Научная статья на тему 'O'RTA OSIYO XONLIKLARIDA ELCHILIK FAOLIYATI TARIXSHUNOSLIGI (A. JENKINSON FOLIYATI MISOLIDA)'

O'RTA OSIYO XONLIKLARIDA ELCHILIK FAOLIYATI TARIXSHUNOSLIGI (A. JENKINSON FOLIYATI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1862
223
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Moskva” kompaniyasi / A.Jenkinson / Hindistonga boradigan yo’l / Ivan IV / Moskva O’rta Osiyo savdo munosabatlari / Hindiston-Buxoro munosobatlari. / Moscow Company / A. Jenkinson / Road to India / Ivan IV / MoscowCentral Asia Trade Relations / India-Bukhara Relations

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Umrzoq Djoldasov, Sherzod Sharifov

Maqolada O’rta Osiyo xonliklari bilan Rossiya imperiyasining savdo-iqtisodiy aloqalarining boshlang’ich davrida faoliyat olib borgan A.Jenkinsonning faoliyati va uning keltirgan fikrlariga tarixchi olimlarning qarashlari qolaversa, Buxoro va Hindoston o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarga doir ba’zi bir fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF EMBASSY ACTIVITIES IN CENTRAL ASIAN KHANATES (ON THE EXAMPLE OF A. JENKINSON'S ACTIVITY)

The article describes the activities of A. Jenkinson, who worked in the early days of trade and economic relations between the Central Asian khanates and the Russian Empire, and the views of historians on his views, as well as some views on trade and economic relations between Bukhara and India. given

Текст научной работы на тему «O'RTA OSIYO XONLIKLARIDA ELCHILIK FAOLIYATI TARIXSHUNOSLIGI (A. JENKINSON FOLIYATI MISOLIDA)»

O'RTA OSIYO XONLIKLARIDA ELCHILIK FAOLIYATI TARIXSHUNOSLIGI (A. JENKINSON FOLIYATI MISOLIDA)

Umrzoq Djoldasov

Chirchiq davlat pedagogika instituti

Sherzod Sharifov

Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada O'rta Osiyo xonliklari bilan Rossiya imperiyasining savdo-iqtisodiy aloqalarining boshlang'ich davrida faoliyat olib borgan AJenkinsonning faoliyati va uning keltirgan fikrlariga tarixchi olimlarning qarashlari qolaversa, Buxoro va Hindoston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarga doir ba'zi bir fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: "Moskva" kompaniyasi, A.Jenkinson, Hindistonga boradigan yo'l, Ivan IV, Moskva - O'rta Osiyo savdo munosabatlari, Hindiston-Buxoro munosobatlari.

HISTORY OF EMBASSY ACTIVITIES IN CENTRAL ASIAN KHANATES (ON THE EXAMPLE OF A. JENKINSON'S ACTIVITY)

The article describes the activities of A. Jenkinson, who worked in the early days of trade and economic relations between the Central Asian khanates and the Russian Empire, and the views of historians on his views, as well as some views on trade and economic relations between Bukhara and India. given

Keywords: Moscow Company, A. Jenkinson, Road to India, Ivan IV, Moscow-Central Asia Trade Relations, India-Bukhara Relations

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O'zbekiston tarixining muhim sahifalari qayta ko'rib chiqila boshlandi. Xozir esa asosiy vazifa tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan xolisona va halol amalga oshirishdan iboratdir. Shu o'rinda, O'rta Osiyo xonliklarining XVI-XX asr boshlaridagi chet davlatlar bilan munosabatlari tarixi nafaqat O'zbekiston tarixi, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari tarixi uchun ham muhimligini

Umrzok Djoldasov

Chirchik State Pedagogical Institute

Sherzod Sharifov

Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

KIRISH

ta'kidlash lozim. Xususan, o'zaro savdo - iqdisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlardan mintaqadagi barcha xalqlar bir xilda manfaatdordir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Mazkur davrda g'arbiy Yevropa va Rossiyadagi O'rta Osiyo to'g'risidagi bilimlar, O'rta Osiyoda esa G'arbiy Yevropa va Rossiya to'g'risidagi bilimlar chala edi. Biroq bir-biri to'g'risida bilishga qiziqish tobora kuchayib brogan. XVI—XIX asrdagi O'rta Osiyo xalqlarining tarixiy manbalari juda ko'p va xilma-xil bo'lgan. Ishimizni o'z asarida XVI—XX asrlar orasida yozilgan ellikdan oshiqroq qimmatli tarixiy-jo'g'rofiy, falakiyotga oid, memuar va biografik mazmunli, O'rta Osiyoning XVI—XVIII asrlar orasidagi hayoti xususida boy ma'lumotlar beruvchi Sharq qo'lyozmalarini tahlil etib chiqqan sharqshunos B.A.Ahmedov ancha yengillashtirdi. B.A.Ahmedov «XVI—XVIII asrlarda O'rta Osiyoning tarixiy-jo'g'rofiy adabiyoti" asarining ikkinchi bo'limida rus va chet el elchilari - Antoniy Jenikson, I.D.Xoxlov, aka-uka Pazuxinlar, Floriya Benevin va Novopat-ros mitropoliti Xrisanfning XVI—XIX asrlardagi O'rta Osiyo to'g'risidagi, uning o'sha davrdagi Rossiya bilan aloqalari haqidagi ma'lumotlari keltiriladi. XVI— XIX asrlardagi O'rta Osiyo xalqlari tarixining mufassal, ko'p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga B.A.Ahmedov, B.G'.G'afurov, E.A.Davidovish, X.Z.Ziyayev, R.B.Muqminova, A.M.Muxtorov, O.D.Chexovich va boshqalarning bir qator asarlarini kiritish mumkin.

MUHOKAMA

G'arbda kapitalistik munosabatlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi Yevropa davlatlarining Sharq davlatlariga yaqinlashuviga sabab bo'ldi. Jumladan, ingliz savdo kompaniyasining vakili A.Jenkinsonning O'rta Osiyoga yuborilishi (XVI asr) bu harakatning yaqqol isboti edi. A.Jenkinson sayohatining maqsad va vazifalari tarixchilar tomonidan bir qadar o'rganilgan. Y.A.Sokolov, "Moskva kompaniya"sining asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, Hindistonga Rossiya Sharq bilan savdo aloqalari olib borgan yo'llari orqali kirib borishi lozim edi, deb hisoblab, quyidagicha yozgan: "Inglizlarning Rossiya orqali Hindistonga kirib borish yo'lini qidirib topish ishiga kompaniyaning eng faol vakillaridan biri Antoniy Jenkinson asos solgan". Demak, A.Jenkinsonning O'rta Osiyoga sayohat qilishidan asosiy maqsad xonliklar orqali Hindistonga boradigan eng yaqin va qulay yo'lni topishdan iborat bo'lgan. U O'rta Osiyoda savdo ishlarini yo'lga qo'yish niqobi ostida Buxoroga borishga ruxsat olgan. A.Jenkinsonning maqsadi O'rta Osiyo orqali Hindistonga boradigan eng yaqin va qulay

yo'lni topishdan iborat bo'lgan. Rus olimi S.V.Jukovskiy: Jenkinsonning Buxoroga borishi haqidagi fikrlarini bayon qilib quyidagicha yozadi: "Aytish qiyin, nahotki Jenkinson chindan ham Ivan Grozniyni o'z tomoniga og'dirib olgan, va guyo Ivan Grozniy inglizlarga yoqish uchun uni O'rta Osiyoga borishiga ruxsat bergan. Jenkinsondan balki podsho (Ioann Grozniy) foydalangandir va uni 1557 yilda Rossiyada erkin savdo qilishlari uchun ruxsat so'rab kelgan Xiva va Buxoro elchilik missiyasiga javob tariqasida Buxoro va Xivaga elchi qilib yubormadimikan?". Yuqoridagi fikrlarga tayanib, aytish mumkinki, Jenkinson Moskva Rusining Buxoroga yuborgan birinchi rasmiy elchisi edi. Jukovskiyning ikkinchi fikri xaqiqatga yaqin bo'lsa kerak, ya'ni podsho O'rta Osiyo bilan savdo-aloqalarini o'rnatish maqsadida ingliz savdogari Jenkinsonga rasmiy yorliq bergan. Jenkinsonning Rossiya nomidan O'rta Osiyoga jo'natilishi Rossiyaning O'rta Osiyo savdosida ma'lum bir manfaati bo'lgani tasdiqlaydi.

NATIJALAR

1558 yil 23 dekabrda Jenkinson Rossiya podshosi Ivan IV ning ishonch yorlig' i bilan Buxoroga keladi va u yerda savdoning holati bilan tanishadi. Jenkinson Moskvaga qaytayotganida u bilan birga Buxoro, Urganch, Balx elchilari xam birga kelishgan. Tarixchi P.P.Ivanov missiyani baholab, Rossiya bilan O'rta Osiyo o'rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni Jenkinson kashf etmagan, Jenkinson bilan Moskvaga kelgan savdo karvoni 1000 tuyadan iborat bo'lgani avvaldan Moskva - O'rta Osiyo savdo munosabatlari an'anaviy darajada bo'lganidan dalolatdir, - deb yozgan edi.

Ma'lumki, XVI asrdan boshlab O'rta Osiyo xonliklarining Moskva bilan savdo aloqalari rasmiy tus ola boshlaydi. Bizni bu o'rinda Jenkinson tomonidan Buxoroning qo'shni Sharq davlatlari bilan aloqalari haqida bergan ma'lumotlari ahamiyatlidir. Jenkinson "Buxoroda savdogarlarning har yilgi yig'ilishi bo'lib, u yerga Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa davlatlardan savdogarlar katta karvonlar bilan kelib yig'ilib turadi", - deb yozgan edi. Bu holat XVI asr o'rtalarida Buxoro qadimgidan xalqaro savdo markazlaridan biri bo'lib qolganligidan dalolat beradi. Jenkinson yana qo'shib qo'yadi, "go'yoki, bu savdogarlar shu darajada qashshoqki, ular kam tovarlar olib kelishiga qaramay bu tovarlarni hatto uch yillab sotadi, shuning uchun bu yerda foydali savdo qilish uchun hech qanday ishonch yo'q", - deb yozadi. Ba'zi tarixchilarning fikricha, Jenkinson Angliya manufakturalarida to'qilgan movut matolarni O'rta Osiyoda sota olmagani uchun ataylab Buxorodagi hind savdogarlarining faoliyati va rolini pasaytirgan.

XULOSA

Shunday qilib, Jenkinsonning ma'lumotlariga asoslanib aytish mumkinki, Buxoro bilan Hindiston o'rtasida barqaror savdo aloqalari o'rnatilgan bo'lib, mamlakatning (Hindiston) aksariyat dengiz savdosi yevropaliklar qo'liga o'tishi mahalliy savdogarlarga katta zarar keltirgan. Dengiz savdosidan mahrum bo'lgan hind savdogarlari o'z e'tiborlarini Afg'oniston va O'rta Osiyoga qaratgan. Jenkinson Buxoro bozorlaridagi hind savdogarlarining faoliyati xaqida, "ular Buxoroga na oltin, na kumush, na qimmatbaxo toshlar, na ziravorlar keltiradi. Men Hindistondagi bu tovarlar ishlab chiqariladigan eksport tovarlar portugallar qo'l ostida bo'lganligi uchun, bu tovarlar bilan savdo okean orqali olib borilishini aniqladim", deb yozadi. Jenkinsonning Buxoroga hindlar na oltin, na kumush, na kimmatbaxo toshlar, na ziravorlar keltiradi, degan fikri haqiqatdan yiroq. Vaholanki, ziravorlar Hindistondan Buxoroga keltiriladigan asosiy eksport tovarlaridan hisoblangan.

REFERENCES

1. Javlonbek Rayimnazarovich Begaliyev. (2020). XIVA XONLIGI TARIXSHUNOSLIGI. Science and Education. 1 (6), 153-160.

2. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.

3. Тошев, Солежон Ах,матжонович. (2020). Узбекистон совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347-353.

4. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

5. Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the Importance of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 151-156.

6. Matchonov S. (2020). Adabiy ta'lim tizimini texnologiyalashtirish va badiiy-estetik tafakkur muammolari // Научный вестник Ташкентского государственного педагогического университета. № 1 -С. 110-115.

7. Абдурахманова, Ж. Н., Тоштемирова, С.А. (2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education, 7 (Issue 7), 436-442.

8. Matchonov S. (2020). Adabiyot darslarida Tahlil va talqin uyg'unligi // Til va adabiyot ta'limi. 7-son. -B. 8-11.

9. Toshtemirova, С., Жолдасов, И. (2019). Бiлiмдi адамгершшкке баулу идеясынын кажетлп // "Actual problems of society, education, science and technology: status and prospects of development" collection of scientific papers of the ii international scientific-practical conference. Актубе. P. 17-23.

10. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils' Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

11. Nasirov Otabek., Usmanov Farhod, & Begaliyev Javlonbek. (2020). Order of Creation of Joint-Stock Companies in Turkestan in the Late XIX - Early XX Centuries and Participation of Foreign Capital in It. International Journal of Psychological Rehabilitation, 24(07), 8034-8042.

12. Shukurullo Mardonov. Art Pedagogical and art therapeutic technologies in the art classes. International Journal of Research in Economics and Sosial Sciences, 10 (Issue 6), 26-36.

13. Тоштемирова C. (2019). Узбекистонда коллективлаштириш ва унинг окибатларини урганишга доир мулохдзалар. Тафаккур зиёси № 3 -Б. 78-80.

14. Jabbor Usarov. (2019). Using Teaching Methods for Development Student Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272-274.

15. Тошев, Солежон А^матжонович. (2020). ТУРКИЯДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ ТАРИХИНИНГ УРГАНИЛИШИ. Science and Education, 1(7), 625-631.

16. Тошев, Солежон Ах,матжонович.(2020). Узбекистон совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347-353.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.