Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
MUHAMMADRIZO OGAHIYNING INSON TARBIYASI BORASIDAGI
Ona zaminimizda yetishib chiqqan ajdodlarimizni chuqurroq o 'rganish va ilmiy merosini davom ettirish,ularga munosib avlod bo'lish. Shu jumladan, Muhamadrizo Ogahiyning ham ma 'naviy merosini tadqiq qilish va uning asarlaridagi tarbiya,axloq,yaxshilik kabi insoniy xislatlarning hozirgi kundagi ahamiyati.
Kalit so'zlar: Muhammadrizo Ogahiy hayoti va uning ijod yo'li,tarjima mahorati,tarbiya,axloq,tadqiqotchilar, ma'naviy merosga ehtirom.
To study more deeply our ancestors who grew up in our homeland and to continue their scientific heritage,to become a worthy generation.Including the study of all the spiritual heritage of Muhammadrizo Ogahi and the modern significance of the human qualities in his works,such as education,morality and goodness.
Keywords: Muhammadrizo Ogahi's life and career, translation skills, education, ethics, researchers, respect for spiritual heritage.
Глубже изучить наших предков, выросших на нашей Родине, и продолжить их научное наследие, стать достойным поколением. Включая изучение всего духовного наследия Мухаммадризо Огахи и современного значения человеческих качеств в его произведениях, такие как образование, мораль и добро.
Ключевые слова: жизнь и творческий путь Мухаммадризо Огахи, переводческое мастерство, воспитание, этика, исследователи, уважение к духовному наследию.
Bizning ona vatanimiz ne-ne buyuk insonlarni dunyoga keltirib, ulg'aytirgan zamin hisoblanadi. Qadimdan to bugungi kunga qadar diyorimizda Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Amir Temur kabi buyuk allomalar voyaga yetgan va o'zlarining yuksak iste'dod sohiblari ekanligini ilmiy meroslari orqali namoyish
etishgan. Shunday serqirra ijodkor Xorazm diyorining zarbardast vakillaridan biri-
1217
QARASHLARI
Tursunaliyeva Dilora
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Ikramova I.R.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Muhammad Rizo Ogahiydir. "Biz Alisher Navoiydan keyin mutafakkir shoir deb Muhammadrizo Ogahiyni ko'rsatishimiz mumkin. Chunki o'zbek adabiyotida Navoiydan keyin Ogahiy ijodida Olloh-Olam-Odam munosabati, hayot mohiyati va inson umrining ma'no-mazmuni, bani bashar tabiatiga xos fazilat va illatlar har tomonlama keng va chuqur falsafiy mushohadalar, nozik va teran hayotiy kuzatishlar, kuchli bilim va katta tajriba asosida yuksak mahorat bilan badiiy talqin qilingan mav'iza she'rlar va hikmatli so'zlarga ko'p duch kelamiz. Ko'pni ko'rgan va bilgin donishmand maqomiga yetgani uchun ham shoirning ko'plab baytu misralari hikmatday,xalq maqollariday jaranglaydi"[1;5].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Xalqimiz ma'naviy merosiga o'zining ulkan hissasini qo'shgan Xorazm diyori og'loning qilgan sa'y harakatlari orqali kelajak avlod bugungi kunda o'sha davr adabiyotidan nafas olmoqdamiz. Hozirgi kunda ulkan iste'dod sohibining hayoti va ijodini chuqur o'rganish va uning ilmiy merosini tadqiq qilish bo'yicha mamlakatmizda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. "R.Majidiy, S.Dolimov, A.Qayumov, Q.Munirov, F.G'anixo'jayev, A.Abdug'afurov, I.Haqqulov, N.Komilov, H.Abdullayev, N.Jabborov, N.Toshev kabi o'nlab taniqli olimlar, adabiyotshunoslar yaratgan risolalart, monografiyalar alohida diqqatga molikdir"[9;20]. Prezindetimiz tashabbuslari bilan 2017-yil 18-apreldagi tegishli qaroriga binoan, 8 gektardan ziyod maydonda Adiblar xiyobonining yaxlit ansambli yaratildi. Bu yerda Alisher Navoiyga eng yaqin chap qismida Muhammad Rizo Ogahiyning haykali bunyod etildi va bundan tashqari respublikamizning barcha hududlarida Ogahiy maktablarini tashkil etish va uning ilmiy merosini chuqur o'rganish uchun barcha tashabbuslar amalga oshirildi.
NATIJALAR
Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy 1809-yil 17-dekabrda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida mirob oilasida tavallud topgan Adibning o'zi "Biz Xivada yashovchi yuz toifasidan bo'lgan Amir Eshimbeyning avlodidandirmiz",- deb yozgan edi. She'riyat olamida uning taxallusi Ogahiy bo'lib, lug'aviy ma'nosi-ogohman-sergakman demakdir. Erta otasidan ayrilgan so'ng amakisi Munisning tarbiyasida bo'ladi. Shoir dastlab maktab keyinchalik madrasa tahsili davomida arab va fors tillarini puxta o'rganadi. U mohir xattot bo'lib kufiy, rayhoniy, xatti shikasta kabi xatlarni yaxshi bilgan. Munisning vafotidan so'ng Olloqulixon amakisining o'rniga Ogahiyni mirob etib tayinlaydi.Shu davrdan boshlab Ogahiy xaq hayoti va saroy ishlari bilan shug'ullangan." 1845-yildan Ogahiy hayotidagi og'ir va musibatli
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
davr boshlanadi. Shu yili miroblik ishlari bilan safarda yurganda tasodif tufayli oyog'i qattiq shikastlanadi va hali yigit yoshidanoq to'shakka bog'lanib qoladi. Shu dard azobini tortayotgan shoir umr yo'ldoshidan ham ajraladi.1857-yilda miroblikdan iste'fo berishga majbur bo'ladi.Lekin shu musibatlar oldida u chekinmadi. Kuchli iroda,hayotni sevishi Ogahiyni ijodga,izlanishga undadi"[2;96]. Ijod ahlining boshiga turli sinovlar kelsa-da, bu sinov uning adabiyotga bo'lgan qiziqishini so'ndira olmaydi. Aytish joizki, ayni shu u dardlar chekishiga qaramay ijoddan bir on bo'lsa ham to'xtamadi.Ilm olishdan, uni yetkazishdan hech qachon ortga chekinmadi. Shoirning o'zi ham ilmni ulug'lab quyidagi hikmatli so'zni aytadi: "Ilm andoq ganji nofe'dur bani odamg'akim, Kimda ul bo'lsa, iki olam bo'lur obod anga.
("Ilm inson farzandi uchun shunday foydali bir boylikdirki, kim bunday boylik sohibiga aylansa, uning har ikki dunyosi obod bo'ladi")"[2;5]. Ogahiy xalqimiz o'tmishini haqqoniy aks ettirgan bir necha nodir asarlari bilan o'zbek adabiyotiga ulkan hissa qo'shgan olim sifatida e'tirof etiladi. "Ogahiy "Riyoz ud-davla", "Zubdat ut-tavorix", "Jome' ul-voqeoti sultoniy", "Gulshani davlat", "Shohidi iqbol" va boshqa tarixiy asarlarida Olloqullixon, Rahimqulixon, Muhammad Aminxon, Sayyid Muhammadxon, Muhammad Rahimxon II hukmronligi davrida Xorazmda yashagan o'zbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq xalqlarining tarixi, madaniy va ijtimoiy hayoti, Xiva xonligining boshqa xonliklar bilan munosabati va boshqa tarixiy voqealar aks etgan"[2;16]. Sermahsul ijodkor ko'plab asarlar yozish bilan cheklanmay tarjimonlik faoliyati bilan ham shug'ullanadi. "Ogahiy "Haft paykar"ni nasriy yo'l bilan, "Guliston"ni qisqartirib, keng kitobxonlarga tushunarli qilib tarjima etgan. "Yusuf va Zulayho" hamda "Shoh va gado" dostonlarini esa baytma-bayt tarjima qilib (kirish qismidan tashqari), aniq ijodiy tarjima namunasini yaratgan"[2;16]. Ogahiy tarjima qilgan barcha asarlar o'z davrining mashhur asarlari hisoblanib, shoir asarlarni fors tilidan ona tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan. "Ogahiy tarjima qilgan kitoblarning 9 tasi badiiy, 6tasi tarixiy va 4 tasi axloqiy yoki falsafiy-axloqiy xarakterdagi asarlardir"[2;17]. Ijodkorning keng ko'lamda olib borgan tarjimonlik mahorati tahsinga loyiq. Adabiyotimiz tarixida hech bir adib tarjima sohasida bunchalik sermahsul ijod qilgan emas. Ogahiyning tarjima asarlari orqali adabiyotimiz xazinasi yanada boyidi desam mubolag'a bo'lmas.
Bundan tashqari Ogahiyning ilmiy merosini o'rgangan iqtidorli olim Nuryog'di Toshev "Jome ul-voqeoti sultoniy"ning Toshkent nusxasi: "Ogahiy dastxatimi" maqolasida quyidagi fikrlarni aytib o'tadi: "Muhammadrizo Ogahiy haqli ravishda eng sermahsul va serqirra qalamkashlar qatorida e'tirof etiladi. U yirik she'riy devon
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
va tarixga oid 6 ta asar bitgan, bundan tashqari, 19 ta badiiy, tarixiy va boshqa janrlardagi asarlarni fors tilidan, bitta asarni usmonli turk tilidan eski o'zbek tiliga o'girgan. Sanalgan 27 ta asardan 23 tasi ko'plab nusxalarda bizgacha yetib kelgan"[1;20]. Davlat arbobi, shoir, tarjimon, ko'plab g'azallar muallifi hisoblangan iste'dod sohibi shuning uchun ham Navoiydan keyingi o'rinda joy egallagani bejiz emas.Zullisonaynlik an'anasini ijodkor umrining so'ngida yozgan "Ta'viz ul-oshiqin" asarida aks ettirgan. Ushbu devonda turli ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-didaktik,tabiat tasviri va boshqa mavzudagi she'rlar o'rin olgan va bu asar bizga to'liq yetib kelgan. "Ogahiy avvalambor barakali ijod qilgan ulkan shoir. Navoiy, Fuziliy, Bedil, Munis va boshqa ko'plab shoirlar g'azallariga muxammaslar bog'lab, Xorazm adabiy muhiti ravnaqiga katta hissa qo'shgan. Birgina Navoiyning qirqqa yaqin g'azallariga chiroyli muxammaslar bitib, hazrat ijodining xalq o'rtasida ommlashishiga keng yo'l ochgan"[1;20]. O'zining pur ma'noga ega g'azal va ruboiylari bilan shuhrat qozongan shoirning quyidagi ruboiysi orqali qanchalik sermazmun ruboiy va g'azallar sohibi ekanligini bilib olishimiz mumkin. Qilmoq bila parvarish tikan gul bo'lmas, Ham tarbiyat ila zog' bulbul bo'lmas, Gar asli yomong'a yaxshiliq ming qilsang, Yashiliq oning niyati bilkul bo'lmas.
Shoir bu yerda har qancha tikanga suv quyma, uni asrab-avaylama oxir oqibat tikan unib, o'sishi mumkin ammo hech qachon go'zal ifor beruvchi gul kabi bo'la olmaydi. Sening qilgan bu parvarishing orqali tikan kattalashib o'zingga zarar berishi mumkin. Shu kabi zog'ga qancha nasihat qilsang ham, unga bulbulning xonishini o'rgatsang ham zog' zog'ligicha, bulbul bulbulligicha qoladi. Yomon insonga boringni bersang ham, hech qachon sening ezgu niyatningni to'g'ri baholay olmaydi. Sening qilgan yaxshilingni hatto qadrlamaydi va senga yomonlik bilan javob qaytaradi. Shoir ushbu ruboiysi orqali har kimga ming yaxshilik qilishga yoki o'zgartishga urinma alaroqibat o'zgarmas narsa hech qachon sening yordamingsiz ham o'zgarmaydi. Har narsaning o'z yaralish tarixi va uning botini va zohiri turlichadir. Shuning uchun ham tikanni parvarish qil ammo gul bo'la olmasligi anglagan holda, zog'ni tarbiya qil bulbul kabi bo'lolmasligini bilgan holda, yomonga yaxshilik qil hech qachon senga yaxshilik qilolmasligini tushungan holda. Ey, inson ahli yaxshilikni ham, nasihatni ham anglagan va bilganga qil. Shu o'rinda Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya, axloq, yaxshilik, saxovat kabi insoniy tuyg'ular bosh o'rinni egallagan. Quyidagi hikmatli so'zi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Nokasu nojins avlodin kishi bo'lsin debon
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Chekma mehnatkim, latif o'lmas kasofat olami-Kim kuchuk birla xo'tukka necha qilsang tarbiyat, It bo'lur, dog'i eshak, bo'lmas aslo odami.
Haqiqatdan ham mavjudotlar orasida faqat insongina o'zining aqli va ta'lim-tarbiyasi orqali barcha mavjudotlardan ajralib turadi. Biroq insonni yoshligidan tarbiya qilib borilmasa, turli illatlar tufayli bu inson hayvonlardan farqi qolmaydi. Unda yovuzlik, hasad, yolg'onchilik kabi illatlar shakllansa, uni har qancha tarbiya etilgani bilan bartaraf etib bo'lmaydi. Zero, tarbiya insondagi o'zgarmas xislatlatdandir. Tarbiyani inson dunyoga kelishi bilanoq, balki ona qornidaligidanoq boshlamoq zarur ekanligini g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy mahorat bilan yuqoridagi misralarda ifodalagan. Ba'zan insonga yomon xulqli va badfe'llar davrasida bo'lmoq ham yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Negaki inson yaxshi muhitda yashasa ham yaxshilar qadriga yetmasligi mumkin. Ulug' mutafakkir asarlaridan yaxshilarga alohida hurmat ko'rsatish, shu bilan birga badfe'l odamlar bilan ham murosaga kelishlik insonga xos fazilat ekanligini bilib olishimiz mumkin. Ikki ulug' mutafakkir ham insonlarni hech qachon yaxshilikdan qaytarmaydi, aksincha saxovatli bo'lishga chorlaydi. Qilingan yaxshilikni anglab yetish dononing ishi, yaxshilikka munosib javob qaytarmay aksini qilish nodonning ishi.Shu yaxshilik, saxovat kabi insoniy fazilatlar ortida insonning tarbiyasi yotibdi.Tarbiya shakllangan inson yaxshilik qilishdan charchamaydi va ko'rsatilgan yordamga munosib javob qaytaradi. Johil, nodon o'zining axloqsizligi, tarbiyasizligi oqibatida bu ko'makni to'g'ri anglamaydi va o'z johilligini namoyish etadi. Bu ikki serma'noga ega ruboiy va hikmatli so'zlar orqali bizga inson uchun tarbiya muhim o'rin tutishini va inson tug'ilishdan to o'limiga qadar yaxshilik qilishligini bilib olishimiz mumkin.Inson bolaligidan go'zal tarbiya ila voya yetsa,o'ylanmanki, bunday insonda ma'naviy qusurlar bo'lmaydi. Yaxshilik qilish ham, yomonlik qilish ham insonning qo'lidan keladigan ish hisoblanadi va ishni insonga berilgan tarbiya va olingan bilimlar natijasida amalga oshiradi. Agar yaxshilik qilish qo'lingizdan kelmasa,yomonlik qilmang! Istardimki,ikki buyuk ajdodlarimizning go'zal so'zlari hayotingiz maslagi bo'lsin!
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish joizki, bunday ulkan merosni biz uchun qoldirgan ijodkorga qancha maqtovlar aytsak ham kam. Uning bosib o'tgan hayotidan o'rnak, ijodidan ibrat olishimiz lozim. Yuksak iqtidor egasining qilgan tarjimonlik mahorati
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
yoyinki yozgan asarlarini amalga oshirish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. O'z davrining bilim egalari hisoblangan Jomiyning, Sa'diyning, Nizomiyning asarlarini tajimasi qilish yuksak bilim va mahorat talab etadi. Shunday ulkan ishni amalga oshirgan Ogahiyga hozirgi kunda ko'plab olimlar tasannolar aytmoqda. Bunday adabiyotimizning buyuk siymolarining asarlarini chuqur o'rganish, tadqiq etish orqali ular oldidagi qarzimizni uzishimiz mumkin.
REFERENCES
1. Ogahiy hikmatlar. Toshkent, 2021.
2. Hikmat va taqdir bitigi. Toshkent, 2021.