Научная статья на тему 'JOY NOMLARINING PAYDO BO‘LISHI TO‘G‘RISIDA MULOHAZALAR'

JOY NOMLARINING PAYDO BO‘LISHI TO‘G‘RISIDA MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1498
139
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
onomastik birlik / konversiya / toponimik konversiya / toponimik tizim. / onomastic unit / conversion / toponymic conversion / toponymic system.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nursulton Shayxislamov

“Joy nomlarining paydo bo‘lishi to‘g‘risida mulohazalar” deb nomlangan ushbu maqolada joy nomlarining paydo bo‘lishi va ulardagi kamchiliklar, konversiya hodisasi haqida bir qator fikrlar misollar asosida keltirilgan. Shuningdek, ushbu maqolada yoritilgan mulohazalar geografik obyektlarni nomlashda yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONSIDERATIONS OF THE APPEARANCE OF PLACE NAMES

This article, entitled “Considerations of the appearance of place names” provides examples of the origins of place names and their shortcomings, as well as a number of ideas about the conversion phenomenon. The considerations covered in this article also help in naming geographical objects.

Текст научной работы на тему «JOY NOMLARINING PAYDO BO‘LISHI TO‘G‘RISIDA MULOHAZALAR»

JOY NOMLARINING PAYDO BO'LISHI TO'G'RISIDA MULOHAZALAR

Nursulton Shayxislamov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi ona tili va

adabiyot fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

"Joy nomlarining paydo bo'lishi to'g'risida mulohazalar" deb nomlangan ushbu maqolada joy nomlarining paydo bo'lishi va ulardagi kamchiliklar, konversiya hodisasi haqida bir qator fikrlar misollar asosida keltirilgan. Shuningdek, ushbu maqolada yoritilgan mulohazalar geografik obyektlarni nomlashda yordam beradi.

Kalit so'zlar: onomastik birlik, konversiya, toponimik konversiya, toponimik

tizim.

CONSIDERATIONS OF THE APPEARANCE OF PLACE NAMES

ABSTRACT

This article, entitled "Considerations of the appearance of place names" provides examples of the origins of place names and their shortcomings, as well as a number of ideas about the conversion phenomenon. The considerations covered in this article also help in naming geographical objects.

Keywords: onomastic unit, conversion, toponymic conversion, toponymic system.

KIRISH

Har qanday tilning lug'aviy boyligi ko'p davrlarning mahsulidir. Tilda biror so'z paydo bo'lishi bilan birga uning lisoniy tuzilishi ham o'zgarib, shakllanib va qat'iylashib boradi. Tilda ba'zi so'zlarning tub so'z holatida saqlangani, aslida yasama bo'lgan ba'zi so'zlarning hozirda tub so'z sifatida tushunilishi, tub so'zlardan yasama so'zlarning hosil qilinishi, ba'zi qo'shma so'zlarning sodda so'z shakliga, ayrim birikma tipli so'zlarning qo'shma so'z shakliga kelib qolishi va boshqalar qayd qilingan tarixiy o'zgarish va rivojlanish natijasidir.

ASOSIY QISM

Har qanday tilning toponimiya tizimi ma'lum bir davrninggina, ma'lum bir ijtimoiy-siyosiy qarashlarninggina mahsuli emas. Toponimiya tizimi til onomastik sistemasining ko'p asrlik rivoji mahsulidir. Shu sababli o'zbek toponimiyasi tizimida

eng qadimiy toponimlar, tarixiy toponimlar, yaqin o'tmish toponimlari, yangi davr toponimlari va tamoman yangi toponimlar yonma -yon yashamoqda1.

Albatta, toponimiya tizimidagi barcha nomlarning qachon paydo bo'lganligini aniq belgilashning iloji yo'q. Chunki, ko'pgina nomlar qachon kim tomonidan belgilangani ma'lum emas. Shu sababli joy nomlarining ijodkori xalq deb baholaydi, hamda bunday nomlar tabiiy toponimlar, xalqona nomlar deb yuritiladi. Nomlarning paydo bo'lish tarixi va asoslari unutilgan bo'lsa-da , har qanday toponimning til mahsuli sifatidagi xususiyatlari saqlangan bo'ladi. Bu ko'pincha nomning grammatik strukturasini tahlil qilish orqali belgilanadi. Ayniqsa, iste'moldan chiqqan nomlar o'rnini to'ldirish, yangi ob'ektlarga yangi nomlar berish muayyan lisoniy qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Bunga ikki yo'l ko'zga aniq tashlanib turadi.

1. Yangi nom ijod qilish, yasash usuli.

2. O'zga tillardan nom o'zlashtirish usuli.

Mana shu ikki yo'l bilan toponimiya boyib, yangilanib boradi. Toponimik tizimning o'zgarishi va boyishida har ikkala usul ham muhim . Ammo yangi nom ijod qilish, ya'ni yangi nom yasash yo'li tilning o'z ichki resurslariga, imkoniyatlariga tayangani unda tilning milliylik ruhi saqlanadigan bo'lgani uchun afzalroq, deb baholanadi.

Toponimiya tildagi mavjud leksik negizlarga tayanadi. Shu bilan birga toponimiyaning boyish yo'llari ham tildagi bor bo'lgan imkoniyatlardan foydalanadi. Ammo oddiy leksika bilan atoqli otlarning yasalishida u yoki bu usul ustunlik qilishi bilan farqlanadi. Ayrim toponimlarning yasalishida sintaktik va morfologik usuli ustunlik qiladi. Konversiya usuli esa kammahsuldir.

So'zlarning nominatsion, ya'ni funksional ko'chishi tildagi keng tarqalgan hodisa bo'lib, bunda bir so'z turkumiga mansub leksemaning boshqa so'z turkumi vazifasiga ko'chishi ko'zda tutiladi. Lekin bu jarayon shunchaki almashinish emas, balki yangi so'z yasash, ya'ni konversiya deb qaraladi. Konversiya (lot. conversio-aylanish, o'zgarish) so'zning fonetik va morfologik jihatdan o'zgarmay, bir so'z turkumidan boshqa bir so'z turkumiga o'tishi, shu yo'l bilan yangi so'z hosil bo'lishidir2.

Konversiya so'z yasalishiga oid adabiyotlarda hozirga qadar so'z yasalishining leksik-semantik usuli yoki leksik-grammatik usuli deb yuritib kelinadi.

Toponimik konversiya mavjud nominativ vositalarni ular uchun yangi vazifada ishlatilishini anglatadi, ya'ni mavjud til elementlari yoki tilning ichki manbalaridan foydalangan holda yangi nominativ birlik yaratiladi.

Konversiya atamasi ilmiy bilimlarning turli sohalarida qo'llaniladi. Ammo tilshunoslikda bu atama so'z yasalishining turlaridan biri sifatida talqin qilinadi.

Joy nomlari chuqur ilmiy, siyosiy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, donishmand xalqimiz tafakkurining bebaho ifodasi sifatida asrlar osha yashab kelmoqda. Yurtimizdagi ko'plab geografik nomlarning o'sha hudud tabiiy iqlim

1 Begmatov E. Joy nomlari-ma'naviyat ko'zgusi. Toshkent. 1998. 33-bet.

2 Хржиев А. Тилшунослик терминларининг изошли лугати. Т.: Узбекистан Миллий Энциклопедияси, 2002.

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH

ISSN: 2181-2489 VOLUME 1 I ISSUE 2 I 2021

sharoiti, aholining xo'jalik faoliyati, shuningdek, tarixiy voqea-hodisalar bilan chambarchas bog'liqligi ham yaxshi ayon.

Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida ta'kidlaganidek, ajdodlarimiz o'zlari yashaydigan mahalla, shahar va qishloqlar, bog'-xiyobonlarga nom tanlashga juda katta e'tibor bergan.

Sobiq tuzum davrida milliy ma'naviyatimizning muhim qismi bo'lgan joy nomlariga asossiz ravishda boshqa tillardagi so'zlarni aralashtirish yoki ularni o'zbek xalqining mentalitetiga yot bo'lgan nomlar bilan atash avj olgan edi. Oqibatda ba'zi qadimiy nomlar butunlay yo'qolib, ularning o'rniga mahalla va ko'chalarimiz ajnabiy nomlar bilan atalgan holatlar ko'p bo'lgan. Misol tariqasida Leninobod (Lelobod), Markes, Pobeda, Kuybeshev, Varasherov kabi qishloq nomlari, Chexov, Chkalov, Nabrejniy kabi ko'cha nomlarini keltirish mumkin. Endi bunday o'zboshimchaliklarga barham berildi.

Darhaqiqat, joy nomlari muayyan hududning tarixi va aholisining turmush tarzini ifodalaydi. Bu, ayniqsa, mahallalar nomlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Mustaqillik tufayli qayta tiklanayotgan qadriyatlarimiz ifodasi sifatida ba'zi joy nomlari qayta ko'rib chiqilib, yangicha nomlanayotganligi ham ayni haqiqatdir.

Yangi joy nomlarining yaratilishida xalqning turmush tarzi, orzu-istaklari, mehnat faoliyati va fe'l-atvori kabi xususiyatlardan kelib chiqqan holda nomlash, albatta, maqsadga muvofiq. Bunda toponimik konversiya muhim o'rin tutadi. Mahalla, ko'cha, qishloq va shaharlarga nom berishda obod, yangi tong, istiqlol, mustaqillik, do'stlik, shodlik kabi leksik birliklardan foydalanilmoqda: Obod qishlog'i, Yangi tong, Yangi diyor ko'chasi, Do'stlik mahallasi kabi.

Toponimlarni ma'nosiga ko'ra, tahlil etganda ularni qanday so'zlar asosida yaratilganligini aniqlash va nomlanish tamoyillarini belgilash muhim ahamiyatga egadir. Har bir nomni o'rganishda biz, avvalo, uning sirtiga duch kalamiz, ya'ni uning nima deb atalganligiga e'tibor qaratamiz. Agar biz joy nomlarini nima deb atalganligiga qarab izohlaganimizda edi,ba'zan kulgili holga tushib qolgan, ba'zan noto'g'ri xulosalar chiqargan bo'lar edik. Masalan, Bolg'ali (qishloqning nomi) ish quroli "molotok" nomiga qo'yilmagan, balki shu qishloq xalqining kasb-koriga qarab qo'yilgan. Sayot (qishloqning nomi) sayyod-ovchi emas, balki shu joylarda yashagan o'zbek

"5

qabilalaridan birining nomidir .

Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, tildagi to'g'ri kelgan so'z bilan joy nomlari shakllanmaydi. Har bir sohaning o'ziga xos muammo va yechimlari bo'lganidek, onomastikaning toponimiya sohasida ham toponimik konversiya singari bir qator masalalari ko'ndalang yotibdi.

3 Hasanov H. O'rta Osiyo joy nomlari tarixidan. -T., Fan. 1965

XULOSA

UZBEKISTAN

www.caajsr.uz

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH

ISSN: 2181-2489 VOLUME 1 I ISSUE 2 I 2021

REFERENCES

1. Begmatov E. Joy nomlari-ma'naviyat ko'zgusi. Toshkent. 1998. 33-bet.

2. Хржиев А. Тилшунослик терминларининг изошли лугати. Т.: Узбекистон Миллий Энциклопедияси, 2002.

3. Hasanov H. O'rta Osiyo joy nomlari tarixidan. -T., Fan. 1965.

4. Кубрякова С.Е. Деривация, транспозиция, конверсия. Вопросы языкознание. 1974. №5.

5. Shayxislamov N. JAHON LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYASIDA TARKIBIY QISMLAR MASALASINING O 'RGANILISHI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. -№. 5. - С. 333-337.

6. Шайхисламов, Нурсултон. "УЗБЕК ТИЛИ АССОЦИАТИВ ЛУГАТИНИНГ ТУЗИЛИШИ ТУГРИСИДА МУЛО^АЗАЛАР." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 1.1 (2021): 20-25.

7. Шайхисламов, Н. (2021). ДУНЁ ТИЛЛАРИНИНГ МОРФОЛОГИК (ТИПОЛОГИК) ТАСНИФИ. Scientific progress, 2(4), 961-965.

8. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili fanini o'qitishda interfaol usullardan foydalanishning samarasi. The 21st Century Skills for Professional Activity,(9), 23-25.

9. Шайхисламов Н. Укувчиларнинг нутрий компетенцияларни ривожлантиришда нуткнинг илмий-назарий изохи //Science and Education. - 2020. - Т. 1. - №. 5.

10. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O 'QITISHDA INNOVATSION VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O 'RNI VA VAZIFALARI. Scientific progress, 2(3), 933-937.

11. Shaykhislamov, N. "IMPROVING B1 LEVEL LEARNER'S VOCABULARY COMPETENCE." Ilm-fan va ta'limni rivojlantirish: imkoniyat va tendensiyalar,(1) 3739 (2021).

12. Шайхисламов, Н. "ИЗУЧЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С ИМЕНАМИ ЧИСЛИТЕЛЬНЫМИ." The 21st Century Skills for Professional Activity,(8) (2021): 69-73.

13. Шайхисламов Н., Норбоева Д. ПЕДАГОГИК ТАЪЛИМ КЛАСТЕРИ-ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ АСОСИ //Pedagogik ta'lim klasteri: muammo vayechimlar,(1). - 2021. - С. 350-354.

14. Komilova, G. T. (2021). NAZARIY TILSHUNOSLIKDA SISTEMA VA STRUKTURA TUSHUNCHALARINING AHAMIYATI. Scientific progress, 2(5), 234-239.

UZBEKISTAN

www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.