Научная статья на тему 'NUROTA GILAMDO’ZLIK MAKTABI TADQIQOTLAR: MUAMMO VA YECHIMLAR'

NUROTA GILAMDO’ZLIK MAKTABI TADQIQOTLAR: MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
606
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hunarmandchilik / gilamdo’zlik / julxirs / juvaraki / patli va patsiz gilamlar / meros / munosabat. / crafts / carpet weaving / julgirs / juvaraki / pile and lint-free carpets / heritage / attitude.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tashmurodov Ravshan Suvanovich

Maqolada an’anaviy hunrmandchilik turining gilamdo’zlik sohasi bo’yicha Markaziy Osiyo mintaqasida olib borilgan tadqiqotlarga qisqacha ta’rif berilgan. Nurota vohasida gilamdo’zlik an’analarini saqlab qolingani va aholi turmush tarzidagi o’rniga munosabat bildirilgan, qisqacha gilam turlariga tarif berilgan. Mustaqillik yillarida gilamchilik turlari bo’lgan e’tibor va bu borada yechimini kutayotgan masalalar bo’yicha fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NUROTA SCHOOL OF CARPET STUDIES RESEARCH: PROBLEMS AND SOLUTIONS

The article briefly describes the research carried out in the Central Asian region in the field of carpet weaving as a traditional craft. How the traditions of carpet weaving were smoothed, the place of significance and role in the life of the Nurata oasis were preserved, a brief description of the types of carpets is given. During the years of independence, attention was accordingly determined on the types of carpets and opinions on issues that need to be resolved.

Текст научной работы на тему «NUROTA GILAMDO’ZLIK MAKTABI TADQIQOTLAR: MUAMMO VA YECHIMLAR»

NUROTA GILAMDO'ZLIK MAKTABI TADQIQOTLAR: MUAMMO

Annotatsiya: Maqolada an'anaviy hunrmandchilik turining gilamdo'zlik sohasi bo'yicha Markaziy Osiyo mintaqasida olib borilgan tadqiqotlarga qisqacha ta'rif berilgan. Nurota vohasida gilamdo'zlik an'analarini saqlab qolingani va aholi turmush tarzidagi o'rniga munosabat bildirilgan, qisqacha gilam turlariga tarif berilgan. Mustaqillik yillarida gilamchilik turlari bo'lgan e'tibor va bu borada yechimini kutayotgan masalalar bo'yicha fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: hunarmandchilik, gilamdo'zlik, julxirs, juvaraki, patli va patsiz gilamlar, meros, munosabat.

Аннотация: В статье кратко описивается исследований, проводимых в Центральноазиатском регионе в области ковроткачества как традиционный промысл. Как выгладилься традиции ковроткачества, место значения и роль в жизни Нуратинском оазисе сохранились, дано краткое описание виды ковров. За годы независимости соответственно определён внимание на виды ковров и мнения по вопросам, которые необходимо решить.

Ключевые слова: ремесла, ковроткачество, джульхирсы, джувараки,

безворсовые и безворсовые ковры, наследие, отношение.

Abstract: The article briefly describes the research carried out in the Central Asian region in the field of carpet weaving as a traditional craft. How the traditions of carpet weaving were smoothed, the place of significance and role in the life of the Nurata oasis were preserved, a brief description of the types of carpets is given. During the years of independence, attention was accordingly determined on the types of carpets and opinions on issues that need to be resolved.

Key words: crafts, carpet weaving, julgirs, juvaraki, pile and lint-free carpets, heritage, attitude.

Azaldan sharq aholi turmush tarzida an'anaviy hunarmandchilik sohasida bebaho san'at asarlari yaratilgan. Mamlakatimiz hududlarida tarixiy-etnografik mintaqalari Zarafshon vohasi, Surxon vohasi, Farg'ona vodiysi, Xorazm vohasi va

VA YECHIMLAR

Tashmurodov Ravshan Suvanovich Toshkent davlat texnika universiteti katta o'qituvchi [email protected]

KIRISH

Toshkent vohalarida tashkil topgan qadim shaharlarda o'ziga xos hunarmandchilik maktablari bo'lgan. Bu hunarmandchilik maktablarida gilamdo'zlik sohasida yaratilgan ijod namunalari o'zbek xalqining dunyoqarashi va milliy tafakkurining namunasi sifatida asrlardan asrlarga o'tib sayqallanib, rang barang shaklda, turli o'lchamlarda avlodlardan avlodlarga yetkazilgan. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan imzolangan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida» PF-5242-son Farmoni[1: https://president.uz] xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atini yanada rivojlantirish uchun avvalo, hunarmandchilikning buyum turlari, shakl va bezaklari, ishlab chiqarish an'analarini mukammal o'rganishni taqozo etmoqda.

Aslini olganda ana'anaviy hunarmandchilikning gilamdo'zlik san'ati rivoji tarixini germenevtik bog'liqligi qadimiy etnografik ildizlari xususiyatlarga egaligi uchun ham uni o'rganish davom etmoqda.

Respublikamizning qadimiy hududlaridan biri bo'lgan Nurota vohasi azaldan turli etnoslarning o'zaro etnomadaniy aloqalari, assimilyatsiyalashuvi uchun o'ziga xos etnomuloqot hududi bo'lganligi, bunday o'zaro munosabatlarning hudud aholisining an'anaviy mashg'ulotlarida, xususan, chorvador aholi jamoaviy hayot tarzida ayniqsa, ayollarning birgalashib gilam to'qish tadbirlarni tashkil etganligida ham o'z ifodasini topganligini ko'rsatmoqda. Nurota vohasida yaratilgan hunarmandchilik mahsulotlari o'zining betakror shakllari va bezaklari bilan boshqalaridan ajralib turadi.

XIX-XX asr mobaynida Nurota vohasi an'anaviy hunarmandchiligi tarixini o'rganishga bag'ishlangan barcha ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni uch guruhga ajratish mumkin:

1) O'rta Osiyoning Rus imperiyasi tarkibida bo'lgan davrida chop etilgan adabiyotlar majmuasi;

2) Sovet davrida yaratilgan ilmiy adabiyotlar majmuasi;

3) O'zbekiston mustaqilligini qo'lga kiritgandan keyin yaratilgan ilmiy risolalar va tadqiqotlar majmuasida aks etgan to'qimachilik sohasidagi innovasion texnologiyalar ta'rifi.

Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoni bosib olgandan keyin mustamlaka hududini mukammal o'rganish maqsadida bir zator ilmiy ekpedisiyalar uyushtiradi. Ushbu ekspedisiya a'zolari D.N.Logofed, N.V.Xanikov, N.A. Maev, A.D.Grebenkin O'rta

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR:

Osiyo, xususan, Buxoro amirligi shaharlari, bozorlari, aholisining etnik tarkibi, kiyim-kechaklari, mashg'ulotlari to'g'risida muhim ma'lumotlarni keltirib o'tishgan[2: t. 1,2 - SPb., 1911; - SPb., 1886]. Bundan tashqari A.Borns, A.P. Fedchenko, P.I. Nebolsin, P.I. Pashino, A.Vamberi, N.F. Petrovskiy, M. Bekchurin, Ye.K. Meyndorf, A.Kun, L.F. Kostenko, K.K. Palen, V.I. Masalskiy va boshqalar tomonidan chop ettirilgan asarlardan ham hunarmadchilik kasbining ayrim sohalari o'rin olgan. Ular orasida A. Semyonovning «Buxoro mang'itlari tarixi» nomli maqolasida ushbu amirlikning xo'jalik hayotida muhim o'rinda turgan bir qancha hunarmadchilik tarixiga oida ma'lumotlar uchraydi [3: SAGU. Vip. 4. - T., 1924].

Sovetlar davrida I. Krauze, N.E. Simakov, V.V.Stasov, V.K.Rozvodskiy, M.F. Gavrilov A.O. Suxareva, Ye.M. Pesherova, M.K. Raximov, D.K. Mirzaahmedov, G.L. Chepeleleskaya, P.A. Goncharova, M.S.Andreyev, V.G. Moshkova[4: -M.,1872, - S. 209.;- SPb., 1883.; 1892 g., № 64.; - T., 1916; «Starie godi», 1914.; -T., 1928.; ITORGO, t. XVII, 1924.; -T., 1929.; I, vip. 2, -T., 1929.; -T., 1927, № 12.; «EO», 1911, kn. 88-89, -C. 1-43.; -T., 1925.; -T., Fan, 1970.] kabi tadqiqotchilar tomonidan yozilgan ma'lumotlarda Markaziy Osiyo xalqlari muhim mashg'ulotlaridan biri bo'lgan to'qimachilik va unda yondosh kasb turlari, ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etgan hunarmandchilik uyushmalari to'g'risidagi ayrim qimmatli fikr-mulohazalar jamlangan.

Sovetlar davrida singari olimalar xalq hunarmandchiligi sohasida N.X. Azizova, M.V. Sazonova, N.G. Boronza, N.S. Sodiqova, A.I. Sidorenko, A.R. Artikov, to'qimachilik va uning yung nafis turlaridan bo'lgan kashtachilik, zardo'zlik hamda gilamdo'zlik to'g'risida izlanishlar olib borgan R.R. Radjabov, K. Tursunaliev, T. Abdullaev, D. Faxredinova, A.Hakimov kabi tadqiqotchilar gilamdo'zlik va unga tutash kasanachilik sohalari haqida tarixiy muzeylardan o'rin olgan eksponatlar orali tadqiq olib borishgan.

Mustaqillik yillarida Nurota vohasi tarixiga bo'yicha X.Berdiev, O'.Oripov, T.Salimov, A.P.Shevyakov, A.Tog'aev, F. Tolipov, L.Yuldasheva kabi tadqiqotchilar tomonidan chuqur o'rganilgan. Tadqiqotlardan ko'zlangan maqsad Nurota vohasi qadim tarixini milliy madaniy meros sifatida o'rganishda qimmatli bo'lishiga qaramay, mazkur vohada an'anaviy hunarmandchilik sohasining to'qimachilik yo'nalishi komleksida tarixiy etnografik jihatdan yaxlit holda yoritilmagan, degan xulosani keltirib chiqaradi.

Natijalar: Gilam to'qish bo'yicha yana bir maktab hozirgi Jizzax viloyati va tog'li Nurota vohasida mavjud bo'lgan. Bu aholi o'rta asrlarda "Nurota turkmanlari" deb nom olgan. 1928-1929 yillarda G.Moshkova hukumat topshirig'i bilan

O'zbekispromkoperatsiya tizimini rivojini ta'minlashda palas ishlab chiqarish artellarini ta'sis etilishi bo'yicha ekspedisiya xodimi sifatida gilam to'qish bilan shug'ullanuvchi eng ko'p turkman qabilalari yashayotgan joylarda tadqiqot olib borganligini ta'kidlagan[5: -T., Fan, 1970. - S. 238.]. Muallifning uqtirishicha o'sha paytlarda boshqa o'zbek qabilalarining guruhlari - burgut, naymon, turk, mitan, qoraqalpoq va qozoqlar - kamroq edi. Mintaqada bir necha qishloqlarni tashkil qilgan mutlaqo yangi qozoq muhojirlari bilan bir qatorda yuz yil oldin bu erda yashagan qadim o'zbeklar guruhlari mavjud edi. "Toma" - (ilgari Zulmkoriz, Ko'nasaroy ) qishlog'i, Chuya va boshqalar shular jumlasidandir.

1-rasm. O'zbek toma urug'i gilamdo'zlarining xo'rjun ishi.

V.G.Moshkova o'z qarashlarida A.D. Grebenkin, I.I.Zarubin, M.S. Andreyevning ma'lumotlariga tayanib, XIX asr turkmanlarning qozoyoqli, bugajalli, qanjig'ali, oytamg'ali urug'lari o'zlarini turkmanlarning "taka" urug'iga mansub bo'lganligi turkman urug'larining milliy o'ziga xosligi, tili va butun kundalik hayoti ularni o'zbek deb hisoblashimizga imkon beradi, deb uqtirib o'tgan[6: - M: Universitet. 1872. - C. 107; -L., 1926, - C. 13; ITORGO, t. XVII, 1924. - C. 123; t. II, - T., 1926].

Nurota vohasida yashovchi o'zbeklariga tegishli "Olti ota turkman" va "Besh ota Mang'ishlov" turkmanlarining nayman, tuyoqli, tukman, yuz, qirq, saroy kabi bir qancha urug'lariga kiruvchi aholi xotin-qizlari tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu

78

Oriental Renaissance: innovative, VOLUME 11 ISSUE 2

educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784

maktab tomonidan yaralgan gilamchilikka aloqador to'qima buyumlar soni bo'yicha Andijon, Samarqand, Qashqadaryo vodiysi va Amudaryo quyi oqimidagi maktablardan sezilarni darajada ko'proq tovar ishlab chiqarilgan. Jizzax va Nurota vohasi gilamdo'zlari tomonidan to'qilgan junli to'shalmalar yaratilish texnikasida uzun bo'yli "julxirs" yoki "juvaraki", uncha katta o'lchamga ega bo'lmagan kalta patli gilamlar, patsiz gilamlardan "kohma", sholcha va olachalar to'qilgan. Bundan tashqari bu yerda devorga o'rnatishga mo'ljallangan bezakli "qiz gilam"; ko'chmanchi chorvadorlarning yaylov izlab boshqa joylarga ko'chishida ul-bul narsalarni tugib qo'yish "choyshab"ni eslatuvchi "bo'xjoma"; o'tovlarning sirt qismiga osib yoki ilib qo'yiladigan "qur", "basqur"; patli gilam; patsiz "terma gilam" yoki "kohma" va turli tuman buyumlarni solish va olib yurish uchun ishlatiladigan to'rva(kichik qopcha) xaltalar - ("napramach", "xo'rjun"- yo'l xalta)dan iborat bo'lgan.

2-rasm. Jo'sh qishlog'idagi patli gilam (fotosurat 2019 yil)

XIX asr o'rtalarida Nurota turkman ayollari gilam to'qish mashg'uloti tajribalari osha boshladi. O'sha asr oxirlarida tub joy aholisining ayrim qatlamlari uchun gilam to'qish qo'shimcha daromad manbaiga aylandi o'z ehtiyojlaridan ortgani bozorlarga olib chiqib sotish ishlari amalga oshirildi. Jundan to'qilgan patli va patsiz gilamlarni hozirgi Samarqand va Buxorodagi bozorlariga olib borib sotishgan. Ularni asosan boy va o'ziga to'q, muhtoj o'zbek va tojik tilida so'zlashuvchi aholi sotib olishgan. Nurota gilamlarini Samarqand aholisi uylarida, choyxonalarida, Mitandan to Samarqandgacha bo'lgan yo'lda joylashgan ko'plab dehqon uylarida topish mumkin bo'lgan. Qadimgi gilam sotuvchilarning so'zlariga ko'ra, ko'plab Nurota gilamlari

79

inqilobdan oldingi davrda Samarqand gilam bozoriga kirgan. Mahalliy savdo rastalarida ular Nurotaning "Oq tov" gilamlari nomini olgan. Samarqand viloyati bozorlarida Nurota gilamlari oqimi ayniqsa birinchi jahon urushiga yillarida bir muncha ko'paygan.

MUHOKAMA: V.G. Moshkova ta'kidlashicha, Qoratosh(aslida Oqtog'ning Zarafshon vohasiga tutash qismidagi Voushtog' yoki Qoratog') janubiy qimidagi Gum qishlog'idan bo'lgan savdogarlar va qozoq boylari gilamni sotib oluvchi chayqovchi savdogarlar shaxsiy foydalanish uchun tayyorlangan, sotuvga qo'yilmaydigan gilamlar va eski buyumlar sotish orqali daromadlari oshgan[7: -T., Fan, 1970. - S.68]. Ammo, birinchi jahon urushi va fuqarolik urushining og'ir yillarida ushbu hududda gilam mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada pasaydi. Jun va bo'yoqlarning etishmasligi, mahsulotlarning erkin sotilish imkoniyati yo'qligi ushbu hududda gilam ishlab chiqarishni sekinlashishiga sabab bo'ldi.

XX asr 30-40-yillarda qishloqlarda patli gilam to'quvchi ayollar soni kamayib borgan, V.G. Moshkova Nurota turkmanlari orasida bo'lganida, bunday gilamlarning to'qilishini ko'rish uchun faqat ikkita uyga kirishga muvaffaq bo'lgan. Faqat u yerda katta yoshdagi ayollar (kamida 40 yosh) patli gilam to'qiyotganini o'z ko'zi bilan ko'rishga muvaffaq bo'lgan. Shunday bo'lishiga qaramay, bu davrda uncha ko'p vaqt, qiyin mehnat va ko'p jun talab qilmaydigan tezda to'qiladigan oddiy chiziqli kohma gilamchalar nafaqat hamma joyda, balki o'z ehtiyojlari uchun ishlatilgan.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar qatorida bevosita Nurota vohasiga taalluqli voha ayollarining an'anaviy kiyim- kechaklari va taqinchoqlari masalasi olima G.K.Yuldasheva tomonidan alohida dissertasion tadqiqot sifatida o'rganilgan bo'lib, unda muallif ayollarning an'anaviy kiyim-kechaklari va taqinchoqlarini dala etnografik ma'lumotlari asosida tadqiq etadi[8: - T., 1995. - 21 s.]. Muallif o'z ishida voha aholisining etnik tarkibi, xo'jalik turmush tarzi kabi masalalarga ham ba'zi o'rinlarda to'xtalib o'tadi.

XIX asr so'nggi choragi hamda XX asr boshlariga oid adabiyotlarda o'zbeklarda katta patriarxal oila jamoasi, qishloq jamoasi faoliyati, oilaviy munosabatlar xususan, nikoh, qalin masalalariga tegishli ma'lumotlar nafaqat o'sha davr uchun balki bugungi kunda ham o'z mohiyat va e'tibori bilan qimmatli ekanligini qayd etish zarur.

Zamonaviy o'zbek qishlog'idagi madaniy-maishiy hayot masalasi S. Mirhosilov tomonidan o'rganilib, qishloqda XX asrning ikkinchi yarmiga kelib kolxozchilar turmush darajasi oldingi davrlarga qaraganda oshganligi ko'rsatiladi. Bunda shubxasiz mahalliy boshqaruv tizimini o'ziga xos o'rni bo'lgan[9: SE. - 1979. - № 1;

- 1977. - № 4]. Muallif XX asrning ikkinchi yarmidan so'ng o'zbek qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko'proq e'tibor bergani uchun, hududiy qo'ni-qo'shnichilik jamoasining vazifalari, o'zbek oilasining keyingi etnoevolyusion taraqqiyoti kabi masalalarni sovet davlati mafkuraviy qarashlari doirasida zamonaviy madaniyat ta'siridagi o'zgarishlar asosida tahlil etadi.

T.X.Toshboyeva va M.D.Savurovlar qishloqdagi o'zbek oilasi maishiy turmushini an'anaviy va zamonaviy urf-odatlar negizida o'rganar ekanlar, jamoa funksiyasiga xolisona yondashishga harakat qiladilar. O'sha paytdagi qishloq kengashlari, mahalla qo'mitalarining aholi turmushi bilan bog'liqlikdagi faoliyatini bazi o'rinlarda tahlil qiladilar xolos[10: - T., Fan, 1989. - S. 40-162].

Nurota turkmanlarining gilam san'ati uzoq vaqt davomida barpo etilgan juda murakkab madaniy majmua bo'lib, bir vaqtning o'zida ushbu hududda yashagan va hozirgi paytda uning asosiy aholisini tashkil etuvchi ko'plab qabilalarning ijodiy badiiy faoliyati natijasidir. Shubhasiz, Nurota tog' tizmalarining gilam to'qishida nafaqat turkiy xalqlar, balki Eronda yashaydigan mahalliy aholining ma'lum guruhlari ham qatnashgan.

Turkman gilam san'ati genezisi masalasi juda murakkab va uni hal qilish uchun Nurota tog' etagining o'rganilmagan maydonlarini qo'shimcha o'rganishni va katta qiyosiy materialni jalb qilishni talab qiladi.

Hozirda gilam to'qish san'ati Xorazm, Samarqand, Urgut, Nurota, Farg'ona vodiysi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yashab, rivojlanib bormoqda. Yangi gilam mahsulotlarini yaratadigan hunarmandlar gilam buyumlarini bezashning texnik uslublari va badiiy asoslarining chuqur an'analarini o'zlashtirmoqdalar va tiklamoqdalar.

Takliflar: 1978 yilda respublikamizning Xorazm viloyatida gilam to'qish kombinati tashkil etildi.Shunga ko'ra mustaqillik yillarida Samarqand, Urgut, Nurota, Farg'ona vodiysi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida gilam to'qish sanoatida tadbirkorlar xizmati tufayli alohida sexlar, chetdan zamonaviy gilam to'qish dastgohlari keltirildi va faoliyat olib bormoqda[11: O'ME, -T., 2002 y. -B. 11-13]. Natijada gilamdo'zlik sanoati alohida sanoat tarmog'i sifatida yuksalishlarga ko'tarilmoqda.

Mahalliy sanoatda korxonalarda zamonaviy tipdagi gilamlarga ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda, ammo qo'lda to'qilgan gilam va paloslarga ehtiyoj yo'qolib bormoqda. Buning uchun qo'lda to'qilgan gilam va paloslarning qadimdan saqlanib qolgan usul va uslublarini saqlab qolish, rivojlantirish, zarur bo'lsa xalqaro aloqalar

XULOSA

Oriental Renaissance: innovative, VOLUME 11 ISSUE 2

educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784

ko'lamida brend darajasiga olib chiqish azaldan mavjud bo'lgan Nurota gilamdo'zlik maktabi an'analarini tiklash vaqti kelganini, ta'kidlab o'tishni o'rinli hol deyish mumkin

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. https: //president.uz/uz/lists/view/1255

2. Logofet D.N. Buxarskoe xanstvo pod russkimi protektoratom. t. 1,2 - SPb., 1911; N.V.Xanikov. Opisanie Buxarskogo xanstva. - SPb., 1843; Maev N. Buxoro xonligi ocherklari. - Toshkent., 2012. Svideniya po indentatskoy chasti sob. V Buxarskom xanstve. - SPb., 1886 va boshq.

3. Semyonov A. Istoriya Buxarskix mangitov.// Byulleten. SAGU. Vip. 4. -Tashkent, 1924.

4. Krauze I. Zametki o krasilnom iskusstve tuzemnix jiteley Turkestanskogo kraya, «Russkiy Turkestan», vip. II, -M., 1872, str. 209.; Simakov N.E. Iskusstvo Sredney Azii (Albom), - SPb., 1883.; Stasov V.V. Resenziya na albom Simakova, «Golos», 10 marta 1892 g., № 64.; Rozvodskiy V.K. Kustarnie promisli v Turkestanskom krae, - Tashkent., 1916; Felkerzam A.A. Starinnie kovri Sredney Azii, «Starie godi», 1914, oktabr-dekabr; 1915, iyun; Andreyev M.S. Ornament gornix tadjikov verxovev Amu-Dari i kirgizov Pamira, -Tashkent., 1928; Andreyev M.S. Nekotorie rezultati etnograficheskoy ekspedisii v Samarkandskuyu oblast v 1921 g., ITORGO, t. XVII, 1924; Gavrilov M.F. Ornament kirgizov Susamira, -Tashkent., 1929; Gavrilov M.F. Materiali k etnografii tyurok Ura-Tyubinskogo rayona, Trudi SAGU, ser. I, vip. 2, -Tashkent, 1929; Gavrilov M.F. Tkaskoe iskusstvo uzbekskoy jen^ini s. Milyabad, «Narodnoe xozyaystvo Sredney Azii», -Tashkent, 1927, № 1-2. Semenov A.A. Kovri russkogo Turkestana, «Etnograficheskoe obozrenie», 1911, kn. 88-89, str. 1-43; O'sha muallif; Bibliograficheskiy ukazatel po kovrovim tkanyam Azii, - Tashkent., 1925.; Moshkova V.G. Kovri narodov Sredney Azii konsa XIX - nachalo XX vv. Materiali ekcpedisiy 1929-1945 gg. -Tashkent., Fan, 1970

5. Moshkova V.G. Kovri narodov Sredney Azii konsa XIX - nachalo XX vv. Materiali ekcpedisiy 1929-1945 gg. -Tashkent, Fan, 1970. - S. 238.

6. A. D. Grebenkin. Uzbeki. Vip. II. - M: Universitet. 1872. - S.107; Zarubin I. I. Spisok narodnostey Turkestanskogo kraya, L., 1926, str. 13; Andreyev M. S.

Nekotorie rezultati.., - C. 125; Materiali po rayonirovaniyu Sredney Azii, t. II, -Tashkent., 1926).

7. Moshkova V.G. Kovri narodov Sredney Azii konsa XIX - nachalo XX vv. Materiali ekspedisiy 1929-1945 gg. -Tashkent., Fan, 1970. - S.68.

8. Yuldasheva G.K. Tradisionnaya odejda i ukrasheniya jen^in Nuratinskoy dolini (kones XIX - nachalo XX veka).: Avtoref. dis. ... kand. istor. nauk. -Tashkent., 1995. - 21 s.

9. Mirxasilov S.M. Sotsialno-kulturnie izmeneniya i otrajenie ix v sovremennoy seme selskogo naseleniya Uzbekistana // SE. - 1979. - № 1; O'sha muallif. Sovremennaya semya selskogo naseleniya Uzbekistana // Ob^estvennie nauki v Uzbekistane. - 1977. - № 4.

10. Tashbayeva T.X., Savurov M.D. Novoe i tradisionnoe v bitu selskoy semi uzbekov. - Tashkent., Fan, 1989. - S. 40-162.

11. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. O'ME, - Toshkent., 2002 y. -B. 11-13.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.