Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
OGAHIY QIT'ALARINING BADIIY TAHLILI
Po'latova Sevinch Jasur qizi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 1-kurs arab-ingliz guruhi talabasi Ilmiy rahbar f.f.d.dots.Oydin Turdiyeva
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Xorazmning mutafakkiri, zabardast shoiri Muhammad Rizo Ogahiyning qalamiga mansub bo 'lgan qit 'alarining badiiy tahliliga bag'ishlanadi. Shoir o'zining ushbu qit'alarida so'z kuchi orqali insonlarni boqiy dunyosi ham, foniy dunyosi ham obod bo 'lishi uchun ko 'pgina pand-u nasihatlar qiladi.
Kalit so'zlar: janr, so'z kuchi, Qorun qissasi, baxillik, kibr egalari, imorat, muloyimlik, ikkiyuzlamachilik.
АННОТАЦИЯ
Данная статья посвящена художественному анализу стихотворений мыслителя и великого хорезмийского поэта Мухаммада Резы Агахи. В этих главах поэт советует людям силой слова сделать свой вечный и смертный мир процветающим.
Ключевые слова: Жанр, сила слова, история Коруна, скупость, высокомерие, стройность, мягкость, лицемерие
ABSTRACT
This article is devoted to the artistic analysis of the poems written by the thinker and great poet of Khorezm, Mohammad Reza Ogahiy. In these stanzas, the poet advises people through the power of words so that both the eternal world and the mortal world will prosper.
Keywords: Genre, word power, Qorun's story, stinginess, arrogance, building, gentleness, hypocrite
KIRISH
Xivaning Qiyot qishlog'ida 1809-yilda tug'ilgan mutafakkir shoir, yetuk muarrix, zabardast mutarjim Muhammad Rizo Ogahiy Erniyozbek o'g'li o'zbek mumtoz adabiyotida serqirra ijodi bilan o'zining katta hissasini qo'shgan. Shuni ham ta'kidlash joizki, Ogahiy nafaqat o'zining boy ijodi, iqtidori, talanti bilan, balki qoldirgan ijodiy merosining hajmi jihatidan ham adabiyotimiz va madaniyatimiz oldida qilgan xizmatlari jihatidan ham mutafakkir shoir, shams-ul millatdan - Alisher Navoiydan keyingi o'rinda turadi.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Ogahiy tinimsiz ijodiy mehnat qildi. U yigirma mingdan oshiqroq misra she'rni o'z ichiga olgan poetik meros qoldirgan. Shuningdek, uning ijodida hayot mohiyati, insoniyatga xos bo'lgan fazilatlar va bashariyat muammosi bo'lib kelayotgan illatlarni hayotiy kuzatishlar va katta tajriba bilan har tomonlama chuqur o'rganib chiqgan.
Ogahiy juda ko'p she'riy janrlarda ijod qilgani uni serqirra ijodkorligini b ir dalilidir. Jumladan, Ogahiyning nazmiy me'rosini o'zida jamlagan "Ta'viz ul-oshiqin" ("Oshiqlar tumori") devoni 447 g'azal, 3 mustazod, 90 muxammas, 5 musaddas, 2 murabba', 3 musamman, 4 tarje'band, 7 qit'a, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 80 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 musoviy ut-tarafayn, 2 marsiya, 2 fard, 1 soqiynomai muarbba', 1 oshiq va ma'shuq savol-javobi, 19 qasida - jami 18 ming misra she'rno o 'z ichiga oladi.1
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Alohida e'tirof etish kerakki, adibni asarlari asosan nazmiy shaklda, pand-nasihat mazmunida yozilgan. Quyida u yozgan qit'alari tahlilida buni yana bir bor guvohi bo'lish mumkin.
Bori olam elining shumu badbaxti ul odamdur -
Ki, buxlu, xissatu, kibru, hasad ondin bo 'lur voqe'
Agar jam' aylasa yuz ganj xissat birla Qorundek
Yana el molini aylar tama', bo 'lmay ango qone'.
O 'zi xud bermagay umrida bir muxtojga bir non,
Berur elg 'a dog 'i bolg 'oy kamoli sa 'y ila mone'.
Oningdek shumining diydorini ko 'rmaslik avlodur -
Ki, oning shomati ko 'rgan kishini ham qilur zoe'.2
Ogahiyning ushbu qit'asining ikki baytida insoniyatning eng salbiy xislati baxillik, xasislik, kibrga berilish, hasadgo'ylik kabi fe'l-atvorga kimki ega bo'lsa, u butun olam orasida eng baxti qaro insondir degan g'oya yotibdi. Bu qit'ada shoir Qur'onda keltirilgan Qorun qissasiga yuzlanadi. Ma'lumki, Qorun Muso alayhisalomning qavmi hisoblanib, unga Alloh taolo sinov tariqasida behisob boylik beradi. Ammo u shunga ham noshukurlik qilib Allohga isyon qiladi va kibrga beriladi hamda o'z qavmiga takabburlik qiladi. Oqibatda uning o'zini ham, molini ham yer
1 Ogahiy.Jamoling jilvasi (to'plovchi, so'z boshi va izohlar muallifi E.Ochilov), Toshkent. O'zbekison, 2013, 5-bet
2 Ogahiy. Asarlar. 2-jild. Devon. Toshkent: TDSHU, 1971, 265-bet
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
yutadi. Shoir ushbu qissani o'z she'rida o'z o'rnida qo'llaydi va mazmun ta'sirchanligini oshiradi. Uchinchi baytda esa xuddi Qorunning ta'rifi davom etayotgandek tuyuladi, ammo bu Qorun kabi baxil, kibrli va xasis kishilar haqidadir. Bunda o'zi hech qachon umrida biror muhtojga nonini ham bermagan va yana elga qayg'u, kulfat solishga harakat qiladigan odamlar ta'rifi beriladi. Oxirgi baytda esa u kabi makkorga duch kelmaslik a'lodir, zero uning kasofatini ko'rgan kishini ham zoe', ya'ni xor qiladi, degan ma'no ilgari surilyapti.
Har kishikim dushman qadimining Iltifotig'a gar ko'ngul bog 'lar,
Tezdurkim ebon pushaymonlig' Bag 'rini hasrat o 'tig 'a dog 'lar.3
Ushbu qit'aning umumiy ma'nosi shuki, agar har kishi azaliy dushmanining iltifotiga umid bog'lasa, ko'p o'tmay dushmani bergan aziyatidan pushaymon bo'lib, g'am-alam o'tida qoladi. Chunki eski dushman har qancha do'stdek ko'rinsa va go'yo raqibiga yon bosgandek tuyulsa-da, uning qalbida dushmanlik urug'lari unutilib ketmasligidan ogohlantiradi. Kishikim yamonlig' erur shevasi, Kelur har nafas boshig 'a yuz balo.
Jaloyi Vatan aylab oni falak, Qilur g 'urbat anduhig 'a mubtalo.4
Yuqoridagi qit'a tahlilida yomonlik va uning natijasida yuzaga keladigan yomon oqibatlar haqida so'z yuritiladi. Kimning odati yomonlik qilish bo'lsa, har nafasda, ya'ni uning har qadamida unga juda ko'p balo keladi. Dunyo hattoki uning vatanidan ayirib, uni turli azob-uqubatlar-u, g'am-g'ussalarga mubtalo qiladi, begona joylarda sargardon qiladi. Shoir bu qit'asi orqali yomonlik qilishdan qaytaryapti.
Har kishikim tashqari qo 'ysa qadam o'z haddidin, Yetmayin maqsudig 'a sharmandai olam bo 'lur. Yuz tuman ranju mashaqqat birla olamdin borib, Ro 'siyohu muztarib hol oxiratda ham bo 'lur.5
3 Ogahiy. Asarlar. 2-jild. Devon. Toshkent: TDSHU, 1971, 267-bet
4 Ogahiy. Asarlar. 2-jild. Devon. Toshkent: TDSHU, 1971, 268-bet
5 Ogahiy. Asarlar. 2-jild. Devon. Toshkent: TDSHU, 1971, 269-bet
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Ushbu qit'ada kimki haddidan oshsa, ya'ni kibrga berilsa, qo'ygan maqsadiga yetolmasdan el orasida uyalib qoladi, hatto maqsadiga erishish uchun juda ko'p mashaqqatlar cheksa ham, oxiratda uning yuzi qaro bo'lganidan hayratda qoladi, deya xitob etmoqda shoir. Haddidan oshgan kimsalar ming harakat qilishidan qat'iy nazar oxirat dunyosida ham, bu dunyoda ham rohat-farog'at ko'rmaydi, degan mazmunni yuklamoqda.
Ko 'ngulni bog 'lama nomard va 'dasiga dami -Ki, va 'dasida aning bo 'Imagay vafo hargiz. Muloyim o'ima dame dushmani qadiming 'a, Muloyimat bila ul bo 'lmas oshno hargiz. Toshi yilonning agar har nechaki, narmdurur, Va lek bo 'lmas ichi zahriddin judo hargiz.6
Bu qit'aning birinchi baytida nomard va'dasiga hech qachon ishonib qolmaslik, nomard kishi va'dasiga vafo qilmasligi uqtirilsa, dushmaning qarshiligini bila turib, unga muloyimlik bilan munosabat bildirmaslikmasalasi ko'tarilgan. Uchinchi baytda ilonning sirti, ya'ni terisi senga foyda, daromad keltirsa ham, ammo uning ichi zaharga to'la bo'ladi, deya vaziyatga chiroyli o'xshatish bilan fikrini dalillamoqda Ogahiy. Ogahiy bu ikki misra orqali shuni ta'kidlaydiki, ba'zi bir ikkiyuzlamachi insonlar yordami tegayotgandek tuyulsa ham, lekin ularning ichida adovati, g'arazli niyati bo'ladi, deydi shoir.
Kishi necha imorat qilsa bunyod, Va yoxud haddin afzun qo 'ysa avlod Tutib bo 'lmas birisidin baqo ko 'z Qolur boqiy jahon ichra magar so 'z.7
Adibning ushbu qisqa, lekin purma'no qit'asida kishi qancha imoratlar barpo qilsa ham, ularning hech birini olib qola olmaydi, ya'ni ular bu o'tkinchi dunyoda boqiy emas. Odamlardan faqat yaxshi so'z va yaxshi amalgina boqiy qoladi. Guvohi bo 'lish mumkinki, Ogahiyning ijodi islomiy va insoniy g'oyalarga hamohang bo'lib, katta qiziqish uyg'otadi.
6 Ogahiy. Asarlar. 2-jild. Devon. Toshkent: TDSHU, 1971, 269-bet
7 Ogahiy.Jamoling jilvasi (to'plovchi, so'z boshi va izohlar muallifi E.Ochilov), Toshkent. O'zbekison, 2013174-bet
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Xulosa o'mida shuni aytish mumkinki, Ogahiy ijodini batafsil o'rganish nafaqat insonga zavq bag'ishlaydi, balki undan hayotda qoqilmaslik uchun juda ko'p saboqlar olishiga yordam beradi. Shuni ham ta'kidlash joizki, u har bir so'zni va o'xshatishlarni mahorat bilan qo'llay oladi, shuning uchun ham shoirning har bir asari, kichik hukmatlari ham kishining dunyo qarashini o'zgartirishga qodir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):
1. Ogahiy. Asarlar. 1-jild. Devon. G'AFUR G'ULOM NOMIDAGI ADABIYOT VA SAN'AT NASHRIYOTI. Toshkent: TDSHU, 1971
2. Ogahiy. Hikmatlar. E.Ochilov .- Toshkent: TDSHU , 2021
3. Ogahiy. Jamoling jilvasi (to'plovchi, so'z boshi va izohlar muallifi E.Ochilov) -Toshkent. O'zbekison, 2013
4. Ogahiy. Asarlar. 2-jild. Devon. G'AFUR G'ULOM NOMIDAGI ADABIYOT VA SAN'AT NASHRIYOTI. Toshkent: TDSHU, 1971
5. Mumtoz adabiiy asarlar lug'ati. Berdak Yusuf. "SHARQ NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI, Toshkent, 2010