Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA AHOLI ISH BILAN BANDLIGINI TA’MINLASH'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA AHOLI ISH BILAN BANDLIGINI TA’MINLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
583
122
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Bandlik / ish kuchi / faol aholi islohatlar / dasturlar. / Employment policy of human resources / labor market / employment services.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mahliyo Ahmad Qizi Miyassarova

Maqolada aholini ish bilan bandligini ta’minlashda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va ishga joylashtirish muammolari o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROVIDING EMPLOYMENT OF THE POPULATION IN THE DIGITAL ECONOMY

The article examines the impact of population growth on the development of human capital and the rational use of labor resources.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA AHOLI ISH BILAN BANDLIGINI TA’MINLASH»

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA AHOLI ISH BILAN BANDLIGINI

TA'MINLASH

Mahliyo Ahmad qizi Miyassarova

Samarqand davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti

ANNOTATSIYA

Maqolada aholini ish bilan bandligini ta'minlashda yangi ish o'rinlarini tashkil etish va ishga joylashtirish muammolari o'rganilgan.

Kalit so'zlar. Bandlik, ish kuchi, faol aholi islohatlar, dasturlar.

PROVIDING EMPLOYMENT OF THE POPULATION IN THE DIGITAL

ECONOMY

ABSTRACT

The article examines the impact of population growth on the development of human capital and the rational use of labor resources.

Keywords: Employment policy of human resources, labor market, employment services.

O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hozirgi 2017-2021 yillarga muljallangan harakatlar strategiyasi davrida mehnat bozoridagi siyosat davlat tomonidan tartibga solish usullari va shakllari hamda xo'jalik yuritishni yangi shakllarini rivojlantirish asosida amalga oshirilmoqda. Davlat ish bilan bandlik xizmati mehnat bozoridagi davlat siyosatini amalga oshirishning tarkibiy qismi bo'lib, uni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari va vazifalarini belgilab beradi. Davlat ish bilan bandlik xizmati mehnat bozorida ijobiy ijtimoiy va iqtisodiy samaraga erishishga yo'naltirilgan. Bu bir tomondan, ko'p sonli ishga joylashtirilganlar normativ bo'yicha ish bilan bandlik Davlat jamg'armasiga ajratmalar ajratilishi uchun shart-sharoit yaratadi, ikkinchi tomondan esa ishsizlik nafaqasi oluvchilar soni kamayadi va faol yo'nalishlar uchun sharoit yaratiladi. Bu esa o'z navbatida, ularning ishga joylashishi uchun sifat ko'rsatkichlarini oshiradi.

Aholi bandligini ta'minlashda, ishchi kuchidan samarali foydalanish buyicha O'zbekiston Respublikasining "Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida"gi qonun, Prezident farmonlari, qarorlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari va bir qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, bu sohada ijobiy o'zgarishlar yuz bermoqda. Lekin shunga qaramasdan mintaqa darajalarida mehnat resurslarini foydali mehnatga jalb etish, yangi ish joylarini barpo qilish, ishchi kuchidan samarali foydalanish borasida bir qator ilmiy va amaliy muammolari hamon dolzarbligicha qolmoqda.

Ish bilan bandlik deganda avvalo, iqtisodiy faol aholining qonun hujjatlariga muvofiq, daromad keltiradigan faoliyatga ega bo'lishi tushuniladi. O'zbekiston Respublikasining "Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida"gi qonunining 2-moddasiga asosan ish bilan ta'minlash-fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o'z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan, ularga ish haqi (mehnat daromad) keltiradigan faoliyatidir.

"Ish o'rinlarini tashkil etish va ishga joylashtirishga muhtojlar 2020 yilda 1335,3 ming kishini tashkil etmoqda. Ishga joylashganlar soni 388531 kishini tashkil etadi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, respublikamizda doimiy aholi soni 2020 yil 1 aprel holatiga ko'ra 34036,8 ming kishini tashkil etdi va 2020 yilda 131,6 ming kishiga yoki 0,4 foizga oshdi. SHu jumladan, shahar aholisi soni 17183,7 ming kishini, qishloq aholisi 16853,1 ming kishini tashkil etadi, ya'ni jami aholi soniga nisbatan shahar aholisi 50,5 foizni, qishloq aholisi 49,5 foizni tashkiil etadi.

Samarqand viloyati dastur asosida 39952 ta o'ringa 45114 ta yoki 12,9 foiz o'sishga erishilib yangi ish o'rinlari yaratilgandir.

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bog'liq ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi sharoitida ustivor vazifa sifatida iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitlariga muvofiq keladigan aholini ish bilan bandlik siyosatining maqsad va vazifalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishdir. Aholini ish bilan bandligi zamonaviy hayot sifatini ta'minlash, inson kapitali rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratish va mehnat taqsimotini nisbatan yuqori darajaga o'tishini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan mehnat faoliyatining turli ko'rinishlarini va yo'nalishlarini o'z ichiga oladi. Aholini oqilona ish bilan bandligini ta'minlamasdan turib ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiy islohotlar yo'lidan yanada ilgarilab borish va zamonaviy mehnat bozorini ta'minlash mumkin emas. Bunda milliy iqtisodiyotimizning o'ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda, ish bilan bandlikning faol yo'nalishlarini rag'batlantirish asosida maqsadli dasturlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega, bu esa ish bilan bandlik siyosati inqirozga qarshi dastur bilan, ko'p ukladli iqtisodiyotni takror hosil bo'lish jarayonini jadallashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlarni isloh qilish bilan hamda mehnat resurslarini rivojlantiishning umumiy strategiyasi bilan chambarchas bog'liq bo'lishi lozimligini ifodalaydi.

Xududlarda aholini ish bilan ta'minlash davlat siyosati mehnat bozori konyukturasi va uning rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda umumdavlat va hududiy ish bilan bandlik dasturlarini ishlab chiqish va realizatsiyasini amalga oshirishda namoyon bo'ladi.

Ushbu sohada Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mehnat bozorida samarali davlat siyosatini yuritilishida xo'jalik yuritishning yangi shakllarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Xo'jalik yuritishni yangi shakllarini

vujudga kelishi iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va rivojlanayotgan tarmoqlarni modemizatsiyalash jarayonlari bilan muvofiqlikda amalga oshirilmoqda.

Mustaqil ish bilan bandlikni o'sishi uchun zarur sharoitlar ko'proq darajada erkin bozor iqtisodiyotini samarali o'sishi sharoitlariga mos keladi. Amalda mustaqil ish bilan bandlikni mavjud bo'lishining o'zi xususiy sektorga bog'liq, shuning uchun xususiy sektorni o'sishiga ko'maklashuvchi siyosiy va iqtisodiy sharoitlar, mustaqil ish bilan bandlikni rivojlanishiga ham yordam beradi.

Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichi vazifalaridan biri aholini kichik va xususiy biznesga ko'proq jalb etish, mamlakatda tadbirkorlar va mulkdorlar qatlamini shakllantirish hamda shu orqali aholining ish bilan bandligini ta'minlashga erishishdan iborat bo'ldi. Aholini ish bilan bandlikni ta'minlash maqsadida mehnat bozorini rivojlantirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutiladi; ishchi kuchiga talabni oshishi va uning taklifini kamayishiga yo'naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishni ko'paytirish; ish bilan bandlik xizmati va uning infratuzilmasida qudratli va tez rivojlanuvchi tizimni yaratish; aholining oqilona ish bilan bandligini shakllantirish; ishsizlikni yo'l qo'yiladigan darajasigacha qisqartirish; ish bilan band bo'lmagan mahalliy xodimlarning malakasi, raqobatbardoshligi, ijtimoiy himoyasi va eksportini oshirish, mehnat bozorida ish bilan bandlik va ishsizlikni tartibga solishning samarali tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini yaratish va h.k.

Ish bilan bandlik xizmatining yillar davomida rivojlanishi davrida qonunlar, talablar hamda ijtim oiy-iqtisodiy holatlar o'zgarmoqda, shunga mos ravishda faoliyat yo'nalishlari o'zgarishiga batafsil va aniq tuzatishlar kiritilmoqda. Biroq davlat ish bilan bandlik xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi shakllanib borishi va rivojlanishi ko'p yillar davomida deyarli o'zgarishsiz qolmoqda.

Buguni kunda O'zekiston Respublikasida aholi bandligining holatini tahlil qilish, korxonalarda yangi ish o'rinlarini yaratish holptini urganishda kuzatish usullari (anketa orqali kuzatish, monografik kuzatish)ni qo'llash asosida ishchi kuchidan foydalanish holatini tahlil etish prognozlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining aholini ish bilan band qilishning asosiy omili sifatida baholash kabi masalalarni o'rganish muhim hisoblanadi.

REFERENCES

1. Sobirov B.B., Khamidov O., Pardaev O.M., Ramos-Ramos S., Soliev M.B., Negmatov B.M. (2015). The role of social media, user generated platforms and crowd sourcing in the development of tourism destinations Journal of Hospitality Management and Tourism. Vol. 6 (4), pp. 30-38.

2. Khamidov O. (2017). New Stage of Tourisim Development in Uzbekistan: Actual Problems and Perspectives. World Scientific News. 86:3, pp. 134-149.

3. Khamidov O.K., Kahhorov O.S. (2020). Prospects of monitoring graduates' employment in digital technologies. Scientific reports of Bukhara State University. 4:5, P. 268-273.

4. Khamidov O.Kh., Kakhkhorov O.S. (2020). The specific areas of strategic management of higher educational institutions. Scientific reports of Bukhara State University. Vol. 3 : Iss. 4, P. 280-289.

5. Khudoykulov K., Khamidov O. (2015). Testing Capital Assert Pricing Model (CAPM) on the Emerging Markets of the Europe. Spanish Journal of Rural Development. Vol. VI (3), pp. 1-8.

6. Rakhimov O.K., Khamidov O., Cuesta Garcia T.S. (2019). Improvement and Modernization of Agricultural Irrigation. Uzbekistan Case Study. European Journal of Agriculture & Food Science. Vol. 2, No. 4.

7. Augustinova A., Stanco L., Damasek L., Kolmacka T., Khamidov O., Shaydullaev Sh. (2017). Archaeological Survey in the Oases of Maydon and Goz in the Piedmont of the Kugitang Mountains (South Uzbekistan) - Preliminary report for season 2017. Studia Hercynia. No. 2, pp. 139-159.

8. Stanco L., Shaydullaev Sh., Khamidov O., Augustinova A., Damasek L., Bek T., Kmosek M. (2017). In the footsteps of Euthydemus. Preliminary report for Archaeological Survey in the Baysun District (South Uzbekistan), Season 2018. Studia Hercynia. No. 1, pp. 141-72.

9. Inoyatova S.A., Khamidov O.Kh. (2018). ICT in Uzbekistan Tourism: Analysis of Online Customer Reviews. Scientific Conference "Problems and Prospects of Tourism Development for the Population in Need of Social Protection". Pp. 1-8.

10. Stanco L., Shaydullaev Sh., Bendezu-Sarmiento J., Lhuillier J., Kysela J., Shaydullaev A., Khamidov O., Havlik J., Tlusta J. (2016). Preliminary Report on the Excavations at Burgut Kurgan in 2015. Studia Hercynia, XX (2), pp.86-111.

11. Sayfutdinov Sh., Khamidov O., Sobirov B. (2015). Implementation of up-to-date experience of the world in the tourism sector of Uzbekistan, with the current innovative technologies and adjustable suggestions: case of Uzbekistan. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal. 5:8, pp. 84-107.

12. Хамидов О.Х. (2016). Узбекистонда экологик туризмни ривожлантиришни бош^аришни такомиллаштириш: муаммо ва ечимлар. Монография. Т.: Iqtisodiyot.

13. Khamidov O.Kh., Rakhimov J.J. (2021). Implementing economic clustering in Uzbekistan's tourism industry. Middle European Scientific Bulletin. 12, pp. 113-119.

14. Khamidov O.Kh., Yoqubjonova H.Y. (2020). The objective need for the development of ecoturism in the Fergana economic territory. Scientific reports of Bukhara State University. 4:2, pp. 276-280.

15. Inoyatova S., Khamidov O., Nigmonov A. (2018). Evalution of Online Hotel Booking Services in Uzbekistan. International conference on Eurasian economies, pp. 20-28.

16. Khamidov O.Kh., Rakhimov K.R. (2019). The scientist, who has made Bukhara the "Dome of Islam". Scientific reports of Bukhara State University 3:2, pp. 168-176.

17. Hamidov O.H. (2017). Improving the management mechanism for the development of ecotourism in Uzbekistan. Doctor of Science diss. Abstracts. Samarkand.

18. Хамидов О.Х. (2011). Экотуризм. Учебник.

19. Khamidov O.Kh. (2020). Foreign countries'experience in developing tourism potential and significance of clusters in Uzbekistan. - Scientific reports of Bukhara State University, 4:2, pp. 281-284.

20. Хамидов О.Х., Гушко С.В., Маманазаров А.Б., Кулишов В.В., Маманазаров И.А. (2020). Современная парадигма образования в условиях цифровой и SMART-экономики. Современное образование (Узбекистан). 89:4, C. 3-9.

21. Khamidov O. (2017). Opportunities f or the development of ecological tourism in our country. Newspaper of Zarafshan. No. 2.

22. Orlov V., Khamidov O., Poliakova V., Shylova V. (2020). The Problem of Decentralization of Public Power in the Context of Territorial's Independence. III International Scientific Congress Society of Ambient Intelligence. Pp. 370-377.

23. Хамидов О.Х., Ивета М., Гушко С.В., Жозе Б., Маманазаров А.Б., Кулишов В.В. (2020). Концепции и теории глобальной экономики и международных отношений: образовательный дискурс. Экономика и финансы (Узбекистан), 135:3, С. 91-98.

24. Хамидов О.Х. (2014). Перспективы привлечения инвестиций в гостиничную индустрию. Вюник Д1ТБ. № 18, С. 153-156.

25. Khamidov O. (2017). Opportunities for the development of eco-tourism in preserved Natural Areas of Uzbekistan. Beiträge zur Entwicklung in Usbekistan und China: Wissenschaftliche Schriftenreihe. 5, P. 92.

26. Хамидов О. (2017). Новый этап развития туризма в Узбекистане: актуальные проблемы и перспективы. Мировые научные новости. [Электронный ресурс].

27. Хамидов О.Х. (2006). Выбор конкурентой стратегии предприятия на рынке туристских услуг Узбекистана. Канд. дисс. Самарканд, 145 с.

28. Каххоров О.С., Адизов Б.И. (2019). Олий таълим муассасалари битирувчилари ракобатбардошлиги: тушунчалар, фикрлар, карашлар. Жамият ва Бошкарув. №1 (83), 115-117-бетлар.

29. Кагоров О.С., Сайфуллоев О.О. (2021). Агротуризм сохдсида ракобатбардош кадрлар тайёрлашнинг муаммолари ва истикболлари. Scientific progress. - Т. 2. - №. 3. - С. 667-674.

30. Кагоров О.С., Сайфуллоев О.О. (2021). Узбекистонда агротуризм - асосий муаммолар, хусусиятлар, ислохотлар ва соха учун кадрлар тайёрлаш зарурияти. Science and Education. - T.2. - №.3 - С. 354-366.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.