Научная статья на тему 'IQTISODIYOTDA KOOPERATSIYAGA ASOSLANGAN AGROKLASTER YO‘NALISHLARI'

IQTISODIYOTDA KOOPERATSIYAGA ASOSLANGAN AGROKLASTER YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
124
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
marketing / kooperatsiya / o‘zaro hamkorlik / innovatsiya / bozor infratuzilmasi / talab va taklif. / marketing / cooperation / interaction / innovation / market infrastructure / supply / and demand.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Gapparov Behzod Ne’Matillayevich, Muhitdinov Abduvaxob Abduvali O‘G‘Li, Abbazov Baxodir Toir O‘G‘Li

Maqolada mamlakatimizda so‘nggi paytlarda ish yuritish tizimiga tobora kirib borayotgan klaster tizimi bo‘yicha iqtisodiyotning agrosanoat majmuasi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarining doimiy ish jarayonlarini yuritish maqsadida, xo‘jaliklararo kooperatsion aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun xo‘jalik yuritish klasterining marketing axborot tizimi va uning prinsipial jihatlari xo‘jalik yuritish uslubi sifatida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COOPERATION-BASED AGROCLASTER DIRECTIONS IN THE ECONOMY

The article examines the agro-industrial complex in the cluster system of the economy, which has recently entered the economic system in the country, in order to maintain the continuity of business processes of economic entities, to establish inter-farm cooperation relations. The marketing information system and its main aspects are described as a management style.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTDA KOOPERATSIYAGA ASOSLANGAN AGROKLASTER YO‘NALISHLARI»

Scientific Journal Impact Factor

О

IQTISODIYOTDA KOOPERATSIYAGA ASOSLANGAN AGROKLASTER YO'NALISHLARI

Gapparov Behzod Ne'matillayevich, Jizzax Politexnika instituti mustaqil ilmiy izlanuvchisi

Muhitdinov Abduvaxob Abduvali o'g'li, Jizzax Politexnika instituti mustaqil ilmiy izlanuvchisi

AbbazovBaxodir Toir o'g'li, Jizzax Politexnika instituti mustaqil ilmiy izlanuvchisi gapparov1174@mail.ru

Annotatsiya: Maqolada mamlakatimizda so 'nggi paytlarda ish yuritish tizimiga tobora kirib borayotgan klaster tizimi bo 'yicha iqtisodiyotning agrosanoat majmuasi xo'jalik yurituvchi sub'yektlarining doimiy ish jarayonlarini yuritish maqsadida, xojaliklararo kooperatsion aloqalarni yo'lga qo'yish uchun xo'jalik yuritish klasterining marketing axborot tizimi va uning prinsipial jihatlari xo'jalik yuritish uslubi sifatida bayon qilingan.

Kalit so'zlar: marketing, kooperatsiya, o'zaro hamkorlik, innovatsiya, bozor infratuzilmasi, talab va taklif.

Аннотация: В статье рассматривается агропромышленный комплекс в кластерной системе экономики, недавно вошедшей в систему хозяйствования в стране, с целью поддержания непрерывности бизнес-процессов хозяйствующих субъектов, налаживания межхозяйственных кооперационных отношений. Маркетинговая информационная система и ее основные аспекты описаны как стиль управления.

Ключевые слова: маркетинг, кооперация, взаимодействие, инновации, рыночная инфраструктура, спрос и предложение.

Abstract: The article examines the agro-industrial complex in the cluster system of the economy, which has recently entered the economic system in the country, in order to maintain the continuity of business processes of economic entities, to establish inter-farm cooperation relations. The marketing information system and its main aspects are described as a management style.

Keywords: marketing, cooperation, interaction, innovation, market infrastructure, supply, and demand.

O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilgan iqtisodiy islohotla^ davlat mulkini xususiylashtirish va xususiy tadbiïkoriikga keng

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

yo'l ochish natijasida ko'p ukladli iqtisodiyot shakllandi va faoliyat ko'rsatmoqda. Unda turli tarmoq va sohalarga mansub bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi yirik korxonalar bilan birga aholi tashabbusi bilan barpo etilgan mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, xususiy korxonalar toifasidagi kichik tadbirkorlik korxonalari asosiy o'rin tutadi. Xususiy korxonalar iste'mol bozorlarini tovar va mahsulotlar bilan to'ldirish, aholining bandligini ta'minlash bilan birga, oilalar daromadining asosiy manbasiga ham aylanib bormoqda. Ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida ta'kidlanganidek "Agrar tarmoqda fermerlik harakatini qo'llab-quvvatlash bilan birga, paxta va g'alla yetishtirishni klaster shakliga bosqichma-bosqich o'tkazish bo'yicha izlanishlarimizni, shuningdek, meva-sabzavot, sholichilik, chorvachilik, ipakchilik kabi boshqa tarmoqlarda ham bugungi kun talabiga javob beradigan klasterlarni tashkil etish ishlarini davom ettiramiz. Bu yil 2 mlrd dollarlik, keyingi 5-7 yilda esa 3-4 barobar ko'p meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun mahsulot yetishtirishni keskin ko'paytirish choralarini ko'rish zarur. Parlamentimiz ushbu islohotlarimizning huquqiy asosi bo'lgan "Kooperatsiya va klasterlar to'g'risidagi" yangi qonunni tezroq qabul qilsa, ushbu reja va niyatlarimizga mos ish bo'lur edi" [1]. Bugungi kunning vazifasi bunday mas'uliyatli vazifani o'z vaqtida va samarali hal etish uchun xo'jalik yuritish klasterlari ko'lamini yanada kengaytirish, ular imkoniyatlarini to'liq izga soluvchi yo'nalishlar va usullarni qidirib topish hamda amaliyotga joriy etishdan iboratdir.

Mazkur yo'nalishlar bo'yicha iqtisod fanlari doktori professor B. B. Berkinov, M.A. Aynakulov ilmiy ishlarining natijasi sifatida 2004 yilda chop ettilgan "Kichik tadbirkorlik korxonalarining yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi" nomli monografiyasi [2], shuning birgalikda B.B. Berkinovning "Kooperatsiyaga asoslangan kasanachilik" nomli ommabop risolasi ham [3] va o'z navbatida ta'kidlash joiz, bugungi kunda "Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida" gi (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 21-son, 390-modda), "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, byudjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub'yektlarini qo'llab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablag'larini jalb qilish chora tadbirlari to'g'risida" gi QHMMB: 07/20/4691/0485-son 23.04.2020, "Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo'jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo'yicha o'rganishlar o'tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish to'g'risida"

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Scientific Journal Impact Factor

o

gi (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1011/0456-son; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 09.07.2019-y., 07/19/566/3396-son),"Dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.03.2018-y., 09/18/205/0921 - son), "Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaliklarini hamda meva-sabzavot klasterlarini qo'shimcha moliyaviy qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 20.02.2020-y., 09/20/102/0195-son), "Oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash dasturlari doirasida bog'dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 09/20/52/0100-son) kabi direktiv hujjatlar xo'jalik yuritish klasteri uchun institutsional asos sifatida xizmat qilmoqda. Klasterning samaradorligini aniqlash asosan kuzatuv, ekspriment yondashuvidagi qiyosiy tahlil usuli yordamida amalga oshiriladi.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, ana shunday yo'llardan biri - bu klasterlar doirasidagi ishlab chiqarish kooperatsiyasini tashkil etish va rivojlantirish hisoblanadi. Klaster doirasidagi turli xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning o'zaro hamkorligi va ishlab chiqarish kooperatsiyasining ahvolini o'rganib chiqish avvalombjr qiyidagi potentsial jarayonlarga keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi:

- iqtisodiyot sektorlari bo'yicha mazkur jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini bashorat qilishga;

- birinchi galda, tovarlar, ishlar va xizmatlarni bajarishda ishlab chiqarish kooperatsiyasini chuqurlashtirish bo'yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishga asos bo'ladi.

Shu bilan birga klaster doirasida ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirishda foydalanilmagan zahiralarni qidirib topish tahlili, ushbu zahiralardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun foydalanishga yo'naltirilgan tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradi.

Iqtisodiyotning agrosanoat majmuasida klaster doirasidagi turli xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning o'zaro aloqasi va ishlab chiqarish kooperatsiyasini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo'yicha tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirishni tegishli marketing axborotisiz uddalab bo'lmaydi. Shu munosabat bilan marketing axboroti tizimini barpo etish masalasi turli faoliyatga ixtisoslashgan klaster doirasidagi xo'jalik yurituvchi sub'yektlar ishlab chiqarish

NATIJALAR.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

kooperatsiyasining samarali tizimini tashkil etishga doir muhim vazifalardan biri hisoblanadi [4].

Marketing axboroti tizimini barpo etish uchun katta hajmdagi mehnat va moddiy sarf-xarajatlar, shuningdek, malakali kadrlarni jalb etish talab qilinadi. Biroq bunday tizimni yaratish turli faoliyatga ixtisoslashgan xo'jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini iqtisodiy natijalariga samarali ta'sir ko'rsatadi. Agrosanoat majmuasida klaster doirasidagi turli xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning ishlab chiqarish kooperatsiyasi bo'yicha marketing axboroti tizimi chizmasi 1-rasmda keltirilgan. Agrosanoat majmuasida klaster doirasidagi turli xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish marketingi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotuvchidan xaridorga tomon maqsadli yo'naltirilishiga ko'maklashuvchi shart-sharoitlardan foydalanish zaruratidan kelib chiqadi.

Buni hal etishga ko'maklashuvchi turli faoliyatga ixtisoslashgan xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning klaster doirasidagi o'zaro hamkorligi va ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirishning asosiy shart-sharoitlari ishlab chiqarishni tashkil qilish va xo'jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish jarayonlarini takomillashtirishning quyidagi yo'nalishlarini belgilab beradi:

1-rasm. Agrosanoat majmuasida xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning klaster doirasidagi ishlab chiqarish kooperatsiyasi bo'yicha marketing axboroti tizimi.

- klaster doirasidagi xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning ishlab chiqarish tarkibini diversifikatsiyalash;

-klaster doirasidagi xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning o'zaro hamkorligini rivojlantirish;

- klaster doirasida ishlab chiqarish kooperatsiyasi jarayonlarini tartibga solishda davlatning rolini kuchaytirish [5].

783

Scientific Journal Impact Factor

O

MUHOKAMA

Agrosanoat majmuasida turli faoliyatga ixtisoslashgan xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning xo'jalik klasteri doirasidagi o'zaro hamkorligi shart-sharoitlari va shakllarining me'yoriy-huquqiy jihatdan tartibga solinishini ham takomillashtirish zarur. Ma'lumki, xo'jalik yurituvchi sub'yektlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar fuqarolik qonunchiligining umumiy me'yorlari bilan tartibga solinadi. Biroq xorij tajribasida kichik korxonalar ishtirokidagi subpudrat munosabatlari kichik biznes manfaatlarini himoya qilishga yo'naltirilgan maxsus qonunchilik bilan tartibga solinadi. Nazarimizda bunday maxsus qonun hujjatini bizning mamlakatda ham joriy etish, xususan, O'zbekiston Respublikasining "Kooperatsiya va klasterlar" to'g'risidagi Qonunini va "Xo'jalik yuritish klasteri doirasida tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatishda o'zaro hamkorlik va ishlab chiqarish kooperatsiyasi to'g'risida Nizom" loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish kerak.

Mazkur Qonun va nizom loyihasi bilan, bizning fikrimizcha, bozorning muhim mexanizmlari tartibga solinadi, xo'jalik yurituvchi sub'yektlar tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatishda xo'jalik klasteri doirasidagi ishlab chiqarish kooperatsiyasiga bo'lgan talablarini rasmiy tarzda qondirish imkoniyatiga ega bo'ladi, ishlab chiqarish jarayolarini tashkil etishda xatarlar pasaytiriladi. Ushbu Qonun va nizomni ishlab chiqish va qabul qilish zarurati O'zbekiston Respublikasida xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning xo'jalik klasteri doirasidagi o'zaro hamkorligi va ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlarni amalga oshirishning samaradorligi bilan belgilanadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yuqoridagi hujjatning aniq bajarilishi ushbu jarayonga jalb etilgan respublika korxonalarining yalpi daromadi qiymatini kamida 12-15 mlrd. so'mga oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish hisobidan ular foydasini (qo'shimcha qiymat zanjiri) 1,2-1,5 mlrd. so'mga ko'paytirish imkonini beradi. Bunda davlat byudjetiga dastlabki ekspert hisob-kitoblariga ko'ra taxminan qo'shimcha 4-5 mlrd. so'm tushadi, 8-10 mingta yangi ish o'rinlari barpo etiladi.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. "Jizzax haqiqati", 2020. 25-yanvar.

2. B.B.Berkinov, M.A.Aynaqulov. Kichik tadbirkorlik korxonalarining yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi - Jizzax.: 2004-114 b.

XULOSA

REFERENCES

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

3. B.B.Berkinov Kooperatsiyaga asoslanga kasanachilik -T.: Sharq nashriyoti, 2010.- 46 bet.

4. М.А.Айнакулов, Э.М.Абдухамидов Нормативно-правовая база интеграционных отношений хозяйствующих субъектов. // «Молодой ученый». Международный научный журнал. Спец выпуск Джизакский политехнический институт. 2016. № 7.2 (111.2) С. 48-50.

5. М.А.Айнакулов, Б.Б.Худойбердиев Формы и методы развития агрокластера, их основные направления. Материалы международной научно-практической конференции. Технологии социальной работы в различных сферах жизнедеятельности. 2020 (6) Часть 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.