Научная статья на тему 'MAHALLA BOSHQARUVIDA XOTIN-QIZLARNING ISHTIROKI'

MAHALLA BOSHQARUVIDA XOTIN-QIZLARNING ISHTIROKI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
765
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mahalla / aholi qatlami / bandlik / mahalliy boshqaruv tizimi / ayollar ishtiroki / ayollar mehnati / tadbirkor ayol boshqaruvida ulushi / ijtimoiy rivojlanish. / makhalla / social stratum / employment / local self-government system / participation of women in self-government / female labor / growth and proportion of women in entrepreneurial activity / social development.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Axrorova Sevar Axmedovna

O‘zbekistonda mahallaning shakllanish davri juda uzoq o‘tmishga borib taqalashi bilan birga dunyodagi eng nodir o‘zini-o‘zi boshqaruv instituti sifatida mashhurligi bilan ham ajralib turadi. Mahallaning o‘ziga xos falsafiy tomonlari bor-ki, ularda: mahalla joylagan o‘rni, tabiiy sharoiti, ijtimoiy faollik dinamikasi, resurslari, mehnat munosabatlarining tashkil etilishi, bandlik, ehtiyojmand aholi qatlami, hanuzga qadar mukammal tarzda tadqiqot etilmagan. O‘zbekiston iqtisodiyotida, xususan ayollar ijtimoiy faolligi oshganligini so‘nggi 4 yil ichida keskin sur’atda oshdi. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan buyuk islohotlarda sharqona milliy mafkuramizni tiklash va unga sayqal berish ustuni, tarbiya maskani, mehr-oqibat bulog‘i, ezgulik beshigi bo‘lgan – mahallalarimizning fuqarolik jamiyati instituti asosini tashkil etuvchi alohida o‘ringa ega ekanligini ilmiy asoslash asosiy maqsad etib belgilandi. Xususan, mahalliy boshqaruv va jamoatchilik nazorati komissiyasi tarkibiga xotin-qizlarning kirib borishi bu ishlarni o‘zgarish va burilish yasamoqda. Mahalla boshqaruvida xotin-qizlarning ishtiroki va ularning samarali mehnatini tashkil etilishi, ushbu sektordagi faoliyatining tobora oshib borayotganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga ayollarning mahalla boshqaruv tizimidagi faoliyatiga doir muammolar ham yo‘q emas. Maqolada ushbu masalalar bo‘yicha atroflicha ayrim mulohazalar yuritiladi va takliflar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PARTICIPATION OF WOMEN IN THE COMMUNITY GOVERNANCE

The period of formation of the mahalla in Uzbekistan goes back centuries, and it is also known as the world’s rarest institution of self-government. The makhalla has its own philosophical aspects: the location of the makhalla, natural conditions, dynamics of social activity, resources, organization of labor relations, employment, low-income population, which have not yet been fully studied. The growth of social activity in the economy of Uzbekistan, especially women, has sharply increased over the past 4 years. The main goal is to scientifically substantiate the role of our makhallas on the expanded reforms carried out by our state, which is the backbone of our national ideology, a place of education, a source of kindness, a cradle of good. In particular, the inclusion of women in local government and public oversight commissions is important. The participation of women in the management of makhallas and the organization of their productive work is due to the growing activity in this sector. At the same time, there are problems with the participation of women in the self-government system. The article provides some detailed comments and suggestions on these issues.

Текст научной работы на тему «MAHALLA BOSHQARUVIDA XOTIN-QIZLARNING ISHTIROKI»

Scientific Journal Impact Factor

MAHALLA BOSHQARUVIDA XOTIN-QIZLARNING ISHTIROKI

Axrorova Sevar Axmedovna, ToshDTU dotsenti, f.f.n.

E-mail: sevaraxrorova@mail.ru

Annotatsiya: O'zbekistonda mahallaning shakllanish davri juda uzoq o'tmishga borib taqalashi bilan birga dunyodagi eng nodir o'zini-o'zi boshqaruv instituti sifatida mashhurligi bilan ham ajralib turadi. Mahallaning o'ziga xos falsafiy tomonlari bor-ki, ularda: mahalla joylagan o'rni, tabiiy sharoiti, ijtimoiy faollik dinamikasi, resurslari, mehnat munosabatlarining tashkil etilishi, bandlik, ehtiyojmand aholi qatlami, hanuzga qadar mukammal tarzda tadqiqot etilmagan. O'zbekiston iqtisodiyotida, xususan ayollar ijtimoiy faolligi oshganligini so'nggi 4 yil ichida keskin sur'atda oshdi. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan buyuk islohotlarda sharqona milliy mafkuramizni tiklash va unga sayqal berish ustuni, tarbiya maskani, mehr-oqibat bulog'i, ezgulik beshigi bo'lgan - mahallalarimizning fuqarolik jamiyati instituti asosini tashkil etuvchi alohida o'ringa ega ekanligini ilmiy asoslash asosiy maqsad etib belgilandi.

Xususan, mahalliy boshqaruv va jamoatchilik nazorati komissiyasi tarkibiga xotin-qizlarning kirib borishi bu ishlarni o'zgarish va burilish yasamoqda. Mahalla boshqaruvida xotin-qizlarning ishtiroki va ularning samarali mehnatini tashkil etilishi, ushbu sektordagi faoliyatining tobora oshib borayotganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga ayollarning mahalla boshqaruv tizimidagi faoliyatiga doir muammolar ham yo'q emas. Maqolada ushbu masalalar bo'yicha atroflicha ayrim mulohazalaryuritiladi va takliflar beriladi.

Kalit so'zlar: mahalla, aholi qatlami, bandlik, mahalliy boshqaruv tizimi, ayollar ishtiroki, ayollar mehnati, tadbirkor ayol boshqaruvida ulushi, ijtimoiy rivojlanish.

Аннотация: Период становления махалли в Узбекистане уходит корнями в глубину веков, и она также известна как самый редкий в мире институт самоуправления. У махалли есть свои философские аспекты: расположение махалли, природные условия, динамика социальной активности, ресурсы, организация трудовых отношений, занятость, малообеспеченное население, которые еще до конца не изучены. Рост социальной активности в экономике Узбекистана, особенно женщин, резко увеличился за последние 4 года. Основная цель - научно обосновать роль наших махаллей о расширенных реформах, проводимых нашим государством, которое является опорой нашей

Scientific Journal Impact Factor

национальной идеологии, местом образования, источником доброты, колыбелью добра.

В частности, имеет значение включение женщин в состав местных органов власти и общественных надзорных комиссий. Участие женщин в управлении махаллей и организации их производительного труда объясняется растущей активностью в этом секторе. В то же время существуют проблемы с участием женщин в системе самоуправления. В статье представлены некоторые подробные комментарии и предложения по этим вопросам.

Ключевые слова: махалля, социальный слой, занятость, система местного самоуправления, участие женщин в самоуправление, женский труд, рост и доля в предпринимательской деятельности женщи, социальная развития.

Abstract: The period of formation of the mahalla in Uzbekistan goes back centuries, and it is also known as the world's rarest institution of self-government. The makhalla has its own philosophical aspects: the location of the makhalla, natural conditions, dynamics of social activity, resources, organization of labor relations, employment, low-income population, which have not yet been fully studied. The growth of social activity in the economy of Uzbekistan, especially women, has sharply increased over the past 4 years. The main goal is to scientifically substantiate the role of our makhallas on the expanded reforms carried out by our state, which is the backbone of our national ideology, a place of education, a source of kindness, a cradle of good.

In particular, the inclusion of women in local government and public oversight commissions is important. The participation of women in the management of makhallas and the organization of their productive work is due to the growing activity in this sector. At the same time, there are problems with the participation of women in the self-government system. The article provides some detailed comments and suggestions on these issues.

Key words: makhalla, social stratum, employment, local self-government system, participation of women in self-government, female labor, growth and proportion of women in entrepreneurial activity, social development.

Mahallaning shakllanish davri juda uzoq o'tmishga borib taqaladi. Qadim davrlardan bo'yon Markaziy Osiyo hududlarida - xalqning o'ziga xos turmush tarzi bilan bog'liq holda shakllangan boy tarixini mujassam etgan jamoaviy tizimiga "mahalla" deb yuritilgan. Aslida har bir xalqning jamoaviy birlikni anglatuvchi

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

dunyoqarash shakli juda qadimiy ma'naviy meros, urf-odatlar orqali asrlar mobaynida avloddan-avlodlarga o'tkazib kelinmoqda. Chunonchi qadim Turon va Eron zaminida eng qadimgi dinlardan biri hisoblangan otashparastlik an'analari va diniy tafakkur shaklida ham ijtimoiy hayotning o'sha davriga xos axloqiy-falsafiy g'oyalari aks etgan. Mahalla Amir Temur davrigacha ham, Alisher Navoiy, Ulug'bek, Bobur zamonlarida ham, bobokalonlarimiz oq podsho hukmronligi ostida yashagan davrlarda ham, sho'rolarning "farovonlik" davrida ham bor edi.

Mustaqillikning o'tgan yillari mobaynida aholi o'zini-o'zi boshqaruvining noyob tizimi bo'lgan mahallalarni jamiyatimiz ma'naviy va iqtisodiy hayotidagi ahamiyatini oshib bormoqda. Mahalla va uning o'ziga xos jihatlari, ma'naviy va tarbiya o'chog'i sifatidagi o'rni, unda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar salmog'i, jahondagi boshqa xalqlarning o'zbek mahallasiga munosabati kabi masalalarni o'rganishga bo'lgan ehtiyoj vujudga keltirdi. Iqtisodiyoti rivojlangan ilg'or mamlakatlar olimlarining o'zbek mahallasiga bo'lgan qiziqishi va uni o'rganishayotganliklari, ularni jamiyatning moddiy hamda ma'naviy rivojiga mahalla tizimining beqiyos katta hissa qo'shishi mumkinligi, bu yo'nalishda noyob insoniy fazilatlarning namoyon bo'lishi, ya'ni fidoyilik, bir-biriga yordam, axloqiylik va ma'naviyat o'chog'i bo'lgan mahalla tizimini o'z jamiyatlariga tatbiq etish zarurligi xususidagi fikrlari e'tiborga loyiqdir.

Ma'lumki mahalla o'z mohiyati va faoliyatiga ko'ra, faqat hududiy uyushma emas, balki ijtimoiy tuzilma, ya'ni kishilar turmush tarzining tashkiliy shakli hamdir. Mahallaning asosiy vazifasi o'ziga tegishli ma'muriy hududiy birlik doirasida oilalar turmush tarzidan xabardor bo'lish, oilaviy urf-odat va marosimlarda qatnashish hamda uni boshqarish jarayonlarida ishtirok etishdan iborat. Bu haqda O'zbekiston birinchi Prezidenti I. Karimov shunday degan edi: "Mahalla hozir xalq ishonchini qozongan adolatli maskan hamda aholini qo'llab-quvvatlash mexanizmi bo'lib qoldi. U jamiyatimizda islohotlarni amalga oshirishning ishonchli tayanchi va ta'sirchan vositasiga aylanmog'i darkor"[1].

Mahalla bo'yicha ma'lumotlar eng qadimiy tarixiy etnografik adabiyotlardan biri bo'lgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto"da jamiyatning birlamchi iqtisodiy asosi, ijtimoiy tarkibi oila (nmana), urug'-jamoa(vis), qo'ni-qo'shni jamoa(dahyu) deb atalgan va ular jamiyatda o'zaro uyushqoqlikni ta'minlagan[2]. A.O. Makovelskiy ta'rificha, zardushtiylar jamoasida kishilar turmush tarzi, xo'jalik munosabatlari, diniy e'tiqodlariga ko'ra bir qancha toifalarga bo'linganki, ularning mavqei "Avesto" kitobida maxsus qayd etilgan[3]. Jamoaviy turmush tarzi munosabatlari islom dinining muqaddas kitobi Qur'oni Karimda,

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Scientific Journal Impact Factor

Hadisu-shariflarda axloqiy qarashlar ko'rinishida ifodalanib kelingan[4]. Bundan tashqari Yusuf Xos Hojib, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Yassaviy, Kaykovus,Mahmud Koshg'ariy, Rizouddin ibn Faxruddin, Alisher Navoiy kabi ko'plab allomalarning asarlarida qadimgi turkiy va boshqa etnoslar oilaviy turmush tarzi, urf-odat va marosimlari, diniy e'tiqod va tasavvurlari haqidagi muhim ma'lumotlarda aks ettirilgan. XIX asr ikkinchi yarmida rus mustamlakachilari o'zbek xalqining qo'ni-qo'shnilar orasida urug'-jamoaviy munosabatlar, xotin-qizlar ahvoli, nikoh munosabatlari masalalari rus etnograf olimlari A.D. Grebenkin, V. Nalivkin, M. Nalivkina, senator graf K.K. Palen hisobotlari va ma'lumotlarida aks etgan. XX asr boshlarida esa V.A. Shishkin, A.I. Dobromislov, N.G. Mallisskiylarning asosan Toshkent shahri va vohasidagi mahalla va mavzelar tarixi, joylashinishi, tarixiy toponimiyasi haqida yozishgan bo'lsa o'tgan asrning o'rtalarida o'zbeklar jamoasi va mahallardagi ijtimoiy hayot tafsilotlarini G.P. Snesarev, O.A. Suxareva, o'zbek tadqiqotchilaridan A. O'rinboyev, Muhammad Solih, K. Sh. Shoniyozov asarlarida mahallalardagi ijtimoiy hayot, shahar topografiyasi, o'zbek etnoslari, mahalla va mavzelarning nomlanishi, tabiiy sharoit va marosimlari haqida ijtimoiy munosabatlar tahliliga oid ma'lumotlar berib o'tilgan. XX asrning 90-yillarida N. P. Lobacheva, Z.X. Arifxonova, O. Bo'riev tadqiqotlarida o'z ifodasini topgan.

XX asrdagi Toshkent eski shahar qismi aholisi turmush tarzi va madaniyati haqidagi tadqiqotlarning davomli ko'rinishlarini mustaqillik yillarida M. Quronov, Sh. Jalilov, X. Meliqulov, Sh. Minovarov, G. Ma'rufova, V. Karimova, R. Sheraliev, G. Yo'lchiyev, F. Tolipov va X. Bo'riyevlar davom ettirib jamoviy hayotda mahallaning tutgan o'rni, davlat boshqaruvidagi faoliyati, milliy meros sifatidagi qadriyatlar majmuasi sifatidagi u yoki bu jihati haqidagi muammoni yoritishga qaratiganlar.

Dunyo miqyosida globallashuv jarayonlarining o'sib borishi bilan mahalla tizimida gender tenglik munosabatlarida ayol va xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi haqidagi masalalarning dolzarb ahamiyatga ega bo'lib borayotganligi haqidagi tadqiqotlar esa barmoq bilan sanarli darajada kam olib borilgan. Shu bois, tadqiqotimizda O'zbekistonning mustaqillik yillarida o'zini-o'zi boshqarish organi sifatidagi masalalardagi holat bilan chuqurroq tanishishi maqsadida "zamonoviy o'zbek ayoli" qiyofasi haqidagi ijtimoiy falsafiy jihatlarni yoritishga jazm etdik.

Bugungi kunga qadar ijtimoiy falsafiy tadqiqotlarda xotin-qizlar faolligining oshishiga nisbatan adekvat tarzdagi jamoatchilik fikri munosabatining shakllanishi masalalari fuqarolik jamiyatini takomillashtirish sharoitida yangi sotsiomadaniy qadriyatlarni tarkib toptiruvchi fenomen sifatida yetarli darajada o'rganilmagan. 1991

NATIJALAR.

Scientific Journal Impact Factor

yildan 2020 yilgacha faoliyat olib borgan O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi va Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi rahbar organlari faoliyati hozirgi davr talablariga javob bera olmaydigan holatga tushib qolayotganligini hisobga olindi. Oqibatda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini moliyalashtirishning yangi tizimiga o'tish -O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 18 fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi HO-5938-son Farmoni qabul qilindi[5].

Mamlakatimizda oila, xotin-qizlar va keksalarga yordam ko'rsatish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan idora - "Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi" hamda uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo'linmalari tashkil etildi. Yangi vazirlikning tashkil etilishi, fuqarolar yig'inlaridagi tuzilmaviy qayta tashkil etishlar va ularning vazifalarini qayta ko'rib chiqish, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini moliyalashtirishning yangi tizimiga o'tishga qaratildi.

Farmonga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda "Mahalla" o'quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi va vazirlik tuzilmasiga o'tkaziladi. Ma'lumot uchun, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi va Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi rahbar organlarining ushbu tashkilotlarni tugatish haqidagi qarorlari qabul qilindi.

Shuningdek, O'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi "Nuroniy" jamg'armasining KopaKannoFHCTOH PecnyönHKacH, viloyatlar va TomKeHT shahar, tuman (shahar) bo'limlarini tugatish haqidagi qarorlari qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2021 yil 26 fevral kuni o'tkazgan videoselektorida o'zbek xotin qizlari va ayollarining ijtimoiy faolligi masalasiga alohida e'tibor qaratdi[6].

Keyingi vaqtda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi rahbariyati boshchiligida respublika ishchi guruhi tuzilib, barcha hududlarda ayollarni qiynayotgan muammolar aniqlandi. Ushbu muammolar bo'yicha manzilli ish olib borish uchun mutlaqo yangi tizim - "ayollar daftari"ni joriy etilib amaliy ishlarga jonlandi.

Scientific Journal Impact Factor

2021 yil dastlabki 3 oyida respublika komissiyasi tomonidan ushbu "daftar'larga kiritilgan 80 ming nafar xotin-qizning muammolari hal etildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og'ir ayollarning 32 ming nafari ish bilan ta'minlandi. Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasi mablag'lari hisobidan salkam 17 ming nafar xotin-qizga amaliy yordamlar ko'rsatildi.

Birgina "Har bir oila - tadbirkor" dasturi doirasida 126 mingga yaqin ayollarga imtiyozli kreditlar berildi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qariyb 215 ming oilaga 6 trillion so'mdan ziyod kredit mablag'lari ajratildi. Qariyb 55 ming nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va kasbhunar markazlari tomonidan o'qitildi, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyov tomonidan qabul qilingan Besh muhim tashabbus doirasida chekka hududlarda tikuvchilik sexlari tashkil etilib, 10 ming nafar ayollar bandligi ta'minlandi.

Uy-joy sotib olish uchun 1 ming 250 nafar opa-singillarimizga qariyb 22 milliard so'mlik boshlang'ich badallar to'lab berildi.

Unga ko'ra, jamiyatda ayollarimizga bo'lgan e'tiborni eng quyi bo'g'in -mahallagacha yetkazib, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashning yangi tizimi yaratilmoqda.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda turli soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning 45 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Jumladan, davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 ming 400 ga yaqin opasingillarimiz rahbarlik lavozimlarida mehnat qilmoqda. Ulardan 17 nafari senator, 16 nafari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo'lib, 1 ming 49 75 nafari esa xalq deputatlari mahalliy kengashlari tarkibida faoliyat yuritmoqda.

O'nlab opa-singillarimiz "O'zbekiston Qahramoni", "O'zbekiston fan arbobi", "O'zbekiston xalq o'qituvchisi", "O'zbekiston xalq shoiri", "O'zbekiston xalq artisti" singari davlatimizning yuksak faxriy unvonlari, orden va medallariga sazovor bo'lgan. Ularning orasida 500 nafardan ziyod fan doktorlari va akademiklar, minglab fan nomzodlari o'z bilimi va iste'dodi bilan Vatanimiz ravnaqiga astoydil xizmat qilib kelmoqda.

Mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlari va mahalla tizimlarida ham ayollar ishtiroki kengaydi. Masalan, keyingi davrda bandlik tizimidagi xotin-qizlar hissasi 44 foizdan 45,7 foizga o'sdi. O'z biznesini ochayotgan va salmoqli muvaffaqiyatga erishayotgan tadbirkor ayollarning soni ham oshib bormoqda. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, kichik korxonalar rahbarlarining 40,4 foizini, mo''jaz tadbirkorlik sub'ektlari rahbarlarining 13,7 foizini xotin-qizlar vakillari tashkil etmoqda.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining AOKAda «Aholini ijtimoiy himoya qilish va sohaga oid qonunchilikdagi so'nggi o'zgarishlar» mavzusida o'tkazilgan brifingida vazirlik matbuot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva hozirgi kunda respublikadagi mahallalar soni 31 taga ko'payib, 9 199taga yetganini MatnyM KHngn[7]. Agarda ana shu 9 199ta mahallarda yangi talablar doirasida xizmat ko'rsatayotgan mahalla raislari va uning o'rinbosarlari sonining 40 foizini ayol xotin-qizlar tashkil etishini taxminiy hisoblab chiqadigan bo'lsak, unda 3676 nafari mahallalarda fidokorona ishlab kelmoqdalar.

Tahlillar ko'rsatadiki, xotin-qizlarimizning bandlik ko'rsatkichi ma'lumot darajasiga bog'liq bo'lmoqda. Xususan, so'ralgan oliy ma'lumotlilarning 68,7 foizi, o'rta hamda o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lganlarning 30 foizdan kam qismi haq to'lanadigan ish joyiga ega.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, yurtimizdagi korxona va tashkilotlarda yollanib ishlovchi ayollarning ma'lumot darajasi 2015 yilda oliy 33,1 %, o'rta maxsus 48,6 %, o'rta va tugallanmagan o'rta ma'lumot 18,3 % ni tashkil qilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2016 yilda oliy 33,7 %, o'rta maxsus 49,5 %, o'rta va tugallanmagan o'rta ma'lumot 16,8 % ni tashkil qilgan[8].

2021 yil 7 martida O'zbekiston Prezidentining O'zbekiston xotin-qizlariga 8 mart kuni munosabati bilan yo'llagan tabrigida shunday satrlarga ko'zimiz tushadi: "Hozirgi kunda yurtimizda mehnat bilan band aholining 45 foizini xotin-qizlar tashkil etsa, boshqaruv tizimida ularning ulushi 33 foizga yetdi. Shashti baland, tashabbuskor va liderlik qobiliyati bor ayollar mas'uliyatli lavozimlarga jalb etilayotir. Xususan, bir yarim mingga yaqin ayollar turli sohalarda rahbarlik lavozimlarida ishlayotgani ham shundan dalolat"[9].

MUHOKAMA.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» markazi hamda «Mahalla» o'quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida tashkil etilgan «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti Vazirlik tuzilmasiga o'tkaziladi. Xotin-qizlar qo'mitasi, Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi va «Nuroniy» jamg'armasining hududiy bo'limlari tugatiladi. Ularning vazifalari vazirlik bo'linmalariga topshiriladi.

Bu holatda o'zini-o'zi boshqarish organlarining tuzilmasiga quyidagi o'zgartirishlar kiritildi.

Tugatildi Tashkil etiladi(joriy etiladi)

Lavozimlar

Fuqarolar yig'ini raisi o'rinbosari: • Fuqarolar yig'ini raisi o'rinbosari:

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

• Ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo'yicha maslahatchi; • Tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga ko'maklashish va obodonlashtirish ishlari bo'yicha maslahatchi; • Yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchi; • Keksalar va faxriylar ishlari bo'yicha maslahatchi; - Huquq-tartibot masalalari bo'yicha; - Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo'yicha; - Obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo'yicha; • Oila va xotin-qizlar bo'yicha mutaxassis; • Fuqarolar yig'ini raisining maslahatchisi; - Yoshlar masalalari bo'yicha; - Keksalar va faxriylar ishlari bo'yicha

Jamoatchilik tuzilmalari/komissiyalari

• Yarashtirish komissiyasi; • Ma'rifat va ma'naviyat masalalari bo' yicha komissiya; • Ijtimoiy-qo'llab-quvvatlash bo'yicha komissiya; • Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo'yicha komissiya; • Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirishmasalari bo'yicha komissiya; • Jamoatchilik nazorati va iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha komissiya; • "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasi • Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi; • Ijtimoiy qo' llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo'yicha komissiya

Shu bilan birga, fuqarolar yig'ini raislariga quyidagi qo'shimcha huquqlar berildi[10]:

tegishli hududdagi profilaktika inspektori faoliyatiga baho berish hamda uni rag'batlantirish yoki unga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo'lgan jazo choralarini qo'llash bo'yicha IIV organlariga ko'rib chiqilishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritish;

uy-joy mulkdorlarining umumiy yig'ilishiga boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish to'g'risida taklif kiritish;

ko'p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog'liq masalalarda uy-joy

Scientific Journal Impact Factor

mulkdorlarining roziligi asosida ularning nomidan boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan o'zaro munosabatlarga kirishish.

Ilgari ayollar faqat oila ishlari bilan mashg'ul bo'lganlar. XXI asr ayollarining esa farzand tarbiyasi, oilasiga sadoqatidan tashqari boshqa qadriyatlari ham shakllandi. Bu ularning jamiyatda o'z o'rnini topishga intilishi, egallagan kasbi orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shish istagidir, bu ijobiy holatdan tashqari takomillashgan maishiy xizmat ko'rsatish texnologiyalari muayyan darajada qo'l mehnatini osonlashtirdi.

Rahim Sherqulov ta'kidlashicha 2021 yil 7 mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkendagi Xalqaro kongress markazidagi tantanali tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti jamiyat hayotida xotin-qizlarning roli haqida juda ko'p misollarni keltirib o'tdi. Ayniqsa, mahallabay ishlashning ahamiyatini yana bir bor ta'kidladi. Bu tizim mahallalardagi ayollarning muammolarini o'z vaqtida aniqlash va hal etish imkoniyatini beryapti. Xotin-qizlar har sohada olib borilayotgan xalqchil siyosatdan, ayollarga ko'rsatilayotgan e'tibordan minnatdor.

Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilgani ham bejiz emas. Bu, oilaviy nizolarning oldini olish, ajrimlar sonini kamaytirish va yosh avlod tarbiyasini kuchaytirishda biz, onalarning, mahalla kayvonilarining mas'uliyatini yanada oshirdi. Bugun butun dunyo hamjamiyati havasini tortayotgan yangi O'zbekistonimizning bunyodkorlari bo'lmish o'g'il-qizlarni tarbiyalash - asosiy va bosh vazifamiz[11].

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev ta'kidlaganlaridek: Bundan buyon O'zbekistonda bironta ham ayol davlat va jamiyatning e'tiboridan chetda qolmaydi.

Shuningdek, joriy yilda turmush sharoiti og'ir bo'lgan ayollar hamda yolg'iz onasi qaramog'ida o'sgan qizlarni uy-joy bilan ta'minlash maq- sadida byudjetdan 210 milliard so'm mablag' ajratiladi.

Boshpanasi bo'lmagan ayollarni ijara asosida "ijtimoiy uy-joylar" bilan ta'minlash uchun yana 211 milliard so'm yo'naltiramiz. Bundan tashqari, boquvchisini yo'qotgan hamda o'zgalar parvarishiga ehtiyojmand bo'lgan xotin-qizlarga moddiy yordam berish va malakali tibbiy yordamga muhtoj ayollarni davolash uchun qo'shimcha ravishda 110 milliard so'm beriladi.

XULOSA.

Scientific Journal Impact Factor

Shu bilan birga, ayollar bandligini ta'minlash, ularni kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlik sohasidagi tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash uchun byudjetdan qo'shimcha ravishda 600 milliard so'm ajratiladi.

Xulosa qilib shuni ham ta'kidlash lozimki bugungi kunda har qanday jamiyatning asosiy «ko'zgusi» - xotin-qizlar ekanligi shubhasizdir. Chunki, jamiyatning ijtimoiy tuzumi qanday bo'lishidan qat'iy nazar, o'sha jamiyat aholisi turmushining farovonlik darajasi, oilalar barqarorligi, kelajak avlod - farzandlar tarbiyasi, iqtidori, jamiyatdagi intellektual salohiyat, ma'naviyat va madaniyat, ma'rifat, qo'yingki, barcha jabhalarda erishilgan yutuqlar shu jamiyat taraqqiyotiga xotin-qizlarning qo'shadigan hissasi va o'sha jamiyatning ayollarga munosabati bilan belgilanadi.

1. Karimov I.A. O'zbekiston: iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida-Toshkent., O'zbekiston, 1995. 29-bet. (Karimov I.A. Uzbekistan: on the way to deepening economic reforms - Tashkent., Uzbekistan, 1995. -P.29.)

2. Ishquvvatov V. , Tolipov F. Mahalla: o'tmishda va bugun. - Toshkent., Navro'z. 2014. - B.11. (Ishquvvatov V. , Tolipov F. Neighborhood: past and present. -Tashkent., Navruz. 2014. - P.11.)

3. Makovelskiy A.O. Avesta. - Baku., 1960. - S. 89-91. (Makovelskiy A.O. Avesta. - Baku., 1960. - pp. 89-91.)

4. Qur'oni Karim(Tarjima va izohlar muallifi Alovuddin Mansur) - Toshkent., Cho'lpon, 1992. - 544 b.; Yana qarang: Imom Ismoil al-Buxoriy Hadis. -Toshkent, 1990-1991. I-II-III jild. (The Holy Quran (Translation and commentary by Alovuddin Mansur) - Tashkent, Cholpon, 1992. - 544 pp .; See also: Imam Ismail al-Bukhari Hadith. - Tashkent, 1990-1991. Volumes I-II-III.)

5. https://lex.uz/docs/4740345(https://lex.uz/docs/4740345)

6. «Xalq so'zi» gazetasi № 42 27.02.2021 (The word of the people №42 27.02.2021)

7. Boymirzayeva S. O'zbekistonda 31ta yangi mahalla tashkil etildi. Qarang: https://kun.uz/news/2021/04/08/(Boymirzaeva S. 31 new mahallas have been established in Uzbekistan. See: https://kun.uz/news/2021/04/08/)

8. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo'mitasi ma'lumotlari. (Data of the State Statistics Committee of the Republic of Uzbekistan.)

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyovning 2021 yil 7 martida O'zbekiston xotin-qizlariga yo'llagan tabrigidan. (President of the Republic of Uzbekistan From the congratulatory message of Sh.Mirziyoyev to the women of Uzbekistan on March 7, 2021.)

ADABIYOTLAR RO'YXATI(REFERENCES)

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

10. (https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda yangi/mahalliy )https://www.norma.uz /uz/qonunchilikda yangi/mahalliy

11. «Xalq so'zi» gazetasi № 48 07.03.2021. ("The word of the people" № 48 07.03.2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.