Научная статья на тему 'BO‘LG‘USI JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARI FAOLIYATINING ILMIY – PEDAGOGIK ASOSLARI'

BO‘LG‘USI JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARI FAOLIYATINING ILMIY – PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
290
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilm / fan. Sport / jismoniy tarbiya / ta’lim / maktab / pedagogika / universitet / science / science. Sports / physical education / education / school / pedagogy / university

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Yaqubova, Dono

Maqolada jismoniy tarbiya o‘qituvchilari faoliyatining ilmiy-pedagogik asoslari ilmiy tahlil etilib, bo‘lg‘usi jismoniy tarbiya o‘qituvchilari faoliyatini tashkil etishga oid nazariy va amaliy xulosalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC AND PEDAGOGICAL FUNDAMENTALS OF FUTURE PHYSICAL EDUCATION TEACHERS

The article provides a scientific analysis of the scientific and pedagogical basis of the activities of physical education teachers, the development of theoretical and practical conclusions on the organization of future activities of physical education teachers.

Текст научной работы на тему «BO‘LG‘USI JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARI FAOLIYATINING ILMIY – PEDAGOGIK ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BO'LG'USI JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHILARI FAOLIYATINING ILMIY - PEDAGOGIK ASOSLARI

Dono Yaqubova

Urganch davlat universiteti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada jismoniy tarbiya o 'qituvchilari faoliyatining ilmiy-pedagogik asoslari ilmiy tahlil etilib, bo'lg'usi jismoniy tarbiya o'qituvchilari faoliyatini tashkil etishga oid nazariy va amaliy xulosalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: ilm, fan. Sport, jismoniy tarbiya, ta'lim, maktab, pedagogika, universitet

SCIENTIFIC AND PEDAGOGICAL FUNDAMENTALS OF FUTURE PHYSICAL EDUCATION TEACHERS

Dono Yakubova

Researcher at Urgench State University

ABSTRACT

The article provides a scientific analysis of the scientific and pedagogical basis of the activities of physical education teachers, the development of theoretical and practical conclusions on the organization of future activities of physical education teachers.

Keywords: science, science. Sports, physical education, education, school, pedagogy, university

НАУЧНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ФИЗИЧЕСКОЙ ВОСПИТАНИЯ

Доно Якубова

научный сотрудник Ургенчского государственного университета

АННОТАЦИЯ

В статье проводится научный анализ научно-педагогических основ деятельности учителей физической культуры, разработка теоретических и практических выводов по организации будущей деятельности учителей физической культуры.

Ключевые слова: наука, наука. Спорт, физкультура, образование, школа, педагогика, вуз

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bu ham jismoniy, ham ma'naviy sog'lom bo'lgan avlodni kamol toptirish hisoblanadi. Zero, bugun dunyo mamlakatlarida keskinlashayotgan globallashuv jarayonlari sharoitida yuksak ma'naviyatli va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash Vatanimiz kelajagini belgilab beruvchi va xalqimizning ezgu maqsadlarini ro'yobga chiqaruvchi eng muhim omillardan biridir. Bu ezgu amalning amalga oshirilishida uning huquqiy asoslari ham yaratilgan bo'lib, keng qamrovli ishlar qilinmoqda. Jumladan, O'zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3031-son Qarori va 2018 yil 5 martdagi "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5368-son Farmoni bu sohani yanada rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. Ushbu farmon va qarorlarning asosiy maqsadlaridan biri ham bu sohadagi nazariy va amaliy bilimlarni yanada chuqurlashtirish, jismoniy tarbiyaga oid ko'nikma va malakalarga doir tushuncha hamda atamalarni to'g'ri shakllantirishdan iborat.

Darhaqiqat, hozirgi globallashuv jarayonlari tobora keskinlashayotgan bir davrda bevosita yoshlarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi bilan shug'ullanuvchi jismoniy tarbiya o'qituvchilariga qaratilayotgan e'tibor bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, ularning muhim xizmatlaridan biri shundaki, o'quvchi-talabalarni tarbiyaviy, madaniy, tibbiy, sanoat qurilish, ishlab chiqarish kabi kasb-hunarga yo'naltirish bo'lsa, ikkinchidan ularni maxsus jismoniy tayyorgarlik bilan qurollanishga ma'lum darajada xizmat qiladi. "Faqatgina zamonaviy asosda ta'lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma'naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko'tarishga qodir bo'ladi"[1] - deb, ta'kidlagan edi mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov. Albatta, bu borada yoshlarimizning ong-tafakkurini zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, shuningdek, xalqimizning milliy ma'naviyatida muhim bo'lgan axloqiy kamollik, vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmga chanqoqlik, bilimdonlik, bunyodkorlik, mehnatsevarlik singari fazilatlarini singdirib borish bevosita bo'lg'usi jismoniy tarbiya o'qituvchilarining bilim va ko'nikmalariga ham bog'liqdir. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda yosh avlodga ta'lim berayotgan o'qituvchilarning o'zlari zamonaviy innovasion texnologiyalarni to'liq o'zlashtirgan, axborot-kommunikatsiya vositalaridan oqilona foydalana olish ko'nikmalariga ega bo'lishlari, umuman barcha ta'lim-tarbiya sirlaridan voqif bo'lishlari talab etiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bo'lg'usi jismoniy tarbiya o'qituvchilari ilmiy pedagogik faoliyati bilan bog'liq masalalarni o'rganishda, eng avvalo, mazkur hodisaga oid tushunchalarning mazmun-mohiyatini tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Xususan, "jismoniy tarbiya" tushunchasining o'ziga bir qancha ta'riflar berilganligini ko'rishimiz mumkin. "Jismoniy tarbiya - ta'lim-tarbiya jarayoni bo'lib, u kishi organizmini morfologik va funksional ravishda takomillashtirishga uning asosiy, hayoti uchun muhim bo'lgan harakat malakalarini yaxshilashga hamda bular bilan bog'liq bo'lgan bilimlarni tarkib toptirishga qaratilgandir"[2]. "Jismoniy tarbiya - sof sport musobaqalaridan iborat bo'lgan jarayongina emas, balki ushbu tarbiya orqali yoshlarda axlokiy-irodaviy xislat va fazilatlar tarkib toptirilishidir"[3].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Jismoniy tarbiya organizmni har tomonlama chiniqtirishga qaratilgan, sog'liqni mustahkamlashni nazarda tutgan tarbiya, jismoniy mashqlar"[4 ] va h.k.

Turli yo'nalishlar bo'yicha, ya'ni u hoh matematik, fizik, tarixchi yoki jismoniy tarbiya o'qituvchisi bo'lsin uning ish uslubi bevosita pedagogik faoliyat bilan bog'liqdir. Darsning mazmunli va sifatli olib borilishi o'z navbatida, uning pedagogik mahorati, pedagogik ko'nikmasi, pedagogik malakasi, umuman pedagogik faoliyati bilan chambarchas bog'liqdir. Mashhur rus pedagogi V.A.Suxomlinskiy: "pedagogik rahbarlikning sirlaridan biri o'qituvchilarda muntazam izlanish va o'z ishining tahliliga qiziqish uyg'otishdan iborat. Kimki o'z darslarida, tarbiyalanuvchilar bilan o'zaro munosabatlarda yaxshi va yomonni farqlashga, yutuq va kamchiliklarini o'z vaqtida bo'lishga urinsa, pedagogik faoliyatning yarim muvaffaqiyatiga erishgan bo'ladi"[5] - deb, pedagogik faoliyatga o'z ta'rifini shunday ifodalagan edi. Shu nuqtai nazardan olganda, o'z pedagogik faoliyatini endigina boshlagan yosh bo'lg'usi jismoniy tarbiya o'qituvchisi umuman jismonan va ruhan bo'shashishi yoki butunlay osoyishtalikka berilishi mumkin emas. Bizga ma'lumki, bu tuyg'u psixologiya fanida "relaksatsiya" deb atalib, kishilarning ish faoliyatida salbiy holatlariga beriladigan baho sifatida e'tirof etiladi. Har bir bo'lg'usi jismoniy tarbiya o'qituvchisi pedagogik mahoratni to'liq egallashi uchun: birinchidan, o'z o'quv fanini davr talablari asosida o'zlashtirgan bo'lishi; ikkinchidan, psixologik va pedagogik bilimlarga ega bo'lishi (o'quvchilar xarakteriga mos usullarni qo'llay olishi);

uchinchidan, o'zida pedagogik izlanuvchanlik va fidoyilikni tarkib toptirishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Rus olimi I.P.Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san'atning bir qismi sifatida quyidagi fikrni bildiradi: "Pedagogik mahorat deganda o'qituvchining pedagogik-psixologik bilimlarni, kasbiy malaka va ko'nikmalarni mukammal egallashi, o'z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuisiyasi, hayotga axloqiy-estetik munosabatda bo'lishi, o'z fikr mulohazasiga ishonchi va qatiy irodasi tushuniladi"[6].

Shuningdek, bo'lajak jismoniy tarbiya o'qituvchisining pedagogik faoliyatida o'qituvchilik kasbiga sadoqatli bo'lish, o'z fanini o'qitish metodikasini mukammal bilishi, pedagogik qobiliyatlarini namoyish eta olishi, pedagogik texnikani o'z o'rnida qo'llay bilishi eng muhim komponentlardan bo'lib hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, har bir bo'lajak jismoniy tarbiya o'qituvchisi doimo o'quvchilarga jismoniy mashqlarni yetkazish bilan birgalikda parallel ravishda uning ta'lim va tarbiyasi bilan shug'ullanib, u bilan o'zaro muloqot olib boradi. Har bir o'quvchi aqliy, ruhiy va jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo'lganligi sababli ham bo'lajak o'qituvchi ular bilan doimiy muloqotda bo'lishi, ularning har bir psixologik xarakteri va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta'sir ko'rsatish mexanizmlarini, avvalo, psixologiya va tarbiya nazariyasini mukammal tarzda o'rganib, o'z kasbiy faoliyatini doimiy rivojlantirib borishi zarur.

Xulosa qilib aytganda, bo'lg'usi jismoniy tarbiya o'qituvchilari ilmiy pedagogik faoliyati davomida quyidagilarga alohida e'tibor qaratishi lozim deb hisoblaymiz:

- jismoniy tarbiyaga doir bilimlar tizimini mukammal egallagan bo'lishi;

- jismoniy mashqlarni o'quvchilarga to'laqonli yetkaza olish ko'nikma va malakasiga egaligi;

- o'z fanini o'zlashtirganligi bilan birgalikda umummetodologik fanlar asosini, xususan davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi;

- atrofda sodir bo'layotgan ijtimoiy muammolar va jarayonlarni o'z nuqtai nazardan mustaqil tahlil qila olishi;

- o'quv jarayoni davomida o'quvchilarning ma'naviy qiyofasi haqida bilimlarga ega bo'lib borishi;

- o'quvchilarning yoshga doir xususiyatlaridan kelib chiqib, zamonaviy pedagogik va psixologik bilimlarni o'rnida qo'llay olishi;

- vujudga kelgan yangi bilimlarni mustaqil ravishda o'zlashtirishi, takomillashtirishi va o'z mehnat faoliyatida ilmiy asosda foydalana olishi;

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- o'z ilmiy pedagogik faoliyatida me'yoriy huquqiy hujjatlardan individual foydalana olishi;

- muommala madaniyatiga rioya qilishi;

- o'zlashtirilgan bilimlarni tanqidiy yondashuv asosida tahlil qila olishi;

- o'zlashtirgan bilimlarini o'quvchilarga aniq yetkaza olishi;

- o'z kasbiga nisbatan mas'uliyat xissining shakllanganligi;

- pedagogik faoliyati davomida xorijiy tillardan birini kasbiy malaka yoki ilmiy muloqot almashish vositasi sifatida egallagan bo'lishi;

- zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olishi;

- pedagogik faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llay olishi va hokazo.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish -eng oliy saodatdir. - T.: "O'zbekiston", 2015. - B. 255.

2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodologiyasi, 1-tom, O'qituvchi. T.: 1975.

3. Замонавий таълим / современное образование. - Т.:2016, - №5. - Б. 17.

4. Узбек тилининг изошли лугати. 1-жилд. - Т.: "Узбекистан миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2006. 95-б.

5. Сухомлинский В.Д. Болаларга жоним фидо. - Т.: Укдтувчи, 1984,254 б.

6. Раченко И.П. Диагностика развития педагогического творчества учителя. -Пятигорск, 1992,196 с.

7. Qabulov, Q. P. (2017). NATIONAL INTERESTS AND PERSPECTIVES OF GLOBALIZATION. Theoretical & Applied Science, (1), 82-85.

8. Nodirbek Kodirov Mamasoliyevich. (2021). Current issues of formation of information culture in youth. https://doi.org/10.5281/zenodo.5770626

9. Kodirov N. Problems of the globalization of information culture in the current time //§tiin|a, educate, culturâ. - 2020. - Т. 4. - С. 272-274

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.