Научная статья на тему 'RUMIY HAYOTI VA DUNYOQARASHINING SHAKLLANISHIGA TA’SIR KO‘RSATGAN OMILLAR'

RUMIY HAYOTI VA DUNYOQARASHINING SHAKLLANISHIGA TA’SIR KO‘RSATGAN OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1512
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so‘fiylik / mavlaviy / tasavvuf / Devoni Shamsi Tabriziy / musulmonlikning muhim xislatlari: halollik / saxovat / himmat / mehru oqibat / ehson / sharm-hayo / ilm izlash / ustoz-shogirdlik / muomala qoidalari / axloq mezonlari. / Sufism / Mawlawi / mysticism / Devoni Shamsi Tabrizi / important qualities of Islam: honesty / generosity / generosity / kindness / charity / modesty / seeking knowledge / teacher-discipleship / rules of conduct / moral standards.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mardonova, Madina Asqar Qizi

Jaloliddin Rumiyning antropologik qarashlarini o’rganish, uning asarlarida yoritilgan insonga xos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar va ta’lim tarbiya, mehnat, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlarning shakllanishi va ijtimoiylashuvini falsafiy jihatdan ochib berish. Jaloliddin Rumiyning hayotida o‘rin egallagan muhim omillar va uning yaratuvchanligiga turtki bo‘lgan shaxslar haqida qisqacha bayoni berilgan. Mazkur mavzuni yoritish bilan birga yosh avlodga tarbiya berish, yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga zamin yaratish, “O’zbek milliy falsafasi” ni yaratish yo’lida o’rta asr musulmon falsafasini o’rganishning dolzarbligi va uning bugungi kundagi ahamiyati nechog’lik muhim ekanligidadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS AFFECTING THE FORMATION OF ROMI'S LIFE AND WORLD VIEW

The study of the anthropological views of Jalaliddin Rumi, the philosophical disclosure of human social qualities, qualities and education, labor, knowledge, various relationships, the formation and socialization of moral norms, reflected in his works. There is a brief description of the important factors in the life of Jalaliddin Rumi and the people who contributed to his creativity. The relevance of the study of medieval Muslim philosophy in the creation of the "Uzbek national philosophy" and how important it is today.

Текст научной работы на тему «RUMIY HAYOTI VA DUNYOQARASHINING SHAKLLANISHIGA TA’SIR KO‘RSATGAN OMILLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

RUMIY HAYOTI VA DUNYOQARASHINING SHAKLLANISHIGA TA'SIR

KO'RSATGAN OMILLAR

Jaloliddin Rumiyning antropologik qarashlarini o 'rganish, uning asarlarida yoritilgan insonga xos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar va ta'lim tarbiya, mehnat, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlarning shakllanishi va ijtimoiylashuvini falsafiy jihatdan ochib berish. Jaloliddin Rumiyning hayotida o'rin egallagan muhim omillar va uning yaratuvchanligiga turtki bo 'lgan shaxslar haqida qisqacha bayoni berilgan. Mazkur mavzuni yoritish bilan birga yosh avlodga tarbiya berish, yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida ma 'naviy-ma 'rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga zamin yaratish, "O 'zbek milliy falsafasi" ni yaratish yo'lida o'rta asr musulmon falsafasini o'rganishning dolzarbligi va uning bugungi kundagi ahamiyati nechog'likmuhim ekanligidadir.

Kalit so'zlar: so'fiylik, mavlaviy, tasavvuf, Devoni Shamsi Tabriziy, musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehru oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, ustoz-shogirdlik, muomala qoidalari, axloq mezonlari.

The study of the anthropological views of Jalaliddin Rumi, the philosophical disclosure of human social qualities, qualities and education, labor, knowledge, various relationships, the formation and socialization of moral norms, reflected in his works. There is a brief description of the important factors in the life of Jalaliddin Rumi and the people who contributed to his creativity. The relevance of the study of medieval Muslim philosophy in the creation of the "Uzbek national philosophy" and how important it is today.

Keywords: Sufism, Mawlawi, mysticism, Devoni Shamsi Tabrizi, important qualities of Islam: honesty, generosity, generosity, kindness, charity, modesty, seeking knowledge, teacher-discipleship, rules of conduct, moral standards.

Изучение антропологических взглядов Джалалиддина Руми, философское раскрытие социальных качеств человека, качеств и воспитания, труда, познания, различных отношений, формирование и обобществление нравственных норм, нашли отражение в его произведениях. Дается краткое

Mardonova Madina Asqar qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mmardonova774. @gmail .com

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

описание важных факторов жизни Джалалиддина Руми и людей, внесших свой вклад в его творчество. Актуальность изучения средневековой мусульманской философии в создании узбекской национальной философии и ее значение в наши дни.

Ключевые слова: суфизм, мавлави, мистицизм, Девони Шамси Табризи, важные качества ислама: честность, великодушие, великодушие, доброта, милосердие, скромность, стремление к знаниям, учитель-ученичество, правила поведения, нравственные нормы.

XIII asrdagi tasavvufning buyuk namoyandasi, so'fiylik ta'limotining yetuk vakili Jaloliddin Rumiy siymosi hayoti va faoliyati bilan ma'naviy yuksak ustoz ko'rinishida gavdalanadi. Uning shunday buyuk shaxs sifatida kamol topishi, yaratgan asarlarining bebaho qiymatga ega bo'lishida o'sha davr shart-sharoiti va undagi ustozlarning o'rnini o'rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Jaloliddin Rumiyning asl ismi Muhammad ibn Muhammad bin Husayn al-Balxiy deya qayd etiladi. "U yoru do'stlari tomonidan Mavlono sifatida e'zozlangan. "Jaloliddin", "Rumiy", "Mavlaviy" kabi bir necha taxalluslarga ega bo'lgan. Mavlono hijriy-qamariy 604yili rabi' ul-avval oyining oltinchi (milodiy 1207 yil 30 sentabr) kuni "Ummul-bilod" ("Shaharlar onasi") deb atalmish qadimiy Balxda dunyoga kelgan. Uning otasi BahouddinMuhammad (Bahoulvalad) shaharning eng mashhur voizlaridan bo'lgan.

Aflokiyning aytishicha, uni dastlab otasi "Xudovandigor" deb chaqirgan. "Xudovandigor" so'zi "sarvar", "janob" ma'nolarini anglatib, yuksak ma'naviy va ijtimoiy hurmatga sazovor kishilarga nisbatan "Xoja" nomi o'rnida qo'llanilgan. Rumiyga nisbat berilgan "Mavlono" so'zi ham,arabchada "xo'ja", "janob" ma'nolarini ifodalaydi.O'zagi "mavlo" bo'lib, ko'pligi - "mavoliydir" Bundan ko'rinib turibdiki Rumiy shaxsi xalq ichida hurmat bilan tilga olingan.Rumiy o'zidan keyingi avlodlarga 5 muqim va qimmatbaho asarlarini qoldirdi: "Devoni kabir", "Devoni Shamsi Tabriziy","Devoni Shamsul Haqoyiq" degan nomlar bilan mashhur bo'lib, g'azal va ruboiylardan iboratdir".(1) "Masnaviyi ma'naviy" esa 25700 baytdan tashkil topgan bebaho ta'limiy-tarbiyaviy asar. "Fiyhi ma fiyhi" ("Ichindagi ichindadir")-Mavlononing suhbatlaridan iborat falsafiy kitob. "Mavoizi majolisi sab'a" - Rumiyning yetti o'git va pand-nasihatlarini qamrab olgan. "Maktubot" -Mavlononing turli davrlarda zamondoshlariga yozgan maktublaridan tuzilgan to'plam.Navoiy "Mahbub ul-qulub" asarida Rumiy haqida, uning ijodi va so'z san'ati

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

borasida so'z yuritar ekan, qalam ahlini uch guruhga ajratib, Jaloliddin Rumiyni birinchi toifaga mansub shoirlardan, deb hisoblaydi:(2)".Yana qoyili masnaviyi ma'naviy, g'avvosi bahri yaqin (aniq ilmdagi g'avvos) Mavlono Jaloliddin, ya'ni Mavlaviy Rumiydurki, maqsadlari nazmdan asrori ilohiy adosi va ma'rifati namutahoniy imlosidin o'zga yo'qdur".(3) U o'zining barcha asarlarida yeru ko'kning sohibi bo'lmish Allohi karimni va uning zamindagi xalifasi Hazrati insonni ulug'laydi .

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xalqning intilish va qiziqishlarining asosiy mavzusi mo'g'ul bosqinchilarini la'natlash, unga nisbatan cheksiz nafrat va olijanob insoniy fazilatlarni ulug'lash bo'ldi. Bu xalq og'zaki ijodi va tarixiy asarlarda o'z ifodasini topdi. Bu asrga kelib Movarounnahr va Xorazmda yozma adabiyot namoyandalarining o'z yurtlarida badiiy ijod bilan shug'ullanishlari uchun umuman hech qanday imkoniyat yo'q edi. Mo'g'ullar qirg'inidan tasodifan qutulib qolgan adiblar, yozuvchilar, shoir va olimlar o'z vatanlarini tark etib, boshqa mamlakatlardan boshpana izlashga majbur bo'ldilar. Ulardan ko'plari Hindiston, Eron, Turkiya, Misr va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlariga bosh olib ketdilar. Markaziy Osiyodan borgan ijodkorlar boshqa mamlakatlarda bo'lsa ham o'z xalqlarining madaniyati va adabiyoti rivojiga hissa qo'shdilar. Bu davrda badiiy ijod bobida qalam tebratgan so'z ustalarining kattagina guruhi so'fiylik - tasavvuf tariqati yo'lidan bordilar, barcha ilmiy doiralar va fikriy harakatlar esa aqliy dalillar, qiyoslar keltirishga haddan tashqari berilib ketdi. Barcha ulamolar, ilmiy doiralar, botiniy haqiqatlarni isbot qilish uchun, albatta, aqliy dalillar va falsafiy muqaddimalar keltirishi oddiy zaruratga aylanib qoldi. Shuning uchun o'sha davr kalom ilmi (Qur'on tafsiri ilmi) va falsafasi (mushohada ilmi) hamma ilmlardan ustun turdi. Bu ikki narsasiz ish bitmas edi. O'sha davrdan boshlab savod o'rgatish Qur'on va hadislarni o'rganish, ulardagi ko'rsatmalarni o'zlashtirish bilan birga olib borildi. Shunga ko'ra,Qur'on va hadislardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta'sir etgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehru oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, ustoz-shogirdlik, muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o'z ifodasini topdi. Bular Sharq adabiyotiga, jumladan, ta'limiy-axloqiy asarlarga ta'sir etdi. "Ta'limiy-axloqiy asarlar bevosita hadislarda ilgari surilgan g'oyalar asosida yaratildi.

Jaloliddin 12 yoshida uning ota-onasi ham mo'g'ul bosqini xataridan qochish, ham haj farizasini ado etish niyatida Balxni tark etadilar.1230 yildan bu oila Kuniyada qo'nim topadi. Yosh Jaloliddin Shom, Halab, Damashq, Qaysariya va boshqa yirik ilm markazlarida 7 yil ta'lim oladi, o'z davrining yetuk donishmandi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bo'lib etishadi. Taniqli rumiyshunos Zarrinkub ta'biri bilan aytganda, «Mavlononing 68 yillik ajoyib umri boshdan oyoq bir she'r, go'zal, betakror, tug'yonli ash'or jarayoni, sadosi va bongi bilan yo'g'rilib o'tdi».Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy»i da barkamollik, kamolga erishuv yo'llari yorqin misollar bilan bayon etiladi. Jaloliddin Rumiy yoki Mavlono Rumiy nomi bilan mashhur bo'lgan zot dunyoning donishmandlaridan biri, benazir shoir va betakror bir mutafakkir, valiy insondir. Uni goh Kant, goh Spinoza, goh Hegel kabi faylasuflar bilan qiyoslaydilar. Ammo Mavlono Rumiy hech kimga o'xshamaydi, u muazzam Sharq tafakkurining mo''jizali bir haykalidirkim, unda tasavvuf taraqqiyoti ham, ilmu hikmat va falsafa ham, she'riyat va ma'naviyat ham birlashib, oliy ko'rinishda namoyon bo'ladi. Uning olti daftardan iborat "Masnaviy ma'naviy" nomli asarini "fors tilidagi Qur'on" deb tavsiq etadilar"(4)

Mavlono Jaloliddin Rumiy - jahon mumtoz adabiyotining eng buyuk siymolaridan, bashariyat shoiri deb shuhrat qozongan zabardast allomadir. Mana qariyb sakkiz asrdirkim Mavlononing nomi tillardan tushmaydi, rumiyona satrlar ellardan-ellarga o'tib, jahon kezadi. Alisher Navoiy ul zoti sharifni ustozlar ustozi deb atagan, Abdurahmon Jomiy esa, paygambar emas,ammo payg'ambarlik kitobi bor deya takidlaydi. Jaloliddin Rumiy o'zidan keyingi Sharq she'riyati, fikriy va ma'naviy taraqqiyotiga ulkan ta'sir o'tkazgan ijodkordir. Alisher Navoiy uni ilohiy ishq kuychisi, buyuklikning ko'z ilg'amas cho'qqisi deb sharaflaydi.

Jaloliddin Rumiyning hayotiy faoliyatidan, ijodiy ibratidan, "olam va bashariyatning birligi", borliqning rang-barangligi-yu odamlarning xilma-xilligi haqidagi asarlaridan shularni tuymoq va uqmoq mumkinki, Mavlono bir umr o'zi bilan, nafs va ta'ma bilan jang qilgan - komillikka erishmoq, Rumiy o'z asarlarida insonni tadqiq etadi, uning tabiati va intilishlarini kuzatadi, botiniy jilolar va surilishlar, qalb siljishlarini qidirib topadi.

REFERENCES

1. Jaloliddin Rumiy "Hikmatlar" Muslimbek Musallam tarjimalar.i https://khdavron.uz/kutubxona/qoshimcha/rivoyatlar/jaloliddin-rumiy-hikmatlar.html. 2017.-B.11.

2. Jaloliddin Rumiy. "Masnaviy-Ma'naviy" http://library.ziyonet.uz/ru/book/download/16630//2019,-B.4.

3. Jaloliddin Rumiy. Ma'naviy masnaviy. 1-jild, 1-kitob & Najmiddin Komilov. Rumiyni anglash ishtiyoqi

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. Jaloliddin Rumiy. Hikoyathoi xalqii "Masnavy" Dushanbe, 1963.- B.12-13.

5. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 334-337.

6. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.

7. Jurayev, S. S. U. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.

8. Jurayev, S. S. O. (2021). Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 395-401.

9. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.

10. Saidov, S. (2022). "TADBIR UL-MANZIL" RISOLASI-OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 894-897.

11. Jurayev, S. S. O. G. L. (2022). ABU ALI IBN SINONING INSON VA UNING MA'NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 902-908.

12. Jurayev, S. S. O. G. L. (2022). ABU ALI IBN SINO VA UNING FALSAFIY QARASHLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 4-2), 16-24.

13. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILI//A cadem ic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

14. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

15. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA" ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.