Научная статья на тему 'MIGRATSIYA JARAYONLARINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI'

MIGRATSIYA JARAYONLARINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1611
237
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
migratsiya / xalqaro / ekologik / rasmiy / siyosiy / tirikchilik / etnik. / migration / international / ecological / official / political / subsistence / ethnic.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Bobur Azimovich Xonto’rayev, Nadejda Iosifovna Asminkina, Mansur Yuldashevich Karayev

Ushbu maqolada O’zbekistondagi migratsiya jarayonlari va ularning hududlarda rivojlanishining asosiy sabablari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TERRITORIAL CHARACTERISTICS OF MIGRATION PROCESSES

This article describes the migration processes in Uzbekistan and the main reasons for their development in the regions.

Текст научной работы на тему «MIGRATSIYA JARAYONLARINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI»

MIGRATSIYA JARAYONLARINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI

Bobur Azimovich Nadejda Iosifovna Mansur Yuldashevich

Xonto'rayev Asminkina Karayev

"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekistondagi migratsiya jarayonlari va ularning hududlarda rivojlanishining asosiy sabablari yoritilgan.

Kalit so'zlar: migratsiya, xalqaro, ekologik, rasmiy, siyosiy, tirikchilik, etnik.

TERRITORIAL CHARACTERISTICS OF MIGRATION PROCESSES

Bobur Azimovich Nadejda Iosifovna Mansur Yuldashevich

Khonturaev Asminkina Karaev

Mahalla and Family Research Institute

ABSTRACT

This article describes the migration processes in Uzbekistan and the main reasons for their development in the regions.

Keywords: migration, international, ecological, official, political, subsistence, ethnic.

KIRISH

Migratsiya jarayoni iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi va o'z navbatida aholi joylashuvidagi muhim muammolar bilan bog'liq aholining hududiy harakatidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekistonning mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar o'rnatishi o'z o'rnida jahon mehnat bozorida ham faol bo'lishni taqozo etadi. Shu sababli ham mamlakatimizdagi migratsiya jarayonlarni o'rganmoq, uning hududiy tarqalishini tadqiq qilmoq maqsadga muvofiqdir. O'zbekistonda migratsiya jarayonlari bir qator sabablar bilan bog'liq. Tashqi migratsiya uchun ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillarning, respublika ichidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillar ta'sir ko'rsatmoqda. Mamlakatdagi migratsiya jarayonlarning, eng ayniqsa tashqi migratsiyaning keskin o'zgarishiga, immigrantlar salmog'ining emmigrantlarga qaraganda past tendensiyasiga ega ekanligiga sabab bo'luvchi eng katta omil - bu

siyosiy mustaqillikka erishishidir. Sobiq Ittifoqning qulashi iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ayrim tub burilishlar yasadi. Ishlab chiqarishning pasayishi, inflyatsiya darajasining o'sishi, ishsizlikning oshishi, aholining turmush darajasining pasayishi kabi bir qator muammolarga olib keldi. Boshqa MDH mamlakatlari singari O'zbekistonda aholining ma'lum bir qismi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida mehnat migranti sifatida boshqa mamlakatlarga ketishga majbur bo'lishgan.

MUHOKAMA

Aynan mehnat migrantlarining hududiy tarqalishini o'rganar ekanmiz, uni tadqiq etishdagi dolzarb masala shundaki, aholining mamlakatimiz bo'ylab nihoyatda notekis taqsimlanishidir. Aholi soni yuqori, tug'ilish darajasi baland hamda aholi zieh hududlarda migratsiya jarayonlari jadal kechadi. K. Kalanovning izohiga ko'ra, O'zbekiston fuqarolarining uzoq xorijiy mamlakatlarga tashqi migratsiyasi:

- Rasmiy doimiy emmigratsiya;

- Rasmiy vaqtinchalik emmigratsiya;

- Norasmiy emmigratsiya;

- Ekologik emmigratsiya;

- Intellektual immigratsiya shaklida namoyon bo'ladi1. O'zbekiston fuqarolarining MDH davlatlariga migratsiyasi (gasterbayterlar va yollanma ishchilar); doimiy rasmiy migratsiya (fuqarolikni olish); vaqtinchalik etnik migratsiya (etnik vatanga borib ishlash); intelektual migratsiya (tadqiqotchilar, olimlar, talabalar va xk.)

NATIJA

Yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda shuni alohida ta'kidlash lozimki, chet mamlakatlarga ketayotgan fuqarolarimizning asosiy qismi yollanib ishlash uchun, xalq tili bilan aytganda "tirikchilik" o'tkazish uchun moddiy mablag' orttirish maqsadida migratsiyani amalga oshirmoqda. Qolgan qismi esa bilim va malakasini oshirish, rusiyzabon aholining katta qismi esa tarixiy vatanlariga doimiy yashash uchun ketishmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda aholining ishsizlik darajasi 2000 -2004 yillarda 0,4% ni tashkil qilgan bo'lsa, 2007-2017 yillarda 4,9-5,8%ni, oxirgi yillarda esa 9,0-10,5% ni tashkil etmoqda . Ayniqsa pandemiya (COVID-19) bilan bog'liq vaziyat aholining ish jarayoniga, oilalarning daromadiga ham ta'sir ko'rsatdi. Pandemiya paytida 2019 yilga nisbatan ishsizlik darajasi 1,5%ga o'sgan. Viloyatlar kesimida ishsizlik darajasi 2020 yilda eng yuqori bo'lgan hududlar - Qashqadaryo, Surxondaryo (11,1%), Jizzax va Samarqand (11,0%) viloyatlari, eng past ko'rsatkich

1 Каланов К. Особенности миграционных процессов в Узбекистане. //Материалы второго конгресса социологов тюркоязычных стран на тему Гражданское общества и социальных процесс в XXI веке. - Алматы. 2008. - С.441.

2 www.stat.uz - О^Ье^йп Respublikasi Statistika qo'mitasi rasmiy sayti.

www.scientificprogress.uz

esa Toshkent shahrida kuzatilgan bo'lib 8,0% ni tashkil qiladi. Statistika qo'mitasining bergan ma'lumotiga qaraganda, 2019 yil xorijiy mamlakatlardan ko'chib kelganlar 2527 ming kishini tashkil qiladi va ularning asosiy qismi qo'shni respublikalardan kelgan migrantlar hisoblanib, Qozog'iston 33,2% , Rossiya Federatsiyasi 23,3%, Tojikiston 21,4% va Qirg'iziston 12,1% ni tashkil qiladi. Aksincha, chet elga ketgan migrantlar 13246 ming kishini tashkil qilgan holda, Qozog'istonga 57,5%i, Rossiya Federatsiyasiga 37,7% va AQSHga 0,8% ko'chib ketgan. Bundan shuni xulosa qilish joizki, ko'chib kelganlarga nisbatan ko'chib ketganlar miqdori 5 barobar yuqoridir.

BMTning statistik ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonning 2040ming nafar fuqarosi yoki jami mehnatga layoqatli aholisining 12 % i xorijda ishlamoqda. Yuqorida keltirilgan fikrlarning isboti sifatida, ushbu mehnat migrantlarining hududlar kesimini ko'radigan bo'lsak, eng ko'p migrantlar:

Samarqanddan - 268 ming kishi, Farg'onadan - 247 ming kishi, Qashqadaryodan - 178 ming kishi va Surxondaryo viloyatidan - 167 ming kishi ekani ma'lum bo'ldi (1-rasm).

300 250 200 150 100 50 0

Mehnat migrantlarining hududlar bo'yicha taqsimlanishi, 2020., ming kishi

hisobida.

Manba: Statistik ma'lumotlar asosida mualliflar tomonidan tayyorlandi.

XULOSA

Mehnat migratsiyasining haddan tashqari oshib ketishi, davlatning demografik rivojlanishiga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Migrantlarning huquqlarini himoya qilish, joylarda yangi ish o'rinlarini yaratish, mehnat migranti sifatida ketgan migrantlarning oilalarini qo'llab-quvvatlash, pandemiya sababli mamlakatimizdan keta olmagan migrantlarning turmush sharoitini o'rganish va ularga har tomonlama ko'mak

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

1-rasm

o

•a Ö

o g

M

111

o X

Ö O

ö

<

o H

I I I I I I

o H

o

m

10

§

00 §

11

ö

o .rt

.2 3

■B

SL CP

^ tt c3 <D

Ö &

a

12

o

£

■ U

M

13

o Ss

14

1

2

3

4

5

6

7

8

9

berish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli iqtisodiy-ijtimoiy va demografik muammolarning oldini olishga yordam beradi.

REFERENCES

1. Каланов К. Особенности миграционных процессов в Узбекистане. //Материалы второго конгресса социологов тюркоязычных стран на тему Гражданское общества и социальных процесс в XXI веке. - Алматы. 2008.

2. Воробьев О.Д., Топилина А.В. Миграция населения: теория и политика. Учебное пособие. -М.: 2012г.

3. Каланов К. Внутренняя миграция на неформальном рынке труда в Узбекистане.// Россия - Узбекистан:история и современность (ч.2). / ЕвроАзия. -Москва. № (Июнь) / 2008.

4. Максакова Л.П. Миграция и рынок труда в странах Средней Азии. -Ташкент,2002.

5. Нодирова Н. O'zbekiston aholisining migratsion jarayonlaridagiishtiroki (muammo va yechimlar). BMI. - Samarqand. 2015.

6. Bozkarauli A. Migratsiya jarayonlarini tartibga solishning mintaqaviy va milliy xususiyatlari. - Qarag'anda. 2012.

7. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Statistika qo'mitasi rasmiy sayti.

8. www.migration.uz - Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rasmiy sayti.

9. www.press-club.uz - O'zbekiston Respublikasi Xalqaro press klubi rasmiy sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.