Научная статья на тему 'BUXORO AMIRLIGI TARIXI TARIXSHUNOSLIGIDA AHMAD DONISH ASARLARINING O’RNI'

BUXORO AMIRLIGI TARIXI TARIXSHUNOSLIGIDA AHMAD DONISH ASARLARINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

5125
401
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
manbalar / mang’itlar / “Navodir ul-vaqoe” / “Buxoro mang’it amirlarining muxtasar tarixi” / fasllar / tarixiylik / xolislik / ishonchlilik / sources / mangits / “Navodir ul-vaqoe” / “A brief history of Bukhara Mangit amirs” / seasons / historicality / objectivity / reliability

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sevara Sobirjonova, Feruza Ergasheva

Maqolada Buxoro amirligi tarixi tarixnavisligida Ahmad Donishning “Navodir ul-vaqoe” (Nodir voqealar), “Buxoro mang’it amirlarining muxtasar tarixi” va boshqa tarixiy asarlarining ahamiyati haqida to’xtalib o’tilgan. Ahmad Donish asarlarining mazmini, ularda keltirilgan ma’lumotlarning ob’yektivligi va yozilish tarixi bo’yicha ilmiy ma’lumotlar keltirilib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF AHMAD DONISH'S WORKS IN THE HISTORY OF BUKHARA EMIRAT

The article discusses the importance of Ahmad Donish's "Navodir ul-vakoe" (Rare events), "A brief history of the Bukhara Mangit emirs" and other historical works in the historiography of the history of the Bukhara Emirate. It provides scientific information on the content of Ahmad Donish's works, the objectivity of the information presented in them, and the history of their writing.

Текст научной работы на тему «BUXORO AMIRLIGI TARIXI TARIXSHUNOSLIGIDA AHMAD DONISH ASARLARINING O’RNI»

BUXORO AMIRLIGI TARIXI TARIXSHUNOSLIGIDA AHMAD DONISH ASARLARINING O'RNI

Sevara Sobirjonova Feruza Ergasheva

Chirchiq davlat pedagogika instituti Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada Buxoro amirligi tarixi tarixnavisligida Ahmad Donishning "Navodir ul-vaqoe" (Nodir voqealar), "Buxoro mang'it amirlarining muxtasar tarixi" va boshqa tarixiy asarlarining ahamiyati haqida to'xtalib o'tilgan. Ahmad Donish asarlarining mazmini, ularda keltirilgan ma'lumotlarning ob'yektivligi va yozilish tarixi bo'yicha ilmiy ma'lumotlar keltirilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: manbalar, mang'itlar, "Navodir ul-vaqoe", "Buxoro mang'it amirlarining muxtasar tarixi", fasllar, tarixiylik, xolislik, ishonchlilik.

THE ROLE OF AHMAD DONISH'S WORKS IN THE HISTORY OF

BUKHARA EMIRAT

Sevara Sabirdjanova Feruza Ergasheva

Chirchik State Pedagogical Institute Chirchik State Pedagogical Institute

ABSTRACT

The article discusses the importance of Ahmad Donish's "Navodir ul-vakoe" (Rare events), "A brief history of the Bukhara Mangit emirs" and other historical works in the historiography of the history of the Bukhara Emirate. It provides scientific information on the content of Ahmad Donish's works, the objectivity of the information presented in them, and the history of their writing.

Keywords: sources, mangits, "Navodir ul-vaqoe", "A brief history of Bukhara Mangit amirs", seasons, historically, objectivity, reliability.

KIRISH

Xalqimiz bosib o'tgan har bir davr bevosita boy tarixiy o'zgarish, taraqqiyot xususiyatlari va o'zaro madaniy ta'sirlar bilan sodir bo'lgan. Bugungi kunga kelib millatimiz tarixining jabhalari va bosqichlarini manbalar asosida o'rganish muhimdir.

Qo'lyozma asarlar, tarixiy obidalar, turli etnografik va lingvistik yodgorliklar asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Buni Yurtboshimiz I.A.Karimov "Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini uning tarixi o'ziga xos urf - odat va an'anlari

hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Bu borada tabiiyki ma'naviy meros, madaniy boyliklar, ko'hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi" deb takidlaganlar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Bugungi kunda Orta Osiyo va xususan, Buxoro amirligining Chor hukumati tomonidan mustamlakaga aylantirilishi tarixini ozida aks ettirgan mahalliy muarrixlar tomonidan yozilgan bir qator asarlar mavjud. Jumladan, Mirza Abdulazim Somiyning "Mang'it hukmdorlari tarixi", Mirza Salimbekning "Tarixi Salimiy", S.M.Olimiyning "Buxoro - Turkiston beshigi", Ahmad Donishning "Navodir ul-vaqoe" (Nodir voqealar) va "Buxoro mang'it amirlarining muxtasar tarixi" va boshqa bir qator asar mavjud.

Mazkur manbalar ichida eng yirigi Ahmad Donishning "Navodir ul-vaqoi" (Nodir voqealar) asaridir. Ushbu asarda muallif ozidan oldin o'tgan faylasuflarning, birinchi navbatda Bedilning bazi falsafiy qarashlarini tahlil qilgan. Oz zamonasining qoygan masalalarini hal qilishga intilga. Ushbu asar ahamiyati jihatidan XI asrda yozilib saljuqiylar sulolasi tarixiga bag'ishlangan Nizomulmulkning "Siyosatnoma" asariga qiyoslash mumkin.

Asarning asosiy mazmunini - xalqni marifatli bolishga chaqirish, insonparvarlik g'oyalarini targ'ib etish kabi g'oyalar tashkil etadi. "Navodir ul-vaqoe"ni oz davrining entsiklopediyasi deb atasak mubolag'a bo'lmaydi.

Asar Ahmad Donish Peterbugga qilgan ikkinchi safaridan keyin 1868-1873 yillar oralig'ida yozilgan. Ammo Buxoroda bosmaxona mavjud bolmagani uchun chop etilmagan Kitob yozilishi davomida tartibga solinmay uning ayrim sahifalarini yaqinlariga o'qishga bergan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ushbu asarning yozilish sanasi va boblari to'g'risida turli fikrlar mavjud. "Navodir ul-vaqoe"ning kirish - "Ahmad Donish va uning "Navodir ul-vaqoe" asari haqida" qismida aytilishicha, asar 13 bobdan iborat deyiladi. Andijon Davlat Universiteti tadqiqotchilari Arofat Abdullaeva, Xurshid Xolmirzaevlarning "Navodir ul-vaqoe" ozbek tilida" nomli Ahmad Donish tavalludining 180 yilligi munosabati bilan otkazilgan anjumandagi maruzalarida asar 22 bobdan iborat bo'lib, 1875-1882 yillarda yozilgan deyiladi. Ushbu asar muqaddima, 3 fasl(qism) va xotimadan iborat.

1-faslda amirlik va raislikning fazilati hamda podshohlar va davlat arboblarining xalq bilan qanday muomala qilishlari haqida.

2-faslda amirlarning askarlar bilan hamda davlat arboblari, hukumat xizmatkorlari qanday yo'l-yo'riq tutishlari haqida

3-faslda podshohlarning elni idora qilishlari, xalqparvar bo'lishlari, o'z qo'l ostidagi fuqarolarning ehtiyojlarini qanoatlanarlik darajada chiqarib tutishlari haqida.

Xulosa qismida esa Buxoro amirligidagi mavjud tuzum haqida fikr yuritilgan

Mazkur asar boblari alohida-alohida masalalarni o'z ichiga olgan. Jumladan, VII bobi Ahmad Donishning 1869 yilgi Rossiya safariga bag'ishlangan va 1957 yilda chop etilgan. VIII bob podshoh Aleksandr II ning qizi Mariyaning 1874 yilda bo'lgan nikoh to'yiga yuborilgan elchi Abdulqodirbek safari haqida. Qolgan boblari xilma-xil mavzularga bag'ishlangan.

Masalan, ota-ona va farzand munosabatlari (1-bob), mol-dunyo (2-bob), tarix (3-bob), olim va johil taqdiri (4-bob), vaqt qadri (5-bob), safar qilish foydalari (8-bob), ilm-fan manfaati (9-bob), haqiqiy va majoziy ishq hamda uning odobi (10-bob), nikoh (11-bob), taqdir (12-bob), kasb-kor (13-bob), jism va ruh (14-bob), yer tuzilishi va ma'danlar (16-bob), tush ta'biri (19-bob), Bedil baytlari (20-bob), ayrim hadislar talqini (22-bob), inson axloqini belgilash (23-bob) kabi. Tamaddun haqidagi risolasi (15-bob) va xilma-xil voqeiy hikoyalar (18, 21-boblar) ham asardan joy olgan. Ularning har biri ham muhim va qiziqarlidir.

Ahmad Donish Buxoro amirligi va unda hukmdo r bo'lgan amirlarning tarixi masalalariga alohida e'tibor qaratgan. Ahmad Donishning "Buxoro mang'it amirlarining muxtasar tarixi" va boshqa bir qator asar mavjud. Asar shubhasiz Buxorodagi mang'itlar hukmronligi tarixini o'rganishda muhim manba hisoblanadi.

Asarda asosan so'nggi mang'it hukmdorlari tarixi yoritiladi. Muallif bu sulolaning taxtdan ketishini mas'uliyatsizlik deb izohlaydi. Asarda asosiy e'tibor amir Muzaffar va Amir Abdulahad hukmronligi davrining boshlanishiga qaratilgan. Muallif bevosita o'zi guvoh bo'lgan voqealarini bayon etadi. Chor Rossiyasi tomonidan O'rta Osiyo va asosan Jizzax va Samarqandning egallanishi kabi masalalarni asarda alohida yoritishga e'tibor qaratiladi.

Mazkur manbani shartli ravishda ikki qismga bo' lish mumkin.

Birinchi qismda muallif faqat yozma manbalarda mavjud bo'lgan va o'zi eshitgan voqealarni bayon etgan. Unda Amir Doniyol hukmronligining so'nggi yillari va uch amir Shohmurod, Haydar, Nasrulloxon haqida bayon etiladi. Ammo Donish ma'lumotlarni berishda aniq bir manbaga tayanib qolmagan. U o'z asarining ushbu qismida faqat ikkita manbani ko'rsatib o'tgan. Bular "Tuzuki Temuriy" va "Ravzat as-safo"lardir.

Birinchi manba uni komil hukmdor namunasi mavjud bo'lgan asar sifatida qiziqtirgan. U risolaning kirish qismida (asarning) ushbu manba haqida quyidagi fikrni

bildiradi. "Amir Temur Ko'ragoniy 800 yillikni yangilagan hukmdordir. Kimki buni aniqlashtirishni xoxlasa, "Amir tuzuklari"ga murojaat qilishi mumkin."Ravzat as-safo" esa asarning faqat bir o'rnida aytib o'tildi.

Asarning ikkinchi qismida esa, Ahmad Donish o'zi ko'rgan tarixiy voqealarni asosan Amir Muzaffar va Amir Abdulahad davri voqealarini aks ettirgan. Ahmad Donish ushbu asarni yozishda "Tuhfat ul-foniy", "Gulshan ul-mulk", "Mirzo Shams Buxoriy yozishmalari" kabi bir qator mahalliy tarixnavislarning asarlaridan foydalangan bo'lishi mumkin. Mazkur manbalardagi ma'lumotlar Ahmad Donish asaridagi voqealarga mutanosib.

Asarning ikkinchi qismi birinchi qismiga nisbatan ma' lumotlarning kengligi va yorqinligi bilan farqlanadi. Masalan, u Amir Muzaffarning taxtga kelishi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: "Amir Muzaffar taxtga o'rnashib olgandan keyin unga qarshilik ko'rsatishi mumkin bo'lgan har qanday shaxsga nisbatan shafqatsiz siyosat olib bordi. Hattoki, Nasrulloxonning nabirasi ham Buxorodan qochib yashirinishga majbur bo'ldi. Qo'shin va xalq amirning ushbu ishlaridan norozi edi". Ahmad Donishning ushbu fikrlaridan ma'lumki, u o'z asarini yaratishda o'z davrining boshqa tarixnavislaridan farqli o' laroq xolisona, tanqidiy yondashgan.

XULOSA

Ahmad Donish turli tanqid va tazyiqlardan qo'rqmay ushbu ma'lumotlarni keltirishi uning mazkur davrdagi tarixni o'z holicha bayon qilganligi bilan xarakterlanadi. Mustaqillik sharofati tufayli bu kabi yurtdoshlarimizning o'lmas tarixiy merosi xalqimizga qaytarildi va tariximizning noma'lum sahifalari ochildi. Bizning vazifamiz esa bu kabi asarlarni tadqiq etib mamlakatimiz tarixini ochilmagan sahifalarni o'rganishdan iboratdir.

REFERENCES

1. A.Donish .Navodir ul-vaqoe / fors-tojikchadan A.Hamroeva va A.Shokirov tarjimasi. T.: Fan,1964

2. Abdullaev V., Inomov M., Abdurahmonov SH. "Navodir ul-vaqoe"dagi g'oyalar va zamonamiz. /Ahmad Donish-XIX asrning buyuk mutafakkiri va taraqqiyparvari. Buxoro, 2007.

3. Abdullaeva A., Xolmirzayev X. "Navodir ul-vaqoe"o'zbek tilida. /Ahmad Donish-XIX asrning buyuk mutafakkiri va taraqqiyparvari. Buxoro, 2007.

4. А. Дониш. История мангитской династии. Дониш 1967.

5. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.

6. Тошев, Солежон Ах,матжонович. (2020). Узбекистан совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347353.

7. Mardonov, Sh., Toshtemirova, S., Ahmadjonov, B., & Koshanova, N. (2020). Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International Journal of Psychological Rehabilitation, 27(07), 8104-8111.

8. J.N. Abdurakhmanova, S.B. Jumaeva, U.K. Ismailov (2020). The Importance of Shrines in The Spiritual Life and Mentality of Uzbek People // International Journal of Psychosocial Rehabilitation 24 (09) 2389- 2398.

9. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

10. Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the Importance of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 151-156.

11. Matchonov S. (2020). Adabiy ta'lim tizimini texnologiyalashtirish va badiiy-estetik tafakkur muammolari // Научный вестник Ташкентского государственного педагогического университета. № 1 -С. 110-115.

12. Абдурахманова, Ж. Н., Тоштемирова, С.А. (2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education, 1 (Issue 7), 436-442.

13. Matchonov S. (2020). Adabiyot darslarida Tahlil va talqin uyg'unligi // Til va adabiyot ta'limi. 7-son. -B. 8-11.

14. Toshtemirova, С., Жолдасов, И. (2019). Бiлiмдi адамгершшкке баулу идеясыныц кажетлп // "Actual problems of society, education, science and technology: status and prospects of development" collection of scientific papers of the ii international scientific-practical conference. Актубе. P. 17-23.

15. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils' Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

16. Nasirov Otabek., Usmanov Farhod, & Begaliyev Javlonbek. (2020). Order of Creation of Joint-Stock Companies in Turkestan in the Late XIX - Early XX Centuries and Participation of Foreign Capital in It. International Journal of Psychological Rehabilitation, 24(07), 8034-8042.

17. Shukurullo Mardonov. Art Pedagogical and art therapeutic technologies in the art classes. International Journal of Research in Economics and Sosial Sciences, 10 (Issue 6), 26-36.

18. Тоштемирова C. (2019). Узбекистонда коллективлаштириш ва унинг окибатларини урганишга доир мулохдзалар. Тафаккур зиёси № 3 -Б. 78-80.

19. Тошев, Солежон А^матжонович. (2020). ТУРКИЯДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ ТАРИХИНИНГ УРГАНИЛИШИ. Science and Education, 1(7), 625-631.

20. Тошев, Солежон Ах,матжонович.(2020). Узбекистон совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347353.

21. Botir Boltabaevich Baymetov, Khusan Kholmuratovich Muratov. Self Sketches as a Tool in the Professional Training of a Future Artist-Teacher. Solid State Technology. 2020/2/29. Vol. 63 № 2 (2020). 224-231.

22. Toshev, Solejon Ahmadjonovich.(2020). Туркияда Урта Осиё ва Узбекистон совет даври тарихи буйича тадкикот олиб борган ташкилотлар тарихидан. International European Conference Science, Research.1.76-79.

23. Gaffarov, Y. (2019). Technical approach in the education system. International Journal on Integrated Education, 2(6), 40-41. Retrieved from http: // journals.researchparks.org/index.php/IJIE/article/view/195.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.