Научная статья на тему 'ABU NASR FOROBIY VA IBN MISKAVAYH AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY TAHLILI'

ABU NASR FOROBIY VA IBN MISKAVAYH AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1250
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abu Nasr Forobiy / Ibn Miskavayh / “Musiqa kitobi” / mashshoiyyunlik / yangi aflotunchilik / “Al-fuzul asg‘ar” / “Metafizika” / “Tahzibul-axloq” / “Kitab at-Tahora” / “Tathirul-A’roq” / amaliy axloq / go‘zal xulq / axloqiy komilik / baxt-saodat / johiliyat / aql va e’tiqod / adolat. / Abu Nasr al-Farabi / Ibn Miskawayh / “The Book of Music” / Mash'ahiyyah / new platonism / “Al-Fuzul Asghar” / “Metaphysics” / “Tahzibul-Akhlaq” / ”Kitab at-Tahara” / “Tathir al-Araq” / practical morality / good manners / moral perfection / happiness / ignorance / intellect and faith / justice

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sulaymonova, Shahnoza Nodirovna

Maqola ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixining dolzarb masalalaridan biri buyuk mutafakkirlar Abu Nasr Forobiy va Abu Ali Ibn Miskavayhlarning axloqiy qarashlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Forobiy va Miskavayhning falsafiy ta’limotlari asosida mashshoyiyun oqimining O‘rta asr Musulmon Sharqi ahloqshunosligida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. X-XI asrning yirik mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy va Abu Ali Ahmad ibn Muhammad Yoqub ibn Miskavayh, o‘zlarining falsafiy qarashlari va ta’limoti bilan ilm-fanda hamda islom falsafiy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirganligi hamda Forobiy “Ikkinchi muallim” (“Muallim us-saniy”) nomi bilan, Miskavayh esa “Uchinchi muallim” (“Muallim us-salis”) nomi bilan mashhurligi, bu yuksak unvonlar ularning musulmon arab falsafasiga qo‘shgan hissasiga berilgan bahoning yaqqol namunasi ekanligi keltiriladi. Shuningdek, Forobiy va Ibn Miskavayhning axloqiy qarashlari yunon falsafasidan ta’sirlanganligi uchun ham o‘xshash sifatga ega ekanligi aytiladi. Forobiy va Ibn Miskavayh esa yunon mutafakkirlarining jamiyat va ijtimoiy axloq to‘g‘risidagi ta’limotlarini islomiy nuqtai nazardan qayta ishlaganliklari, ularning baxt-saodat haqidagi qarashlari aql va ilmga asoslanib, ruhiyatning moddiyatdan ustun qo‘yishi jihati ham o‘zaro mos kelishi faylasuflar asarlaridan keltirilgan iqtiboslar bilan dalillanadi. Forobiyning axloqiy qarashlari tom ma’noda Miskavayhning axloqiy qarashlariga ta’sir o‘tkazganligini yoritishga harakat qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF THE ETHICS OF ABU NASR FAROBIY AND IBN MISKAWAYH

The article deals with a comparative analysis of the ethical views of the great thinkers Abu Nasr Farabi and Abu Ali Ibn Miskawayh, one of the most pressing issues in the history of socio-philosophical thought. The article analyzes the role of the Mashheyid influences in medieval Muslim Eastern ethics based on the philosophical and philosophical teachings of Farabi and Miskawayh. Abu Nasr Farabi and Abu Ali Ahmad ibn Muhammad Yaqub bin Miskawayh, the great thinkers of the eleventh century, had left a clear mark on science and the history of Islamic philosophical thinking. Abu Nasr Farabi is known as the "Second Teacher" and Miskawayh is known as the "Third Teacher". These high titles are a clear example of their contribution to the development of Muslim Arabic philosophy. It is also said that the ethical thoughts of Abu Nasr Farabi and Ibn Miskawayh were of similar quality, because they were influenced by Greek philosophy. Farabi and Ibn Miskawayh reinterpreted the Greek philosophers' doctrines on society and social morality from an Islamic point of view, and their philosophies of happiness were based on reason and science, and the philosophical quotations from the philosophers overlap with the spirit. It seeks to illuminate how Farabi's moral values literally influenced the ethics of the Miskawayh.

Текст научной работы на тему «ABU NASR FOROBIY VA IBN MISKAVAYH AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ABU NASR FOROBIY VA IBN MISKAVAYH AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY TAHLILI

Sulaymonova Shahnoza Nodirovna

TDShU doktoranti

shahnozanodirovna@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqola ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixining dolzarb masalalaridan biri buyuk mutafakkirlar Abu Nasr Forobiy va Abu Ali Ibn Miskavayhlarning axloqiy qarashlarini qiyosiy tahlil qilishga bag'ishlanadi. Forobiy va Miskavayhning falsafiy ta'limotlari asosida mashshoyiyun oqimining O'rta asr Musulmon Sharqi ahloqshunosligida tutgan o 'rni tahlil qilinadi.

X-XI asrning yirik mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy va Abu Ali Ahmad ibn Muhammad Yoqub ibn Miskavayh, o 'zlarining falsafiy qarashlari va ta 'limoti bilan ilm-fanda hamda islom falsafiy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirganligi hamda Forobiy "Ikkinchi muallim" ("Muallim us-saniy") nomi bilan, Miskavayh esa "Uchinchi muallim" ("Muallim us-salis") nomi bilan mashhurligi, bu yuksak unvonlar ularning musulmon arab falsafasiga qo 'shgan hissasiga berilgan bahoning yaqqol namunasi ekanligi keltiriladi.

Shuningdek, Forobiy va Ibn Miskavayhning axloqiy qarashlari yunon falsafasidan ta'sirlanganligi uchun ham o'xshash sifatga ega ekanligi aytiladi. Forobiy va Ibn Miskavayh esa yunon mutafakkirlarining jamiyat va ijtimoiy axloq to'g'risidagi ta'limotlarini islomiy nuqtai nazardan qayta ishlaganliklari, ularning baxt-saodat haqidagi qarashlari aql va ilmga asoslanib, ruhiyatning moddiyatdan ustun qo'yishi jihati ham o'zaro mos kelishi faylasuflar asarlaridan keltirilgan iqtiboslar bilan dalillanadi. Forobiyning axloqiy qarashlari tom ma'noda Miskavayhning axloqiy qarashlariga ta'sir o'tkazganligini yoritishga harakat qilinadi.

Kalit so'zlar: Abu Nasr Forobiy, Ibn Miskavayh, "Musiqa kitobi", mashshoiyyunlik, yangi aflotunchilik, "Al-fuzul asg'ar", "Metafzika", "Tahzibul-axloq ", "Kitab at-Tahora ", "Tathirul-A 'roq ", amaliy axloq, go 'zal xulq, axloqiy komilik, baxt-saodat, johiliyat, aql va e'tiqod, adolat.

The article deals with a comparative analysis of the ethical views of the great thinkers Abu Nasr Farabi and Abu Ali Ibn Miskawayh, one of the most pressing issues in the history of socio-philosophical thought. The article analyzes the role of

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

the Mashheyid influences in medieval Muslim Eastern ethics based on the philosophical and philosophical teachings of Farabi and Miskawayh.

Abu Nasr Farabi and Abu Ali Ahmad ibn Muhammad Yaqub bin Miskawayh, the great thinkers of the eleventh century, had left a clear mark on science and the history of Islamic philosophical thinking. Abu Nasr Farabi is known as the "Second Teacher" and Miskawayh is known as the "Third Teacher". These high titles are a clear example of their contribution to the development of Muslim Arabic philosophy.

It is also said that the ethical thoughts of Abu Nasr Farabi and Ibn Miskawayh were of similar quality, because they were influenced by Greek philosophy. Farabi and Ibn Miskawayh reinterpreted the Greek philosophers' doctrines on society and social morality from an Islamic point of view, and their philosophies of happiness were based on reason and science, and the philosophical quotations from the philosophers overlap with the spirit. It seeks to illuminate how Farabi's moral values literally influenced the ethics of the Miskawayh.

Keywords: Abu Nasr al-Farabi, Ibn Miskawayh, "The Book of Music", Mash'ahiyyah, new platonism, "Al-Fuzul Asghar", "Metaphysics", "Tahzibul-Akhlaq","Kitab at-Tahara", "Tathir al-Araq" , practical morality, good manners, moral perfection, happiness, ignorance, intellect and faith, justice.

АННОТАЦИЯ

Одним из важнейших вопросов истории социально-философской мысли является сравнительный анализ нравственных воззрений великих мыслителей Абу Насра аль-Фараби и Абу Али ибн Мискавайха. На основе философских учений Фароби и Мискавайха анализируется роль движения Машхайюн в средневековой мусульманской восточной этике.

Великие мыслители X-XI веков Абу Наср аль-Фараби и Абу Али Ахмад ибн Мухаммад Якуб ибн Мискавайх оставили яркий след в науке и истории исламской философской мысли своими философскими воззрениями и учениями. Фараби известен как «Второй учитель» («Муаллим ас-Сания») и Мискавайх известен как «Третий Учитель» («Муаллим ус-салис»), что является наглядным примером высокой оценки их вклада в мусульманскую арабскую философию.

Также говорят, что моральные взгляды Фараби и Ибн Мискавайха имеют схожее качество, потому что на них повлияла греческая философия. Фараби и Ибн Мискавайх, с другой стороны, являются философами, которые адаптировали учения греческих мыслителей об обществе и социальной морали с точки зрения ислама, о чем свидетельствуют цитаты из его работ.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Делается попытка пролить свет на тот факт, что нравственные воззрения Фароби буквально повлияли на нравственные воззрения Мискавейха.

Ключевые слова: Абу Наср аль-Фараби, Ибн Мискавайх, "Книга музыки ", машахийя, новый платонизм, "Аль-Фузул Асгар", "Метафизика", "Тахзибул-Ахлак", "Китаб ат-Тахара", "Татир аль-Арак", практическая мораль, хорошие манеры, нравственное совершенство, счастье, невежество, разум и вера, справедливость.

Har bir davrning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini yorituvchi olimlari, mutafakkirlari va ulaming asarlari mavjud. Ular o'sha davrning taraqqiyot darajasini belgilashda muhim rol o'ynaydi.

X-XI asrning yirik mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy va Abu Ali Ahmad ibn Muhammad Yoqub ibn Miskavayh, o'zlarining falsafiy qarashlari va ta'limoti bilan ilm-fanda hamda islom falsafiy tafakkuri tarixida yorqin iz qoldirgan faylasuflardir. Forobiy islom falsafiy tafakkurida "Ikkinchi muallim"("Muallim us-saniy") nomi bilan mashhur bo'lsa, Miskavayh islom falsafiy tafakkurida "Uchinchi muallim" ("Muallim us-salis") nomi bilan mashhur bo'lib, bu yuksak unvonlar ularning musulmon arab falsafasiga qo'shgan hissasiga berilgan bahoning yaqqol namunasidir. Forobiy Sharq peripatetizmining asoschisi sifatida falsafa ilmining bilimdoni hisoblansa, Miskavayh musulmon faylasuflaridan axloq falsafasi (etika) ni birinchi marta ilmiy nuqtai nazardan o'rgangan olimdir. Miskavayh musulmon arab etikasining diniy, huquqiy yoki tarixiy, adabiy jihatdan emas, balki ilmiy darajadagi asoschisidir va shuni aytib o'tish joizki, Arastu "Metafizika"sining etika haqidagi bo'limiga to'liq sharhni u yozgan.

Ilm dunyosidagi har qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo'lmaydi, degan hikmat, ayniqsa axloqshunoslikka taalluqlidir. Zero, axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakkurning vujudga kelishi hamda uning taraqqiyoti qonuniyatlarni o'rganadi, ma'naviy merosning ulkan qismi bo'lishi axloqiy ta'limotlar, hikmatlar, pand-o'gitlarni zamonaviy jamiyat hayotiga tadbiq etish targ'ib qilish yo'llarini tahlil etadi. Garchand har bir axloqiy konsepsiya ma'lum bir mutafakkir mulohazalari va faoliyatining mevasi bo'lsada, u mohiyatan, muayyan tarixiy davr talabidan kelib chiqadi. Ayni paytda, turli odob va axloqiy qonun-qoidalarini o'z ichiga oladigan axloqiy targ'ibot muammolari, axloqiy pand-o'gitlar va me'yoriy talablarni bajarish, axloqiy boshqarish sohasiga kiradi hamda axloqshunoslikning odatda "amaliy axloq" deb ataladigan qismini tashkil etadi.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan 3 yarim ming yil avval paydo bo'ldi. Falsafiy-axloqiy oqimlar borasida gap ketganda, musulmon Sharqida ikki yo'nalish alohida o'rin tutadi. Bular mashshoyyunlik va tasavvuf axloqshunosligi. O'rta asr musulmon Sharqida mashshoyyunlik yoki, boshqacha qilib aytganda, arastuchilik oqimining vakillari buyuk mutafakkirlar al-Forobiy, at-Turkiy, Abu Ali ibn Miskavayh, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abul Barakat al - Bag'dodiy, Umar Xayyomlar hisoblanadi.

Abu Nasr Forobiy va Ibn Miskavayhning axloq nazariyasiga qadimgi yunon mutafakkirlari sezilarli ta'sir o'tkazganlar. Forobiy va Miskavayh yunon mutafakkirlarining jamiyat va ijtimoiy axloq to'g'risidagi ta'limotlarini islomiy nuqtai nazardan qayta ishlaganlar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Abu Nasr Forobiy va Ibn Miskavayh asarlarida keltirilgan falsafiy qarashlaridan foydalanildi. Shuningdek, Abdul Aziz Izzatning "Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari" asariga murojaat etildi. Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Abu Nasr Forobiyning axloq nazariyasiga qadimgi yunon mutafakkirlari sezilarli ta'sir o'tkazganlar. Forobiy yunon mutafakkirlarining jamiyat va ijtimoiy axloq to'g'risidagi ta'limotlarini islomiy nuqtai nazardan qayta ishlagan.

Forobiy Arastuning jon to'g'risidagi nazariyasini o'zining ilmul nafs (jon haqidagi ilm) nazariyasiga asos qilib oldi va uning baxt-saodat va kamolot haqidagi maqsadini o'z falsafasining g'oyasi sifatida qabul qilish bilan birga, uni islomiy ta'limotlar va tushunchalar bilan hamohang qildi. Yunoniy manbalarning ma'qul keladigan ma'nolarini diniy rivoyatlarga tadbiq qilish bilan yangi axloq poydevorini vujudga keltirdi. Unga binoan, "u jahonda" (oxiratda) ko'zda tutilgan narsalardan ko'ra, "bu jahonda" amalga oshirish mumkin bo'lgan ishlarga diqqat-e'tibor ko'proq qaratildi1.

Forobiy fikricha, inson olti bosqichda yaratilgan vujudlarning eng pastki bosqichida bo'lsa ham, tug'ma qobiliyati va quvvati bilan faol aql yordamida o'zini baland martabali mumtoz vujudga aylantira oladi. U mavjudotlar silsilasi bosqichlaridagi shunday yagona bir jinsdirki, uni o'z kuchiga ko'ra harakatdagi borliq deyish mumkin. Baxt-saodat bunday yuksak "ko'tarilish", ya'ni mumtozlik

1 O'sha joyda. -B.37.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tarkibiga kirmaydi. Baxt-saodat tushunchasi "faol aqlga eng yaqin turgan narsadir"2, va uning ma'no-mohiyati faol aql bilan qo'shiluvida yashiringandir3.

Baxt-saodat faol aqlning eng yaqin bosqichiga shiddat bilan yetishishdir4. Baxt-saodat inson ruhining shunday kamolot vujudiga erishishidirki, bu joyda ruh uchun moddiy tayanchga ehtiyoj qolmaydi. Bunday martabada har qanday jismdan tashkil topgan ashyolar ham o'z moddiy o'zagidan ajralib, undan abadiy mahrum holda, doimiy qoladilar. Bunday martabali joy faol aql maskani bo'lib, unga faqat irodali faoliyat orqaligina erishiladi. Baxt-saodat o'z mohiyatiga ko'ra, shunday xayrli va matlub narsadirki, inson undan boshqa yoqimliroq va ulug'vorroq narsani qo'lga kiritishi mumkin emas.

Ammo, har qanday holat va bosqichda ham inson ruhiyati avj nuqtasi va faoliyatining nihoyasi uning tug'ma vujudidagi quvvatga bog'liqdir. Forobiy fikricha, baxt-saodat xayrli ishning o'zginasi bo'lib, har bir inson erishishi mumkin bo'lgan maqsadlarning eng ulug'idir. U o'zining "Kitob al-siyosat al-madaniya" asarida baxt-saodatni faqat nazariy tafakkurga ega bo'lgan quvvat egasigina idrok eta oladigan aqliy kamolot turi, deb hisoblaydiki, zero, baxt tushunchasi, aqliy tafakkur orqaligina ma'lum bo'lib, uning afzalligini hech bir lazizroq va jismoniy ehtiyojga xos narsa bilan solishtirib bo'lmaydi. Boshqacha ta'bir bilan aytganda, Forobiyning nuqtai nazaricha, mohiyatan baxt-saodat aqliy idrokka aloqador bo'lib, gapiruvchi quvvat jihatidan aqliy amalga bog'liqdir va shu bois unga faqat aql yordamida erishish mumkin.

Fozil shahar ahli orasida uning yuqori vakolatli hokimi "baxt-saodatda eng yetuk" bo'lib, ayni vaqtda "moddaning zarra va energiyasidan judo bo'lgan holda faol aqlga yaqindir" (Forobiyning bunday ifodasi Qur'on oyatlari va islomiy madaniyatdagi taqvo va zuhdga chaqirish kabi tashviqotlarga muvofiq keladi). Fazilat ruh lazzatining sababidir. "Sen bundan g'aflatda eding va biz sening qarshingdagi pardani ko'tardik va sening ko'rar ko'zing ushbu kunda katta ochildi"

Forobiy bu yerda dalil sifatida Qur'onning "Qof" surasining 23-oyatini keltirmoqda. U aytmoqchiki, tan hijobi insonni ruh lazzati va ilohiy nurni mushohada qilishdan mahrum etmoqda, ya'ni dunyoviy narsalarga aloqadorlik ruh qarshisida parda bo'lib kelmoqda. Inson aqlining zaifligi va uning moddiy va nomoddiy narsalar

2 Qarang: Forobiy. Risolat fi al-aql ("Aql haqida risola"), -Bayrut, 1939. -B.31. (arab tilida)

3 Qarang: Forobiy. Falsafatu Aristotelis va ajzoi falsafata va marotib ajzoiho ("Arastu falsafasi va falsafaning qism va bosqichlari"). Muxsin Mahdi tahriri ostida "Matnlar silsilasi". -Bayrut, 1-jild, 1961. -B.128. (arab tilida).

4 Qarang: Forobiy. Kitob al-siyosat al-madaniya ("Shahar siyosati haqida kitob"). Favzi Najjor tahriri ostida. -Bayrut, 1969. -B.36. (arab tilida)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bilan qorishiqligi, uni borliqning avvali "eng yetuk jamol" Tangri visolidan mahrum etmoqda.

Forobiy fikricha, inson o'zining tabiiy holatida kamchilikka ham, kamolotga ham ega emas. Bu yerda Forobiyning mazkur xulosasidan kelib chiqadigan o'ta muhim narsa shundaki, u fazilatni "bir yaxshi amal" ma'nosida ta'riflamaydi. Uning fikricha, fazilat xayrli amalning inson ruhidagi "in'ikosi" va "natijasi" bo'lgan ruhiy vakillikdirki, yaxshi odatlar, xayrli ishlar va sharafli xatti-harakatlarning takrorlanishi ta'sirida kelib chiqadi. Xuddi shuningdek, razolat va kamchiliklar ham ruhda o'z izini qoldiradigan yomon amallar va ko'ngilsiz ishlarning takrorlanishi oqibatida kelib chiqqanlar. Uning fikricha, barcha fazilatlarning maqsadi ruhiy xayrixohlikdir. Forobiyning dalili shundaki, modomiki, barcha ruhiy quvvatlar xayrda to'planar ekan, ular orasidagi ixtilof va qarama-qarshiliklarga o'rin qolmaydi. Ammo ular o'rtasidagi osoyishtalik qachonki buzilsa, ruhda sharr, yomonlik va buzg'unchilik alomatlarini axtarib topish kerak bo'ladi. Demak, Forobiy fikricha, baxt-saodat laziz va razolatli narsalardan o'zini tiyish evaziga inson uchun berilgan mukofot emas, balki, ulardan qutulishning natijasi va oqibatidir.

Shunday qilib, fazilat va baxt-saodat o'rtasidagi sabab va oqibat nisbati dalilidan Forobiy shunday natija chiqaradiki, baxt-saodat fazilatga tashqaridan yopishtirilgan yoki yuklangan amal bo'lmasdan, balki uning o'z jinsidan va zotning umumiyligidan chiqqan sifatiy holatdir.

Forobiy yashagan vaqtda zaruriyat yoki zo'rlik haqidagi nazariya ko'pchilik tomonidan qabul qilingan deb hisoblanar edi. Forobiy shu vaqtgacha qo'llanilmagan "ixtiyor" istilohini ilmiy adabiyotga olib kirish bilan, insonning iroda erkinligi uning taqdiriga ta'sir etishi mumkinligi masalasini o'rtaga tashlab, haqiqatda keng yoyilgan nazariyaga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdi. U bunday fikrni yoyish bilan, kishilarni shunga da'vat etdiki, inson tabiiy, irsiy, sinfiy to'siqlarga qaramasdan o'z bilganicha, o'zini qaytadan shakllantirishi va siyosiy nuqtai nazardan ham madaniy jamiyatning "etuk" va "barkamol" a'zosi bo'lishi mumkin. Forobiy inson mohiyatini tarbiyalashni uzoq muddat davom etadigan yaxshi amal, deb bildi. Uning fikricha, har qanday yaxshi axloq, agar zehnda takroran joylana bersa, uning natijasida inson ongining quvvati va fazilati orta boradi.Madaniy jamiyatning sifati mohiyatan iroda va ixtiyorda bo'lganligidan jamiyat boshlig'ining vazifasi ushbu irodani xayr (yaxshilik) tomon yo'naltirishdir. Forobiy fikricha, siyosat tabobat sifatidagi narsa bo'lib, jarrohlik yo'li bilan bo'lsa ham davolanishi zarur bo'lgan fuqarolarning dardiga malham qo'yishdir. Tabibning maqsadi bemorning dardini davolash bo'lganidek, fozil siyosatning ham oxirgi maqsadi jarohatlarga malham qo'yish, singan suyaklarni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

payvandlash singari aholining farovonligini ko'tarish orqali uning ruhini va salomatligini yaxshilashdir.

Forobiy axloqiy fazilatlarni ruh uchun badan salomatligidek narsa, deb tushungan. Demak, sihat-salomatlikni tiklash uchun inson tabibga ehtiyoj sezganidek, bemor insonning ruhi uchun ham tabib zarurdirki, uni holatini davolay olsin. Shundan kelib chiqadiki, qonuniy hukumat raisining bo'lishi jamiyat uchun isbot qilingan zaruriyatdir. Forobiyning fozil shahar to'g'risidagi o'z nazariyasini taklif qilishdan maqsadi, barcha insonlarga baxt-saodat va kamolotga erishish yo'llarini ko'rsatib berishdan iborat edi.

Arastu izidan borib Miskavayh ham falsafani nazariy va amaliy falsafaga bo'ladi hamda axloqshunoslikni amaliy falsafa tarkibiga kiritadi. Axloqiy muammolar uning "Taxzib ul-axloq va Tatxir ul-a'roq", "at-Tahara", "Jovidon xirad" va "Kitab adab ad-dinya va d-din" singari asarlarida ko'tarilgan.

Mutafakkirning "Taxzib ul-axloq va Tathir ul-a'roq" ("Axloq takomili va Ildizlar pokligi") asari uning ilmu axloq va hikmatga doir asarlari ichida asosiy o'rin egallaydi. Islom falsafasining ko'zga ko'ringan tarixchilaridan biri Majid Faxrining ta'kidlashicha, Ibn Miskavayhning etikaga qo'shgan hissasi uning sistematik etikaga oid arab tilida yozilgan ushbu risolasidir. Bu asar yunon falsafiy-axloqiy an'analariga bog'liqdir. Asarda muruvvatchilik, baxt, adolat, muhabbat va do'stlik muammolari ko'rib chiqiladi. Masalan, adolat haqida Miskavayh shunday yozadi: "Adolat maqsad va imkoniyatning o'rtasidagi narsadir, yaxshiliklar ichida eng afzali hamjihatlikka eng yaqinidir" 5

Faylasuf huquqshunos, so'fiy zamondoshi va do'sti Abu Hayyan at-Tavhidiyning "Nohaqlik to'g'risida" gi xati bevosita "Risola fi mihayyati-l-adl"ning yozilishiga sabab bo'ldi. At-Tavhidiyning "al-Hamavil" kitobiga javob tarzida yozilgan falsafa, tilshunoslik va huquqqa oid 175savol-javobni o'z ichiga oluvchi "ash -Shamovil" kitobi (yo'qolgan) da Miskavayh adolatning tabiati, namoyon bo'lishi, uning ko'rinishlarining tasvirlanishining qay tarzda sharh qilish yo'llarini aniqlaydi. U adolatni haqiqiy, shartli, erkin harakatga asoslangan va ilohiy adolatga bo'ladi. Shu bilan birgalikda adolat konsepsiyasi, uning fizik, ijtimoiy hamda falsafiy munosabatida ko'rib chiqiladi. Mazkur risolaning asosiy manbalari Platonning "Davlat", Arastuning "Kategoriyalar", "Nikomax etikasi" kitoblari bo'lgan.

Miskavayhning "Tahzib ul-axloq" ("Axloqni takomili") asari uning ilmu axloq va hikmatga doir asarlari ichida asosiy o'rin egallaydi. Bu asar yunon falsafiy axloqiy

5 Majid Fakhry. History of Islamic Philosophy, N.Y. 1970 y

736

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

an'analariga bog'liqdir. Miskavayh ushbu asarining muqaddimasida kitobining mavzu va bayon usuli haqida bunday deydi: "Biz kitobda qo'ygan maqsadimiz shuki, o'z ruhimizga shunday sifatlarni berdiki, uning yordamida qiyinchiliklarsiz yengil va go'zal harakatlar qilsak. Bunday sifatlarni egallash o'zlashtirilgan mahorat, layoqat, tartib-qoida asosida vujudga keladi. Bizning yo'limiz-bu ruhimizni borliq tizimidagi mohiyati, sifatlari va paydo bo'lishi sabablarini bilishga intilishdan iborat. Ya'ni ushbu paydo bo'lishning maqsadini bilish va bizga berilgan quvvat va qobiliyatlar javharini anglashdir. Zero, biz ana shu quvvat va qobiliyatdan kerakli o'rinda foydalansak, yuksalamiz. Va bu maqsad yo'lida bizga xalaqit beradigan narsalarni bilish ham vazifalarimizga kiradi. Shuningdek, iymon saodatini egallashga yordam beradigan va bizni halokatga olib boradigan sabablarni aniqlash bilan ruhimizni oziqlantiradiganlarni ham bilib olishni xohlaymiz" 6

Miskavayhning fikricha, axloqiylikning oxirgi maqsadi bo'lgan inson kamoloti jamoa ichida va jamiyat yordamida qo'lga kiritilishi mumkin.Inson o'zini komillashtirish yo'lida hamma mahluqot va uning xossalari haqida bilimga ega bo'lgan taqdirdagina u "olami sag'ir" - kichik olam deb atalishga munosibdir. Inson komillashuvning ana shu darajasiga etib borsa, keyin o'z quvvatlarini tashkillashtirish harakatida qo'llaydi va o'zining ichki quvvat va qobiliyatini bor bilimiga muvofiqlashtirib, o'zi bir olamga aylanadi, zero narsalarning surati uning mohiyatining bir qismi bo'lib qoladi. Bunday paytda qandaydir holatda u olam bilan birlashib, yagona yaxlitlikni tashkil etadi. Miskavayh insonning kamolga yetishish yo'li aql va falsafa orqali borishi kerakligini ta'kidlaydi.

Forobiy va Miskavayh Islom axloqshunosligiga qadimgi yunon axloqshunosligi an'analarini olib kirishga jur'at qila oladi. Miskavayh axloq va axloqshunoslik Islom dinidan ancha oldin vujudga kelgan deydi. Demak, insoniyat qadimgi dunyo axloqshunosligi bilan ham tanishish, ularni uyg'unlikda o'rganishni taklif qiladi. Bundan ko'rinib turibdiki, IX-XI asrlarda musulmon dunyosida yunon axloqshunosligi an'analarini olib kelish zaruriyati tug'ilgan bo'lsa, islom axloqshunosligining o'zi yetarli bo'lmagan.

Miskavayhning axloq asoslari to'g'risida aytgan fikrlari - bu axloqiy-falsafiy tahlil, demak, qo'lga kiradigan natijani ham falsafiy natija deyish mumkin. Va shu yerning o'zida u o'z yo'lini axloq masalasida jon kuydiruvchi tasavvuf va irfon ahli hamda Qur'on va sunnatga amal qiladigan, ammo shariatni zohiriy anglaydigan kishilar yo'lidan ajratib ko'rsatadi.

6 'Abd al- 'Aziz 'Izzat. «Ibn» Miskaveyx. Falsafatuxu-l-axlakiyyatu va masadiruxa. Kair, 1946, ch. 1, s. 134.

737

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Miskavayhning axloqi bu dunyoviy axloq, bunda u Aflotun bilan Arastu fikrlaridan keng foydalanadi. Ammo unga Arastu eng ko'p ta'sir o'tkazgan. Aytish mumkinki, kitobning butun mazmuni bo'lmasa ham, har holda ko'p narsalarni Arastudan o'zlashtirgan.

Miskavayhning ideal baxt-saodati-bu oqilona baxt -saodatdir. Harakat esa, garchi u xam muhim va asosiy narsa bo'lsada, ammo u shunchaki bir vosita bo'lib, agar odamni oxirgi maqsadiga olib kelmasa, u nomunosibdir. Aql haqida gapirar ekan, faylasuf yangi aflotunchilar talqinidan o'tib islomga kirib kelgan yunonchilar aqliy merosini nazarda tutadi.Komillashuvning birinchi bosqichi, uningcha bu - ilm yordamida erishiladigan imkoniyatdir. Komillikka intiluvchi inson barcha ilmlarning yakuni va oxiri bosqich bo'lgan Parvardigorni bilish darajasiga yetish uchun zina va bosqichlar bo'lib sabr toqat bilan mukammallashish lozim. Inson harakat quvvatiga bog'liq bo'lgan komillashuvning ikkinchi bosqichi - bu axloqiy takomillashuv bo'lib insoniy "faoliyat imkoniyati"bilan bog'liq harakatlarida kuchni taqsimlashdan boshlanadi. Nazariy takomillashuv bamisoli shakl (surat) bo'lsa, amaliy komillashuv -materiya (modda)dir va bularning birortasi ham ikkinchi sig'iz qiyomiga (yakuniga) borib yetmaydi, ilm-bu boshlanish, harakat (yoki ish, faoliyati) esa, bu - oxirgi yakun7.

Inson o'z-o'zini takomillashtirish yo'lida hamma maxluqot va uning xossalari haqida bilimga ega bo'lgan taqdirdagina (narsalar, ularning mohiyati, belgilovchi chegaralari haqidagi bilimni egallash), u "olami sag'ir"- kichik olam deb atalishiga munosibdir. Albatta, inson mavjud narsalarni kulldan bilsa, u ju'zlarni ham (chunki ju'zlar kull ichidadir) bilib olishi muqarrardir. Shunday qilib, agar inson komillikning ana shu darajasiga(ilmiy darajasiga) yetib borsa, keyin o'z quvvatlarini takomillashtirish harakatida qo'llaydi va o'zining ichki quvvat va qobiliyatini bor bilimiga muvofiqlashtirib, o'zi bir olamga aylanadi. Zero narsalarning surati uning mohiyatining bir qismi bo'lib qoladi. Bunday vaqtda qandaydir holatda, u olam(undagi jami narsalar bilan birga) bilan birlashib, yagona yaxlitlikni tashkil etadi. Boshqa tarafdan inson o'z ruhini ezgu harakatlar bilan bezagandan keyin, u Xudoning xalifasi bo'lib qoladi.8

Ya'ni Miskavayhga ko'ra, baxt-saodat bu xushaxloqlilikning yakuniy maqsadi bo'lgan aqliy tushunchadir. Haqiqiy baxtiyor odam ruhi ilm tufayli butun olam bilan birlashib ketgan odamdir. Uning sifati va axloqi shunday mukarramki, bu unga Tangrining o'rinbosari(xalifasi) bo'lishiga ijozat beradi.

7 Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y. -B.319

8 O'sha joyda. -B.320.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ya'ni Miskavayhga ko'ra, baxt-saodat bu-xushaxloqlikning yagona maqsadi bo'lgan aqliy tushunchadir. Haqiqiy baxtiyor odam ruhi ilm tufayli butun olam bilan birlashib ketgan odamdir. Uning sifatlari va axloqi muqarramki, bu unga tangrining o'rinbosari (xalifasi) bo'lishiga ijozat beradi. "Saodatga erishish shartlari" deb nomlangan boshqa bobda Miskavayh bu haqda ancha batafsil gapirib o'tadi. Bu yerda u ochiq-ravshan dalillarga tayanib, o'zining falsafadagi maqsadi, saodatga erishish sharti bo'lgan bilim haqida so'zlaydi. Bu xuddi o'sha biz Arastuda ko'rganimiz fikridir:"Mukammal baxt-saodatni izlagan inson (asta-sekin) intiladigan bu bosqichga falsafaning barcha sohalarini to'g'ri bilmasdan to'rib erishishini tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu haqda bizning "Tartib us-saodat"("Baxtga erishish usullari") nomli kitobimizda batafsil to'xtab o'tilgan. Kimki bu yo'ldan yurmasdan turib saodatga erishmoqni niyat qilgan bo'lsa, adashadi va haqiqatdan xiyla uzoqlashadi" 9

Miskavayh taklif etgan yo'l Arastu bosib o'tgan yo'ldir. Ya'ni u bu yunon faylasufining barcha ilm sohasidagi fikrlarini o'rganishini tavsiya bayon etadi: "Arastu barcha zaruriy mavzular bo'yicha (saodatga erishishini uchun ) kitoblar ta'lif etgan, uning kitoblari hamma narsani qamrab oladi. Agar uni aql bilan o'rganilsa, shuni bilib olish mumkinki, hech narsa uning diqqatidan chetda qolmagan"10.

Faylasuf " Birinchi muallim" ning "Axloq bo'yicha kitobini", insonga ezgu va sharafli shaxsiy sifatlar va najib axloq fazilatini o'zlashtirishini ko'rsatuvchi foydali va buyuk asar" deb ataydi. Arastuda ilmning ko'p sohalariga bag'ishlangan kitob va risolalar bor, Miskavayh ularning ro'yhatda yunon faylasufining arab tiliga tarjima qilinmagan kitoblari ham bor. "Saodat sharti bo'lgan falsafa-" ana shu yaxshi, yaratuvchi va sahiy faylasuf (ya'ni Arastu) bizga qoldirgan falsafadir" 11-deydi u. Faylasuf Arastu zamondoshlari va uning asarlaridan dars beruvchi mudarrislardan misollar keltirib, o'z shogirdlariga faylasuf asarlarini "Etika" ("Axloq") kitobidan boshlab o'rganish va bilimni tavsiya etadi, chunki bunda, avvalo o'rganuvchilarning o'zi bu bilan axloqan boyiydi. Zero, axloqiy fazilat haqiqatni qabul qilish shartidir.

Olim amaliy axloq, go'zal xulq, axloqiy komilikka yetishishi haqida fikr yuritadi. U individga oid axloq qoidalarini umumiy axloq qoidalaridan ajratib, tabiatni ozod qilishni (ya'ni inson tabiati haqida) axloqni yolg'on va qullikdan qutqarish bilan solishtiradi.

Yuqorida Miskavayh fikrlari haqida qisqacha to'xtab o'tdik. Bular uning insoning kamolga yetish yo'li aql va falsafa orqali borishini ma'qul hisoblagan

9 Mashkuya Roziy. Tahzib ul-axloq va tatxir ul-a'roq. Bidar nashr, Qum, hijr. 1371 y.-B.94

10 O'sha joyda. -B.447.

11 O'sha joyda. -B.459.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mutafakkirlardan ekanini bilib olishga kifoya deb o'ylaymiz. Faylasufning din va axloqqa oid qarashlari ham falsafiy yo'nalishda. Garchi Forobiy, Ibn Sino kabi chuqur fikrli faylasuflar ro'yxatida uning o'rni va ahamiyati birinchilar qatorida bo'lmasa ham, ammo nima bo'lganda ham u buyuk faylasuf va uning "Tahzib ul -axloq va Tatxir ul-a'roq" asari fikrimizni tasdiqlaydi. Uning o'zi kitobining uchinchi bobi oxirida ravshan bayon etadi: "Mazkur kitob falsafa ixlosmandlari uchun maxsus ta'lif etilgan, omma uchun emas."12

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Forobiy va Ibn Miskavayhning axloqiy qarashlari yunon falsafasidan ta'sirlanganligi uchun ham o'xshash sifatga ega. Ularning baxt-saodat haqidagi qarashlari aql va ilmga asoslanishi, ruhiyatning moddiyatdan ustun qo'yishi jihati ham o'zaro mos keladi. Forobiy va Miskavayh baxt-saodatga faol aqlga qo'shilish va yaratganning tarkibiga aylanish orqali erishish mumkinligini ilgari surishadi. Bu jarayonda bilimning ahamiyati yuksakligi mutafakkirlar tomonidan ta'kidlanadi. Forobiyning axloqiy qarashlari tom ma'noda Miskavayhning axloqiy qarashlariga ta'sir o'tkazgan.

REFERENCES

1. Abadiy hikmat. A. Badaviy tahriri ostida. Tehron, universitet nashr. Hijr.1358 y.-B.20.

2. Abd al- Aziz Izzat.»Tahdib ul-akhlaq». Ibn Miskaweyh. - Beyrut. 1963. -R. 15.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Abdul Aziz Izzat. Ibn Miskavayhning axloq falsafasi va uning manbalari. Qohira, 1946 y.

4. Ahmedov B. O'zbekiston tarixi manbalari. T.,2001 y. - B. 130

5. Ibn Miskaweyh «Tahdib ul-akhlaq». Beirut. 1966. -R. 14-26.

6. Ibn Miskaweyh.Al-Khikmat al-holida. - Beirut. 1952. -R. 15-45.

7. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqning falsafiy tafakkuri. -T.: 2010. -V. 225.

8. XanpynnaeB M. A6y Hacp an-Oapa6n. M.

9. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILI//A cadem ic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

10. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR

12 Mashkuya Roziy. Tahzib ul-axloq va tatxir ul-a'roq. Bidar nashr, Qum, hijr. 1371 y.-B.81

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

11. Sulaymonov, J. Karimov, N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

12. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

13. Sulaymonova, S. N. (2021). IBN MISKAVAYH MASHSHOIYYUNLIK YO'NALIShINING SISTEMALASHTIRUVCHISI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 15-20.

14. Sulaymonova, S. N. (2021). IBN MISKAVAYHNING ARAB TILIDA YOZILGAN ASARLARI TAVSIFI. Academic research in educational sciences, 2(2).

15. Sulaymonova, Shahnoza. Farabi ve Miskaway'in etik gôruçlerinin kar§ila§tirmali analizi//"Islam'in Altin Chag'inda Ilimlerin Geliçmesine Katki Yapan Bilim Onculeri" Uluslararasi Avrasiya Chalishmalari Simpoziumi. Istanbul. 2020.;

16. Sulaymonova, S. N. (2021). ABU NASR FOROBIY VA IBN MISKAVAYHNING HAYOTIY FAOLIYATI, ILMIY MEROSI. Sharqshunoslik, 2(214-223).

17. Tavhidiy Abu Xayyon. Al-havomil vash-shamovil. - Kair. 1951. -S. 102.

18. Yaqut. Irshad al-arib ila ma'rifat al-adib. (Mujam al-udaba)/ Edited by S.D. Margoliouth. - Montana-Whitefish. 2010. Vol. I. -R. 88-96.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.