Научная статья на тему 'MUHAMMAD RIZO OGAHIYNING “TA’VIZ UL-OSHIQIN” ASARIDA FALSAFIY GʻOYALAR: INSONNING TABIATI, AXLOQI VA JAMIYATDAGI OʻRNI'

MUHAMMAD RIZO OGAHIYNING “TA’VIZ UL-OSHIQIN” ASARIDA FALSAFIY GʻOYALAR: INSONNING TABIATI, AXLOQI VA JAMIYATDAGI OʻRNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
2506
120
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ogahiy / inson / insonparvarlik / Devon / "Taʼviz ul-oshiqin" / odil shoh / gado / "ahli joh". / Agahi / human / humanism / Divan / "Taʼwiz ul-ashiqin" / righteous king / "gado" / "ahli joh"

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Shavkatov, Sherali Shavkatovich

Ushbu maqolada biz Ogahiy Devonidagi insonparvarlik gʻoyalarini atroflicha ochib berishga harakat qilamiz. Chunki, insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan oʻrni falsafiy muammolar tizimida muhim oʻrin tutadi. Turli davrlar mobaynida, turli falsafiy taʼlimotlarda bu masalalar turlicha talqin qilib kelingan. Chunki inson mohiyati ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda oʻzligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini roʻyobga chiqarishga intilaveradi. Buyuk insonparvar mutafakkir Ogahiy ham mana shunday fikrlovchilarqatorida boʻlib, inson haqidagi gumanistik, maʼrifatparvar va demokratik konsepsiyalarning rivojlanishiga katta hissa qoʻshadi. Shu jihatdan Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek oʻgʻli Ogahiyning sheʼriy ijodidagi insonparvarlik gʻoyalari va ulardagi ilmiy-falsafiy jihatlar yangi davr Markaziy Osiyo madaniyatining ajralmas qismi hioblanadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHILOSOPHICAL IDEAS IN THE WORK OF MUHAMMAD RIZA OGAHI "TAVIZ UL-OSHIQIN": THE NATURE, ETHICS AND ROLE OF MAN IN SOCIETY

In this article, we will try to reveal in detail the ideas of humanity in the Agahi Devonian. Because the creation, essence and role of a person in society occupy an important place in the system of philosophical problems. During different periods, in different philosophical teachings, these issues have been interpreted differently. Because, as a socio-historical and cultural being, the human essence strives to realize its identity and realize its human essence in every new historical situation. The great humanitarian thinker Agahi makes a great contribution to the development of humanistic, enlightened and democratic concepts about man. In this respect, the humanitarian ideas in the poetic work of Muhammad Riza Mirob Erniyozbek's son Agahi and their scientific and philosophical aspects are considered an integral part of the Central Asian culture of the new era.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD RIZO OGAHIYNING “TA’VIZ UL-OSHIQIN” ASARIDA FALSAFIY GʻOYALAR: INSONNING TABIATI, AXLOQI VA JAMIYATDAGI OʻRNI»

MUHAMMAD RIZO OGAHIYNING "TA'VIZ UL-OSHIQIN" ASARIDA FALSAFIY G'OYALAR: INSONNING TABIATI, AXLOQI VA

JAMIYATDAGI O'RNI

SHAVKATOV Sherali Shavkatovich

TDSHU tayanch doktoranti sheradonis2022@gmail. com

https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-l-89-96

Ushbu maqolada biz Ogahiy Devonidagi insonparvarlik g'oyalarini atroflicha ochib berishga harakat qilamiz. Chunki, insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o'rni falsafiy muammolar tizimida muhim o'rin tutadi. Turli davrlar mobaynida, turli falsafiy ta'limotlarda bu masalalar turlicha talqin qilib kelingan. Chunki inson mohiyati ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o'zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro'yobga chiqarishga intilaveradi.

Buyuk insonparvar mutafakkir Ogahiy ham mana shunday fikrlovchilarqatorida bo'lib, inson haqidagi gumanistik, ma'rifatparvar va demokratik konsepsiyalarning rivojlanishiga katta hissa qo'shadi. Shu jihatdan Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek o 'g'li Ogahiyning she 'riy ijodidagi insonparvarlik g'oyalari va ulardagi ilmiy-falsafiy jihatlar yangi davr Markaziy Osiyo madaniyatining ajralmas qismi hioblanadi.

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar: Ogahiy, inson, insonparvarlik, Devon, "Ta'viz ul-oshiqin", odil shoh, gado, "ahli

joh"._

В этой статье мы постараемся подробно раскрыть представления человечества в Агахском Девоне. Ведь созидание, сущность и роль человека в обществе занимают важное место в системе философских проблем. В разные периоды, в разных философских учениях эти вопросы трактовались по-разному. Потому что сущность человека как социально-исторического и культурного существа стремится реализовать свою идентичность АННОТАЦИЯ и реализовать свою сущность в каждой новой исторической ситуации.

Великий гуманитарный мыслитель Агахи принадлежит к числу таких мыслителей и вносит большой вклад в развитие гуманистических, просвещенных и демократических представлений о человеке. В этом отношении гуманитарные идеи в поэтическом творчестве Мухаммад Реза Агахи и их научно-философские аспекты рассматриваются как неотъемлемая часть

89

среднеазиатской культуры новой эпохи.

Ключевые слова: Агахи, человек, гуманизм, Диван, «Таъвиз уль-ашикин», праведный царь, «гадо», «ахли джох».

In this article, we will try to reveal in detail the ideas of humanity in the Agahi Devonian. Because the creation, essence and role of a person in society occupy an important place in the system of philosophical problems. During different periods, in different philosophical teachings, these issues have been interpreted differently. Because, as a socio-historical and cultural being, the human essence strives to realize its

________ identity and realize its human essence in every new historical situation.

ABSTRACT ' ,

The great humanitarian thinker Agahi makes a great contribution to

the development of humanistic, enlightened and democratic concepts

about man. In this respect, the humanitarian ideas in the poetic work of

Muhammad Riza Mirob Erniyozbek's son Agahi and their scientific and

philosophical aspects are considered an integral part of the Central

Asian culture of the new era.

Key words: Agahi, human, humanism, Divan, "Ta'wiz ul-ashiqin", righteous king, "gado", "ahli joh"

KIRISH (Introduction)

Bugungi kunda o'zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakillaridan biri Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiyning (1809-1894) ulkan ma'naviy merosini tadqiq etishga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. 2019-yil 20-martdagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish haqidagi qarori1 bunga keng imkoniyatlar ochib berdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ogahiy ijodini to'laqonli o'rganish 1950-yillardan boshlanadi. To'g'ri, unga qadar ham Ogahiy hayoti va ijodi to'g'risida ba'zi bir maqolalar chiqarilgan, Xiva xonligi tarixiga oid asarlaridagi ma'lumotlar keng jamoatchilik tomonidan foydalanilgan. Ammo, 1882, 1905-yillarda Ogahiy Devonining ikki marta Xivada

1 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to'g'risida"gi 20.03.2019 yildagi 238-sonli Qarori. https://lex.uz/ru/docs/-4249861

90

litografiya yo'li bilan bosilganidan tashqari adibning boshqa nashr etilgan asarlari

2 3

mavjud emas edi. 1958-yil uning "Tanlangan asarlari" , 1960-yilda Ogahiy Devoni , 1971-1980-yillarda esa Ogahiy asarlarining 6 jildli to'plami4 nashr etildi.

Yuqorida keltirilganlar ko'rinib turibdiki, Ogahiyning poeziyasini o'rganish bo'yicha dastlabki qadamlar tashlandi va bugungi kunda ham bu ishlar davom ettirilmoqda. Biroq, adib asarlari falsafiy jihatdan hanuzgacha yoritilmaganligi achinarli hol hisoblanadi.

Ogahiy she'riy merosini o'zida jamlagan to'plami uning "Ta'viz ul-oshiqin" (Oshiqlar tumori) deb nomlanuvchi devonidir. Devon bizgacha 10 nusxada yetib kelgan bo'lib, ular quyidagilar:

1. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo'lyozmalari institutining Hamid Sulaymonov nomidagi fondda № № 1529, 289, 727 inventar raqam ostidagi 3 ta qo'lyozma.

2. Shu institutning asosiy fondida № 938 va № 7443 inventar raqam ostidagi 2 ta qo'lyozma.

3. Xorazm kolleksiyalaridan birida saqlanayotgan hana bir qo'lyozma.

4. Shuningdek, bu asarning yana 2 ta qo'lyozma nusxasi Rossiya Fanlar akademiyasi Shaq qo'lyozmalari markazida № № C 1994 , D 19 inventar raqam ostida saqlanadi.

6. Asarning boshqa bir nusxasi Rossiya Milliy kutubxonasida inventar raqami № TNC 18 holatda mavjud.

7. So'ngi qo'lyozma nusxasi esa № 1493 inventar raqam ostida Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi5.

MUHOKAMA (Discussion)

Ogahiy o'z she'rlarida insoniylik sifatlariga alohida urg'u berib, insonni ulug'lashga harakat qiladi. 1857-yil Ogahiyning Muhammad Rahimxon iltimosiga ko'ra yozgan qasidasini tashkil etgan purmano fikrlardagi insonparvarlik g'oyalarni o'zida aks ettirgan misralar fikrimizning yaqqol dalilidir.

Ogahiyniy umr yo'li 8 nafar hukmdor (Muhammad Rahimxon I, Olloqulixon, Rahimqulixon, Muhammad Aminxon II, Sayid Abdullaxon, Qutlug'murodxon, Sayid Muhammadxon, Muhammad Rahimxon II (Feruz) davrida kechadi va 8 xil

2 Ogahiy Tanlangan asarlar. - T.: O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1958 -B. 300.

3 Ogahiy. Ta'viz ul-oshiqin. / Nashrga tayyorlovchi: Sharafiddinov Sh., muharrir: Rahmat Majidiy. - T.: O'zSSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1960. - B. 648.

4 Muhammadrizo Mirob Erniyozbek o'g'li Ogahiy. Asarlar. VI jildlik. // Nashrga tayyorlovchi: G'ulom Karim, muharrir: Dolimov S. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, - B. 648.

5 Назирова Х. Б. Самый плодотворный переводчик центральный Азии: Мухаммад Риза Агахи / Вестник МИЦАИ. - 2018. - № 28. - С. 101.

91

boshqaruv tuzumini ko'radi. Ammo u o'z oldidagi asosiy maqsadidan chalg'imay oldinga tomon intiladi.

XIX asrning birinchi yarmida ham feodal munosabatlarning rivojlanib borishiga qaramay o'tmishdagi patrialxal hayot qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Yer hamda suv xon yirik feodallar qo'llarida edi. Ayrim feodallar qo'l ostidagi yerlar 15 ming tanobni tashkil qilganda, oddiy jamoa a'zosi bo'lgan dehqonning yeri 1-2 tanobdan oshmas edi.

Xiva xonligidagi yerning bir qismi hukmronlik qilayotgan sulola a'zolariga (to'ralarga), shuningdek harbiy boshliqlarga (sarkardalarga) hamda vaqf yerlari sifatida masjid, madrasalarga berilgan.6

Mamlakatdagi siyosiy parokandalik va separatizm ildizlari hali ham mavjud bo'lib, shunday ham ahvoli yomon bo'lgan xalqning turmushi yana ham og'irlashgandi. Mamlakatda tez-tez xalq qo'zg'olonlari bo'lib o'tardi. Buning asosiy sababi esa soliqlar va majburiyatlarning ko'pligi bilan baholanardi. Mehnatkash xalq 18 ta soliq va boshqa to'lovlar to'lagan. Bundan tashqari begar, qazu, ichki va obxo'ra qazu, hachi va otlanuv kabi majburiyatlarni ham bajarishga majbur bo'lgan.

Ham davlat amaldori, ham marifatli shoir va yozuvchi sifatida Ogahiy oddiy xalqning bunchalik qiynalishiga shunchaki ko'z yumib turolmasdi. Shu sabali ham u asosiy e'tiborini xalq hayotiga qaratdi. Bu xususida u shunday deydi: Ogahiy jahd et, musohib bo'l haqiqat ahlig'a,

o

Tobakay bo'lg'ay majoz ahli bila ulfat sanga.

Yoki, shoir she'rlaridan birida to'g'ridan to'g'ri "ahli joh" (amaldorlar)dan yuz o'girib, faqir eliga xizmat qilish uchun bel bog'laganini aytadi: Necha umrlar qilding ahli johga xizmat, Tark etib oni emdi, faqr eliga xizmat qil.9

Shoir bularni faqat og'izda emas balki, amalda ham bajarganini aytib shunday deydi:

Yeturdim har jamoatga o' zimni, Ochib ibrat bila har yon ko'zimni. Borining holidan bo'ldim xabardor, Ayon ko'nglumg'a bo'ldu barcha asror.10

6 Ogahiy Zubdat ut-tavorix//qo'lyozma, O'zFAShI - № 821/II

7 Sagdullayev A. O'zbekiston tarixi. - T.: Universitet, 1999. - B.74

8 Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek o'g'li Ogahiy Asarlar. I jild. // Nashrga tayyorlovchi: G'ulom Karim, muharrir: Subutoy Dolimov. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti 1971. -B. 59.

9 O'sha asar -B.322.

10 O'sha asar -B.38.

92

www.birunij ournal .uz

Xalq ahvolini ko'rgan, ularning holidan xabar olgan Ogahiy o'zi uchun xulosa chiqaradi va Bunda Ogahiy o'z zamonasi haqsizligidan, turmushdagi adolatsizlikdan norozi bo'lib, o'zining salbiy munosabatini dunyoni ayiblash bilan ko'rsatadi: Xarob o'lsin, ilohi, gunbazi davvor, charxi dun-Ki, doim davri kajdur, tavri shumu hay'ati vojun. Oning kavrajlig'i ta'siri dindur bu jahon ichra, Jafo ahli hamisha hurramu ahli vafo mahzun.11 Yoki:

Dahr bir mayxonadurkim, kulfat oning jomidur, Ko'z yoshi birla ko'ngul qoni mayi gulfomidir... . ..Bo'lmag'il emin zamoni hodisoti dahrdin,

12

Gar jahon Iskandari, gar xud falak Bahromidir. NATIJALAR (Results)

Alloh taolo insonni mukarram qilib yaratgani va butun kurrai zaminni unga

13

bo'ysundirib qo'ygani haqida ko'plab oyatlar nozil qilingan. Shu sababli ham inson maqomati eng ulug' sanaladi va jamiki narsalar uning izmidadir. Chunki, inson maxluqotlar orasida eng aziz va mukarram zotdir. Ogahiy ham o'z ijodida bu mavzuga alohida e' tibor qaratadi.

Ogahiy ijodidagi insonparvarlik haqida gapirar ekanmiz, ushbu g'oyalar shoir ijodida botiniy holat kasb etishini hisobga olishimiz kerak. Chunki "u eng avvalo, fikr va ishq shoiri edi. Uning deyarli barcha she'rlarida ishqdan, oshiqlik dardi va holatlaridan so'z yuritilgan..."14 Biroq uning ishqi majoziydan ishqi haqiqiyga tomon yo'nalgan she'rlarining purmano g'oyasi esa insonparvarlik g'oyalari bilan sug'orilganligida edi:

Ko'p zohir oro, Ogahiy, kel botiningni tuz, Ki, botin tuzgan elning olida bekor xil'atdir.15

Ogahiy hayoti davomida xalqparvar o'tmishdoshlari singari xonni adolatli, xalq g'ami birla yashovchi odil hukmdorlar bo'lishga da'vat etib asarlar yozadi. Masalan,

11 Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek o'g'li Ogahiy Asarlar. II jild. // Nashrga tayyorlovchi: G'ulom Karim, muharrir: Subutoy Dolimov. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1972. -B.18.

12 Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek o'g'li Ogahiy Asarlar. I jild. // Nashrga tayyorlovchi: G'ulom Karim, muharrir: Subutoy Dolimov. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1971. -B.172.

13 Qur'oni Karim va o'zbek tilidagi ma'nolar tarjimasi. / Taijimon: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. - T.: Hilol, 2020. - 632 b.

14 Ibrohimov H. Maoniy bog'ini dono qilur sayr [Elektron resurs]: URL: // https:/n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/matbuot/hozirgi-davr-matbuoti/ibrohim-haqqul-maoniy-bog-ini-dono-qilur-sayr-2009

15 Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek o'g'li Ogahiy Asarlar. I jild. // Nashrga tayyorlovchi: G'ulom Karim, muharrir: Subutoy Dolimov. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1971. -B.181.

93

uning "Qasidai nasihat" asari Feruzga bag'ishlangan bo'lib, hukmdorning saltanatni boshqarishdagi adolatli irodasi haqida fikr yuritiladi. Shuningdek unda Ogahiyning siyosiy ma'rifiy qarashlari ham o'z aksini topadi. Ushbu qasida Ogahiy xonga saltanatni kamol topishida asosiy o'rin tutuvchi himmat, shijoat, adolat, siyosat, jalodat (kuch, quvvat, jasorat), g'ayrat, saxovat, iffat, halm, hayo, va'daga vafo, futuvat, sof niyat, muruvvat, hamiyat kabilar haqida eslatar ekan, g'aflat, sharkat, guholat, kasolat, jahl, shahvatga oshuftalik, fusq, bid'at, jabr-zulm, mulkdan bexabarlik, izzat ahlini xor aylash, kabi saltanatni zavolga yuz tuttiruvchi yomon illatlar haqida ham gapirib o'tadi.16

Ogahiy Navoiy izidan borib bashariyatning asrlar davomida adolatli, erkin va ma'rifatli jamiyat haqidagi orzu-umidlarining eng oliysi bo'lgan odil hukmdor haqidagi fikrlarni rivojlantiradi. Shu asnoda Ogahiy o'z nazmida odilshoh obrazini shakllantirishga harakat qiladi va buni amalga oshishiga umid bog'laydi: G'am ko'hna shomi, Ogahiy, tong yo'q jahondin borsakim,

17

Sulton odil asrining har bir kuni navruz erur.

Shu o'rinda, Ogahiy shohlikni xudoning inoyati deb biladi:

Bugun, podshoho, sanga saltanat,

18

Berebdur xudo ko'rguzub marhamat.

Lekin, inson gar shoh bo'lsin, gar gado bir xil maqomda ekanligini Ogahiy botbot takrorlaydi. Masalan:

Agar uryon esa shohu gado jismi barobardur, Tafovut bu ikkovga aylagan izhor xil'atdir. Kishi shoh bo'lsun va yoxud gado, Qutulmoq falak zulmidin yo'q ang'o.19

XULOSA (Conclusion)

Xiva madrasalarida tahsil ko'rgan O'zbek shoir, tarixchi va tarjimoni Ogahiy o'z davridagi arab, fors va turk tillarini mukammal egallagan Xorazmning zabardast vakillaridan biridir. Xorazm olim va shoirlari davrasida o'tadigan suhbatlarda doimiy ishtirok etgan. Uning sharq klassik asarlari ayniqsa, Navoiy ijodiga favqulotda qiziqishi bo'lgan. Ogahiy xalq orasida ko'proq lirik shoir sifatida tanilgan bo'lishiga

16 Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek o'g'li Ogahiy Asarlar. II jild. Nashrga tayyorlovchi: G'ulom Karim, muharrir: Subutoy Dolimov. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1972. -B.375.

17 Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek o'g'li Ogahiy Asarlar. I jild. Nashrga tayyorlovchi: G'ulom Karim, muharrir: Subutoy Dolimov. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1971. -B.175.

18 Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek o'g'li Ogahiy Asarlar. II jild. Nashrga tayyorlovchi: G'ulom Karim, muharrir: Subutoy Dolimov. - T. : G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1972. -B.376.

19 Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek o'g'li Ogahiy Asarlar. I jild. G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti Nashrga tayyorlovchi: G'ulom Karim, muharrir: Subutoy Dolimov,- T., 1971. -B.181.

94

www.birunij ournal .uz

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

qaramay, biz uning ijodida sharq mutafakkirlariga xos bo'lgan purmano g'oyalarni ham keng miqyosda uchratamiz. Shoir o'zi yashab ijod etgan murakkab davrni mahorat bilan badiiy umumlashtirganda, zamon va uning ahliga munosabat bildirganda, baho berganda, insonparvarlik, xalqparvarlik nuqtai nazaridan yondoshadi. U o'zining tarixiy asarlarida Xorazmda yashagan o'zbeklar, turkmanlar, qoraqalpoq, qozoq'xalqlarining tarixi, madaniy va ijtimoiy hayoti, Xiva xonligining boshqa xonliklar bilan munosabati va boshqa tarixiy voqealarni aks ettiradi. Ogahiyning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug'orilgan g'oyalari xon va shoir Feruzning siyosiy-marifiy tarbiyasiga ta'sir etgan. U o'z nasihatlarida saltanatni boshqarishning yo'l-yo'riqlarini ko'rsatadi, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yo'llarini belgilab beradi. Ogahiy fikricha, har qanday davlat boshlig'i hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega bo'lishi lozim. Podshoh himmatli, shijoatli, adolatli, g'ayratli, saxovatli, hayoli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli, kambag'alparvar bo'lishi zarur. Hukmdor shu fazilatlarga ega bo'lsa, uning hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon bo'ladi, degan fikrni ilgari suradi. Ogahiy davlatni boshqarishning yo'llarini ham ko'rsatib o'tgan. Shoirning fikricha, shoh shariat ahkomlariga qattiq amal qilmog'i lozim. U aysh-ishratdan, fitna va g'iybatdan, g'aflatdan, yalqovlikdan, zulm-razolatdan, chaqimchilikdan, molparastlikdan uzoq bo'lishi kerak. Feruz Ogahiyning davlatni boshqarish to'g'risidagi maslahatlariga quloq tutgan, uning hikmatli baytlarini marmar toshlarga yozdirib, arzxonalarga qo'ydirgan, ko'p ezgu ishlarni amalga oshirgan. Shu bois ham Ogahiy tarixiy asarlari badiiy nasr sifatida hamda 19-asr Xorazm voqeligini haqqoniy aks ettiruvchi nodir tarixiy hujjatlar sifatida qimmatlidir.

Xulosa o'nida aytishimiz mumkinki, Muhammad Rizo Ogahiy o'z ijodi binobarin, butun insoniyatni xalq, vatan, jamiyat farovonligi yo'lida xizmat qilishga da'vat etadi. U do'stlikni, mehmondo'stlikni, axloqiy go'zalikni, nafsdan saqlanishni, qanoatlilikni ulug'laydi. Boylikka hirs, nodonlik, hasad, kabi illatlarni esa qoralaydi.

Bular buyuk mutafakkir ijodidagi daryodan bir tomchiga xolos. Ogahiy fikr yuritgan masalalar hozirgi kunda ham dolzarb muammolardan biridir. Shuning uchun ham Ogahiy ijodini falsafiy talqin qilish zamon talabi hisoblanadi.

REFERENCES

1. Ogahiy Tanlangan asarlar. // Nashrga tayyorlovchi: S. Dolimov, muharrir: Rahmat Majidiy. - T.: O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1958. 300 b.

2. Ogahiy. Ta'viz ul-oshiqin. / Nashrga tayyorlovchi: Sharafiddinov Sh., muharrir: Rahmat Majidiy. - T.: O'zSSR Fanlar akademiyasi nashriyoti, 1960. 648 b.

95

www.birunij ournal .uz

3. Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek o'g'li Ogahiy Asarlar. VI jildlik. // Nashrga tayyorlovchi: G'ulom Karim, muharrir: Subutoy Dolimov. - T.: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1971-80.

4. Hojiahmedov A. Ogahiy dahosining olmos qirralari. - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1999. - 175 b.

5. Sagdullayev A. O'zbekiston tarixi. - T.: Universitet, 1999. 624 b.

6. Qur'oni Karim va o'zbek tilidagi ma'nolar tarjimasi. / Tarjimon: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. - T.: Hilol, 2020. - 632 b.

96

www.birunij ournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.