Научная статья на тему 'IQTISODIY INTEGRATSIYA JARAYONLARIDA MILLIY MANFAATLARNI TA’MINLASHNING XORIJ TAJRIBASI (MDH MAMLAKATLARI MISOLIDA)'

IQTISODIY INTEGRATSIYA JARAYONLARIDA MILLIY MANFAATLARNI TA’MINLASHNING XORIJ TAJRIBASI (MDH MAMLAKATLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
1654
286
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
integratsiya / milly manfaat / strategiya / hamkorlik / milliy xavfsizlik / mintaqaviy / MDH. / integration / national interest / strategy / cooperation / national security / regional / CIS.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Obidov Xakim Mirg’ozi O’g’li

Maqolada mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlarida MDH mamlakatlarining milliy manfaatlari hamda ularni ta’minlashning asosiy jihatlari yoritilgan, ushbu yo’nalishdagi muammolar va o’zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari prognoz qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FOREIGN EXPERIENCE IN PROVIDING NATIONAL INTERESTS IN THE PROCESS OF ECONOMIC INTEGRATION (ON THE EXAMPLE OF CIS COUNTRIES)

The article highlights the national interests of the CIS countries in the process of regional economic integration and the main aspects of their implementation, the problems in this area and the prospects for the development of mutual economic cooperation.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY INTEGRATSIYA JARAYONLARIDA MILLIY MANFAATLARNI TA’MINLASHNING XORIJ TAJRIBASI (MDH MAMLAKATLARI MISOLIDA)»

Scientific Journal Impact Factor

IQTISODIY INTEGRATSIYA JARAYONLARIDA MILLIY MANFAATLARNI TA'MINLASHNING XORIJ TAJRIBASI (MDH MAMLAKATLARI MISOLIDA)

Obidov Xakim Mirg'ozi o'g'li mustaqil tadqiqotchi

obidov_83@rambler. ru

Аннотация: Maqolada mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlarida MDH mamlakatlarining milliy manfaatlari hamda ularni ta'minlashning asosiy jihatlari yoritilgan, ushbu yo 'nalishdagi muammolar va o 'zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari prognoz qilingan.

Калит сузлар: integratsiya, milly manfaat, strategiya, hamkorlik, milliy xavfsizlik, mintaqaviy, MDH.

Аннотация: В статье изучены национальные интересы стран СНГ в процессах региональной экономической интеграции и основные аспекты их обеспечения, имеющиейся проблемы в этой сфере и перспективы развития экономического сотрудничества между ними.

Ключевые слова: интеграция, национальный интерес, стратегия, сотрудничество, национальная безопасность, регион, СНГ.

Abstract: The article highlights the national interests of the CIS countries in the process of regional economic integration and the main aspects of their implementation, the problems in this area and the prospects for the development of mutual economic cooperation.

Keywords: integration, national interest, strategy, cooperation, national security, regional, CIS.

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mamlakatlar o'rtasida barcha sohalarda aloqalarning mustahkamlanishiga olib kelmoqda. Mavjud resurslardan samarali foydalanish va umumiy tahdidlarga qarshi turish uchun ma'lum mintaqalarda turli darajadagi integratsiya jarayonlari faollashganini kuzatish mumkin. Shuning uchun ham so'nggi yillarda mamlakatimizda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga e'tibor berilmoqda

Dunyoda davom etayotgan iqtisodiy integratsiya jarayonlarida mamlakatlarning ishtiroki to'g'risida qarorlar birinchi navbatda, ularning milliy manfaatlariga asoslanadi. Ushbu sharoitda, MDH makonidagi integratsiya jarayonlariga

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

mamlakatlar iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash niqtai nazaridan, qanday munosabatda ekanligini aniqlash muhim hisoblanadi.

Integratsiya jarayonlarini iqtisodiy xavfsizlikka ta'siri muammolarini M.Baydurin [1] o'z ilmiy ishlarida tahlil qilgan. U globallashuv sharoitida integratsiya jarayonlarining nazariy metodologik asoslarini o'rganish, ushbu jarayonlarda mamalakatlar milliy manfaatlarini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratgan hamda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) misolid a integratsiya jarayonlarining iqtisodiy xavfsizlikka ta'sirini o'rgangan. MDH makonidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlari va uni mamlakatlar iqtisodiy xavfsizligiga ta'siri masalalari bo'yicha, Buzrukova G.D. [2], Bolgova I., Nikitina Yu. [3], Sultanova B. [4] kabi tadqiqotchilar ham o'z ilmiy qarashlarini bayon etishgan. Ular ilmiy izlanishlarida integratsiyaning mamlakat suverinitetiga ta'siri masalasiga alohida e'tibor qaratishgan.

Bundan tashqari, tadqiqotda MDH mamlakatlarining milliy xavfsizlik konseptsiyalari va strategiyalari o'rganib chiqilgan.

Tadqiqotning uslubiy asosi sifatida tizimli yondashuv olingan bo'lib, shu bilan birga tadqiqotda qiyosiy tahlil, hujjatlar tahlili metodlaridan foydalanilgan.

O'zbekistonning iqtisodiy integratsiya jarayonlarida milliy manfaatlarini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish uchun birinchi navbatda, ushbu yo'nalishda xorij tajribasini o'rganish lozim.

Bu borada MDH mamlakatlari tomonidan integratsiya jarayonlari bo'yicha yondashuvlarini tahlil qilish maqsadga muvofiq.

Xususan, Ozarbayjon "Milliy xavfsizlik to'g'risidagi" qonunida mamlakat milliy manfaatlaridan biri sifatida Yevropa hamjamiyati bilan o'zaro teng huquqli hamkorlikni va integratsiyalashuv jarayonlarini rivojlantirish ko'rsatib o'tilgan. [5]

Shu o'rinda, mamlakatning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi energiya resurslarini ishlab chiqarish va ularni tashish hamda transport yo'laklarini rivojlantirish bo'yicha loyihalarni tadbiq etish orqali amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bu borada avtomobil, temir yo'l, suv va havo transportini takomillashtirish bo'yicha yagona harakatlar dasturi ishlab chiqilgan. Bunda "Yevropa-Kavkaz-Osiyo" va "Janub-Shimol" xalqaro transport korridorlarida respublika raqobatbardoshligini oshirish maqsadida yuk tashish harajatlarini kamaytirish, eksport-import va tranzit

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

operatsiyalari bo'yicha tartib-qoidalarni soddalashtirish, ular uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ozarbayjon Respublikasi "Milliy xavfsizlik kontseptsiyasida" mamlakatning strategik maqsadi Yevropa va Yevroatlantika siyosiy va iqtisodiy tuzilmalariga integratsiyalashuv ekanligi bayon etilgan. [6]

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Ozarbaydjonning milliy manfaatlari sifatida mamlakatning geografik joylashuvi, tabiy va iqtisodiy potentsialidan samarali foydalangan holda jahon iqtisodiyotiga, birinchi navbatda, Yevropa mamlakatlari integratsiyaviy tuzilmalariga qo'shilish belgilangan.

Armaniston "Milliy xavfsizlik strategiyasida" [7] mamlakatning eng muhim milliy manfaatlari sifatida mustaqillik, milliy suverenitet va hududiy yaxlitlikni ta'minlash, tinchlik va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, demokratiya va inson huquqlarini ta'minlash g'oyalariga amal qilish, iqtisodiyotni barqaro o'sishi va aholi hayot darajasini oshirish ko'rsatib o'tilgan.

Ushbu milliy manfaatlarni iqtisodiy integratsiya jarayonlarida ta'minlashda Armaniston Rossiya bilan strategik ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish ustuvor ahamiyatga egaligi belgilangan. Shu bilan birga, mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) integratsiyasi muhimligi ta'kidlanadi.

Belarus Respublikasining "2030 yilgacha barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi"ga [8] ko'ra, tashqi iqtisodiy sohadagi bosh maqsad jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv natijasida xalqaro mehnat taqsimoti imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, ijobiy tashqi savdo saldosi va eksporti hajmini oshirish hisoblanadi. Bu yo'nalishdagi eng muhim masala YeOII doirasida hamkorlikni kuchaytirish, xususan, tovar va xizmatlarni erkin harakatlanishini ta'minlovchi mexanizmlarni takomillashtirish, umumiy moliya bozorini shakllantirish, qo'shni mamlakatlar bilan chegaraoldi savdosini rivojlantirish, sayyohlik oqimini ko'paytirish hamda iqtisodiy infratuzilmani modernizatsiya qilish hisoblanadi.

Bu borada YeOIIga a'zo mamlakatlar, Xitoy va boshqa xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda innovatsion sanoat klasterlari, sanoat zonalari va ishlab chiqarish kooperatsiyalarini, Iqtisodiy Ittifoq bozorlariga mo'ljallangan import o'rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashga (birinchi navbatda, mikroelektronika va farmatsevtika sohasida) korxonalarni tuzishga alohida e'tibor qaratiladi. Bundan tashqari, YeOII doirasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan transmilliy kompaniyalar yaratish, tashkilotga a'zo davlatlar bilan birgalikda qishloq

Scientific Journal Impact Factor

xo'jaligi sohasiga innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, yer unumdorligini oshirish, epizootik chora-tadbirlarni hamkorlikda olib borish, naslchilik va urug'chilik yo'nalishida zamonaviy yondashuvlarni tadbiq qilish kabi vazifalar belgilangan.

Shu bilan birga, Belarus Respublikasining "Milliy xavfsizlik kontseptsiyasida"

[9] mamlakatning iqtisodiy sohadagi manfaatlari sifatida ko'pvektorli tashqi iqtisodiy siyosatni yuritish, eksportning tovar nomenklaturasi va geografiyasini kengaytirish, xom ashyo va energetika resurlar importini diversifikatsiya qilish ko'rsatib o'tilgan.

Moldova Respublikasining 2030 yilgacha bo'lgan davrda milliy rivojlanish strategiyasida, mamlakatni modernizatsiya qilish birinchi navbatda Yevropa davlatlari bilan integratsiyani chuqurlashtirishga bog'liq ekanligi ko'rsatib o'tilgan.

[10] Bu borada asosiy e'tibor Moldova va Yevropa Ittifoqi o'rtasida "Assotsiatsiyalashuv to'g'risidagi" kelishuvda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni tadbiq etishga qaratiladi.

Hujjatda Rossiyaga Moldovadan ishchi kuchining migratsiyasi o'rta va uzoq muddatli davrda mamlakat milliy manfaatlariga tahdid tug'dirishi, xususan, demografik vaziyatni yomonlashuviga olib kelishi ko'rsatib o'tilgan. Shu sababli, asosiy e'tibor mamlakatda ish o'rinlarini yaratish hamda ishsizlik darajasini pasaytirishga qaratiladi.

Qozog'iston Respublikasi "Milliy xavfsizlik to'g'risidagi" [11] qonunida mamlakat iqtisodiy xavfsizlinini ta'minlashda mamlakatning jahon iqtisodiy tizimidan ajralib qolishiga yo'l qo'ymaslik, integratsiyaviy tuzilmalar doirasida tuzilgan davlatdan yuqori turuvchi organlar faoliyatida respublika mustaqilligini ta'minlash hamda milliy manfaatlariga muvofiq keluvchi qarorlarni ishlab chiqish, mamlakat iqtisodiyotiga geosiyosiy omillarning salbiy ta'sirini kamaytirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni ko'paytirish masalalariga alohida ahamiyat qaratilgan.

Shu o'rinda, Qozog'iston hukumatinining yondashuviga ko'ra, Markaziy Osiyo miqiyosida barqarorlikni saqlashning eng maqbul yo'li mintaqa doirasida integratsiyani kuchaytirish hisoblanadi. [12] Bu o'z navbatida, mintaqadagi suv-energetika va boshqa sohalardagi ziddiyatlarni hal qilish imkonini beradi.

Respublikaning uzoq muddatga mo'ljallangan rivojlanish dasturlarida, mamlakatda xorijiy investorlar uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilishi, 2050 yilga kelib respublika Yevrosiyo mintaqasida investitsiyalar va texnologiyalar transferti uchun eng jozibador davlatga aylanishi lozimligi prognoz qilingan.

Qozog'iston global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarini faollashishi sharoitida iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida ahamiyat

Scientific Journal Impact Factor

qaratadi. Buning uchun nafaqt mamlakat hududida, balki chet ellarda ham ishlab chiqarish va transport-logistika ob'ektlari tashkil etish, ular orqali dunyo tranzit nuqtalari bilan bog'lanish imkoniyatlari o'rganilmoqda hamda ushbu yo'nalishda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qirg'iz Respublikasi "Milliy xavfsizlik kontseptsiyasida" [13] mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojida Markaziy Osiyo mintaqaviy integratsiyasi muhim o'rin egallashi belgilab berilgan. Hujjatda mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlardagi muammoli masalalarning (chegaralarning aniq belgilanmaganligi, suv resurslaridan samarali foydalanish va boshqalar) mavjudligi mintaqadagi integratsiyaviy jarayonlarga to'sqinlik qilayotgani ko'rsatib o'tilgan.

Bu borada transport va energetika imkoniyatlaridan samarali foydalanish milliy manfaatlarga muvofiq kelishi bayon etilgan. Xususan, "Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston" temir yo'li mamlakat eksport salohiyatini oshirishga, uning tranzit imkoniyatlaridan samarali foydalanishga sharoit yaratadi. Mamlakatda qazib olinadigan ko'mir va gidroelektrostantsiyalarda ishlab chiqariladigan energoquvvatlar mintaqaning ushbu yo'nalishdagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishi bilan birga, mamlakatlar o'rtasidagi integratsiya jarayonlarini faollashtirishning muhim omili bo'lishi mumkin.

Qirg'iziston "Tashqi siyosiy kontseptsiyasida" [14] respublika barqaror rivojlanishi va aholi turmush darajasi o'sishini ta'minlash uchun mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida qatnashishi strategik maqsad sifatida belgilab qo'yilgan.

Bu borada asosiy e'tibor, xorijiy investitsiyalar asosida mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, tashqi savdoni erkinlashtirish, Butunjahon savdo tashkiloti va YeOIIga a'zosi hamda Yevropa Ittifoqi doirasida "Umumiy preferentsiyalar tizimi" foydalanuvchisi sifatida milliy mahsulotlarini halqaro bozorlarga erkin chiqarish, mintaqaviy va xalqaro transport-kommunikatsiya tarmoqlariga qo'shilish, mamlakatning sayyohlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalariga qaratilmoqda.

Qirg'iziston hukumati Markaziy Osiyo mintaqasida insonlar, tovar va xizmatlar hamda kapitalning erkin harakatlanishini ta'minlovchi har tomonlama manfaatli integratsiyaviy loyihalarni qo'llab-quvvatlashini ta'kidlaydi.

Qirg'iz Respublikasining 2040 yilgacha rivojlanish strategiyasida [15] YeOII doirasida yoqilg'i-energetika resurslarining umumiy bozorini shakllantirish, ishlab chiqarish va tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi loyihalarni amalga

Scientific Journal Impact Factor

oshirish, ishlab chiqarish omillarini to'siqliklarsiz harakatini ta'minlovchi mexanizmlarni takomillashtirish lozimligi ko'rsatib o'tilgan.

Tojikiston milliy xavfsizligini ta'minlashda mamlakat iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash hamda respublika iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimidan yakkalanib qolishiga yo'l qo'ymaslik alohida ahamiyat kasb etishi ko'rsatib o'tilgan. [16]

Tojikiston Respublikasining 2030 yilgacha mo'ljallangan rivojlanish strategiyasida quyidagi strategik maqsadlar belgilangan bo'lib, ularni amalga oshirish mamlakatning mintaqa va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashganlik darajasiga bevosita bog'liq: [17]

a) energetika xavfsizligini ta'minlash va elektroenergiyadan samarali foydalanish;

b) kommunikatsion tupikdan chiqish va mamlakatni tranzit davlatga aylantirish;

v) oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash;

g) samarali mehnat bilan bandlikni ta'minlash.

Tojikiston hukumati integratsiyaviy tuzilmalarda ishtirokini faollashtirish bo'yicha qarorlar qabul qilishda yuqoridagi maqsadlarga erishish imkoniyatining mavjudligi asosiy belgilovchi omil bo'ladi.

Shu bilan birga, Strategiyada mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning faollashuvi hamda halqaro tranzit infratuzilmasining rivojlanishi Tojikiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligi va investitsiyaviy jozibadorligining ortishiga xizmat qilishi ta'kidlanadi.

Rossiya Federatsiyasining tashqi siyosatidagi ustuvor yo'nalishlardan biri MDH mamlakatlari bilan ikki va ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda ushbu makondagi integratsiyaviy tuzilmalar salohiyatini oshirish va faollashtirish hisoblanadi. [18]

Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, MDH makonidagi integratsiya jarayonlarining tashabbuskorlari bo'lib xususiy va davlatga qarashli Rossiya kompaniyalari hisoblanadi. Bunda ular MDH makonida amal qilayotgan erkin savdo hududi, bojxona ittifoqi va umumiy iqtisodiy makon imkoniyatlaridan foydalanishmoqda Shu o'rinda, iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirishdagi eng asosiy muammo xo'jalik sub'ektlari va davlatlarining manfaatlarining bir-biriga mos kelmasligi hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan tahlillar asosida, MDH makonidagi mamlakatlar iqtisodiy integratsiya jarayonlaridagi milliy manfaatlari bir biridan farq qilishi, mintaqa davlatlari o'rtasida kelajakdagi rivojlanish yo'nalishlari bo'yicha qarashlarning xilma-xilligi, hamkorlikni

MUHOKAMA

Scientific Journal Impact Factor

rivojlantirish bo'yicha "umumiy o'sish nuqtasi"ni belgilashda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Bundan tashqari, integratsiyaviy tuzilma doirasida o'z suverenitetini cheklash va mustaqillikni saqlab qolish o'rtasidagi muvozanatni topish masalasi mintaqa mamlakatlari o'rtasida integratsiyalashuv jarayonlari faolligiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.

Shu bilan birga, MDH mamlakatlari o'rtasidagi energetika va transport-kommunikatsiyalar sohasidagi mushtarak infratuzilmaning mavjudligi ular o'rtasida hamkorlikni rivojlantirishga olib kelishi mumkin.

MDH makonidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlari bir qator qo'llab-quvvatlovchi va qarshilik ko'rsatuvchi omillar ta'siri ostida kechmoqda. Mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishi eng avvalo ushbu davlatlar milliy manfaatlaridagi o'zaro uyg'un nuqtalarni aniqlash va o'zaro munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishga imkon yaratadi.

1. Байдурин М.С. Обеспечения экономической безопасности ЕАЭС на основе развития экономической интеграции стран СНГ. //Диссертация на сосискания ученой степени доктора экономических наук. Москва 2017. //http://vseup.ru/static/liles/Bajdurin_M._Obespecheriie_ekonomicheskoj_bezopasnosti_EAES.pdf

2. Бузрукова Г.Д. Влияние интеграции на экономическую безопасность Российской Федерации. -М.: 2010.

3. Болгова И., Никитина Ю. Евразийский экономический союз между интеграцией и суверенитетом. //Журнал Современная Европа, 2019, №5, -С 13-

4. Султанова Б.К. Формирование ЕЭП: состояние, проблемы, перспективы. - Алматы: КИСИ при Президенте РК, 2012, -200 с.

5. Закон Азербайджанской Республики «О национальной безопасности» от 29 июня 2004 года. https://republic.preslib.az/ru_d4-74.html

6. Концепция национальной безопасности Азербайджанской Республики от 23 мая 2007 года. http://eurasian-defence.ru/?q=node/30535

7. Стратегия национальной безопасности Республики Армения от 2020 года. https://www.gov.am/ru/National-Security-Strategy/

8. Национальная Стратегия устойчивого социально-экономического развития Республики Беларусь на период до 2030 года.

XULOSA

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

22.

Scientific Journal Impact Factor

https://www.economy.gov.by/uploads/files/NSUR2030/Natsionalnaja-stiategija-ustojchivogo-sotsialno-ekonomicheskogo-razvitija-Respubliki-Belarus-na-period-do-2030-goda.pdf

9. Концепция национальной безопасности Республики Беларусь от 9 ноября 2010 года. http://house.gov.by/ru/official-documents-ru

10. Закон об утверждении Национальной стратегии развития «Молдова -2030» от 26.11.2018 г. https://particip.gov.md/ra/strategy/strategia-nationala-de-dezvoltare-moldova-2030/4

11. Закон Республики Казахстан "О национальной безопасности" от 6 января 2012 года. https://online.zakon.kz/document/?doc_id=31106860

12. Послание президента Республики Казахстан - лидера нации Н.Назарбаева народу Казахстана. Стратегия «Казахстан-2050» от 2012 года. https://afmrk.gov.kz/ru/activity/strategy-and-program/strategy-kazakhstan-2050/

13. Концепция национальной безопасности Кыргызской Республики от 2012 года. http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ra/61358?cl=ra-ru

14. Концепция внешней политики Кыргызской Республики от 2019 года. http: //cbd.minj ust.gov.kg/act/view/ru-ru/430045

15. Национальная стратегия развития Кыргызской Республики на 2018-2040 годы" от 2018 года. https://mfa.gov.kg/ru/osnovnoe-menyu/vneshnyaya-politika/gosudarstvennye-programmy/nacionalnaya-strategiya-razvitiya-kyrgyzskoy-respubliki-na-2018-2040-gody

16. Закон Республики Таджикистан "О безопасности" от 15.03.2016 г. http://www.vertic.org/media/National%20Legislation/Tajikistan/TJ_Law_on_Security_2011_a s%20of%202016.pdf

17. "Национальная стратегия развития Республики Таджикистан на период до 2030 года" от 2016 года. http://ef-ca.tj/publications/02.2_rus(FILEminimizer).pdf

18. "Стратегия национальной безопасности Российской Федерации" от 2015 года. http://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_191669/61a97f7ab0f2f3757fe034d1101 1c763bc2e593f/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.