Научная статья на тему '“ZUBDAT UT-TAVORIX” — SHARQ BADIIY-TARIXIY NASRINING SARA NAMUNASI'

“ZUBDAT UT-TAVORIX” — SHARQ BADIIY-TARIXIY NASRINING SARA NAMUNASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2253
319
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ogahiy / Jabborov.N / Bartold.V.V / Karimov.G‘ / Dolimov.S / E.Ollvors / Y.Breygel / “Ogahiyning tarjimonlik mahorati” / “Zubdat ut-tavorix” / “История културной жизни Туркестана” / “Uzbek literary polities” ( “O‘zbek adabiy siyosati” ) / Ogahiy / Jabborov N / Bartold V.V / Karimov.G' / Dolimov S / E. Ollvors / Y. Breygel / “Ogahiy's translation skills” / “Zubdat ut-tavorix” / “History of cultural life in Turkestan” / “Uzbek literary polities” (“Uzbek literary policy”)

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ergasheva, Feruza, Sulaymonov, Jasur

Mazkur maqola Ogahiy qalamiga mansub tarixiy asarlar sirasiga kiruvchi Zubdat ut-tavorix haqida bo‘lib, asar Xiva xoni Rahimqulixon taklifi bilan yozilganligi uchun undagi voqealar Rahimqulixon tug‘ilishidan to vafot etgunga qadr bo‘lgan voqea-hodisalarni o‘z ichiga oladi. Asardagi voqea hodisalar ham badiiy, ham tarixiy usulda yozilganligi bilan badiiy va tarixiy qimmati ustundir. Asarning juda qimmatli manba ekanligini bugungi kunda bu asarga bo‘lgan qiziqishlar nafaqat o‘zbek, balki dunyo olimlarining ham tadqiqot markazida turishi va tadqiq etilishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham asar tarixiy voqealarni to‘liq va mufassal ifodalab beruvchi badiiy-tarixiy solnomadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"ZUBDAT UT-TAVORIX" A GREAT EXAMPLE OF EASTERN ARTISTIC AND HISTORICAL PROSE

This article is about Zubdat ut-tavorix, one of the historical works of Ogahi, and since the work was written at the suggestion of Khiva khan Rahimqulikhan, it includes events from the birth of Rahimqulikhan to his death. The events in the work are of artistic and historical value, as they are written in both artistic and historical ways. The fact that the work is a very valuable source is determined by the fact that today the interest in this work is focused not only on Uzbek, but also on the research of scientists from around the world. That is why the work is an artistic and historical chronicle, which fully and in detail describes the historical events.

Текст научной работы на тему «“ZUBDAT UT-TAVORIX” — SHARQ BADIIY-TARIXIY NASRINING SARA NAMUNASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"ZUBDAT UT-TAVORIX" — SHARQ BADIIY-TARIXIY NASRINING

SARA NAMUNASI

Ergasheva Feruza

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi. Ilmiy rahbar: katta o'qituvchi Jasur Sulaymonov

Mazkur maqola Ogahiy qalamiga mansub tarixiy asarlar sirasiga kiruvchi Zubdat ut-tavorix haqida bo'lib, asar Xiva xoni Rahimqulixon taklifi bilan yozilganligi uchun undagi voqealar Rahimqulixon tug'ilishidan to vafot etgunga qadr bo 'lgan voqea-hodisalarni o 'z ichiga oladi. Asardagi voqea hodisalar ham badiiy, ham tarixiy usulda yozilganligi bilan badiiy va tarixiy qimmati ustundir. Asarning juda qimmatli manba ekanligini bugungi kunda bu asarga bo'lgan qiziqishlar nafaqat o 'zbek, balki dunyo olimlarining ham tadqiqot markazida turishi va tadqiq etilishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham asar tarixiy voqealarni to'liq va mufassal ifodalab beruvchi badiiy-tarixiy solnomadir.

Kalit so'zlar: Ogahiy, Jabborov.N, Bartold.V.V, Karimov.G', Dolimov.S, E.Ollvors, Y.Breygel, "Ogahiyning tarjimonlik mahorati", "Zubdat ut-tavorix", "История културной жизни Туркестана", "Uzbek literary polities" ( "O'zbek adabiy siyosati " )

This article is about Zubdat ut-tavorix, one of the historical works of Ogahi, and since the work was written at the suggestion of Khiva khan Rahimqulikhan, it includes events from the birth of Rahimqulikhan to his death. The events in the work are of artistic and historical value, as they are written in both artistic and historical ways. The fact that the work is a very valuable source is determined by the fact that today the interest in this work is focused not only on Uzbek, but also on the research of scientists from around the world. That is why the work is an artistic and historical chronicle, which fully and in detail describes the historical events.

Keywords: Ogahiy, Jabborov N, Bartold V.V, Karimov.G', Dolimov S, E. Ollvors, Y. Breygel, "Ogahiy's translation skills", "Zubdat ut-tavorix", "History of cultural life in Turkestan"," Uzbek literary polities" ("Uzbek literary policy")

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

АННОТАЦИЯ

Эта статья посвящена одному из исторических произведений Огахи «Зубдат ут-таворих», и, поскольку произведение было написано с подачи хивинского хана Рахимкулихана, оно включает в себя события от рождения Рахимкулихана до его смерти. События в произведении имеют художественную и историческую ценность, так как написаны как художественным, так и историческим способом. То, что работа является очень ценным источником, определяется тем, что сегодня интерес к этой работе сосредоточен не только на узбекистанах, но и на исследованиях ученых со всего мира. Именно поэтому произведение представляет собой художественно-историческую хронику, в которой полно и подробно описываются исторические события.

Ключевые слова: Огахий, Джабборов Н., Бартольд В.В., Каримов Г., Долимов С., Э. Оллворс, Ю. Брейгель, «Переводческое мастерство Огахия», «Зубдат ут-таворикс», «История культурной жизни Туркестана», «Узбекский литературные политики» («узбекская литературная политика»)

O'zbek matnshunosligida badiiy-tarixiy nasr namunalarining eng saralari shubhasiz Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan yaratildi. Ularning tarixiy ahamiyatidan kam bo'lmagan badiiy qiymatiga baho berish keyingi yillarda ortib borayapti. Ulardagi badiiy ta'sirning ta'sirchanligi ular matniga she'riy asar yoki parchalarning mahorat va o'rinli kiritilishi bilan ham belgilanadi. Ularni o'rganish asar ta'sirchanligini aniqlash bilan birga kiritilgan she'riy asarlar matn tarixiga doir muhim ma'lumotlar berdi. Shuning uchun ham Ogahiyning "Zubdat ut-tavorix" asarini nashrga tayyorlab unga so'zboshi sifatida kattagina tadqiqot yozgan professor Nurboy Jabborov shunday yozadi "Muhim tarixiy ma'lumotlar berilgan bo'lishiga qaramay, uslubi, janr xususiyatlari, ifoda tarzi va boshqa belgilariga ko'ra "Zubdat ut-tavorix"ni ham Ogahiy badiiy-tarixiy nasrining boshqa namunalarini tarixiy-ilmiy asarlar sifatida baholab bo'lmaydi. Bu asararni adabiy manba sifatida o'rganish esa adabiyotahunoslik hamda uning ajralmas tarkibiy qismi bo'lgan manbashunoslik va matnshunoslik uchun muhim ilmiy nazariy xulosalar berishi aniq"1

Ulug' mutafakkirning adabiy tarixiy asarlarini tarixiy manba sifatida tadqiq etgan rus olimi akademik V.V.Bartold bunday yozgan edi "Munis va Ogahiy tomonidan yaratilgan adabiy-tarixiy asarlar qanchalik kamchilikga ega bo'lmasinlar, tarixiy voqealarni bayon etish va ularda keltirilgan faktik materiallarning ko'pligi

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jihatidan bizgacha yetib kelgan Qo'qon va Buxoro xonliklari tarixi bo'yicha yozilgan hamma asarlarni o'zidan ancha orqada qoldiradi2".

Shu paytga qadar asosan tarixiy asarlar sifatida baholanib kelgan Ogahiy badiiy-tarixiy nasrini maxsus o'rgangan akademik Vohid Abdullayev bu asarlarni "tarixiy badiiy proza"3 deb atasa, manbashunos olimlarimiz G'ulom Karimov va Subutoy Dolimov ularning "badiiy-tarixiy asar tarzida qimmatli" 4 ekanligiga urg'u beradilar. Professor Najmiddin Komilov va Ogahiyning tarjima asarlari tahlili misolida milliy adabiyotimiz tarixida yaratilgan "qissa hikoyalar (povest)5larga e'tibor qaratadi. Binobarin Ogahiyning tarixiy mavzudagi barcha nasriy asarlari, jumladan "Zubdat ut-tavorix" asari ham birinchi navbatda badiiy, undan keyingina tarixiy asar hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Zubdat ut-tavorix" — Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiyning badiiy tarixiy nasrining "Firdavs ul-iqbol" va "Riyoz ud-davla"dan keyingi uchinchi kitobi hisoblanadi. Asarda Xiva xonlaridan bo'lgan Rahimqulixon davri (1843-1846) voqealari betakror badiiy shaklda tasvirlangan. Ogahiyning ushbu memuar qissasi asosan sa'jli nasrda bitilgan bo'lsa ham unda qasida, masnaviy, g'azal, ruboiy, qit'a, ta'rix va fard singari mumtoz she'riy janrlar namunalari ham ko'plab uchraydi. Bu janrlar asar tilining badiiyati va tasvirning jozibadorligini oshirishga xizmat qilgan. Muhim tarixiy ma'lumotlar berilishiga qaramay uslubi, janr xususiyatlari, ifoda tarzi va boshqa belgilariga ko'ra "Zubdat ut-tavorix"ni ham Ogahiy badiy tarixiy nasrining boshqa namunalarini ham tarixiy ilmiy asarlar sifatida baholab bo'lmaydi. Bu asarlarni adabiy manba sifatida o'rganish esa adabiyotshunoslik hamda uning ajralmas tarkibiy qismi bo'lgan manbashunoslik va matnshunoslik uchun muhim ilmiy-nazariy xulosalar berishi aniq.

Ogahiy badiiy tarixiy asarlari haqida amerikalik olim E.Ollvorsning "O'zbek adabiy siyosati" asarida tahliliy fikrlar berilgan bo'lsa6, oradan ko'p yillar o'tib yana bir amerikalik olim Yuriy Breygel shoir, tarixchi va tarjimon Shermuhammad Munis va Muhammad Rizo Ogahiy qalamiga mansub "Firdavs ul-iqbol" asarining dastlab ilmiy-tanqidiy matnini, keyin esa asarni ingliz tiliga tarjima qilib ikki jild holida nashr ettirdi. Ogahiy badiiy tarixiy nasri yuzasidan rossiyalik mutaxasislar V.V.Bartold, shuningdek o'zbek olimlarining G'ulomov.Y, Munirov.Q , Yo'ldoshev.M kabi olimlarning tadqiqotlari e'lon qilingan. Shuningdek asr haqidagi turli maqolalar chop qilinib kelinmoqda.

Zubdat ut-tavorix ikki qismdan iborat bo'lib, asarning birinchi qismida Rahimqulixonning tug'ilishi, ilm o'rganish va harbiy mahorat egallash yo'lidagi sa'y harakatlari, shuningdek bo'lg'usi xonning Hazorasp hokimi sifatida olib borgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

faoliyati sa'jli nasrda (nasri mujassada) go'zal badiiy shaklda mufassal bayon qilinadi. Asarning ikkinchi qismi Rahimqulixonning saltanat taxtiga o'tirgan kunidan to vafotiga qadar sodir bo'lgan voqealar tasviriga bag'ishlangan.

Asar ta'kidlanganidek sa'jli nasrda ijod etilgan. Unda Xiva hukmdori Rahimqulixon ezgu fazilatlar sohibi sifatida ulug'lanadi. Uning ko'plab ilmlarni egallagani, fuqaro va raoyaga shavqat va marhamat, karam va sahovat ko'rsatishda tengsiz ekani vasf etiladi. Xiva xonlarining ma'rifatli bo'lganini adabiyot va san'at, ilm-u hunar rivojiga alohida e'tibor berganini e'tirof etgan holda, ta'kidlash kerakki, bu singari tavsiflar tarixiy haqiqatga to'liq mutanosib bo'lmasligi ham mumkin. Biroq shu narsa aniqki, bu tavsiflar zamirida Muhammad Rizo Ogahiyning odil shoh haqidagi orzu ideallari oxorli poetik tashbehlar bilan ifodalangan.

Ogahiy fikriga ko'ra hukmdor uch fazilatli egasi bo'lishi shart: oliy nasab, ilm-u ma'rifat va harbiy mahorat. Ogahiy xonning nasabi haqida bunday yozadi: Kelib zoti sariroyi ijlol, Sharof topib boshidin toji iqbol. Musallamdur anga mulki maoniy, Bo'lub davlati eshigi posbon... Nasabda uyla oliydir unga zot, Ki aylab fahr andin oli qo'ngrot Anga chun umboy xalqi topdi nisbat, Topib anvo'i qo'ngrot ichra rif at.

Hukmdor uchun ilm-u ma'rifatga ega bo'lish zarur bo'lgan amallardandir. Ogahiyning quyidagi so'zlarida shunga ishora qilingan. "Chun ul hazrat tufuliyat ayyomi shabistonidin xuruj qilib, shabob hangomi gulistoniga uruj etdi, ilm-u kamol iztikobi va fazlu afzol iqtibosig'a sa'yi tamom bilan ishtig'ol ko'rguzub, oz muddatda ulumi shar'iya vaqtida ilayx va masoili diniya muhofazatida ma'tamadun alayx bo'ldi... Xususan, tavorix va qasoid va masnaviyat va g'azaliyot va jame' she'r ulumining qavoidig'a mahorati tamom hosil qilib, daqiqfahmlik va nazokatshunoslig' va latifgo'ylik fununida ul miqdor avji e'tiborg'a chiqtikim, jahonfozillari va zamon komillari o'z ajzigor qoyil bo'lub, ul xazrat suhbatida ho'yolig' tilin xomushlig' tamoqig'a tiqdilar".

Hukmdorning harbiy mahoratni egallashi hayotiy zarurat ekani asarda shoironaa bayon etiladi. Jumladan shoir bu boradagi orzusini Rustam doston, shoh Bahrom singari adabiy obrazlar vositasida quyidagicha ifodalaydi: Ko'rguzsa masof aro shijoat, Rustamni suv etgusi hijolat.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Gar olsa qilich, bo'lub g'azabnok, Bahromg'a zuhra bo'lg'usi chok.

Ogahiy Xiva xoni Rahimqulixonni "Shahanshohu forsunda xislat, humoyun e'tiqod-u pok niyat" hukmdor sifatida madh etadi. Buni "Hamisha komi mulk obod qilmak" - xonning hayotiy amali ekani bilan izohlaydi. Bunda ham Ogahiyning odil hukmdor haqidagi orzu umidlari ifodalangan. Asarda Rahimqulixonning mazlumlarga yordam bergani haqida ham bir qancha fvaktlar keltirilgan.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash joizki Ogahiyning "Zubdat ut-tavorix" asari birinchidan, Ogahiy ushbu asarni sof tarixiy asar sifatida talqin etishdan saqlangan hamda ularni adabiyotga daxldor ekanligini e'tirof etganligi ushbu asarning adabiy tarixiy asar sifatida mukammal va g'azallardagi so'zlar jozibador qo'llanilib asarning ham tarixiy, ham badiiy qimmatini oshirib boshqa asarlardan tamomila farq etadi. Ikkinchidan, Ogahiy asarlarida "tarixiy voqealarni bayon etish va ularda keltirilgan faktik materiallarning ko'pligi" masalasiga alohida urg'u berilgan. Shuningdek bu asarlarda tarixiy voqealar tasvirlanganini hamda faktik materiallar ko'p bo'lsa ham ularni bayon etish usuli adabiy ekanini alohida ta'kidlash kerak. Uchinchidan, mazkur asar ya'ni Ogahiy qalamiga mansub uchinchi tarixiy asari bo'lmish "Zubdat ut-tavorix" Xiva xonlarining ilm-ma'rifat ahliga bo'lgan munosabatlarini o'rganish yuzasidan ham qimmatli manba hisoblanadi.

REFERENCES

1. Jabbarov.N. O'zbek badiiy tarixiy nasrining sara namunnasi/Ogahiy Muhammad Rizo, "Zubdat ut-tavorix". —T.: O'zbekiston 2013._B.4.

2. Бартольд В.В. История культурной жизны Туркестана.Л, 1927.стр, 113

3. Abdullayev.V O'zbek adabiyoti tarixi —T.: O'qituvchi 1967, 380b

4. Karimov.G', Dolimov.S. Ogahiy — tarixchi / Ogahiy. Asarlar, VI jildlik, Vjild. — T.: 1978, 80-bet

5. Komilov.N Ogahiyning mahorati// Atoqli shoir, tarixnavis, tarjimon(Ogahiy haqida maqolalar) —T.: Abdulla Qodiriy nomidagixalq merosi nashriyoti, 1999, 80-bet.

6. Edward Allworth. Uzbek literary polities. London-Paris, 1964.

7. D.Y.Yusupova va R.P.Jalilova tuzgan "Собрание восточных рукописей Академии наук Республики Узбекистан. История" ( Ташкент, Изд-во "ФАН" Акалеми наук Республики Узбекистан, 1998, стр.199) katologida qayd etilganidek "Zubdat ut-tavorix" haqida dastlab Miyon Buzruk Solihovning "O'zbek tarixiga oid

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

to'rt muhim kitob" ( Maorif va o'qituvchi" jurnali, 1927 yil 9 - 10 sonlar) maqolasida ma'lumot berilgan. Shuningdek, asar qo'lyozmasi O'zR FA ShI tomonidan nashr etilgan "Собрание восточных рукописей" katologida (VII,35. N_5023) tavsiflangan. Bundan tashqari Z.Akzakovaning "Материалы по истории туркмен и Туркмении" (t. II, c.477-449) tadqiqoti ham asardagi ma'lumotlardan istifoda etilgan. Biz ham qo'lyozmalar tavsifida ushbu asar manbalari ustida o'zimizdan avval tadqiqot olib borgan mutaxassislar ishlaridan foydalanildi.

8. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

9. Ergasheva, F., & Sulaymonov, J. (2022). MUHAMMAD RIZO OGAHIY IJODIDA AXLOQIY MASALALAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 742-747.

10. Sulaymonov, J. Karimov, N. Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

11. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14

12. Quvvatov, J. U. O. G. L., & Sulaymonov, J. B. (2022). YUNUS EMRE IJODIDA VAHDAT UL-VUJUD VA TAVHID MASALASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 964-968. 13.Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILI//A cadem ic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.