Научная статья на тему 'O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIYOTNING TUTGAN O'RNI'

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIYOTNING TUTGAN O'RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

5706
877
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqobatbardosh iqtisodiyot / milliy iqtisodiyot / tadbirkorlik / bozor iqtisodiyoti / ishlab chiqarish resurslari / ochiq iqtisodiy tizim / Competitive economy / national economy / entrepreneurship / market economy / production resources / open economic system

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shakhzod Xayatovich Maksudov

Mazkur ilmiy maqolada «Raqobatbardosh iqtisodiyot» deganda maqbul sur`atlar va mutanosiblik bilan o'sib boradigan milliy iqtisodiyot, unda xususiy mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan kerakli sharoitlar, aholi turmush darajasini doimiy yaxshilanib borishiga xizmat qiladigan bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida ishlab chiqilgan xo'jalik mexanizmi, ishlab chiqarish resurslari erkin harakatlanadigan va bozor mexanizmi yordamida tartibga solinadigan ochiq iqtisodiy tizim tushuniladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE ECONOMY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

In this scientific article, the term "competitive economy" refers to a national economy that grows at a reasonable pace and proportionally, in which the necessary conditions for private entrepreneurship are created, based on the laws of a market economy that serves to constantly improve living standards. An economic system is an open economic system in which production resources move freely and are regulated by a market mechanism

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIYOTNING TUTGAN O'RNI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIYOTNING TUTGAN O'RNI

Shakhzod Xayatovich Maksudov

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti mustaqil izlanuvchisi

[email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur ilmiy maqolada «Raqobatbardosh iqtisodiyot» deganda maqbul suratlar va mutanosiblik bilan o'sib boradigan milliy iqtisodiyot, unda xususiy mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan kerakli sharoitlar, aholi turmush darajasini doimiy yaxshilanib borishiga xizmat qiladigan bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida ishlab chiqilgan xo'jalik mexanizmi, ishlab chiqarish resurslari erkin harakatlanadigan va bozor mexanizmi yordamida tartibga solinadigan ochiq iqtisodiy tizim tushuniladi.

Kalit so'zlar: Raqobatbardosh iqtisodiyot, milliy iqtisodiyot,tadbirkorlik, bozor iqtisodiyoti, ishlab chiqarish resurslari, ochiq iqtisodiy tizim

THE ROLE OF THE ECONOMY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

ABSTRACT

In this scientific article, the term "competitive economy" refers to a national economy that grows at a reasonable pace and proportionally, in which the necessary conditions for private entrepreneurship are created, based on the laws of a market economy that serves to constantly improve living standards. An economic system is an open economic system in which production resources move freely and are regulated by a market mechanism.

Keywords: Competitive economy, national economy, entrepreneurship, market economy, production resources, open economic system

KIRISH

Mamalakatimizning iqitisodiyotni rivojlantirishda O'zbek modeli ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini, xalqimiz davlatchiligi tarixini, milliy diniy qadriyatlar va jahon

tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgani qayd etildi. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, davlatning bosh islohotchi ahamiyati, qonun ustuvorligi kuchli ijtimoiy siyosat,bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish mashhur beshta tamoyilga tayangan ushbu model bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida istiqlol yillarida barcha amaliy ishlarning ishonchli poydevori, taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchiga aylandi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda beshta ustuvor "Harakatlar strategiyasi" O'zbekiston xalqi farovonligi va davlatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash yo'lida yangi taraqqiyot bosqichida Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirmoqda. Mustaqillikka erishganimizdan to hozirgi kunga qadar yuqoridagi ikkita tamoyilga tayangan holda iqtisodiyotni rivojlantirib, xalq farovonligini ta'minlab kelinmoqda. Jaxondagi innovatsion iqtisodiyotning rivojlanishi bugungi kunlarda sur'atlar bilan namoyon bo'lmoqda. Innovatsion iqtisodiyotning dinamik rivojlanish tendentsiyasi iste'molchilar talabini to'liqroq qondirish va iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlarida mehnat unumdorligini yuqori darajada oshirish imkonini beradi[i].

Respublikamiz iqtisodiyotini samarali rivojlantirishda uning an'anaviy resurslarga asoslangan modelining muhim muqobil varianti sifatida texnika va texnologiyalar, ilm-fanning oxirigi natijalari hamda yaxlit holda jamiyat hayotini uzluksiz yuksalishini ta'minlash maqsadida inson kapitalidan samarali foydalanishga yo'naltirilgan innovatsion rivojlanish strategiyasiga o'tish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy axborot texnolggiyalar innovatsion va integratsion ijtimoiy iqtisodiyotga - egiluvchan, dinamik, samarali, doimiy yangilanib turadigan, yangicha mazmun va ko'rinishga ega bo'lgan innovatsion rivojlanish strategiyasi mos keladi. Sanoat tarmoqlarini, xususan, zamonaviy tarmoqlarni innovatsion va integratsion rivojlantirishga ham tegishlidir. Iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini ta'minlanilishi xozirgi kungdagi yurtimizning barqaror rivojlantirishning asosiy dolzarb masalaridan biri. Milliy ijtimoiy va iqtisodiy izchil ravishda isloh qilish maqsadida tarkibiy jihatdan o'zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, innovatsion va integratsion va yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi sanoat korxonalarida ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta'minlash, faoliyat ko'rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va innovatsion integratsion zamonaviy texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish

orqaligina ta'minlanishi mumkinligini janoxdagi ko'zga ko'ringan assosiy va yetakchi davlatlar tajribasi ko'rsatib turibdi. Jahon bozorida narxi va sifati bo'yicha raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish zarur[2]. Xozirda milliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va uning zamonaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash jarayoni uning sub'ektlari iqtisodiy faoliyatining moddiy-texnika bazasini rivojlanish darajasiga bog'liqdir, chunki korxonalar resurs salohiyatidan samarali foydalanish iqtisodiy o'sishni ta'minlash va barqarorlikka erishishning shart-sharoiti va asosiy omili hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakat prezidenti O'zbekiston fuqarolari uchun tabiiy haq-huquq va shuningdek oliy ne'mat bo'lgan mustaqillik to'g'risida so'z yuritar ekan, ya'ni uni jamiyat rivojining asosi, bugungi va uzoq istiqboldagi taraqqiyotimiz sharti, barcha islohotlarimizning mezoni va nihoyat, barcha amal qiladigan bosh tamoyil deb ta'riflanadi. Shunday ekan, u jamiyat a'zolari oldiga muttasil yangi-yangi tartibda jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda Respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi ,davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi. Iqitodiyotni rivojlantirishda ko'plab sohalarga e'tibor qaratildi. Shu jumladan xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish uchun ham ko'plab islohotlar o'tkazildi. Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish chora tadbirlari dasturi amalga oshirilishi doirasida 2016-yil mobaynida qonunchilik va me'yoriy huquqiy baza tashkil etish hamda uni takomillashtirish ishlari davom ettirildi. Xususan qurilishning barcha bosqichlarida tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib tamoillari doirasida yagona qoida talablar belgilandi, bino va inshootlar tashqi ko'rinishini o'zgartirish ,obyektlarni qayta iqtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joylarni noturar joylar toifasiga o'tkazishga ruhsat berish talablari joriy etildi. Eksport-import operatsialarini amalga oshirishda, tadbirkorli operatsialarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish kafolatlari va choralari kuchaytirildi. Tadbirkorlik faoliyatini

qo'llab-quvvatlash va kichik korxonalar tashkil etish maqsadida 2016-yil mobaynida kichik biznes subyektlariga 15.9 trillion so'mlik kreditlar ajratildi va o'sish 2015 -yilga nisbatan 1.3 barobarni tashkil etdi. Jumladan qiymati 3.3 trillion so'mlik mikrokreditlar ajratildi, xalqaro moliya institutlarining 915 206.7 million dollar miqdordagi kredit linyalari o'zlashtirildi. Qulay ishbilarmonlik muhitini shakillantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda yanada rag'batlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar 2016-yil mobaynida qariyb 32 ming yangi kichik biznes sub'yekti tashkil etish imkonini berdi. Ma'lumki O'zbekiston Respublikasi qaytadan tiklanuvchi manbalardan energiya ishlan chiqarish yuqori texnika salohiyatiga ega bo'lib uning 97 foizi quyosh energiyasining ulushiga to'g'ri keladi. O'zbekiston Respublikasining prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi "Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnalogiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan mavjud salohiyatlardan samarali foydalanish maqsadida 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizdan ko'prog'iga yetkazish vazifasi belgilandi. Buning uchun 10 yil mobaynida jami 5000 MVt quvvatdagi elektr stansiyalarini qurish ko'zda tutilgan. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda tomchilab sug'orish texnalogiyasini joriy etish va ularda yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini 20-40 foizga oshirish; Yerlarning tanazzulga uchrashi bo'yicha neytral balanisga erishish; Asosiy turdagi qishloq xo'jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning o'rtacha hosildorligini 20-25 foizgacha oshirishga erishishdir. Shuni ham takidlash lozimki, keyingi yillarda mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ham alohida etibor qaratilmoqda. Bu oilalarning barqaror daromad manbaini shakillantirish, turmush darajasini yanada yaxshilanib borishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi[3]. O'zbekiston Respublikasining "Oilalaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi qonuni bu yo'nalishdagi huquqiy asosi bo'lib xizmat qilayotir. "Xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va qudratli bo'ladi", degan tamoyilini ro'yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar izchil olib borilmoqda. Misol uchun 2012 - yilda olilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun, 2012 yilda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadlari uchun 91.3 milliard so'm kredit mablag'i ajratilgan bo'lsa, 2016-yilda ushbu raqam 367.2 milliard so'mni tashkil etdi . Bugungi kunda yurtimizda 8 mingdan ortiq oilaviy korxonalar mavjud. Tijorat banklari aholiga

bank xizmatlari ko'rsatish bilan birga, ularni tadbirkorlikka jalb qilish ,daromadini oshirish, ish bilan ta'minlashda ham samarali ishlar olib borilmoqda .Jumladan loyihalarda yaratilgan ish o'rinlariga qarab beriladigan kreditning yillik stavka foizi pasayib bordi. Bitta ish o'rni yaratgan tadbirkor uchun 9 foiz, ikkita ish joyi yaratganlik uchun 8 foiz beshta va undan ko'p ish o'rni yaratga tadbirkorning kredit stavkasi 6 foiz qilib belgilandi. Bu loyihalardan maqsad xalqimiz farovonligini oshirish va turmush sharoitini yanada yaxshilashdir. Qay tomonga qaramaylik, kichik biznes va xususiy tadbirkorliknig roli va o'rni tobora mustahkamlanib borayotganiga guvoh bo'lamiz. 2016 - yilda mamlakat 916 yalpi ichki mahsulotining 56.9 foizi ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 4.5 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hissasiga to'g'ri keladi. Shu bilan birga, iqtisodiyotda jami ish bilan band bo'lgan aholining 78.1 foizi shu sohada faoliyat yuritmoqda. 2016-yilda 31.8 mingta kichik biznes sub'yektlari tashkil etildi. Bu 2015- yilning shu davridagidan 18.1 foiz ko'p demakdir Jahon bankining 2017-yil 31-oktabrda e'lon qilingan "Biznesni yuritish 2018: ish o'rinlari yaratish uchun islohatlar" ma'ruzasiga ko'ra, O'zbekiston dunyoning 190 davlati ichida 74-o'rinni turadi egallab, o'tgan yildagi mavqeyini biur yo'la 13 pog'ona yaxshiladi. Qolaversa mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratish bo'yicha islohotchi davlatlarning birinchi o'ntaligiga kirishga muvaffaq bo'ldi. Amalga oshirilayotgan islohotlar O'zbekistonning ishbilarmonligini yaxshilash va biznes yuritish sharoitlarini soddalashtirish bo'yicha yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari orasida yetakchiga aylanishga imkon berdi. Tadbirkorlik subyektining davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish tizimining tubdan takomillashtirilgani tufayli O'zbekiston korxonani ro'yxztdan o'tkazish ko'rsatkichi bo'yicha 11-o'rinni band etdi. 2017-yilning 9 oyi davomida o'tgan yilning shu davrdagiga nisbatan 1.3 marta ko'p biznes sub'ektlari tashkil etganining o'ziyoq mamlakatimizda biznes ochishning naqadar oson ekanligidan dalolat beradi .Mamlakatimiz xalqi shundan xursandki, Birinchi prezidentimiz Islom Karimov yurtimiz ravnaqi yo'lida boshlagan samarali ishlari, yuksak azmu shijoat bilan davom ettirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ezgu sa'y harakatlari, Kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan mehnat qilib barchaga ibrat bo'layotgani O'zbekistonni istiqbolda nihoyatda farovon kunlar kutayotganidan darak beradi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari.

Makro iqtispdiy mutanosiblikni saqlash, qabuk qilingan o'rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o'zgarishlarini chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash; Xarajatlarning ijtimoiy

yo'naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni taminlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta'minlash, uning tarkibida sanoat va xizmat ko'rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko'paytirish; Ishlab chiqarish modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib boorish; Ushbu yuqorida aytilganlar orqali iqrisodiyotni bosqichma bosqich yuqori pog'onaga olib chiqish choralari amalga oshirilmoqda.

XULOSA

Hozirgi kunimiz ertamizni o'ylab, yurtimiz haqida o'ylab qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar va qonunlar hamda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar zamirida ham O'zbekiston yangi marralarni ko'zlayotgani va mamlakatimiz o'z taraqqiyotida yangi bosqichga qadam qoyganidan darak beradi, bu islohotlar o'z navbatida mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini yanada ko'tarishga qaratilgandir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi qabul qilinganing 25 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda ma'ruzasida ta'kidlanganidek,"... tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk daxilsizligini amalda taminlash bundan buyon ham davlat siyosatida ustuvor yo'nalish bo'lib qoldi.... Yana bir bor alohida ta'kidilab o'tmoqchiman :tadbirkor yo'liga to'siq bo'lishni davlat siyosatiga xiyonat, deb qabul qilish kerak" Zero, Prezidentimiz Oliy Majlisga taqdim qilgan murojaatnomada qayd etilgaidek, "..xalqimiz ertaga emas uzoq kelajakda emas, aynan bugun o'z hayotida ijobiy o'zgarishlarni ko'rishni istaydi. Bizning mehnatkash, oqko'ngil, bag'rikeng xalqimiz bunga to'la haqlidir" Vatanimiz rivoji uchun barchamiz masul hisoblanib, uni istiqboli, farovon hayoti uchun iqtisodiyotini rivojlantiramiz[4]. Xalqimiz o'ziga to'q bo'lsa, uni kelajagi yanada yaxshilanib borad. Mamlakatimizning farovonligini yuksaltirish, turmush sharoitini yaxshilash - asosiy vazifamizdir, deb ta'kidlaydi yurtboshimiz. Iqtisodiy farovonlikka erishgan davlatdagina siyosiy yuksaklikka intilish mumkin. Iqtisodiyotni mustahkamlamay turib, jahon sahnasida rivojlangan davlatlarga siyosiy raqobatchi bo'lolmaydi. Hozirdagi vaqtda davlat o'z oldiga xalqning ijtimoiy turmush darajasini va oylik ish-haqini o'z vaqtida berib borishi bilan siyosiy mustahkamlikka erisha oladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning videoselektordagi nutqlari.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi № PQ - 4477 sonli "2019 - 2030 yillarda O'zbekiston Respublikasining "yashil iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.07.2015 yildagi № 207 sonli Qarori.

4. Vaxrushina M. A. Strategicheskiy upravlencheskiy uchet/ M. A. Vaxrushina, M. I. Sidorova. - M.: KnoRus, 2017. -320 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.