Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA QASHQADARYO VILOYATIDA DEMOGRAFIK JARAYONLARNING TARIXIY TAHLILI'

MUSTAQILLIK YILLARIDA QASHQADARYO VILOYATIDA DEMOGRAFIK JARAYONLARNING TARIXIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
863
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
QashQadaryo viloyati / demografiya / aholi / dinamika / milliy tarkib / mehnat resurslari / migratsiya / Kashkadarya region / demography / population / dynamics / ethnic composition / labor resources / migration

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xoliqov, Shodiyor Sobirovich, Normurodova, Gozal

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining demografik jarayonlari tarixiy tahlil qilingan. Jumladan, viloyatning shahar va tumanlari kesimida aholi dinamikasi, milliy tarkibi, tug‘ilish va iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL ANALYSIS OF DEMOGRAPHIC PROCESSES IN KASHKADARYA REGION IN THE YEARS OF INDEPENDENCE

The article analyzes the demographic processes of the Kashkadarya region over the years of independence. In particular, it reveals the dynamics of the population, ethnic composition, birth rate and economic indicators in the example of cities and districts of the region.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA QASHQADARYO VILOYATIDA DEMOGRAFIK JARAYONLARNING TARIXIY TAHLILI»

Scientific Journal Impact Factor

О

MUSTAQILLIK YILLARIDA QASHQADARYO VILOYATIDA DEMOGRAFIK JARAYONLARNING TARIXIY TAHLILI

Xoliqov Shodiyor Sobirovich Samarqand Davlat Universiteti 1tarix magistr Go 'zal Normurodova ilmiy rahbar Samarqand Davlat Universiteti O'zbekiston tarixi kafedrasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining demografik jarayonlari tarixiy tahlil qilingan. Jumladan, viloyatning shahar va tumanlari kesimida aholi dinamikasi, milliy tarkibi, tug'ilish va iqtisodiy ko 'rsatkichlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: QashQadaryo viloyati, demografiya, aholi, dinamika, milliy tarkib, mehnat resurslari, migratsiya.

Abstract: The article analyzes the demographic processes of the Kashkadarya region over the years of independence. In particular, it reveals the dynamics of the population, ethnic composition, birth rate and economic indicators in the example of cities and districts of the region.

Keywords: Kashkadarya region, demography, population, dynamics, ethnic composition, labor resources, migration.

Аннотация: В статье анализирован демографические процессы Кашкадарьинской области за годы независимости. В частности, раскрыто динамика населения, национальий состав, рождаемость и экономические показатели в примере городах и районах области.

Ключевые слова: Кашкадарьинский область, демография, население, динамика, национальный состав, трудовые ресурсы, миграция.

Mustaqillik yillarida O'zbekistonning alohida viloyatlarida kechgan demografik jarayonlarni tarixiy tahlil qilish muhim ilmiy ahamiyatga ega. Zero, bu mintaqalarning tarixiy rivojlanishi, o'ziga xos tabiiy-geografik sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik salohiyati, xududiy tarkibi, aholi joylashuvidagi turli shakllarning mavjudligi kabi xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Shunday xududlardan biri Qashqadaryo viloyati hisoblanadi.

1990-2020 yillar oralig'ida Qashqadaryo viloyatidagi demografik jarayonlarni qisqacha tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, viloyatda kechgan ma'lum o'zgarishlarda ijtimoiy-iqtisodiy, demografik omillar muhim o'rin egallaydi. Xususan, ko'zdan kechirilayotgan davrda voha demografiyasi respublikaning boshqa hududlaridan

dotsenti

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

aholining o'sish surati, tug'ilish va o'limning kamayishi, farzand ko'rish ketma-ketligini qisqarishi, aholi zichligi va joylashuvidagi o'zgarishlar, o'rtacha umr ko'rish darajasining ortishi, shahar aholisining o'sishi qishloq aholisiga nisbatan sekinlashuvi, migratsiyaning faollashuvi bilan izohlanadi.

Masalani aholining milliy tarkibi tahlilidan boshlaydigan bo'lsak, 1989 yilda viloyatda aholining 85 foizini o'zbeklar tashkil qilgan bo'lsa, 1995 yilga kelib bu ko'rsatkich 91 foizni tashkil etdi. 2013 yildagi ma'lumotga ko'ra, viloyat aholisi milliy tarkibida o'zbeklar keskin ajralib 92,3 foizni tashkil etdi. Ikkinchi o'rinda, tojiklar 4,3 foizga ega. Qolgan millat vakillaridan turkman va ruslar ko'proq1. Bu o'zgarish mustaqillikning dastlabki yillarida migratsiya jarayonlari bilan bog'lanadi.

Ta'kidlash joizki, aholi tabiiy o'sish ko'rsatgichlari shahar va qishloq joylarda farq qiladi hamda qishloq joylarda tug'ilish shaharlarga nisbatan birmuncha yuqori. Buning ba'zi ob'ektiv va sub'ektiv sabablari mavjud. Jumladan, qishloqlarda ayollarning ijtimoiy hayotida bandligini past darajada bo'lishi, qo'l mehnati ko'p talab qilinadigan qishloq xo'jaligida ishchi kuchiga bo'lgan ehtiyojning mavjudligi, milliy an'analar davrlar davomida tug'ilishning yuqori bo'lishiga olib kelgan. Shahar aholisi tarkibida esa turli millat vakillarining ayollarning ijtimoiy hayotda faolligi, iqtisodiy-ijtimoiy omillarga bog'liq holda uy-joy muammosi va boshqa sabablari tug'ilish darajasining biroz past bo'lishiga olib keladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Keyingi yillar maboynida, ya'ni 1989-2014 yillar oralig'ida aholi soni ancha tez ko'payib boradi. Masalan, Muborak tumanida o'rtacha yillik ko'payish 5,70 foiz, Kosonda 4,75 foiz, Kitob va Nishon tumanlarida 4,10 foizni tashkil qilgan. Nisbatan pastroq demografik o'sish Dehqonobodda 2,40 foiz, Qarshida 2,50 foiz va Kasbi tumanlarida 2,50 foiz kuzatiladi. Shu o'rinda e'tirof etish lozimki, mazkur ko'rsatkichlar bo'yicha Muborak tumani respublikamizda eng oldingi o'rinlarni egallaydi2. Tuman aholisining bunday tez o'sishi nafaqat tabiiy ko'payish, balki aholi migratsiyasi bilan ham bog'liq bo'lib, tabiiy resurslarni o'zlashtirish natijasida aholi bu yerga ko'plab ko'chib kelgan.

Yuqori mintaqa Shahrisabz, Yakkabog' va Kitob tumanlari ko'p jihatdan respublikamizning aholisi zich, xo'jaligi intensiv rivoj topgan voha va vodiylariga o'xshab ketadi. Shu bilan birga, aholi zichlik ko'rsatkichlari quyi mintaqaning ayrim tumanlari jumladan, Kasbi, Qarshida ham ancha yuqori. Aholining tabiiy harakat ko'rsatkichlari boshqa hududlar xususan, Surxondaryo viloyatidan tashqari sezilarli

1 KamKagapë BraoaT CTacTHTHKa 6omrçapMacHHHHr ®opnn apxHBH.2020 hhïï.

2 Co^HeB A. Y36eKHCTOH H^THCO^HH Ba H^THMOHH reorpa^nacH. - T., 2014. - E.290 ().

Scientific Journal Impact Factor

o

darajada farq qiladi. Chunonchi, bu yerda tug'ilish koeffisienti har 1000 kishi aholiga 25,1 kishini tashkil etadi. Eng yuqori daraja 2000 yilda Chiroqchi tumanida bo'lib, u bu yerda yaqin 34 kishiga barobar. Yakkabog' tumanida ham tug'ilish ancha yuqori -26,7 foiz. Ayni vaqtda umumiy tug'ilish koeffisienti Mirishkor, Qarshi shahri va tumanida pastroq. 2013 yilda ham Chiroqchi tumani tug'ilish koeffisienti bo'yicha ajralib turadi (30,0 foiz). Qolgan qishloq tumanlari orasida katta farq kuzatilmaydi, viloyat markazi Qarshi shahrida tug'ilish 21,5 promille3.

Jumladan, Qashqadaryo vohasidagi aholi tug'ilishi 1995 yil da 36,2 promille, 1996 yil 33,1 prom., 1997 yil 29,9 prom., 1998 yilda 27,1 prom., 1999 yil 27,5 prom., 2000 yilda 26,3 prom., 2001 yil 24,2 promille, 2002 yilda 23,9 prom., 2003 yilda 23,5 prom., 2004 yilda 22,7 prom.ni tashkil qilgan4. Yoki, 2018 yilda 82,1 mingta bola tug'ilganligi qayd etilgan bo'lib, shunga mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug'ilish koeffisienti 25,8 prom.ni tashkil etgan.

2017 yil yanvar-dekabr oylarida tug'ilganlar soni 76607 kishini tashkil qilib, 2016 yilning shu davriga (77684 kishi) nisbatan 1077 taga kamaygan. Tug'ilish koeffisienti mos ravishda 24,6 prom.ni tashkil qilib, 2016 yilning shu davriga (25,4 prom.) nisbatan 0,8 prom.ga kamaydi. Tug'ilish darajasining kamayishi viloyatning G'uzor tumanida (25,5 dan 25,0 prom.), Dehqonobod (28,4 dan 28,3 prom.), Qamashi (27,6 dan 27,2 prom.), Kitob (24,6 dan 24,3 prom.), Kasbi (25,6 dan 24,1 prom.), Chiroqchi (30,3 dan 30,2 prom.), Yakkabog' (27,8 dan 25,2 prom.) tumanlarida kuzatildi5.

2018 yilda viloyat tumanlari orasida tug'ilish koeffisienti o'rganib chiqilganda, yuqori o'sish Muborak tumanida (22,1 prom.dan 24,7 prom.) va Qarshi shahrida (17,9 prom.dan 20,7 prom.ga) Koson (24,6 prom.dan 25,6 prom.ga) va Kitob (24,1 prom.dan 24,9 prom.ga) tumanlarida bo'lib, eng yuqori ko'rsatkich Chiroqchi tumanida (32,9 prom.) kuzatilgan.

Mehnat resurslari tumanlar kesimida tahlil qilinganda, yuqori ko'rsatkichlarda Chiroqchi, Koson, Qamashi va Shaxrisabz tumanlari, eng ko'p iqtisodiy faol aholi soni Chiroqchi tumanida (146,0 ming kishi) va Qarshi shahrida (130,6 ming kishi) ga kuzatildi. Iqtisodiy faol aholi sonining eng kam ko'rsatkichlari Mirishkor (54,7 ming kishi) va Muborak (46,2 ming kishi) tumanlariga to'g'ri keldi.

3 npoMHïïœ - ôupoH-ônp coHHHHr MHHrgaH 6np y^ymn ëKH $OH3HHHr yHgaH 6np rhcmh, % aroMara ôh^rh öeOTH^aHagn.

4 Y36eKHCTOH Pecnyô^HKacH hhothk craTucTHK Tyn^aMH 2004. -TomKeHT., 2005. -E. 57.

5 Kamrçagapë BH^oaTHHHHr CTaTHCTHK ax60p0TH0Macu. 2019 hh^. - E.53. 5 Kamrçagapë BH^oaTHHUHr ctrthcthk ax60p0TH0Macu. 2019 hh^. - E.53.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

O

Xulosa qilib aytganda, istiqlol yillarida Qashqadaryo viloyatidagi demografik o'zgarishlar bevosita ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga bog'liq holda kechdi. Bunda, kishilaming shaharlarga intilishi natijasida shahar aholisi salmog'ining ko'payishi, shuningdek, aholining milliy tarkibida tub joy millat vakillarining salmog'ining oshishiga asosiy sabab, tub joy aholisi bo'lmagan millat vakillarining o'z vatanlariga qaytishi va qishloq joylarida tug'ilishning ko'payishi bilan izohlash mumkin. Aholi bandligi muammosini hal qilishning eng asosiy yo'llari asosan, tumanlar miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni faollashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan mos ravishda mahalliy ehtiyoj asosida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini jadal rivojlantirish bilan bog'liq kechgan.

1. Ubaydullayeva R., Ota-Mirzaev O., Umarova N. O'zbekiston demografïk jarayonlari va aholi bandligi. - Toshkent, 2006.

2. Qashqadaryo viloyat stastitika boshqarmasining joriy arxivi. 2020 yil.

3.Qashqadaryo viloyat stastitika boshqarmasining joriy arxivi. 2019 yil.

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.