Научная статья на тему 'TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHATLARNING DEMOKRATIK JARAYONDAGI AHAMIYATI'

TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHATLARNING DEMOKRATIK JARAYONDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
885
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘rta bug‘in / O‘rta maxsus ta’limi / kasb-hunarga o‘qitish / pedagogik kadrlar / Ta’lim islohatlar / Ta’lim tag‘risida”gi qonun / Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi / kichik mutaxassis / Secondary Education / Secondary Special Education / Vocational Training / Teachers / Education Reform / Education Law / National Training Program / Junior Specialist

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Boymurodov Shuxrat Toshkentovich

XX-asrning ikkinchi yarmida ta’lim tizimi jahon sivilizatsiyasining ilg‘or yutuqlaridan va xalqimizning tarixiy ildizlaridan ajralib qolganligi. Bu ahvolni tubdan o‘zgartirish O‘zbekistonda o‘rta maxsus ta’limi, tizimidagi o‘zgarishlar, respublikada amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar va bozor iqtisodiyoti talablari ta’lim muassasalarining xuquqiy asoslarining tashkil etilishi, Ta’lim islohatlarining jadallashishi bu yo‘nalishda izchillik va uzliksizlikni ta’minlashga xizmat qiladigan yangi qonun, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, ta’lim tizimini isloh masalalari tahlil qilindi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF EDUCATION REFORM IN THE DEMOCRATIC PROCESS

In the second half of the twentieth century, the education system was separated from the progressive achievements of world civilization and the historical roots of our people. Radical changes in the system of secondary special education in Uzbekistan, changes in the system, democratic changes in the country and the requirements of a market economy, the creation of a legal framework for educational institutions, the acceleration of educational reforms issues were analyzed

Текст научной работы на тему «TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHATLARNING DEMOKRATIK JARAYONDAGI AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHATLARNING DEMOKRATIK JARAYONDAGI AHAMIYATI

Boymurodov Shuxrat Toshkentovich Qarish muxandislik iqtisodiyot instituti dotsenti.

Annotatsiya: XX-asrning ikkinchiyarmida ta'lim tizimi jahon sivilizatsiyasining ilg'or yutuqlaridan va xalqimizning tarixiy ildizlaridan ajralib qolganligi. Bu ahvolni tubdan o'zgartirish O'zbekistonda o'rta maxsus ta'limi, tizimidagi o'zgarishlar, respublikada amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlar va bozor iqtisodiyoti talablari ta'lim muassasalarining xuquqiy asoslarining tashkil etilishi, Ta'lim islohatlarining jadallashishi bu yo'nalishda izchillik va uzliksizlikni ta 'minlashga xizmat qiladigan yangi qonun, kadrlarga bo 'lgan ehtiyojni qondirish, ta 'lim tizimini isloh masalalari tahlil qilindi

Kalit so'zlar: O'rta bug'in, O'rta maxsus ta'limi, kasb-hunarga o'qitish, pedagogikkadrlar, Ta'lim islohatlar, Ta'lim tag'risida"gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, kichik mutaxassis

Аннотация о второй половине ХХ века система образования была отделена от прогрессивных достижений мировой цивилизации и исторических корней нашего народа. Проанализированы радикальные изменения в системе среднего специального образования в Узбекистане, изменения в системе, демократические изменения в стране и требования рыночной экономики, создание правовой базы для образовательных учреждений, вопросы ускорения образовательных реформ.

Ключевые слова: среднее образование, среднее специальное образование, профессиональная подготовка, учителя, реформа образования, закон об образовании, национальная программа обучения, младший специалист.

Abstract: In the second half of the twentieth century, the education system was separated from the progressive achievements of world civilization and the historical roots of our people. Radical changes in the system of secondary special education in Uzbekistan, changes in the system, democratic changes in the country and the requirements of a market economy, the creation of a legal framework for educational institutions, the acceleration of educational reforms issues were analyzed

Keywords::Secondary Education, Secondary Special Education, Vocational Training, Teachers, Education Reform, Education Law, National Training Program, Junior Specialist.

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

O'tgan asrning asrning ikkinchi yarmida ta'lim tizimi jaxon sivilizatsisiyaning ilg'or yutuqlari va xalqimizning tarixiy ildizlaridan ajralib qolgan edi. Bu ahvolni tubdan o'zgartirish xalqimizning intellektual boyliklarini, jahon fani va madaniyatining yutuqlarini o'ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirish kerak edi. Mana shu asosidagina millatning ongli vatanparvar birligi ruhini vujudga keltirish ko'zlangandi. Darhaqiqat buyuk ajdodlarimizning beqiyos ma'naviy merosi, ming yillik tariximiz va madaniyatimizga asoslangan ma'naviy hayotimizni tiklay boshladik. Milliy urf odatlarimiz va an'analarimiz, xullas inson ma'naviyatiga daxldor barcha boyliklarimiz qaytadan tiklandi. YOshlarda o'zlikni anglash, milliy g'urur, oriyat, utmishdan faxrlanish, porloq kelajakni barpo etishda ta'lim tarbiya sohasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizning istiqlolga erishishi qisqa fursatda xalq ta'limini rivojlantirish sohasida ijobiy natijalar bera boshladi.

Mamlakatda milliy dastur g'oya va maqsadlarining amalga oshirilishi mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxsining istiqlol g'oyalariga sodiq vatanining fidoyisi bo'lgan fuqaroning etuk malakali mutaxassisning shakllanishga shart - sharoit yaratdi. Jamiyatning ijtimoiy siyosiy hayotida ongli ravishda ishtirok etadigan ijtimoiy jarayonlarga faol ta'sir etadigan o'z mamlakati va oilasi taqdiri uchun mas'uliyatni his etadigan shaxsni tarbiyalash ta'limning asosiy maqsadlaridandir. Har bir kishining jamiyat hayotida munosib o'rnini topishi, erkin fikrlash va bahs madaniyatining yuksalishi va natijada shaxsning ichki dunyosini boyitish imkoni yuzaga keldi. Bunga ta'lim tizimining har bir bosqichida shaxs imkoniyatlarining namoyon etilishi, uning har tomonlama rivojlanishi ijtimoiy shakillanishi va amalga oshirishni ta'minlaydigan zamonaviy uzluksiz ta'lim tizimini joriy etish bilan erishish mumkin. SHaxs davlat va jamiyat talablarini qondiradigan zamonaviy, izchil va uzluksiz ta'lim va kasb-hunar dasturlarini, ilg'or pedagogik va axborot texnalogiyalaridir. Ta'lim va kasb -hunar dasturlari xalqni boy intellektual va ma'naviy -axloqiy meroslarga umuminsoniy qadriyatlarga, fan -texnika va madaniyatnig ilg'or yutuqlariga asoslangan xolda tuziladi. O'zbekistonda ta'lim tizimining tarkibiy qismi bo'lgan o'rta maxsus ta'limdagi keng miqyosidagi o'zgarishlar tom ma'nodagi yangilikdir.

Maqolada O'zbekistonda o'rta maxsus ta'lim sohasidagi islohotlari va uning ahamiyati qabul qilingan tarixiy va sotsiologik metodlar - tahliliy, ketma-ketlik, xolislik, ob'ektivlik tamoyillari asosida yoritilgan.

METODLAR

NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

Mustaqillik dastlabki yillarida ma'muriy buyruqbozlik tizimidan demokratik jamiyat qurishga o'tish, ta'lim tarbiyadagi eski ma'naviy qarashlarning ayrimlaridan voz kechishga milliy xususiyatga ega tarbiyaviy ishlarni yangi uslublarini izlab topishga, yoshlar ongiga milliy madaniyatimiz, xalqimizning tarixi, an'analarimiz, urf odatlarimizni to'laroq singdirishga, ularni boshqa xalqlar madaniyati bilan tanishtirish yoshlarda millatlararo munosabatlarni shakllantirish uchun O'zbekistonda ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratilishi lozim edi.

Ta'lim islohatlarining jadallashishi bu yo'nalishda izchillik va uzliksizlikni ta'minlashga xizmat qiladigan yangi qonunga ehtiyoj sezila boshladi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab jahon taraqqiyotidagi tajribani chuqur o'rgangan, ulardan etarli xulosalar chiqargan holda respublikamizning hunar -texnika ta'limi tizimini milliy asosida qayta qurish ishiga kirishildi. Bu borada respublika raxbariyatining chiqargan farmon va qarorlari umuminsoniy qadriyatlar va milliy mentalitetni e'tiborga olgan holda ta'lim tarbiya mazmuni milliy mafkura va mustaqillik, ozodlik g'oyasi asosida tashkil etish va takomillashtirsh, ta'lim samarodorligi sohasini tinmay isloh qilib borish, uni jahon talablari darajasigi olib chiqish yo'lidagi say -harakatlar fikrimiz dalilidir. Bozor munosabotning shakllanishi kasb-hunar bilim yurtlarining jamiyatdagi ishlab chiqarish orasidagi o'zaro munosabatlarni o'zgartirishni taqozo etadi. Natijada 1992 yilda respublika hunar-texnika ta'limini rivojlantirishning yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Istiqlolning dastlabki kunidanoq ta'lim tarbiyani jadallashtirishning huquqiy asoslari yaratilgan bo'lsada ta'lim tarbiya jarayonidagi ish uslublarining ayrimlari hamon eskiligicha qolib ketmoqda edi. Ayniqsa kasb-hunar ta'limi sohasida deyarli o'zgarishlar yo'q edi. SHuning uchun ta'lim to'g'risidagi qonun tizimni isloh qilishning amaliy chora-tadbirlari, ta'lim tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog'lash ya'ni uzliksizlikni ta'minlash muammolarini bartaraf eta olmadi.

Mamlakat ta'lim tizimidagi mavjud holatni tahlil qilish shundan dalolat beradiki, kadrlar tayyorlash jarayoni respublikada amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlar va bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermas edi. Buning ustiga ta'lim muassasalarining sifatli o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallar bilan to'liq ta'min etilmaganligi, ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o'rtasida puxta hamkorlik va o'zaro foydali integratsiyaning yo'qligi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarga bo'lgan talabni qondirish imkoniyatini bermayotgan edi. Kasb-hunar ta'limi sovetlarning cheklangan ta'lim tizimidan yangi ijordkorlikka asoslangan, ta'lim mazmuni milliylashgan yo'nalishlarga o'tayotgan bo'lsa, O'zbekiston ta'lim tizimi esa sovetlarning inqirozga yuz tutgan tizimidan keng kulamdagi pedagogik tajribalar asosida tubdan o'zgarayotgan hamda bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida

raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga kirishayotgan tizimga o'ta boshladi. Biroq o'rta kasb xunar ta'limi tizimidagi mavjud muammolar katta xajmdagi mablag'ni, ta'limning davlat siyosati darajasiga ko'tarilishini uning jamiyatimizni ustivor yo'nalishga aylanishini talab qilayotgan edi. Ta'lim islohotlarining jadallashuvi bu yo'nalishda izchillik hamda uzliksizlikni taminlashga xizmat qiladigan yangi qonun qabul qilinishni taqozo etayotgan bir vaqtda bir qator qonun va dasturlar qabul qilindi.1 Ta'lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustivor deb belgilanishi milliy tajribaning tahlili va ushbu tizimdagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak ma'naviyat ega, umumiy va kasb-hunar madaniyatiga asoslangan ijtimoiy -siyosiy hayotda mustaqil fikr yurita oladigan jamiyatning barcha sohalaridagi muammolrini tahlil va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirildi. Ta'lim tizimi sohasida o'tkazilgan islohotni ikkita yirik bosqichga bo'lish mumkin birinchi bosqich 1991-1997 yillar,

л

ikkinchi bosqich (1997 keyingi davrlarga ajratish mumkin

O'zbekistoning siyosiy ijtimoiy -madaniy va iqtisodiy hayotidagi chuqur islohotlar mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga tezkor kirishi bilan birga sodir bo'lmoqda. Bu xol o'rta maxsus kasb xunar ta'limi o'quv muassasalarini ham xalqaro ta'lim tizimiga va xalqaro ta'lim xizmat bozoriga tezroq kirishishi zarurligini belgilaydi.

MUNOZARA

YOshlarni kasb-xunarga o'rgatish, ta'lim uzliksizligini ta'minlash masalasi davlat siyosati darajasiga kutarilishi yangidan tashkil etilgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini moddiy -texnik bazasini yaxshilash maqsadida ham hukumat tomonidan keng imkoniyatlar yaratib berildi. Mustaqillikning daslabki yillarida yoshlarimiz umumiy o'rta ta'limni tugatganlaridan so'ng yana uch yil akademik litseylar va kasb - hunar kollejlarda ta'limni majburiy -ixtiyoriy davom ettiradilar. Ta'kidlash kerakki, qonunga asosan akademik litsey va kasb- hunar kollejining maqomi tenglashtirilgan. SHu bilan birga ular o'z oldiga qo'ygan maqsadlari bilan bir biridan ma'lum ma'noda farq qiladi. Akademik litseylar o'quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarni hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishini, chuqurlashtirilgan - ixtisoslashtirilgan holda o'qitishni ta'minlaydi. Akademik litseylar asosan oliy o'quv yurtlari qoshida tashkil etiladi.

Kasb -hunar kollejlari esa o'quvchilarning kasb -hunarga moyilligini layoqatlarini bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan

1 Уз Р ВМ "Кадрлар тайёрлаш миллий дастурини ишлаб чик,иш т^рисида" к,арори 1997 йил 10 мартда . "Таълим таFрисида"ги к,онун ва Кадрлар тайёрлаш миллий Дастури 1997-йил 27-августда

2Эргашева Ю.А. Формирование национальной модели образования в Узбекистане за годы независимости // Alma mater вестник высшей школы М.,2017 г № 9 сентябрь 86-87 ст

525

yo'nalishlari bo'yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash kichik usta tayyorlash imkonini beradi. Lekin amalga oshirilayotgan ishlarni shu bugungi talablar darajasida deb bo'lmaydi. Masalan, o'rta maxsus ta'lim muassasalarini pedagogik kadrlar bilan ta'minlanganlik darajasini, ularning mutaxassisligini o'qiyotgan fanlari bilan o'zaro mosligi, o'quv laboratoriya bazasidan, shu jumladan chet eldan keltirilgan jixozlardan ta'lim jarayonida foydalanish darajasi, o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlanganlik, ishlab chikarish bilan aloqa va xamkorlik ishlari, bitiruvchilarni ishga joylashtirish va ularning monitoringini olib borish, oliy ta'lim muassasalari bilan o'zaro xamkorlikni yanada takomillashtirish, qabul rejalarining bajarilishi, kichik mutaxassislarga bo'lgan extiyoj mavjudligi, yoshlarni kasbga yo'naltirish ishlari kabi qator muammolarni hal etish oldimizga bir qancha kechiktirib bo'lmaydigan vazifalarni keltirib chiqaradi

Kasb-hunar kollejlarini bitirgan talabalarni o'z mutaxassisliklari bo'yicha ishga joylashtirish muammolari mavjud. Buning uchun viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza kilish bosh boshqarmasi va uning tumanlardagi bo'limlari, dehqon fermer uyushmalari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda ishni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Statistik ma'lumotlarga nazar soladigan bo'lsak daslabki yillarda Qashqadaryo viloyati misolida Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini 2000 yilda 8654 nafar, 2001 yilda 14398 nafar, 2002 yilda 16699 nafar, 2003 yilda 11166 nafar, 2004 yilda 11391 nafar, 2005 yilda 13270 nafar, jami 2000-2005 o'quv yillari 75578 nafar talabalar bitirib chiqqan. SHulardan, 2000 yilda 5897 nafari (68%), 2001 yilda 10010 nafari (69,5%), 2002 yilda 9052 nafari (54,2%), 2003 yilda 7896 nafari (70,7%), 2004 yilda 8323 nafari (73,1%), 2005 yilda 9670 nafar (72,9%) talabalar ishga joylashganlar. Agar o'rta maxsus ta'lim muasasalari bitiruvchilarini oliy o'quv muassasalariga qabul qilinishini olib qaraydigan bo'lsak, bu ko'rsatkich 2000 yilda 361 nafar (4,2%), 2001 yilda 431 nafar (3%), 2002 yilda 787 nafar (4,7%), 2003 yilda 860 nafar (7,7%), 2004 yilda 1042 nafar (9,1%), 2005 yilda 1399 nafarni (10,5%)

-y

tashkil etadi.

Kadrlar tayyorlash tizimidagi tarkibiy qismlardan yana biriga diqqatingizni tortmoqchimiz. Gap ishlab chikarish xaqida borayapti. Afsuski, xali bu sohada muntazam va samarali amaliyot yo'lga qo'yilgan emas. Ta'limni korxonadagi unumli mehnat bilan shu jumladan, ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidagi mehnat bilan qo'shib olib borish e'tibordan chetda qolgan.

3 Y3P YMKX.TM wopwiï apxuBU YpTa Maxcyc, Kac6-xyHap TavflMMM MapKa3w TW3WMwga 2005 rnn AKyH^apw 6yMMHa aiwa^ra owwpM^raH ww^ap HaTwwa^apw Tyipwcwfla Ma"MyMOT. 11-6eT.

526

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonunlariga muvofiq o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirilgan. SHu bilan bir qatorda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining o'quv jarayonida qo'llanilib kelinayotgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinganda tuzatilishi lozim bo'lgan kamchiliklar aniqlandi. Xususan, shu vaqtgacha ta'lim jarayoniga tadbiq etilib kelinayotgan o'quv rejalarda fanlar bo'yicha umumiy soatlar berilgan bo'lib, laboratoriya, amaliy mashg'ulot, kurs ishi, seminarlar, mustaqil ish uchun ajratilgan soatlar ko'zda tutilmagan. SHu munosabat bilan amalda qo'llanilib kelinayotgan o'quv rejalarni qayta ko'rib chiqish va takomillashtirish zaruriyati tug'ildi.

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimining maqsadini va mohiyatini yoshlar ongiga singdirish maqsadida o'quv muassasalarida kasbga yo'naltirish markazlari faoliyat ko'rsatdi. Ular yil mobaynida umumta'lim maktab o'quvchilari orasida sohaga oid tushuntirish, yo'naltirish ishlarini olib bordi. Mamlakatimizda o'tgan davr mobaynida 1200 dan ziyod akademik litsey va kasb-xunar kolleji bunyod etilgani, rekonstruksiya kilingani va zamonaviy o'quv laboratoriya jihozlari bilan taminlanganini, keyingi 10 yil davomida o'rta maxsus, kasb-xunar va oliy talim tizimida 100 dan ziyod yo'nalish, 265 ta mutaxassislik va 700 ta kasb buyicha professional talim olgan va zamonaviy va fikrlash saloxiyatiga ega bulgan bir million nafardan ortiq yangi avlod mutaxassislari tayyorlangan4

XULOSA

Xulosa qilib aytganda mustaqil mamlakatning buguni va kelajagi muayyan ma'noda mamlakat ta'lim tizimining qay darajada rivoj topgani bilan belgilanadi. Zero, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli shu zaminda voyaga etayotgan yoshlar kamoli bilan chambarchas bog'liq. SHu ma'noda mamlakatimizni modernizatsiya qilish va demokratik jamiyat qurish yo'lidagi murakkab va keng ko'lamli vazifalarni hal etishga qodir yangi avlod kadrlarni tayyorlash masalasi muhim prinsipial va hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini unutmasligimiz darkor.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1.Karimov I.A.«Inson manfaatlari ustuvorligini taminlash - barcha islohot va o'zgarishlarimizning bosh maksadidir» mavzusidagi ma'ruzasi 2008 yil 8 fevral

2.Mirziyoev SH. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi 2018 yil

4 MA KapMMOB «MHCOH MaH^aaxnapw ycryBop^wrnHM TabMMH^aw - öapna MC^OX,OT Ba y3rapMw^apMMM3HMHr 6ow MaKcaflMflwp» 2008 mm^ 8 $eBpa^

Scientific Journal Impact Factor

3 Ergasheva YU.A. Formirovanie natsionalnoy modeli obrazovaniya v uzbekistane za godti nezavisimosti // Alma mater vestnik vtisshey shkolti M.,2017 g № 9 sentyabr 86-87 st.

4 Boymuradov Sh.T. Sooperation of foreign countries in the sphere of secondary special education of the early years of independence in Uzbekistan // International Scientific Journal Theoretical & Applied Science. 91p.

5.O'zR O'MKHTM joriy arxivi O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tizimida 2017 yil yakunlari bo'yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari to'g'risida ma'lumot. 9-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.