Научная статья на тему 'SHARQ ALLOMALARI DINIY MEROSINING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI AHAMIYATI'

SHARQ ALLOMALARI DINIY MEROSINING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
2184
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
din / ta’lim / sharq mutafikkirlari / religion / education / oriental thinkers

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — О‘ M. Mavlonov

Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlari diniy merosining yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati, ta’lim dargohlarida diniy ta’lim berish masalalari va bu sohada О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar qiyosiy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF THE RELIGIOUS HERITAGE OF EASTERN SCIENTISTS IN THE EDUCATIONAL PROCESS

The article provides a comparative analysis of the role of the religious heritage of Eastern thinkers in the upbringing of the younger generation, issues of religious education in educational institutions and the work carried out in Uzbekistan in this area.

Текст научной работы на тему «SHARQ ALLOMALARI DINIY MEROSINING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI AHAMIYATI»

SHARQ ALLOMALARI DINIY MEROSINING TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIDAGI AHAMIYATI

O'. M. Mavlonov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi

katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlari diniy merosining yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati, ta'lim dargohlarida diniy ta'lim berish masalalari va bu sohada O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar qiyosiy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: din, ta'lim, sharq mutafikkirlari

THE IMPORTANCE OF THE RELIGIOUS HERITAGE OF EASTERN SCIENTISTS IN THE EDUCATIONAL PROCESS

O. M. Mavlonov

Senior lecturer at the Department of Social Sciences and Humanities of the Uzbek State

Institute of Arts and Culture

ABSTRACT

The article provides a comparative analysis of the role of the religious heritage of Eastern thinkers in the upbringing of the younger generation, issues of religious education in educational institutions and the work carried out in Uzbekistan in this area.

Keywords: religion, education, oriental thinkers

KIRISH

Shaxs ma'naviyati va ayniqsa yosh avlod tarbiyasi masalasi bashariyat taraqqiyotining ilk davrlaridan boshlab, insoniyat oldida turgan muhim yo'nalishlardan bo'lgan. Zero, qadimgi dunyo faylasuflaridan tortib, hozirgi davr tadqiqotchilarigacha umuman insoniyat tarbiyasi, xususan, shaxs kamoloti haqida tadqiqotlar o'tkazib kelingan va kelinmoqda. Eng qiziq tomoni shundaki, har bir zamon va makonda bu masala o'zining yechimini kutayotgan eng muhim dolzarb muammo sifatida kun tartibidagi asosiy masalalar qatorida kelavergan va kelmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Dunyo tarixiy tajribasining guvohlik berishicha birorta xalq va millat ta'lim-tarbiyaga e'tibor bermasdan taraqqiyotga erisha olmagan. Bugungi kunda rivojlangan

davlatlar deb e'tirof etiladigan mamlakatlar taraqqiyotining dastlabki omili sifatida ham ilm-fan e'tirof etiladi.

Ayniqsa, globallashuv jarayoni shiddat bilan jadallashyotgan, geosiyosiy manfaatlar ustuvor ahamiyat kasb etayotgan, xalqaro miqyosda xavfsizlik va barqarorlik tizimi izdan chiqib o'zgarib borayotgan, turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi davrda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olishlari hamda barkamol bo'lib ulg'ayishlariga e'tibor qaratish har bir millat uchun ustuvor vazifalardan biriga aylandi desak ayni haqiqatdir.

Shu sababdan ham mustaqil taraqqiyotimizning o'tgan 27 yili davomida barcha soha qatorida yosh avlodga tarbiya berish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qaralib kelinmoqda, bu sohada tizimli islohatlar olib borildi va hozirda esa bu islohatlar bugungi kun talablaridan kelib chiqib yangicha mazmun, mohiyat kasb etib bormoqda.

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan turli yangi tahdid va xavflar qatorida soxta diniy qarashlar bilan bog'liq xatarlarning mavjudligi, mana shu soxta g'oyalar ta'siriga millatdoshlarimizning, yurtdoshlamizning tushib qolayotganligi ta'lim tarbiya jarayonida diniy bilimlarni berish tizimini qayta isloh qilish muhimligini o'rtaga tashlamoqda. Chunki, islom dini millatimiz turmush tarziga shu qadar singib ketganki, tom ma'noda har birimizning kundalik hayotimiizga u yoki bu darajada o'zining sezilarli ta'sirini o'tkazib kelgan va kelmoqda. Bu haqda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan "Biz o'z millatimizni mana shu muqaddas dindan ayro holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o'zligimizni yo'qotamiz" - degan fikrlari bejizga aytilmagan edi. (Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. // Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. T.7-jild, -T.: "O'zbekiston", 1999. - 350-bet).

Bugunda dunyoda yuz berayotgan voqea hodisalarni kuzatar ekansiz bu voqea hodisalarning zamirida din omili hal qiluvchi ahamiyat kasb etib borayotgani sezish qiyin emas. Afsuski mana shu din omilining oshib borishi qatorida, dinning ta'sirchan kuchidan o'zlarining g'arazli maqsadalariga erishish yo'lida unumli foydalaniyotgan turli guruhlarning soni ham tabora ortib borayotgani ham sir emas.

Shunday ekan, mana shu din omilidan yosh avlodni tarbiyalashda qay darajada foydalanayapmiz?...- degan savol tug'ilishi mumkin.

Bilamizki, islomiy tarbiyaning asl mohiyati jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini, uning ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini barpo qilishga qaratilgani bilan ajralib turadi. Islom dini - bu biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma'rifat sarchashmasi bo'lib xalq ma'naviyati va ma'rifatining yuksalishiga katta hissa qo'shib kelgan ilohiy ne'matdir.

Mana shularni anglab yetgan holda mustabit tizim davrida toptalgan mana shu ilohiy ne'matning qadгini tiklash borasida, sof islom dinini о'гganishga, ilmiy izlanishlarga istiqlolimizning dastlabki kunlaridanoq keng imkoniyatlar yaratilib berildi. Jumladan, azaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni o'zida mujassam etgan muqaddas dinimizni asrash hamda qadrlash, nafaqat islom olami, balki jahon sivilizatsiyasi tarixida buyuk ishlari bilan nom qoldirgan ajdodlarimiz merosini o^ganish, ularni navqiron avlodga to'la-to'kis yetkazish borasida keng ko'lamli ishlar olib borildi.

Ayniqsa, yoshlarning zamonaviy bilimlar bilan bir qatorda, diniy ilmlarni o'zlashtiгishlaгi uchun imkoniyatlar yaratish, ular qalbida milliy qadriyatlar, ezgu an'anala^a nisbatan chuqur hurmat tuyg'usini shakllantirishga alohida e'tiboг qaratildi.

Albatta, bu maqsadlarga erishishda yurtimizdan yetishib chiqqan islom e'tiqodini ta'limot, nazariya, ilm-fan darajasiga ko'ta^an islom ulomalari davalan bo'lmish Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Lays Samarqandiy, Burhoniddin Ma^'inoniy, Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi mutafakkir olimlarimiz va ulomalarimizning boy ma'naviy va diniy merosi juda muhimdir.

Ma'lumki, bizning mintaqamiz, avvalambor, bugungi O'zbekiston zamini islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Islom sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo'shganlar safining old qatorlarida, aynan bizning muqaddas, jannatmakon zaminimizdan yetishib chiqqan, jahon ilm-fan taraqqiyotining buyuk mutafakkirlari, alloma va donishmandlarining borligi dunyo ahlini haligacha lol qoldirib kelayotganligi necha asrki avlodlar qalbiga surur va iftixor bag'ishlab keladi.

MUHOKAMA

Xalqimizning ana shunday boy taгixiy, ilmiy, ma'naviy merosini haг tomonlama o'гganish, jahon af^ ommasiga keng tanishtiгish, eng muhimi, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish hamda ta'lim tartiya jarayonida bu ulkan merosdan samaгali foydalanish masalalaгi hoziгda ham o'z dolzaгbligini aslo yo'qotgani

y°'q.

Ayniqsa, so'nggi bir-ikki yil ichida davlatimiz tomonidan diniy sohada amalga oshiriyotgan islohatlar yangi bir bosqichga ko'tarilganini e'tirof etish kerak. 2016 yil 18-19 oktabr kunlari Toshkentda "Ta'lim va ma'гifat — tinchlik va bunyodkorlik sari yo'l" ezgu g'oyasi ostida o'tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi aynan aynan yurtimiza muvoffaqiyatli o'tkazilgani yuksak ma'naviyat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan ekanligini, muqaddas islom dini bu borada muhim o'ringa egaligini yana bir karra namoyon etdi. Bu kengashdagi nutqida muhtaram yurtboshimiz islom dinining ta'lim tarbiya jarayonidagi ahamiyatini

ta'kidlab "Bu masala yoshlarda ilm-fanga va ta'lim olishga intilish tuyg'usini kuchaytirish, barcha jamiyatlarda islom qadriyatlari va madaniyatini to'g'ri anglash hamda qabul qilish, dunyoning barcha xalqlariga Islom dinining haqiqiy mazmun-mohiyatini yetkazish uchun muhimdir" (Mirziyoyev SH.M. Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqidan) -degan fikrlari keng afkor ommaga islom dinining ma'rifiy mohiyatini ochib berdi deyish mumkin.

NATIJA

Bundan tashqari biz bugun amalga oshirayotgan Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo'nalishida ham millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash bo'yicha eng muhim vazifalar belgilab berilganganligi, yurtimizda o'z faoliyatini boshlagan Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O'zbekiston Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi kabi yangi tuzilmalar muqaddas dinimizning asl g'oyalarini o'rganish, buyuk allomalarimiz, aziz avliyolarimiz ilmiy merosini chuqur tadqiq etish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish imkonini yaratib bermoqda. Albatta, bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko'p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o'rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma'naviy muhitni ta'minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Qolaversa, xalqimizga azal-azaldan xos bo'lgan ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ'ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda diniy-ma'rifiy soha vakillarining o'rni va ishtirokini oshirish maqsadida 2018 yilning 16 aprelida muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan "Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni ham aynan bu sohada olib borilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida muqaddas dinimizning ma'naviy-ma'rifiy imkoniyatlaridan yosh avlodni bahramand qilishning yangi tuzulmalarini shakllantirishga, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o'rganishni yangi bosqichga ko'tarishga qaratilgani bilan o'ta ahamiyatlidir.

XULOSA

Muxtasar qilib aytganda hozirgi vaqtda muqaddas islom qadriyatlarini asrab-avaylash va rivojlantirish, musulmon xalqlari o'rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta'minlashga urg'u berilgani nihoyatda ahamiyatli bo'lib, yoshlarni buyuk ajdodlarimiz kabi go'zal xulq va odobli, keng qamrovli bilimli, dunyo

tamadduni rivojiga munosib hissa qo'sha oladigan darajada kamolotga erishishlarini, yuksak ma'naviy mezonlar bilan uyg'unlashgan umuminsoniy qadriyatlarni chuqur hurmat qilish ruhida ulg'ayishlarini ta'minlash borasida barcha bir tan, bir jon bo'lib harakat qilishi eng muhim va eng dolzarb vazifalari biri bo'lib hisoblanadi.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. // Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. T.7, -T.: "O'zbekiston", 1999. 350-bet.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqidan

3. http://uza.uz/oz/documents/diniy-marifiy-so-a-faoliyatini-tubdan-takomillashtirish-chor-16-04-2018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.