Научная статья на тему 'MUHAMMAD RIZO OGAHIY IJODIDA AXLOQIY MASALALAR TAHLILI'

MUHAMMAD RIZO OGAHIY IJODIDA AXLOQIY MASALALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3171
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Karimov.T / Qodirov. M / “Ta‘viz ul-oshiqin” / “Munis ul-ushshoq” / axloq / insoniylik / vatanparvarlik / iymon / e‘tiqod / saxiylik / poklik / mehr-muruvvat / “g‘ayratgoh” / “gavhari qimmatbaho”. / Karimov.T / Kadyrov. M / “Tawiz ul-ashiqin” / “Munis ul-ushshak” / morality / humanity / patriotism / faith / belief / generosity / purity / kindness / “zeal” / “precious pearl”.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ergasheva, Feruza, Sulaymonov, Jasur

Mazkur maqolada Muhammad Rizo Ogahiyning “Ta‘viz ul-oshiqin” Devonida keltirilgan g‘azallarida ma‘naviy va axloqiy qarashlar tasvirlangan. Devonda Ogahiy mamlakatni idora qilish masalasiga xalq manfaati, yurt obodligini ko‘zlagan holda yondoshgan, insonning farovonligi va baxt-saodatini birinchi o‘ringa qo‘ygan. Darhaqiqat, axloq va odob har bir jamiyatning ma‘naviy qiyofasini belgilar ekan, jamiyat va shaxs manfaatlari chuqur o‘rganilayotgan, ma‘naviy komillik darajasi takomillashib borayotgan bugungi kunda Ogahiyning “pokiza gavhar so‘zlari” ruhimizni poklab , opzligimizni anglashga xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF MORAL ISSUES IN THE WORK OF MUHAMMAD RIZA OGAHI

This article describes the spiritual and moral views of Muhammad Riza Agahi in his poems in Tawiz ul-Ashiqin. In Devon, Ogahi approached the issue of governing the country in the interests of the people, the welfare of the country, and the well-being and happiness of the people. Indeed, while morality and decency define the spiritual image of any society, the interests of society and the individual are being studied in depth, and the level of spiritual perfection is improving today.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD RIZO OGAHIY IJODIDA AXLOQIY MASALALAR TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHAMMAD RIZO OGAHIY IJODIDA AXLOQIY MASALALAR

TAHLILI

Ergasheva Feruza

Toshkent Davlat Sharqshunoslik

Universiteti 2-kurs talabasi Ilmiy rahbar: Jasur Sulaymonov

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Muhammad Rizo Ogahiyning "Ta 'viz ul-oshiqin " Devonida keltirilgan g'azallarida ma'naviy va axloqiy qarashlar tasvirlangan. Devonda Ogahiy mamlakatni idora qilish masalasiga xalq manfaati, yurt obodligini ko 'zlagan holda yondoshgan, insonning farovonligi va baxt-saodatini birinchi o'ringa qo'ygan. Darhaqiqat, axloq va odob har bir jamiyatning ma'naviy qiyofasini belgilar ekan, jamiyat va shaxs manfaatlari chuqur o'rganilayotgan, ma'naviy komillik darajasi takomillashib borayotgan bugungi kunda Ogahiyning "pokiza gavhar so'zlari" ruhimizni poklab , opzligimizni anglashga xizmat qiladi.

Kalitso'zlar: Karimov.T, Qodirov. M, "Ta'viz ul-oshiqin", "Munis ul-ushshoq", axloq, insoniylik, vatanparvarlik, iymon, e'tiqod, saxiylik, poklik, mehr-muruvvat, "g 'ayratgoh ", "gavhari qimmatbaho ".

ABSTRACT

This article describes the spiritual and moral views of Muhammad Riza Agahi in his poems in Tawiz ul-Ashiqin. In Devon, Ogahi approached the issue of governing the country in the interests of the people, the welfare of the country, and the well-being and happiness of the people. Indeed, while morality and decency define the spiritual image of any society, the interests of society and the individual are being studied in depth, and the level of spiritual perfection is improving today.

Keywords: Karimov.T, Kadyrov. M, "Tawiz ul-ashiqin", "Munis ul-ushshak", morality, humanity, patriotism, faith, belief, generosity, purity, kindness, "zeal", "precious pearl".

АННОТАЦИЯ

В данной статье описываются духовно-нравственные воззрения Мухаммада Ризы Агахи в его стихах в «Тавиз улъ-Ашикин». В Девоне Огахи подошел к вопросу управления страной в интересах народа, благосостояния страны, благополучия и счастья народа. Действительно, в то время как нравственность и порядочность определяют духовный облик любого общества,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

интересы общества и личности глубоко изучаются, а уровень духовного совершенства сегодня повышается.

Ключевые слова: Каримов Т., Кадыров. М, «Тавиз ул-ашикин», «Мунис ул-ушшак», нравственность, человечность, патриотизм, вера, вера, великодушие, чистота, доброта, «усердие», «драгоценная жемчужина».

KIRISH

Muhammad Rizo Ogahiy komil, inson eng avvalo, yuksak axloq bo'lishi kerakligini, uning bu hayotdagi vazifasi halollik va rostgo'ylikni qaror toptirish, yomon rasm-u rusumlarni yo'qotib, yaxshi, ezgulikka boshlaydigan qonun-qoidalarni joriy etishdan iboratligini o'z g'azallarida yorqin ifoda etadilar. Inson komil inson darajasiga yetishi uchun ham o'zini anglab yetishi kerak. Zero o'zini anglamagan inson bu dunyodagi hech bir voqelikni anglamaydi. Muhammad Rizo Ogahiy insoniyat, undagi go'zal va oliyjanob axloqiy fazilatlarni ulug'laganlar, ularning aksi boplgan g'ayriinsoniy illatlarni qoralaganlar. Keskin tanqidga, jamiyatda ildiz otgan nohaqlik, yulg'ichlik, mansabparastlik, g'irromlik va nodonlikni fosh etishga bag'ishlangan asarlarida haqiqiy gumanist sifatida namoyon bo'ladilar, chunki ular nazarida insonga xizmat qilmagan tuzum, davlat, boylik muvaqqat, o'tkinchidir. O'tkinchi narsalarga mehr qo'yish, sig'inish kishi ma'naviy-axloqiy tanazzulga yetaklaydi.

ADABIYOTLAR VA METODLAR

Mazkur maqolada Muhammad Rizo Ogahiyning "Ta'viz ul-oshiqin" Devonida keltirilgan g'azallarida ma'naviy va axloqiy qarashlar tasvirlangan. Devonda Ogahiy mamlakatni idora qilish masalasiga xalq manfaati, yurt obodligini ko'zlagan holda yondoshgan, insonning farovonligi va baxt-saodatini birinchi o'ringa qo'ygan. Ogahiy ijtimoiy tuzumdan noroziligini keskin tanqid tarzida ifodalagan bo'lsalar-da, bugun ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni tubdan o'zgartirishni emas, balki shoh, amaldorlar va fuqarolarni ma'naviy-axloqiy yuksaltirish masalalarini ko'tarib chiqqanlar. Ular merosida keskin o'zgarishlar kuzatilmaydi, balki Sharqqa xos evolutsion rivojlanishga oid g'oyalar ilgari suriladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Muhammad Rizo Ogahiyning boy axloqiy merosi, o'tmishdan saqlanib kelayotgan xulq-odob qoidalari, o'gitlariyu pansd-nasihatlari haqida o'zining tarbiyaviy ahamiyatini yo'qotmagan. Buyuk allomalarning kasb-hunar va ilm-fanni egallash haqidagi hikmatli fikrlari, donolik, adolat, shijoat, iffat, mo'tadillik,

to'g'rilik, saxiylik, mehnatsevarlik, ishq-muhabbat kabi insoniy fazilatlar xususida

743

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nurma'no sopzlari hozirgi kunda ham.hammani yaxshilikka va xayrli ishlar qilishga undab, kishilami yovuzlikka, adolatsizlikka, nodonlikka qarshi kurashga chorlab keladi.

Muhammad Rizo Ogahiy axloq masalariga bag'ishlangan maxsus asarlar yozmaganlar, axloq ilmining nazariy-falsafiy jihatlari bilan ham shug'ullanmaganlar. Ular ijtimoiy-axloqiy qarashlarini gumanistik g'oyalarini badiiy yo'l bilan, ya'ni g'azal, qasida, ruboiylar hamda badiiy- tarixiy asarlarida bayon etganlar. Shuning uchun ularning gumanistik g'oyalari ijtimoiy-siyosiy qarashlari, mavjud tuzumga bo'lgan tanqidiy munosabatlari bilan qorishib ketadi. Bunday yondashuv mutafakkirlar gumanistik merosining o'ziga xosligi va muhim xususiyatlarini bildiradi. Zero, mutafakkirlar asarlarida halollik, rostgo'ylik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik singari axloqiy fazilatlar gumanistik g'oyalar sifatida keladi, ular insonda oliyjanob xislatlarni shakllantirishga qaratilgan. Muhammad Rizo Ogahiy xalqning dard-armonlari, orzu-intilishlarini, odam va olam, shaxs va jamiyat, turli ijtimoiy guruhlarning ziddiyatlariga, munosabatlarini gumanistik g'oyalari nuqtai nazarudan baho beradi.

Muhammad Rizo Ogahiy ijtimoiy-axloqiy qarashlarida Qur'on, hadislar va tasavvuf ta'limotidagi insoniylik, poklik, mehr-u muruvva, saxiylik, xokisorlik, insof, hayo, imon-e'tiqod, vijdoniylik, bilimdonlik, mehnatsevarlik va vatanparvarlik kabi fazilatlarni egallash muhim o'rin egallaydi. Bunday axloqiy g'oyalar nafaqat o'sha davrda, balki hozirda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, hayotning o'zi tasdiqlaganidek, ma'naviy barkamollik, axloqiy yetuklik mamlaakatning demokratik taraqqiyotiga tayanch bo'ladi. Shuning uchun ham jamiyatni demokratiyalashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish jarayonida mazkur ijtimoiy-axloqiy qarashlardan o'rinli va samarali foydalanish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Muhammad Rizo Ogahiy falsafiy-axloqiy qarashlari negizida Sharq falsafasining ta'siri yaqqol sezilib turadi. U XIX asrning, o'zi yashagan davrning eng muhim voqealarini qalamga olar ekan, inson ma'naviyatiga, axloqi, xulq-odobi va uni shakllantirishga alohida e'tibor qaratgan. Insonni ulug'lab uni har narsadan sarbaland deb bilgan.

Sarbaland o'lsam ajab ermas bani odam aro, Kim muayyan ul sarafroz nasli odamdir mango.1

Ogahiy bu fikri bilan Tangri taoloning insonni hattoki farishtalardan ham ustun va ulug' qilib yaratgani, insonni yerdagi xalifam deb ataganligi, ya'ni insonga barcha yaratganlaridan ko'ra ko'proq muhabbat bergani unga tafakkur qilish imkoni berilganligini nazarda tutadi. Demak inson boshqa jamiki mavjudotlardan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sarbalanddir. Ogahiyning yana bir g'azalida insonning yashashdan maqsadi, uning jamiyat va ma'naviy hayotdagi o'rni haqida falsafiy mushohadaga boy fíkrini qog'ozga tushirar ekan u umrning o'tkinchiligi, hamma "g'ayratgoh"ga, ya'ni dunyoga mehmon bo'lib kelganlarning ketishi, mana shu qisqa davr ichida abdiylikka daxldorlik, komillikka intilib yashash zarurligi bayon qilingan. Quyida shu parcha:

Bu g'ayratgoh sayrig'a adab birla qadam qo'ykim, Necha ozoda jismi har qadam ostidadur pinhon.2 Muhamad Rizo Ogahiy barcha insonlar bu hayotda aqlga egalik qilishlari bilan bir ekanligi, lekin aqliy darajalari bilan bir-biridan farqlanishlarini majoziy tarzda tushuntirgan. U aql egalarini ikki turga bo'ladi. Yuksak aql egalari va xudbin aql egalari. Insonlar mana shu aql darajalariga qarab ijtimoiy hayotda o'z o'rinlariga ega bo'ladilar. Ogahiyning zamondoshi bo'lgan Munis Xorazmiy ham o'z g'azallarida olamni, borliqni mavjudligini aks ettiradi. Xorazmiy ana shunday ahamiyatdagi g'azalida uning naqshbandiya tariqatiga xayrihohligi ifoda etilgan:

Soliki rohi fano ko'rmas safar ranginikim, Naqshbandiy manzili maqsaddur avval kam ango.3 Xorazmiy bu g'azali bilan inson qalbi eng oliy xazina bo'lib unda Allah maskan tutadi. Dilida Allah bo'lgan kishi botiniy go'zal bo'lib, mutlaq ruhning jilvasi bilan kamolot sari intiladi. Mutlaq ezgulik egasi bo'lmish Allah o'zining ilohiy kitobi bo'lmish Qur'oni Karimda insonni ezgu ishlar qilish, ezgulikka ezgulik bilan javob berish uchun yaratdi. Zero, Allah insonni yaratib, ezgulik namunasini ko'rsatgan ekan, uning bandasi bo'lmish odamzod ham ezgulikka ezgulik bilan javob berishi kerak. Shuning uchun ham Ogahiy e'tiqodni ezgulikka va go'zallikka muhabbatning ularga iqtido qilishning eng oliy darajasi deyish mumkin deb hisoblaydi. Shu ma'noda u inson ezgulikka e'tiqod orqaligini erishadi degan fikrni olg'a suradi. Binobarin Qur'oni Karim va hadislarda haqiqiy ezgulikni yuksak namunalri qayd etib o'tilgan. Zero, "...butun islom dunyosi jumladan, respublikamiz aholisio'z tarixiy o'tmishida barcha inson zotiga mehr va muruvvat ko'rsatishni o'zining muqaddas vazifalaridan biri"4 deb bilgan.

Shoir dono kishilarni, ilm-u donish bilan shug'ullanuvchi , aql bilan ish yurituvchi, hikmat, ilm-u kalom, sarf-u nahv ilmlarini egallashga intiluvchilarni haqiqiy insonlar deb ataydi. Uning fikricha ilm-u ma'rifat insonni yuksaklikka ko'taradi, ma'naviy-axloqiy kuchlarni oshiradi.

Ilm andoq ganji nofi'idir bani odamg'akim, Kimda ul bo'lsa, iki olam bo'ur obod ango.5

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bunda shoir o'zining fikri bilan ilm ikki olamga ham tegishli yaxshiliklarni keltirishga dalolat qiladi. Bu bilan shoir insondagi ma'naviy boylikning moddiy boylikdan ustunligini ta'kidlaydi. Shoir ilm-ma'rifat odamni hayvondan farqlaydi degan fikrni ilgari suradi.

Odamdur ilm-u donish birla odam yo'q esa, Jumlai hayvong'adur yakson qadu, ruxsori lab.6

Shoir istibdodga qarama-qarshi o'laroq madaniyat va ma'rifatning taraqqiyoti uchun kurashadi. Shuning uchun ham mutafakkir gumanistik qarashlarining negizini inson va uning aqliy kamoloti tashkil qiladi. Ogahiy "Hazin ko'nglimg'a saxbai" she'rida mol-u mulk o'tkinchi, ilm-u hikmat va uning vositasida ma'rifafli kishilarning qilgan ezgu ish va amallarigina boqiydir degan ijtimoy-falsafiy g'oyani bildiradi. "Degil insonga so'z" g'azalida esa insonning yuksak fazilatlari, dono, aqlli koshilarning ibratli so'zlarini gavharga o'xshatib, ularni nodon va johillarga qarshi qo'yadi.

Ey ko'ngil, odam xayol aylab dema nodong'a so'z, Chunki ul inskn emas, topsang degil insonga so'z.7

XULOSA

Muhammad Rizo Ogahiy asarlarini tahlil qilar ekanmiz ulardagi yuksak axloqiy ma'naviyfazilatlar insonni ezgulikka, oliyjanob ishlarga yetaklaydi. Maqoladagi tahliliy kuzatishlardan shunday xulosa chiqadiki, birinchidan Ogahiy insonning har bir xatti-harakati va niyati ma'naviyatga, axloqiylikka tegishli insonning barcha xatti-harakatlari ma'navif axloqiy, me'yorlar bilan o'lchanadi. Ikkinchidan Ogahiy ma'naviy-axloqiy fazilatlarni universal voqelik darajasida tushunganlar, shuning uchun kishilarga hurmat e'tibor, vatanparvarlik, fidoyilik, ma'rifatparvarlikni ma'naviy-axloqiy qadriyatlar bilan birga olib borishga da'vat etganlar. Ogahiy ijodidagi bunday ma'naviy-axloqiy fazilatlarga universal voqelik sifatida qarash Xorazm mutafakkirlari ijodida , dunyoqarashida yorqin namoyon bo'ldi. Uchinchidan, Ogahiy asarlatida ilm-ma'rifat insonga xos ma'naviy-axloqiy fazilat sifatida qaraladi. Xususan insonning ma'naviy kamolotga erishishida ilmning ahamiyati beqiyosdir. Ilm-ma'rifatga erishishdan maqsad esa "iki dunyo saodatini egallash", jaholatdan qutulish, ezgu ishlarni amalga oshirishdir. Demak Ogahiy ma'naviy-axloqiy qarashlaridan eng asosiy va umumiy xulosa shuki:

"Ilm ilm uchun emas, balki insonning ma'naviy kamoloti uchun zarur!"

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. VI jildlik, 1jild Devon.—T.: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1971.-54.b

2. Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. VI jildlik, 1 jild Devon.—T.: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1971.-367.b

3. "Munis ul-ushshoq" O'zFAShI. Inv N-0940.1a varoq

4. Karimov T. Qodirov M. Ezgulikning ijtimoiy mazmuni va uning takomil bosqichlari. Ezgulik yo'lida ilmiy to'plam. Mas'ul muxarrirlar I.S.Saifnazarov. Toxir Karimov.—.:2006. -18b.

5. Muhammad Rizzo Ogahiy. Asarlar. VI jildlik, 1jild Devon.—T.:G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va San'at nashriyoti, 1971.-71 b

6. Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. VI jildlik, 1 jild Devon.—T.:G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va San'at nashriyoti, 1971.- 110 b

7. Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. VI jildlik, 1 jild Devon. —T.: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va San'at nashriyoti, 1971.- 119 b

8. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILI//A cadem ic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

9. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

10. Sulaymonov, J. Karimov, N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

11. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

12. Sulaymonov, J.B. Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar//Falsafa va huquq jurnali. 2019 yil 1-soni. 42-45 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.