Научная статья на тему 'O’QUVCHILAR IJODIY QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA ILLYUSTRATORLAR HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATINI O’RGANISHNING AXAMIYATI'

O’QUVCHILAR IJODIY QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA ILLYUSTRATORLAR HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATINI O’RGANISHNING AXAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1157
242
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ijodiy / fanlararo aloqadorlik / illyustratsiya / illyustrator / grafik rassom / idrok. / Creative / interdisciplinary / illustration / illustrator / graphic artist / cognition

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sarvar Tursunmurotovich Sobirov

Maqolada o’quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda fanlararo aloqadorlik prinsipidan foydalanish, ertak va badiiy adabiyotlarga ishlangan illyustrtsiyalarning bolalar ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishdagi axamiyati, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning illyustratsiya orqali borliqni anglashi, illyustrator ya’ni grafik rassom kichkintoylar didi dunyoqarashini tarbiyalovchi birinchi tarbiyachisi hisoblanishi va grafik rassomlar hayoti va ijodiy faoliyati haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF STUDYING THE LIFE AND CREATIVE ACTIVITY OF ILLUSTRATORS IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS’ CREATIVE ABILITY

The article uses the principle of interdisciplinary connection in the development of creative abilities in students, the importance of illustrations in fairy tales and fiction in the development of children's creative abilities, the understanding of preschool children through illustration, the first educator and creative activities.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILAR IJODIY QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA ILLYUSTRATORLAR HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATINI O’RGANISHNING AXAMIYATI»

O'QUVCHILAR IJODIY QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA ILLYUSTRATORLAR HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATINI O'RGANISHNING AXAMIYATI

Sarvar Tursunmurotovich Sobirov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institiuti [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada o'quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda fanlararo aloqadorlik prinsipidan foydalanish, ertak va badiiy adabiyotlarga ishlangan illyustrtsiyalarning bolalar ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishdagi axamiyati, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning illyustratsiya orqali borliqni anglashi, illyustrator ya'ni grafik rassom kichkintoylar didi dunyoqarashini tarbiyalovchi birinchi tarbiyachisi hisoblanishi va grafik rassomlar hayoti va ijodiy faoliyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Ijodiy, fanlararo aloqadorlik, illyustratsiya, illyustrator, grafik rassom, idrok.

THE IMPORTANCE OF STUDYING THE LIFE AND CREATIVE ACTIVITY OF ILLUSTRATORS IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS'

CREATIVE ABILITY

Sarvar Tursunmurotovich Sobirov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region [email protected]

ABSTRACT

The article uses the principle of interdisciplinary connection in the development of creative abilities in students, the importance of illustrations in fairy tales and fiction in the development of children's creative abilities, the understanding of preschool children through illustration, the first educator and creative activities.

Keywords: Creative, interdisciplinary, illustration, illustrator, graphic artist, cognition.

KIRISH

Bugungi kunda yosh avlodga ta'lim tarbiya berishda o'quvchilar ongiga milliy g'oyaning asosiy yo'nalishlarini singdirish badiiy ta'lim vositalaridan samarali

foydalanish, rassomlarning hayoti va ijodiy faoliyatini o'rganish, o'quvchilarning ma'naviy, estetik dunyoqarashlarini shakllantirish bilan birga ularda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tasviriy san'at darslarida o'quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda fanlararo aloqadorlik prinsipidan foydalanish ham yaxshi samara beradi. O'rganilayotgan mavzu bo'yicha musiqa, tarix, texnologiya, informatika, adabiyot (musiqa asarlari eshitib rasm ishlash, tasviriy san'at va musiqa o'rtasida aloqa o'rnatish), adabiyot (she'riy satrlar o'qish, topishmoq, ertak, illyustratsiyalar chizish), tarix (san'at asarlari yarratilishini o'rganish, tarixiy voqyealar, mavzuli voqyeaband mavzularni o'rganishda janglar tasviri va h.k....), texnologiya (o'yinchoqlar, kelgusida naqsh ishlash uchun idishlar, qutichalar yasash), informatika fanlari bilan bog'liq grafik o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Yuqoridagi fikr asosida adabiyot va tasviriy san'atning o'zaro aloqasi ya'ni ertak va badiiy adabiyotlarga ishlangan illyustrtsiyalarning bolalar ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishdagi axamiyati haqida to'xtalib o'tsak. Bolalarda kitobga qiziqish erta maktabgacha ta'lim davridayoq paydo bo'ladi. Buni biz bolalarning awaliga shunchaki sahifalarni varoqlashi, kattalar o'qishini tinglashi va illyustratsiyalarni tomosha qilishida ko'rishimiz mumkin. Bolalarda obrazga qiziqish paydo bo'lishi bilan matnga qiziqish paydo bo'la boshlaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada idrok o'ta faol bo'ladi. Bola o'zini qahramon o'rniga qo'yadi, xis-tuyg'ulari faollashadi, dushmanlari bilan kurashadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shu bilan birga, idrok etish, tasawur qilish, vakillik va tahliliy faoliyat qobiliyatining tizimli rivojlanishi kompozitsiya bilan ishlash ketma-ketligini ta'minlaydi.

Illyustratsiya - kuchli ta'sir vositasidir. U badiiy asarni ham boyitishi ham qashshoqlashtirishi mumkin. Bu grafik rassomlarning mahoratiga balki, ertak yoki badiiy adabiyotda bayon qilingan tafsilotlarga munosabati, voqealarning qay darajada o'zlashtirgani va uning dunyoqarashiga bog'liq. Demak, chiroyli bezakning yechimini grafik rassomning mahoratigina emas, balki uning asarni o'qib qay darajada tushunganligi ham hal qiladi. Illyustratsiyalarda liar doim rassomning syujetga, qahramonlarga, ularning taqdiri va xarakatlariga individual munosabati aks etadi.

Yaxshi kitob kattalar uchun naqadar foydaligini bilsak, kichik yoshdagi bolalarni voyaga yetishida beqiyos ahamiyatga ega. Ushbu masalada illyustrator ya'ni grafik rassom kichkintoylar didi dunyoqarashini tarbiyalovchi birinchi tarbiyachisi hisoblanadi. Yorqin rang-barang quvnoq chizgilar tasviri bir umrga yosh bolaning xotirasida qoladi. Bolalar uchun mo'ljallangan kitoblarni bezash uchun

rassomdan tasvirlanayotgan narsaga, yosh bolaning fikri va ko'zi bilan qaragan holda yondoshish talab etiladi. Bunday yondoshish orqali muvaffaqiyat qozoniladi. Grafik rassom va o'quvchi o'rtasida badiiy bog'lanish bo'ladi. Odatda bolalar o'zlariga yoqqan rasmlardan nusxa ko'chirishga urinadilar, bu bilan ular o'zlarining qobiliyatini ko'rsatmoqchi bo'lishga intiladilar. Bu esa grafik rassomlarning hayoti va ijodiy faoliyatini o'rganish nechog'liq axamiyatli ekanligini anglatib turibdi.

Quyida keltirilgan o'zbek grafik rassomlarning hayoti va ijodiy faoliyati bilan tanishish bolalarni chizishga undaydi va ularning ijodiy qobilyatining rivojlanishiga ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.

O'zbek kit ob grafikasi san'atining milliy an'analarini tiklash va rivojlantirishda o'z ijod yo'lini XX asrning 30- yillarida boshlagan Iskandar Ikromovning faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi.

Rassomning ijodiy ishlari, karikaturalari yoshligidanoq -"Mushtum" hajviy jurnalida bosib chiqilgan. O'z xotiralarini yodga olarkan, rassom shunday yozadi: "Mushtum" jurnali tahririyatining rahbarlari Abdulla Qodiriy va G'ozi Yunusuvlar tomonidan ushbu jurnal sahifalarida ishlarim chop etilishiga ruhsat tegdi, garchi, na malakam, na tajribam bo'lmagan." Bir vaqtning o'zida, yosh rassom kitob grafikasi bilan ham shug'ullangan.

Iskandar Ikromov 1924 yil Leningrad badiiy akademiyasi qoshidagi Oliy badiiy-texnik ustaxonaga o'qishga kiradi. Iskandar kitob bezagi sirlaridan Leningradlik taniqli o'qituvchilardan boxabar bo'lgan. Kitob san'ati rassomi va badiiy san'at uslubchisi diplomiga ega bo'lib, O'zbekistonga qaytadi va Samar qand davlat nashriyotida grafika bo'limiga rahbarlik qiladi. Ikromovning ijodiy faoliyati O'zbekistondagi birinchi rassom-poligrafiyachi sifatida boshlangan.

1930 yillar boshida I.Ikromov "Yangi yo'l", "Maorif va o'qituvchi", "Alanga" kabi jurnallarni bezatadi. Shu bilan birga, jurnal sahifalarida uning ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlarni targ'ibot qiluvchi ta'lim va san'at haqidagi maqolalari ham chop etiladi. Shu yillar tahririyat ishiga o'zbek xalqining turmushi va hayotini yaxshi biluvchi, an'anaviy badiiy merosini yuqori qadrlovchi rus rassomlari ham qo'shildi. Taniqli yozuvchi Oybek rassomga shunday yozgan: "Birinchi o'zbek-poligrafiyachi rassom - kitob "doktori", do'stimiz Iskandar o'z ishiga alohida muhabbat ila yondashadi.

NATIJALAR

Rassomning samimiyati, asarlarining o'ziga xosligi ishlarining barcha chizgi va bo'yoqlarida ko'zga tashlanadi. Barcha iqtidorli rassomlar kabi Iskandar chizgilar va bo'yoqlar sirini juda yaxshi tushunadi, ularga hayot va harakat bag'ishlaydi." Rassomning ko'p yillik pedagogik izlanishlari natijasi "Rasm o'rganish", "Kitob va

gazetalar qanday chop etiladi?" (1933) qo'llanmalari ustida ishladi. Ular ustida ish olib borar ekan, Iskandar Ikromov o'z oldiga tasviriy san'atni o'zbek maktablarida o'rgatishni maqsad qiladi.

Rassomning kitob grafikasida qadimgi buyuk allomalarning (Beruniy, Abu Ali ibn Sino), o'zbek shoir va yozuvchilari (Navoiy, Lutfiy, Hamza, Oybek, H.Olimjon, G'.G'ulom) asarlariga chizilgan illyustratsiyalari alohida o'rin egallaydi. Kitoblarni bezatishda rassom naqqoshlik san'ati an'analaridan foydalanadi. Ikromovning shunday tajribalarining ilk natijasi A.Navoiyning "Farhod va Shirin" asari asosidagi musiqiy partiturasiga chizilgan naqqoshlik kompozitsiyasi bo'lgan. Ular ustida ishlashda rassom "qush jadval", "tamg'a", "islimi" kabi mavzulardan foydalangan. U kitoblarni bezatishda yaratgan sharq an'analariga xos geometrik va o'simlik naqshlari o'zining nafisligi va bejamdorligi bilan e'tiborni tortadi.

An'anaviy tasviriy va ifodali vositalar orqali rassom kitobni haqiqiy san'at durdonasiga aylantiradi. Boy ranglar uyg'unligidan foydalanarkan - to'q qizil asosda kumush rang naqsh soladi, baxmal qog'oz betlari, yirik naqsh medalonlaridan foydalangan, "islimi" nafis naqshlari bilan sahifalar bezatilgan - rassom, liar safar yuqori badiiy did namunalariga aylanuvchi kitoblar yaratadi.

Rassom Iskandar Ikromovga xos ijodiy qirralardan biri kitob bezatish qonun-qoidalarining chuqur bilishi, kitob bezagi maqsad va vazifalarini aniq tushunishidadir. Aynan ushbu jihatlar A.Navoiy tavalludining 500-yilligi munosabati bilan chop etilgan - jahon adabiyoti durdonalari "Hamsa", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" kitoblarining bezatilishida aniq namoyon bo'ladi. Rassom badiiy vositalar orqali asarning asosiy mohiyatini yetkazib berishning uddasidan chiqqan. An'anaviy naqshlardan foydalanib, rassom ularning zamonaviy talqiniga intiladi. Uning suratlari milliy uslubda bajarilgan grafik ishlar namunasi sanaladi, ular poligrafiya nuqtai nazaridan mukammaldir.

Yoshligida rassom an'anaviy tarbiya oladi, shu sababli, islom madaniyati tarixini, arab alifbosi va yozuvini, o'zbek musiqasini, amaliy san'atini yaxshi biladi. Milliy an'analarning chuqur bilishi sababli, kitob bezagi orqali o'zbek madaniyati va san'atini butun dunyo bo'ylab ochib berish imkoniga ega bo'ldi. Ikromovni yaqindan bilgan rassom zamondoshlari Samig' Abdullayev, Lutfulla Abdullayev, Chingiz Axmarov, Hikmat Rahmanov, Malik Nabiyev va boshqalar uni yodga olib, insofli, ziyoli, ishiga ijodiy yondashuvchi kabi sifatlarini eslashadi.

MUHOKAMA

Rassom ijodida shoir va yozuvchilarning kitobini bezatish alohida o'rin egallashi, uning keng dunyoqarashi, ishidagi turli uslublarini namoyon etadi. 60-yillar I.Ikromov - kitob bezagi sohasida ishlovchi yetakchi rassom-grafiklardan biri

hisoblanib, ushbu san'atga milliylik jihatlari va o'ziga xoslikni olib kirgan. Ushbu yillar rassom tomonidan bezatilgan kitoblar butun ittifoq hamda xorij ko'rgazmalarida yuqori baholangan. Leypsig (Germaniya, 1959 y.) shahrida o'tkazilgan Xalqaro kitob ko'rgazmasida A.Navoiyning "Lirika" to'plamining bezagi uchun rassom medal bilan taqdirlanganligi, o'zbek kitob san'atining katta yutug'idir.

O'zbekiston kitob grafikasi san'atining rivojiga XX asrning 40-50 yillarida Usto Mo'min (Nikolayev), Vladimir Kaydalov, Chingiz Alimarov, Mixail Reyx, 6070 yillarga kelib esa Qutlug' Basharov, Telman Muhamedov, Ivan Kiriakidi, Anatoliy Bobrov va boshqalar munosib hissa qo'shdilar. Ayniqsa, Telman Muhamedovning ijodida Sharq miniatyura san'atining an'analari o'ziga xos talqinda davom ettirildi.

Muhamedov Telman Yaminovich (1934 - 1976) - 1934-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1968-yilda hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. O'z asarlari bilan bir qator xalqaro ko'rgazmalarda ishtirok etgan. 1974-yilda Butunittifoq Xalq Xo'jaligi yutuqlari ko'rgazmasining bronza medaliga sazovar bo'lgan. O'zbek xalq ertaklari, Afandi latifalari, G'afur G'ulomning «Shum bola», Mirmuhsinning «Me'mor» asarlariga ishlagan illustratsiyalarida rassomning iqtidori yaqqol namoyon bo'lgan. Ularda chuqur yumoristik ruh ifodalangan kompozitsiyalar, nozik istehzoli kayftyat nafis chiziqlarda mohirlik bilan tasvirlangan.

Yana bir bolalarda bolalar adabiyotlariga ishlagan illyustratsiyalari bilan tasviriy san'atga bo'lgan qiziqishlarini uyg'ota oigan rassom Anatoliy Andreyevich Bobrov 1948-yilda Sharqiy Qozog'iston viloyatining Rodionovka qishlog'ida tug'ilgan. 1972-yilda hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomladi.

Kitob Anatoliy Bobrovning butun hayoti mazmuniga aylangan. U kitobning badiiy va texnologik jarayonlarini mukammal egallagan rassom. A. Bobrov bezagan kitoblar respublika va xalqaro tanlovlarning diplomlari bilan taqdirlangan. Anatoliy Bobrovning illyustratsiyalaridan namunalar:

A.Bobrov M.R.Dayoning «Indoneziya ertaklari va afsonalari», qoraqalpoq eposi «Shahriyor», hind qahramonlik eposi «Ramayana», Asqad Muxtoming «Qo'l izi» she'rlar to'plami, Muhammad Alining «Boqiy dunyo» she'riy romanining o'zbekcha hamda ruscha nashri, A.S.Pushkinning «Baliqchi va oltin baliq haqida ertak» kitobi, Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» va «Qiyomat» asarlari, qirg'iz eposi «Manas» va boshqa ko'plab kitoblarni badiiy bezagan.

Galina Li - Bolalar kitobi boyicha rassom, pedagog u 1945 yilda Qirg'izistonda tug'ilgan. 1964 yilda Benkov nomidagi Respublika rassomchilik bilim yurtini tamomlagan.

1969 yilda A. Ostrovskiy nomli Toslikent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Illyustrator 40 dan ortiq kitoblarni loyihalashtirgan va rasmlar ishlagan.

1978 yildan - Rassomlar uyushmasi a'zosi, 1997 yildan O'zbekiston Badiiy akademiyasining ijodiy uyushmasi a'zosi. 1965 yildan respublika va xorijda o'tkazilgan badiiy ko'rgazmalar, shu jumladan 1991 yilda Toshkentda Aleksandr Li bilan hamkorlikda shaxsiy ko'rgazma ishtirokchisi.

"Kitob san'ati" tanlovlarining diplomi bilan taqdirlangan. 2000 yilda u O'zbekiston san'atiga qo'shgan hissasi uchun "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.

2008 yil O'zbekiston Badiiy akademiyasining kumush medaliga sazovor bo'ldi. Asarlar Davlat san'at muzeyi va O'zbekiston Badiiy akademiyasi ko'rgazmalar direktsiyasida (Toslikent). Xususiy to'plamlarda chet elda saqlanib kelmoqda. Rassom Galina Lining illyustratsiyalaridan namunalar:

XULOSA

Shunday qilib, grafik rassomlar hayoti va ijodiy faoliyatini organish bolalarni kitoblardagi illyustratsiyalar va bezaklar osonlik bilan tasvirlanmasligini, ertak va badiiy adabiyotlardagi illyustratsiyalar tasvirlanishining tagida zaxmatli mexnat va ijodiy jarayon yotishini, ijod qilish uchun o'z ustida tinimsiz ishlash kerakligini

hamda ijod asarlarining qadriga yetishni o'rgatadi. Bolalar hayotiy tajribasi kam bo'lganligi uchun ham ular ijodiy yondashib tasvirlashi qiyin. Bolalarda ijodiy qobilyatning rivojlanishi sekin-asta, bosqichma-bosqich amalga oshadi. Ular rassomlarni o'rganish asnosida ijod qilish uchun oldin tasviriy san'at sir-asrorlarini mukammal o'rganish kerakligi, tinimsiz mexnat qilish kerakligini bilib oladilar. Bundan tashqari yuqorida aytib o'tganimizdek grafik rassom bolalarni illyustratsiya orqali kitobga, adabiyotga, butun borliqdagi voqeylikka olib kiradi va bolalarga bu borada yordamlashadi. Bu jarayonlar bolada idrokning rivojlanishiga olib keladi. Idrok va dunyoqarashning boyligi o'z o'rnida bolada ijodiy qobilyatning rivojlanishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Султанов, X. Э., Анкабаев, P. Т., Хасанова, H. С., & Чориева, Н. Ш. (2017). Инновационные методы обучения на занятиях по изобразительному искусству. In Актуальные вопросы современной педагогики (pp. 103-105).

2. Ne'mat, А. М., & Ankabaev, R. Т. (2018). Methodological Principles of Training Fine Arts. Eastern European Scientific Journal, (6).

3. Ирбутаева, M. Т., Махмудов, M. Ж., & Махмудов, М. Э. (2020). ЖИВОПИСЬ И ГАРМОНИЯ МУЗЫКИ. Ученый XXI века, 6-7(65), 31-34.

4. Tursunmurotovich, S. S. (2020). Importance of illustrations for perception of content of the book. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 98-101.

5. Shuhratovich, I. U. (2020). Application of innovation in teaching process. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(5), 4-8.

6. Saidazimovich, В. I., Turgunovich, A. R., Jabbarovich, M. M., & Tairovna, I. M. (2020). THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE LANDSCAPE GENRE IN THE FINE ARTS. EPRA International Journal of Research and Development, 5(3), 423-424.

7. Eralievich, S. K., Mukhamatsultonovna, M. I., Saidazimovich, В. I., & Turgunovich, A. R. (2020). The Need for Creation of a Cluster of Pedagogical Innovations in the System of Continuous Education. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05), 6586-6591.

8. Shuhratovich, I. U. (2020). Technologies of working on graphic materials in fine arts classes (on the example of working still life in the pen. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 41-45.

9. Байметов, Б. Б., Собиров, С. Т., & Исматов, У. Ш. (2019). ПРОБЛЕМЫ ПРОФЕССИОНАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ УЧИТЕЛЕЙ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА. Вестник науки, 7(7), 63-66.

10. Tursunmurotovich, S. S., Eraliyevich, S. X., & Shuhratovich, I. U. (2020). Illustration and the Influence of Illustrator on Children's Understanding of Fairy Tales and Works of Art in Books. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05), 3526-3533.

11. Eralievich, S. K., Tursunmurotovich, S. S., & Mukhamatsultonovna, M. I. (2020). THEORETICAL BASIS OF CLUSTER APPROACH IN FINE ARTS EDUCATION. Journal of Critical Reviews, 7(9), 108-111.

12. Tursunmurotovich, S. S. (2020). Bolalar ijodiy qobilyatini rivojlantirishda grafik rassomlar hayoti va ijodiy faoliyatini organishning muhimligi. Педагогика ва психологияда инновациялар, (2), 460-464.

13. Tursunmurotovich, S. S. (2020). Some Factors That Impede The Development Of Students' Creative Abilities In Fine Art Classes. Asian Journal of Research, 7(3), 214-218.

14. Saidazimovich, В. I. (2020). 50 Years Of The Xx Century The Development Of The Uzbek Landscape Genre. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(6), 62-64.

15. Султанов, X. Э., Худайбердиев, П. У., & Собиров, С. Т. (2017). Непрерывное образование в Узбекистане как требование времени. Молодой ученый, (А), 385389.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.