Научная статья на тему 'BUXORO AMIRLIGI MADANIY HAYOTINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

BUXORO AMIRLIGI MADANIY HAYOTINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

5105
277
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarixiylik / ilmiylik / xolislik / tarixnavislik / ta’lim / diniy bilimlar / shariat / xattotlik. / history / science / objectivity / historiography / education / religious knowledge / sharia / calligraphy

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Doniyor Asilbekov, Jaloliddin Abduhamidov

Maqolada O’zbekiston tarixini o’rganishda tarixiylik, xolislik, ilmiylik tamoyillarining ahamiyati va tadqiqot yondashuvlarining o’ziga xoz xususiyatlari bo’yicha fikr bildirilgan. XVIII-XIX asrlardagi Buxoro amirligining madaniy hayoti, madrasalardagi ta’lim faoliyati, bosqichlari keltirilib o’tilgan, tarixnavislik namoyondalari xizmatlari bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF CULTURAL LIFE OF THE EMIRATE OF BUKHARA

The article discusses the importance of historical, objective, scientific principles in the study of the history of Uzbekistan and the peculiarities of research approaches. The cultural life of the Emirate of Bukhara in the XVIII-XIX centuries, the educational activities in the madrasas, the stages, the services of historians are given.

Текст научной работы на тему «BUXORO AMIRLIGI MADANIY HAYOTINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

BUXORO AMIRLIGI MADANIY HAYOTINING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Doniyor Asilbekov Jaloliddin Abduhamidov

Chirchiq davlat pedagogika instituti Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekiston tarixini o'rganishda tarixiylik, xolislik, ilmiylik tamoyillarining ahamiyati va tadqiqot yondashuvlarining o'ziga xoz xususiyatlari bo'yicha fikr bildirilgan. XVIII-XIX asrlardagi Buxoro amirligining madaniy hayoti, madrasalardagi ta'lim faoliyati, bosqichlari keltirilib o'tilgan, tarixnavislik namoyondalari xizmatlari bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: tarixiylik, ilmiylik, xolislik, tarixnavislik, ta'lim, diniy bilimlar, shariat, xattotlik.

CHARACTERISTICS OF CULTURAL LIFE OF THE EMIRATE OF

BUKHARA

Doniyor Asilbekov Jaloliddin Abduhamidov

Chirchik State Pedagogical Institute Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

The article discusses the importance of historical, objective, scientific principles in the study of the history of Uzbekistan and the peculiarities of research approaches. The cultural life of the Emirate of Bukhara in the XVIII-XIX centuries, the educational activities in the madrasas, the stages, the services of historians are given.

Keywords: history, science, objectivity, historiography, education, religious knowledge, sharia, calligraphy.

KIRISH

Mustaqillik yillarida O'zbekiston tarixi har tomonlama xolis va ilmiy yoritila boshlandi. Ayniqsa, o'zbek davlatchiligi tarixi va uning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyoti jarayonlarida tutgan o'rnini yoritishga kata e'tibor berilmoqda. Shubhasiz, o'zbek davlatchiligi an'analarining shakllanishida va taraqqiy etishida muhim o'rin tutgan davrlardan biri o'zbek xonliklari davri hisoblanadi.

Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning ro'y berishidagi asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Bugungi kungacha tadqiqotchilar tomonidan o'zbek xonliklari tarixini o'rganishga ko'plab marotaba murojaat qilingan va

xonlik tarixining turli muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo'lsada, bugungi kungacha xonliklar davri tarixining barcha masalalari to'lig'icha tadqiq qilib bo'lingan deb bo'lmaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

XIX asr adabiyotida Shavqiy taxallusi bilan she'rlar yozgan kattaqo'rg'onlik Muhammad Sharif, "Chor darvish", "Mafiloro", "To'tinoma" kabi asarlar muallifi Mulla Qurbon Xiromiy va boshqalar katta rol o'ynagan. Shuningdek, bu davrda Ahmad Donish, Ochil Murod Miriy Katta Qo'rg'oniylar ham adabiyotga xos bo'lgan asarlar yaratganlar. Bu davrda yaratilgan tarixiy asarlarning ko'pchiligi hukmron mang'itlar sulolasi tarixiga bag'ishlangan bo'lib, ularda o'rta asrlar tarixnavisligidagi an'analar davom ettirilgani kuzatiladi. Amirlikda yashab o'tgan ilm-fan namoyondalarining faoliyati ko'p qirrali bo'lib, ularning aksariyati tarixiy asarlar ham yaratganlar. Xususan, Mullo Ibodullaning "Tarixi amir Haydar", Muhammad Sharifning "Dostoni amironi mang'it", Mir Olim Buxoriyning "Fathnomai sultoniy", Mirzo Abdulazim Somiyning "Tarixi salotini mang'itiya", "Dahmai shohon", Muhammad Sharif ibn Muhammad Naqining "Toju tavorih", Ahmad Donishning "Mang'itlar xonadoni hukmdorlari tarixidan qisqacha risola", Mirzo Sodiq Munshiyning "Mang'it hukmdorlari tarixi" kabilar shular jumlasidandir.

MUHOKAMA

XVIII asrning oxirlariga kelib Buxoro amirligida iqtisodiy hayotning birmuncha yuksalishi madaniy hayotga ham ta'sir etmasdan qolmadi. Ayniqsa, ilgarigi davrlarda shakllangan maktab va oliy ta'lim beruvchi madrasalar faoliyati bu davrda ancha yuksaldi. Boshlang'ich ta'lim beruvchi maktablar amirlikning barcha yirik qishloqlarida, shaharlarining barcha mahallalarida mavjud bo'lib, bu maktablarda bolalarning dastlabki savodi chiqarilgan. Maktablarda arab alifbosida savod chiqarilib, Qur'onning dastlabki oyatlari yodlatilgan. Shariatga oid dastlabki saboqlar berilgan.

Madrasalar amirlikning barcha shaharlarida mavjud edi. Madrasalarda o'qitish uch bosqichda:

past qadam,

miyona (o'rta) qadam va

peshqadamda amalga oshirilib, yetti yil davom etgan.

Madrasa o'qituvchilari-mudarrislar va boshqa xizmatchilar maoshlari, talabalar nafaqalari, kutubxona xarajatlari, ta'mirlash ishlari va boshqalarga ketadigan mablag'lar vaqf yerlaridan keladigan foyda hisobidan qoplangan. Madrasalar odatda hukmdorlar, amaldorlar, nufuzli shaxslar, yirik din peshvolari va savdogarlar tomonidan ko'p hollarda pishiq g'ishtdan ikki qavatli qilib qurilgan. Ularning birinchi qavatida machit, qiroatxona va kutubxonalar, ikkinchi qavatida esa, talabalar yashaydigan hujralar joylagan. Madrasa

talabalari diniy bilim bo'lgan Qur'oni Karim, fiqh, shariat asoslari, diniy-axloqiy adabiyotlar bilan birga til, adabiyot tarix, falakiyot, mantiq, falsafa, xandasa(matematika) kabi dunyoviy va aniq fanlardan ham ta'lim olganlar. Shunga qaramasdan, bu davrda madrasalarda diniy-axloqiy ta'limga asosiy e'tibor qaratilib, dunyoviy ta'lim berish nisbatan orqada qolgan edi. Bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan me'morchilik yodgorliklari hamda yozma manbalar amirlikda adabiyot, tarix, xattotlik va musiqa san'ati, me'morchilik rivojlanganligidan dalolat beradi.

Amirlikning madaniy hayotida hattotlik ham muhim o'rin egallagan edi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Shahrisabz kabi shaharlarda hattotlik maktablari mavjud edi. O'z kasbining ustasi bo'lgan mohir hattotlar davlat va xo'jalik hujjatlari tayyorlashda, ilmiy-badiiy asarlar yozish va ko'chirishda me'moriy inshootlarga turli yozuvlar (Qur'oni karim oyatlari, hadislar, hikmatlar)ni chiroyli naqshlar tarzida bitishda mashhur bo'lganlar. Bu davrda amirlikning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, G'uzor, Kattaqo'rg'on, Dehnov kabi ko'plab shaharlarida masjid va madrasalar bunyod etilgan. Buxorodagi Domullo Tursunjon madrasasi, Xudoydod me'moriy (masjid, madrasa va sardoba) majmuasi, Ernazar elchi madrasasi, Qarshidagi Ali va Mir Muhammad madrasalari shular jumlasidandir. Undan tashqari bu davrda shaharlarda ko'plab ixtisoslashgan yopiq bozorlar, karvonsaroylar, hammomlar, yo'llar bo'ylarida sardobalar bunyod etilgan.

Amir Haydar saroyida munshi (amir kotibi) lavozimida xizmat qilgan Mirzo Sodiq Munshiy XIX asr boshlaridagi adabiy muhitning ko'zga ko'ringan namoyondalaridan biri edi. Undan meros qolgan she'riy Devon - "Devoni Sodiq Munshiy" hamda she'riy usulda bitilgan tarixiy asari uning adabiyot rivojiga qo'shgan hissasini ko'rsatadi. Bu davrda amirlikning turli shaharlarida yashab ijod qilgan ko'plab shoirlar (shoir Hoziq, shoir Mujrim va bosh.) ijodida xalqparvarlik, jabr-zulmga qarshi isyonkorlik kayfiyati kuchli bo'lib, ular ko'p hollarda hukmdorlar va amaldorlar tomonidan quvg'inga olingan.

NATIJALAR

Turli davrlarda yaratilgan xonliklar tarixini aks ettiruvchi asarlarda mualliflarning masalaga turlicha yondashuvlari fikrlarning va xulosalarning ham turlicha bo'lishiga olib kelgan. Ularni ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish va tarixiylik, ilmiylik va xolislikka asoslanilgan eng to'g'ri xulosalarni chiqarish bugungi kun tarixchi mutaxasislari oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.

XIX asrda Buxoro xonligi hududida juda ko'p shoir olim hatotlar yashab ijod qilganlar. Muhammad Rajab Buxoriy, Qori Rahmatulla, Afqoriy Buxoriy, Adriy Samarqandiy, Xabibiy, Yakdil Maxmud Koriziy "Tavorixi Mulki Ajom" ni ko'chiruvchi Mulla Muhammad Yusuf, Odil Murod Miriy Shahrisabzay, Muhammad Ali Buxoriy, Muhammad Yoqub Buxoriy, Muhammad Mir Olim Buxoriy, Rhmonqulibek kotib, Murod Farhod, Muhammad Shukur tolib, Jaloliddin Buxoriy, va Mulla Nasrullo kotib kabi juda ko'p taraqiyparvar olim va xattotlar yashar edilar.

XULOSA

Xullas, O'zbekiston davlatchiligi tarixida Buxoro amirligi davlatining ham o'z o'rni va mavqei bo'lib, mang'itlar hukmronligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda qator yuksalishlar bo'lib o'tdi. Ammo, mamlakat iqtisodiy jihatdan qudratli va siyosiy jihatdan mustahkam emas edi. Ko'p hollardagi iqtisodiy tanglik, siyosiy beqarorlik, o'zaro nizolar XIX asrning ikkinchi yarmida davlatning katta hududlarini Rossiya tomonidan bosib olinishiga sabab bo'ldi. Buxoro amirlari 1920 yilga qadar Rossiyaga vassal holatda taxtni egallab turdilar.

REFERENCES

1. Javlonbek Rayimnazarovich Begaliyev. (2020). XIVA XONLIGI TARIXSHUNOSLIGI. Science and Education. 1 (6), 153-160.

2. Gaffarov, Y. (2019). Technical approach in the education system. International Journal on Integrated Education, 2(6), 40-41. Retrieved from http://j ournals.researchparks .org/ index.php/IJIE/article/view/195

3. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils' Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

4. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.

5. Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the Importance of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 151-156.

6. J.N. Abdurakhmanova, S.B. Jumaeva, U.K. Ismailov (2020). The Importance of Shrines in The Spiritual Life and Mentality of Uzbek People // International Journal of Psychosocial Rehabilitation 24 (09) 2389- 2398.

7. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

8. Matchonov S. (2020). Adabiy ta'lim tizimini texnologiyalashtirish va badiiy-estetik tafakkur muammolari // Научный вестник Ташкентского государственного педагогического университета. № 1 -С. 110-115.

9. Mardonov, Sh., Toshtemirova, S., Ahmadjonov, B., & Koshanova, N. (2020). Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International Journal of Psychological Rehabilitation, 27(07), 8104-8111.

10. Абдурахманова, Ж. Н., Тоштемирова, С.А. (2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education, /(Issue 7), 436-442.

11. Matchonov S. (2020). Adabiyot darslarida Tahlil va talqin uyg'unligi // Til va adabiyot ta'limi. 7-son. -B. 8-11.

12. Toshtemirova, С., Жолдасов, И. (2019). Бiлiмдi адамгершiлiкке баулу идеясынын, цажетип // "Actual problems of society, education, science and technology: status and prospects of development" collection of scientific papers of the ii international scientific-practical conference. Актубе. P. 17-23.

13. Nasirov Otabek., Usmanov Farhod, & Begaliyev Javlonbek. (2020). Order of Creation of Joint-Stock Companies in Turkestan in the Late XIX - Early XX Centuries and Participation of Foreign Capital in It. International Journal of Psychological Rehabilitation, 24(07), 8034-8042.

14. Toshtemirova S. A. Ta'lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida // Uzluksiz ta'lim.-2020. - № 1 (86). - S.5

15. Shukurullo Mardonov. Art Pedagogical and art therapeutic technologies in the art classes. International Journal of Research in Economics and Sosial Sciences, 10 (Issue 6), 26-36.

16. Раимова, А. (2020). Эвакуация центров науки и культуры в Узбекистан в годы Второй мировой войны. Science and Education, 1 (7), 600-609.

17. Toshtemirova, S.A. (2020). The quality of education is a pedagogical problem.

Актуальные вопросы современной науки Материалы VI международной научно-практической конференции, Саратов. 1(1), 39-40.

18. Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Student Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272-274.

19. Раимова, А. (2020). Вклад Шира Захидова в развитие киноискусства Узбекистана. Science and Education, 1 (7), 594-599.

20. Gafforov Ya. X. (2019). THE STATE OF HUSTORICAL EDUCATION IN UZBEKISTAN DURING WORLD WAR II. USA(Philadelphia) . -P. 173-175.

21. Botir Boltabaevich Baymetov, Khusan Kholmuratovich Muratov. Self Sketches as a Tool in the Professional Training of a Future Artist-Teacher. Solid State Technology. 2020/2/29. Vol. 63 № 2 (2020). 224-231.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.