Научная статья на тему 'TARIX FANINI O'QITISHDA TARIXIY-BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI VA MOHIYATI'

TARIX FANINI O'QITISHDA TARIXIY-BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI VA MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

6118
411
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarixiy-badiiy adabiyotlar / omillar / tamoyillar / usullar / xolislik / ilmiylik / mezonlar. / historical and literary literature / factors / principles / methods / objectivity / science / criteria.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mirzajasur Mirfayozov

Maqolada tarix fanlarini o’qitishda tarixiy-badiiy adabiyotlardan foydalanishning mazmun-mohiyati, usullari va ahamiyati boyicha fikr bildirilgan. Tarix ta’limida adabiy manbalardan foydalanishning usullari, to’g’ri tanlay bilish, asar g’oyasini ta'lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o’zlashtirishning muhim omillarini tanlashda foydalaniladigan mezonlar asoslab o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTENT AND SIGNIFICANCE OF THE USE OF HISTORICAL AND FICTIONAL SOURCES IN TEACHING HISTORY

The article discusses the content, methods and importance of the use of historical and artistic literature in the teaching of history. Methods of using literary sources in history education, the ability to make the right choice, the criteria used in the selection of important factors for the in-depth study of the idea of the work from the educational point of view are substantiated.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O'QITISHDA TARIXIY-BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI VA MOHIYATI»

TARIX FANINI O'QITISHDA TARIXIY-BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI VA MOHIYATI

Mirzajasur Mirfayozov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada tarix fanlarini o'qitishda tarixiy-badiiy adabiyotlardan foydalanishning mazmun-mohiyati, usullari va ahamiyati boyicha fikr bildirilgan. Tarix ta'limida adabiy manbalardan foydalanishning usullari, to'g'ri tanlay bilish, asar g'oyasini ta'lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o'zlashtirishning muhim omillarini tanlashda foydalaniladigan mezonlar asoslab o'tilgan.

Kalit so'zlar: tarixiy-badiiy adabiyotlar, omillar, tamoyillar, usullar, xolislik, ilmiylik, mezonlar.

CONTENT AND SIGNIFICANCE OF THE USE OF HISTORICAL AND FICTIONAL SOURCES IN TEACHING HISTORY

Mirzajasur Mirfayozov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABSTRACT

The article discusses the content, methods and importance of the use of historical and artistic literature in the teaching of history. Methods of using literary sources in history education, the ability to make the right choice, the criteria used in the selection of important factors for the in-depth study of the idea of the work from the educational point of view are substantiated.

Keywords: historical and literary literature, factors, principles, methods, objectivity, science, criteria.

KIRISH

Tarixni o'qitishda qo'llaniladigan matnlarga - darslik matni, tarixiy hujjatlar, asarlar, ilmiy-ommabop va badiiy, tarixiy adabiyotlar va boshqalar kiradi. Bosma matnlar ta'lim oluvchilar tarixiy bilimlarining asosiy manbai bo'lgani kabi ta'lim beruvchining bilim manbaini, bayonining asosini tashkil etadi. Tabiiydirki, o'qituvchi shu manbalardan to'g'ri va unumli foydalangan taqdirdagina, uning bayoni didaktika talablariga, umuman tarix ta'limining yuksak talablariga javob berishi, o'qituvchi

bayonining o'quvchilarga tushunarli, mazmundor, maroqli, g'oyaviy va ilmiy jihatdan ishonarli, obrazli va ta'sirli bo'lishi mumkin. Tarixiy-badiiy adabiyotlar tarixiy jarayonlarni o'zlashtirishda muhim omil hisoblanadi. Tarix ta'limida tarixiy - badiiy adabiyotlardan foydalanishda ta'lim oluvchilarning psixologik yosh xususiyatlarini hisobga olish va ularning, fanga oid qiziqishlarini ham inobatga olish kerak.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Adabiy manbaalardan tarix ta'limida foydalanishning bir qator usullari keltirilib o'tilgan:

- mavzuga oid adabiy manbalarni tavsiya etish,

- manbalardagi mavzuga oid shaxs va tarixiy voqealar xususida suhbatlashish,

- manbalardan foydalanish metodlari

Badiiy adabiyot yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda ahamiyatli bo'lib, badiiy adabiyotning qimmati ta'lim oluvchi voqelikni adibning iste'dodi darajasida idrok etishga, uni ko'zi bilan ko'rishga, uning shaxsi orqali, ma'naviy dunyosi orqali tasavvur etishga, u olg'a surgan o'z amaliy faoliyatida ongli ravishda amal qilishga erishishi bilan belgilanadi. Ta'lim oluvchi asarda tasvirlangan timsollar galereyasi va badiiy vositalarni faqat ko'zatuvchisiga aylanmasligi, balki adib olg'a surgan ta'lim-tarbiyaviy g'oyani qanday natijaga erishganligi nuqtai nazaridan baholashga o'rgangan taqdirdagina uning mohiyatini to'liq, chuqur anglab yetishi muqarrar.

Badiiy asarni to'g'ri tanlay bilish ham asar g'oyasini ta'lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o'zlashtirishning muhim omillaridan biri bo'lib, uni tanlashda ma'lum mezonlarga asoslaniladi, ya'ni badiiy asarning yuksak g'oyaviy-badiiy qimmati, adib ijodida asarning xarakterli o'rni asarning yaratilgan va o'rganilayotgan davr uchun ahamiyati badiiy asarning ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi xususiyati ega bo'lib; badiiy asarning ta'lim oluvchilar yoshiga mosligi, munosibligi; o'quvchida qiziqish uyg'otishi; o'quvchining ma'naviy qiziqishi; talabi, ehtiyojlariga javob bera olish darajasidan iboratdir. Proza yo'lida yozilgan asarlar hayotning keng va ob'ektiv manzarasini tasvirlashi, ma'naviy qadriyatlar mohiyatini atroflicha ochib berishi, poeziyada bunday tasvirga keng imkoniyat yo'qligi, dramatik asarlarda esa voqelik yozuvchi nutqi orqali emas, balki obrazlarning hatti-harakati, so'zlari orqali ifodalanishi bilan farq qiladi. Adabiy turlar o'rtasidagi bunday farqlanish ularning tarbiyaviy imkoniyatlari jihatidan ham farqlanishiga olib keladi.

Mazkur janrlardagi asarlarning ahamiyatli jihatlari e'tiborli bo'lib, u ta'ilm oluvchiga:

birinchidan, o'tmishning madaniy merosi, uning rang-barangligi, o'zbek xalqining takrorlanmas iste'dod egalari bo'lgan ajdodlari haqida aniq va qiziqarli ma'lumot beradi;

ikkinchidan ta'lim oluvchilarning o'zligini anglashi uchun boy ma'naviy oziq beradi;

uchinchidan, o'zbek millati, sharq xalqlari tarixi, dini madaniyati, urf-odatlari, an'analari; udumlari haqida badiiy ifoda vositalari asosida ilmiy, haqqoniy, tarixiy ma'lumotlarni egallashga muvaffaq bo'ladi;

to'rtinchidan, sharq xalqlari, o'zbek xalqi ruhiy holati, axloq-odob mezonlaridan qahramonlik, jasurlik, mehnatsevarlik insonparvarlik, mehmonnavozlik, imon e'tiqod, sevgida sadoqat kabi qadriyatlar haqida atroflicha ma'lumot olishga muyassar bo'ladi.

MUHOKAMA

Badiiy adabiyot obrazlaridan foydalanish o'qituvchi bayoniing ko'rsatmaliligini ta'minlaydi, uni aniqlashtiradi, o'quvchilar o'tmish haqida jonli tasavvur hosil qiladi. Badiiy adabiyotning roli bu bilan tugamaydi. Ma'lum davrning ijtimoiy hodisalarini real aks ettiruvchi haqiqiy badiiy obraz, tipik obrazlar o'sha ijtimoiy hodisaning mohiyatini ifodalaydi. O'qituvchi bayonida badiiy adabiyotdan olingan namunalar bayonning emotsional bo'lishini ham ta'minlaydi, o'rganilayotgan tarixiy voqealarga nisbatan o'quvchilarda xayrixohlik, zavqlanish, afsuslanish kayfiyatlarini, nafrat yoki hayrat tuyg'ularini tug'diradi.

Tarix o'qitishda foydalaniladigan badiiy adabiyotlarni ikki guruhga bo'lish mumkin:

-o'rganilayotgan davrning adabiy yodgorliklari;

-tarixiy belletristik asarlar

Adabiy yodgorliklariga tarixiy hodisa va voqealarni o'z zamondoshlari yozib qoldirgan asarlar kiradi. Bu guruhga kirgan asarlar tar ix fani uchun o'tmishning o'ziga xos manbai bo'lib xizmat qiladi. Badiiy adabiyot yodgorliklari yozib olingan og'zaki ijodiyot asarlarini: afsonalar, dostonlar, qo'shiqlar, masallar va boshqalarni o'z ichiga oladi. Bunday asarlarning juda ko'pida voqelik qayta-qayta ishlangan, xalq fantaziyasi bilan boyitilgan va bezatilgan bo'ladi. Voqelikni ob'ektiv suratda tasvir qilgan asarlar, yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan taqdirda o'zoq o'tmishni, masalan qadimgi Gretsiya tarixini yoritib berishda ana shunday asarlardan ham tanqid g'alviridan o'tkazib foydalaniladi. Gomer davridagi jamiyat tarixi Gomer dostonlaridan va qisman Grek afsonalaridan olingan epizodlarni tahlil qilish asosida ta'riflab beriladi, Badiiy yodgorliklarning asosiy ahamiyati shundan iboratki, ular o'z zamonidagi jamiyatning g'oyasini aks ettiradi va buni o'quvchilarning tushunib olishlariga tarixiy hodisalar va

arboblarning yorqin badiiy obrazlarini ravshan tasavvur qilishlariga yordam beradi. Shu bilan birga o'quvchilar badiiy adabiyotning jamiyat hayotidagi roli bilan ham aniq misollarda tanishadilar. Masalan, "Roland haqida qo'shiq" nomli asarda Karlning o'zi va uning jangchilari ideallashtirilib u olib borgan urushlar tarixi buzib ko'rsatiladi. Shu bilan birga, bu asar ritsarlarning mardligi, o'z senyoriga sodiqligi, fidokorligi bilan, shuningdek o'rta asrlar adabiyotining ana shu turi bilan tanishtiradi. "Roland haqida qo'shiq" shu adabiyot turining eng yaqqol namunasidir. Roland uydirma obraz bo'lsada undagi ajoyib fazilatlar o'quvchilarga ijobiy tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi. O'rta asrlarda yaratilgan "Tulki haqida roman" dan shaharliklarning feodallarga munosabatini, ular o'rtasida keskinlashib borayotgan kurashini hamda uni yoritishda hajviyadan qanday foydalanilganligini o'quvchilar tus hunib oladi. Qadimgi dunyo va o'rta asrlarda yaratilgan afsonalardan, qahramonlik dostonlari va boshqa adabiy asarlardan tarix darslarida foydalanganda, o'quvchilarni bu asarlarga tanqidiy ko'z bilan qarashga o'rgatib borish kerak. Shuningdek, ularga bu asarlar o'tmishdan qolgan badiiy yodgorliklar ekanligini, ulardan o'sha davrlarda bo'lib o'tgan voqealarga oid ba'zi ma'lumotlardan foydalanish va qay tariqa foydalanish mumkinligini, bu asarlarning qaysi joyi uydirma va qaysi joylarida real voqelik aks etganini tushuntirish lozim.

Qahramonlik eposlarida turkiy xalqlarga xos qahramonlik, vatanparvarlik, Shiroqning - jasurlik , To'marisning - xalqparvarlik, sevgida sadoqat Alpomish, Tohir va Zuhra, Yusuf va Zulayho, Farxod va Shirin obrazi tarbiyaviy ahamyati kattadir, jangnoma xarakteridagi dostonlarda o'tmish qahramonlar, tarixiy va hayotiy haqiqatning aks etadi, pandnoma xarakteridagi dostonlarda kishining kundalik hayotida amal qilishi lozim bo'lgan xulq-atvor mezonlari diniy va dunyo viy axloq qonun-qoidalari Qutadg'u bilig sharq xalqlarining turmush tarzi, tarixiga xos voqealar tasviri ko'proq o'z ifodasini topadi. Shuning uchun ham bu janrlarda yaratilgan adabiyot namunalari ta'lim oluvchilarga ma'naviy madaniyatimizning tarixiy boy qirrallari haqida sharq xalqlari, shu jumladan o'zbek xalqining o'tmishi, qadriyatlari, axloq-odob mezonlari haqida atroflicha ma'lumot berish imkoniyatiga ega.

Belletristik asarlarga — tarixiy romanlar, tarixiy temalarda yozilgan povestlar, o'rganiladigan davr haqidagi badiiy asarlar, hikoyalar kiradi. Bu asarlar tarixiy manbalar, memuarlar va hujjatlar, ilmiy tekshirish ishlari va monografiyalarni o'rganish asosida yozilgan bo'lib, ularda o'tmish voqealari badiiy tasvirlar va badiiy obrazlar orqali ifodalanadi. Belletristika tarix fani uchun hujjatli manba bo'la olmasada, o'quvchilarga o'tmishni aniq tushuntirishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Tarixiy roman va povestlarni o'qish natijasida o'quvchilarda tarixga qiziqish uyg'onadi.

NATIJALAR

O'rganilayotgan davrga doir adabiy yodgorliklar tarix darslarida ko'pincha dars materialini xulosalash va umumlashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Belletristika bayon qilinayotgan o'quv materialini aniqlashtirishga va bayonni maroqli qilishga yordam beradi. O'qituvchi badiiy adabiyotni tanlashda materialning ta'lim-tarbiya jihatidan qimmati tarixiy hodisalarning naqadar haqqoniy real va ilmiy qilib yoritilganligini e'tiborga oladi. O'qituvchi tarix darslarida foydalanish uchun badiiy adabiyotdan:

a) o'rta ta'lim va o'rta maxsus ta'lim tizimida dasturida ko'zda tutilgan tarixiy voqealarning tasviriga;

b) tarixiy arboblar va xalq ommasi vakillarining obrazlarini, xalq ommasining rolini ko'rsatishga;

v) muhim tarixiy voqealar bo'lib o'tgan joylarni va u yerlarning aniq sharoitini tasvirlashga va sh. k. larga bag'ishlangan asarlarni tanlaydi.

XULOSA

O'qituvchi o'z bayonida badiiy adabiyotlardan foydalanish bilan birga o'quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari badiiy asarlarni o'qishlari ustidan olib boradigan ishlariga doim nazorat qilib boradi. Badiiy adabiyot vositasida ma'naviy madaniyatini shakllantirishning pedagogika talablaridan biri, uning tarbiyaviy ta'sir kuchidan foydalanishda unga davr nuqtai nazaridan yondashishdir. Klassik adabiyot namunalari mazmunida chuqur falsafiylik, farosatlilik ta'lim oluvchini uzoq o'tmishga sayohat qildiradi. Mualliflar o'z davrlarining turmush tarzlarini, hayotiy muammolarini, falsafiy ildizlarini badiiy ifodalashga, shu usuldan foydalangan holda xalqning moddiy va ma'naviy hayotini bir o'z bo'lsa-da, tashvishli masalalardan, bezovta kechinmalardan yiroqlashtirishga muvaffaq bo'lganlar. Klassik adabiyot namunalarining katta qismi poetik tarzda bunyod etilgan bo'lib, ular asosan g'azal, ruboiy, fard, tuyuq, to'rtlik, qissa, hikoyat, doston, qasida, muhammaslardan iborat, shuning uchun o'quvchidan nozik did, qunt, teran fikr asosida ularni o'rganish talab etiladi. Ahli zamon o'rtasidagi insonpavrvarlik, shirinsuxanlik, qadr-qimmat, do'stlik va birodarlik, Vatan ishqi, xalq farovonligi va komil inson masalasi klassik adiblar ijodidagi bosh mavzusi hisobladi.

Xulosa qilib aytganda, o'qitish jarayonida badiiy manbalardan foydalanish usullarining samaradorligi ta'lim oluvchi tomonidan ta'lim beruvchilarning tarixiy ma'lumotlarni bilish faoliyatini o'qitish vazifalari va maqsadlariga muvofiq tashkil eta olish ko'nikmalarini egallaganlik darajasiga bog'liq bo'ladi.

REFERENCES

1. Абдурахманова Ж. Н. (2020). Инновацион тажриба майдони - "мактаб-лаборатория"нинг таълим тизимидаги урни. МуFаллим х,ем узликсиз билимлендири. (Issue 1) -Б. 22-26.

2. Gafforov Ya. X. (2019). THE STATE OF HUSTORICAL EDUCATION IN UZBEKISTAN DURING WORLD WAR II. USA(Philadelphia) . -P. 173-175.

3. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

4. Тошев, С. (2020). Узбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври тарихини урганишда турк тилидаги манбаларни урни. In Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадкикотлари методлари ва методологиясининг долзарб масалалари (pp. 121-127)

5. JI Suyundikovich. (2020). TARIXNI O'QITISH METODIKASI RIVOJLANISHI TARIXIDAN. Fan va ta'lim, 1 (5), 195.

6. Toshev S. (2020). TARIX FANINI O'QITISHNDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Science and Education, 1(Special Issue), 6

7. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils' Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

8. Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the Importance of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 151-156.

9. Абдурахманова Ж. Н. (2019). Тарих фанини укитиш усуллари ва уларнинг самарадорлиги // Ta'lim, fan va innovatsiya. T.: 1(4), 35-39.

10. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

11. Toshtemirova, S.A. (2019). Klaster yondashuvi asosida mintaqaviy ta'lim tizmini boshqarish. NamDU ilmiy axborotnomasi, 1(11), 361-367.

12. Абдурахманова, Ж. Н., Тоштемирова, С.А. (2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education, 1(Issue 7), 436-442.

13. Matchonov S. (2020). Adabiyot darslarida Tahlil va talqin uyg'unligi // Til va adabiyot ta'limi. 7-son. -B. 8-11.

14. Toshtemirova, С., Жолдасов, И. (2019). Бiлiмдi адамгершшкке баулу идеясыныц кажетлп // "Actual problems of society, education, science and

technology: status and prospects of development" collection of scientific papers of the ii international scientific-practical conference. Актубе. P. 17-23.

15. Shukurullo Mardonov. Art Pedagogical and art therapeutic technologies in the art classes. International Journal of Research in Economics and Sosial Sciences, 10 (Issue 6), 26-36.

16. Тошев, Солежон Ах,матжонович.(2020). Узбекистан совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347353

17. Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Student Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272-274.

18. Раимова, А. (2020). Вклад Шира Захидова в развитие киноискусства Узбекистана. Science and Education, 1 (7), 594-599.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.