Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON KO‘P MILLATLI DAVLAT'

O‘ZBEKISTON KO‘P MILLATLI DAVLAT Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
8752
284
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Millatlararo munosabatlar / millatlararo bag‘rikenglik / millatlararo totuvlik / baynalmilal milliy markaz / milliy madaniy markazlar / milliy o‘ziga xoslik / etnik guruhlar. / Interethnic relations / interethnic tolerance / interethnic harmony / international national center / national cultural centers / national identity / ethnic groups.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Xoliqulov Pirnafas

Maqolada boshqa millat vakillarining tarix taqozosi bilan O‘zbekistonga kelib qolish sabablari, o‘zbek xalqining bag‘rikengligi, O‘zbekistonda yashayotgan millatlarning milliy o‘zligini saqlab qolishlari uchun teng sharoitlar yaratib berilganligi ochib berilgan. Bugungi kunda 138 ta milliy madaniy markazlar faoliyat olib borayotganligi, bu markazlar faoliyati respublika Baynalmilal milliy markazi tomonidan muvofiqlashtirib va monitoring qilib borilishi yoritilgan. O‘zga millat vakillarining ravnaqi uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar tufayli O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarda o‘zaro hamjihatlik hukm surayotganligi, respublikada yashayotgan barcha millat va elatlar “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” g‘oyasi asosida tinch-totuv yashab mamlakat ravnaqi yo‘lida mehnat qilib kelayotganligi batafsil yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UZBEKISTAN IS A MULTINATIONAL STATE

The article reveals the reasons for the arrival of people of other nationalities in Uzbekistan, the tolerance of the Uzbek people, the creation of equal conditions for the preservation of the national identity of the peoples living in Uzbekistan. Currently there are 138 national cultural centers, the activities of which are coordinated and controlled by the International National Center. Due to the created conditions and opportunities for the development of other nationalities in Uzbekistan, there is mutual understanding in interethnic relations, all nations and peoples living in the republic live in peace and work for the development of the country based on the idea of “Uzbekistan is our common home”.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON KO‘P MILLATLI DAVLAT»

Scientific Journal Impact Factor

O'ZBEKISTON KO'P MILLATLI DAVLAT

Xoliqulov Pirnafas tarix fanlari nomzodi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "O'zbekiston tarixi" kafedrasi.

Annotatsiya: Maqolada boshqa millat vakillarining tarix taqozosi bilan O'zbekistonga kelib qolish sabablari, o'zbek xalqining bag'rikengligi, O'zbekistonda yashayotgan millatlarning milliy o'zligini saqlab qolishlari uchun teng sharoitlar yaratib berilganligi ochib berilgan. Bugungi kunda 138 ta milliy madaniy markazlar faoliyat olib borayotganligi, bu markazlar faoliyati respublika Baynalmilal milliy markazi tomonidan muvofiqlashtirib va monitoring qilib borilishi yoritilgan. O'zga millat vakillarining ravnaqi uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar tufayli O'zbekistonda millatlararo munosabatlarda o'zaro hamjihatlik hukm surayotganligi, respublikada yashayotgan barcha millat va elatlar "O'zbekiston -umumiy uyimiz" g'oyasi asosida tinch-totuv yashab mamlakat ravnaqi yo'lida mehnat qilib kelayotganligi batafsil yoritilgan.

Kalitso„zlar: Millatlararo munosabatlar, millatlararo bag'rikenglik, millatlararo totuvlik, baynalmilal milliy markaz, milliy madaniy markazlar, milliy o 'ziga xoslik, etnik guruhlar.

Аннотация: В статье раскрываются причины прибытия в Узбекистан людей других национальностей, толерантность узбекского народа, создание равных условий для сохранения национальной идентичности народов, проживающих в Узбекистане. В настоящее время действуют 138 национальных культурных центров, деятельность которых координируется и контролируется Интернациональным национальным центром. Благодаря созданным условиям и возможностям для развития других национальностей в Узбекистане существует взаимопонимание в межнациональных отношениях, все нации и народы, проживающие в республике, живут в мире и работают на развитие страны на основе идеи «Узбекистан - наш общий дом».

Ключевые слова: Межнациональные отношения, межэтническая толерантность, межнациональное согласие, международный национальный центр, национально-культурные центры, национальная идентичность, этносы.

Abstract: The article reveals the reasons for the arrival of people of other nationalities in Uzbekistan, the tolerance of the Uzbek people, the creation of equal conditions for the preservation of the national identity of the peoples living in Uzbekistan. Currently there are 138 national cultural centers, the activities of which

Scientific Journal Impact Factor

are coordinated and controlled by the International National Center. Due to the created conditions and opportunities for the development of other nationalities in Uzbekistan, there is mutual understanding in interethnic relations, all nations and peoples living in the republic live in peace and work for the development of the country based on the idea of "Uzbekistan is our common home".

Keywords: Interethnic relations, interethnic tolerance, interethnic harmony, international national center, national cultural centers, national identity, ethnic groups.

O'zbekiston ko„p millatli davlat, Uning ko„p millatlilik ildizlari qadimgi davrlarga borib tutashadi. O'lkamiz hududida yashagan xalqlarning tarixiy rivojlanishning turli davrlarida bir necha marotabalab ko'chishlari, vayronagarchilik keltiruvchi urushlar, turli hukmdorlarning jangu-jadallari - bularning barchasi demografik jarayonlarda o„z aksini topgan. Asrlar davomida eroniy hukmdorlarning, makedoniyalik Iskandar, arablar bosqini, Chingizxon talonchiligi, podsho Rossiyasining mustamlakachilik maqsadidagi yurishlari davrida o'lkaga turli millat va elatlarga mansub kishilarning kelishi, ulardan bir qismining shu erda doimiy yashab qolishi, shuningdek Buyuk Sohibqiron Amir Temur davrida turli kent va mamlakatlardan hunarmandlar va ilmli kishilarning bu erga ko'chirib keltirilishi, aholi milliy tarkibining keskin o'zgarishiga olib kelgan. Ayniqsa, O'zbekistonning keyingi qariyb 150 yil davom etgan rus va sovet mustamlakachiligi davri o'lkaning demografik jarayonlariga, jumladan, aholining milliy tarkibiga juda katta ta'sir ko'rsatdi.

O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin nafaqat mamlakatning tub aholisi -o'zbek xalqi uchun, balki muqaddas zaminda umrguzaronlik qilayotgan turli millat va elat vakillarining ham millat sifatida o'zining tili, madaniyati, qadriyatlari va an'analarini saqlab qolishi uchun teng sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berishga alohida e'tibor qaratildi. Mamlakat rahbariyati bu masalani qonun yo'li bilan hal qilishga doir chora-tadbirlarni ko'rdi. Bu borada mamlakatimizda, eng avvalo, Konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutildi. Aholining barcha tabaqalari va turli millat vakillari e'tiborini tinchlikni, osoyishtalikni va millatlararo totuvlikni ta'minlashga, mamlakat oldida turgan eng muhim qadriyat - mustaqillikni mustahkamlashga qaratildi. Qonun oldida hammaning tengligi ta'minlandi. Har bir fuqaro qalbida "O'zbekiston - umumiy uyimiz" g'oyasiga xizmat qiluvchi yagona zamin, yagona makon, yagona vatan uchun javobgarlik hissini kuchaytirdi.

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Scientific Journal Impact Factor

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida "O'zbekiston Respublikasi o Z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an 'analari hurmat qilinishini ta 'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi", degan norma belgilangan. 8-moddasida "O'zbekiston xalqini millatidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasiningfuqarolari tashkil etadi", degan norma belgilangan. 18-moddasida esa "O'zbekiston Respublikasida barchafuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo 'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat 'i nazar, qonun oldida tengdirlar", - deb ta'kidlanadi [1]. Mazkur moddalarda mustahkamlangan O'zbekiston xalqining milliy tengligi tamoyili inson huquqlariga oid barcha xalqaro hujjatlar talablariga to'la mos keladi.

Jahon tajribasidan ma'lumki, ko'p millatli davlatlarda o'z fuqarolarining huquq va erkinliklarini, milliy va madaniy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining eng muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. O'zlarining tarixiy vatanlaridan tashqarida yashovchi millatlar uchun ularning milliy ehtiyojlarini qondira olishlari uchun zarur sharoit yaratilishini taqozo etadi. Bu talab, ayniqsa, milliy hududiy tuzilmalari bo'lmagan xalqlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

Sobiq ittifoq davrida milliy siyosatga bir yoqlama qaralib kelindi. Milliy masala hech bir ittifoqchi respublikada hal etilmagan edi. Bunday siyosat ittifoqchi respublikalarning, jumladan, O'zbekistonning ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatib keldi.

Sobiq sho'rolar davlatining Konstitutsiyasida milliy masala, milliy madaniyatlar rivoji to'g'risida konstitutsiyaviy qoidalar bayon qilingan bo'lsa-da, amalda ruslashtirish siyosati, barcha millatlar va elatlarni o'zaro yaqinlashtirish asosida milliy xususiyatlarini yo'qotgan yagona xalq - "sovet xalqi "ni shakllantirish siyosati amalga oshirilib kelindi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab millatlararo munosabatlarda yo'l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlar asta-sekin bartaraf etila boshlandi. Ko'p millatli mamlakatda xalqlar tinch-totuvligini ta'minlash chora-tadbirlari ko'rildi.

Mamlakatda milliy madaniy markazlar tashkil qilish asosida mamlakatning tub aholisi bo'lmagan aholining milliy tili, madaniyati va boshqa o'ziga xos qadriyatlari va an'analarini rivojlantirishga keng yo'l ochib berildi. Mustaqillikdan oldin 1989 yildayoq Madaniyat vazirligi qoshida millatlararo milliy madaniy markazlar tashkil etila boshlangan edi. Dastlab bu markazlar tarkibida 12 ta, jumladan, qozoq, koreys, arman, ozarbayjon, tojik milliy madaniy markazlari faoliyat ko'rsata boshladi. Vaqt o'tgan sayin bu markazlarning soni ortib bordi. 1995 yilga kelib ularning soni 80

NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

tadan oshdi. Milliy madaniy markazlar sonining oshib borishi ular faoliyatini muvofiqlashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. SHu maqsadda Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 13 yanvardagi qarori bilan Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi. Bu markaz milliy madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirib keladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda milliy-madaniy markazlar soni 138 ta bo'lib, ular nodavlat notijorat tashkilotlari maqomida samarali faoliyat ko'rsatib kelmoqdalar. O'zbekistonda yashab kelayotgan ozarbayjonlarning milliy madaniy markazi o'z xalqi an'analari va urf-odatlarini hurmatlab, ularni asrab-avaylab kelmoqdalar. O'zbekistondagi Ozarbayjon milliy-madaniy markazi - "Gardashlik" ("Qardoshlik") birinchilardan bo'lib, 1989 yili Toshkent shahrida tashkil etilgan edi. Keyinchalik, Samarqand va Buxoroda ham ozarbayzon milliy madaniy markazlari faoliyati yo'lga qo'yildi. 2003 yilda esa - Ozarbayjon milliy-madaniy markazlari respublika uyushmasi tashkil etildi.

Markazda millatidan qat'i nazar, barcha xohlovchilar uchun ozarbayjon tilini o'rganish kurslari, ozarbayjoncha raqs va milliy kashtachilik to'garaklari, kompyuter savodxonligi sinfi ochilgan. Amaliy san'at va milliy taomlar ko'rgazmalarini o'tkazish an'anaga aylangan bo'lib, ushbu tadbirlarda Toshkent shahrida tashkil etilgan Ozarbayjonda xizmat ko'rsatgan artist Kokab Alieva rahbarligidagi "Azerbayjan gizlari" (Ozarbayjon qizlari) ansambli ozarbayjon xalq qo'shiqlari va raqslari bilan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo'lib kelmoqda. Bundan tashqari, Toshkent va respublikaning boshqa shaharlarida o'tkaziladigan ommaviy tadbirlarda "Gardashlik", "Ochag" kabi badiiy jamoalar o'ziga xos chiqishlari bilan ajralib turadi. O'zbekistonning umumxalq bayramlari - Mustaqillik kuni va Navro'zga bag'ishlangan tadbirlarda ham ozarbayjonlik san'atkorlar muntazam ishtirok etib keladilar. Ozarbayjon elchixonasi bilan hamkorlikda ozarbayjonlik san'at ustalarining konsertlari tashkil etiladi [2].

Millatlararo aloqalarni mustahamlash va rivojlantirishga intilayotgan markaz faollari o'zbek va ozarbayjon madaniyatlarining o'zaro almashinuvi va boyitilishiga, xalqlar o'rtasidagi do'stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga munosib hissa qo'shib kelmoqdalar.

Markaz binosidagi o'zbek-ozarbayjon do'stligi muzeyiga qo'yilgan eksponatlar ikki xalq o'rtasidagi do'stlik aloqalari qadim zamonlardan beri davom etib kelayotgani haqida hikoya qiladi. Muzeyning eksponatlaridan biri - Farg'ona vodiysida topilgan miloddan avvalgi II ming yillikka mansub ikkita ilon ko'rinishidagi toshdan yasalgan tumor Ozarbayjondan topilgan tumorga juda o'xshab ketishi ham xalqlarimizning qanchalik yaqin ekanligini tasdiqlaydi. Bugungi kunda

Scientific Journal Impact Factor

markaz va uning Buxoro, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi bo'linmalari umumiy maqsadga erishish yo'lida samarali faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Baynalmilal milliy markaz faoliyatidagi muhim yo'nalish umumxalq bayramlariga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishda faol ishtirok etishidir. Jumladan, respublikada o'tkaziladigan an'anaviy "Mustaqillik kuni" va "Navro'z" bayramlarida o'zbeklar qatori respublikada yashayotgan barcha millat vakillari qatnashadilar, bu bayramlarga chuqur hurmat bilan qaraydilar mahalliy aholi ham o'z navbatida, ruslarning "Maslennitsa rojdestvo", tatarlarning "Sabanto'y" va boshqa qator xalqlarning milliy bayramlarida faol ishtirok etadilar.

Mustaqillik yillarida respublika Baynalmilal milliy markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir yo'nalishi bu 1994 yildan beri har ikki yilda o'tkazib kelinayotgan "Xalq ijodiyoti" festivalidir. Ayniqsa, bu festivalda faol ishtirok etib kelayotgan arman, ozarbayjon, tojik, qozoq, tatar, nemis va koreys xalqlarining professional va havaskorlik san'atkorlarining chiqishlarini xalqimiz katta qiziqish bilan kutib olmoqdalar. Har bir milliy-madaniy markazlarning festivallari chinakamiga milliy bayramga, o'sha millatning keng ma'nodagi porloq istiqbolining namoyishiga, ular o'zlari yashab turgan ana shu yurt, ana shu zamin taqdiri uchun javobgarlik hissini kuchaytirishga xizmat qilib kelmoqda. Milliy madaniy markazlarning yakunlovchi chiqishlari mustaqillik bayrami arafasida 20 avgust kuni Xalqlar do'stligi Saroyida va bayram kuni - birinchi sentyabrda o'tkaziladigan tantanali konsertlarda namoyish etib kelinmoqda.

Rus milliy madaniy markazi tomonidan Rossiyaning O'zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda har yili buyuk rus shoirlari S. YA. Esenin va A. S. Pushkinning tug'ilgan kunlarini nishonlash tadbirlarining o'tkazilishi an'anaviy tus olganligi rus xalqi bilan qardoshlik aloqalarimizni mustahkamlashga xizmat qilib qilmoqda. Toshkent shahridagi Do'stlik saroyi maydonidagi alleyada buyuk rus shoiri A. S. Pushkinning bor bo'y-basti bilan ishlangan muhtasham haykalining o'rnatilgani o'zbek va rus xalqlari qardoshligining yorqin namunasidir.

Bundan tashqari, O'zbekistonda doimiy yashab kelayotgan qozoq qardoshlarimiz bilan buyuk qozoq shoiri Abayning yubileyi, qirg'iz qardoshlarimiz bilan qirg'iz xalqining "Manas" eposining 1000 yilligini keng nishonlanganligi kabi madaniy tadbirlarni ham qayd etish o'rinlidir.

Respublikada millatlararo munosabatlarni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlardan yana biri bu - aholining milliy trakibiga mos ta'lim-tarbiya tizimini yo'lga qo'yilganligidir. Bugungi kunda respublikamizda 845 ta maktabda rus tilida, 491 ta maktabda qozoq tilida, 259 ta maktabda tojik tilida, 52 ta

Scientific Journal Impact Factor

maktabda turkman tilida, 40 ta maktabda qirg'iz tilida, 7 ta maktabda koreys tilidi ta'lim berish yo'lga qo'yilganligini qayd etish zarur. Xalq ta'limi vazirligiga qarashli pedagogika institutlarida o'zbek tilidan tashqari rus, tojik, turkman, qozoq, qoraqalpoq tillarida ham mashg'ulotlar olib boradigan maktablar uchun o'qituvchilar tayyorlanmoqda. Respublikamizda yashayotgan aholi milliy tarkibining rang-barang ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilayotgan ommaviy axborot vositalari 8 tilda, ya'n i o'zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, turkman, ingliz, koreys tillarida chop etilib kelinmoqda. 12 tilda (o'zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirhiz, tojik, oxarbayjon, rus, tatar, boshqird, koreys, uyg'ur tillarida) teleradio eshittirishlari efirga uzatilmoqda. Bundan ko'rinadiki, O'zbekistonning millatlararo davlat siyosati insoniylikka, demokratiyaga asoslangandir [3].

Millatlararo munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish borasida O'zbekiston o'ziga xos tajriba orttirdi. Bunda faqat milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur va iftixor tuyg'usini tarbiyalash, millatlarning tili, madaniyati, urf-odatlarini asrab-avaylash bilan cheklanmaslik, balki mamlakatdagi barcha millatlarning umumiy birdamligiga erishish tamoyiliga amal qilindi.

SHuni unutmaslik kerakki, qaerda millatlararo totuvlik g'oyasining ahamiyati anglab etilmas ekan, jamiyat hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga keladi, ular tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bugungi kunda jahonning ayrim mamlakatlarida sodir bo'layotgan milliy nizolar shundan dalolat beradi.

Millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish sohasida O'zbekiston Respublikasining davlat siyosatini izchil amalga oshirish va yanada takomillashtirish maqsadida 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

• millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish;

• millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish, respublikada yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an'analari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida O'zbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qo'shimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;

MUHOKAMA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

• jamiyayatda ko'p millatli katta oila his-tuyg'usini, respublikada hududida ta'minlash, ularning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik;

• millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

• O'zbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarini, ilg'or xorijiy tajribani e'tiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish [4].

Millataro munosabatlar sohasida davlat siyosati konsepsiyasi va uni 2019-2021 yillarda amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi. Konsepsiya va "Yo'l xaritasi" bajarilishini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilib borish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasiga topshirildi. Qo'mita tarkibida millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-ijtimoiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar, kitoblar, ilmiy-tadqiqot materiallari, axborot-tahliliy sharhlar tayyorlab e'lon qilib borish uchun Millatlararo munosabatlar bo'yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tashkil etildi [5]. Bu ishlar bugungi kunda samarali amalga oshirilmoqda.

XULOSA

Mustaqillik yillarida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri - jamiyatda millatlararo totuvlikni ta'minlash, do'stlik muhitini va ko'p millatli katta oila tuyg'usini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashga qaratilgan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi.

Respublika Konstitutsiyasining barcha fuqarolarning teng huquqlililigi to'g'risidagi qoidalari hayotga tatbiq etilmoqda, bu qoidalar O'zbekiston fuqarolarining millatidan qat'i nazar O'zbekiston xalqini tashkil etishini, mamlakat hududida yashovchi millat va elatlarning tili, urf-odati va an'analariga hurmat bilan munosabatda bo'lishni, ularni rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Bugun kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 130 dan ortiq millat va elatlarning vakillari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlangan teng huquq va imkoniyatlardan foydalanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va ijtimoiy sohada, ilm-fan va madaniyat sohalarida samarali mehnat qilib, Vatanimizning gullab-yashnashiga va uning mustaqilligini mustahkamlashga munosib hissa qo'shib kelmoqdalar.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES) 1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbeksiton, 2020.

Scientific Journal Impact Factor

2. O'zbekiston Ozarbayjon milliy madaniy markazi // https://interkomitet. uz/mita-a-¡da/miiiü-madanü-markaziar/ozarbajzhon-millij-madanij-markazlari-ujushmasi/?lang=oz

3. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o'rganish bo'yicha Ilmiy-uslubiy risola. - T.: Ma'naviyat, 2017. - B. 360-361.

4. Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi // O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti -

www.president.uz.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi (2019 yil 15 noyabr) PF-5876-sonli Farmoni // O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti - www.president.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.