaqqiyatli amalga oshirish ko'p jihatdan maktab tarix o'qituvchilarining tayyorgarlik darajasiga bog'liqdir.

Maktab o'qituvchilarining uslubiy birlashmalari o'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha jamoa uslubiy ishining eng ko'p tarqalgan shakli hisoblanib, uni ushbu muammo bo'yicha to'g'ri yo'naltirish yaxshi samara beradi. Chunki, maktab fan uslubiy birlashmalari o'qituvchilar faoliyatini muvofiqlashtiradigan markaz vazifasini bajaruvchi, uslubiy xizmatni amalga oshiruvchi eng quyi bo'limlardan biridir. Zero, pedagogika sohasidagi barcha yangiliklar bevosita birlashmalar orqali o'qituvchiga yetib borib amaliyotga joriy etilishi lozim. Aksariyat umumiy o'rta ta'lim maktablarida faoliyat ko'rsatayotgan tarix fanidan uslubiy birlashmalar ijtimoiy fanlardan dars beruvchi o'qituvchilarni o'zida birlashtirgan. Ushbu fanlar uchun umumiy bo'lgan dunyoqarash yo'nalishi birlashma a'zolarining muammo bo'yicha yagona uslubiy mavzu ustida ish olib borishlariga qulay imkoniyat yaratadi. Shuning uchun uslubiy birlashma ish rejasiga mazkur muammoni dars samaradorligini oshirish omili sifatida kiritishni zarur qilib qo'yadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI

Fanlararo, kurslararo va fan ichidagi o'zaro aloqalarni o'rnatish zarurligi masalasiga Ya.A.Komenskiy, J.Lokk, I.G.Pestalotstsi, A.Disterveg, I.F.Gerbert, O.Vilman, K.D.Ushinskiy va boshqalar jiddiy e'tibor berib, bu muammoni to'g'ri hal etilishi puxta va sistemalashgan bilim asoslarinishakllantirish omili hisoblaganlar. Chunki, tarixiy bosqichlarda to'plangan bilimlarni o'ziga xos ravishda jamlagan falsafa fanidan keyinchalik, xususan Uyg'onish davrida, insoniyat bilimlarining gurkirab rivojlanishi sharoitida mustaqil fan tarmoqlari ajralib chiqa boshlagan. Natijada, fanlarni tabaqalashtirish jarayoni boshlanib, bu o'z navbatida maktab predmetlari orasidagi tabiiy, dialektik aloqalarni ham buza boshladi. Bu esa tabiatdagi narsa va hodisalarning o'zaro bog'liqligi va o'zaro munosabatlari(butun borliq muvozanatdan, ya'ni o'zaro bog'liqlikdan iborat ekanligi) haqidagi o'quvchilar tasavvurini toraytirib, sxolastik(puch) va tarqoq bilimlarga olib keldi.

Mamlakatimiz pedagog olimlari T.Toshpo'latov, A.Sa'diev, B.Abdullayeva, Ya.Gafforov, Sh.Mardonov, B.Boymetov, U.Xodjamqulov, J.Abduraxmanova va boshqalarning ilmiy ishlari, maqola va qo'llanmalarida jahon tarixi va O'zbekiston tarixi kurslarini o'zaro aloqadorlikda o'rganish xususida fikr yuritilgan. Umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi tarix ta'limining xususiyati ikki mustaqil kurs sifatida o'qitiladigan Jahon va O'zbekiston tarixining eng qadimgi davridan hozirgi kungacha ro'y bergan voqea va jarayonlarini xronologik izchillikda o'rganishdan iborat bo'ladi.

MUHOKAMA

O'qituvchilarning dars jarayonida kurslararo aloqalarni amalga oshirishga tayyorlashni tanishtirish, kurslararo va kurs ichidagi bog'lanishi mumkin bo'lgan mantiqiy aloqalarni rejalashtirish, mazkur aloqalarni dars va darsdan tashqari ishlarda ro'yobga chiqarish kabi bosqichlarda olib boorish mumkin.

Birinchi bosqichda uslubiy birlashma a'zolarini muammoning nazariy asoslari va uni amalga oshirishning shakl va usullari bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Birinchi navbatda bu sohadagi DTS, o'quv dasturlari, darslik va o'quv qo'llanmalarining mazmuni bilan chuqurroq tanishtirish maqsadida maslahatlar beriladi. Ulardagi materialni muammo nuqtai nazardan xarakteri, mantiqiy bayoni, tarixiy tushuncha va atamalar, savol va topshiriqlar tizimi, illyustratsiyalari va hujjatlar, xarita, chizma, jadvallar, rasmlar hamda boshqa qo'shimcha manbalar bilan yaqindan tanishtirildi.

Ikkinchi bosqichda ushbu aloqalar tizimi rejalashtiriladi. Bunda maktabdagi eng ommaviy reja shakllaridan biri bo'lgan tavqimiy-mavzuiy rejada mazkur bog'lanishlarga alohida bo'lim ajratildi. Ammo, bu yuqorida qayd etilgan kurslararo aloqalar o'rnatishning turli shakllarini hammasini ham qamrab ololmasligi ma'lum. Shunga ko'ra, ta'lim klasteri sharoitida, oliy ta'lim professor-o'qituvchilari va shu yo'nalida tadqiqotlar olib borayotgan amaliyotchilar tomonidan DTS, dastur, darslik orasidagi izchillikni mustahkamlab, sinflar kesimida Jahon va O'zbekiston tarixi darslariga integratsion yondashish asosida ta'lim mazmuni uzviyligi, o'quvchilarining bilim sifatini DTSga muvofiqligini ta'minlovchi tarix darslarini mavzuiy rejalashtirish va har bir mavzu yuzasidan o'quvchilar bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishga qo'yiladigan minimal talablar bo'yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlanib o'quv jarayoniga tatbiq etilishi dolzarb masalalardan sana ladi.

Uslubiy tavsiyalarda DTS va o'quv dasturida umumiy tarzda berilgan minimal talablar, ya'ni har bir o'quvchi o'zlashtirishi shart bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar mavjud o'quv-uslubiy majmualarning mazmuni, didaktik jihatlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda har bir mavzuga nisbatan belgilanadi. Shuningdek, kurslararo aloqani bog'lash mumkin bo'lgan mavzular ko'rsatiladi. Bunda ta'lim oluvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga bog'liq ravishda ta'limning tabaqalashtirish imkoniyatlari hisobga olinishi maqsadga muvofiq. Jumladan, DTS da belgilangan me'yorlardan ortiqcha, ya'ni o'quvchilarning asosiy bilim, ko'nikma va malakalariga nisbatan qo'yiladigan minimal talablardan yuqori darajadagilari ham aniqlab berilishi mumkin. Bular esa o'qituvchilar tomonidan dars berish uslublari to'g'ri tanlanishi, tarix ta'limining tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari hamda ilmiy muammo maqsadini to'laqonli ro'yobga chiqarilishiga xizmat qiladi.

Tarixni kurslararo o'rganish o'quvchilar bilimini uzviyligini ta'minlashga xizmat qiladi. Bu ishlarni amalga oshirishda ijtimoiy fanlar uslubiy birlashmalari muhim o'rin tutadi. Zero, uslubiy birlashmaning muhim vazifalaridan biri-o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari DTS talablari doirasida bo'lishini nazorat qilib borish, ular bilimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilab, ta'lim samaradorligiga erishishdan iboratdir.

Yuqoridagi ulubiy tavsiya asosida darslarni tashkil qilish hamda o'quvchilar tomonidan o'zlashtirish ko'rsatkichlarini yuqoriga ko'tarish, bilim darajalarini aniqlash va baholash uchun maktablardagi tarix uslub birlashma a'zolariga amaliy yordam tariqasida oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilari ham DTS, dasturga muvofiq holda bir qator tavsiyalarini berib borishi tarix fanlaridan sifatli maktab bitiruvchisiga iste'molchi bo'lgan oliy o'quv yurti ijtimoiy buyurtmasini talablarga muvofiq ta'minlanishiga yordam beradi.

Tarix o'quv fanidan o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholashning namunali mezonlarini ham bevosita hamkorlikdagi tavsiyalar asosida muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq. Tarix fani har bir sinf o'quvchilarning bilim saviyasi, ko'nikma va malakasini besh baholi tizim asosida baholash davomida umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun tarixdan DTS va o'quv dasturida ifoda etilgan asosiy talablar e'tiborga olinishi zarur.

Bilimlarni baholash mezonlari o'quvchilarning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinib, bilim va ko'nikmalarini nazorat qilishga tabaqalashtirilgan holda yondashish ni nazarda tutadi. Quyidagilarga baho qo'yiladi: savollarga keng va qisqa og'zaki javoblar, suhbat, munozara, bahslarda qatnashish, axborotlar, ma'ruzalar bilan chiqish mustaqil ish topshiriqlarini (timsolli va ishchanlik o'yini, tarixiy boshqotirma, xronologik topshiriqlarni yechish, turli xronologik, sinxronik, qiyosiy jadvallarni to'ldirish, darslik materiallaridagi muhim faktlarni ajratgan holda qisqacha va keng rejalar tuzish, xarita va yozuvsiz xaritadan berilgan vazifalarni bajarish va h.k.) bajarish, yozma ishlarga (test, tarixga oid yozma ish va h.k.) javob berishda bilimlarning turli manbalardan foydalana olish. Bunda: bilimlarning chuqurligi, to'laligi va zarur ko'nikma va malakalarning egallanishi (DTS va dastur hajmida), bilimlarni va o'quv faoliyati usullarini anglab olish va mustaqil tatbiq etish, material bayonini, shu jumladan, (berilgan savollarga muvofiq) umumlashtirish, xulosalarning mantiqiyligi, mustaqil ijodiy fikrlashini teranligi, mulohaza yuritish ziyrakligi, badiiy nutq me'yorlariga rioya qilinishi hisobga olinadi.

Berilgan dars manbai to'la hajmda o'zlashtirilgan, jiddiy xatolarsiz mantiqan bayon qilingan, qo'shimcha savollarni talab qilmaydigan, xulosalar nazariy bilimlarga tayangan ( misol: VII-IX sinflar), dalillar bilan isbotlangan, javob berish uchun zarur

ko'nikmalar qo'llanilgan, og'zaki nutq yaxshi bo'lgan hollarda "besh" (5) baho qo'yiladi. Alohida murakkab savolga qisqacha aniq javob uchun yoki boshqa o'quvchi javobini batafsil tuzatgani va unga qo'shimcha qilgani hamda fa nlararo, kurslararo aloqalardan o'rinli foydalanilgani uchun ham shunday baho qo'yilishi ham mumkin.

Materialni o'zlashtirishda arzimagan kamchiliklar va xatolarga yo'l qo'ygan, bayon yetarli darajada sistemali va izchil bo'lmagan, xulosalar isbotlangan bo'lsa-da, ayrim noaniqliklarga yo'l qo'yilgan, talab qilinadigan barcha nazariy bilimlar, ko'nikma va malakalardan foydalanilganda "to'rt" (4) baho qo'yiladi.

Materialni o'zlashtirishda jiddiy kamchiliklar bo'lgan, bayon yetarli darajada mustaqil bo'lmagan (darslik matnini yoddan aytib berish), tizimga solinmagan, jiddiy xatolar bo'lgan, shu jumladan xulosalarda jiddiy xatolar uchraydigan, dalillar asosli bo'lmagan, ko'nikma namoyon qilinmagan, og'zaki nutq sust bo'lgan holdlarda "uch" (3) baho qo'yiladi.

Materialning asosiy mazmuni ochib berilmaganida, material o'zlashtirilmagan, o'quvchi mavzu bo'yicha javob berishda asosiy qoidalarni mutlaqo bilmasligi aniqlangan taqdirda "ikki" (2) baho qo'yiladi.

Tarix o'quv predmetidan o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini besh ballik tizimda baholashda quyidagi talablar e'tiborga olinadi:

tarixiy dalillarni tahlil qilish asosida mustaqil xulosalar chiqarib, ularni turli manbalardan olingan dalillar bilan asoslay olish. Vatanimizda sodir bo'lgan tarixiy voqealar, jarayonlarni jahon tarixining muayyan davri bilan qiyosiy tahlil qilish - 1 ball;

dars mavzusini to'ldiruvchi turli qo'shimcha materiallardan samarali foydalangan holda savol va topshiriqlarga (og'zaki yoki yozma) mustaqil ravishda fikr yuritib, asosli javob qaytarish - 1 ball;

tarixiy materialni bayon qilishning turlaridan (voqea va jarayonlarning muhim jihatlarini ifodalab bayon qilish, tasvirlash, tushuntirish, sharhlash) foydalanish - 1 ball;

tarixiy voqealarning sabab, oqibatlari hamda dalililarni tahlil qilish va umumlashtirishda xarita mazmunidan foydalanish - 1 ball;

uncha murakkab bo'lmagan tarixiy tushunchalarni mustaqil ravishda tushuntirish, turli jarayonlar va tarixiy shaxslarga keng tavsif berish - 1 ball;

Tavsiya etilgan ushbu baholashning namunaviy mezonlarida ilgari e'tiborga olinmagan fanlararo, kurslararo aloqalardan o'rinli foydalanish ko'nikmalari keltirilganligini hisobga olish muhimligi, shuningdek, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini besh balli tizimda baholashda uning har bir baliga nisbatan talablar 7-9 sinf o'quvchilarining ruhiy-fizologik xususiyatlaridan kelib chiqib

belgilanganligini ta'kidlab o'tish mumkin. Bunda o'qituvchi qo'ygan bahosini adolat mezoni asosida asoslab bera olishi ko'zda tutiladi. Tarix kurslarini o'zaro bog'lab o'qitish orqali dars samaradorligiga erishish uchun maqsadga muvofiq uslubiy usullarni tanlashning asosiy mezonlarini belgilash zaruratini keltirib chiqaradi. Chunki, ayrim sharoitlar uchun muvaffaqiyatli, samarali bo'lgan narsa boshqa sharoitlar, boshqa mavzular uchun nomaqbul bo'lib chiqishi mumkin.

O'qituvchi ikkala tarix kursining uzviyligini o'rnatish yuzasidan u yoki bu usullarni tanlashda ko'pgina bog'lanish holatlarini hisobga olishi lozim bo'ladi. Chunki, didaktikada o'quv jarayonining barcha tarkibiy qismlari o'zaro qonuniy bog'langanligi aniqlangan. Dastavval, darslarda asosiy maqsad va hal etilishi lozim bo'lgan aniq vazifalar aniqlanadi. Ular esa belgilangan vazifalarga erishishning yaroqli bo'lgan umumiy tarzdagi bir guruh usullarini yuzaga keltiradi. So'ngra bilish jarayonini maqbul tarzda amalga oshirish imkonini beruvchi maqsadga muvofiq optimal yo'llarini tanlash zarur bo'ladi.

NATIJALAR

Psixolo-pedagogik adabiyotlarda o'qitish uslublarini tanlashga ta'sir ko'rsatuvchi bir qancha sabab va omillar aniqlangan. Masalan, ushbu manbalardan o'qitish uslublarini tanlashda turli holatlarni hisobga olish lozimligi aytilgan. Shu bilan birga ilmiy-tadqiqot natijalari tarixni kurslararo aloqadorlikda o'rganish uchun optimal uslublarni tanlashning quyidagilar bilan aniqlash muhimligini ko'rsatish imkonini beradi:

- ta'lim jarayonida amal qiladigan qonuniyatlar va undan kelib chiqadigan ilmiy-pedagogik tamoyillar bilan;

- tarix fanining mazmuni va uslublari bilan umumiy va xususiy holda (umumiy va xususiy pedagogikaga asosan);

- o'qitishning maqsad va vazifalari bilan;

- DTS va u asosidagi o'quv-uslubiy majmualar mazmuni va xarakteridan, o'qitishga ajratilgan vaqtdan kelib chiqqan holda;

- o'quvchilarning o'quv imkoniyatlari (sinf jamoasining xususiyatlari, yoshi, psixo-fiziologik, ta'lim-tarbiyaviy jihatdan tayyorgarlik darajasi va imkoniyatlari) asosida;

- o'qituvchilarning imkoniyatlariga (nazariy va amaliy tayyorgarliklari darajasi, ma'lum uslub, vositalarni qo'llash qobiliyatlari, eng maqbul variant tanlash mahoratlari, qiziqish va ishtiyoqlari, muloqot madaniyati, shaxsiy sifatlari va h.k.) ko'ra.

Kurslararo aloqalardan dars jarayonida va darsdan tashqari ishlarda foydalanishda qanday uslub, usul va vositalar samara berishi va ularning pedagogik jihatdan maqsadga muvofiqligini belgilash uchun o'qituvchi hamda o'quvchilarning ushbu aloqalardan foydalanishlariga omil bo'ladigan uslubiy shart-sharoit yaratuvchi quyidagi chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish lozim bo'ladi:

1. O'qituvchilarni mazkur jarayonga tayyorlash:

- tarix kurslari bo'yicha DTS va barcha o'quv-uslubiy majmualar mazmuni bilan chuqur tanishish asosida o'quv materiallaridagi kurslararo bog'lanish imkoniyatlarini aniqlash;

- taqvimiy-mavzuiy rejada kurslararo bog'lanishlarni rejalashtirish;

- o'quvchilarning predmetlar bo'yicha umumiy o'quv ko'nikmalarini rivojlantirish yuzasidan o'qituvchilar faoliyatini muvofiqlashtirilgan holda olib borish;

- o'quv materiallarini o'tish muddati, tushuntirish xarakterining umumiy usullari va uni mustahkamlash metodikasiga muvofiq holda yagona talablar tizimi asosida o'quv faolyatini yurgizish.

2. O'quvchilarni kurslararo aloqalardan foydalanishlariga zamin bo'luvchi tadbirlar tizimini qo'llash:

- o'quvchilarning oldin o'zlashtirgan bilimlarini eslatishga o'rgatish;

- tarixiy bilimlarini turli manbalardan olgan bilimlari bilan umumlashtirgan holda qo'llashni talab qiluvchi kurslararo muammoli vaziyatni yaratish;

- o'quvchilarning tarixning har ikkala kursidan olgan bilimlariga tayanib mushohada yuritish asosida javob topishga undovchi turli topshiriqlarni muntazam ravishda qo'llash;

- turli tayyorgarlikka ega bo'lgan o'quvchilarning tarix kurslaridan integratsion amaliy topshiriqlarni bajarish natijalarini baholashda tabaqalashtirib yondashish;

- o'quvchilarning kurslararo izchil aloqalar yuzasidan umumiy o'quv va fan bo'yicha asosiy ko'nikmalarini muntazam ravishda shakllantirib borish;

- tarixni o'zaro aloqadorlikda o'rganishda o'quvchilarning yoshi, psixologik xususiyatiga mosligi tamoyiliga asoslanib yangi o'quv uslubiy majmualar mazmuni va tuzilishidan kelib chiqqan holda zaruriy bog'lanishlarni amalga oshirish.

XULOSA

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, tarix ta'limida pedagogikaning umumiy qonuniyatlari va tamoyillari asosida kurslararo uzviylikni ta'minlash orqali ta'lim samaradorligiga erishish mumkin. O'qituvchilarni dars jarayonida kurslararo aloqalarni amalga oshirishga tayyorlashda fan uslub birlashmalariga aniq yo'nalish berib, ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yo'naltirish lozim. Jumladan,

DTS asosida tarix fanidan o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholashning namunali me'yorlari tarix kurslarini o'zaro bog'lab o'qitish orqali dars samaradorligini oshirishda maqsadga muvofiq uslubiy usullarni tanlashning asosiy mezonlari ishlab chiqish lozim. Bunda DTS va o'quv dasturi bo'yicha o'quvchilar o'zlashtirishi zarur bo'lgan minimal talablar, har bir mavzuga nisbatan aniqlanib, unda kurslararo bog'lanishlarning o'rni belgilanadi.

REFERENCES

1. Mardonov, Sh., Toshtemirova, S., Ahmadjonov, B., & Koshanova, N. (2020). Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International Journal of Psychological Rehabilitation, 27(07), 8104-8111.

2. Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the Importance of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 151-156.

3. Тошев, С. (2020). Узбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври тарихини урганишда турк тилидаги манбаларни урни. In Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадкщотлари методлари ва методологиясининг долзарб масалалари (pp. 121-127)

4. Toshtemirova, S.A. (2019). Klaster yondashuvi asosida mintaqaviy ta'lim tizmini boshqarish. NamDU ilmiy axborotnomasi, 1(11), 361-367.

5. Toshev S. (2020). TARIX FANINI O'QITISHNDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Science and Education, 1(Special Issue), 6

6. Toshtemirova Saodat Abdurashidovna. Ta'lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida // Uzluksiz ta'lim.-2020. - № 1 (86). - S.5

7. Gafforov Ya. X. (2019). THE STATE OF HUSTORICAL EDUCATION IN UZBEKISTAN DURING WORLD WAR II. USA(Philadelphia) . -P. 173-175.

8. Абдурахманова, Ж.Н., Тоштемирова, С.А. (2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education, 1(Issue 7), 436-442.

9. Shukurullo Mardonov (2020) Art Pedagogical and art therapeutic technologies in the art classes International Journal of Research in Economics and Sosial Sciences. 10 (Issue 6), 26-36.

10. Абдурахманова Ж. Н. (2020). Инновацион тажриба майдони - "мактаб-лаборатория"нинг таълим тизимидаги урни. МуFаллим х,ем узликсиз билимлендири. (Issue 1) -Б. 22-26.

11. JI Suyundikovich. (2020). TARIXNI O'QITISH METODIKASI RIVOJLANISHI TARIXIDAN. Fan va ta'lim, 1 (5), 195.

12. Botir Boltabaevich Baymetov, Khusan Kholmuratovich Muratov. Self Sketches as a Tool in the Professional Training of a Future Artist-Teacher. Solid State Technology. 2020/2/29. Vol.63 № 2 (2020). 224-231.

13. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils' Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

14. Абдурахманова Ж. Н. (2019). Тарих фанини укитиш усуллари ва уларнинг самарадорлиги // Ta'lim, fan va innovatsiya. T.: 1(4), 35-39.

15. Тошев, Солежон Ах,матжонович.(2020). Узбекистан совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347353

16. Shukurullo Mardonov. Art Pedagogical and art therapeutic technologies in the art classes. International Journal of Research in Economics and Sosial Sciences, 10 (Issue 6), 26-36.

17. B Javlonbek. (2020). O'zbekistondagi o'qituvchilik huquqini shaklanish tarixiy. Otmishga nazar 2 (2-maxsus son), 88.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.