Научная статья на тему 'YEVROPA ITTIFOQINING AFG'ONISTON MUAMMOSINI HAL ETISHDAGI ROLI (2001-2015-YILLAR)'

YEVROPA ITTIFOQINING AFG'ONISTON MUAMMOSINI HAL ETISHDAGI ROLI (2001-2015-YILLAR) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

161
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Afg’oniston / xavfsizlik / Yevropa Ittifoqi / inson huquqlari / demokratik saylov jarayonlari / ijtimoiy-siyosiy / iqtisodiy / madaniy-gumanitar / qishloq xo’jaligi sohalaridagi ko’maklar. / Assistance in Afghanistan / security / the European Union / human rights / democratic elections / socio-political / economic / cultural / humanitarian / agricultural

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xushvaqt Eshnazarovich Norqochqarov, Ulugbek Jumayevich Mansurov

Maqolada 2001-2015-yillarda Yevropa Ittifoqining Afg’onistondagi mavjud muammoli vaziyatni yaxshilashda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, inson huquqlari va ayollar haq-huquqlari sohalarida amalga oshirgan ishlari va ularning natijalari, olib borgan faoliyati va Afg’on milliy armiyasi hamda politsiyasini shakillantirish uchun amalga oshirgan sa’yi-harakatlar haqidagi ma’lumotlar yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE EU IN SOLVING THE AFGHANISTAN PROBLEM (2001-2015)

The article describes the work done by the European Union in 2001-2015 in the sociopolitical, economic, cultural, humanitarian, human rights and women's rights and its results, the activities of the Afghan National Army and the details of his efforts to form a police force

Текст научной работы на тему «YEVROPA ITTIFOQINING AFG'ONISTON MUAMMOSINI HAL ETISHDAGI ROLI (2001-2015-YILLAR)»

YEVROPA ITTIFOQINING AFG'ONISTON MUAMMOSINI HAL ETISHDAGI ROLI (2001-2015-YILLAR)

Xushvaqt Eshnazarovich Norqo'chqarov

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali katta o'qituvchisi xushvaq t.norq ochq arov@mail. ru

Ulug'bek Jumayevich Mansurov

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada 2001-2015-yillarda Yevropa Ittifoqining Afg'onistondagi mavjud muammoli vaziyatni yaxshilashda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, inson huquqlari va ayollar haq-huquqlari sohalarida amalga oshirgan ishlari va ularning natijalari, olib borgan faoliyati va Afg'on milliy armiyasi hamda politsiyasini shakillantirish uchun amalga oshirgan sa'yi-harakatlar haqidagi ma'lumotlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Afg'oniston, xavfsizlik, Yevropa Ittifoqi, inson huquqlari, demokratik saylov jarayonlari, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, qishloq xo'jaligi sohalaridagi ko'maklar.

THE ROLE OF THE EU IN SOLVING THE AFGHANISTAN PROBLEM

(2001-2015)

Khushvaqt Eshnazarovich Norkochkarov

Senior Teacher of Termez Branch of Tashkent State Agrarian University [email protected]

Ulugbek Jumayevich Mansurov

Teacher of Termez branch of Tashkent State Agrarian University mansurov1224@mail. ru

ABSTRACT

The article describes the work done by the European Union in 2001-2015 in the sociopolitical, economic, cultural, humanitarian, human rights and women's rights and its results, the activities of the Afghan National Army and the details of his efforts to form a police force.

Keywords: Assistance in Afghanistan, security, the European Union, human rights, democratic elections, socio-political, economic, cultural, humanitarian, agricultural.

KIRISH

Afg'oniston Islom Respublikasi Janubiy-G'arbiy Osiyoning sharqiy qismida joylashgan mamlakat hisoblanadi. Afg'oniston ko'p millatli mamlakat hisoblanib, aholisining etnik tarkibini pushtunlar, tojiklar, o'zbeklar, hazoriylar va boshqa millatlar tashkil etadi. Mamlakat maydonining 4/5 qismi tog'liklardan iborat. Aholisining asosiy qismi chorvachilik va qishloq xo'jaligi mashg'ulotlari bilan shug'ullanadi. Uning geografik joylashuvi ham bir jihatdan bu hududda yagona markaziy davlat vujudga kelgan davrdan boshlab to bugungi kungacha yuz berib kelayotgan yirik davlatlarning manfaatlari to'qnashgan, tinimsiz urush-janjallar, qarama-qarshiliklar, nizolar va muammolar markazlaridan biriga aylanib qolishining asosiy sabablaridan hisoblanadi. Butun XIX asr davomida va XX asrning 20-yillarigacha bo'lgan davr mobaynida ushbu mintaqa ingliz-rus raqobat maydoniga aylangan bo'lsa, o'tgan asrning so'nggi choragidan boshlab Afg'onistonda yana nizolar va qarama-qarshiliklar qayta avj oldi. AQSh va SSSR o'rtasidagi "sovuq urush" munosabatlariga tortildi. Sovet Ittifoqi prokommunistik tuzumni himoya qilish maqsadida Afg'onistonga o'z qo'shinlarini olib kirdi. Bu esa mamlakatda yetilib turgan fuqarolar urishining boshlanib ketishiga olib keldi. Natijada mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tizim izdan chiqdi. Afg'onistondagi bu holat asoratlarining bugungi kunda ham saqlanib qolayotganligi jahon hamjamiyati tomonidan jiddiy muammo sifatida qaralmoqda hamda ushbu muammoning xalqaro tashkilotlar doirasida hal etilishini eng to'g'ri qarorlardan deb qarashimiz mumkin. Afg'oniston muammosining hal etilishidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, NATO va SHHT kabi xalqaro tashkilotlar bilan birga Yevropa Ittifoqining ham ahamiyati yuqori ekanligini ko'rishimiz mumkin. Ushbu tashkilotning mazkur muammoni hal etish yuzasidan amalga oshirgan faoliyatlari hamda ishlab chiqqan dastur, reja, qarorlari va tashkilotning amaliy yordamlari anchayin keng ko'lamli ekanligini ko'rishimiz mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Xalqaro tashkilotlarning xususan, Yevropa Ittifoqining Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan hamda hamkorlikka asoslangan rezolyutsiya, dastur, reja va qarorlari [3], [6], xalqaro tashkilotlar hamda inson huquqlari, demokratik va boshqa ijtimoiy institutlar mutaxassislari hisobot ma'ruzalari [5], [7], mutaxassis va tarixchi olimlarning fikr va qarashlari[2], hamda internet nashrlaridagi ma'lumotlar[1], [4] ni o'rganib , ularni qiyosiy tahlil qilib, ulardan qo'shimcha manba va ma'lumotlar sifatida foydalanish hamda ilmiylik, xolislik va

aniq manbalarga tayangan holda ishonchlilik nuqtai nazaridan yondoshishimiz mumkin.

NATIJALAR

Yevropa Ittifoqi va Yevropa Parlamenti Afg'oiston muammosi bo'yicha shu vaqtga qadar bir qancha Qarorlar qabul qildi, mamlakatdagi keskin va og'ir ahvolni ijobiy tomonga hal qilish uchun reja va dasturlar ishlab chiqdi. Xususan, 2008-yil 8-iyuldagi Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va tiklash yuzasidan Qaror, 2009-yil 15-yanvarda Yevropa Ittifoqining Afg'oniston bo'yicha ajratilgan moliyaviy jamg'armalarini nazorat qilish bo'yicha konferensiyasi, 2009-yil 24-aprelda Afg'onistonda ayollar huquqini himoya qilish bo'yicha va boshqa Afg'onistondagi mavjud muammoli vaziyat yuzasidan o'tkazilgan konferensiya va yig'ilishlar hamda qabul qilingan qarorlarni keltirib o'tishimiz mumkin.

Yevropa Ittifoqi Afg'oniston va uning hukumati uzoq davom etishiga ishonmoqda. Yevropa Komissiyasi va donorlikka a'zo davlatlar birgalikda 2002-2010-yil oralig'idagi davr uchun 8 milliard yevro miqdorida mablag' ajratdi. Yevropa Ittifoqi Afg'onistondagi ahvolni qayta tashkil etish va rivojlantirishda muhim rol o'ynamoqda va xalqaro hamkorlari bilan birgalikda ish olib bormoqda. Yevropa Ittifoqi Umumiy Qo'riqlash va Mudofaa Politsiyasi (UQMP) (EUPOL Afghanistan the Common Security and Defence Policy (CSDP)) ni Afg'onistonga jo'natdi [1].

2005-yil 16-noyabrida Afg'oniston va Yevropa Ittifoqi o'rtasida Afg'onistondagi amalga oshirilishi kerak bo'lgan bir qancha vazifalar yuzasidan, xususan kuchli, xolis va tartibli nazoratga ega bo'lgan davlat va fuqarolik jamiyati institutlarini yaratish hamda shakllantirish, xavfsizlik va sud-huquq tizimida islohatlar o'tkazish, giyohvand moddalarga qarshi kurashish kuchaytirish, mamlakatning barcha sohalarini qayta tiklash va rivojlantirish bo'yicha ikki tomonlama qo'shma siyosiy dekloratsiya imzolandi. Shuningdek, 2006-yilda Afg'oniston bo'yicha Xalqaro miqyosdagi Paktga asosan, mamlakatning asosiy uchta viloyatida keyingi 5 yil davomidagi amalga oshirilishi kerak bo'lgan masalalar, xususan, xavfsizlik, davlat boshqaruvi nazorati, qonun ustuvorligi, inson huquqlari himoyasi, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi rivojlanish, giyohvand moddalar ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich tarzda yilma-yil kamaytirib borish va tugatish belgilab olindi [2].

Yevropa Ittifoqi boshchiligida donor d avlatlar Afg'onistonda aniq siyosiy va amaliy faoliyat olib bordilar.

Yevropa Ittifoqining moliyaviy sohadagi Afg'onistonga yordami. Yevropa

Ittifoqi va unga a'zo davlatlar 2002-2010-yillar oralig'idagi davr uchun 8 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ko'rsatdi. Keyingi 2011 -2013-yillar oralig'idagi davr uchun Yevropa Ittifoqi yana har yili 200 millon yevrodan teng miqdorda 600 million yevro ajratishga va'da berdi. Yevropa Ittifoqining Afg'onistonga ko'rsatayotgan umumiy yordami taxminan, yillik 1 milliard yevroga to'g'ri keladi

[3].

Siyosiy sohadagi hamkorlik. Yevropa Ittifoqining Afg'oniston bilan hamkorligida birinchi navbatda kuchli va mas'uliyatli fuqarolik institutlarini tashkil etish va rivojlantirish, narkotiklarga qarshi kurashish hamda xavfsizlik va huquqiy tizimni isloh qilish sohalarida 2005-yil 16-noyabrida imzolangan qo'shma siyosiy dekloratsiyada alohida e'tibor qaratilgan.

MUHOKAMA

Afg'onistondagi uzoq muddatli faoliyat. Yevropa Ittifoqi 1980-yillarning o'rtalaridan beri Afg'onistonda o'z faoliyatini olib bormoqda, 1993-yilda Kobulda ECHO ning idorasi va uning faoliyatini nazorat qiluvchi Yevropa Komissiyasi (European Commission) ning shtab-kvartirasi ochildi. Tolibonlar hukumronligi davrida Peshavordan butun chegara bo'ylab o'z nazoratlarini o'rnatishdi, natijada ikkala idora ham ko'chirildi. 2001-yil dekabrida Yevropa Ittifoqining Maxsus vakolatlarga ega Vakili (EU Special Representative (EUSR)) elchi sifatida tayinlandi va bir necha bor Afg'onistonga Yevropa Komissiyasi Delegatsiyasining tashrif buyirishini tashkillashtira oldi. Idoralar yildan-yilga qayta tashkil etilib, tiklanib bordi

[4].

EUSR (YeIMV) va Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi boshlig'i (EUSR and Head of the EU Delegation) Vygaudas Usakkas, xalqaro hamkorlari bilan va Afg'onistondagi siyosiy jarayonlarda manfaatdor tomonlar bilan aloqa o'rnatib yanada yaqinlashdi. U birlamchi harakatlarning bajarilshi va Afg'onistondagi siyosiy jarayonlarda Yevropa Ittifoqining pozitsiyasini ma'lum qildi [5:C.14.].

Yevropa Ittifoqi barqarorligini ta'minlashda va qayta tiklashdagi asosiy hamkor. Xalqaro hamkorlar bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi Afg'onistonning barqarorligini ta'minlash va qayta tiklashda katta yordam ko'rsatmoqda. Donorlar uyishmasi, Yevropa Ittifoqi va Afg'oniston hukumati o'rtasidagi shartnomada xavfsizlik bilan bog'liq sohalarni o'z ichiga oluvchi yo'nalishlarda yordam ko'rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi [1].

2007-2013-yillar moboynidagi davr uchun Yevropa Ittifoqining Afg'onistonda olib boradigan birlamchi harakatlari uchun Mamlakatning Strategik Dasturi (Country

Strategy Paper) ishlab chiqilgan. 2011 -2013 -yillar moboynidagi davr uchun Yevropa Ittifoqi byudjetidan umumiy hisobda 600 million yevro ajratish ko'zda tutilgan edi. Ushbu mablag'larning sohalariga foiz hisobidagi ajratmasi quyidagicha ko'rinish olgan edi:

Soha: 2011-2013-yillar uchun % ko'rinishidagi jami mablag' ajratmasi [6: C. 23-25.]

- Qishloq xo'jaligi 35-40 %

- Huquqiy boshqaruv va nazorat 35-40 %

- Sog'liqni saqlash va ijtimoiy himoya 18-21 %

- Hududiy birlashmalarni qo'llab-quvvatlash 2-4 %

Hukumatning markaziy byudjetiga yo'naltirilgan ushbu mablag'larni

ishonchli multi-donorlar orqali yoki bu mablag'larning asosiy qismini Afg'on hukumatining milliy dasturi orqali yo'naltirildi. Ikki tomonlama hamkorlikdan tashqari Afg'oniston Osiyodagi mintaqaviy dasturlarni qabul qilib oluvchi hisoblanadi, mamlakat fuqarolarining shaxsiy huquqlari muxofazasiga qaratilgan dasturlar (Aid for Uprooted People programmes), shuningdak, Barqarorlik uchun Instrument va Yevropa Inson huquqlari va demokratiya uchun Instrument (European Instrument for Democracy and Human Rights and the Instrument for Stability), Nodavlat tashkilotlar (Non-State Actors), oziq-ovqat xavsizligi (Food Security) sohalariga oid birlamchi dasturlarga e'tibor qaratildi. Yevropa Komissiyasining Gumanitar Yordam ko'rsatish Tashkiloti (ECHO) tomonidan Afg'onistonga gumanitar yordam ko'rsatild i. Yevropa Ittifoqi BMTning gumanitar yordam va o'tish faoliyatida shuningdek, birinchi navbatda inson huquqlarini himoya qilish, qochoqlarni qaytarish va ma'lum ehtiyojlar bilan ta'minlash, tahlikali urishlar va oziq-ovqat yetishmovchiligiga yechim topish sohalaridagi asosiy donor hisoblanadi [3].

Yigirma besh Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakat (NATOga a'zo davlatlarni ham qo'shib hisoblaganda) NATO boshchiligida Xalqaro xavsizlikka ko'maklashuvchi kuchlar - (International Security Assistance Force ISAF) askarlari shay holatga keltirildi. Ularning tarkibida taxminan 30 ming harbiyni birlshtirgan edi [7:P. 17-18].

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar. 2002-yildan beri, Yevropa Ittifoqi va unga a'zo mamlakatlatlar soni huquq-tartibot va qonunchilik sohasiga faol jalb etilgan. 2007-yilda EVROPOLning Afg'onistondagi Missiyasi Afg'on mulkchiligida keng miqyosda korrupsiyaga qarshi kurash tizimi bilan o'zaro munosabatiga muvofiq ta'minlash samarali va xavfsiz tashkilotga asos yarata oldi.

Poytaxt Qobulda hududiy va viloyatlar darajasidagi asosan militsiya hodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ targ'ibotchilari va adliya mutaxassislaridan iborat. Afg'on politsiyasi ofitserlari chet el mutaxassislari yordamida ma'lum darajadagi tayyorgarlikka erishdilar va ular mamlakat ichki xavfsizligini ta'minlash maqsadida ma'lum amaliyotlar o'tkazishdi [1].

2010-yil 18-maydagi Yevropa Ittifoqi Kengashining Qaroriga ko'ra, Yevropa Politsiyasi Afg'onistondagi faoliyat muddati 2010-yil 31-maydan 2013-yil 31-maygacha uzaytirilgani ma'lum qilindi [5: C.21.].

Yevropa Ittifoqi Afg'on milliy politiyasining moliyaviy ta'minotini yaxshilash maqsadida Afg'oniston Huquqiy Targ'ibot vasiylik jamg'armasiga (the Law and Order Trust Fund for Afghanistan) katta yordam berishda davom etmoqda. Yevropa Ittifoqi Vasiylik Jamg'armasiga o'sh vaqtda 272 million yevro mablag' ajratgan. 2011 -2015-yillarga mo'ljallangan asosiy uzoq muddatli rejalar ishlab chiqdi [3].

Narkotik moddalarga qarshi kurashish sohasida. Yevropa Ittifoqi qayta qurish jarayonining boshlanish davridan narkotik moddalarga qarshi kurash harakatlarida asosiy rol o'ynamoqda, G'arbiy Yevropadagi geroyinning 90 % ga yaqini Afg'onistonda yetishtirilgan [6: C.26] va shuningdek tinchlikni ta'minlash va qayta qurish jarayonlarining muvofaqqiyatga erishishida jinoyat va korrupsiya kuchayishi bilan bog'liq, afyun yetishtirayotgan xo'jaliklarning kengayishi jiddiy xavf tug'dirmoqda.

Yevropa Ittifoqining Afg'oniston bo'yicha ishlab chiqilgan barcha rejalarining markazida narkotik moddalarga qarshi kurash masalasi turibdi. Xususan, Yevropa Ittifoqining Afg'onistonda qishloq xo'jaligini rivojlantirish dasturining asosi ham asosan shu yo'nalishga qaratilgan bo'lib, ushbu dastur o'z ichiga quyidagilarni qamrab olgan edi:

- Qishliq xo'jaligi iqtisodiyotida ko'knori plantatsiyalarining hissasini kamaytirish;

- Nazorat qilish dasturiga ko'ra Afg'on huquqni muhofaza qiluvchi organlari yordamida ularning ko'payishiga chek qo'yish;

- Mamlakatdan giyohvand moddalarning noqonuniy chiqib ketishining oldini olish maqsadida chegaralarni nazorat qilish va boshqarish tizimini takomillashtirish [4].

Yevropa Ittifoqi qabul qilgan dasturga asosan giyohvand moddalar yetishtirish sanoati tizimida ushbu moddalar aylanuvchi manzillar zanjiriga barham berishdan iborat.

Sog'liqni saqlash tizimi sohasida. Yevropa Ittifoqi sog'liqni saqlash sohasida

asosiy yo'nalish birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatishga katta ahamiyat qaratdi (yangi tibbiyot jihozlari bilan ta'minlashni 2002-yildagi 10% dan 2010-yilda 80% gacha yetkazdi) va eng og'ir ahvoldagi bemorlar sonini 5 barobargacha kamaytirish (2002 -2010-yillar oralig'ida 26% gacha kamaydi). Hozirgi kungacha Sog'liqni saqlash sohasidagi dasturning amaldagi ijrosini ta'minlash uchun 150 million yevro miqdorida mablag' ajratilgan va 2011-2014-yillar uchun sog'liqni saqlash sohasiga 110-125 million yevro miqdorida mablag' ajratildi [3].

Saylovlar o'tkazish sohasida Yevropa Ittifoqi 2009-2010-yilgi saylovlarga tayyorlanish davri uchun 35 million yevro ajratdi. Saylovlarni Kuzatish Missiyasi (Election Observation Mission) 2009-yildagi prezidentlik va provinsiyalarga vakilliklariga saylovlarga tashrif buyurdi. Yevropa Ittifoqi 2010-yildagi Parlament saylovlarida ham saylovchilar jamosiga faol ravishda tushintirish targ'ibot ishlarini olib bordi [6: C.37].

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, uzoq yillardan beri davom etayotgan Afg'onistondagi mavjud vaziyatni o'nglash, ISAF, NATO kabi harbiy kuchlarning aksilterroristik harakatlaridan so'ng mamlakatda muvaqqat hukumatning shakllanishida hamda rasmiy hukumatning demokratik talablar xususan, saylovlar asosida shakllanishini Yevropa Ittifoqining Afg'onistondagi mavjud muammoli vaziyatni yaxshilashda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar, inson huquqlari, bolalar huquqlari va ayollar haq-huquqlari sohalarida amalga oshirgan ishlari va ularning faoliyati natijalari, olib brogan amaliy ko'maklari yuqori natija berganligini va asosiy omil bo'lganligini ko'rishimiz mumkin.

REFERENCES

1. EU engagement in Afghanistan. www. eeas.europa.eu/afghanistan. Updated. -April, 2011.

2. Coelmont, J. End-State Afghanistan: A European Perspective // Royal Institute for International Relations. - Brussels, 2009. - P. 35-36.

3. Сотрудничество ЕС с Афганистаном и поддержка для регионального сотрудничество c акцентом на Афганистане // Заседание Координационного комитета по транспортному сектору (ККТС). - Бишкек, Кыргызская Республика, 14-15 мая 2014 года.

4. Новик А. ЕС меняет стратегию в Афганистане. http://www.centrasia.ru/news. -14.01.2011.

5. Ляруэль М., Пейруз С., Аксенова В. Отношения Афганистана и стран Центральной Азии: какую роль может сыграть ЕС? // Рабочий доклад EUCAM No. 13. Данный рабочий доклад публикуется в рамках проекта «EUCAM (Europe - Central Asia Monitoring): безопасность и развитие», который является ключевым компонентом программы EUCAM - Проект реализуется мозговым трестом FRIDE и Карельским институтом Университета Восточной Финляндии. - Март, 2013. - C. 14.

6. Резолюция Европарламента "О новой стратегии для Афганистана". -Европейский парламент, 22 ноября 2010 года. - C. 23-25.

7. Laruelle M. Peyrouse S. Axyonova V. The Afghanistan- Central Asia relationship: What role for the EU? // EUCAM Working Paper No. 13. This working paper is published as part of the EUCAM-Security and_Development project that is implemented by FRIDE and the Karelian Institute of the University of Eastern Finland. February,2013. - P. 17-18.

8. F.A. Ibrohimov. Ta'lim muassasalarida huquqiy ta'lim-tarbiyaning zarurati. Academic Research in Educational Sciences(https://cyberleninka.ru/article/n/ta-lim-muassasalarida-huquqiy-ta-lim-tarbiyaning-zarurati).

9. S.I. Doniyev, F.A. Ibrakhimov, I.S.Joldasov. Trends int the development of primary education (an example of the finnish system of primary education). Journal of innovatsions in pedagogy and psychology 2, 387-393.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.