Научная статья на тему '“BADOE’ UL-BIDOYA” DEBOCHASIDAGI IJODIY TAMOYILLARNING “XAZOYIN-UL MAONIY” DAGI AMALIY IFODASI'

“BADOE’ UL-BIDOYA” DEBOCHASIDAGI IJODIY TAMOYILLARNING “XAZOYIN-UL MAONIY” DAGI AMALIY IFODASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1195
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alisher Navoiy / “Badoe’ ul-bidoya” / “Xazoyin ul-maoniy” / arab alifbosi / g‘azal / devon. / Alisher Navoi / « Badoe St. Bidaya » / « Khazayn St. Maoni » / Arabic alphabet / gazelle / sofa.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Quysinova, Shahnoza Mustafoqul Qizi

O‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, davlat va jamoat arbobi Mir Alisher Navoiy bir nechta devonga tartib berganlar. Shundan shoirning o‘zi tartib bergan devonlaridan biri bo‘lgan “Badoe’ ul-bidoya” devoni debochasida devon tartib berish mezonlarini sanab o‘tganlar. Devon tartib berish jarayoni ham bir necha bosqichlarni qamrab olib, ijodkorning salohiyatini belgilab bergan. Bunda bevosita aruz ilmi, arab alifbosi asosiy rolni bajargan. Ushbu maqolada devon tartib berishning birinchi qoidasi ya’ni, devon g‘azallar bilan boshlanmog‘i, arab alifbosidagi yigirma sakkizta harf va fors-tojik tilidagi yana to‘rtta harfni qo‘shgan holda o‘ttiz ikki harf bilan tugallanmog‘i lozim. Ushbu qoidaning to‘rt devondan iborat bo‘lgan “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining birinchisi “G‘aroyib us-sig‘ar” devonida qanchalik amal qilinganligini ko‘rib o‘tamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PRACTICAL EXPRESSION OF THE CREATIVE PRINCIPLES IN THE PROLOGUE OF "BADOE' UL-BIDAYA" IN "KHAZOIN-UL MAANI"

Mir Alisher Navoi, a prominent leader of Uzbek literature, a statesman and public figure, ordered several sofas. The preface to the sofa « Badoe 'Ul-Bidaya », which is one of the sofas ordered by the poet himself, lists the criteria for ordering a devan. The process of putting things in order covers several stages and determines the potential of the artist. The science of the aruz and the Arabic alphabet played a major role in this. In this article, the first rule of the sofa is that the sofa should start with gazelles and end in thirty-two letters, including the twenty-eight letters of the Arabic alphabet and four more letters of the Persian-Tajik language. How far this rule is applied, we will see in the first collection « Khazayn St. Maani », consisting of four sofas, « Garayb usz-sigars ».

Текст научной работы на тему «“BADOE’ UL-BIDOYA” DEBOCHASIDAGI IJODIY TAMOYILLARNING “XAZOYIN-UL MAONIY” DAGI AMALIY IFODASI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

"BADOE' UL-BIDOYA" DEBOCHASIDAGI IJODIY TAMOYILLARNING "XAZOYIN-UL MAONIY" DAGI AMALIY IFODASI

O 'zbek adabiyotining yirik namoyandasi, davlat va jamoat arbobi Mir Alisher Navoiy bir nechta devonga tartib berganlar. Shundan shoirning o 'zi tartib bergan devonlaridan biri bo'lgan "Badoe' ul-bidoya" devoni debochasida devon tartib berish mezonlarini sanab o'tganlar. Devon tartib berish jarayoni ham bir necha bosqichlarni qamrab olib, ijodkorning salohiyatini belgilab bergan. Bunda bevosita aruz ilmi, arab alifbosi asosiy rolni bajargan. Ushbu maqolada devon tartib berishning birinchi qoidasi ya'ni, devon g'azallar bilan boshlanmog'i, arab alifbosidagi yigirma sakkizta harf va fors-tojik tilidagi yana to 'rtta harfni qo 'shgan holda o 'ttiz ikki harf bilan tugallanmog 'i lozim. Ushbu qoidaning to 'rt devondan iborat bo'lgan "Xazoyin ul-maoniy" kulliyotining birinchisi "G'aroyib us-sig'ar" devonida qanchalik amal qilinganligini ko 'rib o'tamiz.

Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, "Badoe' ul-bidoya", "Xazoyin ul-maoniy", arab alifbosi, g 'azal, devon.

Мир Алишер Навои, видный деятель узбекской литературы, государственный и общественный деятель, заказал несколько диванов. В предисловии к дивану «Бадое' уль-Бидая», являющемуся одним из диванов, заказанных самим поэтом, перечислены критерии заказа девана. Процесс наведения порядка охватывает несколько этапов и определяет потенциал художника. В этом главную роль сыграла наука об арузе и арабском алфавите. В этой статье первое правило расположения дивана состоит в том, что диван должен начинаться газелями и заканчиваться тридцатью двумя буквами, в том числе двадцатью восемью буквами арабского алфавита и еще четырьмя буквами персидско-таджикского языка. Насколько далеко применяется это правило, мы увидим в первом сборнике «Хазайн ул-Маани», состоящем из четырех диванов, «Гараибус-сигар».

Ключевые слова: Алишер Навои, «Бадое ул-Бидая», «Хазайн ул-Маони», арабский алфавит, газель, диван.

Quysinova Shahnoza Mustafoqul qizi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

2-kurs magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023

ABSTRACT

Mir Alisher Navoi, a prominent leader of Uzbek literature, a statesman and public figure, ordered several sofas. The preface to the sofa « Badoe 'Ul-Bidaya », which is one of the sofas ordered by the poet himself, lists the criteria for ordering a devan. The process of putting things in order covers several stages and determines the potential of the artist. The science of the aruz and the Arabic alphabet played a major role in this. In this article, the first rule of the sofa is that the sofa should start with gazelles and end in thirty-two letters, including the twenty-eight letters of the Arabic alphabet and four more letters of the Persian-Tajik language. How far this rule is applied, we will see in the first collection « Khazayn St. Maani », consisting of four sofas, « Garayb usz-sigars ».

Keywords: Alisher Navoi, « Badoe St. Bidaya », « Khazayn St. Maoni », Arabic alphabet, gazelle, sofa.

KIRISH

Mumtoz adabiyotimizdagi o'lmas, durdona asarlar muallifi Alisher Navoiy buyuk tarixchi Sharafidin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy iste'dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e'tirofini qozongan va Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta'lim olgan ijodkordir. Navoiy qalamiga mansub asarlar ikki (turkiy va fors-tojik) tilning bitmas-tuganmas xazinasidir. Turkiy tilda ko'p va xo'p aytgan [2], merosi nazm va nasrda yaratildi. Boy merosini to'plab bir nechta devon tartib berganlar. Devon tartib berish shoirdan ulkan mashaqqatni talab etgan. Asosan, devon mudarijasi vazifasini debocha bajargan. Ma'lumki, mumtoz adabiyotda barcha asarlar an'anaviy muqaddima bilan boshlanib, ular maxsus istiloh- "debocha" atamasi bilan yuritilgan. Debocha istilohi keng ma'noda umuman muqaddimani, tor ma'noda esa devonlarga yoziladigan kirish so'zlarini anglatgan. O'zbek adabiyotida Navoiy debochalari va ularga qo'yilgan masalalar to'g'risida birinchi marta fikr bildirgan adabiyotshunos olim A.Hayitmetovdir. Olim o'z tadqiqotida Alisher Navoiy adabiy-tanqidiy qarashlarini o'rganishda shoir debochalarining o'rni va ahamiyatini ko'rsatib beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ulug' shoir har bir ishda katta mas'uliyat bilan yondashganlar. Devon tartib berishning bir necha qoidalari bo'lib, o'zining "Badoe' ul-bidoya" devoni debochasida keltirib o'tganlar. Shoir debochada devonni tartib berish jarayonidagi o'ziga xos jihatlarni, ya'ni devon tuzish tamoyillarini bayon etishga alohida to'xtaladi. Navoiy yozadi: "Bu devon, inshoolloh, bu zobita bilakim mazkur bo'lur, murattab bo'lg'ay, ihyo topgay. Necha nav' ishkim, munda mar'iy bo'lubturur, o'zga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

davovinda ko'ralmaydurur"{3}. Faqat Navoiy devoni uchun xos bo'lgan va boshqa devonlarda uchramaydigan xususiyatlar shoirning devon tuzish tamoyillarini belgilab beradi. Birinchi tamoyil, Navoiyning yozishicha, "Avval budurkim, har kishikim, devon tartib qilibdurur, o'ttiz ikki harfdinki, xaloyiq iboratida voqe'durur va ulus kitobatida shoyi' to'rt harfg'a taarruz qilmaydururlar. Chun so'z arusi nazm haririning matbu' kisvatin va mavzun xil'atin kiyib, jilva og'oz qilsa, huqqai yoquti dag'i o'ttuz ikkita gavhardin qachonkim to'rtig'a nuqson voqi' bo'lsa, muqarrardurkim, jamolig'a andin qusur va kalomig'a andin futur voqi' bo'lg'usidurur. Bul jihatdin ul to'rt xarf javohirlarin dag'i o'zga huruf javohiri silkig'a tortib, g'azaliyotni o'ttuz ikki harf tartibi bila murattab qilindi" {3}. Bu o'rinda Navoiy devon tartib bergan shoirlar arab-fors alifbosidagi 32 harfning to'rttasi bilan tugallanuvchi g'azal bitmasliklarini ta'kidlaydi va o'z devonidagi g'azaliyot qismining "o'ttiz ikki harf tartibi" bilan tasnif qilinganligini bayon etadi. Adabiyotshunos olim Yoqubjon Is'hoqov Navoiy tilga olgan 4 ta harf forsiy va turkiyga xos ( g - chim, j- je, gof va ^ - lom-alif) harflar ekanligi, bu

harflarga Navoiy qator g'azallar bag'ishlaganligini ta'kidlaydi{6}. Shu munosabat bilan "Badoe' ul-bidoya" devonini ko'zdan kechirganimizda, (g chim) harfida 5 ta, (j je) harfida 1 ta, ( ^ gof) harfida 21 ta g'azal borligi ma'lum bo'ldi. ( ^ lomalif) harfida bitilgan g'azallar esa "Navodir un-nihoya" va "Xazoyin ul-maoniy" devonlariga kiritilgan{5}.Olima F.Karimovaning taxminicha, Navoiy ta'kidlagan to'rtinchi harf forsiy va turkiyga xos (pe) harfi bo'lishi kerak. "Badoe' ul-bidoya"da bu harfda 1 ta g'azal mavjud{5}. Umuman olganda, Alisher Navoiy o'zidan avvalgi o'tgan shoirlarning devonlaridagi kamchilikni tuzatgan, ya'ni alifbodagi 32 ta harfning barchasida go'zal g'azallar bitib, o'z devonining bu jihatdan mukammal bo'lishiga erishgan. Adabiyot tarixidagi dastlabki devonlar, jumladan, fors-tojik shoirlari Unsuriy, Farruhiy, Manuchehriylar, shuningdek turkiy shoirlar Sakkokiy, Hofiz Xorazmiylarning dsvonlari g'azal bilan emas, balki qasida bilan boshlangan. Bu davrdagi qasidalarda shoirlarning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy mazmundagi qarashlari ham aks etdi. Shuningdek, forsiy adabiyotda qasidalar shoirning badiiy mahoratini belgilashda muhim omillardan sanalgan va shu tufayli ko'pchilik shoirlar qasida janrida ijod qilganlar. O'sha davr adabiy muhitida qasida janrining rivojlanganligi sababli ularning devon boshida berilishi an'anaviy holatga aylandi. Shuningdek, shoir devonidagi g'azallarni joylashtirishda ham ma'lum bir tamoyilni qo'llaydi. Bu tamoyilni Navoiy debochada shunday ta'riflaydi: "Yana bukim, har harf g'azaliyotining avval bitilgan g'azal bila o'zga g'azallar orasida uslub xaysiyatidin tafovut rioyat qilmaydururlar. Muqarrardurkim, har amrda bir lahza Haq subhonahu va taolo hamdidin yo Rasul alayhissalom na'tidin, yo bu ikki ishga dalolat

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

qilurdek bir amrdin g'ofil bo'lmog'liq avlodurur. Bu nav' xayole xotirg'a kelgan uchun har harf g'azaliyotining avvalg'i g'azalini yo Tangri taolo hamdi bila muvashshah, yo rasul alayhissalom na'ti bila mufattah, yo bir mav'iza bilakim, bu ikki ishdin biriga dol bo'lg'ay, muvazzah qilindi" (21-bet). Ko'rinadiki, Navoiy devon tuzishda uning umumiy kompozitsiyasiga katta e'tibor beradi, shu bilan birga, har bir harf g'azaliyoti kompozitsiyasining ham mukammal bo'lishini ta'minlaydi. Ya'ni birinchidan. devonning, ikkinchidan, har bir harf g'azaliyotining dastlabki g'azallari yo Tangri taolo madhiyasi bilan, yo Muhammad payg'ambar maqtovi bilan boshlanadi yoxud orifona ruhdagi g'azallardan tarkib topadi. Har bir shoir o'z g'oya va qarashlarini kitobxonga yetkazish maqsadida eng tez tarqaladigan, eng mashhur janrga murojaat qiladi. Navoiy uchun keng xalq ommasiga ma'qul va manzur janr g'azal edi. Shoir o'zining odam, olam haqidagi falsafiy qarashlarini ham shu janrda berishga intildi. Bunday xarakterdagi g'azallarini o'z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda devon boshida va har bir harf g'azaliyotining avvalida joylashtiradi {5}. Alisher Navoiy qasida devon tarkibida emas balki, alohida muqova, jild bo'lmog'ini aytib o'tgan. Ya'ni masnaviy bilan qasidalar boshqakim, ular alohida tom bo'lg'ay. Devonda turli navdagi she'rlar masalan, barcha jon bag'ishlovchi muxammaslar besh ziynatli va jon kabi musaddaslar olti ziynatli; barcha nafli ruboiylar latofatli va nafli qit'alar manfaatlidir. Va barcha yoqimli mustazodlar vasfi ziyoda; tengsiz fardlar lutfda tanho va barcha nomiy muammolar nom yashirmoqda usta; va aziz lug'zlar barchaning maftunligi oshkor; va bir-biriga zanjir kabi ulangan tarjibandlar bari sevimli; va mo'tadil tuyuqlar barchasi turkiy uslub ila adabiyotda faraz va she'rda voqe' bo'ldi. Maqsad shuki, yoqimli, chiroyli bitmoq. Debocha shuning uchun yozildikim: kishi saltanatda bino qurar ekan, uning peshtoqida ismini yozadi. Qachonki binoga qalbini bag'ishlasa, shunda uning ismi boqiy bo'ladi [1]. Yuqorida sanab o'tilgan mezonlardan birinchi qoida ya'ni arab alibosiga oid tartibni to'rt devonni o'zida jamlagan "Xazoyin ul-maoniy" kulliyotining birinchi devoni "G'aroyib us-sig'ar" devoni misolida ko'rib o'tamiz.

Bilamizki, "G'aroyib us-sig'ar" devonida eng ko'p qo'llanilgan janr g'azal janri bo'lib, 650 tadan joylashtirilgan. Qolgan janrlar tartibi quyidagicha: ruboiy 133ta, qit'alar-50ta, masnaviy-1ta, tarjiband-1ta, musaddas-1ta, muxammaslar-1ta, mustazod-1ta. Devon,

Ashraqat min aksi shamsil-ka 'si anvorul hudo,

"Yor aksin mayda ko 'r " deb, jomdin chiqdi sado - g'azali bilan boshlanib;

Til so 'z bila to qizitti hangomani,

Bir ham tiya olmadim bu xudkomamni.

Har necha itikrak ayladim xomamni,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Ul xoma qaroroq ayladi nomamni- ruboiysi bilan yakun topadi. Devon kulliyotning birinchi devoni bo'lgani uchun debocha yozilgan, lekin xotima berilmagan. Ya'niki keyingi devonlar mantiqiy davomidir. To'rtala devon yaxlitlikda bitta yirik asarni tashkil etadi. Debocha birinchi devonda berilgan bo'lsa, xotima so'nggi devonda keltirilgan. Endi g'azallarning joylashtirilishi haqida gapiradigan bo'lsak, ular quyidagicha:

Alif harfining ofatlarining ibtidosi 1-39 -gacha; Be harfining balolarining bidoyati 40-66- gacha; Pe harfining parivashlarining parvozi 67-68- gacha; Te harfining torojgarlarining tomoshosi 69-88-gacha; Se harfining samin gavharlarining samasarasi 89-91-gacha; Jim harfining jamilalarining jilvasi 92-95-gacha; Chim harfining chobuklarining chehragushoylig'i 96-100-gacha; He (hoye ho'tte) harfining haromiylari husnoroylig'i 101-106-gacha; Xe harfining xo'blarining xiromi 107-113-gacha; Dol harfining diloromlarining davroni 114-128-gacha; Zol harfining zavuyu-hayotlarining zufununlug'i 129-131-gacha; Re harfining ra'nolarining rustoxezi 132-198-gacha; Ze harfining zebolarining ziynati 199-222-gacha; Sin harfining siymbarlarining savdosi 223- 241-gacha; Shin harfining sho'xlarining shamoyili 242-270-gacha; Sod harfining sanamlarining siyti 271- 275-gacha; Zod harfining zamyuronbo'ylarining ziyosi 276-279-gacha; Te harfining tannozlarining tarovati 280-283-gacha; Ze harfining zariflarining zuhuri 284- 287-gacha; Ayn harfining iyorlarining alomati 288-294-gacha; G'ayn harfining g'izolalarining g'avg'osi 295-302-gacha; Fe harfining fitnalarining fusuni 303-308-gacha; Qof harfining qiyomatlarining qironi 309-321-gacha; Kof harfining kofirlarining kamoli 322-363-gacha; Lom harfining lu'batlarining latoyifi 364-392-gacha; Mim harfining mahbublarining malohati 393-437-gacha; Nun harfining nozaninlarining nozi 438-505-gacha; Vov harfining vallohiyyat afzolarining vaqoyii 506-520-gacha; He (hoye havvaz) harfining humoyunvashlarining halokangizlig'lari 521-572-gacha;

Lomalifning lolaruxlarining lobasi 573-574-gacha;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Yo harfining yag'molarining yuz ko'rguzmaklari 575-650-gacha bo'lgan tartibda joylashtirilgan. Yuqorida sanab o'tganlarimizdan ko'rinib turibdiki, harflar soni 31ta va har bir harf o'z sarlavhasiga ega. Ammo bir Gof harfi sarlavhaga ega emas. Lekin ushbu harf bilan tugaydigan g'azal kof tarkibida berilgan. "G'aroyib us -sig'ar" devonini xulosalaymiz:

1- Arab alifbosidagi 28ta hamda ^-chim , je-j, ^-gof, va ^-lom-alif harflari bilan 32 harfda tugaydigan g'azallar berilgan;

2- Devon g'azal janri bilan boshlangan;

3- G'azallar birinchi hamd, so'ng na't ma'viza ... tarkibdadir;

4- Mavzulari jihatidan g'azallar rango-rang;

5- Janrlar hajm jihatidan ketma-ketlikda joylashtirilgan;

6- Devon tarkibida qasida uchramaydi.

Navoiyning yuqoridagi qaydlarini chuqur o'rganish, tadqiq qilish shoirning ilmiy va badiiy ijod sohasidagi san'atkorligining muhim qirralarini ochib beradi. Shoir devonidagi she'rlarni chuqur o'rganishda esa zarur ko'rsatmalar vazifasini bajaradi.{5} Navoiy bobomiz "Xazoyin ul-maoniy" kulliyotida insoniylikning eng oliy mezoni bu - porsolik (taqvodorlik), pokdomonlik va haqiqatsevarlikdir, deya e'tirof etgan. "Komil inson" g'oyasi ham hamma zamonlarda birdek targ'ib etilgan. Alisher Navoiyning asrlar oshgan asarlari bugungi kun uchun ham muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy Mukammal asarlar to'plami, uchinchi tom, Xazoyin ul -maoniy, G'aroyib us-sig'ar, Toshkent- 1988

2. Z.M. Bobur Boburnoma. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi nashriyoti T-1960.

3. Alisher Navoiy "Badoe' ul-bidoya" MAT. 20 jildlik-T.: Fan, 1987. T.1.

4. Navoiyshunoslik (1-kitob) Darslik, "Tamaddun" Toshkent-2018.

5. Qurbonova Saodat Navoiy debochalari poetikasi ("Badoe' ul-bidoya" va "Xazoyin ul-maoniy" debochalari misolida) Bitiruv malakaviy ishi, Toshkent-2018

6. Исходов Ё. Навоий поэтикаси. - Т.: Фан, 1983.

7. http://Library.navoiy-uni.uz

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.