Научная статья на тему 'KOMIL INSONNI SHAKLLANTIRISHDA OGAHIY IJODINING TA’SIRI'

KOMIL INSONNI SHAKLLANTIRISHDA OGAHIY IJODINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1026
101
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
falsafiy antropologiya / komil inson / yaxshi soʻz / yaxshi fe’l / yaxshi axloq va maorif / tasavvuf / “Qasidai nasihat”. / philosophical anthropology / perfect man / good word / good action / good morals and education / Sufism / “Qasidai nasihat”.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shavkatov, Sherali Shavkatovich

Inson mohiyatini falsafiy jihatdan chuqurroq tahlil qilish uchun Muhammadrizo Ogahiyning antropologik qarashlarini oʻrganish, uning asarlarida yoritilgan insonga xos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar va ta’lim tarbiya, mehnat, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlarning shakllanishi va ijtimoiylashuvini falsafiy jihatdan ochib berish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri hisoblanadi. Xalqimizning ma’naviy dunyosining shakllanishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir koʻrsatgan, ilm – fan ravnaqi va mukammal boʻlishi uchun xizmat qilgan xalqimizning ma’naviy, tasavvufiy-falsafiy tafakkurini boyitishda alohida oʻrin tutgan Muhammadrizo Ogahiyning asarlari bugungi kunga qadar insoniyat ma’naviy merosida katta ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatish ushbu maqolaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shuningdek, unda Muhammadrizo Ogahiyning antropologik qarashlarida insonning ma’naviy olamiga kirib borish orqali inson mohiyatini chuqurroq anglash hamda komil insonni shakllantirish mumkin, degan gʻoyani ham koʻrish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INFLUENCE OF CONSCIOUS CREATION ON THE FORMATION OF A PERFECT PERSON

Nowadays, it is one of the most important subjects that to organize the anthropological views of Mukhammadrizo Ogachi for a deeper philosophical analysis of human nature, philosophical disclosure of human social qualities, qualities and education, labor, knowledge, various relationships, the formation and socialization of moral norms reflected in his works. To show that the works of Mukhammadrizo Ogachi, who had a strong impact on the formation and development of the spiritual world of our people, played a special role in enriching the spiritual, mystical and philosophical thinking of our people, have played a significant role in the spiritual heritage of mankind is the main goal of this article. The works of Muhammadrizo Ogahi, who had a strong influence on the formation and development of the spiritual world of our people, served for the development and perfection of science, and played a special role in enriching the spiritual, mystical and philosophical thinking of our people, are of great importance in the spiritual heritage of mankind to this day.

Текст научной работы на тему «KOMIL INSONNI SHAKLLANTIRISHDA OGAHIY IJODINING TA’SIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KOMIL INSONNI SHAKLLANTIRISHDA OGAHIY IJODINING TA'SIRI

Shavkatov Sherali Shavkatovich

[email protected]

Inson mohiyatini falsafiy jihatdan chuqurroq tahlil qilish uchun Muhammadrizo Ogahiyning antropologik qarashlarini o'rganish, uning asarlarida yoritilgan insonga xos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar va ta'lim tarbiya, mehnat, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlarning shakllanishi va ijtimoiylashuvini falsafiy jihatdan ochib berish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri hisoblanadi. Xalqimizning ma'naviy dunyosining shakllanishi va rivojlanishiga kuchli ta'sir ko 'rsatgan, ilm - fan ravnaqi va mukammal bo'lishi uchun xizmat qilgan xalqimizning ma 'naviy, tasavvufiy-falsafiy tafakkurini boyitishda alohida o'rin tutgan Muhammadrizo Ogahiyning asarlari bugungi kunga qadar insoniyat ma 'naviy merosida katta ahamiyatga ega ekanligini ko 'rsatish ushbu maqolaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shuningdek, unda Muhammadrizo Ogahiyning antropologik qarashlarida insonning ma 'naviy olamiga kirib borish orqali inson mohiyatini chuqurroq anglash hamda komil insonni shakllantirish mumkin, degan g'oyani ham ko'rish mumkin.

Kalit soizlar: falsafiy antropologiya, komil inson, yaxshi so 'z, yaxshi fe'l, yaxshi axloq va maorif, tasavvuf, "Qasidai nasihat".

Одной из актуальных тем сегодняшнего дня является изучение антропологических взглядов Мухаммадризо Агахи, для более глубокого философского анализа человеческой сущности. Рассматривается философское раскрытие присущих человеку социальных качеств, воспитания, труда, знаний, различных отношений, формирования и социализации нравственных норм, освещенных в его работах. Цель статьи является показать, что произведения Мухаммадризо Агахи, оказавшие сильное влияние на формирование и развитие духовного мира нашего народа, сыгравшие особую роль в обогащении духовной, мистико - философской мысли народа, служившие процветанию и совершенству науки, до сих пор имеют большое значение в духовном наследии человечества. В антропологических взглядах Мухаммадризо Агахи также можно увидеть идею о том, что, проникнув в духовный мир человека, можно получить более глубокое понимание человеческой сущности и сформировать совершенного человека.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ключевые слова: философская антропология, совершенный человек, доброе слово, характер, мораль, образование, мистицизм, "Касидаи насихат ".

ABSTRACT

Nowadays, it is one of the most important subjects that to organize the anthropological views of Mukhammadrizo Ogachi for a deeper philosophical analysis of human nature, philosophical disclosure of human social qualities, qualities and education, labor, knowledge, various relationships, the formation and socialization of moral norms reflected in his works. To show that the works of Mukhammadrizo Ogachi, who had a strong impact on the formation and development of the spiritual world of our people, played a special role in enriching the spiritual, mystical and philosophical thinking of our people, have played a significant role in the spiritual heritage of mankind is the main goal of this article. The works of Muhammadrizo Ogahi, who had a strong influence on the formation and development of the spiritual world of our people, served for the development and perfection of science, and played a special role in enriching the spiritual, mystical and philosophical thinking of our people, are of great importance in the spiritual heritage of mankind to this day.

Keywords: philosophical anthropology, perfect man, good word, good action, good morals and education, Sufism, "Qasidai nasihat".

KIRISH

Ma'lumki, yangi O'zbekiston sharoitida kelajagimiz poydevori bo'lgan yoshlami barkamol insonlar qilib tarbiyalashda sog'lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratib berishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmushi yuksalishida hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Qolaversa, bugungi kunda ma'naviyat davlat ahamiyatiga molik masalaga aylandi. Sog'lom kishi deganda, faqat jismoniy sog'lomlikni emas, balki sharqona odob-axloq va umumbashariy g'oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz. Sharqona odob -axloq va umumbashariy g'oyalarni ongiga singdirib olgan yoshlar yuksak ma'naviyatli kishilardan hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

"Komil inson g'oyasi" azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, uning ma'naviyatining uzviy bir qismi bo'lib kelgan. U islom falsafasidan oziqlanib, yanada kengroq ma'no-mazmun kasb etgan. Barkamol inson haqidagi yuksak g'oyalar Abu Nasr Forobiy va Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarimizning asarlarida,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ayniqsa, teran ifoda topgan. Hazrat Navoiyning "Kamol et kasbkim, alam uyidin senga farz o'imag'ay g'amnok chiqmoq. Jahondin notamom o'tmak biaynih, erur hammomdin nopok chiqmoq" degan fikrlari har bir inson komillikni o'ziga shior qilib olishi zarurligini anglatadi" [1]

Xorazm mutafakkirlari ham o'zidan oldin o'tgan buyuk ajdodlarining komil inson haqidagi g'oyalarini davom ettirdilar, ushbu g'oyaga yangi davr ruhini, xalq, jamiyat qiziqtirgan muammolarni singdirdilar.

Komil inson - bir ideal, barcha dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi Mutloq ruhga tutash, fayzu karomatdan serob, surati saranjom, qalbi ezgu tuyg'ularga limmo-lim pokiza zotdir, Navoiy tili bilan aytganda esa:

Foniyvasheki, ham so'zidur pok, ham o'zi.

Hush davlat ul kishigaki, tushgay aning ko'zi.

Aziziddin Nasafiy komil insonga ta'rif berib yozadi: "Bilgilki, Komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bo'lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi to'rt narsa kamolga yetgan bo'lsin: yaxshi so'z, yaxshi fe'l, yaxshi axloq va maorif'. Kimki "o'zida shu sifatlarni kamol toptirsa, u kamolga erishadi"

Nasafiyning mazkur ta'rifidan ikkita xulosa kelib chiqadi. Biri shuki, olim nazarida komil inson hayotdan tashqari bo'lgan allaqanday mavhum zot emas, balki real odamdir. Yaxshi sifatlarni egallab borgan odam shunday martabaga ko'tarila oladi. Ikkinchi xulosa shuki, Nasafiyga ko'ra, komil inson martabasi tariqat va riyozat yo'li bilan qo'lga kiritiladigan yuksak martabadir.

MUHOKAMA

Muhammadrizo Ogahiy ham o'z salaflari singari komil inson g'oyasini asarlarida jo etadi. Ogahiy ijodida ham Aziziddin Nasafiy keltirib o'tgan komil insonning kamol topishi uchun muhim bo'lgan 4 narsa o'z aksini topgan. Jumladan Ogahiy "Degil insonga so'z" nomli g'azalida insonning yuksak fazilatlari, dono, aqlli kishilarning ibratli so'zlarini gavharga o'xshatib, ularni nodon va johillarga qarshi qo'yadi:

Ey ko'ngil, odam xayol aylab, dema nodong'a so'z,

Chunki ul inson emas, topsang degil insonga so'z. [2]

Shoir o'zining bu fikri bilan so'z qadrini bilmagan befahm kishilarga so'z uqtirish nihoyatda mushkul ekanligiga ishora qilmoqda. Darhaqiqat, shoir so'zning bebaholigini tasvirlash bilan so'z aytish shunchaki ermak emas, balki ta'sir vositasidir, deydi. U so'zlarining ommaga ma'naviy tumor bo'lishini istaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ogahiy har bir so'zni inson ko'ngli, qalbidagi bir gavharga o'xshatadi. Gavhar albatta bu eng qimmatbaho tosh. Unga faqat munosiblargina xos. Gavhar yerda yotmaganidek, har bir so'zni ham uning qadriga yetmaydiganlarga aytmoq o'rinli emas. Ular xuddi hayvon singaridir. Hayvon uchun qimmatbaho tosh ham, oddiy tosh ham, bu bir xil toshdir. Ya'ni:

So'zdur inson ko'nglida bir gavhari qimmatbaho, Oni xor etma debon har hushi yo'q hayvonga so'z. Yoki:

Zarra uchubon nayyiri a'zam bo'lmas, Yer bolish etib, avji falak ham bo'lmas, Inson aro nodonni biling hayvondur, Hayvon necha zo'r aylasa odam bo'lmas. [3]

Islom dini inson tili orqali amalga oshadigan bir qator xislatlar -rostgo'ylik,xushmuomalalik, chiroyli, samimiy gap-so'z, gapida turishlik kabilami ulug'lab, bu fazilatlarni mo'min-musulmonlaming asosiy burchi, deb hisoblagani holda, yolg'onchilik, qasamxo'rlik, ezmalik, chaqimqilik, tuhmat, bo'xton, so'kag'onlik, g'iybat, mish-mish, gap tashishlik birovning gapini poylash singari yomon odatlami katta gunoh sifatida tamoman qoralaydi. "Qur'on"da qayd qilinishicha, "Kishi noo'rin aytilgan bir so'z bilan o'ziga dushman orttirgaydir". Yolg'on so'zlilik Islomda qattiq qoralanadi va bu munofiq odamning asosiy belgilaridan biri, deb ta 'kidlanadi. Bu haqda payg'ambar shunday degan: "Munofiqning uchta alomati bor: so'zlasa - yolg'on so'zlar, va'da qilsa bajarmas, omonatga xiyonat qilur. Yana quyidagi to'rtta xislat kimda bo'lsa, aniq munofiq bo'lgaydir, kimdaki ulardan bittasi bo'lsa, uni tark etmaguncha munofiqlikdan bir xislati bor ekan deyiladir:

- omonatga xiyonat qilgaydir;

- so'zlasa yolg'on so'zlagaydir;

- shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir;

- urushib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilgaydir".

Shoir ijodida ham so'z inson qadr-qimmatini belgilab beruvchi unsur sifatida ko'riladi. O'z qadrini bilgan inson aytadigan har bir so'zini ham qadrini biladi. Shu sababli marifatsiz nodonga so'z aytmoq hayfdir. Ya'ni: Bilmagan o'z qadrini ne bilgusi so'z qadrini, Hayfdur, dono demak nodoni beirfonga so'z.

Ogahiy behudaga safsata otmoqlikni qattiq qoralaydi. Bu inson obro'sini to'kadi va bir kun boshiga balo keltiradi, deydi. Abu Sa 'id al-Xudriyning rivoyat qilishicha,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Rasululloh: "Ko'chalarda bekorchilikdan, ezmalanib gaplashib o'tirmoqdan qochingiz ", - der edilar.

Kishikim yomonlig' erur shevasi, Kelur har nafas boshiga yuz balo. [3]

Nasafiy nazdidagi komil insonning xislatlaridan biri bo'lgan yaxshi fe'l Ogahiyda o'ziga xos ahamiyat kashf etadi.

NATIJALAR

Ogahiyning estetik qarashlarini tadqiq qilgan M. Safarboev o'z xulosalarida uning dunyoqarashini murakkab harakterga ega bo'lganligi, A.Navoiyning tasavvufiy qarashlaridan ta'sirlanganligi, umumfalsafiy g'oyalarida insonning mehnat faoliyatini ulug'laganligini, tinchlikparvarlik, vatanparvarlik, o'zbek millatiga bo'lgan sadoqatning yuqoriligi, insoniy his-tuyg'ularning mushtarakligini alohida ko'rsatib o'tadi. [5] Ya'ni, Ogahiy o'z millatini nihoyatda sevgan inson. O'zining bu qarashi bilan u hech kimni haqorat qilmoqchi yoki kamsitmoqchi emas: bu achchiq gaplar xalq dardida o'rtangan mutafakkirning alamli fíkrlaridir. Ogahiy odamlarning xudbinlashib, maydalashib ketayotganidan, yerdagi o'z insoniy vazifasi va mas'uliyatini bajarmayotganidan g'azablanadi. Muhammadrizo Ogahiy dunyoqarashida insonparvarlik g'oyalari qanchalik ilohiyot bilan bog'lanmasin, ular axloq insondagi eng oliy qadriyat, aqliy zukkolik esa insonning eng muhim insoniy fazilati ekanligini yakdillik bilan ma'qulladilar. Uning fikricha, insondagi eng yuksak boylik yuksak axloqiy fazilatdir. Shuningdek, Ogahiy haqiqat va adolatni, qonun va tartibni, ijod va erkinlikni, shafqat va muruvvatni ham yuqori baholagan.

Muhammadrizo Ogahiyning inson aqli haqidagi falsafiy mushohadalari qiziqarlidir. U "aqli kull" va uning darajalari haqida yozadi: O'n aql, to'qqiz sipehru sekiz jannat, Ham yetti munir axtaru ham olti jihat, Ham besh hisu to'rt unsuru uch mavlud, Ham ikki jahon bir sangga aylar xizmat. [6]

Ruboiyda-gnoseologik va ontologik masalalar-olamning tuzilishi va mohiyati, unda insonning o'rni va roli haqida gap boradi. Bu ruboiyni Ogahiyshunos olimlar: M. Safarboev va Komil Avaz quyidagicha tahlil qilganlar. Ularga ko'ra, "O'n aql" -odam ruhining vujudga kelishi darajasiga ishoradir. O'ninchi aql aqli foil-yaratuvchi aqldir. "O'n aql"ni Avaz shunday sharhlaydi: "Tafakkur toji bo'lmish aql sifatlari xirmanini barmoq bukib, 10 gacha sanash ham mumkin - idrok, zehn, donolik, bilimdonlik, fahm-farosat, hushyorlik, onglilik, maftunlik, mulohazalik, tajribalilik.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shularning bari mujassamlashgan odamlarni etuk, komil va so'zning yashirin sirlarini tushunuvchi nozik ta'b insonlar sirasiga kiritib, aqli javharshunos demak mumkin" [7] Aqli tufayli inson barcha maxluqotdan ustundir u aqlu zakovati bilan dunyoni anglaydi, o'zligini biladi. "To'qqiz sipehr" bu to'qqiz qavat osmonning yaratilishi, yaratuvchi tangrining qudratiga va yana o'ziga xizmat qilishiga ishoradir. Bu haqda Aziziddin Nasafiy yozadi: "Arsh - payg'ambari Xotam ruhining maqomi, Kursiululazm payg'ambarlar ruhining maqomi, manzili va hujrasi, ettinchi osmon -mursal payg'ambarlar ruhining maqomi, manzili va hujrasi, oltinchi osmon - anbiyo ruhi maqomi, beshinchi osmon - avliyo ruhi maqomi, to'rtinchi osmon - hakimlar ruhi maqomi, uchinchi osmon - zohidlar ruhi maqomi, ikkinchi osmon - taqvo aqli ruhi maqomi, birinchi osmon - imonlilar ruhi maqomi, shu tariqa, osmonning to'qqiz darajasi tugal yakun topdi" [8]

"Yetti munir axtar" deya Ogahiy yetti sayyoraning vujudga kelishi va mohiyatini bilishga chaqirgan. "Olti Jihat" - olti taraf, olti tomon insonga xizmatga keladi. Ramziy ma'noda ust-osmon, ruhiyat, ost, yer, borliq, orqa-ajdod, old-avlod, o'ng-tasavvur, so'l-tasavvurning ifodasi bo'lmish tasvir, aqliy va jismoniy mehnatdir. Demak, yetti ko'k va olti tomon - ular koinotning asosini tashkil etadi. "Besh his" -bu ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish va sezishdir. Muhammadrizo Ogahiy hissiy bilishga alohida e'tibor bergan. Uning talqiniga ko'ra, hissiy bilish yaxshi yashash uchun, borliq, hayot ne'matlaridan bahramand bo'lmoqlik uchun Allohning yaratgan buyuk inoyatidir. 'To'rt unsur" bu - tuproq, suv, havo, olovdan yaralgan moddiy dunyo inson xizmatidadir. Bu erda to'rt unsurni "Avesto"da e'zozlangani kabi hayotning asosi, hayot falsafasi sifatida ulug'lash g'oyasi yotibdi. "Uch mavlid" bu - tabiat olami, o'simlik olami, hayvonot olamidir. Shu uch mavliddan tarkib topgan olam faqat insonga xizmat qiladi. Demak, "ikki jahon" dunyoviy va ilohiy ishq, inson unda sevadi va seviladi. "Ikki jahon" tushunchasini "u dunyoyu, bu dunyo" deb ham talqin qilish mumkin. Shu ma'noda uning negizida gumanistik, umumbashariy g'oya yotadi. Ya'ni she'rda inson markaz bo'lgan (antropotsentrizm) olamning tuzilishi haqida gap boradi. Borliqdagi barcha narsalar inson uchun, unga xizmat qiladi. Olamdagi barcha harakat, voqea-hodisa, o'zgarish-yangilanishlar inson orqali mushohada etiladi, tushuntiriladi. Ulug' olamda nimaiki bo'lsa, u kichik olamda ham mavjuddir, deyiladi. Darhaqiqat, Ogahiy faylasuf shior sifatida borliqni suv ustiga qurilgan omonat uyga o'xshatadi, u doim harakatlanib, chayqalib turadi. Bu uydagi odam yashaydi. Shoir borliqni goh gulshanga, goh hasratxonaga, goh karvonsaroyga o'xshatadi. Olamning bunday ziddiyatli ekanligini va manguligini bunday ifodalaydi:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Dahr bir gulshandurur, bo'yi, vafosi yo'q oning, Jong'a haz yetkurgudek obu havosi yo'q aning. Yo'q bahorida hazon osibidin bir dam omon, Ko'z yumub ochg'uncha faslining baqosi yo'q oning. [9] Yoki:

Harob o'lsun, ilohi, gunbazi davvor, charxi dun, Ki, doyim davri kajdur, tavri shumu hay'ati vojun. [9]

Ko'rinib turibdiki, Ogahiy olam manzaralarini turli insonparvar g'oyalar va axloqiy tushunchalarda, ularning xususiyatlarini esa yorqin badiiy bo'yoqlarda ifodalaydi. Ushbu tasvirlarida uning tasavvuf falsafasidan yaxshi xabardor ekani bilinib turadi. Umuman, Xorazm mutafakkirlari, vahdati vujud nazariyasini e'tirof etadilar. Masalan, Komil Xorazmiyning fikricha, dunyodagi butun mavjudotlar, narsa va ashyolar Allohning namoyon bo'lishi, Alloh jamolining ko'rinishidir. Mutafakkirlar Alloh, borliq va insonning birligini e'tirof etgan holda, tasavvufning ko'proq amaliy tomoniga, axloqiy, insoniy va ta'lim-tarbiyaviy jihatlariga e'tibor qaratadilar. Bu masalada ular hazrat Navoiy yo'lidan boradilar, ya'ni tasavvufning axloq va xulq-odobga oid va insonparvarlik g'oyalaridan foydalanadilar. [10] Olam bilan odam, jamiyat va shaxs, inson va uning erki, taqdiri masalalari mutafakkirlarning doim diqqat markazida turgan. Mazkur masalalar, muammolar tafakkur mahsuli sifatida o'tkir falsafiy mushohadalar bilan tasvirlangan. Ular asarlarida gumanistik g'oyalar, xalq manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo'yish, eli uchun jon kuydirish, kishilarga mehr-shafqat, muruvvat ko'rsatish kabi oliyjanob fazilatlarni ulug'lashda namoyon bo'ladi. Muhammadrizo Ogahiy dunyoni anglashda va hayot guli bo'lgan insonni madh qilishda yaratganning qudratiga ishonadi. Shu bois Sharqona an'anaga muvofiq dastlab olamni, butun mavjudotni Yaratganga hamdu sanolar aytadi. Masalan, u "Ta'viz ul-oshiqin" devoni debochasida "ofoq va anfus" (tashqi olam va inson botiniy olami)ni yaratguchiga quyidagicha hamdlar aytadi: "Adadsiz hamdu sano maxozinining javohiri va hadsiz shukru vafo maodinining zavohiri ul hakimi alal-itloqning oliy dargohig'a nisor va ul donoiy anfus va ofoqning rafi' ostonasig'a sazavordurkim, bani odam vujudi devonig'a aqlu farosat debochasi bila oroyish va takallum va dirosat tug'rosi bila namoyish berib, jamii maxluqot vujudi kutubidin muntaxab va mumtoz qildi ..." [11] Mutafakkirning fikriga ko'ra, olam va undagi maxluqotlarni yaratgan mutlaq hokim insonni hamma narsadan mukammal qilib yaratgan. Olamning, borliqning sirlarini, hikmatini anglashga insongina qodir. Negaki, u aqlu farosat, tafakkur va nutq egasidir. Demak, inson aqlu tafakkuri orqali olamni, borliqni anglashi mumkin. Qodiri Mutlaq

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uni insonni shunday qudratli zot qilib yaratgan. Yaratganni ulug'lashdan keyin, odat bo'yicha, devonda na't (Payg'ambarni madh etish) boshlanadi. Islom olamida insonlarning piri komili bo'lgan Muhammad payg'ambarga madh yozar ekan, Ogahiy uning insoniy sifatlarini nasr va nazmda bayon etadi. Shoir Yaratgandan uning shafoatidan bebahra qoldirmaslikni, noumid etmaslikni o'tinib so'raydi. Bu bilan Muhammad payg'ambarning islom olamida inson nomini sharaflovchi ulug' zot ekanligini ko'rsatadi. Mutafakkirning talqiniga ko'ra inson katta olam (makrokosm)ning barcha xislatlarini jam etgan, bir qismi kichik olam (mikrokosm)dir. Inson ana shu sifatlari bilan ham boshqa maxluqotlardan ustun turadi. Haqning ilk va oxirgi murodi ham inson, degan gumanistik g'oya Muhammadrizo Ogahiy dunyoqarashining mag'zini tashkil etadi.

Komil inson (yetuk axloqli inson) haqidagi fikrlarni an'anaga ko'ra buyuk donishmandlar - hakimlar, sarkardalar, shohlar tilida bayon etadi va ularni adolatli, dono, oqil va kamtar inson sifatida ta'riflab, o'zining komil inson haqidagi konsepsiyasini ilgari suradi.

Bu an'ana o'z o'rnida qadimdan saqlanib kelingan. Masalan, dunyoga mashhur Xorazmiy, Farg'oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy kabi faylasuf, siyosatchi, tarixchi olimlar, o'z qarashlarida komil inson sifatlarini adolatli shoh obrazida ko'radilar. Shuningdek, Alisher Navoiy o'z ijodida "Odil shoh" obrazini shakllantirishga harakat qiladi.

Shu o'rinda Muhammadrizo Ogahiy ijodida ham komillik darajasi Payg'ambardan so'ng, adolatli podshoh obrazida namoyon bo'ladi. Ogahiy o'zining umr davomida xizmat qilgan barcha shohlarga qo'lidan kelguncha adolatli bo'lishni uqtirishga harakat qiladi. Bu ayniqsa Muhammad Rahimxon II Feruz obrazida yaqqol namoyon bo'ladi.

"Muhammad Rahimxonning buyuk shaxs bo'lib shakllanishida zamonasining ulug' tarixchisi va shoiri, ajoyib tarjimoni Muhammadrizo Ogahiyning roli katta bo'lgan. U yosh shahzodani otaliqqa olib, unga ta'lim-tarbiya berib, adabiyot, tarix va san'atga, ayniqsa, she'r va bastakorlikka muhabbat uyg'otgan. Shu bilan birga dono ustoz tarbiyasi va pand nasihatlari tufayli shahzoda o'zida botirlik va tadbirkorlik, adolatli va himmatli bo'lish, fisqu fasodga yo'l qo'ymaslik va dushmanga shavqatsiz bo'lish kabi xislatlarni mujassamlashtirgan" [12]

Alisher Navoiy do'sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan, unga atab "Hiloliya" qasidasini yozadi. Qasidada u Husayn Boyqaroni "hilol oy" (yangi chiqqan oy) timsolida tasvirlaydi. Xususan, Ogahiy ham 1865-yil Muhammad

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Rahimxonning taxtga o'tirishi munosabati bilan unga atab qasida yozadi. Bu qasida "Qasidai nasihat" deb nomlanadi. Qasidaning asosiy ruhi va yo'nalishi oddiy qasidalardan farq qilib, unda shoir xonga yo'l-yo'riq ko'rsatadi, nasihat qiladi, mamlakat xalqini adolat bilan idora etish yo'llarini belgilab beradi. Qasidada xonni maqtashdan ko'ra ko'proq shoir o'z siyosiy qarashlarini ifoda etishni maqsad qilib qo'yadi. [4] Bayoniy o'zining Shajarayi Xorazmshohiy asarida ushbu qasida haqida shunday deydi: "...ul hazratni muxotab etib, davlathohlik tariqin tutib, mav'izaning dodin beribdur" [13]

Ogahiy odil shoh sifatida Muhammad Rahimxon soniyni shunday ta'riflaydi:

Shukrki, shud fosh baahli jahon,

Marhamatu shavqati hayyi qadir.

Ya'ni javonbaxt Muhammad Rahim,

Xoni qavi himmati ravshanzamir.

Az madadi baxt baromad ba taxt,

Bar sari aflok chu mehri munir.

Gasht zi osori julusash hama,

Xurramu xushhol sag'iru Kabir.

Yoft zi altofi inoyati u

Matlabi maqsudi vakilu vazir.

Az g'ami anduh bu'dash sho'dand

Forig'u osuda g'animu faqir.

V-az karamu himmati hilmi hayo

Nist baru hech adilu nazir.

Ogahi torixi julusi xushash,

Qadr raqam shohi adolatsarir. [13]

Ogahiy o'z nasihatlarida saltanatni boshqarishning yo'l-yo'riqlarini ko'rsatadi, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yo'llarini belgilab beradi. Shoir fikricha, har qanday davlat boshlig'i hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega bo'lishi lozim. Podshohi himmatli, shijoatli, adolatli, g'ayratli, saxovatli, hayoli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli kambag'alparvar bo'lishi zarur. Hukmdor shu fazilatlarga ega bo'lsa, hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon bo'ladi, degan fikrni ilgari suradi.

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, Ogahiy o'z asarlarida yuqorida aytganimizdek davlatni boshqarishning o'ziga xos yo'llarini ko'rsatib berdi.

438

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shoirning fikricha, shoh shariat ahkomlariga qattiq amal qilmog'i darkor. Aysh ishratdan, fitna va g'iybatdan, g'aflatdan, yalqovlikdan, zulm-razolatdan, chaqimchilikdan, molparastlikdan uzoq bo'lmog'i kerak. Xiva xoni Feruz Ogahiyning davlatni boshqarish to'g'risidagi maslahatlariga quloq tutib, uning hikmatli baytlarini marmar toshlarga yozdirib arzxonalariga qo'ydirdi, ko'p ezgu ishlarni amalga oshirdi.

Bu davrda Xorazm xalqi mahalliy boylar va rus bosqinchilari zulmi ostida qolgandi. Lekin shunga qaramay xonlikda madaniy-ma'rifiy ishlar rivoj topdi. Bunda Ogahiyning ma'rifiy hissasi katta bo'ldi.

Mutafakkir shoir jamiyatning insonparvarlik imkoniyatlarini oshirishning barcha yo'llaridan foydalanishga harakat qildi, hukmdorlarni adolatga, rahm-shafqatga chaqirdi. Shoir o'z qasidasida insonparvarlik g'oyalarini olg'a surdi, adolatparvar, ma'rifatparvar davlat rahbarlarini orzu qildi va xonni shunga da'vat etdi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ogahiyning Feruzga bergan siyosiy saboqlari bugun ham o'z qiymatini yo'qotgan emas.

REFERENCES

1. Milliy istiqlol g'oyasi aosiy tushuncha va tamoyillar. -T.: O'zbekiston, 2000. -

2. Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. I jild. Devon. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1971. - 392 b.

3. Ogahiy. Jamoling jilvasi. / Tuzuvchi: Ochilov E. - T.: O'zbekiston, 2013. -175 b.

4. Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek o'g'li Ogahiy. Asarlar. II jild // Nashrga tayyorlovchi: G'ulom Karim, muharrir: Dolimov S. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1972. -268 b.

5. Safarboev M. Ogahiy - Shoir va mutafakkir. - T.: O'zbekiston, 1980. - 123 b.

6. Safarboev M. Ogahiy falsafasi - ogohlik falsafasi. / Ogahiy olami. 2-kitob. - U.: Xorazm, 2006. - 125 b.

7. Komil Avaz. Mukoshifat. - T.: O'zbekiston, 1999. - 183 b.

8. Aziziddin Nasafiy. Zubdat ul-haqoyiq (Haqiqatlar qaymog'i). - T.: Kamalak, 1996. - 56 b.

9. Muhammad Rizo Ogahiy. Ta'vizul oshiqin. - T.: Fan, 1960. - 522 b.

10. Qayumov A. Bu ohang ila bo'lg'asen Naqshband. - T.: Fan, 1999. - 21 b.

11. Madina Habibullo qizi. Zehn ziynati. / Ogahiy ijodida muammo janri. - U.: Xorazm, 1998. - 23 b.

B. - 56 b.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

12. Jabborov I. Yuksak madaniyat va noyob ma'naviyat maskani. - T.: O'zbekiston, 2012. - 302 b.

13. Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy. - T.: Kamalak, 1991. - 255 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.