Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONNING MINTAQAVIY HAMKORLIK VA QO’SHNICHILIK MUNOSABATLARINI YAXSHILASHDA TUTGAN O’RNI VA ROLI'

YANGI O’ZBEKISTONNING MINTAQAVIY HAMKORLIK VA QO’SHNICHILIK MUNOSABATLARINI YAXSHILASHDA TUTGAN O’RNI VA ROLI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1240
222
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Yangi O’zbekiston / yangi qo’shnichilik / Markaziy Osiyo / global taraqqiyot / integratsiya / xalqaro hamjamiyat / millatlararo munosabat / xalq / tashqi siyosat / mafkura. / New Uzbekistan / New Neighborhood / Central Asia / Global Development / Integration / International Community / Interethnic Relations / People / Foreign Policy / Ideology.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Asadbek Sayfullo O’g’li Zairov

Mazkur maqolada yangilanayotgan O'zbekiston taraqqiyoti va Markaziy Osiyo mintaqasidagi ustuvor vazifalarga urg'u qaratilgan. Qo'shni mamlakatlarning o'zaro hamkorligi hamda do'stona munosabatlarni yaxshilashdagi tutgan o'rni yoritilgan. Shuningdek global integratsiya va millatlararo hamjihatlikka oid qarashlarga to'xtalib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND ROLE OF NEW UZBEKISTAN IN IMPROVING REGIONAL COOPERATION AND NEIGHBORHOOD RELATIONS

This article focuses on the updated development of Uzbekistan and the priorities in the Central Asian region. The role of neighboring countries in improving cooperation and friendly relations is highlighted. Views on global integration and interethnic solidarity were also discussed.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONNING MINTAQAVIY HAMKORLIK VA QO’SHNICHILIK MUNOSABATLARINI YAXSHILASHDA TUTGAN O’RNI VA ROLI»

YANGI O'ZBEKISTONNING MINTAQAVIY HAMKORLIK VA QO'SHNICHILIK MUNOSABATLARINI YAXSHILASHDA TUTGAN O'RNI

VA ROLI

Asadbek Sayfullo o'g'li Zairov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti

"Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi III bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada yangilanayotgan O'zbekiston taraqqiyoti va Markaziy Osiyo mintaqasidagi ustuvor vazifalarga urg'u qaratilgan. Qo'shni mamlakatlarning o'zaro hamkorligi hamda do'stona munosabatlarni yaxshilashdagi tutgan o'rni yoritilgan. Shuningdek global integratsiya va millatlararo hamjihatlikka oid qarashlarga to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, yangi qo'shnichilik, Markaziy Osiyo, global taraqqiyot, integratsiya, xalqaro hamjamiyat, millatlararo munosabat, xalq, tashqi siyosat, mafkura.

THE ROLE AND ROLE OF NEW UZBEKISTAN IN IMPROVING REGIONAL COOPERATION AND NEIGHBORHOOD RELATIONS

Asadbek Sayfullo ugli Zairov

National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek, Faculty of Social

vc\

Sciences, 3 year student of "National Idea, Spirituality and Legal Education"

ABSTRACT

This article focuses on the updated development of Uzbekistan and the priorities in the Central Asian region. The role of neighboring countries in improving cooperation and friendly relations is highlighted. Views on global integration and interethnic solidarity were also discussed.

Keywords: New Uzbekistan, New Neighborhood, Central Asia, Global Development, Integration, International Community, Interethnic Relations, People, Foreign Policy, Ideology.

Bugun yangi O'zbekiston tashqi siyosati va iqtisodiy faoliyatidagi o'zgarishlar mamlakatimiz bilan hamkorlik qilayotgan jahon, shu jumladan mintaqa mamlakatlari hayotida yangi sahifa ochmoqda. Avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari qarashlari va intilishlarini bir nuqtada birlashtirish, xalqaro doiradagi jarayonlarda o'zaro bir birini qo'llab quvvatlash prinsipi mintaqa davlatlari tashqi siyosatining ustuvor vazifasiga

aylandi. O'zini dunyoga qayta kashf qilayotgan O'zbekiston qo'shni mamlakatlar bilan iliq do'stona munosabatda bo'lib, hamkorlik aloqalarini yanada yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu xususida O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev quyidagi fikrlarni ilgari suradi: " Biz tashqi siyosatini amalga oshirishda barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo'shni mamlakatlar bilan do'stona munosabatlar va o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz."1

Yer planetasi deb atalmish ijtimoiy-siyosiy makonda kechayotgan global integratsiya tobora kengayib borayotgan madaniyatlararo muloqat maydonlari dunyo xalqlarini bir biriga yaqinlashtirmoqda. Dunyo xalqalari ham iqtisodiy ham madaniy jihatdan bir biriga yaqinlashmoqda. Bu esa o'z navbatida fuqarolarni amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldor bo'lishini taqozo etmoqda. Dunyoda millat va elatlar ko'p, ularning hamjihat bo'lib yashashi, millatlararo munosabatlar bag'rikenglik tamoyiliga mos bo'lishi zarur. Yangi O'zbekiston taraqqiyotidagi ijobiy yutuqlar mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Harakatlar strategiyasi doirasidagi yangi davr islohotlari tashqi siyosat sohasi muvofiq "Yangi O'zbekiston - yangi qo'shnichilik" g'oyasi asosida ko'plab loyihalar hayotga tadbiq qilinib, amal libosini kiymoqda. 2020-yil 3-fevralda O'zbekiston Respublikasi prezidentining " 2017 — 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" gi PF-6155 sonli farmoni tasdiqlandi. Unga ko'ra Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan yaqin qo'shnichilik aloqalarini mustahkamlash bo'yicha quyidagi chora - tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan:

1. O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha kompleks chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish;

2. Oliy va yuqori darajada o'zaro tashriflarni tashkil etish;

3. "Xalq diplomatiyasi" mexanizmlaridan samarali foydalanish;

4. Yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo'lidagi mavjud to'siqlarni birgalikda hal etish;

1 "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari", Yoshlar nashriyot uyi Toshkent-2019, 1-tom 52-bet.

5. Savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmining o'sishi va hamkorlikni mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;

6. Mintaqaning tranzit va logistika salohiyatidan samarali foydalanish va transport infratuzilmasining rivojlanishini ta'minlash;

7. Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqalari (shu jumladan chegara hududlari) o'rtasidagi hamkorlikni faollashtirish .

Mazkur davlat dasturida belgilab berilgan ustuvor vazifalar tahlili shuni ko'rsatadiki, ko'lami va miqyosi bo'yicha keng mazmundagi islohotlar yangilanayotgan O'zbekiston imijini yaxshilash va nufuzini oshirish, shuningdek Markaziy Osiyoda faol integratsiyani yo'lga qo'yishdan iborat.

Mintaqa mamlakatlari hayoti va kelajagiga daxldor har qanday masalalar yechimi haqiqiy holatning oqibatlarini chuqur anglash va vaziyatni real baholash bilan bog'liq. Chunki kurayi zamin misoli bir butun vujud bo'lsa, uning qaysidir nuqtasidagi muammolar boshqa bir hududga ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi.

O'zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida hamkorlikni amalga oshirishning ijobiy jihatlari quyidagilardan iborat:

- yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klaster, savdo zonalarni tashkil etish;

- yuqori texnologiyali faoliyat turlarini (mashinasozlik, farmatsevtika, asbobsozlik, axborotlashtirish va aloqa) rivojlantirish va amalga oshirishda tuman va shaharlarda sanoatni rivojlantirish maqsadida hududlarga investitsiya resurslarini jalb qilish;

- mahalliy mahsulotlar, masalan, to'qimachilik mahsulotlari uchun o'z brendini shakllantirish, Markaziy Osiyoda savdo uylari va markazlarini tashkil etish;

- mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarga, xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlariga, erkin savdo zonalari to'g'risidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida chiqarish;

- ta'lim, sog'liqni saqlash, biznesni rivojlantirish va investitsion jozibadorlikni oshirish sohasida tajriba almashish, ilg'or texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishga jalb etish;

- mahalliy quvvatlar va resurslarga asoslangan qo'shma loyihalar orqali uzoq va chegara hududlarini (qishloq joylarini) rivojlantirish va boshqalar.

Albatta, bularning yaxshi qo'shnichilik mahsuli o'laroq odamlar hayotiga ijobiy xizmat qiladi. Mintaqada mamlakatlararo munosabatlar rivoji muayyan taraqqiyot bosqichlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamda ma'naviy tuzilishiga o'ziga xos tarzda ta'sir etib, ijtimoiy taraqqiyotining rivojiga xizmat qilsa, bunda u progressiv mazmun kasb etadi. Rivojlanishni maqsad qilgan, ertasini o'ylagan har bir davlat xoh xalqaro, xoh mintaqaviy bo'lsin o'zining milliy manfaatlarini ko'zlab, muayyan pozitsiyada bo'ladi. Umuman olganda milliy manfaat-millat, xalq hayotini belgilaydigan, uning faoliyatini ma'lum maqsadlarga yetaklaydigan ijtimoiy

2 https://lex.uz/docs/-5260791

munosabatlar, milliy ehtiyojlar, tafakkur darajasi, ma'naviy salohiyati, ruhiyati, an'ana va qadriyatlari tizimidir. Milliy manfaatlar ehtiyojlarni qondiruvchi sharoit va qadriyatlar bilan birga, ularni yaratish, ta'minlashni belgilovchi ijtimoiy tizimga, munosabatlar va tamoyillarga asoslangan bo'ladi. Ular ma'lum millat va xalqqa mansub alohida kishilar yoki biror bir davlat fuqarosi bo'lgan odamlarning shaxsiy manfaatlari bilan bog'langan bo'lib milliy manfaatlarni ham o'zida aks ettiradi. Lekin oxirgi 5 yilda Markaziy Osiyoda O'zbekistonning faol konstruktiv va amaliy pragmatik siyosati tufayli mintaqa tarixida yangi davr boshlandi. Ko'p yillardan buyon hal qilinmayotgan muammolar hal qilindi. Jumladan: delimitatsiya va demarkatsiya bilan bog'liq muammolar, fuqarolarning o'zaro bordi-keldi masalalari ijobiy hal qilindi. Milliy manfaatlardan ko'ra mintaqa manfaati birinchi o'ringa chiqdi.

2017-yil sentabrda prezident Sh.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida nutq so'zlab, Mazkaziy Osiyo mintaqasiga oid quyidagilar fikrlarni ta'kidlab o'tdi: "O'zbekiston bugungi kunda o'zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasida ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Bu - har tomonlama chuqur o'ylab tanlangan yo'ldir.

Markaziy Oiyoning qoq markazida joylashgan O'zbekiston ushbu mintaqada barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo'shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir. Tinch - osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo -biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir.

O'zbekiston o'zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlash qat'iy tarafdoridir. Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo'yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz. Birgalikdagi sayi-harakatlarimiz tufayli keyingi oylarda mintaqamizda siyosiy ishonch darajasi sezilarli darajada oshdi. Ko'plab masalalar bo'yicha prinsipial jihatdan muhim yechimlar topishga erishildi."4

Shuningdek prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko'ra ,Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bir stol atrofiga jamlanadigan bo'ldi. 2018 yildan buyon ular muntazam ravishda uchrashmoqda. Birinchi konsultativ uchrashuv 2018-yil Qozog'istonning Ostona shahrida, ikkinchi uchrashuv esa 2019-yil O'zbekistonning Toshkent shahrida o'tkazildi.Faqat Qirg'izistondagi hodisalar sabab 2020 yilda tanaffus bo'lib qoldi. Shu yilning avgustida Turkmanistonning Avaza milliy sayyohlik zonasida maslahat uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu galdagi uchrashuv bir qator tadbirlarga boy o'tdi. Jumaladan: iqtisodiy forum, mintaqa yetakchi ayollar muloqoti, milliy mahsulotlar ko'rgazmasi, milliy taomlar festivali va san'at ustalarining chiqishi mintaqa xalqlari madaniyati va qadriyatlarining o'xshashligini bildiradi. Mazkur mexanizm avvaliga ehtiyotkorlik yuzasidan maslahat

3 F.f.d. dos. N.A.Nazarov, f.f.d. dos. O.M.Muhammadieva, f.d. (PDH) M.I. Xujayev, "Milliy g'oya va millatlararo munosabatlar" o'quv qo'llanmasi Toshkent-2021, 31-32-betlar.

4 Orif Ayupov, Dunyo Siyosat Jamiyat, " Ziyo" -2018-yil, 25-bet.

uchrashuvi, deb nomlangan. Chunki o'n yilga "muzlatilgan" mintaqaviy integratsiyani birdaniga institutsional ko'rinishda tiklab bo'lmasdi. Har yoqqa tarqalib ketgan Markaziy Osiyo respublikalari bir-birini yaqindan tanishi, umumiy til topishi uchun vaqt kerak edi. Ostonada o'tkazilgan Birinchi maslahat uchrashuvida Qozog'istonning o'sha paytdagi prezidenti Nursulton Nazarboev ham shunga ishora qilgan holda: "Biz hozir integratsiya haqida emas, muntazam uchrashuvlarni tiklash haqida gapiryapmiz", - degan edi. Albatta, maslahat uchrashuvi - vaqtinchalik format. Tez fursatda uni takomillashtirib, to'laqonli integratsion tuzilmaga aylantirish maqsadga muvofiqdir. Oxirgi yillarda O'zbekistonning diqqat markazi mintaqaviy hamkorlik va Yevroosiyo integratsiyasi tomon siljimoqda. Bir tomondan, O'zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi davlat maqomini oldi. Ikkinchi tomondan, Prezident Shavkat Mirziyoev avval-boshdanoq Markaziy Osiyoni O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishi, deb e'lon qilgan.

Ahamiyatli tomoni, O'zbekiston rahbari mintaqa doirasida qo'shma ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish hamda hududiy kooperatsiyani yo'lga qo'yishga alohida e'tibor qaratmoqda. Hozir shu jarayonlarning guvohi bo'lib turibmiz. O'zbek avtomobillari Qozog'istonda yig'ilyapti, chegara oldi tumanlarda biznes-forumlar, ko'rgazmalar tashkil qilinyapti. Bunday loyihalar mahalliy tadbirkorlarni stepler misoli bir-biriga mahkam bog'lamoqda. Chegaralardagi o'tish punktlarining ko'paytirilishi, viza rejimidagi qulayliklar ham mintaqaviy integratsiyaga ijobiy ta'sir ko'rsatyapti. Bundan tashqari, Markaziy Osiyoni kesib o'tuvchi xalqaro transport koridorlarini barpo etish yo'lidagi umumiy sa'y-harakatimiz ham mintaqa mamlakatlari istiqboliga xizmat qilishi aniq.

Bugungi kundagi globallashuv sharoitida Markaziy Osiyoda ham murakkab geomafkuraviy jarayonlar bormoqda. Bunda, avvalo, Markaziy Osiyo xalqlari mustahkam do'stligining ahamiyatini alohida ta'kidlash lozim. Chunki, mintaqa tub xalqlarining ma'naviy ildizlari bir, ruhi, turmush tarzi yaqin, ular ana shu boy manbadan birdek bahra oladilar. Shu ma'noda ham ular birligini mustahkamlash umummintaqaviy ma'naviy yuksalishimizga o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazib turaveradi. 5Jahonda tinchlik va taraqqiyot tashabbuskorlaridan biri bo'lgan O'zbekiston dunyo xaritasida kaftday joyda gavdalansada, global jarayonlarning faol ishtirokchisi, nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida olib borilayotgan hamkorliklarining jonkuyari.

Bugungi tez taraqqiy etayotgan dunyoga moslashish va xalqaro hamjamiyat ajralmas bir qismi bo'lish har bir mamlakatning siyosiy darajadagi strategik yo'nalishidir. Bunda ,avvalo, do'stona munosabatlarni yaxshilash, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin mamlakatda fuqarolarning

5 J.Y.Yaxshilikov, N.E.Muhammadiev, Milliy g'oya: O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Darslik.- Toshkent:2018, 412-413-bet.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021

ISSN: 2181-1601

islohotlarga daxldor va shukronalik hissi bilan yashashi tinchlik hamda barqarorlikni ta'minlashda muhim ro'l o'ynaydi. Mavjud resurslardan samarali foydalanish, innovatsion jarayonlarni jadallashtirish, yagona ilmiy va ta'lim salohiyatini shakllantirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish orqali global taraqqiyotga sezilarli ravishda ijobiy turtki beradi.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonning hozirgi tarixiy bir davrda milliy taraqqiyot manzili sari yangi bosqichga ko'tarilganligi va bu bosqichda qo'shni mamlakatlar bilan integratsiya jarayonlarining faollashishi mintaqa barqarorligi va fuqarolar farovonligiga ijobiy ta'sir etadi. Umuman olganda, har qanday vaziyatda, avvalo, milliy manfaatlarga tayanib ish tutish bizni kuchli qiladi. Jahon sahnidagi ovozimiz ham jarangliroq eshitiladi.

Takliflar:

1. Markaziy Osiyo mamlakatlari oliy ta'lim muassasalarining yagona reytingini tuzish va bu orqali oliygohlar faoliyatida kuzatilayotgan kamchiliklarni bartaraf etib, mintaqa oliy ta'limini rivojlantirish;

2. Birinchi taklifga mos ravishda reytingning datlabki 50 ta o'rnini egallagan oliy ta'lim muassasalari diplomi mintaqa mamlakatlarida orasida to'g'ridan to'g'ri amal qilish tizimini yaratish;

3. Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyat turiga mos ravishda yagona platforma yaratish;

4. Markaziy Osiyo mamlakatlari o'zaro tovar ayirboshlashidagi boj to'lovlarini 0 stavkaga tushirish orqali qulay integratsion iqtisodiy muhitni yaratish.

REFERENCES

1. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari", Yoshlar nashriyot uyi Toshkent-2019, 1-tom 92-bet.

2. https://lex.uz/docs/-5260791

3. F.f.d. dos. N.A.Nazarov, f.f.d. dos. O.M.Muhammadieva, f.d. (PDH) M.I. Xujayev, "Milliy g'oya va millatlararo munosabatlar" o'quv qo'llanmasi Toshkent-2021, 31-32-betlar.

4. Orif Ayupov, Dunyo Siyosat Jamiyat, " Ziyo" -2018-yil, 25-bet.

5. J.Y.Yaxshilikov, N.E.Muhammadiev, Milliy g'oya: O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Darslik.- Toshkent:2018, 412-413-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.