Научная статья на тему 'O'ZBEKISTON VA XALQARO MOLIYA TASHKILOTLAR O'RTASIDAGI MOLIYAVIY MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI'

O'ZBEKISTON VA XALQARO MOLIYA TASHKILOTLAR O'RTASIDAGI MOLIYAVIY MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

4411
619
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moliya bozori / moliyaviy tashkilotlar / moliyaviy munosabatlar / iqtisodiy rivojlanish / iqtisodiy hamkorlik / financial market / financial institutions / financial relations / economic development / economic cooperation

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Rano Erkinovna Ollomova

Maqolamizda moliyaviy tashkilotlarning ahamiyati va ularning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rni, hamda O’zbekiston va Xalqaro moliya tashkilotlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni yaxshilash masalalari tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Our article analyzes the role of financial institutions and their role in economic development, as well as improving financial relations between Uzbekistan and international financial institutions

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTON VA XALQARO MOLIYA TASHKILOTLAR O'RTASIDAGI MOLIYAVIY MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI»

O'ZBEKISTON VA XALQARO MOLIYA TASHKILOTLAR O'RTASIDAGI MOLIYAVIY MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Ra'no Erkinovna Ollomova

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Jahon iqtisodiyoti fakulteti magistranti

ollomova .rano95 @mail.ru

ANNOTATSIYA

Maqolamizda moliyaviy tashkilotlarning ahamiyati va ularning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rni, hamda O'zbekiston va Xalqaro moliya tashkilotlar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlarni yaxshilash masalalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: moliya bozori, moliyaviy tashkilotlar, moliyaviy munosabatlar, iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiy hamkorlik.

ABSTRACT

Our article analyzes the role of financial institutions and their role in economic development, as well as improving financial relations between Uzbekistan and international financial institutions.

Keywords: financial market, financial institutions, financial relations, economic development, economic cooperation

KIRISH

Mamlakatimizda iqtisodiyotdagi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bu moliya bozorini rivojlantirish va xalqaro moliyaviy munosabatlarni yo'lga qo'yishdir. Moliya bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotlarni oshirish, kapital jalb qilish, investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qilishini ko'rishimiz mumkin. Jamiyat taraqqiyotida moliyaviy munosabatlarning o'rni esa beqiyosdir, zero, ular moliyaviy resurslarining harakati shakllanishi, taqsimlanishi va xalqaro moliya bozori institutlari hamda moliyaviy institutlar va tashkilotlar tomonidan ishlatilishiga asoslangan tarkib bo'yicha murakkab bo'lgan munosabatlar tizimidir. [1] Shu sababli, hozirgi vaqtda kelib, O'zbekiston bilan ko'plab moliya tashkilotlar iqtisodiy munosabatlar keng yo'lga qo'yilib va samarali hamkorlik aloqalarini o'rnatib kelmoqda. Bu xalqaro moliya tashkilotlari O'zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy sohalariga bir qator investitsiyalar kiritgan. Investitsion loyihalar soni ko'p va hamkorlik aloqalarini mustamkamlash doimiy ravishda e'tibor qaratilishi lozim. Sababi shundaki, xalqaro bozorga chiqish, davlatning eksport salohiyatini oshirish, aholining ijtimoiy qo'llab quvvatlash, hamda ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatish infratuzilmasini yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarini bilan aloqalarni rivojlantirish vazifalardan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYA

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarining muhim ko'rinishlaridan beri bu xalqaro iqtisodiy hamkorlikdir. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotida iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati jahon

xo'jaligining rivojlanib, globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi bilan ortib boradi. Uning asosiy sub'yektlari — davlatlar, transmilliy kompaniyalar, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. XX asrning 80-yillaridan e'tiboran, xalqaro iqtisodiy hamkorlik doirasi kengayib, iqtisodiy munosabatlarni keng ko'lamda qamrab oldi. Tashqi va xalqaro savdo, kredit munosabatlari, valyuta va to'lov — hisob kitob sohasi, mintaqaviy integratsiya, migratsiya va kapital chiqarish, transmilliy kompaniyalarni tashkil etish va kredit moliya instutlarini shakllantirish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib, ilmiytexnika va ishlab chiqarish sohalarida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.[2] Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan PF-4947-sonli Farmonidan ham ushbu masalalarga alohida to'xtalib o'tilib, unda kapitalni jalb qilish va korxonalar, moliyaviy tashkilotlar va xalqaro munosabatlarni tashkil etuvchi moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi moliya bozorini o'rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishi belgilab qo'yilgan.[3] Chunki xalqaro iqtisodiy hamkorlik uning sub'yektlari iqtisodiy manfaatlarini milliy chegaralardan tashqarida ro'yobga chiqarishning eng maqbul yo'li hisoblanadi. Iqtisodiy hamkorlik va iqtisodiy integratsiyani har qanday shaklda amalga oshiradigan mintaqaviy tashkilotlar muhim ahamiyatga ega. Mintaqaviy fondlar va banklar ularga ma'lum darajada yordam beradi. Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashda, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini shakllantirishda, ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirishda va odamlarning hayotini yaxshilashda yordam berishdir.

NATIJALAR

Shu o'rinda Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yo'nalishda hamkorlikni sezilarli tarzda o'sib, rivojlanib borayotganini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Jumladan, Davlat statistika qo'mitasi O'zbekistonning 2020 yil 9 oyi davomidagi tashqi savdo aylanmasi bo'yicha statistik ma'lumotlarni e'lon qildi. Unga ko'ra, joriy yilning o'tgan 9 oyi davomida O'zbekistonning eng ko'p tashqi savdo aylanmasi Xitoy bilan bo'lgan - 4,6 mlrd, bunda eksport - 1,4 mlrd, import 3,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. Keyingi o'rinda Rossiya turibdi - 4,1 mlrd, eksport - 1,1 mlrd, import 3 mlrd AQSh dollari. Yuqori uchlikni Qozog'iston yakunlab beradi - 2 mlrd., eksport - 646,2 mln, import 1,3 mlrd AQSh dollari. Shuningdek, O'zbekistonning quyidagi davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi yuqori bo'lgan. Koreya - 1 mlrd 599,6 mln, eksport - 34,1 mln, import 1 mlrd 565,5 mln AQSh dollari. Turkiya - 1 mlrd 434,1 mln, eksport - 650,9 mln., import 783,2 mln AQSh dollari. Qirg'iziston - 660,7 mln, eksport - 561,1 mln, import 99,6 mln AQSh dollari. Germaniya -574 mln, eksport - 51,3 mln, import 522,8 mln AQSh dollari. Afg'oniston - 542,9 mln, eksport - 541,3 mln, import 1,7 mln AQSh dollari. Tojikiston - 358,8 mln, eksport - 289,1 mln, import 69,7 mln AQSh dollari. Turkmaniston - 323,6 mln, eksport - 97,8 mln, import 225,9 mln AQSh dollari.[6] Dunyoning yetakchi davlatlari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi rivojlangan mamlakatlar, xususan, Koreya Respublikasi va Yaponiya, Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi, arab-musulmon hamda turkiy tilli davlatlar bilan o'zaro manfaatli, samarali va ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. [5]

MUHOKAMA

Asosan, bugungi kunda O'zbekiston moliyaviy tashkilotlarini xalqaro moliya tashkilotlari o'rtasida o'zaro moliyaviy munosabatlar o'rnatish mamlakat iqtisodiyotidagi eng muhim masaladir. Milliy va Xalqaro molyaviy munosabatlarni rivojlantirish masalari bugungi kunda jadallashmoqda. Bu munosabat nafaqat puxta o'ylangan, balki bir vaqtning o'zida ildam va qulay bo'lishi hamda hozirgi tez o'zgaruvchan, dunyoda yuzaga kelishini oldindan aytib bo'lmaydigan yangi muammo va tahlikalarga o'z vaqtida va munosib javob berishi kerak. O'zbekiston xalqaro moliya tashkilotlari bilan moliyaviy munosabatlarini shakllantirishida va rivojlanishidagi asosiy omili:

• jahon bozorlarida o'zining o'rniga ega bo'lishi, ayniqsa tovar bozorlarida;

• Mamlakat iqtisodiy aloqalarning baynalminallashuvi va globallashuvi.

• Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi.

• Mamlakatning ilmiy-texnika taraqqiyotiga qo'shgan hissasi

• Xalqaro moliya munosabatlarining ko'p tomonlama va manfaatli tartibga solish tizimini takomillashtirilishi.

• Mamlakatda transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatinini nazorat qilish va kengaytirilishi

Agar quyidagi omillar iqtisodiyot va xalqaro moliyaviy munosabatlarda o'z aksini topsa, mamlakating moliyaviy rivojlanish koeffisiyentga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish joizki, O'zbekiston va Xalqaro moliya tashkilotlar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishda, iqtisodiy-moliyaviy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, yuqorida aytilgandik, puxta o'ylangan, vazmin, balki bir vaqtning o'zida ildam va qulay bo'lishi hamda hozirgi tez o'zgaruvchan, dunyoda yuzaga kelishini oldindan aytib bo'lmaydigan yangi muammo va tahlikalarga o'z vaqtida va munosib javob bera oladigan darajada bo'lishi kerak.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Byujet kodeksi". T: "O'zbekiston" 2014.01.01

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirzeyoyevning "O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'grisida"gi PF-4947-sonli Farmoni. 17.02.2017. Https://lex.uz/docs/-310736

3. "J. X. Ataniyazov, E. D. Alim ardonoy xalqaro moliya munosabatlari" https://fayllar.org/j-x-ataniyazov-e-d-alim-ardonoy-xalqaro-moliya-munosabatlari.html

4. https://uz. birmiss. com/xalqaro -moliyaviy-munosabatlar/

5. https://fayllar.org/xx-asr-80-yillari-ortalarida-respublikada-ijtimoiy-siyosiy-iqt.html

6. https://aniq.uz/uz/yangiliklar/uzbekiston-bilan-savdo-aylanmasi-eng-yuqori-bulgan-10-ta-davlat

7. https://rn.mfa.uz/uz/cooperation/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.