Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZ MEHNAT BOZORIDA ISHSIZLIK VA ISH BILAN BANDLIK HOLATI TAHLILI'

MAMLAKATIMIZ MEHNAT BOZORIDA ISHSIZLIK VA ISH BILAN BANDLIK HOLATI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2859
407
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
mehnat bozori / ish bilan bandlike / ishsizlik darajasi / mehnat resurslari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Risolatxon Axatjonovna Qodirova, Ogulhan Ergashovna Axunova, Nodira Xamrakulovna Olimova

Ushbu maqolada mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida aholi ish bilan bandligi siyosati va ishsizlik darajasi, mehnat bozori bilan bog‘liq muammolarini yoritilish o’rganilgan. Respublikamiz shahar va shaharchalarda doimiy aholi soni, mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari, mehnat bozoridagi tanglik darajasi, ish bilan ta’minlashga muhtoj bo‘lgan aholi soni dinamikasi va aholining ishsizlik darajasi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZ MEHNAT BOZORIDA ISHSIZLIK VA ISH BILAN BANDLIK HOLATI TAHLILI»

MAMLAKATIMIZ MEHNAT BOZORIDA ISHSIZLIK VA ISH BILAN

BANDLIK HOLATI TAHLILI

Risolatxon Axatjonovna Ogulhan Ergashovna Nodira Xamrakulovna Qodirova Axunova Olimova

Farg'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida aholi ish bilan bandligi siyosati va ishsizlik darajasi, mehnat bozori bilan bog'liq muammolarini yoritilish o'rganilgan. Respublikamiz shahar va shaharchalarda doimiy aholi soni, mehnat bozorining asosiy ko'rsatkichlari, mehnat bozoridagi tanglik darajasi, ish bilan ta'minlashga muhtoj bo'lgan aholi soni dinamikasi va aholining ishsizlik darajasi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: mehnat bozori, ish bilan bandlike, ishsizlik darajasi, mehnat resurslari.

Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi shaharlarning o'sishi va shahar aholisining shakllanishi, shahar aholisining tabiiy o'sishi, shahar atrofi hududlarining ma'muriy jihatdan shaharga qo'shilib borishi, qishloq aholi manzilgohlarining shahar maqomini olishi bilan bog'liqdir. Shaharlarning o'sishida shahar atrofi zonalarida shahar turmush tarzining shakllanib borishi, ya'ni urbanizatsiya jarayonining kuchayishi ham ahamiyatlidir. Katta shahar atrofida kichik shaharlar paydo bo'lib, katta shaharlarga qo'shilib boradi va shaharlar aglomeratsiyasi hosil bo'ladi. Rivojlangan mamlakatlarda aglomeratsiya jarayoni avj olgan, alohida aglomeratsiyalarning qo'shilib ketishi natijasida megapolislar vujudga kelmoqda.

O'zbekistonda olib borilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida yirik strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bir qatorda shaharlar aholisi farovonligining o'sishi va barqaror rivojlanishiga yetaklovchi omil sifatida urbanizatsiya jarayoni tegishli darajada hisobga olinmagan. Natijada so'nggi y illarda urbanizatsiya darajasining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda, shahar aholi punktlari soni esa atigi 1065 dan 1071 gacha ko'paygan.

Bugungi kunda O'zbekistonning barcha hududlarida aholining urbanizatsiya darajasi doimiy ravishda o'sib bormoqda. Qishloq aholisi sonining kamayganligi esa O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma'muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2019 yil 13 martdagi 68-sonli qaroriga ko'ra respublikada 965 ta qishloq punktiga shaharcha maqomi berilganligi bilan izohlanadi. Hukumat qaroriga muvofiq, jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida - 11 ta, Fargona viloyatida - 76 ta, Buxoro

viloyatida - 59 ta, Jizzax viloyatida - 33 ta, Qashqadaryo viloyatida - 117 ta, Navoiy viloyatida - 29 ta, Surxondaryo viloyatida - 106 ta, Sirdaryo viloyatida - 15ta, Toshkent viloyatida - 78 ta, Farg'ona viloyatida - 198 ta, Xorazm viloyatida - 50 ta qishloq shahar posyolkalariga aylantirildi.

O'zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarining dolzarbligi respublika Markaziy Osiyoda aholisi eng zichligi bilan izohlanadi. Keyingi 30 yil mobaynida respublikada aholi zichligi ikki barobarga ortdi. Biroq aholi mamlakatning barcha hududlari bo'yicha bir tekis joylashmagan. Bugungi kunda O'zbekiston aholisining 50,6 %i shaharlarda yashaydi.

O'zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 9-moddasiga muvofiq, aholi punktlari eng yirik shaharlar, yirik shaharlar, o'rtacha shaharlar, kichik shaharlarga bo'linadi.

1- jadval

O'zbekistonda shahar va shaharchalarda doimiy aholi soni

(ming kishi).

KypcaHfHHJiap 2011 ft. 2012 ft. 2013 ft. 2014 ft. 2015 ft. 2016 ft. 2017 ft. 2018 ft. 2011-2018 ftft.HR VClIIll ('/•)

Illaxap b;i maxapqa.iap ÜKaMH, myHaaH miobhh-jiap c oh in a xypa, mhht Kiimii 14897,4 15143,2 15370,1 15555,2 15748,0 15963,9 16250.8 16532,7 111

3 ra^ia 792,9 758.8 750.1 725.4 682.5 637,0 615.2 577.1 72.8

3-4.9 1421.8 1442.4 1479,8 1504.3 1552,9 1593.0 1547,4 1534.6 107.9

5-9.9 1758,2 1804.4 1882,2 1915,4 1934.2 1969.1 2021.2 2058,3 117,1

10-19,9 1793.4 1747,8 1762,1 1813.8 1792.9 1860.2 1905,1 1955.1 109.0

20-49,9 2012,4 2012.1 2029,3 2051.3 2155.6 2185.3 2255.6 2333,9 116.0

50-99.9 1237.8 1352,8 1366,7 1285.0 1302,3 1321.4 1339,7 1388,6 112,2

100-249.9 1837.5 1856.9 1874,7 1995,1 1764.3 1533,4 1552.4 1597,7 86.9

250-499.9 1754.5 1866.0 1891,2 1618.9 2198,9 2478.2 2006.8 1527,5 87.1

500-999.9 - - - - - - 590.2 1102.0

1 mjih. Ba K)Kopn 2288.9 2302.0 2334.0 2346.0 2364.4 2386.3 2417.2 2457.9 107.4

1-jadval ma'lumotlari tahlili shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda aholisining soni 20 ming kishigacha bo'lgan shaharlarning umumiy soni 35 ta bo'lib, ular mamlakat shaharlari tizimining 29,4%ini tashkil etadi. Ularda 2018 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, respublika shaharlari aholisining 37,5%i yashaydi. Aholisi 20 mingdan 50 minggacha bo'lgan shaharlar 48 ta (shaharlar tizimining 40,3%i) bo'lib, o'tgan yili ularda istiqomat qiluvchilar jami shaharda yashovchilarning 13,9%ini tashkil etgan. O'rtacha shaharlarda (aholisi 50-100 ming bo'lgan 19 ta shahar) shahar aholisining 8,2%dan ortig'i, katta

shaharlarda (100 ming kishidan 250 ming kishigacha) 9,5 %i, yirik shaharlarda (250 ming kishidan 1 mln. kishigacha) 16,0%i, eng yirik shaharlarda (1 mln. kishidan ko'p) 14,8%i istiqomat qiladi. Boshqacha aytganda, O'zbekiston shaharlarining ko'pchiligini (shaharlar tizimining 69,7%i) kichik va o'rta shaharlar tashkil etadi. Ularda shaharlar jami aholisining 59,6%i yashaydi. Lekin bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bulgan ishsizliklik masalasi yotadi.

Yukoridagilardan kelib chikib, aholi o'rtasida ishsizlikni kamaytirish maqsadida mehnat bozoridagi haqiqiy holatni respublikamiz mintaqalari kesimida chuqur tahlil qilish asosida aholi bandligini ta'minlash bo'yicha hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini muvofiqlashtirish, yangi ish o'rinlari tashkil etish bo'yicha davlat buyurtmalarini ishlab chiqish bo'yicha aniq tizim asosida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ammo joylarda mehnat bozoridagi real ehtiyojdan kelib chiqib kadrlar tayyorlanmayotganligi ishsizlik darajasining oshishiga olib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida bu masalaga alohida to'xtalib, quyidagilarni ta'kidlab o'tdi: «Men hududlarga tashrif buyurganimda odamlar bilan ko'proq muloqot qilishga harakat qilaman. Hayron qolasiz, joylarda oddiy quruvchi, traktorchi yoki mexanizator yo'q. Ishning ko'zini biladigan yer tuzuvchi yoki suvchi topish amrimahol. Ko'p joylarda kollejlarni bitirgan bolalarni kerakli kasbga qayta o'qitishga to'g'ri kelmoqda. Qani, kasb tarbiyasi? Qani, mehnat bozorini o'rganish? Afsuski, hech kim bu masala bilan jiddiy shug'ullanmayapti.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma'lumotlari asosida mehnat bozorining asosiy ko'rsatkichlari o'rganildi (2-jadval).

2-jadvaldan ko'rinadiki, 2014-2018 yillarda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni 4,4 foizga, iqtisodiy faol aholi soni 10,3 foizga ortgan. Iqtisodiy faol aholi sonining mehnatga layoqatli yoshdagi aholi sonidan yuqori sur'atda o'sganligi aholi iqtisodiy faollik darajasining 2014 yildagi 71,3 foizdan 2018 yilda 75,4 foizga o'sishini ta'minlagan.

2018 yil iqtisodiyotda ish bilan band fuqarolarning o'rtacha yillik soni 13732,7 ming kishini tashkil etib, 2014 yilga nisbatan 7,1 foizga ortgan. Ko'rilayotgan davrda aholining ish bilan bandlik darajasi 67,7 foizdan 69,5 foizga o'sgan.

Respublikada aholini ish bilan ta'minlash borasida ko'rilayotgan tizimli choratadbirlarga qaramay, ishsizlik soni va darajasining ortishi kuzatilmoqda. Agar 2014 yil ishsizlar soni 687,0 ming kishini tashkil etgan bo'lsa, 2018 yilga kelib bu ko'rsatkich 1340,3 ming kishiga yetgan yoki o'tgan 5 yilda 95,1 foizga ortgan. Tahlil qilinayotgan davrda ishsizlik darajasi 5,1 foizdan 9 foizgacha ko'paygan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2018 yil mamlakat bo'yicha jami 58,4 mingta bo'sh ish o'rni mavjud (3-jadval).

3-jadvaldan ko'rinadiki, 2018 yilda mehnat bozorining tanglik darajasi (bitta bo'sh ish o'rniga to'g'ri keladigan ishsizlar soni) salbiy hisoblangan. Bu ko'rsatkichni hududlar bo'yicha tahlil qiladigan bo'lsak, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari qolgan barcha hududlarda mehnat bozoridagi tanglik darajasi salbiy hisoblanadi.

2 -jadval

O'zbekiston Respublikasida mehnat bozorining asosiy ko'rsatkichlari.

Курсаткичлар Йиллар 2018 йилда 2014 йилга нисбатан узга-риши, фонзда

2014 2015 2016 2017 2018

Мехнатга лаёкатли ёшдаги а холи сони, ыинг киши 18929.1 19150.6 19348.9 19525,5 19753,6 104.4

Иктнсоднй фаол axon и. мин г киши 13505,4 13767,7 14022.4 14357,3 14892,3 110.3

Ахолининг иктнсоднй фаолллик даражасн. фонзда 71.3 71,9 72.5 73.5 75.4 -

Иктисодиётда бандларнинг уртача йиллик сони, ыинг киши 12818.4 13058.3 13298.4 13520,3 13732,7 107,1

Бандлик даражасн. фоизда 67,7 68.2 68.7 69.2 69.5

Ишсизлар сони, мин г киши 687,0 709.4 724.0 837.0 1340,3 195,1

Ишснзлик даражасн. фоизда 5.1 5,2 5.2 5,8 9,0 -

Иктнсоднй нофаол ахолн. ыинг киши 4542.6 4508.4 4466,5 4309,0 3754.5 82.7

Иктнсоднй нофаоллик даражасн. фонзда 24.0 23,5 23.1 22.1 19.0 -

3 - jadval

Mehnat bozoridagi tanglik darajasi (2018 y).

Т/р Худуд (вилоят)лар номи Мавжуд буш иш уринларн сони, мингтя Мехнат бозоридаги танглик даражасн Танглик даражаси сифат бахоси

ишсизларга нисбатан потенция л ишсизларга нисбатае

Республика буйича 58,4 23 64 салбий

1. Коракалпогистон Республикаси 1.4 46 223 салбий

вилоятлар:

2. Анднжон 2.1 66 143 салбий

3. Бухоро 2,9 27 59 салбий

4. Жнззах 1.3 33 152 салбий

5. Кашка даре 3,7 35 102 салбий

6. Навоий 1.4 27 44 салбий

7. Наманган 3,8 29 95 салбий

8. Самарканд 4,5 35 91 салбий

9. Сурхондарё 2,7 39 106 салбий

10. Сир дар ё 2,6 13 25 салбий

11. Гошкент 15,3 8 25 урта

12. Фаргона 3,5 46 125 салбий

13. Хоразы 3,6 21 60 салбий

14. Тошкент шахри 9.6 10 17 урта

Mamlakatimizda ishsizlikning oldini olishning eng makbul yullaridan biri bu, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik oilaviy tadbirkorlik, uy xujaligi tamorkalaridan foydalanish xamda uz-uzini yollashdan iboratdir.

Har qanday jamiyat rivojlanishining asosiy maqsadi aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan bo'ladi. Jamiyatning ijtimoiy barqarorligini, iqtisodiy rivojlanishini, tinchligini ta'minlash, inson sog'lom va farovon hayot kechirishi uchun davlat kuchli ijtimoiy siyosat olib boradi.

Shularni inobatga olganda, O'zbekistonda Harakatlar strategiyasining dastlabki bosqichlaridan aholining turmush farovonligi hamda hayoti sifatini ta'minlash yuzasidan katta yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Davlat budjetining 60 foizidan ortig'i ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilmoqda.

Bu aholining turmush sharoitini yaxshilash, hayot sifati darajasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga aholini, ayniqsa, qishloq aholisini yangi shinam uy-joylar bilan ta'minlash amalga oshirilmoqda. Aholi daromadlari ko'payishi esa ularning hayot farovonligini ko'tarishga asos bo'lmoqda.

Mamlakatimizda kulay ishbilarmonlik muxitini yaratish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katr ijodiy uzgarishlar amalga oshirilmokda. Uz urnida, tadbirkorilik subyektlarini davlat ruyxatidan utkazish va xisobga kuyish borasida xam konunchilikda muxim karorlar kabul kilinib, davlat ruyxatidan utkazish va xisobga kuyishni avtomatlashtirilgan tizimi boskichma-boskich ishlab chikilib, amaliyotga tadbik kilinmokda. Bu esa axoli xamda xorijiy sarmoyalarning uz shaxsiy biznesini yulga kuyish va rivojlantirish uchun muxim omil bulib xizmat kilmokda.

Mamlakat axolisining farovonlik darajasini ifodalovchi muxim kursatkichlaridan biri axoli daromadlari xisoblanadi. Axolining umumiy daromadlari - majburiy tulovlar va boshka ajratmalarni amalga oshirgunga kadar bulgan yalpi daromadni ifoda etadi.

2018 yilning yanvar-dekabr oyida Respublikada 55,0 mingtaga yakin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa utgan yilning shu davriga nisbatan 14,0 mingtaga kupdir.

Natijada, faoliyat kursatayotgan korxona va tashkilotlar soni utgan yilning shu davriga solishtirilganda 38,0 mingta (13,3 %) ga usgan xamda ularning umumiy soni 323,5 mingtani tashkil etgan.

2019 yilning 1 yanvar xolatiga 339,0 mingta korxonalar va tashkilotlar ruyxatidan utgan bulib, iktisodiy faoliyat turlari buyicha 22,1 % savdo, 17,5 % sanoat, 9 % kurilish, 7,7 % kishlok, urmon va balik xujaligi, 6,2 % yashash va ovkatlanish buyicha xizmatlar, 4,1 % tashish va saklash, 2,2 % axborot va aloka, 2,0 % solikni saklash va ijtimoiy xizmalar xamda 29,2 % boshka faoliyat turlari xissasiga tugri kelmokda. Bu esa mamlakatimizda yangi ish urinlarining tashkil etilganligi ishsizlik masalasi xal etilayotganligidan dalolat beradi.

Faoliyat kursatayotgan korxona va tashkilotlar soni 323 517 tani tashkil etib, utgan yilning shu davriga solishtirilganda 38,0 mingta (13,3 %) ga usgan.

Xududlar kesimida karalganda, faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni eng kupi Toshkent shaxri (69236 ta), Toshkent (31030 ta), Fargona (29128 ta), Fargona (27391 ta) va Samarkand (25066 ta) viloyatlari xissasiga tugri keladi. Aksincha Sirdaryo (10367 ta), Navoiy (11175 ta) xamda Jizzax (14226 ta) viloyatlarida korxonalar soni kamligini kuzatish mumkin.

Xususan, shaxsning fuqarolik erkinligi xodimga mehnatni qo'llash sohasi, undan foydalanish sharoitlari va ish haqini erkin tanlash xuquqini rasmiy beradi. Erkin subyekt sifatida u shaxsiy mulkchilik va o'zining ishchi kuchiga egalik xuquqiga ega bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonunida ta'kidlanganidek, «O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga ishlab chiqarish va ijodiy mehnat uchun o'z qobiliyatlariga egalik qilish va qonunchilik man qilmaydigan har qanday faoliyat bilan shug'ullanish xuquqi berilgan. Mehnatga har qanday shaklda ma'muriy majbur qilishga yo'l qo'yilmaydi. Kishilarning ixtiyoriy band bo'lmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos bo'la olmaydi».

Davlat ish bilan ta'minlashga muhtoj bo'lgan aholiga quyidagilarni kafolatlaydi:

- ishsizlik nafaqasini to'lash;

- mehnat organlarining yo'llanmasi bo'yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to'lanishi hamda shu davrni umumiy mehnat stajiga qo'shish;

- ishsiz shaxsga qaramog'idagilarini hisobga olgan holda, moddiy yordam berish;

- haq to'lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati;

- mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa yerga ko'chish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, yurtimizda ish bilan ta'minlashga muhtoj bo'lgan aholi soni ortib bormoqda (4-jadval).

4-jadvaldan ko'rinib turganidek, 2017-2019 yillarda O'zbekiston Respublikasida ish bilan ta'minlashga muhtoj bo'lgan aholi soni 9,1 ming kishiga yoki 98,5 foizga ortgan. Ko'rilayotgan davrda ish bilan ta'minlashga muhtoj bo'lgan aholi sonining o'sish sur'ati bir meyorda kechmagan. Xususan, 2017 yilda ish bilan ta'minlashga muhtoj bo'lgan aholi soni 12 foizga ortgan bo'lsa, 2019 yilda ish bilan ta'minlashga

yrraH HHnra HHCÔaraH 38 MHHrrara ycraH

muhtoj bo'lgan aholi sonining kamayishi kuzatilib, 2019 yilda 2017 yilga nisbatan 1,5 foizga qisqargan.

4-jadval

O'zbekiston Respublikasida ish bilan ta'minlashga muhtoj bo'lgan aholi soni

dinamikasi (ming kishi hisobida)

Xyaygiap H h ^ ^ a p 2019 toga 2017 HH^ra HiicôaTaH

y3rapum

2015 2016 2017 +,- OOH3

PecnyônHKa ôyHHna 631,5 628,2 622,4 9,1 98,5

OaproHa 65,6 65,1 64,6 1,0 98,4

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

OaproHa bh^OOTH 10,3 10,4 10,4 0,1 X

ynyrnn

Buni aholi ish bilan bandligini oshirish bo'yicha qilinayotgan ishlar, vazifalarning, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, fermer va dehqon xo'jaliklarini kengaytirish va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar mahsuli deya ta'kidlash mumkin.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ma'lumotlari ish bilan ta'minlashga muhtoj bo'lgan aholining asosiy qismini mustaqil ish qidirayotganlar tashkil qilishini ko'rsatadi. Jumladan, 2017 yilda respublika bo'yicha jami ish bilan ta'minlashga muhtoj bo'lgan aholining 95,3 foizini mustaqil ish qidirayotganlar tashkil qilgan bo'lsa, 2019 yilda bu ko'rsatkich 97,7 foizga teng bo'lgan. Ko'rilayotgan davrda bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlarida ro'yxatdan o'tgan ishsizlar ulushi mos ravishda 4,7 va 2,3 foizga teng bo'lgan.

Respublikada ish bilan ta'minlashga muhtoj bo'lgan aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatining ortishi ishsizlik darajasining kamayishini ta'minladi.

2015-2019 yillarda yurtimizda aholining ishsizlik darajasi bir meyorda bo'lgan, ya'ni 5 foizni tashkil qilgan. Biroq bu ko'rsatkichning yillar bo'yicha o'zgarishi uning bir meyorda bo'lmaganini ko'rsatadi. Jumladan, 2015-2016 yillarda ishsizlik darajasi 0,1 bandga kamaygan, 2016-2017 yillarda 0,4 bandga ko'paygan, 201-2019 yillarda esa 5,3 foizdan 5 foizga tushgan yoki 0,3 bandga kamaygan (2-rasm).

2-rasm.

O'zbekiston Respublikasida aholining ishsizlik darajasi, foiz.

5,4 5,3 5,2 5,1 5

4,9 4,8 4,7

5,3

5,1

5 4,9 5

5

2015

4,9 2016

5,3 2017

5,1 2018

5

2019

HmcH3^HK gapawacii, %

Taxlillar, ish izlab mehnat muassasalariga murojaat qilganlar, ish bilan ta'minlanganlar soni yildan-yilga oshib, ishsizlar soni va darajasi pasayib borayotganligini ko'rsatadi. Buning asosiy sababi:

- iqtisodiy faol aholi va ish bilan band aholining o'sib borishi;

- mehnat resurslarining yuqori sur'atlarda o'sishi, mehnat muassasalari xizmatlarining yaxshilanishi va ularga ish izlab murojaat qilayotganlar sonining oshishi;

- mehnat muassasalari taklif etayotgan ko'plab bo'sh ish o'rinlarining mavjudligi, fuqarolarni ishga joylashtirish faoliyatining yaxshilanishi va buning natijasida ish izlab murojaat qilganlar aksariyat qismining ish bilan ta'minlanishi.

Viloyatda Respublika aholisining 9 foizi istiqomat qiladi. Aholining 49,1 foizi yoki 1251,7 ming nafari qishloqlarda, 50,9 foizi yoki 1297,3 ming nafari shaharlarda yashaydilar. Bular 102 millat va elatlarga mansub kishilardir.

2014 yildi 62,0 ming nafar o'g'il va qizlar tug'ilib, ularning 35, 2 ming nafari qishloq joylarga to'g'ri keldi. Aholining yillik o'rtacha o'sishi 43 ming kishini tashkil etdi. Viloyatda aholi zichligi Respublika bo'yicha eng yuqori bo'lib, 1 kv.km.ga 592,5 kishi to'g'ri keldi.

2019 yilda viloyatda 1490,9 mingta mehnatga layoqatli aholi bo'lib, ularning 1079,1 mingtasi iqtisodiyotning turli tarmoqlarida banddirlar. Shundan davlat tasarrufidaga tashkilotlarda 172,7 ming kishi, iqtisodiyotning muqobil turlarida 906,4 ming kishi mehnat qiladi.

Demografik jarayonlarga bog'liq holda, yurtimizda mehnat resurslari soni yil sayin ortib bormoqda.

5-jadval

O'zbekiston Respublikasi va Fargona viloyatida mehnat resurslari soni dinamikasi (ming kishi hisobida)

Hududlar Yillar 2019 yilda 2017 yilga nisbatan o'zgarish

2017 2018 2019 foiz

Respublika bo'yicha 16123,6 16504,2 17309,8 1186,6 107,3

Fargona viloyati 1497,6 1536,0 1626,4 128,8 108,6

Fargona viloyati ulushi 9,2 9,3 9,3 0,1 X

5-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turganidek, 2015-2017 yillar davomida mehnat resurslari soni 1186,6 ming kishiga yoki 7,3 foizga, Fargona viloyatida esa 128,8 ming kishiga yoki 8,6 foizga ortgan. Bu davrda mehnat resurslari sonining o'rtacha yillik o'sish sur'ati 2,6 foizni tashkil qilgan. Ko'rilayotgan davrda mehnat resurslari sonining o'sish sur'ati respublika hududlarida ayniqsa Fargona viloyatida respublika o'rtacha ko'rsatkichidan yuqori bo'lgan. 2018 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, mehnat resurslari jami aholining 59 foizini tashkil qilib, uning asosiy qismi (qariyb 60 foizi) Fargona viloyatiga to'g'ri keladi.

Bizga ma'lumki, mehnatga layoqatli aholi - bu aholining ma'lum yosh doirasi bilan chegaralangan qismidir. O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga binoan mehnat resurslarining quyi chegarasi 16 yosh, yuqori chegarasi esa erkaklar uchun 60, ayollar uchun esa 55 yosh deb qabul qilingan. Mehnatresurslari iqtisodda band etilgan va band etilmagan mehnatga layoqatli aholini o'z ichiga oladi.

Shu o'rinda Respublikadagi iqtisodiyotda band aholini o'sishini taxlilini keltirish o'rinli deb hisoblaymiz.

Yangi ish o'rinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari tarkibini diversifikatsiya qilish, malakali mutaxassislar tayyorlash va shuningdek, 12 yillik majburiy ta'lim tizimiga o'tish borasida ko'rilgan chora-tadbirlar aholining bandlik darajasini yanada oshirish imkonini berdi.

6-jadval

O'zbekiston Respublikasida ish bilan band aholi soni dinamikasi(ming kishi

hisobida)

Hududlar Yillar 2019 yilda 2017 yilga nisbatan o'zgarish

2017 2018 2019 foiz

Respublika bo'yicha 11328,1 11628,4 11919,1 591,0 105,2

Fargona viloyati 1063,0 1112,1 1144,8 81,8 107,6

Fargona viloyati 9,4 9,5 9,6 0.2 X

ulushi

2017-2019 yillar mobaynida ish bilan band bo'lgan aholi soni 591,0 ming kishiga yoki 5,2 foizga ortgan. Tahlillar o'sish sur'ati bir meyorda kechmaganini, xususan, o'tgan yillar davomida ish bilan band bo'lgan aholi sonining o'sish sur'ati Fargona viloyatida 7,6 foizni, ya'ni respublika o'rtacha ko'rsatkichidan yuqori bo'lganligini ko'rsatadi.

Aholi bandligini ta'minlash va ish o'rinlari tashkil etish muammolarini izchil hal etishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotdagi band aholi soni 2,5 foizga o'sdi va deyarli 11,9 million kishiga yetdi, iqtisodiyotning nodavlat sektoridagi band bo'lgan kishilar ulushi 79,4 foizni, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda bandlar - 74,2 foizni tashkil etdi. Bandlikning eng yuqori o'sish sur'atlari qurilishda 105,2 foiz, uy-joy-kommunal xo'jaligida va aholiga maishiy xizmat ko'rsatishda 105,1 foiz, savdo va umumiy ovqatlanishda 105,0 foiz, transport va aloqada 104,4 foiz qayd etildi.

Aholini ishga joylashtirishda bandlikka ko'maklashuvchi organlarning faoliyati yetakchi o'rinda turadi. O'zbekiston Respublikasida ishga joylashtirish organlari faoliyatini aks ettiruvchi quyidagi jadval fikrimizni tasdiqlaydi.

7-jadvaldan ko'rinib turibdiki, pensiya yoshidan tashkari barcha yoshdagilarni ishga joylashtirish salmog'i 82% dan kam emas. Umuman olganda respublikamizning turli hududlarida Mehnat yarmarkalari o'tkazib turilishi, bandlikka ko'maklashish organlarining ish izlovchilar bilan ishlash samaradorligini oshishi natijasida yuqoridagi natijalarga erishilgan. Lekin barcha ham ular tomonidan taklif qilingan ishga rozi bo'lmasligi mumkin, bu ishga yollanuvchining kasb-malakasiga, yoshi va tajribasiga tayangan holda, puxta o'ylanmog'i lozim bo'ladi.

Ishsizlikni kamaytirish omillarini tahlil natijasida yana bir xususiyatni alohida e'tiborga olish zarur. U ham bo'lsa mamlakatimiz dunyo miqyosida aholisi eng yosh davlatlardan biri ekanligidadir.

Yoshlar salmog'ining ko'pligi bu guruxga to'g'ri keladigan ish o'rinlari yaratishga e'tiborni kuchaytirilishi bilan birga, ularning ishsiz qismining ortishi jamiyatga qanchalik xavf solishini izohlaydi.

7-jadval

2019 yilda ishga joylashtirilgan aholini yosh va ma'lumot darajasi bo'yicha tarkibiy tuzilishi (ming kishi hisobida)

Yosh Ishga Ishga Ishga joylashtirilgan

ko'rsatkichlar joylashtirish joylashtiril aholi sonining ishga

i masalasi gan aholi soni joylashtirish masalasi

bo'yicha bo'yicha murojaat etgan

murojaat aholi soniga nisbati (foiz

etgan aholi hisobida)

soni

18 yoshgacha 4,6 3,9 84,8

18-30 283,8 250,2 88,2

yoshgacha

30-50 261,8 228,1 87,1

yoshgacha

pensiya oldi 4,9 2,4 49,9

yoshdagi

pensiya yoshi 2,3 1,9 82,6

va undan katta

yoshda

oliy 33,4 28,2 84,4

ma'lumotli

o'rta maxsus 127,8 109,4 85,6

ma'lumotli

o'rta 367,2 323,7 88,2

ma'lumotli

to'liqsiz o'rta 29,1 25,2 86,6

ma'lumotli

Ma'lumki, mehnat bozoridagi talab ko'p jihatdan tovarlar, investitsiyalar bozoridagi so'rovlarga bog'liq bo'ladi, turli xil mulkchilik shaklida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalardagi bandlikni shu omil yuzaga keltiradi. Umumiy tendensiyaga asosan nodavlat sektorida bandlik ortishi hisobidan davlat sektorida bu ko'rsatkichni qisqarib borishi kuzatiladi.

Bandlikni tez o'sishi xususiy mulkchilikka asoslangan korxonalarga xosdir. Buni davlat korxonalarini xususiylashtirishning o'zi bilan izohlab bo'lmaydi, chunki bandlik darajasi eski ish o'rinlarini saqlanishi bilan birgalikda yangilarini yaratilishiga ham borib taqaladi. Turli korxonalarda yaratilgan ishchi o'rinlari turlicha, shu tufayli bandlikning kapital sig'imi ham farqlanadi. Eng qimmat ishchi o'rinlari davlat va aralash ukladda bo'lsa, eng arzon ishchi o'rinlari xususiy korxonalarda, ayniqsa oilaviy xo'jaliklarda yaratiladi.

REFERENCES

1. Abduraxmonov Q.X., Shoyusupova N.T. Aholini ish bilan bandligi. O'quv qo'llanma. - T.: 2011. - 291 b.

2. Xolmo'minov Sh.R., Xolmurodov S.E. Mehnat bozori iqtisodiyoti. O'quv qo'llanma. - T.: 2013. - 228 b.

3. Xolmo'minov Sh.R. Mehnat bozori iqtisodiyoti. O'quv qo'llanma. - T.: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasm adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2004. - 144

4. O. E. Axunova, Z. S. Salimjonova, Sh. E. Nematova. The role of human capital in economic development. EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES. 2022. Innovative Academy Research Support Center www.in-academy. uz

5. O. E. Axunova. Analysis of the causes of unemployment in modern Uzbekistan and the negative consequences of wau. International Engineering Journal for Research & Development. 2022

6. Axunova, O. E., & Nematova, S. E. (2021). LABOR MARKET PROBLEMS IN UZBEKISTAN IN THE CONTEXT OF COVID-19 PANDEMIA. GLOBUS, 7(8), 2124.

7. Ахунова, О. Э., Олимова, Н. Х., & Хамидова, З. А. (2019). ВЛИЯНИЕ ЭФФЕКТИВНОЙ ЗАНЯТОСТИ НАСЕЛЕНИЯ НА РЫНКЕ ТУРИСТИЧЕСКИХ УСЛУГ НА НАЦИОНАЛЬНОЕ ПРИКЛАДНОЕ ИСКУССТВО И ЭКОНОМИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ СТРАНЫ. НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ, 24.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.