Научная статья на тему 'QASHQADARYO VILOYATI AHOLISI MIGRATSION HARAKATINING HUDUDIY JIHATLARI'

QASHQADARYO VILOYATI AHOLISI MIGRATSION HARAKATINING HUDUDIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
489
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
AHOLI MIGRATSIYASI / MEHNAT RESURSLARI / QISHLOQ / SHAHAR / MIGRATSIYON OQIM / MIGRATSIYON QOLDIQ / NETTO-MIGRATSIYA / ICHKI VA TASHQI MIGRATSIYA

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Murodova D., Nortojiyeva Z.

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyatida migratsiya jarayonlari, ichki va tashqi migratsiyasi, mehnat resurslari hamda aholi manzilgohlaridagi migratsiyon harakatlar tahlil etilib, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda migratsiyon jarayonlarning hududiy jihatlari tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TERRITORIAL ASPECTS OF THE MIGRATION MOVEMENT OF THE POPULATION OF KASHKADARYA REGION

This article analyzes migration processes, internal and external migration, labor resources and migration movements in Kashkadarya region of the Republic of Uzbekistan, and examines the regional aspects of migration processes in determining the current and future measures of socio-economic development of the region.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO VILOYATI AHOLISI MIGRATSION HARAKATINING HUDUDIY JIHATLARI»

QASHQADARYO VILOYATI AHOLISI MIGRATSION HARAKATINING

HUDUDIY JIHATLARI

D. Murodova1, Z. Nortojiyeva2

doi: 10.15350/24103586.2022.2.12

Annotatsiya

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyatida migratsiya jarayonlari, ichki va tashqi migratsiyasi, mehnat resurslari hamda aholi manzilgohlaridagi migratsiyon harakatlar tahlil etilib, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda migratsiyon jarayonlarning hududiy jihatlari tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: aholi migratsiyasi, mehnat resurslari, qishloq, shahar, migratsiyon oqim, migratsiyon qoldiq, netto-migratsiya, ichki va tashqi migratsiya.

Aholining mexanik harakati va uning tarkibini o'rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Aholi migratsiyon harakatining mazmuni hududiy xarakterga ega bo'lib,uning o'z hududini o'zgartirib, boshqa joylar hisobiga yashash demakdir. Migratsiya jarayoni mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti bilan bevosita bog'liq. Uning asosiy maqsadi hududlar tabiiy zahirasini o'zlashtirish, hududlarni mehnat resurslari bilan ta'minlash, kadrlar tayyorlash, mamlakatdagi tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlarga asoslanib aholi joylashuvini tartibga solish va pirovard natijada yashash sharoitini yaxshilashdan iborat.Demak, migratsiyon jarayon mamlakat tabiiy zahiralarini o'zlashtirish va undan xalq xo'jaligida samarali foydalanish asosida aholining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga ta'sir etuvchi bosh omildir.Shuning uchun mustaqil O'zbekiston hududlarida to'g'ri migratsiyon siyosatni ilmiy asosda amalga oshirish kechiktirib bo'lmaydigan umumdavlat ahamiyatiga molik zaruriy vazifadir.

Hozirgi kunga kelib, O'zbekistonda aholi migratsiyasi jadallashdi. Qishloqdan shaharga tomon migratsion oqim kuchaydi. Ayniqsa, mehnat yoshidagi aholi, yoshlar Rossiya, Koreya, Turkiya, AQSH, Angliya kabi davlatlarga ishlab kelish, o'qish uchun ketmoqdalar. Shuningdek aholini Respublikani shahar joylariga, asosan Toshkent shahriga kelib ishlash (savdo-sotiq, qurilish, maishiy xizmat sohalarida) holatlari keng tus olmoqda. Shunisi e'tiborliki, bugungi kunda ham tashqi, ham ichki migratsiyasida ayollar ishtiroki ham kuchaymoqda.

Toshkent shahriga yaqin bo'lgan Toshkent viloyatiga qarashli (Qibray, G'azalkent, O'rta Saroy - tumanlarida) tumanlarga Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlaridan guruh, qavmlarning oilasi bilan ko'chib kelib alohida qishloq bo'lib yashayotgan hollari ham uchramoqda. Yuqorida qayd etilgan jarayonlar aholi ko'chib ketgan va ko'chib kelgan hududlarda aholi va mehnat resurslari, oila- qishloq, tarkibiga, aholi takror barpo bo'lish jarayonlariga, aholi manzilgohlari shakllanishiga transport hamda aholiga xizmat ko'rsatish umuman moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tizimiga o'ziga xos ta'sir ko'rsatadi, muammolar tug'diradi. Aholi migratsiyasini juda kichik tuman doirasidan ilmiy, amaliy tahlil etish, o'rganish ularni omillari, muammolarini aniqlash ham aholi geografiyasining hozirgi davrdagi muhim vazifalaridandir.

Ma'lumki, aholi migratsiyasi o'lkamiz taraqqiyotining tarixiy bosqichlarida xilma-xil bo'lgan. Keyingi asrlarda bosqinchilik, zo'ravonlik bilan aholini ko'chirish orqali hukmron millatlarga hududlarni bo'shatib berish, millatlar yashaydigan hududlarni bo'laklab yuborish, ayrim millatlar hukmronligini o'rnatish maqsadlarid a migratsiyon jarayon sodir bo'ldi.

"O'rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin Turkiston bosh gubernatori tomonidan mahalliy xalqlarning milliy xususiyatlari,ularning iqtisodiy rivojlanishi va xo'jalik yuritish xususiyatlari hisobga olinmagan holda bir necha ma'muriy birliklarga bo'lib yuborildi.Viloyat aholisining shakllanishida tabiiy ko'payish

1Murodova Dilafruz - Qarshi Davlat Universiteti o'qituvchisi.

2Nortojiyeva Zarnigor - Qarshi Muhandislik Iiqtisodiyot Instituti logistika yo'nalishi talabasi.

bilan birga migratsion aloqalarning ham ta'siri bor. Lekin hozirgi davrda aholining migratsion jarayoni ixtiyoriy ravishda mamlakatlararo, ayniqsa respublikada viloyatlararo kuzatilmoqda. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, viloyat aholisining ko'payishida migratsion harakat aholi soni va tarkibiga sezilarli ta'sir qildi.

Qashqadaryo viloyati aholi migratsiya harakatini bir necha davrga bo'lib o'rganish mumkin:

- Buxoro- Kitob va Qarshi- Amudaryo temir yo'lining qurilishi ( 1914-1917

yillar);

- II jahon urushi yillarida G'arbdan ko'plab qrim tatarlari, turk -mesxetlar, polyaklar va boshqalarni majburiy ko'chirilishi;

- O'zbekistonning ayrim viloyatlarida paxtachilikni rivojlantirish maqsadida 1947-1963 yillarda Sirdaryo, Toshkent va Surxondaryo viloyatlariga Qashqadaryo viloyatidan aholini majburiy ko'chirilishi va hokazolar.

Respublikaning janubiy viloyatlarida 1965 yildan ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti (irrigatsion inshootlarning qurilishi, yoqilg'i zahiralarining ishga tushirilishi) bilan respublikadan tashqari va qo'shni viloyatlardan aholining kelishi ko'paydi. Natijada 1965-1985 yillarda respublika va Qashqadaryo viloyati shahar aholisining shakllanishida migrantlar salmoqli o'rin egalladi.

Viloyat shaharlariga qishloqlarning birlashtirilishi natijasida shaharda aholi ichki migratsiyon jarayon hisobiga tez ko'paymoqda va respublika shaharlaridan bu jihatdan keskin farq qiladi. Bu jarayon Surxondaryo va boshqa sanoati yaxshi rivojlanmagan regionlarga ham tegishlidir. Respublikaning janubiy viloyatlarida 1965 yildan ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti (irrigatsiyon inshootlarning qurilishi, yoqilg'i zahiralarining ishga tushishi) bilan respublikaning viloyatlaridan va qo'shni respublikalardan Qashqadaryolik aholining qaytishi ko'paydi. Ayniqsa respublika va Qashqadaryo viloyati shahar aholisining shakllanishida tashqi migrantlar salmoqli o'rinni egalladi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, Qashqadaryo viloyati shahar va qishloq aholisining shakllanishida migratsion jarayonning ta'siri respublikaga nisbatan keskin farq qiladi, ya'ni viloyatdan ketuvchilar asosan yuqorida qayd qilingan tabiiy zahiralarni o'zlashtirish bilan bog'liq bo'lib, Qarshi cho'lini o'zlashtirishning tugashi bilan viloyat tashqarisidan va viloyatning tog' oldi zonasidan kelganlarda reemigratsion jarayon sodir bo'lmoqda. Viloyatdan ketuvchilarning geografiyasida Toshkent shahriga, respublikaning sanoat markazlariga, hamda respublikadan tashqariga ko'proq ilgari ota-bobolari yashagan joylariga ixtiyoriy ko'chish ko'paymoqda. Viloyatga keluvchilarning aksariyati ilgari paxtachilikni rivojlantirish uchun Qashqadaryodan (Sirdaryo, Toshkent, Surxondaryo, qo'shni Tojikiston respublikasiga) ketganlarning qaytishi hisobiga sodir bo'lmoqda.

O'zbekistonda va uning mintaqalarida mustaqillik yillarida aholi migratsiyasida tub o'zgarishlar sodir bo'ldi. Mustaqil davlatlarning tarkib topishi natijasida O'zbekistonda istiqomat qiladigan ayrim millat vakillari tarixiy vatanlariga qayta boshladilar. Shuningdek, boshqa mamlakatlarga tub aholi vakillarining (o'zbeklarning) mehnat migratsiyasi kuchayib bormoqda. Mustaqillik yillarida ro'y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar aholining hududlar bo'ylab harakatini biroz faollashtirdi. 2010- yilda kelganlar 139,8 ming, ketganlar 183,9 ming,migratsiya qoldig'i minus 44,1 ming kishi bo'lgan.2022 yilda esa bu ko'rsatkichlar 11580; 20726 va minus 9146 ming kishiga teng bo'lgan.

L.P. Maksakova va O.B. Otamirzaev ma'lumotlariga ko'ra, 1991-1997 yillarda respublika shahar joylari bo'yicha netto-migratsiya, ya'ni sof salbiy migratsiya qoldig'i rus millatiga mansub bo'lganlarda 302 ming, tatarlarda 95, yahudiylarda 50, ukrainlarda 28, nemislarda 20 ming kishini tashkil etadi. Ketuvchilarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasiga to'g'ri keladi. Shuningdek, O'zbekiston, Ukraina va Qozog'iston davlatlari bilan ham bo'lgan migratsion harakatlarda manfiy ko'rsatkichga ega, uning musbat natijasi esa asosan qo'shni Tojikiston hisobidan yuzaga kelgan. Qayd etish lozimki, tashqi migratsiyada ko'proq shahar aholisi qatnashadi. Binobarin, migratsiyaning salbiy oqibati ham aynan shaharlarda va, eng avvalo, rusiyzabon xalqlar ko'proq joylashgan sanoat markazlarida kuzatiladi. Shuning natijasida, jumladan, Chirchiq, Olmaliq, Angren kabi shaharlarda aholi soni 1991 yilga qaraganda juda oz darajada ortgan. Qolaversa, Toshkent shahrida ham aholi soni uncha ko'p o'smagan.

Tashqi migratsiyadagi vaziyat shahar joylardagi mehnat resurslarining miqdor va sifat jihatlariga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Chunonchi, migratsiyada asosan katta

yoshdagilar va malakali ishchi kadrlarning qatnashganligi sababli mehnat resurslaridan foydalanishda muvaqqat muammolar vujudga kelishi mumkin.

Migratsiyaning aholi soni o'sishiga ta'siri uncha kuchli bo'lmasada, u salbiy. Masalan, 2020 yilda migratsiya qoldig'i minus 21444, 2021 yilda minus 9146 kishini tashkil etgan. 2021 yil natijalariga ko'ra, har ming kishi hisobiga Yakkabog tumaniga 524 kishi kelgan va 2030 kishi ketgan, migratsiya qoldig'i minus 1506 kishini tashkil etgan. Qarshi tumanida 2383 kishi kelgan va 1253 kishi ketgan, migratsiya qoldig'i 1130 kishi. Qashqadaryo viloyatining qolgan aksariyat qishloq tumanlarida aholi migratsiyasining natijasi manfiy bo'lgan. Eng yuqori manfiy ko'rsatkichlar Yakkabog' (1506), Kitob (-1232), Qamashi (-1155), Chiroqchi (-1316) tumanlarida qayd etilgan. Shu bilan birga ta'kidlash joizki, Quyi mintaqaning ayrim tumanlarini aholisi (masalan, Muborak, Kasbi, Nishon, Mirishkor) asosan ichki migratsiya natijasida shakllangan.(1-jadval)

O'zbekistonning boshqa viloyatlari kabi Qashqadaryo ham ko'p millatli viloyat hisoblanadi. Aholining asosiy qismini o'zbeklar tashkil etadi. Viloyatda shuningdek ruslar, tojiklar, ukrainlar, ozarbayjonlar tatarlar, turklar, turkmanlar, koreyslar, beloruslar, qozoqlar, qirg'izlar, lo'lilar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1989 yilda o'tkazilgan aholi ro'yxati ma'lumotlariga ko'ra 70 dan ortiq millat, milliy guruhlar va elat vakillari yashaydi. Temir yo'llarning o'tkazilishi, yangi yerlar va tabiiy boyliklarning o'zlashtirilishi munosabati bilan viloyatning boshqa mintaqalar bilan migratsiya aloqalari kuchaydi va viloyat ko'p millatli o'lkaga aylandi. Viloyat aholisining 92,3 % ini o'zbeklar tashkil etadi. O'zbeklar qadim zamonlardan buyon paxta, g'alla yetishtirish, bog'dorchilik va uzumchilik hamda chorvachilik bilan shug'ullanib kelganlar. Ruslar, ukrainlar, beloruslar, ozarbayjonlar, armanlar, greklar va boshqa millat vakillari asosan shahar va shaharchalarda yashaydilar.

1-jadval

Qashqadaryo viloyati aholisining migratsiya ko'rsatkichlari

Kelganlar Ketganlar Migratsiya sal'dosi

2019 2020 2021 2019 2020 2021 2019 2020 2021

Viloyat bo'yicha: 10727 9425 11580 17466 30869 20726 -6739 -21444 -9146

shaharlar:

Qarshi 2409 1910 2751 2597 3272 3231 -188 -1362 -480

Shaxrisabz 344 319 729 770 1379 1269 -426 -1060 -540

tumanlar:

G'uzor 525 337 417 793 1077 905 -268 -740 -488

Dehqonobod 333 219 7 877 1011 861 -544 -792 -854

Qamashi 433 346 422 1435 3162 1577 -1002 -2816 -1155

Qarshi 1834 1764 2383 1255 1590 1253 579 174 1130

Koson 476 476 486 983 1101 1181 -507 -625 -695

Kitob 512 522 460 1502 3786 1692 -990 -3264 -1232

Mirishkor 301 294 236 475 582 500 -174 -288 -264

Muborak 375 241 411 528 556 541 -153 -315 -130

Nishon 1005 833 936 926 1403 1228 79 -570 -292

Kasbi 545 360 401 749 835 807 -204 -475 -406

Chiroqchi 238 265 573 1480 3167 1891 -1242 -2902 -1316

Shahrisabz 684 843 842 1537 3847 1760 -853 -3004 -918

Yakkabog' 713 696 524 1559 4101 2030 -846 -3405 -1506

1-Jadval.Qashqadaryo viloyatistatistika boshqarmasi ma'lumotiari asosida tuzilgan

Ta'kidlash joizki, mamlakatimizning mustaqilllik yillarida ayrim millat vakillarini o'zlarining tarixiy vatanlariga qaytishlari munosabati bilan millatlarga mansub aholining soni biroz kamaydi. Lekin 2004 yil ma'lumotlariga qaraganda, ko'chib ketgan odamlarning qaytib ko'chib kelish hollari kuchayganligini sezish mumkin. Shunday qilib, viloyat aholisi tarkibida o'zgarishlar juda ko'p omillar ta'siri ostida sodir bo'lmoqda. Asta-sekin murakkablashib borayotgan demografik vaziyatni yumshatish uchun bir qator ijtimoiy- iqtisodiy chora tadbirlarni ishlab chiqish zarur.

Viloyat ichki hududlararo migratsiyon jarayon keyingi paytda ko'proq qishloqlardan shaharlarga, tekislikdan tog'oldi zonalariga aholining ko'chib ketishi faollashdi,kelgusida esa yana tezlashadi.Bu suvga tanqis tog'oldi zonalarida aholining tez ko'payishi bilan bogliq muammolarni ko'paytiradi.Kelajakda tog oldi zonalari tabiiy zahiralaridan oqilona foydalanishni ilmiy tashkil qilish asosida aholining o'sib borishidan kelib chiqqan hayotiy muammolarni ijobiy hal etishning iqtisodiy istiqbollarini ishlab chiqishni taqoza qiladi. Bu muammoning ma'lum qismini hal qilish

uchun respublika janubida qurilgan G'uzor-Boysun-Qumqo'rg'on temir yo'lining ham ta'siri bo'ldi.Shunday qilib, har bir mustaqil davlat o'zining kelajak taraqqiyotini o'zi hal qilishi zarurligi mamlakatning tashqi migratsiyon aloqalaridagi aholini majburiy ko'chirish siyosatiga butunlay barham berildi.Hozirgi paytda respublikada viloyatlararo va tumanlararo ichki migratsion jarayon faollashdi. Bu hududlarning tabiiy zahiralari va iqtisodiy imkoniyatlaridan kengroq va oqilona foydalanishga katta imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga boshqa millat vakillarini ham ko'proq ishlab chiqarishga jalb qilish va mehnat resurslaridan foydalanish masalalariga ta'sir qiladi.

Viloyat aholisining migratsiyon aloqalarini tahlil etish asosida quyidagilarni xulosalarni chiqarish mumkin:

Birinchidan, viloyatga 1986 yillargacha ko'chib kelganlar orasida rus tiliga mansub millatlar ko'p edi. Qarshi dashtini o'zlashtirish, yer osti boyliklarining ochilishi va ishga tushirilishi bilan bu jarayon jonlandi va hududlarning aholi soni, tarkibi va geografik joylashuviga sezilarli ta'sir qildi.

Ikkinchidan, respublikaning mustaqil davlat bo'lishi aholini migratsiyon aloqalaridagi zo'ravonlik siyosatidan xalos qildi. Mamlakatda ixtiyoriy, do'stona hamkorlik qilish, yangicha sivilizatsiyon mazmundagi migratsiyon jarayon paydo bo'ldi.

Uchinchidan, vohada keying yillarda aholining migratsiyon harakatlari asosan millat manfaatlariga mos bo'lib, o'z tabiiy zahirasidan,o'z mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga talab ortdi. Bu mahalliy millat vakilllarini ish bilan band bo'lishiga, ayniqsa mahalliy xalqlarning sanoatning zamonaviy sohalariga bo'lgan qiziqishini ortishiga, ishlab chiqarishda mehnat unumdorligining o'sishiga olib keladi.

To'rtinchidan, Qarshi dashtini o'zlashtirishning nihoyasiga yetishi tog' oldi resurslaridan kengroq foydalanish uchun bu hududlarga aholini boshqa tekislik tumanlardan ko'chib kelishi kuchayadi.

Beshinchidan,G'uzor-Boysun-Qumqo'rg'on temir yo'lining qurilishi bilan viloyatning tog' oldi zonalarida aholining migratsiyon jarayoni yana jonlanadi.

Shunday qilib, Qashqadaryo viloyati aholisining shakllanishi o'ziga xos regional xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarni hisobga olib viloyat xo'jaligini rivojlantirish va aholi joylanishini amalga oshirishda katta ahamiyatga molik manba bo'la oladi.

Adabiyotlar:

1. Буриева М.Р., Тожиева З.Н., Зокиров С.С. Ахрли географияси ва Демография асослари. - Тошкент, —Тафаккур», 2011.

2. Борисов В. А. Демография. - М.:Издательский дом НОТАБЕНЕ, 1999, 2001.

3. Демографическая энциклопедия/Редкол.: Ткаченко А.А. Аношкин А.В., М.Б. Денисенко и др. - М.: ООО «Издательство «Энциклопедия», 2013.

4. Dudley L. Poston, Jr. Population and Society: An Introduction to Demography.Cambridge Univyersity Press, 2010

5. Солиев А. Узбекистан и;тисодий ва ижтимоий географияси. - Тошкент, "Университет", 2014.

6. Tojiyeva Z.N. Aholi geografiyasi. Darslik - Toshkent.: "Nodirabegim", 2019.

7. М.Янгибоев.Каш;адарё вилояти ах,оли географияси.- Карши .: Университет. 1994 й.

© D. Murodova, Z. Nortojiyeva, 2022.

TERRITORIAL ASPECTS OF THE MIGRATION MOVEMENT OF THE POPULATION OF

KASHKADARYA REGION

D. Murodova, Z. Nortojiyeva

Abstract. This article analyzes migration processes, internal and external migration, labor resources and migration movements in Kashkadarya region of the Republic of Uzbekistan, and examines the regional aspects of migration processes in determining the current and future measures of socio-economic development of the region.

Key words: population migration, labor resources, rural, urban, migration flow, migration residue, net migration, internal and external migration.

© D. Murodova, Z. Nortojiyeva, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.