Научная статья на тему 'MILLIY-MA’NAVIY YUKSALISH JARAYONINING IJTIMOIY-TARIXIY MASALALARI'

MILLIY-MA’NAVIY YUKSALISH JARAYONINING IJTIMOIY-TARIXIY MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1624
138
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy yuksalish / ma’naviy rivojlanish / ma’naviy tarbiya / milliy tiklanish / o‘zlikni anglash / qadriyatlar / millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik. / National upliftment / spiritual development / spiritual upbringing / national revival / self-awareness / values / interethnic harmony and tolerance.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jo‘rayev, Jamol

Ushbu maqolada O‘zbekistonda mustaqillikdan keyin milliy-ma’naviy yuksalish jarayonlari va shu sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda keng ko‘lamli islohotlar xususida bahs yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIO-HISTORICAL ISSUES OF THE PROCESS OF NATIONAL-SPIRITUAL RISE

This article discusses the process of national and spiritual development in Uzbekistan after independence and the measures taken in this area, as well as large-scale reforms.

Текст научной работы на тему «MILLIY-MA’NAVIY YUKSALISH JARAYONINING IJTIMOIY-TARIXIY MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MILLIY-MA'NAVIY YUKSALISH JARAYONINING IJTIMOIY-

TARIXIY MASALALARI

Jo'rayev Jamol

JDPI magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekistonda mustaqillikdan keyin milliy-ma'naviyyuksalish jarayonlari va shu sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda keng ko 'lamli islohotlar xususida bahs yuritiladi.

Kalit so'zlar: Milliy yuksalish, ma 'naviy rivojlanish, ma 'naviy tarbiya, milliy tiklanish, o'zlikni anglash, qadriyatlar, millatlararo totuvlik va bag'rikenglik.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается процесс национально-духовного развития Узбекистана после обретения независимости и меры, предпринятые в этой сфере, а также широкомасштабные реформы.

Ключевые слова: Национальный подъем, духовное развитие, духовное воспитание, национальное возрождение, самосознание, ценности, межнациональное согласие и толерантность.

ABSTRACT

This article discusses the process of national and spiritual development in Uzbekistan after independence and the measures taken in this area, as well as large-scale reforms.

Keywords: National upliftment, spiritual development, spiritual upbringing, national revival, self-awareness, values, interethnic harmony and tolerance.

KIRISH

O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan keyingi o'tgan davr ichida mamlakatimizning barcha sohalarida bo'lganidek, milliy-ma'naviy hayotimizda ham ulkan o'zgarishlar sodir bo'ldi. Ayniqsa, millatimizning o'zligini anglash jarayonlari, o'z milliy-ma'naviy merosini o'zlashtirish, milliy urf-odatlar, an'analar, qadriyatlarimizni tiklash va muqaddas dinimizning ulkan imkoniyatlaridan bahramand bo'lish borasida ijobiy o'zgarishlar amalga oshirildi.

Lekin bu borada qo'lga kiritilgan yutuqlar qanchalik katta bo'lmasin, ma'naviy salohiyatning ildizlari mustahkam va dunyo sivilizatsiyasida o'zining munosib o'rnini egallab turgan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, o'zbek xalqining iligi to'q, baquvvat..., millatimizning ichki ma'naviy-ruhiy imkoniyatlarini

yuzaga chiqarish uchun hali tinmay mehnat talab etiladi.[1, 20].

24

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shuni hisobga olish lozimki, milliy, ma'naviy-ruhiy imkoniyatimizni yuzaga chiqarish faqat mamlakatimiz va milliy taraqqiyotimiz manfaatlari doirasi bilan cheklanib qolmaydi, uning ko'lami nihoyatda keng bo'lib, insoniyat taraqqiyoti XXI asrda intellektual salohiyatning qaysi darajasida rivojlanishi va bu tizimda milliy-ma'naviy omilning ustuvor bo'lib qolishi bilan ham bog'liqdir.

Ana shu global, umumbashariy vazifadan kelib chiqiladigan bo'lsa, mustaqillik yillarida milliy tiklanish borasidagi yutuqlarimizning mohiyati va mazmunini to'la tushunib yetish, bu borada qilinishi lozim bo'lgan vazifalar yo'nalishlarini bilib olishimiz eng dolzarb masalalardan biri sifatida oldimizda turibdi. Ana shu vazifalar qatorida milliy o'zlikni anglash va uning millat hayotidagi roli hamda o'rni alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda bu yo'nalishdagi ayrim ommabop maqolalarni hisobga olmaganda, sezilarli ilmiy ishlar e'lon qilinmadi. Bu o'z navbatida, milliy rivojlanish, milliy, ma'naviy-ruhiy salohiyat nazariyasi borasida mukammal konsepsiyani ishlab chiqishda «bo'shliq» paydo bo'lganligini ham bildirmoqda. Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy istiqlol g'oyasi konsepsiyasi ana shu bo'shliqni o'z vaqtida to'ldirib borishda barcha ilmiy tadqiqotlarning metodologik asosi bo'lib xizmat qilishi lozim bo'ladi.

Milliy o'zligimizni anglash, milliy, ma'naviy-ruhiy tiklanish, chekkadan qaraganda «oddiy va soddagina» tuyulsa-da, real hayotda juda ham murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki u milliy negilizimning kelib chiqmasligi va mamlakatimizda ko'p millatlar istiqomat qilishi kabi o'ta murakkab muammolar bilan bog'liqdir. Shuningdek, milliy taraqqiyotga nisbatan sobiq sho'rolar hukmronligi davridagi qotib qolgan qarashlardan tezroq qutilish va o'zbeklarning «menligini» qaror toptirishdek masalalar mavjudligini ham hisobga olish lozim bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Milliy, ma'naviy-ruhiy tiklanish muammolarini ilmiy tahlil qilish, tegishli ilmiy xulosalar ishlab chiqish faqat nazariy ahamiyatga ega bo'lib qolmasdan, shuning bilan birga, amaliy ahamiyat ham kasb etib turibdi. Chunki bizning oldimizda o'tmishning asoratlaridan ozod bo'lgan, o'zining mustaqil fikriga ega, o'z millati va Vatani manfaatlari yo'lida fidoyilik ko'rsatishga qodir bo'lgan barkamol avlodni tarbiyalab yetkazish vazifasi ham turibdi.

Bunda yoshlarni hech qanday asosga tayanmaydigan mavhum qarashlar va g'oyalar bilan tarbiyalab bo'lmaydi, balki bu jarayon milliy zaminlarga, avlod-

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ajdodlar yaratgan meroslar, asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlar va tajribalarga tayangan holdagina amalga oshirilishi lozim.

Boz ustiga o'zga millatlarning (hatto, u umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko'tarilgan bo'lsa ham) ma'naviy-ruhiy salohiyatlari milliy tiklanish va millatning barkamol avlodini tarbiyalashda belgilovchi omil bo'lolmaydi. U qachonki, milliy salohiyat bilan uyg'unlashgan bo'lsagina, millatning barkamol avlodini shakllanishiga o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazish mumkin. Mustaqilligimizni mustahkamlash va mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish jarayonida milliy, ma'naviy-ruhiy tiklanishimiz borasida olib boriladigan barcha ilmiy, tarbiyaviy va tashkiliy ishlarimiz ana shu konseptual g'oyalar asosiga yo'naltirilgandagina kutilgan natijalarni berishi mumkin bo'ladi. Ana shu ma'noda ham millatning o'z-o'zini anglashi bilan bog'liq bo'lgan muammolarni o'rganish, chuqur tahlil qilish va tegishli ilmiy xulosalar ishlab chiqishga ehtiyoj oshib bormoqda. Bu murakkab vazifani amalga oshirish uchun esa turli sohalar olimlarining yakdillik bilan faoliyat ko'rsatishi zarurdir. Ulug' mutafakkir Alisher Navoiy sizu bizga xitob qilib, «Siz shunday jamiyat barpo etingki, unda aqlu idrok jamiyat yuzini obod qiluvchi, xulqu tarbiya jamiyat ahliga hamjihatlik asosida shodu xurramlik baxsh etuvchi kuchga aylansin», deyayotgandek, go'yo.

Davlatimiz rahbarining «Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni, ruhi ma'naviyatdir» degan so'zlari mohiyatidagi uyg'onish nafasi Hazrat Navoiy da'vatlariga mohiyatan uyg'un bo'lib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga azmu shijaot bilan kirishgan xalqimiz uchun tarbiya, yaxshi xulq, aql-idrok, bilim, ma'naviyat naqadar tengsiz qudrat va ruhiy manba ekanini yana bir bor anglatdi. Demak, yuksak ma'naviyat bilan jamiyat hayotining tanasi bo'lgan iqtisodiyot vujudiga jon, ruh kiradi, unga tiriklik, tengsiz yaratuvchi qudrat baxsh etiladi.

Negaki, ma'naviyat va ma'rifat barcha zamonlarda tengsiz qudrat, baxt-saodat, tinchlik, bunyodkorlik, hamjihatlik mezoni, ruhiy poklanish va qalbni yuksaltiruvchi ne'mat bo'lib kelgan. Chunki u millatni, xalqni, demakki, insonlarni yuksak fazilatlar, kamolotga yo'llovchi axloqiy mezonlar asosida yashashga, xudbinlik, g'aflat asiriga aylanmay, hamisha yaxshilik yo'lida bedor bo'lishga, bu olamni obod qilishga, go'zallikka burkashga chorlagan. Lekin bugungi kunda ming yillar davomida sayqallanib, boyib, rivojlanib kelgan yuksak ma'naviyatimiz, boqiy qadriyatlarimiz, axloqiy fazilatlarimizga soya solayotgan, umid gulshanlarimiz bo'lgan aziz farzandlarimiz ma'naviy-ruhiy dunyosini izdan chiqarishga qaratilgan tahdidlarni ko'rib tashvishlarimiz ortib bormoqda. Ta'bir joiz bo'lsa, ezgulik va yovuzlik, bunyodkor va vayronkor kuchlar, g'oyalar o'rtasidagi kurash tobora oshkora

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

namoyon bo'lmoqda. Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbaridan turib aytgan «Jaholatga qarshi ma'rifat» bilan kurashish g'oyasi dunyoviy ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Hozirgi vaqtda diyorimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari o'zaro hamjihat yashamoqda, 16 konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritmoqda.

Jamiyatimizda hukm surayotgan o'zaro do'stlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va e'tiqodga mansubligidan qat'iy nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni ta'minlash e'tiborimiz markazida bo'ladi. Ularning o'rtasiga nifoq soladigan ekstremistik va radikal g'oyalarni tarqatishga O'zbekistonda mutloqo yo'l qo'yilmaydi". [2, 9].

Xo'sh, insonlar qalbiga xudbinlik, axloqsiz, buzg'unchilik urug'ini sepuvchi yovuzlik, jaholat qachon mahv etiladi? Ezgulik, ma'rifat nimadan kuch oladi? Albatta, avvalo ezgu niyatdan, ezgu so'zdan, ezgu amaldan, pokiza va ulug' maqsadlar yo'lidagi milliy birlikdan. Ajdodlar tajribasidan ayonki, qaysiki yurt o'z xalqi qudratini jamlab, umumxalq murod-u maqsadiga eltuvchi yo'lga boshlay olsa, millat salohiyatini to'g'ri yo'naltirsa, u davlatning mavqei ishonch manbai va tengsiz bunyodkor kuchiga aylanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi hamda «Ma'naviyat va ijodni qo'llab-quvvatlash maqsadli jamg'armasini tashkil etish to'g'risida» qarorlari Yangi O'zbekistonni bunyod etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda yuksak ma'naviyat mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilishi uchun barcha tashkiliy-huquqiy, moliyaviy manbalarni belgilab bergani, yaxlit mustahkam uzluksiz tizimga asos solgani bilan muhim tarixiy ahamiyatga egadir.

Endilikda, «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorda ta'kidlanganidek, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni jaholat soyasini solish uchun tinimsiz chiranib yotgan ma'naviy tahdidlardan himoya qilish borasida tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi talablar asosida yo'lga qo'yish, bu yo'nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligini mustahkamlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko'taradi. Mavjud muammolarni hal etish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samarasi va ta'sirchanligini oshirish, ko'lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida Vatanimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirish bo'yicha yagona tizim yaratiladi. Ana shu asosda, ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Milliy tiklanishdan - milliy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yuksalish sari» g'oyasini keng targ'ib etish orqali, jamiyatda sog'lom dunyoq arash va bunyodkorlik umummilliy harakatga aylantiriladi. Oila, ta'lim tashkilotlari va mahallalarda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash, targ'ibot-tashviqot va tarbiya yo'nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo'yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimi joriy qilinadi.

El-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug'-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas'uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Aholining Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanish madaniyati oshadi, g'oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immuniteti kuchaytiriladi. Madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san'atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma'naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar targ'iboti ustuvorligi ta'minlanadi. Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o'rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g'oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish sohasida ham muhim vazifalar amalga oshiriladi. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi qoshida ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-ijtimoiy mavzulardagi dolzarb maqolalar, jamoatchilik vakillarining ilg'or fikrlari, shuningdek, mafkuraviy jarayonlar tahlili, sohaga oid yangiliklarni to'plash, tayyorlash va tarqatish maqsadida «oyina.uz» elektron portali tashkil etiladi.

Ezgu fazilatlar nafaqat qalb olami munavvar, ma'naviy burchlariga sobit insonlar, balki jamiyatning ham bebaho boyligi hisoblanadi.

Ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarni ilmiy tadqiq qilish, ijtimoiy-ma'naviy muhitni prognozlash, targ'ibot jarayonlarini metodik ta'minlash, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlar, xususan, yosh olimlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash, soha xodimlari malakasini oshirish, maqsadli sotsilogik so'rovlar olib borish, xalqaro tajribani o'rganish, barcha targ'ibot ishlarini ilmiy asosda tashkil etish maqsadida Markaz huzurida Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti tashkil etiladi.

Mazkur qaror orqali Markaz va uning hududiy bo'lim hamda bo'linmalarining qo'shimcha shtatlar bilan kengaytirilgan yangi tizimining tasdiqlanishi sohaga yetuk olimlar, yosh vatanparvar ilmiy xodimlar, faol ijodkor ziyolilarni jalb etish imkoniyatini yaratadi. Mamlakatimizdagi barcha maktablarda shoir va yozuvchi, jurnalist, olimlarni jalb qilgan holda ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi lavozimining joriy qilinishi tufayli ta'lim maskanlaridagi millionlab o'quvchilar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qalbiga «Vatanparvarlik sabog'i»ni singdirib boradigan yangi ma'naviy-ijodiy ruh kirib boradi.

Davlat oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallarida, talabalar sonidan qat'i nazar, yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor lavozimining kiritilishi oliy ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yangi bosqichga ko'taradi. Ushbu qaror bilan, xalqona qilib aytganda, mamlakatimizdagi barcha tuman va shaharlarda Ma'naviyat va ma'rifat maskanlarini tashkil etishga oq fotiha berilmoqda. Qarorda soha uchun kadrlar tayyorlashga ham alohida ahamiyat qaratilgan. 2021/2022 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim tizimining tegishli ta'lim yo'nalishlari o'quv rejalariga bakalavriat bosqichida «Ma'naviyatshunoslik», magistratura bosqichida «Kasbiy ma'naviyat» fanlari kiritilishi hamda magistratura ta'lim bosqichida «PR-menejer» mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlanishining yo'lga qo'yilishi ham muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Ayniqsa, milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar yo'nalishida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli fundamental, amaliy va innovasion loyihalarni shakllantirish, ularni moliyalashtirish masallarining tizimli yo'lga qo'yilganligi ko'plab ilmiy yechim va xulosalarning amaliyotga joriy etilishiga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi va ta'sirchanligini oshirish, xalqimiz o'rtasida hamjihatlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash, milliy qadriyat, an'ana va urf-odatlarni keng targ'ib qilish, badiiy ijod va kitobxonlik madaniyatini faol qo'llab-quvvatlash maqsadida «Ma'naviyat va ijodni qo'llab-quvvatlash maqsadli jamg'armasini tashkil etish to'g'risida» qarorining qabul qilinishi ham mamlakatimizda birinchi marta ma'naviy-ma'rifiy sohadagi iqtisodiy masalalarni hal etib, uning moliyaviy a soslarini mustahkamlab qo'ymoqda.

«Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi» asosida barcha ta'lim muassasalari uchun metodik qo'llanma, uslubiy tavsiyalar, ma'naviy-axloqiy tarbiya nazariyasi va metodikasini boyitishga qaratilgan ilmiy-amaliy adabiyotlar yaratish bugungi kuning muhim talablaridan hisoblanadi.Sohaga «Raqamli targ'ibot» tizimini joriy qilish maqsadida IT-parklar, innovasion markazlar bilan hamkorlikda mobil ilovalar, kompyuter o'yinlari, animasion mahsulotlar tayyorlash ham bugungi kunda yoshl ar bilan ma'naviy-tarbiyaviy asosda muloqotga kirishishning samarali vositasi hisoblanadi. Ma'naviy-ma'rifiy sohani, adabiyot va kitobxonlikni har tomonlama rivojlantirish, bu boradagi tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash, yangi loyihalar, kitob, risola va maqolalar, tadbirlar ssenariylarini yaratish bo'yicha ijtimoiy buyurtmalarni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

shakllantirish hamda bu ishlarga jalb etilgan olim va mutaxassislarni moddiy rag'batlantirish masalasi ham qaror bilan yechimini topgan.

Ushbu qaror bilan xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati, asriy an'ana va qadriyatlari tarannum etilgan, milliy ma'naviyatimizning mazmun-mohiyati teran badiiy ifodasini topgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning munosib namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish hamda jahon axborot tarmog'ida keng targ'ib etish, badiiy asarlar mualliflarini moddiy jihatdan rag'batlantirish kabi qator vazifalarni amalga oshirishning ham moliyaviy asoslari yaratildi. Ma'naviyatning asosida avvalo tarbiya yotadi. «Tarbiya qancha mukammal bo'lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi», deydi donishmandlar. "Tarbiya, -degan edi Abdulla Avloniy, -bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir"[3, 34]. Tarbiya mukammallik kasb etishi uchun esa bu masalada bo'shliqqa yo'l qo'yib bo'lmaydi. Hozirgi kunda mamlakatimizda kitobxonlik saviyasini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga katta ahamiyat berilayotgani hammamizga ma'lum. Ko'plab bolalarimiz kitob, internet orqali zamonaviy bilimlarni egallamoqda, shu bilan birga qanchadan-qancha yoshlar kitobdan uzoqlashib, qimmatli vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazmoqda.

Biz yillar davomida qayta-qayta inson qalbi va ruhini izdan chiqarishga qaratilgan mafkuraviy tahdidlar, axborot xurujlari avj olgan tahlikali bir davrda yashayapmiz, degan fikrni aytib keldik. Ammo bugun dunyoda sodir bo'layotgan mafkuraviy jarayonlar har qachongidan ham ko'ra tahlikaliroq tus olmoqda. Quyosh olamga ezgulik nurini sochadi, afsuski undan yaxshilikka xizmat qiluvchi dov-daraxtlar, gulu rayhonlar bilan bilan birga badbo'y alafu, tikonlar ham nur oladi. Bugun mamlakatimizda yaratib berilgan oshkoralik, so'z erkinligi, fikrlar xilma-xilligini suiiste'mol qilib o'z ajdodlari qoldirgan yuksak ma'naviyatga bepisand qaraydigan, uni eskilik sarqiti sifatida kamsitadigan, inson tilga olishga ham nomus qiladigan «erkinliklar»ni ro'kach qilgan holda odamiylik mulki, insoniy axloq chegarasidan chiqib tubanlik botqog'iga botayotgan «aqlli» toifalar ham paydo bo'lmoqda. Ular dinu diyonat, halollik, poklik, yuksak axloq asosidagi ma'naviyatga «oq» bo'lganlari yetmaganday, unga malomat toshlarini ham otishmoqda.

Ana shunday ayrim odamlar ruhiyatiga ta'sir qiladigan «ko'rinmas nusxalar» internet olami, ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborayotgan «qo'shqanot» xabarlar, noinsoniy da'vatlar, iymon libosiga o'ralgan iymonsiz qarashlar oshib-toshib ketayotgan ayni sharoitda bunday kaslarga insoniy ta'sir etish, ular qalbiga ma'naviy ko'prik solish oson emas. Ana shularni o'ylaganda, «saodatni» «falokatga» aylantirayotgan ma'naviyatsizlik olami ichra «falokatni» «saodatga» aylantiradigan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ma'naviyat chirog'ini yoqish, anchadan buyon yuragi gul va nur ko'rmagan qalblarga odamiylik tuyg'ularini jo etish qanchalar muhim ish ekanligini anglaymiz. Ana shunday Vatanni sevguvchi, uning dardi, orzu-umidlari bilan yashovchi yoshlar qalbiga johillik urug'larini sochish oqibatida bir toifa navqiron avlod vakillari ijtimoiy tarmoqlarda qora dog'larni ko'proq ko'radigan, buyuk o'zgarishlarga esa loqayd qarab, undan ko'z yumadigan bo'lib qolmoqda. Lekin ma'naviyat borasida qalbi axloq va vatanparvarlik kitobiga aylangan millionlab ota-onalarimiz, zukko yoshlarimiz bor ekan, uch-to'rtta jaholat girdobidagi adashganni ma'rifat bilan yo'liga solish mumkin. Bu qaror shu borada ham butun xalqimiz uchun kelajak dasturi bo'lib qoladi.

Davlatimiz rahbari bu tarixiy qarorlar bilan bizni ulug' maqsadlarga da'vat etmoqda. Bu shunchaki da'vat emas, bu Uchinchi uyg'onish nafasini olib kelayotgan yurakning murodi, bu tomirlarimizda shivirlab turgan ajdodlar murodi. Ulug' ishlarga qodirmiz, yuksak ma'naviyat va axloq asosida, insoniy fazilatlar ustuvor bo'lgan, odamiylik, ezgulik mafkurasiga asoslangan buyuk davlat, farovon jamiyatda yashashga loyiq xalqmiz.

Yuksak ma'naviyat qalblarimizdagi intilish, orzu-umidlarga kuch berib, ulug' maqsadlar yo'lida yangi bunyodkor to'lqinga aylantiradi, vatanparvarlik tuyg'ulari asosida yangi umummilliy harakatga chorlaydi. Dunyoda qanday tahlikali va suronli jarayonlar kechmasin, ma'naviyat, milliy ruh, ezgu g'oyalar, istiqlol shukuhi bizga doimo tog'dek tayanch bo'ladi.

Mazkur qarorlar ma'naviy yuksalish - Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratish borasida tashlangan ulug' qadam sifatida Vatanimiz tarixidagi yorqin sahifalardan biri bo'lib qoladi.

Qarorni dil to'lqinlanib, har bir so'z mohiyatidagi maqsadlar qamrovini tahlil etib o'qirkanmiz, beixtiyor, sobiq sho'ro tuzumida yemirilib borayotgan ma'naviy qadriyatlarimizni o'sha zamon cheklovlari, siyosiy qatag'onlardan yurak oldirib qo'ygan otalar, bobolarimizning kosa tagida nim kosa tarzida tushuntirishga, anglatishga uringanlari yodga tushadi. Nazarimda, bugun ularning ruhlari ham shod, chunki avlodlari taqdirida yillar davomida yuzi jaholat, e'tiborsizlik, millatchilik, adolatsizlik, o'zlikdan mosuvolik bulutlari bilan soyalangan, berkitilgan ma'naviyatimiz quyoshi hayotimizga, qalblarimizga nur sochishi uchun keng imkoniyat, ijtimoiy muhit yaratilmoqda.

Bu qarorlar, aytish mumkinki, millionlab yoshlarimizga ajdodlarimizdan avlodlarga meros bo'lgan eng bebaho, o'rnini hech narsa to'ldira olmaydigan, nasllarimiz asrlar osha ko'ksini baland tutib «Men - O'zbekiston farzandiman!» deya

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

dunyo mamlakatlari orasida o'z hayot tarzi va taraqqiyoti bilan teng va mag'rur yashashlari uchun zamin bo'ladigan ma'naviy barkamollikka erishish yo'llarini keng ochadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Ma'naviyat, uning asosi bo'lgan yuksak axloq, ruhiy poklik, qalban uyg'oqlik, bedor vijdon, mustahkam iymon bahor nafasiga o'xshaydi. U shakllanib, rivojlanib borarkan, o'z yo'lida qancha gullash fasllarini ko'rdi, ayozlarning ta'qibu tahdidlarini boshdan o'tkazdi. Uning faraxbash nafasi ta'siri qanchalar mavjud bo'lsa, afsuski unga qarshi sovuq yellar ham shunchalar mavjuddir. Shu bois ham u hamisha, har bir davrda bu sinovu tahdidlardan kuchli bo'lib, qudratga to'lib o'tadi. Negaki, unga davru davronlarga uyg'onish baxsh etuvchi sohibdillar ezgu amallari birla quvvat baxsh etadi.

REFERENCES

1. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. - T.: Sharq, 1998. 20-b.

2. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O'zbekiston, 2017, 9-bet.

3. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. Tanlangan asarlar, 2-jild. T.: "Ma'naviyat", 1998, 34-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.