Научная статья на тему 'QASHQADARYO VILOYATIDA CHORVACHILIKNING IQTISODIY HAYOTDAGI O‘RNI VA SOVET HOKIMIYATINING CHORVA OZUQASI SIYOSATI'

QASHQADARYO VILOYATIDA CHORVACHILIKNING IQTISODIY HAYOTDAGI O‘RNI VA SOVET HOKIMIYATINING CHORVA OZUQASI SIYOSATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
115
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Qishliq” / “Partiya XX syezdi” / “Avrora” / “Beshkent” / “III Internatsional” / “Farg‘ona” / “Dehqonobod” / “Kommunizm” / “O‘roqboy” / “Leninizm” / bo‘rdoqichilik fermasi / “Muborak”. / "Kishlyk" / "Party XX Departure" / "Aurora" / "Beshkent" / "III International" / "Fergana" / "Dehkhanabad" / "Communism" / "Orokboy" / "Leninism" / Bordochilik farm / "Mubarak".

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ro‘ziboyev, Dilshod A’zam O‘g‘li

Mazkur maqola Qashqadaryo vohasining iqtisodiy hayotida chorvachilikning o‘rni, davlat tomonidan chorvachilik sohasida amalga oshirilgan islohotlar, davlatga chorva mahsulotlari topshirish rejalarining bajarilishi, chorva mollari uchun yem-xashak jamg‘arilishi va u bilan bog‘liq muammolar, vohada chorva mollari tuyog‘ini ko‘paytirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ANIMAL BREEDING IN THE ECONOMIC LIFE OF KASHAKADARYA REGION AND THE ANIMAL FEED POLICY OF THE SOVIET AUTHORITY

This article discusses the role of cattle breeding in the economic life of the Kashkadarya oasis, the reforms carried out by the state in the field of cattle breeding, the implementation of plans to transfer livestock products to the state, the accumulation of feed for livestock and related problems, the hooves of cattle in the oasis. It will be told about the work carried out in the field of reproduction.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO VILOYATIDA CHORVACHILIKNING IQTISODIY HAYOTDAGI O‘RNI VA SOVET HOKIMIYATINING CHORVA OZUQASI SIYOSATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

QASHQADARYO VILOYATIDA CHORVACHILIKNING IQTISODIY HAYOTDAGI O'RNI VA SOVET HOKIMIYATINING CHORVA OZUQASI

SIYOSATI

Mazkur maqola Qashqadaryo vohasining iqtisodiy hayotida chorvachilikning o 'rni, davlat tomonidan chorvachilik sohasida amalga oshirilgan islohotlar, davlatga chorva mahsulotlari topshirish rejalarining bajarilishi, chorva mollari uchun yem-xashakjamg'arilishi va u bilan bog'liq muammolar, vohada chorva mollari tuyog'ini ko 'paytirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida bayon etiladi.

Kalit so'zlar: "Qishliq", "Partiya XX syezdi", "Avrora", "Beshkent", "III Internatsional", "Farg'ona", "Dehqonobod", "Kommunizm", "O'roqboy", "Leninizm", bo'rdoqichilik fermasi, "Muborak".

This article discusses the role of cattle breeding in the economic life of the Kashkadarya oasis, the reforms carried out by the state in the field of cattle breeding, the implementation of plans to transfer livestock products to the state, the accumulation of feed for livestock and related problems, the hooves of cattle in the oasis. It will be told about the work carried out in the field of reproduction.

Keywords: "Kishlyk", "Party XX Departure", "Aurora", "Beshkent", "III International", "Fergana", "Dehkhanabad", "Communism", "Orokboy", "Leninism", Bordochilik farm, "Mubarak".

В данной статье рассматривается роль скотоводства в хозяйственной жизни Кашкадарьинского оазиса, проводимые государством реформы в области скотоводства, реализация планов по передаче продукции животноводства государству, накопление кормов для животноводство и связанные с ним проблемы, копыта скота в оазисе будет рассказано о работах, проводимых в области воспроизводства.

Ключевые слова: «Кишлык», «Партия XX выездов», «Аврора», «Бешкент», «III Интернационал», «Фергана», «Дехханабад», «Коммунизм», «Орокбой», «Ленинизм», хутор Бордочилик, «Мубарак».

Ro'ziboyev Dilshod A'zam o'g'li

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot insituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Chorvachilik mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o'rin egallaydi. Jumladan, Qashqadaryo vohasida ham aholi yillar davomida ushbu soha bilan shug'ullanib kelmoqda. Xususan, 1960-yillarda Qashqadaryo vohasida chorvachilik sohasi bir qator yo'nalishlarda davlat rejalari oshirib bajarildi. Ammo bu rejalarni bajarishda bir qator muammolar ham mavjud edi. Jumladan, vohada yem-xashak tayyorlash, sut sog'ib olish, chorva mollarini qo'lda boqish, yem-xashakni maydalash, jun qirqimini mexanizatsiyalashtirish ishlari sustligicha qoldi. Bu esa viloyatning ba'zi kolxoz va sovxozlarida go'sht, sut, jun yetishtirish kabi sohalarining bajarilmay qolishiga olib keldi. Bundan tashqari ushbu yaylov maydonlarining qisqarishi, beda maydonlarining katta qismi paxta maydonlariga aylantirilishi ushbu sohadan tushadigan daromadning kamayishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari vohada chorvachilik sohasida kadrlarning yetishmasligi, jamoat chorvachiligining rivojlnaishiga to'siq bo'ldi.

ADABIYOTLAR VA METODOLOGIYA

Mazkur maqolani tahlil qilar ekanmiz, 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son, 2017-yil 4-avgustdagi PF-5134-son "Tadbirlar to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish to'g'risida»gi, 2019-yil 28-martdagi "O'zbekiston Respublikasida pillachilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi va 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-sonli "O'zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi "O'zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako'lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6059-sonli qarorlari uslubiy manba sifatida belgilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda iqtisodiyotda agrar sohaning ahamiyati oshib borayotgan bir davrda chorvachilik istiqbollari bilan bir qatorda, uning tarixiy xususiyatlarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu maqsadda jahonning yetakchi ilmiy markazlarida chorvachilik sohasi tarixi va taraqqiyoti bilan bog'liq muammolari tadqiq etilmoqda. Jumladan, chorvachilikning iqtisodiy jihatlarini hamda ularning tarixiy rivojlanish xususiyatlarini aniqlashga alohida urg'u berilmoqda. Dunyoning turli ilmiy tadqiqot markazlarida ushbu masalalar tadqiqi muhim ahamiyat kasb etib, o'rganilishi lozim bo'lgan muhim vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Xususan, KPSS Markaziy Komitetining 1965-yil mart Plenumi qarorlarini ishlab chiqishga izchillik

1009

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bilan tatbiq etayotgan Shahrisabz tumanidagi "Qishliq" sovxozida qishlov namunali tashkil etildi. Sigirlar ilg'or tajribalar va zooveterinariya qoidalari asosida parvarish qilinishi natijasida sut sog'ib olish hajmi ko'paytirildi. 1965-yilda xo'jalikda 227 tonna sut tayyorlanib, bu sohadagi yillik reja 113 foizga bajarildi1. Bundan tashqari vohaning Kitob tumanida sut yetishtirish va tayyorlashda tumandagi "Guliston" va "Kitob" sovxozi chorvadorlari tomonidan yaxshi natiajalarga erishildi. Jumladan, "Guliston" kolxozi tomonidan 1965-yilda davlatga 146 tonna o'rniga 183,5 tonna serqaymoq sut sotildi. Bundan tashqari tumandagi "Lenin", "Engels", "Varganza" sovxozida ham yaxshi natijalar qayd etildi2. Qarshi tumanining ilg'or xo'jaliklarida mo'l-ko'l mahsulot yetishtirish bilan birga eng ma'suliyatli davr bo'lgan chorva qishloviga ham puxta tayyorgarlik ko'rildi. Tumandagi "Partiya XX syezdi" sovxozi 1965-yilda 500 tonna o'rniga 1129 tonna ozuqa jamg'arib, belgilangan reja ikki baravardan ham oshirib bajarildi. Bu esa jamoat chorvachiligini rivojlantirishga zamin yaratdi. Natijada dalada yem-xashak kam bo'lishiga qaramasdan katta muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. Tumanning "O'zbekiston" sovxozi tumandagi eng yirik chorvador xo'jaliklardan biri hisoblanadi. 1965-yilda ushbu sovxozda 6800 o'rniga 6823 tonna yem-xashak jamg'arildi. Shuningdek, "Karl Marks" nomli kolxoz chorvadorlari 2528 tonna o'rniga 2920 tonna ozuqa tayyorlandi. "Paxtakor" kolxozi esa 1965-yilda yem-xashak tayyorlash rejasini 120 foizga bajarildi. 800 tonna o'rniga 1222 tonna ozuqa jamg'argan "Qashqadaryo" sovxozining chorvadorlari tomonidan ham qishlov puxta o'tkazildi. Biroq tumandagi hamma xo'jaliklarda ham chorva qishloviga tayyorgarlik ko'rilmadi. "Beshkent" sovxozida 2100 boshga yaqin qoramol mavjud bo'lib, rejadagi 9643 tonna o'rniga 3700 tonna yem-xashak jamg'arildi. Kolxoz tomonidan rejaning 30 foizi bajarildi, xolos. Bu esa chorvachilikka ziyon yetkazishiga sabab bo'ldi. Jumladan, iqtisodiyotida chorvachilik salmoqli o'rin egallagan "Moskva" kolxozida 10 ming boshga yaqin qo'y-echki, 1130 bosh qoramol mavjud bo'lib, ular uchun yem-xashak jamg'arish rejasi bajarilmadi. Ushbu kolxoz qo'ylari "Qoradun" va "Sho'rquduq" yaylovlarida qishladi. "Nishon" sovxozida 1965-yilda 9600 tonna ozuqa jamg'arish rejasining atigi 30 foizi bajarildi. Chorva qishloviga tayyorgarlik ko'rish "Lenin yo'li" kolxozida ham juda yomon ahvolda bo'lib, kolxozda 1963 tonna o'rniga 1500 tonna ozuqa jamg'arildi. Tumanning "Avrora", "Beshkent" va "III Internatsional" kolxozlarida ham chorva mollari qishlovi uchun yetarli miqdorda yem-xashak jamg'arilmadi3. Qarshi tuman

1Peshqadamlar. Qashqadaryo haqiqati, 1965 yil 24 sentabr, № 190, (4623)

2Peshqadamlar. Qashqadaryo haqiqati, 1965 yil 24 sentabr, № 190, (4623)

3Ikki xil manzara. "Qashqadaryo haqiqati va "Kommunizm alangasi", 1965 yil 8 oktabr, № 201, (4634)

1010

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

mehnatkashlari 1965-yilda davlatga 2900 tonna go'sht, 3284 tonna sut, 690 tonna jun yetkazib berildi. Jumladan, tumanda jamoat chorvachiligini rivojlantirish va uning mahsuldorligini oshirish sohasida ham katta yutuqlarga erishildi. Kolxozda qorako'l teri tayyorlash yillik rejasi 105 foizga, sut 89 foizga, go'sht 67 foizga bajarildi4. Jamoat chorvachiligini rivojlantirish va uning mahsuldorligini oshirishda birmuncha namunali ishlar amalga oshirildi. 1965-yilda tuman bo'yicha har 100 bosh qo'ydan 117,7 boshdan qo'zi olindi. Qo'ylardan egiz olishda "Nishon" zavodi va 'III Internatsional", "Karl Marks" nomli kolxozlar tomonidan yaxshi natijalarga erishildi. "O'zbekiston" sovxozi chorvadorlari har 100 bosh qo'ydan 123 boshdan qo'zi olindi. Tuman bo'yicha qo'ylar soni 1964-yilga nisbatan 42576 boshga, qoramollar 1406 boshga, shu jumladan, sigirlar 405 boshga ko'paytirildi. Shunga qaramay chorvachilik sohasida ham jiddiy kamchiliklar mavjud. Ayrim xo'jaliklarda chorvachilik kam taraqqiy etgan tarmoq bo'lib qoldi. Mollarning nobud bo'lishiga yo'l qo'yildi. Masalan, 1965-yilgacha "Qashqadaryo" sovxozida 18 bosh, "Beshkent" sovxozida 4 bosh zotdor qoramol nobud qilindi. Tumandagi "Partiya XX syezdi" sovxozi sut tayyorlash yillik rejasi 31 foizga, "Partiya XXII syezdi" sovxozlari tomonidan 65 foziga bajarildi. "Paxtakor" va "Karl Marks" nomli kolxozlarda go'sht sotish rejasi 50-55 foizga bajarildi5. Ayrim kolxoz va sovxozlarda chorva mollari tuyog'ini ko'paytirish sohasida belgilangan topshiriqlarning bajarilishi xavf ostida qoldi. "Karl Marks" nomli sovxozda qoramolchilikni rivojlantirish rejasi 1965-yilda 78 foizga bajarildi. "Partiya XXII syezdi" sovxozi chorvadorlari qoramolchilikni rivojlantirish rejasini 72 foizga, "Qashqadaryo" sovxozida qoramolchilik esa 42 foizga bajarildi, xolos6. 1965-yil tuman bo'yicha yem-xashak tayyorlash rejasi 8 foizga bajarildi. Ayrim kolxoz va sovxozlarda yem-xashak tayyorlash rejasi nihoyat darajada kechiktirib yuborildi. "Nishon" davlat naslchilik zavodi yem-xashak tayyorlash rejasi 31 foizga bajarildi. Jamg'arilgan ozuqalarni qishlov joylariga tashib keltirish va ularni maydalash ishlari ham talabga javob bermadi. Tuman bo'yicha tayyorlangan 31388 tonna dag'al xashakdan endi 1769 tonnasi maydalandi, xolos. "Moskva", "III Internatsional", "Beshkent", va "Avrora" sovxozlarida yem-xashak maydalash ishlari bajarilmadi. Kolxoz va sovxozlardagi mavjud 57 ta sigirxonadan endi 35 tasi, 284 qo'tondan 182 tasi remontdan chiqarildi7. G'uzor tumani "Dehqonobod" sovxozi chorvadorlari tomonidan 1965-yilda katta g'alabani qo'lga kiritildi. Ular jun tayyorlash yillik rejasini muvaffaqiyatli bajarildi. Tayyorlov

4Butun kuch sotsialistik majburiyatlarni bajarishga. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 10 oktabr, № 203, (4636)

5Butun kuch sotsialistik majburiyatlarni bajarishga. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 10 oktabr, № 203, (4636)

6Butun kuch sotsialistik majburiyatlarni bajarishga. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 10 oktabr, № 203, (4636)

7Butun kuch sotsialistik majburiyatlarni bajarishga. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 10 oktabr, № 203, (4636)

1011

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

punktlariga 660 sentner jun yetkazib berildi. Shuningdek, tumandagi "Krupskaya" nomli kolxoz chorvadorlari davlatga 377 sentner jun sotib, davlat rejasi muvaffaqiyatli bajarildi. Chiroqchi tumani "Leningrad" kolxozida 15 bosh sigirning har biridan 1450 kilogrammdan sut sog'ib olindi8. Koson tumani iqtisodiyotida chorvachilik salmoqli o'rin egallaydi. Tumanning "Muborak" naslchilik zavodida 70 ming boshga yaqin qo'y-qo'zi, 500 boshdan ortiq tuya mavjud bo'lib, ular 7500 tonna dag'al yem-xashak jamg'arilishi kerak edi, ammo ushbu davlat rejasi ham bajarilmadi. 1965-yilda yem-xashak tayyorlash rejasining 4200 tonna ozuqa jamg'arilib, rejaning 66 foizi bajarildi9. Tumanning "Moskva" va "Lenin" nomli kolxozlarda 1965-yilda yem-xashak tayyorlash rejasi bajarilmadi10. Dag'al xashak jamg'arish rejasi Lenin kolxozida 60-70 foizga bajarildi, xolos. "Sharq yulduzi" kolxozida ham yem-xashak tayyorlash rejasi qoniqarsiz ahvolda qoldirildi. Tuman bo'yicha yem-xashak tayyorlash rejasi 1965-yilda 77 foizga bajarildi11. Qamashi tumani "Farg'ona" sovxozi sut sog'uvchisi Oysan G'ulomova 1963-yilda o'ziga biriktirilgan 25 bosh sigirning har biridan 3000 litrdan sut sog'ib olib, kunlik har bir bosh sigirdan 10 litrdan serqaymoq sut yetkazib berdi12. Chiroqchi tumanidagi "Qizil yulduz" kolxozi 1965-yilda go'sht tayyorlash rejasi 57 foizga, sut tayyorlash rejasi 60 foizga bajarildi, xolos. Sigirlarning har 100 boshidan 67 bosh buzoq olindi. Kolxoz rahbariyatining shu holatga tushishiga sabab, rahbariyatning o'ta ma'suliyatsizligidir. Kolxozda reja bo'yicha 1500 tonna o'rniga atigi 750 tonna yem-xashak jamg'arildi, xolos. Qish davomida har bosh qoramol uchun 1600-1700 kilogrammdan ozuqa jamg'arilishi kerak bo'lib, ammo 650 kilogrammdan ham to'g'ri kelmadi. Bundan tashqari 45 tonna yem-xashak qishlov joylariga tashib keltirilmadi. Reja bo'yicha 950 tonna o'rniga 170 tonna silos bostirilib, rejaning atigi 18 foizi bajarildi. Kolxozda mavjud 1137 bosh qoramol uchun qurilgan 10 ta sigirxona va 2 ta buzoqxona remont qilinmadi13. 1964-yilda G'uzor tumanidagi "Oqrabot" sovxoxida ko'plab chorva mollari chiqim qilindi. 1965-yilda sovxozda 5441 bosh qoramol, 3774 bosh qo'y-echki, 1090 bosh ot va boshqa chorva mollari mavjud bo'lib, ular uchun rejadagi 8110 tonna o'rniga 3370 tonna har xil ozuqa jamg'arildi. Bu esa rejaning atigi 42 foizini tashkil etdi. Ozuqa to'plash ushbu sovxozning 1-bo'limida yomon tashkil etildi. Jumladan, 2020 tonna o'rniga 582 tonna yem-xashak to'plandi. Sovxozning 3-

8 Fermalardan daraklar. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 10 oktabr, № 203, (4636)

9 Vaqt g'animat, shoshiling. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 10 oktabr, № 203, (4636)

10 Vaqt g'animat, shoshiling. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 10 oktabr, № 203, (4636)

11 Vaqt g'animat, shoshiling. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 10 oktabr, № 203, (4636)

12 Fermalardan daraklar. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 10 oktabr, № 203, (4636)

13 Gap ko'p, ish oz. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 20 oktabr, № 210, (4643)

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

bo'limida ham 2160 tonna o'rniga 707 tonna ozuqa jamg'arildi, xolos14. 1965-yilda Qamashi tumanidagi "Ko'kbuloq" sovxozining chorvadorlari yana bir muvaffaqiyatni qo'lga kiritdilar. Yillik rejadagi 8000 sentner o'rniga 8092 sentner sut topshirildi15. Yakkabog' tumanidagi "Avangard" sovxozi 1965-yil rejaga ko'ra 1500 sentner sut tayyorlanishi lozim bo'lib, ammo sovxoz chorvadorlari 1550 sentner sut topshirildi. Bu 1965 yilda kolxozda mavjud bo'lgan 152 bosh sigirning har biriga qariyb 1000 litrdan to'g'ri keldi. Ushbu sovxoz a'zolari 1965-yilda 110 bosh qoramolni go'sht rejasiga topshirildi. Ularning tirik vazni 245 kilogrammni tashkil etdi. Sovxozda 1965-yilda 70 bosh "Krasniy step" zotidagi buzoqlar olib kelindi. 1965 yilda sovxozda 295 tonna beda, 160 tonna somon, 43 tonna yantoq tayyorlanib, qishlov joylariga keltirildi. 1964-yilda sovxoz chorvadorlari 1 sentner sut yetishtirish uchun 22 so'm 95 tiyin sarflangan bo'lsa, 1965-yilda esa 12 so'm 69 tiyin sarflandi16. Chorva qishlovini muvaffaqiyatli o'tkazish mahsulot yetishtirishni ko'paytirish va mollar sonini oshirishda hal qiluvchi rol o'ynadi. Shahrisabz tumanidagi "Kommunizm" kolxozida davlat rejasida belgilangan 3400 tonna o'rniga 1150 tonna silos bostirildi. Bu esa davlat rejasining atigi 34 foizini tashkil etdi. 1965-yilda 210 tonna o'rniga 42 tonna yantoq, tonna o'rniga 321 tonna beda jamg'arildi. Natijada kolxozdagi 1312 bosh qoramolning hayoti xavf ostida qoldi. Qoloqlikning asosiy sababi shundaki, kolxozda mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalanilmaganligi, ozuqa jamg'arishga ajratilgan ishchi kuchlari boshqa sohalarga safarbar etilganligi asosiy sabab bo'ldi17. Jamoat chorvachiligini rivojlantirish va uning mahsuldorligini oshirish uchun birinchi navbatda chorva qishlovini muvaffaqiyatli o'tkazish kerak. Yakkabog' tumani 1965-yilda 19 ming tonna ozuqa jamg'arilib, davlat rejasi 90 foizdan oshirib bajarildi. Bu sohada Engles nomli, "Qizil O'zbekiston", "Pravda" kolxozlari ayniqsa oldinda bormoqda. 1965-yilda Engles nomli kolxoz chorvadorlari qo'lni qo'lga berib, 1200 tonna o'rniga 1700 tonna ozuqa jamg'arildi. "Qizil O'zbekiston", "Pravda" kolxozining chorvadorlari ozuqa jamg'arish, uni qishlov joylariga tashib keltirish, molxonalarni remont qilib qo'yish kabi ishlar jadal sur'atlarda olib borildi. Ammo "Sharq yulduzi" 1965-yilda davlat rejasiga ko'ra 1400 tonna o'rniga 1000 tonna yem-xashak jamg'arildi. "Kommunist" kolxozida hma ahvol shu holatda bo'lib, 1300 tonna o'rniga 790 tonna ozuqa jamg'arildi18. Qarshi tumanidagi "O'zbekiston" sovxozi chorvadorlari 1965-yilda har 100 bosh qo'ydan

14 Takrorlanayotgan kamchiliklar. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 20 oktabr, № 210, (4643)

15 Majburiyat hisobiga. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 20 oktabr, № 210, (4643)

16 Mahsulot mo'l bo'lsin deb ... . "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 20 oktabr, № 210, (4643)

17 E'tiborsizlik. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 23 oktabr, № 212, (4645)

18 Qishni unutmang!. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 23 oktabr, № 212, (4645)

1013

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

150 boshdan qo'zi olib, davlat rejasi oshirib bajariildi. Xususan, har bir bosh qo'ydan o'rtacha 3,3 kilogrammdan jun olinib, davlatga topshirildi. Mahsulot yetishtirishni ko'paytirish chorva qishlovini muvaffaqiyatli o'tkazildi. Shuningdek, sovxozning qo'ylari "O'roqboy" yaylovida qishlovi ta'minlandi19. Yakkabog' tumani "Leninizm" kolxozi chorvadorlari kolxozdagi mavjud 450 bosh sigirning har biridan 1300 litrdan sut olinib, davlat rejasi oshirib bajarildi. 1965-yilda ushbu kolxozda 9 ta molxona remont qilinib, 2 ta buzoqxona qurildi20. Qarshi tumanidagi "O'zbekiston" sovxozida 1965 yilda davlatga 270 tonna go'sht, 141 tonna jun va 20500 dona qorako'l teri topshirilishi kerak edi, ammo ushbu sovxoz chorvadorlari yaxshi mehnat qilib davlatga 347 tonna go'sht, 144 tonna jun, 25297 dona qorako'l terilari topshirildi. Sovxoz bo'yicha har 100 bosh qo'ydan 122 boshdan qo'zi olindi. Qorako'l terilarining 80 foizdan ortiq qismi birinchi navga topshirildi. Har bir bosh qo'ydan 2,7 kilogrammdan jun olindi. Jamoat chorvachiligini rivojlantirish va uning mahsuldorligini oshirish uchun fidokorlik ko'rsatib mehnat qilinganligi tufayli ana shunday yutuqlar qo'lga kiritildi. 1965-yilda sovxozning 3 ferma chorvadorlari juda yaxshi natijalarga erishildi. Mazkur fermada har 100 bosh qo'ydan 129 boshdan qo'zi olindi. Go'sht topshirish rejasi 102 foizga, qorako'l teri topshirish 127 foizga, jun topshirish 103 foizga bajarildi. 1965-yilda ob-havo noqulay kelib, yaylovlarda tabiiy o'tlar ham bo'lishiga qaramasdan, rejada belgilangan 6800 tonna dag'al xashak jamg'arish belgilangan bo'lsada, sovxoz a'zolarining samarali mehnati natijasida 7500 tonna dag'al xashak jamg'arildi21. Sovliqlarni sun'iy qochirish chorvachilikni keskin rivojlantirishda uning mahsuldorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. 1965-yilda ferma bo'yicha 12863 bosh qo'y sun'iy usulda ko'paytirildi22. KPSS XXIII syezdi va O'zbekiston Kompartiyasi XVII syezdi sharafiga boshlangan sotsialistik musobaqaga qo'shilgan Koson tumanidagi "Muborak" davlat naslchilik zavodi chorvadorlari Ulug' Oktabrning 48 yilligi bayramini mehnatda munosib sovg'alar bilan kutib olindi. Zavod jamoasi 1965-yilda tayyorlov punktlariga 2500 o'rniga 3110 sentner go'sht, 1540 o'rniga 1730 sentner jun, 22500 o'rniga 26461 dona qorako'l teri yetkazib berildi. Ilg'or chorvadorlar qishlovga ham yaxshi hozirlik ko'rildi. 80 ta yaqin qo'ton, kasharlar sifatli remont qilindi23. Ulug' oktabrning sotsialistik revolutsiyasining 48 yilligi bayramini munosib sovg'alar bilan kutib olindi. Qamashi tumanidagi "Ko'kbuloq" sovxozining chorvadorlari sut yetishtirish yillik

19 Baxt - mehnatda. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 23 oktabr, № 212, (4645)

20 Ozuqa mo'l - mahsulot mo'l. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 23 oktabr, № 212, (4645)

21 Muvaffaqiyatlar mustahkamlanadi. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 24 oktabr, № 213, (4646)

22 Namunali o'tmoqda. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 27 oktabr, № 215, (4648)

23 Namunali o'tmoqda. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 27 oktabr, № 215, (4648)

1014

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

rejasi muddatidan oldin bajarilib, davlatga 900 tonna sut yetkazib berildi. Har bir sigirdan sut miqdori 900 kilogrammdan sut olindi24. Qarshi tumanidagi "Partiya XXII syezdi" sovxozi chorvadorlari 20 bosh jaydari sigirning har biridan 1400 litrdan sut olindi25. G'uzor bo'rdoqichilik fermasining ahil kollektivi KPSSning navbatdagi XXIII syezdini mehnatda yangi muvaffaqiyatlar bilan qo'lga kiritildi. Bo'rdoqichilik fermasida belgilangan yillik reja 111 foizga bajarildi. Natijada 78 ming so'm sof daromad olindi. Bu rejada belgilanganidan 17 ming so'm ko'pdir. Ushbu ferma xo'jaligi davlatga 1965-yilda 1620 sentner qoramol, 600 sentner qo'y go'shti yetkazib berildi. 1965-yilda ushbu ferma 1200 bosh qoramol bo'rdoqilikka boqildi. Chorva mollariga beriladigan ozuqa ratsionining yaxshilanganligi, ratsional metodlardan ko'ngildagidek foydalanilganligi natijasida har bir qoramol bir kecha-kunduzda belgilangan 530 gramm o'rniga 830 grammdan semirishiga erishildi26.

XULOSA

Qashqadaryo vohasida chorvachilik sohasidagi kamchiliklar, iqtisodiy jihatdan kam mablag' ajratilishiga qaramasdan, bu soha rivojida ijobiy o'zgarishlar amalga oshirildi. Yem-xashak to'plash, go'sht sut, yog', jun topshirish rejalari oshirib bajarildi. Bu esa Qashqadaryo vohasida chorvachilik rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, undan tushadigan daromadning ko'payishiga xizmat qildi.

REFERENCES

1. Akhmedov, B. A. (2021). HISTORY OF KARAKUL INDUSTRY IN UZBEKISTAN. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1159-1163.

2. Axmedov, B. (2021). Qorako'lchilik sohasini ilmiy tadqiqotlarda o'rganilishining ahamiyati. Journal of Social Sciences, 2(01).

3. Akhmedov, B. A. (2020). KARAKUL BREEDING DURING THE BUKHARA EMIRATES. In НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ (pp. 160162).

4. Akhmedov, B. A. (2019). THE ROLE OF UZBEKISTAN ON ESTABLISHING KARAKUL (ASTRAKHAN) SHEEP BREEDING IN FOREIGN COUNTRIES. Theoretical & Applied Science, (3), 72-75.

24 Muddatidan oldin. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 30 oktabr, № 217, (4650)

25 Musobaqaga qo'shilib. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 30 oktabr, № 217, (4650)

26 Mo'l va arzon. "Qashqadaryo haqiqati" , 1965 yil 30 oktabr, № 217, (4650)

1015

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. D.A.Ro'ziboyev. O'zbekistonda 1946-1953-yillarda chorvachilik sohasida amalga oshirilgan islohotlar. SOHIBQIRON YULDUZI, Ijtimoiy-tarixiy, ilmiy va ommabop jurnal, 2021 yil № 4 (46), 154-160 b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. D.A.Ro'ziboyev. 1946-1953-yillarda O'zbekistonda chorvachilik xo'jaligidagi o'zgarishlar va ularning o'ziga xos xususiyatlari. IJORCES International journal of conference series on education and social sciences. Copyright © 2021, ISSN 2717-7076 Bursa, Turkey, 41-45-бетлар.

7. D.A.Ro'ziboyev. Положение животноводства в Узбекистане в 1920-1940 гг. РАЗВИТИЕ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ сборник статей Международной научно-практической конференции, Состоявшейся 20 января 2022 г. в г. Пенза, 154-159- бетлар.

8. D.A.Ro'ziboyev. XX asrning birinchi yarmigacha bo'lgan davrda O'zbekistonda chorvachilikning ahvoli. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3, ISSN 2181-1784, Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947, 943-952- бетлар.

9. D.A.Ro'ziboyev. XX asrning 20-30 yillarida O'zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish: muammolar va yechimlar. QarDu xabarlari. Ilmiy-nazariy, uslubiy jurnal 2022 yil № 2/2 (52), 4-8 betlar.

10. D.A.Ro'ziboyev. Chorvachilik sohasining rivoji (Qashqadaryo vohasi misolida). World scientific research journal., Volume-8, Issue-1, October, 2022, 42-47 betlar.

11. D.A.Ro'ziboyev. Qashqadaryo vohasida sovet hokimiyatining chorvachilik siyosati va chorva sonlaridagi o'zgarishlar. Xorazm Ma'mun Akademiyasi Axborotnomasi-11/3(95)-2022, 69-71 betlar.

12. Muddatidan oldin. "Qashqadaryo haqiqati", 1965 yil 30 oktabr, № 217, (4650)

13. Musobaqaga qo'shilib. "Qashqadaryo haqiqati", 1965 yil 30 oktabr, № 217, (4650)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.