Научная статья на тему 'SURXONDARYO VA QASHQADARYO VILOYATLARI MAHALLALARIDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK RIVOJLANISHINING AYRIM JIHATLARI XUSUSIDA (Tarixiy tahlil)'

SURXONDARYO VA QASHQADARYO VILOYATLARI MAHALLALARIDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK RIVOJLANISHINING AYRIM JIHATLARI XUSUSIDA (Tarixiy tahlil) Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
466
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Surxondaryo / Qashqadaryo / mahalla / kichik biznes / tadbirkorlik / rivojlanish / yutuq / muammo / raqamlar / iqtisodiyot / bozor iqtisodiyoti / tadqiqot. / Surkhandarya / Kashkadarya / mahalla / small business / entrepreneurship / development / success / problem / figures / economy / market economy / research.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mo‘minov, O‘lmas

Maqolada O‘zbekistonning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari mahallalarida kichik biznes va tadbirkorlik rivojlanishining ayrim jihatlari xususida so‘z yuritiladi. Unda mustaqillik yillarida mazkur viloyatlarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, yutuqlar va muammolar tarixiy aspektda tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON SOME ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND ENTREPRENEURSHIP IN THE MAKHALLAS OF THE SURKHANDARYA AND KASHKADARYA REGIONS (Historical analysis)

The article examines some aspects of the development of small business and entrepreneurship in the makhallas of the Surkhandarya and Kashkadarya regions of Uzbekistan. The results, achievements and problems of reforms in this area during the years of independence are analyzed in the historical aspect.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VA QASHQADARYO VILOYATLARI MAHALLALARIDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK RIVOJLANISHINING AYRIM JIHATLARI XUSUSIDA (Tarixiy tahlil)»

Scientific Journal Impact Factor

SURXONDARYO VA QASHQADARYO VILOYATLARI MAHALLALARIDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK RIVOJLANISHINING AYRIM JIHATLARI XUSUSIDA

(Tarixiy tahlil)

O'lmas Mo'minov

O'zbekistn milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Maqolada O 'zbekistonning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari mahallalarida kichik biznes va tadbirkorlik rivojlanishining ayrim jihatlari xususida so'z yuritiladi. Unda mustaqillik yillarida mazkur viloyatlarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, yutuqlar va muammolar tarixiy aspektda tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Surxondaryo, Qashqadaryo, mahalla, kichik biznes, tadbirkorlik, rivojlanish, yutuq, muammo, raqamlar, iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, tadqiqot.

О НЕКОТОРЫХ АСПЕКТАХ РАЗВИТИЯ МАЛОГО БИЗНЕСА И ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В МАХАЛЛЯХ СУРХАНДАРЬИНСКОЙ И

КАШКАДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТЕЙ

(Исторический анализ)

В статье рассматриваются некоторые аспекты развития малого бизнеса и предпринимательства в махаллях Сурхандаръинской и Кашкадарьинской областей Узбекистана. Анализируются результаты, достижения и проблемы реформ в данной сфере за годы независимости в историческом аспекте.

Ключевые слова: Сурхандарья, Кашкадарья, махалля, малый бизнес, предпринимательство, развитие, успех, проблема, цифры, экономика, рыночная экономика, исследование.

ON SOME ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND ENTREPRENEURSHIP IN THE MAKHALLAS OF THE SURKHANDARYA AND KASHKADARYA REGIONS

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

(Historical analysis)

Scientific Journal Impact Factor

ABSTRACT

The article examines some aspects of the development of small business and entrepreneurship in the makhallas of the Surkhandarya and Kashkadarya regions of Uzbekistan. The results, achievements and problems of reforms in this area during the years of independence are analyzed in the historical aspect.

Keywords: Surkhandarya, Kashkadarya, mahalla, small business, entrepreneurship, development, success, problem, figures, economy, market economy, research.

Bugungi kunda O'zbekistonda mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari hayotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining rivoji o'ziga xos o'rin tutmoqda. Shu boisdan mahallaning kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlari bilan hamnafas bo'lib ish olib borishi ushbu tuzilmaning kichik biznes va tadbirkorlik taraqqiyotini tadqiq etishda muhim o'rin tutadi. Zero, O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o'zining uzoq o'tmishiga ega bo'lib, azaldan xalqimiz turmush tarzida mulkka egalik qilish, uni sotish va tasarruf etish turmush tarzimizning tarkibiy qismi bo'lib kelgan. Faqatgina sovet tuzumi hukmronlik qilgan davrdagina davlatning xususiy mulkka nisbatan olib borgan teskari siyosati natijasida tadbirkorlik negizlari unutildi hamda o'z mohiyatini yo'qotdi. Ammo XX asr 90-yillarining boshlari, aniqroq qilib aytganda, O'zbekiston mustaqilligi ostonasi va mustaqillikning ilk yillaridan e'tiboran ushbu sohaning qayta tiklanishi va rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Xususiy mulkka egalik qilish hissi, tadbirkorlik ko'nikmalari shakllana boshladi. Bu esa ularda qo'shimcha mulk ishlab chiqarib, qo'shimcha daromad olish istagi vujudga kela boshlaganligini ko'rsatdi.

XX asr 90-yillarining boshlarida O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tilishi munosabati bilan iqtisodiyot va xalq xo'jaligining barcha soha tarmoqlarida ommaviy xususiylashtirish uchun keng imkoniyat yaratildi, xususiy mulk va tadbirkorlar manfaatlariga to'siq bo'luvchi barcha cheklashlar olib tashlandi. Bu davrda asosan ochiq tipdagi aksionerlik jamiyatlari faoliyatini kengaytirish, korxonalar aksiyalarini tadbirkorlarga auksionlar orqali sotish, ommaviy xususiylashtirish va kichik biznesning rolini oshirish uchun qimmatli qog'ozlar bozorini shakllantirishga e'tibor qaratildi.

Bu borada respublika hududlari, ayniqsa mahallalarining o'ziga xos ijtimoiy-demografik holati, tabiiy-iqlim sharoiti va geografik joylashuvidan kelib chiqib, ushbu mintaqalarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarini rivojlantirishga

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

jiddiy e'tibor qaratildi. Ana shunday viloyatlar qatorida O'zbekistonning janubiy viloyatlari hisoblanmish Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini alohida keltirib o'tish mumkin. Ushbu viloyatlar mahallalarida azaldan oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik rivojlanishining o'ziga xos etnohududiy xususiyatlari mavjud bo'lib, bunda asosan gilamdo'zlik, qandolatchilik, trikotaj va qurilish maxsulotlari ishlab chiqarish, jun va qorako'l teri maxsulotlari ishlab chiqarish, yog'ochsozlik, mebelsozlik, zargarlik, kashtachilik sohalari rivojlangan. Ushbu sohalar rivojining yangi bosqichga ko'tarilishida shubhasiz, mahalla asosiy o'rin tutib kelgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mustaqillik yillari tarixida kichik biznes tomonidan yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik korxona va mikrofirmalar ulushining sezilarli darajada ortib borganligi diqqatga sazovordir. Agar 2000 yilda kichik biznes sub'ektlari tomonidan yaratilgan YaIM ning atigi 31,0 % kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan yaratilgan bo'lsa, 2009 yilga kelib ushbu ko'rsatkich 61,2% ni tashkil qildi yoki 2007 yilga nisbatan 1,3% ga oshgan [1. 2008], ya'ni barqaror suratda umumiy 8,2 % da saqlanib qolganligi e'tiborga molikdir [2. C 300]. Chunki, bu davrda tadbirkorlik sohasi o'zining huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, moliviy barqaror bosqichiga kirgan edi. Muhimi sohaning huquqiy mexanizmlari yaratilib, ular kuchaytirildi, tadbirkorlar o'zlarining huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga ma'lum ma'noda erishdilar.

Bunda sohada hududlardagi mahallalarning mutanosib rivojlanishi ham muhim omillardan edi. O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni o'sishi va rivojlanishini agar hududlar, ya'ni viloyatlar kesimida olsak, masala yanada oydinlashadi. Masalan, 1999 yildan 2007 yilgacha bo'lgan davrda ushbu soha Surxondaryo viloyatida 19,2% ga, Namangan viloyatida 17,1% ga, Samarqand viloyatida 16,1% ga, Xorazm viloyatida 15,7% ga, Buxoro viloyatida 13,5% ga, Toshkent viloyatida 11,9% ga, Andijon viloyatida 10,0% ga, Qashqadaryo viloyatida 9,4% ga va Sirdaryo viloyatida 9,1% ga oshgan [3. B. 97].

Birgina 2001 yilda Surxondaryo viloyati mahallalarida kichik va o'rta biznes sub'ektlarini ro'yxatdan o'tkazish boshqa hududlarga nisbatan ancha sust tashkil etilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, 2001 yilgacha kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini ro'yxatga olish bo'yicha Surxondaryo viloyatida ko'rsatkich 34%; ni tashkil etgan[4. 273 varaq]. Bu esa kelajakda mazkur yo'nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirishni muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo'ydi.

Scientific Journal Impact Factor

Yana qarixiy raqamlarga murojaat etilsa, 2008 yilning 1 yanvariga qadar birgina Qashqadaryo viloyatining o'zida 75 mingga yaqin kichik biznes sub'ektlari ro'yxatga olingan. Bu O'zbekiston bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichdir. Yuqorida qayd etilganidek, bu shundan daloat beradiki, Qashqadaryo viloyati mehnat resurslari yetarli, xom ashyoga boy hudud hisoblanadi. Keyingi o'rinlarni Farg'ona, Toshkent shahri, Andijon viloyatlari egallagan [5. B 74]. Bu ushbu mintaqalarda mehnat resurslari yetarli bo'lsada, tabiiy sharoiti va geografik joylashuviga ko'ra xom ashyo resurslari birmuncha taqchil ekanligini ko'rsatadi.

Ammo sohada olib borilayotgan islohotlar va ishlarning amaliy natijasini tahlil qilish asosida shunday mulohaza paydo bo'ldiki, bizningcha, tadbirkorlik bilan shug'illanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga davlat birgina qonunda ko'rsatilgan holda ma'lum huquqlar berishi yetarli emas. Balki, shu huquq va kafolatlardan to'la foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratishi muhimroqdir. Yoki tadbirkorlarni rag'btlantirish, mahsulot sifatini yaxshilash va ko'paytrishdan manfaatdorlikni oshirilishi, sog'lom raqobat muhitini vujudga keltirish, davlat monopoliyasiga chek qo'yilishi kabilar kutilgan samara beradi.

Shu bilan birga mustaqillikning yangi davrida mintaqada kichik biznes va tadbirkorlik sohalarida o'sish tendensiyalari unchalik kuzatilmaganligini ko'rishimiz mumkin. Masalan, 2017 yilga kelib sanoat mahsuloti ishlab chiqarish Surxondaryo 1003,2 mlrd. so'm bo'lgan. Vaholanki, ushbu ko'rsatkich Toshkent shahriga (20177 mlrd. so'm), Toshkent viloyatiga (6230,6 mlrd. so'm), Samarqand (5088 mlrd. so'm) Andijon (4551,4 mlrd. so'm) viloyatlariga to'g'ri keladi. 2013-2017 yillar davomida 14 ta hududdan 11 tasi o'sish tendensiyasiga ega. Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlarida va Qoraqalpog'iston Respublikasida bu ko'rsatkich 2017 yilga kelib 2016 yilga nisbatan kamaygan. Bu ko'rsatkich Qashqadaryoda 792,5 ming so'm, Surxondaryoda 399,19 ming so'mga teng bo'lgan.

Shuni alohida qayd etish zarurki, tadbirkorlikning muhim yo'nalishi bo'lgan oilaviy tadbirkorlik sohasi mintaqada birmuncha yaxshi rivojlangan. Bunda oila-mahalla hamkorligi asosiy o'rin tutadi. Masalan, bugungi kunda respublika mahallalarida oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik bilan shug'illanib, o'z mehnati evaziga ishlab chiqarilgan maxsulotlarini mahalliy va dunyo bozorlariga olib chiqayotgan tadbirkorlar ko'pchilikni tashkil etadi. 1996 yil ma'lumotlariga ko'ra, oilaviy tadbirkorlikdan bir oilaga to'g'ri keladigan daromad Qoraqalpog'iston Respublikasida-470,3 so'm, Andijon- 545,7 so'm, Buxoro-373,6 so'm, Jizzax-2432,4 so'm, Qashqadaryo-326,4 so'm, Navoiy-1720,2 so'm, Namangan-210 so'm, Samarqand-785 so'm, Surxondaryo-100,5 so'mdir [6. 7-varaq].

Scientific Journal Impact Factor

Albatta oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikning rivoji natijasida har ikkala viloyatda ham o'ziga xos an'ana shakllanganligini e'tiborga olib, kelajakda ushbu sohalar rivojiga alohida e'tibor qaratish muhim hisoblanadi. Masalan, Surxondaryo viloyati misolida oladigan bo'lsak, bu borada Termiz tumanidagi "Ostona hunarmand" nomli gilamchilik korxonasi, Termiz shahridagi "Turon" nomli kichik korxona, Boysun tumanidagi "Rabot" jamoa xo'jaligidagi gilam to'qish va kigiz tayyorlash sexi, yoki Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi "Shoyim" hunarmandchilik korxonasi, Sheroboddagi "Dilafro'z" xususiy korxonasida junni qayta ishlash yo'lga qo'yilgan bo'lib, ushbu korxona 264 tonna sifatli jun ip ishlab chiqarib, kichik to'qimachilik korxonalariga yetkazib bermoqda [7. B 83-84].

Qashqadaryo viloyati misolida oilaviy tadbirkorlikda Kitob tumanidagi "Voha mash'ali" kichik korxonasi, Chiroqchi tumanlik gilamdo'zlik korxonasi, Qarshi shahri, G'uzor, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Qamashi va Muborak tumanlari bo'limlarida ro'yxatdan o'tgan 600 dan ortiq hunarmand faoliyat olib borib, viloyatda hunarmandchilikning zargarlik, milliy cholg'u asboblari yasash, chokli buyumlar, kashtachilik, zardozlik va biser tikish ustaxonlari tashkil etilgan [8. B 83-84]. Bu esa mazkur viloyatlarda azaldan an'anaviy xalq hunarmandchiligi turlariga alohida e'tibor qaratilganligini tasdiqlaydi.

Bu borada raqamlarga murojaat qilinsa, Respublika "Tadbirkor ayol" uyushmasining Qashqadaryo viloyati bo'limida 1500 ayolga o'zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga ko'mak berildi, 500 nafar ayol esa kasbga qayta tayyorgarlikdan o'tib va malakalarini oshirganlar [9. B 54-60-78-85-93-99.]

Darhaqiqat, O'zbekistonda mahallalar tomonidan oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda respublika Hunarmand" uyushmasi tashkil etilgan bo'lib, 2008 yil 5 mayda Uyushmaning Nizomi tasdiqlandi. O'zbekiston "Hunarmand" uyushmasi 2009 yilda Jahon "Hunarmandlar" uyushmasiga a'zo bo'ldi. O'zbekistonning barcha viloyat va tumanlarida uyushmaning boshqarma va bo'limlari tashkil etildi. Respublika bo'yicha 13 ta boshqarma, 153 ta bo'lim faoliyat ko'rsatdi.

Shu o'rinda kichik biznes va tadbirkorlik sohalariga xorijiy investisiyalarning jalb qilinishini ham sohaning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillardan ekanligini qayd etish lozim. Masalan, 2003 yilga kelib O'zbekiston dunyoning 120 dan ortiq mamlakati bilan savdo-iqtisodiy aloqalar o'rnatib, respublikada 3000 ga yaqin korxona 90 mamlakat ishtirokidagi chet el investisiyalari asosida faoliyat ko'rsatgan. Endi xorijiy investisiyalarni tadbirkorlik sohalariga jalb qilinishini viloyatlar kesimida olsak, vaziyat yanada oydinlashadi.

Scientific Journal Impact Factor

Tarixiy tadqiqotlarga ko'ra, xorij investisiyalarini jalb qilish bo'yicha respublikaning turli viloyatlaridagi holat ma'lum disproporsiyalar va gradatsiyalar hisobiga turlichadir. Masalan, biz o'rganayotgan Qashqadaryo viloyatida so'nggi yigirma yil ichida ushbu ko'rsatkich 0,1 % dan 22 % ga o'sgan. Aynan ushbu ko'rsatkich Jizzax, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida 5,3- 6,8 % da qolgan [10. B. 338 ]. Ya'ni ushbu ko'rsatkich hali bu borada ham ma'lum muammolar borligidan dalolatdir.

Keyingi yillarda yangi O'zbekistonda sohadagi islohotlar natijasida Qashqadaryo viloyatida birmuncha o'sish kuzatilgan. Masalan, viloyatda 2021 yil tadbirkorlik sub'ektlari soni 54,8 mingtani tashkil etib, ularning soni yil davomida 17 foizga o'sgan. Bu borada tadbirkorlik rivoji uchun qurilish materiallari, turizm, qishloq xo'jaligi, mahalliy sanoat kabi sohalarda zaxiralar bor. Jumladan, sanoatni rivojlantirishning paxta-to'qimachilik meva-sabzovotlarni yetishtirish va qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish yo'nalishlarida katta imkoniyatlar mavjud.

Ammo viloyat mahallalarida sohada amalga oshirilgan ishlar qatorida muammo va kamchiliklar ham mavjud. Xususan, yirik sanoat salohiyatiga ega viloyatda import tovarlarining ulushi yuqori darajada saqlanib qolgan. Ichki bozorning mahalliy mahsulotlarga ehtiyoji o'rganilmagan. Tayyor kiyim-kechak, charm ishlab chiqaruvchi korxonalar imkoniyatlaridan samarli foydalanish yo'lga qo'yilmagan.

Talab yuqori bo'lgan mahalliy mahsulotlar bilan viloyat ichki bozori past darajada ta'minlangan. Gipsokarton, turli xil gofrokarton, bir martalik idishlar, qog'oz paketlar, qurilish va qishloq xo'jaligi texnikalari butlovchi qismlari, tish yuvish pastasi va shampun, mix mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub'ektlari mavjud emas. Xizmatlar sohasida 758 ta ta'mirlash, 1 078 ta veterinariya xizmati va go'sht do'konlari, 1 214 ta hammom va poyabzal tikish (ta'mirlash) xizmati, 1 319 ta kimyoviy tozalash (ximchistka) va maishiy jihozlarni ta'mirlash, 938 ta sartaroshxona va go'zallik salonlari xizmatlariga aholi o'rtasida ehtiyoj bo'lishiga qaramasdan sohalarga tadbirkorlik sub'ektlari jalb qilinmagan [11. B. 338].

Buning yaqqol isboti sifatida mana bir necha yildirki "Business indicator" tizimi hududlarning biznes reytingini ishlab chiqadi. Reyting joylarda tadbirkorlik uchun yaratilgan sharoitlarni baholaydi. Baholashda tadbirkorlarni o'zi ham bevosita ishtirok etishadi. Ya'ni ular so'rovlarda qatnashadi va ularning bergan javobiga qarab reytingning ayrim yo'nalishlari shakllantiriladi.

Scientific Journal Impact Factor

Masalan, mahallalarda o'tkazilgan so'rovlarda Surxondaryolik tadbirkorlar bank xizmatlaridan norozi bo'lishgan. Yoki bo'lmasa, ko'plab tadbirkorlarning fikriga ko'ra tuman (shahar) hokimliklari va davlat soliq inspeksiyasiga ishonmasliklarini bildirgan. So'rovda ishtirok etgan tadbirkorlarning 44%, ya'ni sal kam 2 tadan 1 tasi majburiy homiylikka jalb qilinishini aytishgan. Shu tariqa 2020 yil yakunlariga ko'ra, biznes reytingda birinchi uchlikda Toshkent shahri, Namangan va Navoiy viloyatlari bo'lsa, oxirgi o'rinlarda Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari joy olganligini ko'rish mumkin [12. https://minjust.uz/uz/press-center/news/102088].

Umuman, olib borilgan tadqiqotlar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari mahallalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, xizmat ko'rsatish sohalarini traqqiy ettirish asosiy vazifaga aylanib borayotganligini tasdiqladi. Bu esa mintaqada tadbirkorlikda turli imtiyozlar shakllantirilib, aholining ehtiyojmand qatlamlari ham undan bahramand bo'la boshladi. Ushbu sohalar ko'magida mamlakat sohani taraqqiy ettirishda o'ziga xos tajriba to'plaganligini ko'rsatdi. Ammo kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga davlat idoralarining (tijorat banki, sug'urta kompaniyalari, soliq idoralari, tuman va shahar hokimliklari, davlat boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va hokazolarning) resurslarni taqsimlash va narxini belgilash jarayoniga va boshqa faoliyatlarga aralashuvi masalalarida samarali o'zgarishlarga erishilmaganligi, sohada o'ziga xos muammolar mavjudligini, ularni bartaraf etish yuzasidan qator choralar ko'rish zarurligini tasdiqlamoqda.

Olib borilgan tadqiqot natijalari va tarixiy tahlillar asosida bizningcha, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi muhim jihatlarga e'tibor qaratish:

-birinchidan, kichik biznes va tadbirkorlikni shakllantirish uchun zarur shart sharoitlar yaratish, sohani sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish;

-ikkinchidan, davlat mulki ob'ektlarini sotish jarayonini tezlashtirish orqali orqali qimmatli qog'ozlar va aksiyalarni savdo oborotiga keng jalb qilish, va ushbu mablag'lar tushumini korxonalarni jihozlash va kadrlarni qayta tayyorlash ishlariga jalb etilishi zarur.

REFERENCES

1. Статистическое обозрения Республики Узбекистана за 2007 год // Статсборник "Госкомстат" Узбекистана.-Тошкент., 2008.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

2. Шакирова Ф. Развитие экономики Узбекистана на основе инновационной деятельности // Проблемы современной экономики. -Тошкент., 2015. №3, -С

3. Ортитов З, Артикходжаева Г.Узбекистонда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожланишининг узига хос жихатлари. // Жахон молиявий иктисодий инкирозининг Узбекистон иктисодиётига таъсирини юмшатиш омиллари ва уни бартараф этиш йуллари -Тошкент, 2009,-Б 97.

4. Уз МА. Фонд- М-37, 1-руйхат, 6298- йигма жилд, 273-варак

5. Мажидов Н, Наматов Э . Худудларни ижтимоий иктисодий ривожланишида кичик бизнеснинг роли. // Жахон молиявий-иктисодий инкирозининг Узбекистон иктисодиётига таъсирини юмшатиш омиллари ва уни бартараф этиш йуллари. -Тошкент., 2019. -Б 74.

6. Уз МА. Фонд- М-37, 1-руйхат, 6299-йигма жилд, 7-варак.

7. Давлатова С. Мустакиллик йилларида Сурхон вохаси ахолиси анъанавий хунармандчилигининг ривожланиш хусусиятлари. // "Бойсун-бахори" очик фольклор фестивали. "Жахон цивилизациясида бойсуннинг моддий ва маънавий маданияти" мавзусидаги халкаро илмий-амалий конференцияси илмий маколалар туплами. -Тошкент. 2019. Б 83-84.

8. Мирзаев О. Узбекистон халк амалий санъатини кайта тиклаш ва ривожлантириш омиллари. // "Бойсун-бахори" очик фольклор фестивали. "Жахон цивилизациясида бойсуннинг моддий ва маънавий маданияти" мавзусидаги халкаро илмий-амалий конференцияси илмий маколалар туплами. -Тошкент. 2019. -Б 201-202.

9. Асминкин Я. П.ва бошкалар. Узбекистон аёллар нодавлат нотижорат ташкилотлари. Маълумотнома. "Очик Жамият" Институти - Кумак Жамгармаси. - Узбекистон. - Тошкент., 2000. -Б 54-60-78-85-93-99.

10. Европейский банк реконструкции и развития - поддержка реформ. // Экономический вестник Узбекистана. 2003.№4 - С 2-4.

11. Надырханов У. Региональные аспекты привлечеиния иностранных инвестиций в экономику. // Стратегия дальнейшего повышения конкурентоспособности национальной экономики. -Ташкент., 2012. -С 338

12. https://review.uz/oz/post/qashqadaryo-viloyatida-tadbirkorlikni-rivojlantirishga-salbiy-tasir-qilayotgan-va-tizimli-kamchiliklar

300.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.