Научная статья на тему 'HARAKATLAR STRATEGIYASI-MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH ASOSI'

HARAKATLAR STRATEGIYASI-MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH ASOSI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1716
167
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Diniy bag’rikenglik / millatlararo totuvlik / diniy ekstremizm / xavfsizlik / demokratiya / madaniyat / Religious tolerance / interethnic harmony / religious extremism / security / democracy / culture.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Qodiraliyev Abror Tojimurot O’g’li

Maqolada mamlakatimizdagi diniy bag’rikenglik va o’zaro samimiy qardoshlik munosabatlarini tartibga solishda, millatlararo totuvlikni taminlashda asosiy lokomotiv vazfasini bajarayotgan 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining tashkukiy asosi va ijtimoiy huquqiy ahamiyati haqida mulohazalar bildirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MOVEMENT STRATEGY THE BASIS FOR STRENGTHENING INTERNATIONAL PEACE AND RELIGIOUS TOLERANCE

The article comments on the organizational basis and social and legal significance of the Action Strategy for the five priority areas of development of the Republic of Uzbekistan in 2021, which plays a key role in regulating religious tolerance and fraternal relations in our country, ensuring interethnic harmony.

Текст научной работы на тему «HARAKATLAR STRATEGIYASI-MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH ASOSI»

Scientific Journal Impact Factor

HARAKATLAR STRATEGIYASI-MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG'RIKENGLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH ASOSI

Annotatsiya. Maqolada mamlakatimizdagi diniy bag'rikenglik va o'zaro samimiy qardoshlik munosabatlarini tartibga solishda, millatlararo totuvlikni taminlashda asosiy lokomotiv vazfasini bajarayotgan 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo 'nalishi bo 'yicha Harakatlar strategiyasining tashkukiy asosi va ijtimoiy huquqiy ahamiyati haqida mulohazalar bildirilgan

Kalit so'zlar. Diniy bag'rikenglik, millatlararo totuvlik, diniy ekstremizm, xavfsizlik, demokratiya, madaniyat.

Abstract: The article comments on the organizational basis and social and legal significance of the Action Strategy for the five priority areas of development of the Republic of Uzbekistan in 2021, which plays a key role in regulating religious tolerance and fraternal relations in our country, ensuring interethnic harmony.

Key words: Religious tolerance, interethnic harmony, religious extremism, security, democracy, culture.

Аннотация: В статье комментируются организационные основы и социально-правовая значимость Стратегии действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан до 2021 года, которая играет ключевую роль в регулировании религиозной толерантности и братских отношений в нашей стране, обеспечении межнационального согласия. .

Ключевые слова: Религиозная толерантность, межнациональное согласие, религиозный экстремизм, безопасность, демократия, культура.

Bugun respublika hududida yashovchi 130 dan ortiq millat va elat vakillari uchun O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi millatlararo totuvlikni mustahkamlash, barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlashning kafolati bo'lib xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta'minlash masalasiga alohida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi e'tibor qaratilgan. Davlat dasturining beshinchi yo'nalishi -

172

Qodiraliyev Abror Tojimurot o'g'li Denov Tadbirkorlik vapedagogika instituti o'qituvchisi e-mail:[email protected]

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, vazmin, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish. Xususan, xorijda yashayotgan va ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan hamkorlik qilish bo'yicha davlat siyosati konse'siyasi ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.

Ekstremistik g'oyalar ta'siriga tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, bunday fuqarolarni sog'lom muhitga qaytarish tizimini takomillashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Diniy ma'rifat tizimi qayta ko'rib chiqilib, bu borada aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi va ta'sirchanligi kuchaytiriladi. Muxtasar aytganda, Davlat dasturida ko'zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga 13,5 trillion so'm va 1,3 milliard AQSh dollari yo'naltiriladi. Davlat dasturida ko'zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish mamlakatimizning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash, aholi farovonligini amalda yuksaltirish va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashda muhim dasturilamal bo'lib xizmat qiladi.

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Harakatlar strategiyasi-millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni yanada mustahkamlash asosi obyektiv tahlil qilindi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda Bag'rikenglik tamoyillari to'g'risidagi Deklaratsiya asosiy metodologik manba bo'lib olindi.

Mamlakatimizda tinchlikni yanada mustahkamlash, millatlararo barqarorlikni yuksaltirish maqsadida 2017-yil 19-mayda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq Baynalmilal madaniyat markazi negizida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi tashkil etildi. Bu esa, o'z navbatida, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar hamda do'stlik jamiyatlarini qo'llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishida davlat idoralari va jamoat tashkilotlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni kuchaytirishda mustahkam tayanch bo'ladi.

Puxta-pishiq bayon etilgan bu vazifalarning bari bir-biriga bog'liq, biri ikkinchisini talab etadigan, davlat va xalq uchun o'ta muhim ahamiyatga ega yo'nalishlar hisoblanadi. Endi Harakatlar strategiyasida belgilangan ana shu beshinchi ustuvor yo'nalish bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi qarori 2-bandida belgilangan vazifalardan birining mazmun-mohiyatini o'zaro solishtiraylik: "Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish orqali davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, qo'shnilarimiz bilan raqobat qilish emas, balki hamkorlik qilish, mintaqamizdagi muammolarni birgalikda hal etish tamoyiliga asosan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarning mazmun-mohiyatini ochib berish"

Bu yerdagi eng muhim yangilik shundan iboratki, mamlakatimiz bundan buyon qo'shnilarimiz bilan raqobatlashish emas, balki, o'zaro manfaatli hamkorlik qilish, yashab turgan mintaqamiz bo'lmish Markaziy Osiyo muammolarini birgalikda hal etish yo'lini tanladi. Bu - juda muhim. Bundan oqilonaroq yo'l yo'q. Mustaqillik tarixiga Harakatlar strategiyasining aynan ana shu beshinchi ustuvor yo'nalishi bo'yicha nimalar qilinganini aniqlashtirish asosida yondashsak, mamlakatimizda bu borada misli ko'rilmagan yutuqlarga erishganimiz oydinlashadi. Mustaqillikning ilk daqiqasidan e'tiboran O'zbekiston Respublikasi siyosatida millatlararo tenglik va totuvlik g'oyasiga alohida e'tibor qaratildi. Ko'p o'tmay bu umuminsoniy tamoyil O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalarida qat'iy qilib qayd etildi. "Muqaddima"sidayoq Asosiy Qonunimiz "respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlashga intilib", "fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash maqsadida" qabul qilinayotgani aytilgan. 8-moddada: "O'zbekiston xalqini, millatidan qat'iy nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi", deyiladi.

Demak, tilshunoslik nuqtai nazaridan o'zaro ma'nodosh (sinonim) hisoblansada, Konstitutsiya qabul qilgan kundan e'tiboran o'zbek siyosatshunosligi huquqiy terminologiyasida "xalq" va "millat" so'zlari o'zaro ma'nodosh bo'lmay qoldi. Chunki Konstitutsiyada "xalq" deganda mamlakatning butun aholisi, "millat" deganda esa bu yerda yashaydigan 136 millatdan biri tushuniladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. Ularning bari - shu yurt farzandi, vatandoshimiz, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi. Migratsiyaviy jarayonlar uchun biron-bir fuqaroning zarracha aybi yo'q. 1989 yil 21 oktyabrida qabul qilingan "Davlat tili haqida"gi qonun amalda respublikamizdagi boshqa tillar ravnaqi uchun ham keng yo'l ochdi. Hozir mamlakatimizda 7 tilda - o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirg'iz va turkman tillarida umumiy ta'lim maktablari mavjud. Aslida, iqtisodiy jihatdan muayyan mushkulliklar tug'dirsa ham, shu maktablar uchun darslik va qo'llanmalar mamlakatimizning o'zida tayyorlanib, chop etiladi.

Scientific Journal Impact Factor

O'zbek maktablarida ona tili, rus tili va bir xorijiy (jami uch) til, rus maktablarida ona tili, davlat tili va bir xorijiy (jami uch) til, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg'iz va turkman maktablarida esa ona tili, davlat tili, rus tili va bir xorijiy (jami to'rt) til o'qitiladi. Til o'rganish amalda kishining ong-tafakkurini o'stiradi, uning axborot olish imkoniyatini kengaytiradi, fikrlashda qiyoslash ko'nikmalarini paydo qiladi, shakllantiradi. Mamlakatimizda o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq va ingliz tillarida matbuot nashrlari mavjud. Mustaqillik yillarida amalda har bir millat va elat vakilining o'z tilida badiiy ijod qilish imkoniyatlari ham kengaydi. Masalan, sho'ro davrining so'nggi o'ttiz-qirq yili mobaynida Toshkentda tojik tilida birgina kitob chop etilgan. Ammo istiqlol zamonida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz va boshqa shaharlarda o'zbekistonlik tojik shoirlarining 100 dan oshiq to'plami bosilib chiqdi. Ularning aksariyatida Vatan haqida she'rlar bor. Ularning barida "Vatan" deganda jonajon O'zbekistonimiz, uning vodiyu vohalari, shaharu qishloqlari, cho'lu tog'lari, dalayu bog'lari ta'rifu tavsif etiladi. Tojik yozuvchilarining ko'plab nasriy asarlari ham bosilyapti.

Bugun mamlakatimizdagi boshqa millat va elatlar vakillari uchun ham osh -eng tansiq taom bo'lib ulgurgan. To'y-ma'rakalarimizni usiz tasavvur eta olmaymiz. To'y-tantanalarimizda turli millat va elat vakillari bemalol xorazmcha "Lazgi"ga, buxorocha "Mavrigi"ga yoki "Andijon polkasi"ga zavq bilan raqsga tushadi. Turli millat va elatlar vakillari bir mahalla, bir ko'p qavatli uyda yon qo'shni - jon qo'shni bo'lib yashab kelyapti. O'rtada "bor tovog'im - kel tovog'im" ham mavjud. Bugungi o'zbek madaniyatini, sharqona va g'arbona madaniyatlar uyg'unligidan (sintezidan) iborat, deb hisoblashga to'la haqlimiz. G'arb madaniyatining ijobiy jihatlarini o'zlashtirish - faqat yutuq. Ammo G'arbda demokratiyaning suiste'mol qilinishi oqibatida yuzaga kelgan "ommaviy madaniyat"ning, yalang'ochlik falsafasining kirib kelishidan ehtiyot bo'lish kerak.

Shu yilning 24 yanvarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan madaniy markazlarning bir guruh faollari mukofotlandi. Davlatimiz rahbari Vatanimizning yuksak mukofotlarini tantanali ravishda to'shirdi. Respublika baynalmilal markazi tashkil etilganining 25 yilligiga bag'ishlangan uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so'zladi.

19 may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni qabul qilindi. Unga ko'ra, Respublika baynalmilal madaniyat markazi negizida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar

Scientific Journal Impact Factor

bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi tashkil etildi. Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markaz, shuningdek, O'zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-ma'rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, 34 ta do'stlik jamiyati faoliyati o'zaro birlashtirildi. Shu tariqa bu qo'mita millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini mustahkamlashga yo'naltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlovchi boshqaruv organi maqomiga ega bo'ldi. Mamlakat taraqqiyoti bugun bevosita 32 milliondan ortiq kishining a'moliga sa'y-harakatiga bog'liq. Shunday ekan, O'zbekistonimizdagi barcha millatlar vakillari - hamyurtlarimiz, jondosh-qondoshlarimiz. Shuning uchun, millatimizdan qat'i nazar, shu Vatan taqdiriga barchamiz birdek mas'ulmiz. Chunki, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov alohida shior tarzida o'rtaga tashlaganidek: "Shu aziz Vatan - barchamizniki!"

Bir so'z bilan aytganda, Harakatlar strategiyasi asosida beshinchi ustuvor yo'nalish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko'lami har qanday kishini mamnun etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 15 avgustda qabul qilingan "2017 - 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" farmoyishida muayyan ma'noda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar bir sidra sarhisob ham qilindi. Bugungi kunda Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun hamda 700 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilingani qayd etildi, shuningdek, besh ustuvor yo'nalish bo'yicha qilingan ishlar qisqacha sanab o'tildi. Ertangi istiqbolni belgilash uchun, tabiiyki, kecha va bugunning tajribalariga suyanish, ya'ni erishilgan yutuqlarni yanada ko''aytirish, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni esa so'zsiz tuzatish tadorigini ko'rish kerak. Mazkur Farmoyishda ana shu qoidaga amal qilingan. Unda qayd etilishicha: "...Navbatdagi islohotlarni sifatli va oldindan rejalashtirish uchun 2017 yil yakunlari bo'yicha erishilgan natijalarni chuqur o'rganish va puxta tahlil qilish zarur"

Biz bundan keyin shu yo'ldan boramiz. Chunki navbatdagi g'ishtni oldingi g'isht ustiga qo'yish kerak. Tarixan olganda, bir davlatning davlat, bir mamlakatning mamlakat, bir xalqning xalq bo'lib shakllanishi oson kechadigan jarayon emas. O'zbekiston Respublikasi shu hududda tarixan shakllangan, dunyoda o'z o'rnini topishga erishgan tamoman yangi davlat. Biz milliy davlat qurdik. Turli millat va elatlardan iborat aholi bir siyosiy birlik O'zbekiston Respublikasi xalqi sifatida shakllandi. Mamlakatning manfaati har birimizning manfaatimiz, xalqning yutug'i har birimizning yutug'imiz, hammaga yaxshi bo'lsa, albatta, menga ham yaxshi bo'ladi, ko'pga bersin, ko'p qatori menga ham bersin, degan tushuncha va

Scientific Journal Impact Factor

qarashlarning odamlar qalbi va ong-tafakkuridan mustahkam o'rin olishiga birdaniga erishib bo'lmaydi. Bizdagi ahillik, tilibirlik, tinchlik-xotirjamlik ruhini mamlakatimizga turli sabablar bilan tashrif buyurayotgan xorijliklar ham sezadi, bu ularni ham xushnud etadi, albatta.

XULOSA VA TAKLIFLAR Mamlakatimizda shu tariqa davlat va xalq o'rtasidagi chambarchas bog'liqlikni kuchaytirish davri boshlandi. Bundan buyon ham taraqqiyotimiz aynan ana shu davlat va xalqning jipsligiga tayanadi. Busiz hech bir mamlakat o'z oldiga qo'ygan ezgu maqsadlarga erishgan emas. Mustaqillikni mustahkamlash, uni himoya qilish hech qachon o'z dolzarbligini yo'qotmaydi. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, chegaralarimiz daxlsizligini asrash, Qurolli kuchlarimizning jangovar salohiyatini kuchaytirish, jahon miqyosida raqobat, qarama-qarshilik tobora beshafqat tus olayotgan, radikalizm, terrorizm, ekstremizm, "ommaviy madaniyat" kabi tahdidlar kuchayib borayotgan tahlikali zamonda doimo ogoh va hushyor bo'lib yashash, safarbarligimizni yanada oshirish - bugun hayotning o'zi talab qilayotgan eng muhim va dolzarb vazifamiz ekanini hammamiz teran anglashimiz darkor.

ADABIYOTLAR RO"YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: «O'zbekiston», 2019.

2. O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida» gi Konstitutsiyaviy Qonuni. 2002 yil 12 dekabr. «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi», 2002 yil dekabr №12 (1320)

3. Bag'rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi,1995;

4. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar (To''lam). O'zbekcha nashrining mas'ul muharriri prof. A.H. Saidov. -T.: «Adolat», 2004.

5. Bag'rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi. «Inson Huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar (To''lam). O'zbekcha nashrining mas'ul muharriri prof. A.H.Saidov. -T.: «Adolat», 2004.

6. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha 2017-2021 yillarga bag'ishlangan Harakatlar Strategiyasi to'g'risidagi farmoni - T.: O'zbekiston. 2017 yil.

7. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468474 P.

8. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

Scientific Journal Impact Factor

9. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

10. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

11. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

12. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

13. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

14. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovanligining garovi - T.: O'zbekiston, 2016 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.