Научная статья на тему 'KORXONA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI TA’MINLASHDA TRANSFORMATSIYALASHNING O‘RNI VA ROLI'

KORXONA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI TA’MINLASHDA TRANSFORMATSIYALASHNING O‘RNI VA ROLI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1628
172
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qayta tarkiblanish / transformatsiya / rentabellik / balans / texnologik tizim / auditorlik tekshiruvi / strategiya / asosiy fondlar / potensial imkoniyatlar / marketing. / restructuring / transformation / profitability / balance sheet / technology system / audit / strategy / fixed assets / potential / marketing. KIRISH

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Soatov Anvar Mahkamovich, Isanov Abdumajit Parmanovich

Maqolada xo‘jalik yuritish sub’yektlari faoliyatini transformatsiyalash maqsadida uning asosiy usullari va bosqichlari keltirilgan, shuningdek, mazkur jarayonni differensial ravishda boshqaruv organlari tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND ROLE OF TRANSFORMATION IN ENSURING THE EFFICIENCY OF THE ENTERPRISE

The article describes the main methods and stages for the purpose of diversifying and transforming the activities of service entities, and also describes the mechanisms of differentiated support of this process by the governing bodies.

Текст научной работы на тему «KORXONA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI TA’MINLASHDA TRANSFORMATSIYALASHNING O‘RNI VA ROLI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

KORXONA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI TA'MINLASHDA TRANSFORMATSIYALASHNING O'RNI VA ROLI

Soatov Anvar Mahkamovich, Jizzax Politexnika instituti mustaqil ilmiy izlanuvchi [email protected] Isanov Abdumajit Parmanovich, Jizzax Politexnika instituti mustaqil ilmiy izlanuvchi [email protected]

Annotatsiya: Maqolada xojalik yuritish sub'yektlari faoliyatini transformatsiyalash maqsadida uning asosiy usullari va bosqichlari keltirilgan, shuningdek, mazkur jarayonni differensial ravishda boshqaruv organlari tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmlari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: qayta tarkiblanish, transformatsiya, rentabellik, balans, texnologik tizim, auditorlik tekshiruvi, strategiya, asosiy fondlar, potensial imkoniyatlar, marketing.

Аннотация: В статье описаны основные методы и этапы с целью трансформации деятельности хозяйствующих субъектов, а также описаны механизмы дифференцированной поддержки этого процесса управляющими органами.

Ключевые слова: реструктуризация, трансформация, рентабельност, баланс, технологическая система, аудит, стратегия, основные средства, потенциальные возможности, маркетинг.

Abstract: The article describes the main methods and stages for the purpose of diversifying and transforming the activities of service entities, and also describes the mechanisms of differentiated support of this process by the governing bodies.

Key words: restructuring, transformation, profitability, balance sheet, technology system, audit, strategy, fixed assets, potential, marketing.

KIRISH

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va

jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish,

800

Scientific Journal Impact Factor

О

mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni bilan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI" qabul qilindi. Unga ko'ra III-ustuvor yo'nalish qilib iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlarida, ya'ni tarkibiy o'zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va transformatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish belgilandi [O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7- fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni]. O'z navbatida ta'kidlash joizki, iqtisodiyotning real sektori korxonalarning qayta tarkiblanishi, ya'ni transformatsiyalanishi, o'z mohiyatiga ko'ra o'zining tarkibidan mayda ulgurji va past rentabelli korxonalarning ajratilishi bilan izohlanadi.

Transformatsiya atamalari bo'yicha so'nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida, vaqtli matbuotda, shuningdek, "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha HARAKATLAR STRATEGIYaSI" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmonida, shuningdek, ba'zi iqtisodchi olimlar tomonidan ommaviy qo'llanmalarda transformatsiyaning [B.B.Berkinov, M.A.Aynaqulov. "Kichik tadbirkorlik korxonalarining yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi".Jizzax.:2004-114 b] iqtisodiy-ijtimoiy korxona faoliyatini yuritishdagi ahamiyati batafsil bayon etilgan bo'lsa, ba'zi manbalarda esa transformatsiyaning xo'jaliklararo o'zaro hamkorlik asosida vujudga kelishi asoslab berilgan [М.А.Айнакулов, Э.М.Абдухамидов Нормативно-правовая база интеграционных отношений хозяйствующих субъектов. //«Молодой ученый». Международный научный журнал. Спецвыпуск Джизакский политехнический институт. 2016. № 7.2 (111.2) С. 48-50].

Mazkur sohaga oid manbalarni o'rganish natijasida iqtisodiyotning modernizatsiya qilinishi sharoitida yirik korxonalarni qayta tarkiblash yo'li bilan qator vazifalarni hal etish mumkinligi asoslandi, xususan:

- xizmat ko'rsatishni uning balansida ushbu xizmat ko'rsatishga bevosita aloqador bo'lmagan tuzilmalarni ushlab turishdan halos etish;

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

O

- mayda ulgurji, past rentabelli va zarar keltiruvchi xizmat ko'rsatishlarni kasanachilarga topshirish yo'li bilan xizmatlarning texnologik tizimini ulardan xolos etish;

- xo'jalik faoliyatini transformatsiyalash imkoniyatlaridan foydalanish va shu asosda kichik tadbirkorlikning yanada rivojlanishini ta'minlash.

Turli xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning strategik rivojlanishini inobatga olgan holda, uning faoliyatini transformatsiyalashni amalga oshirishga quyidagicha yondashish mumkin:

Birinchi bosqich. Korxonani kompleks tadqiq etish, u quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- korxona, uning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv tizimining umumiy tavsifi;

- korxonaning mol-mulkini aniqlash, korxona asosiy fondlarining ahvolini inventarizatsiya qilish, ulardan foydalanish samaradorligi;

- korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish;

- xo'jalik faoliyati xarajatlarini o'rganish (foyda keltirish darajasini tahlil qilish);

- uning zahiraviy, shuningdek, mehnat potensiali bo'yicha iqtidorli imkoniyatlarini o'rganib chiqish.

Ikkinchi bosqich. Raqobat muhiti va korxonaning tovar bozorlaridagi mavqeini tahlil qilish va baholash, u quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- tovarning marketing tadqiqotini o'tkazish;

- korxona marketingi sohasidagi tadqiqotlar.

Uchinchi bosqich. Korxonani rivojlantirish strategiyasi va uni moliyaviy sog'lomlashtirish biznes-rejasini ishlab chiqish, u quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- korxonani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;

- korxona faoliyati strategiyasini shakllantirish (ishlab chiqarish turlari, ta'minot-sotish, ishlab chiqarish-texnologik, narx-navo, moliyaviy, investitsion, xodimlar va boshqa siyosatlar);

- tashkiliy-boshqaruv tizimini shakllantirish;

- islohotlar jarayonini rejalashtirish va uni boshqarish.

Bir jumlani alohida qayd etib o'tish lozimki, ya'ni yuqorida ko'rsatilgan masalalarni turli yo'nalishlardagi konsalting firmalari yordamida hal etish kutilgan natijalarni beradi.

Ushbu ishlarning birinchi bosqichini amalga oshirishda asosiy ijrochilar sifatida auditorlar ishtirok etadi. Ularning vazifasi xizmat ko'rsatish korxonasining moliyaviy hisobotlari undagi haqiqiy holatni qanchalik aniq aks ettirishini

Scientific Journal Impact Factor

o

aniqlashdan iborat bo'ladi. Gap shundaki, ko'pincha xizmat ko'rsatish korxonasining hisob yuritish siyosati noaniq aks ettiriladi, buning natijasida mahsulot tannarxi va foyda noto'g'ri hisob-kitob qilinadi va barcha moliyaviy ko'rsatkichlarni aniq hisoblab chiqishning imkoni bo'lmaydi. Bunday vaziyatdan chiqishning ikkita yo'li mavjud: yo auditor hisobotlarni to'liq tiklashni amalga oshiradi (lekin bu jarayon uzoq vaqt va ko'p mablag' talab qiladi, bunga xizmat ko'rsatish korxonasining imkoniyati bo'lmasligi mumkin), yoki auditorlar hisobotlarga o'zgartishlar kiritish bo'yicha tavsiyalar beradi, bu tavsiyalarni es a, xizmat ko'rsatish korxonasining o'zi bajaradi. Birinchi bosqichning asosiy vazifasi iqtisodiy va moliyaviy ko'rsatkichlar asosida xizmatlarga narxlar belgilashga sezilarli ta'sir ko'rsatuvchi alohida xizmat ko'rsatish uchastkalarini aniqlashdan iborat.

Korxona faoliyatini transformatsiyalash (qayta tarkiblash) ishlarining ikkinchi bosqichini amalga oshirishda menejment va marketing bo'yicha mutaxassislarga muhim rol beriladi. Bunda korxona materiallari va tegishli bozor tuzilmalarining ma'lumotlari o'rganib chiqilishi lozim. Aynan ushbu bosqichda xizmat ko'rsatishning muayyan texnologik jarayonlarida ishtirok etuvchi korxonaning rentabelsiz va past rentabelli bo'linmalariga alohida e'tibor qaratiladi, buning sabablari va ushbu bo'linmalar faoliyati samaradorligini oshirish yo'llari tahlil qilinadi.

Bu boradagi ishlarning uchinchi bosqichi eng murakkab jarayon bo'lib, u tashkiliy tadbirlar majmuining ishlab chiqilishini o'z ichiga oladi. Mazkur bosqichda korxona aktivlarining samarasiz qismini sotish, korxona tarkibidan rentabelsiz va past rentabelli faoliyatlarni ajratish, ularni davlatning imtiyozlariga ko'ra kichik toifadagi sub'yektlarga berish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, tranformatsiyalash (qayta tarkiblash) faoliyat samaradorligini oshirish asosida korxona biznesining qiymatini oshirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar majmuini o'zida namoyon qiladi. Ushbu konsepsiyaga muvofiq transformatsiyalash (qayta tarkiblash) tadbirini boshlash uchun mazkur xizmat ko'rsatish korxonasining biznesini baholash zarur. Har qanday sog'lomlashtirish ishida muvaffaqiyatning yarmi to'g'ri tashxis qo'yilishiga bog'liq. Shu munosabat bilan baholash, birinchi navbatda, korxonaning tashxisi hisoblanadi [B.B.Berkinov, M.A.Aynaqulov. "Kichik tadbirkorlik korxonalarining yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi"Jizzax.:2004-114 b].

MUHOKAMA

Scientific Journal Impact Factor

o

Baholash o'rniga xizmat ko'rsatish korxonasida auditorlik tekshiruvidan foydalanish mutlaqo noto'g'ri qadam hisoblanadi. Shuning uchun auditorlik tekshiruvi baholash o'rniga emas, balki baholash bilan birga o'tkazilishi kerak. Keyingi ishlar jarayonida korxona uchun mol-mulkni sotishga zarurat tug'ilishi mumkin. Shu munosabat bilan ushbu mol-mulkni baholash zarur bo'ladi. Bundan tashqari, xizmat ko'rsatish korxonasini rivojlantirishda investitsiya loyihalarini baholash va biznesni rejalashtirish bo'yicha bilimlar talab etilishi mumkin. Shunday qilib, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xizmat ko'rsatish korxonasini transformatsiyalash (qayta tarkiblash) uchun baholash ishlarining aniq bajarilishini ta'minlash lozim.

Korxonalarni transformatsiyalash (qayta tarkiblash) ishlari, faqat ularda korxonaning va tegishli bozor infratuzilmasining mutaxassislari ishtirok etgan taqdirda, bajarilishi mumkin, tranaformatsiyalash (qayta tarkiblash) dasturining ishlab chiqilishi natijasida esa, xizmat ko'rsatish korxonasining nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, ma'naviy maqom yo'nalishlari aniqlanadi.

Korxonalarni transformatsiyalash mehnat taqsimoti va xizmat ko'rsatishning ixtisoslashuvini ta'minlagan holda, ishlab chiqaruvchilar va ularning ishlab chiqargan mahsulotlaridan bahramand bo'luvchilar, ya'ni, iste'mol qiluvchilarning manfaatlarini inobatga oluvchi yagona konsepsiya doirasida amalga oshirilishi lozim. Mintaqalarda transformatsion jarayonlarni rivojlantirish "Transformatsiya rivojini qo'llab-quvvatlash dasturi" tarkibiga kiruvchi maxsus ishlanmalarga asoslanishi kerak.

Korxonalarni transformatsiyalash jarayonida bir-biriga xom ashyo, resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni o'tkazish kabi o'zaro kooperatsion aloqa kasb etuvchi bir nechta xo'jalik sub'yektlari hamkorlik munosabatida bo'ladi, shuningdek, yakuniy daromad va foydani (qo'shilgan qiymat) olish bilan bog'liq o'ziga xos munosabatlarga kirishadi. Shuning uchun ham har bir tuman hokimliklari mazkur tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissasini qo'shayotgan iqtisodiyotning bazaviy korxonalari uchun o'zining differensial "Korxonani trnsformatsiyalash Nizomi" ning yaratilishi va shu asosida ish faoliyati yuzasidan doimiy monitoring yuritishi kerak, chunki transformatsiyalash jarayonlari yilning to'rt faslida ham barqarorlikni ta'minlash garovidir. Bu va shunga o'xshash masalalar Respublikamizdagi yuqori boshqaruv organlariga oid tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlar orqali hal etilishni ham o'z navbatida talab qiladi.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

О

REFERENCES

1. "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishnmg beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha HARAKATLAR STRATEGIYaSI" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7- fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

2. Berkinov B.B., M.A.Aynaqulov. "Kichik tadbirkorlik korxonalarining yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasi ". Jizzax.: 2004-114 b.

3. Айнакулов М.А., Э.М.Абдухамидов Нормативно-правовая база интеграционных отношений хозяйствующих субъектов. //«Молодой ученый». Международный научный журнал. Спецвыпуск Джизакский политехнический институт. 2016. № 7.2 (111.2) С. 48-50.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.