"BOBURNOMA"DA JOY NOMLARI TOPONIMIKASI Jamshidbek Zokirjon o'g'li Sobirov
Andijon davlat universiteti talabasi [email protected]
ANNOTATSIYA
O'zbek adabiy tilining muhim yodgorligi bo'lmish Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari ma'naviy qadriyatlarimizning bir bo'lagi hisoblanmish toponimlar va ularning tarixini o'rganishda noyob manbadir. Unda mingdan ortiq geografik nom, mamlakat, shahar, qishloq, qal'a, dasht, tog', dovon, dara, daryo, ko'prik, kechuv, ko'l, chashma, bog', yaylov, o'tloq va boshqa joylarning nomlari tilga olib o'tilgan. Ushbu maqolada joy nomlari toponimikasi haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Toponimlar, geografik nom, oronimlar, mahhallot, etimologiya.
TOPONYMY OF PLACE NAMES IN "BOBURNOMA"
ABSTRACT
"Boburnoma" is an important monument of the Uzbek literary language, is a unique source for the study of toponyms and their history, which are part of our spiritual values. It mentions more than a thousand geographical names, countries, cities, villages, castles, steppes, mountains, passes, ravines, rivers, bridges, crossings, lakes, springs, gardens, pastures, meadows and other places. This article discusses the toponymy of place names.
Keywords: Toponyms, geographical names, oronyms, neighborhood, etymology.
KIRISH
"Boburnoma"da joy nomlari toponimikasi haqida so'z yuritar ekanmiz, asarda uchraydigan toponimlar ular ifodalagan obyektlarning turiga ko'ra bir necha guruhga bo'linishini ta'kidlab o'tamiz. Bularning bir qismini aholi maskanlari nomlari -oykonimlar tashkil etadi. Oykonimlar:
1) mamlakatlar nomlari — Afg'oniston, Hindiston, Arabiston, Mo'g'uliston, Iroq, Ozarbayjon, Misr, Xitoy, Xuroson;
2) shaharlar nomlari — Dehli, G'azna, Qobul, Mashhad, Banoras, Urganch, Toshkand, Andijon, Kesh, Sayram, Xo'jand, Qarshi, Buxoro;
3) qishloq va kentlar nomlari — Muhammad og'a kenti, Ho'dak kenti, Beshkent, Qulba kenti, Archakent, Yorkand, Navkand, Dehi G'ulomon, Yettikent, Dehi Afg'on;
4) qal'a va qo'rg'onlar nomlari: Qal'ai Dabusi, Qal'ai Zafar, Olaqo'rg'on, Toshqo'rg'on, Asfidak qo'rg'oni;
5) rabotlar nomlari — Raboti Sarhang, Raboti Zavraq, Surhrabot, Raboti Ro'zak kabilarni o'z tarkibiga birlashtiradi. "Boburnoma"da qayd etilgan toponimlar tizimida yer sathidan balandda turuvchi obyektlarni atoqli otlar-oronimlar alohida o'rinni egallaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Oronimlarni qanday obyekt nomini bildirib kelishiga ko'ra bir necha guruhga tasnif etib o'rganish mumkin. Tog' nomlari: Olatog', Capetog', Olg'tog'i, Mehtar Sulaymon tog'i, Murg'on tog'i, Shovdor tog'i, Shunqorxona tog'i, Kirmosh tog'i, Xoja Ismoil tog'i singarilar. Ba'zan bu xil nomlar tarkibida "tog'" ma'nosini ifodalovchi tojikcha "kux" .suzi katnashgan Anbarkuh Barokux Domankuh Kuxi Jud, Kuxi Safid, Kuxisof, Kuxpor kabilar. Kutal nomlari — Anbaxor kutali, Bodi kutali, Gunbazak kutali, Kutali Zarrin, Oqqutag. Sangdoki kutali, Karokuba kutali. Dara nomlari: Darai Boy, Darai Bot,. Darai Gaz, Darai Zang, Darai Zindon, Darai Hyp, Darai Suf, Darai Xush, Kamrud darasi, Pashgroi darasi, Puromin darasi, Tutumdara, Obdara. Dovon nomlari — Itmak dovoni, Kandislik dovoni, Muxammad pix dovoni.
Bobur "Boburnoma"da oronimlar xaqida to'xtalganda o'sha tog', dara, kutallarning joylashgan o'rni, foydali qazilmalari, o'simliklar va hayvonot olami, yo'llari, iqlimi, gidrografiyasiga oid muhim ma'lumotlarni keltirib o'tadi. Chunonchi, Xo'jand yaqinida joylashgan tog' xususida shunday deb yozadi:, "...daryoning shimol tarafida bir tog' tushubtur, Munugip otliq, derlarkim, bu tog'da firuza koni va ba'zi konlar topilur. Bu tog'da bisyor yilon bor" "Boburnoma"ni o'qir ekanmiz, unda ko'plab geografik nomlarning etimologiyasiga doir asosli ilmiy fikrlar bayon qilinganligini ko'ramiz. Darhaqiqat, Bobur joy nomlarini tilga olganda, ba'zan ularning qanday ma'no anglatishiga, nima uchun shunday nom olganligiga e'tibor beradi, bu haqda o'z mulohazalarini kitobxon bilan o'rtoqlashadi. Chunonchi, Boburning Kandibodom shahri nomining ma'nosi to'g'risidagi fikri diqqatga loyiqdir. Konibodom xozirda Tojikiston Respublikasi hududiga qarashli bo'lib, Konibodom shaklida yoziladi va shunday talaffuz qilinadi. Mahalliy aholining fikriga ko'ra, Konibodom toponimi ikki qismdan: kon va bodom so'zlaridan tarkib topgan bo'lib, "bodom koni" ma'nosini bildiradi. Aslida mazkur oykonimik nomning birinchi qismidagi kon so'zining "ko'p, mo'l, serob ma'nosiga hech qanday aloqasi yo'qligini, u aslida «kand" so'zi bo'lib, "shahar"
ma'nosida qo'llanganligi, binobarin, Kandibodom "bodom shahri", "bodomli shahar" ma'nosini anglatishini biz "Boburnoma" mutolaasi orqali bilib olamiz.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Asarda hozirgi Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz shahrining nomlanishi shunday izohlanadi: "Bahorlar sahrosi va shahri va bomi va tomi ho'b sabz bo'lur uchun Shahrisabz... derlar" Demak, Shahrisabz — "ko'kalamzor shahar", "yashil — bog'-rog'larga boy shahar" ma'nosidadir. "Boburnoma"da Hindiston hududidagi Kashmir oykonimiga tubandagicha izoh berilgan: "...bu tog' elini Kas derlar. Xotirga yettikim, Hinduston eli «shin"ni "sin" talaffuz qilur. Chun bu tog'da mo'tabar shahr Kashmirdur, balki Kashmirdin o'zga bu tog'da yana shahri eshitilmaydur. Bu jihattin bo'la olurkim, Kashmir demish bo'lg'aylar». Darhaqiqat, geograf olim Hamidulla Hasanov ta'kidlaganidek "kas" aslida "kash" bo'lib chiqadi va Kashmir shu tog'dagi qabila nomi bilan bog'liq oykonim hisoblanadi. Shuningdek, Bobur Afg'onistondagi viloyatlardan biri Lamg'on to'g'risida yozar ekan, uning besh tuman va ikki bo'lakdan iborat ekanligini ta'kidlaydi hamda nomning kelib chiqishi xususida mana bu fikrlarni bayon kiladi: "Hazrati Nuh payg'ambarning otasi Mehtar Lomning qabri Alishang tumanidadur. Ba'zi tarixta Mehtar Lomni Lamak Lamkon debturlar. Ul elni xili mulohaza qilibturkim, ba'zi mahal «kof ' o'runiga "g'ayn" ta-laffuz qilurlar, bu jihattin g'olibo bu viloyatni Lamg'on debturlar». Demak, muallifning tushuntirishicha, Lamkon nomi "k" harfining "g"' deb aytilishi tufayli Lamg'on shakliga kelib qolgan: Lamkon > Lamg'on. Aytilganlardan anglashiladiki, Kashmir kas etnonimiga aloqador holda vujudga kelgan etnooykonim, Lamg'on shahri nomi bilan yuritilgan antropotoponim sanaladi.
Bobur yana Hindistondagi Ko'hi Jud, Savo lak parbat, Afg'onistondagi Shohi Qobul tog'lari haqida to'xtalganda, ularning ma'nosiga e'tibor beradi. Ko'hi Jud tog'ida ellardan biri jud qabilasi yashaganligini aniqlaydi va bu tog' shu qabilaning nomi bilan atalganligini e'tirof etadi: "Bu tog'ni juda mansub qilib, Ko'hi Jud debturlar". Shohi Qobul oronimining kelib chiqishini shunday tushuntiradi: "Qal'aning g'arb-janub tarafi kichikraq parcha tog' tushubtur. Ul tog'ning qo'llasida Shohi Qobul imorat kilgani uchun bu tog'ni Shoxi Qobul derlar". Anglashiladiki, Shohi Qobul tog'i Qobul shohi nomi bilan atalgan. Bobur ba'zi hollarda joy nomlarini izohlashda aholi orasida tarqalgan turli afsona, rivoyat, aqidalarni — xalq etimologiyasini ham bayon etadi. Afg'onistondagi Xoja Seyoron chashmasining nomlanishini quyidagi mazmundagi rivoyat bilan bog'laydi. Boburning yozishicha, bu chashmaning atrofi uch nav daraxtlar
bilan o'ralgan. Chashmaning o'rtasida ko'plab chinor daraxtlari, ikki tarafida balut daraxtlari, old tomonida esa arg'uvonzor bo'lgan. "Derlarkim, bu uch jins daraxt uch azizning karomatidur. Seyoronga vajxi tasmiya muni derlar". Anglashiladiki, Seyoron "uch do'st, uch aziz" ma'nosini ifoda etar ekan. Hodarvesh toponimiga berilgan izohni xam xalq etimologiyasi namunalaridan biri deyish mumkin. "Ho'jand bila Kandibodom orasida bir dasht tushubtur, Hodarveshga mavsumdir. Hamisha bu dashtga yel borur. ...Derlarkim, bir necha darvesh bu bodiyada tund yelga yo'luqub, bir-birini topolmay, «Ho, darvesh", "Hodarvesh", deya halok bo'lubturlar, andin beri bu bodiyani Hodarvesh derlar». Hodarvesh xozirgi Qayroqqum cho'lining avvalgi nomidir.
Asarda uchraydigan bir qator joy nomlarining zamirida o'zlashma qatlamga oid forscha-tojikcha, arabcha so'zlar yotadi. Bunday toponimlar turli ma'nolarni ifodalovchi leksemalardan tarkib topgan. Garmchashma, Bog'i kalon, Botsafid, Dug'oba, Darbandi Oxanin, Ko'xiston, Sangzor, Chorju, Childo'xtaron, Surxob, Regiravon, Obdara, Charmgaron, So'zangaron, Panjob, Miyoni Duob, Ko'haq,Obi Rahmat, Puli Ravon, Zarafshon, Oxangaron, Ko'xpoya, Dahkat, Obburdon, Pulikoh,Puli Mirzo, Puli Ra-von, Raboti Sarxang, Raboti Xoja, Sangi Buriyda, Saripul, Sarideh Siyaxsang, Surxob, Surx rabot, Tangob, Chilsutun, Chorsu, Shoxidon, Xisor, Xisori Firuza kabilar shunday toponimlar jumlasidandir.
XULOSA
Xulosa qilib ayatdigan bo'lsak, Zaxiriddin Muxammad Boburning mashhur "Boburnoma"si o'lkamiz va undan tashqaridagi hududlar — Afg'oniston, Hindiston mamlakatlaridagi joy nomlarini o'rganishda boy material beruvchi muhim asar hisoblanadi. Unda keltirilgan toponimlarning turlari, ma'nosi, kelib chiqishiga oid fikr-mulohazalar g'oyat qimmatli ahamiyatga ega.
REFERENCES
1. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. - T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti. 2002. I tom, 736 b.
2. Zahiriddin Muhammad Bobur Ensiklopediyasi. -T.: "Sharq" .2014. 665 b.
3. Qudratullayev H. Bobur armoni. - T.: "Sharq" nashriyoti, 2009.
4. Jalilov S. Bobur va Andijon. - T.: "O'zbekiston" nashriyoti, 1993. - 102 b.
5. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. — Toshkent.: "O'qituvchi". 2017.