Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV DAVRIDA MIGRATSION INQIROZ'

GLOBALLASHUV DAVRIDA MIGRATSION INQIROZ Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
461
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv jarayoni / migratsiya masalasi / fuqarolarning huquqlari / manfaatlari / globalizatsiya va integrasion jarayonlar / fan / texnika / texnologiya / zamonaviy kommunikatsiyalar / the process of globalization / the issue of migration / the rights / interests of citizens / globalization and integration processes / science / technology / modern communications

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Jalilov, Baxtiyor Norqulovich

Bugungi globallashuv jarayonida migratsiya masalasi tobora dolzarblik kasb etib bormoqda. migratsiya jarayoni muayyan vaqtlarda kuchayib-pasayish tendensiyasiga ega bo‘lib, ma’lum hudud, mamlakat, mintaqa ijtimoiy hayotiga o‘zining ijobiy, salbiy, kerak bo‘lsa, siyosiy ta’sirini o‘tkazadi. Shu boisdan ham migratsiya jarayonini huquqiy tartibga solish, uni boshqarish masalalari alohida e’tibor talab qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MIGRATION CRISIS IN THE AGE OF GLOBALIZATION

In today's globalisation, the issue of migration is becoming increasingly relevant. the process of migration has a tendency to decline at certain times and has its own positive, negative, if necessary political impact on the social life of a certain region, country, region. Therefore, the legal regulation of the migration process and its management require special attention.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV DAVRIDA MIGRATSION INQIROZ»

Scientific Journal Impact Factor

GLOBALLASHUV DAVRIDA MIGRATSION INQIROZ

Jalilov Baxtiyor Norqulovich

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti katta o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Bugungi globallashuv jarayonida migratsiya masalasi tobora dolzarblik kasb etib bormoqda. migratsiya jarayoni muayyan vaqtlarda kuchayib-pasayish tendensiyasiga ega bo'lib, ma'lum hudud, mamlakat, mintaqa ijtimoiy hayotiga o'zining ijobiy, salbiy, kerak bo'lsa, siyosiy ta'sirini o'tkazadi. Shu boisdan ham migratsiya jarayonini huquqiy tartibga solish, uni boshqarish masalalari alohida e'tibor talab qiladi.

Kalit so'zlar: globallashuv jarayoni, migratsiya masalasi, fuqarolarning huquqlari, manfaatlari, globalizatsiya va integrasion jarayonlar, fan, texnika, texnologiya, zamonaviy kommunikatsiyalar

В сегодняшнем процессе глобализации проблема миграции становится все более важной. миграционный процесс имеет тенденцию к усилению в определенные периоды времени и оказывает положительное, отрицательное, при необходимости, политическое влияние на социальную жизнь того или иного региона, страны, региона. Поэтому вопросы правового регулирования и управления миграционным процессом требуют особого внимания.

Ключевые слова: процесс глобализации, проблема миграции, права, интересы граждан, процессы глобализации и интеграции, наука, технологии, современные коммуникации.

In today's globalisation, the issue of migration is becoming increasingly relevant. the process of migration has a tendency to decline at certain times and has its own positive, negative, if necessary political impact on the social life of a certain region, country, region. Therefore, the legal regulation of the migration process and its management require special attention.

Keywords: the process of globalization, the issue of migration, the rights, interests of citizens, globalization and integration processes, science, technology, modern communications.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

XIX asr oxiri va XX asr boshida olimlar tilida globallashuv degan jumla paydo

Globallashuv insoniyat aql-zakovati, iqtidori va tinmay amalga oshirilgan mehnati evaziga fan, texnika, texnologiya, zamonaviy kommunikatsiyalar tizimida harakatga kelayotgan jarayon bo'lishi bilan bir vaqtda, ana shu omillarning ne'mati hamdir.

Chunki insoniyat ham o'z taraqqiyoti tarixida erisha olmagan yutuqlarni bugun uning imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda qo'lga kiritmoqda. Lekin shunisi aniqki, yuqorida qayd etilgan yutuqlar bugungi taraqqiyotga qanchalik ijobiy ta'sir o'tkazayotgan bo'lmasin, uning "ommaviy ma'naviyat"ni shakllantirishi va uni taraqqiyot yo'liga kirib borayotgan millatlar milliy ma'naviyatiga singdirishga o'tkazayotgan ta'siri bilan solisjtirsa, inqirozning toshi og'irlashib borayotganligi kuzatiladi. Albatta, bir tomondan qaraganda, bu jarayonning ijobiy jihatlari ham yo'q emas.

Chunonchi, ko'pgina mamlakatlarga fan-texnika, texnologiya yutuqlarining jadal kirib kelishi globallashuv tufayli. Bu esa ularning iqtisodiy hayoti rivojiga, xalqlar turmush darajasining ortishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shu tariqa bashariyatning umumiy intellektual salohiyati yuksalishiga yordam bermoqda.

Shuningdek, bugungi kunda xalqaro migratsiya ichki migratsiyaga nisbatan kuchli oqimlarni hosil qilib, bir tomondan norasmiy mehnat migratsiyasi ulushi oshib borsa, ikkinchi tomondan, majburiy tashqi migratsiya saldosi o'smoqda. Natijada, qabul qiluvchi mamlakatlar, migrantlarning nisbatan ojiz qatlamlari sanalgan ayollar va bolalarni joylashtirish va ular uchun zaruriy ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratib berishda moliyaviy muammolarga duch kelmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumotlarga ko'ra, dunyoning turli mamlakatlarida o'rtacha 232 million nafar migrant yashaydi. Ularning aksariyati sayyoramizning shimoliy mamlakatlari hissasiga to'g'ri keladi. Yevropa mehnat muhojirlari orasida eng jozibador manzil hisoblanadi. 2019 yil holatida mintaqa 82 million muhojirni qabul qilgan bo'lib, undan keyingi o'rinlarni Shimoliy Amerika (59 million), Shimoliy Afrika va G'arbiy Osiyo mamlakatlari (49 million) egallagan.

Oxirgi o'n yilliklarda globalizatsiya va integrasion jarayonlarining jadal rivojlanishi xalqaro mehnat almashinuvida ham o'z aksini topdi. Birlashgan millatlar tashkiloti va Jahon iqtisodiy forumi ma'lumotlariga ko'ra, 2015-2019 yillar oralig'ida xalqaro mehnat muhojirlari soni 11,4%ga ko'paygan. 2019 yilda muhojirlar soni

bo'ldi.

Scientific Journal Impact Factor

jahon aholisining 3,5 foizini tashkil qilgan va ushbu ko'rsatkich 2000 yilga nisbatan 25%ga oshgan.

Muhojirlarning aksariyati (60%) o'z mintaqasidagi qo'shni mamlakatlarga ko'chib o'tgan. Xususan, 2015 yilda 59 millionga yaqin osiyolik o'z yurtidan mintaqadagi boshqa mamlakatga ko'chib o'tgan bo'lsa, 40 million yevropalik Yevropaning boshqa davlatlarida qo'nim topgan.

Umuman olganda, Yevropa mehnat muhojirlari orasida eng jozibador manzil hisoblanadi. 2019 yil holatida mintaqa 82 million muhojirni qabul qilgan bo'lib, undan keyingi o'rinlarni Shimoliy Amerika (59 million), Shimoliy Afrika va G'arbiy Osiyo mamlakatlari (49 million) egallagan.

Pandemiyaning xalqaro mehnat migratsiyasiga ta'siri aksariyat mehnat muhojirlari iqtisodiyotning norasmiy sektorida vaqtincha va huquqlari himoyalanmagan ishlarda faoliyat yuritishadi. Ko'pgina mamlakatlarda ushbu toifadagi insonlar o'sha davlatdagi milliy mehnat qonunchiligiga amal qilmaganligi sababli, pandemiya kabi favqulodda vaziyatlarda ularning ijtimoiy va iqtisodiy himoya choralaridan foydalana olmaslik xavfi yuqori. Xususan, KOVID-19 bilan bog'liq inqiroz sharoitida ba'zi mamlakatlarda mehnat muhojirlariga nisbatan diskriminatsiya, ishdan bo'shatish, mehnat sharoitining yomonlashishi va boshqa shu kabi salbiy holatlarning oshishi kuzatilmoqda.

Aksariyat muhojirlarning turli sabablarga ko'ra sog'liqni saqlash tizimidan foydalana olmasligi, virusning yanada keng va jadal sur'atlarda tarqalishiga olib kelmoqda. Aksincha, tibbiy xizmatlardan foydalangan taqdirda, bu ularning moliyaviy ahvolini yanada yomonlashtirib, kambag'allik qopqoniga tushish ehtimolini ko'paytiradi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko'ra, iqtisodiy inqirozdan oldingi davrda dunyo bo'ylab yiliga 100 million nafar aholi sog'liqni saqlash uchun sarflangan xarajatlar tufayli kambag'allik darajasiga tushib qolar edi.

Shuningdek, qattiq karantin choralarining joriy qilinganligi va davlatlararo transport qatnovlarining cheklanganligi tufayli muhojirlar mehnat bozoridagi ish o'rinlarning keskin kamayishi va ish xaqi miqdorining tushishi kabi qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.

Hisob-kitoblarga ko'ra, 2020 yilning ikkinchi choragida ish o'rinlarining qisqarishi dunyo bo'ylab 10,5 %ga teng bo'ldi. Boshqacha aytganda, joriy yilning 2-choragida dunyo bo'ylab ishsizlar soni 195 million nafarga ko'paydi. Mintaqalar kesimida, Amerika (-12,4%), Yevropa va Markaziy Osiyo (-11,8%) hududlarida raqamlar o'rtacha ko'rsatkichlardan ham salbiyroq tus oldi. Undan tashqari

Scientific Journal Impact Factor

muhojirlarning aksariyati faoliyat olib boradigan iqtisodiyotning norasmiy tarmoqlaridagi o'rtacha ish haqi -60%ga qisqargan bo'lib, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida mazkur qisqarish -70%ga teng[1].

Ma'lumki, bugungi kunda tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish, uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish har bir mamlakat oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Migratsiya masalalari, ayniqsa, oxirgi o'n yillikda jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solayotgan mintaqaviy va mahalliy nizolar, ishsizlik, qashshoqlik kabi muammolar zamirida yanada ahamiyatli bo'lib bormoqda. BMT ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi vaqtda dunyoda 250 milliondan ortiq shaxs migrasion jarayonlarning ishtirokchisi hisoblanadi.

Mamlakatimizda migrantlar huquqlarini kafolatlash yuzasidan qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish maqsadida 10 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Xususan, 2020 yil sentabr oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlar faoliyatini takomillashtirish, chet elda ishlashni istagan shaxslarni o'qitish, chet elda bo'lish paytida fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, ish bilan ta'minlash, shuningdek qaytib kelgan mehnat muhojirlari, ularning oila a'zolarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qarori qabul qilindi.

Shuningdek, inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi doirasida jamiyat, davlat va inson manfaatlariga daxldor migratsiya masalalarini hal etish, sohadagi munosabatlarning barqarorligini ta'minlash, migrantlar huquqlariga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish nazarda tutuvchi "Mehnat migratsiyasi to'g'risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi[2].

Demak, migratsiyaga nafaqat tashkiliy, balki qonuniy nuqtai nazardan ham uning strategiyasini inobatga olgan holda choralar ko'rilmoqda. Aytish joizki, migratsiya masalalari o'z ichiga faol, o'rta yosh va yosh aholini qamrab oladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tashqi migratsiyaga moyil bo'lgan aholining rasmiy statistikasi yuritiladi va xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini yuritayotgan aholining monitoringi olib boriladi, chunki bu birinchi galda mamlakatning imidjini belgilab beradi. Norasmiy migratsiya bilan qamrab olingan aholining monitoringini olib borish qiyin. Chunki bu yo'nalishda Ichki ishlar vazirligi, mahallalarga ham topshiriqlar berilgan bo'lsada, bunday statistikani yuritish qiyin. Chunki viloyatdan poytaxtga mehnat qilish uchun ketayapman deb, boshqa viloyatlar yoki qo'shni resspublikalarga chiqib ketayotgan yurtdoshlarimiz ham yo'q

754

Scientific Journal Impact Factor

emas. Albatta muhojirlarning ma'lumotlar bazasini shakllantirish va davlatlararo ma'lumot almashinish masalasi muhim[3].

Xulosa qilib aytganda, globallashuvni to'siq qo'yib, chegara tortib ushlab bo'lmaydi. Hindistonlik mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining qo'yidagi so'zlarida: "Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o'tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo'lib uyimni ag'dar-to'ntar qilib tashlashi, o'zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman". Shuning uchun ham, milliy istiqlol g'oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta'minlab, ayni paytda. "dovullar"dan saqlash omili ekanligini anglashimiz zarur.

REFERENCES

1. Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya.

2. https://review.uz/oz/post/inqiroz-ichidagi-inqiroz-covid-19-va-xalqaro-migratsiya

3. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasidagi huquqlari: mehnat migrantlari va ularning oila a'zolari" mavzusidagi O'zbekiston - Rossiya forumi tafsilotlari

4. Allanazarov, M. K., & Mamasaliev, M. M. (2020). ANALYSIS OF COMPREHENSION METHODS IN THE GNOSEOLOGY OF ALLAME TABATABAI. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 106-109).

5. Mamasaliev, M. M. (2020). INCREASING THE EDUCATIONAL OPPORTUNITIES OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE PROCESS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT. In ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ: ПОТЕНЦИАЛ НАУКИ И СОВРЕМЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 204-206).

6. Nargis Qosimova. "O'zligimdan voz kechdim" yoki mehnat muhojirining armoni.

7. https://nargis.uz

8. https: //meningfikrim. uz/uz/news/view/25 3

9. http://www.ecoross.ru/files/books2019/Katalog UzGO 2019.pdf

10. http: //chinoz. uz/uz/pages/news_uzbekistan/

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.