Научная статья на тему 'BADIIY ASARDA NUQTAI NAZAR VA XARAKTER IFODASI'

BADIIY ASARDA NUQTAI NAZAR VA XARAKTER IFODASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1401
198
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nuqtai nazar / badiiy asar / matn / olam / odam / munosabat / anglash. / perspective / artwork / text / universe / man / attitude / understanding.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mo‘Minova, Tabassumxon Siddiqjonovna

Maqola nuqtai nazar va uning badiiy matnda tutgan o‘rni tadqiqiga qaratilgan bo‘lib, bu mavzu bugungi o‘zbek nasrining peshqadam vakillaridan biri bo‘lgan Erkin A’zam nasriy asarlari misolida atroflicha ilmiy jihatdan tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POINT OF VIEW AND CHARACTER IN AN ARTISTIC WORK

The article focuses on the study of perspectives and their role in the literary text, which is analyzed in detail in the example of the works of Erkin Azam, one of the leading representatives of modern Uzbek prose.

Текст научной работы на тему «BADIIY ASARDA NUQTAI NAZAR VA XARAKTER IFODASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BADIIY ASARDA NUQTAI NAZAR VA XARAKTER IFODASI

Mo'minova Tabassumxon Siddiqjonovna,

FarDU o'qituvchisi. mominova.tabassum@bk.ru

ANNOTATSIYA

Maqola nuqtai nazar va uning badiiy matnda tutgan o 'rni tadqiqiga qaratilgan bo'lib, bu mavzu bugungi o'zbek nasrining peshqadam vakillaridan biri bo'lgan Erkin A 'zam nasriy asarlari misolida atroflicha ilmiy jihatdan tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: nuqtai nazar, badiiy asar, matn, olam, odam, munosabat, anglash.

АННОТАЦИЯ

В статье основное внимание уделяется изучению перспектив и их роли в художественном тексте, что подробно анализируется на примере произведений Эркина Азама, одного из ведущих представителей современной узбекской прозы.

Ключевые слова: перспектива, произведение искусства, текст, вселенная, человек, отношение, понимание.

ABSTRACT

The article focuses on the study of perspectives and their role in the literary text, which is analyzed in detail in the example of the works of Erkin Azam, one of the leading representatives of modern Uzbek prose.

Keywords: perspective, artwork, text, universe, man, attitude, understanding.

KIRISH

Hozirgi o'zbek adabiyoti kundan-kunga o'zining nafaqat mavzu ko'lami, mazmun-mohiyatning, balki badiiy adabiyotning birinchi unsuri sanalgan til xususiyatlari bilan yangilanib bormoqda. O'tgan asrning 80-90- yillaridayoq olib borilgan tadqiqotlar hamda o'sha davrda yaratilgan asarlar badiiy nutqda muallif nutqining vazifalari kengayganligini ko'rsatadi. Muallif nutqi voqelikni faqatgina to'g'ridan-to'g'ri bayon etib qolmasdan: "endi u mazkur vazifasiga qo'shimcha ravishda bir yo'la voqelikni baholash, personajlarga munosabat bildirish, qahramonning ichki kechinmalarini chuqurroq tahlil etish, nuqtai nazar ko'lamini yanada kengaytirish kabi xizmatlarni ham ado eta boshladi" [3, 21]. Qo'shimcha vazifalaridan biri nuqtai nazar ko'lamining kengaytirish xususiyatiga alohida e'tiborimizni qaratamiz. Chunki kitobxon maullifning o'ziga xos fikrlash qobilyati, ya'ni nuqtai nazari yordamida badiiy adabiyotning asosiy vazifasi hisoblangan olamni to'g'ri anglay olish imkoniyatiga erishadi.

768

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Nuqtai nazar" iborasi o'zbek tilining izohli lug'atida quyidagi ikki ma'noni anglatadi: 1) qarashlar sistemasi, voqea va hodisalarni anglash usuli; konsepsiya; 2) jihat, tomon. [6, 10].

Badiiy asarda nuqtai nazar to'rt xil shaklda namoyon bo'lishi mumkin:

1) yozuvchi nuqtai nazari;

2) "men" hikoyachining nuqtai nazari;

3) o'zganing nuqtai nazari;

4) qahramon nuqtai nazari.

Ularning har birini qisqacha izohlab o'tamiz. Tabiiyki, barcha turdagi butun bir badiiy asar muallif nuqtai nazari asosida yaratiladi. Shuningdek, asarda muallifga tegishli bo'lgan so'z o'z mazmuniga ko'ra yozuvchi nuqtai nazarini ifodalaydi va axborot berish vazifasini bajaradi. Bugungi o'zbek nasrining peshqadam vakillaridan bo'lgan Erkin A'zam qissa va hikoyalarida ham adibning olamni qanday idrok etishi va qanday munosabat bildirishi ko'rinadi. Yozuvchi nuqtai nazarida bevosita va bilvosita muallif nutqi shakllaridan foydalaniladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Badiiy asar mutolaasiga kirishgan kitobxon, unda tasvirlanayotgan voqealarni ham, tabiat va personajlar tasvirini ham muallif nuqtai nazari orqali qabul qiladi. "To'g'ri, har qanday badiiy asarda bevosita avtor nutqi yakka hokimlik qilishi qiyin. Bunday nutq jarayonidan holi bo'lgan asarlar juda kam uchraydi. Shunga qaramay, bayonda asosiy yo'nalishni avtor nutqi egallaydi va o'quvchi uni asarning boshidan oxirigacha ko'rib, ovozini eshitib, hamdardligini sezib turadi" [3,20].

Bu haqda jiddiy izlanishlar olib borgan prof. Y. Solijonov yuqoridagilarga qo'shimcha yana quyidagilarni bayon etadi: "Kitobxon ma'lum bir asarni mutolaa qilar ekan, u doim "avtor ko'rinmasdan o'z asarining hamma yerida xuddi olam xudosidek hoziru nozir ekanligi" (G.Flober)ni his qilib turishi lozim. Qahramonlarning holatini, qalb iztiroblarini tasvirlar ekan, ular bilan barobar avtor ham iztirob chekadi va bu holat o'quvchiga ham yuqadi..." [3,22].

XX asrning 80-90-yillariga kelib, badiiy asarda muallif nutqining vazifasi

kengayib bordi. Muallif tasvirlayotgan voqea-hodisalarga o'z fikrini bildirib yoki

asarini shunchaki bayon qilib emas, balki kitobxonni fikrlashga undashi lozim.

"Demak, avtorning tasvirlanayotgan voqea va qahramonlarga loqaydligi loqaydlik,

betaraflik emas, balki, o'quvchining fikrini aktivlashtiruvchi, qalb zarbini harakatga

keltiruvchi vositadir" [5,100]. Shu orqali ham muallif, ham kitobxon nuqtai nazari

shakllanib boradi. Yozuvchi xolis hikoyachi vazifasini bajaradi hamda asar

ta'sirchanligiga erishgan bo'ladi. Rus adibi L.Tolstoy muallifning nuqtai nazari ya'ni,

769

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tasvirlanayotgan voqelikka nisbatan o'z munosabati muhimligini quyidagicha izohlaydi: "badiiy asarning butunligi faqat g'oyaning birligi, qatnashuvchi shaxslarning ishlanganligi kabilardangina iborat emas, balki avtoming butun asarga singdirib yuborgan voqelikka nisbatan o'z munosabatining ravshanligi va aniqligidan iboratdir" [4,233]. Agarda muallif voqelikka o'rinli yoki o'rinsiz aralashaversa, asar mohiyatiga salbiy ta'sir etib qo'yishi ham mumkin.

Shu jihatdan qaralganda, ro'y berayotgan voqea-hodisalar qahramonlar qarashlari orqali ifodalangan o'rinlarda muallif qahramon qalbiga singib kirib, o'z nuqtai nazarini qahramon nigohi bilan ko'rish va ifodalashga intiladi. O'zbek adabiyotida o'tgan asrning 80-90-yillarida personaj nuqtai nazari ilgari surilgan asarlarning soni ko'payganini ko'rishimiz mumkin. Muallif nutqi tarkibida qahramon nuqtai nazarining ifodalanishi XX asr boshlarida A.Qodiriy, Cho'lpon, Oybek, A.Qahhor kabi ijodkorlardan boshlanib, mustaqillik yillariga kelib, O'.Hoshimov, M.M.Do'st, M.Mansurov, O.Muxtor kabi yozuvchilar asarlarida kuzatiladi. Ushbu maqolada Erkin A'zam qissalari asosida shu kabi jihatlarni ko'rib chiqamiz.

"Men" hikoyachi nuqtai nazarida muallif voqealarni hikoya qilishda, munosabat bildirishda asar qahramonlaridan birining fikrlaridan foydalanib, shartli ravishda hikoya qilishni unga topshirib, uni yo'naltirib, nazorat qilib turadi. "Men" hikoyachi nuqtai nazari ilgari surilgan asarlar avtor "men"i hamda avtobiografik asarlardagi qahramon "men"idan farq qiladi.

Erkin A'zam ijodida bu nuqtai nazar turi "Otoyining tug'ilgan yili" qissasida o'zining yorqin ifodasini topgan. Qissa qahramoni Asqar boshqalarning nazdida "otasini ham ayamaydigan shartaki, beandisha" yigit. Haqiqatgo'ylik unga bobosidan meros. Bu masalada u o'zini ham ayamaydi. Bayon "men"- hikoyachi Asqar nutqi asosiga qurilgan. Uning nutqida kinoya, istehzo ohangi ustuvor. Hikoyachi shunday rostgo'yki, o'zining shartakiligi, andishasizligi ba'zan xato ekanligini ham yashirmaydi. Masalan, bekatlarning birida uchragan qizga gap otganida "Qiz shunday ma'sumona angraydiki, o'zim bu gal xato ketganimni fahmladim" deb mulzam bo'lganini tan oladi. Asqarni shu holicha faqat sanoqli odamlar tan oladi. Biri kurs rahbari Ubaydullaev, yana biri qo'shni qiz Raxshona. Ubaydullaev unga "boshqacha ishonch, ixlos bilan qaraydi" Raxshona esa uning to'g'ri so'zligini yoqlaydi, uni tushunadi, rag'batlantiradi. Fransuz tili o'qituvchisi Dilora Jo'raevna uni tan olib samimiyligi, dangalchiligi, yuziga to'g'risini aytganligi uchun so'ramay (mumtoz adabiyot o'qituvchisi Ziyoxon Ahmadxonovning aksi) zachyot qo'yib beradi. Bayonning juda ko'p o'rinlarida hikoyachi - qahramon nutqi bilan muallif nutqi leksik, semantik, sintaktik, fonetik jihatlardan qo'shilib, chatishib ketadi. Ayni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

chog'da bayon ohangidan muallif va personaj ovozi bir-biridan ajralib, farqlanib ham turadi: "Imtihonga ruxsatnoma olish uchun dekanatga borib, Ahmadxonov meni "Dushanba kuni tushdan keyin kelsin", deganini eshitdim. Tayyorman!"

Avtor nutqi tarkibida kelib, berilayotgan axborotni o'zga personajning qanday atashiga ko'ra ifodalanishiga o'zganing nuqtai nazari deb qaraladi. Asar qahramonlarini o'zganing yoki bir-birining nigohi bilan ko'radi va tasvirlaydi. O'zganing nuqtai nazari qahramon nuqtai nazarining vazifasi kengayib borganligini ko'rsatadi. Qolaversa, Y.Solijonov olib borgan tadqiqotida avtor yoki personaj nutqi tarkibida uchraydigan o'zganing nutqiga xos so'zlarni mazmuniga, qo'llanish tartibi, shakli va ohangiga ko'ra quyidagi vazifalarini ko'rsatib o'tadi: "1) so'zlovchining o'zgaga munosabatini bildiradi; 2) o'zganing so'zlovchiga munosabatini anglatadi; 3) o'zganing xarakter xususiyatlarini ochadi;4) o'zganing nutq individualligni ko'rsatadi" [3, 61].

Erkin A'zamning "Otoyining tug'ilgan yili" qissasi ham ushbu nuqtai nazar turidan holi emas. Qissada kelgusida Asqar Shodibekov boshidan o'tkazgan sarguzashtlarini yozishni va uni kitobxonlar tomonidan o'qilishini o'zicha tasavvur qiladi: "Xo'p, ana, shartakiroq bir yigit bo'larkan. Duch kelgan odamga, yuzingda ko'zing bormi, demay muomala qilavergani uchun hamma undan qochar, hamma undan bezor ekan. Ba'dfe'lligi tufayli, ha, aynan shu tufayli, ko'ngil qo'ygan qizi ham undan yuz o'girib, boshqaga tegib ketibdi. (Ajab qilibdi - nima, bu bedavoni deb baxtiqaro bo'lsinmi sho'rlik?) Achchiq ustida yana shartakiligi qo'zib, adabiyot tarixi darsidan quvilibdi (battar bo'lsin!) va, tabiiyki, oqibatda imtihondan o'tolmabdi (bu ham oz!). Keyin, alamiga chidolmay be'maniliklar qilibdi. Xo'p, ana, sevgilisi tashlab ketgan bo'lsa (kimni tashlab ketmagan?), bir kun biror sho'rpeshona uchrar, uchramasa - sadqai sar, dunyodan moxovdek toq o'tar. Xo'p, ana imtihondan yiqilgan bo'lsa (kim yiqilmagan?), bir kun amallab topshirar, topshirmasa - sadqai sar, o'qishdan itdek haydalib ketar. Shu ham gap bo'ldimi, shuni ham yozib o'tirish kerak ekanmi?!" [1, 56-57].

Ushbu ko'chirilgan misolda berilgan barcha qavs ichidagi munosabatlar "o'zga" nuqtai nazarini bildiradi. Shu bilan birga, barcha nuqtai nazarlarning asosida muallif turishini yodda tutish zarur.

Qahramon nuqtai nazari asar bosh qahramonining yoki asar qahramonlaridan birining voqea-hodisalarga, buyum va narsalarga, kishilarga qaratilgan nuqtai nazari sanaladi. Qahramon nuqtai nazarining yana bir muhim jihati shundaki, asarning barcha konstruktiv elementlarini qamrab oladi va birlashtirib turadi. Bu xususiyat so'nggi yillar o'zbek adabiyotida dunyoga kelgan yirik epik janrning asosiy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

fazilatlaridan biri sanaladi. Quyidagi misolda esa, qahramon nuqtai nazarida qahramon va muallif nutqi qo'shilib ketadi. Qahramon tilidan: "Lekin bu masalada men boshqacharoq fikr qilaman. Meningcha, odamning hayotdagi har qadami -sinov, imtihon; u doim imtihonlar ichida yashaydi. Qolaversa, uning hayoti ham ko'xna dunyo oldida bir imtihon. Binobarin, sevish, uylanish, kimga, qanday uylanish - hayotdagi eng qaltis imtihonlardan. U bulardan qanday o'tadi - gap ana shunda. Ya'ni, aniqrog'i, men bunda qanday yo'l tutdim? Ehtimol, yozilajak hikoyam shu haqda bo'lar, ehtimol, shu haqdagina bo'lmas...". E'tibor bilan o'qilganda, mana shu qahramon nuqtai nazari orqali maullifning qissadan ko'zlagan g'oyaviy maqsadlari ochib berilgan. Boshqa bir o'rinda, Asqar Ahmadxonovdan uzr so'ramay, oldiga bo'yin egib bormay, astoydil tayyorgarlik ko'rib imtihon topshirishi, "muhimi -oxiriga qadar bo'yin egmadim. Demak ... MUMKIN EKAN!" [1, 59] degan xulosaga keladi. Bu nutq tarkibidagi birinchi shaxs egalik qo'shimchasi (egmadim)ni olib tashlasak, muallif E.A'zamga xos nutq ekanligi ayon bo'ladi. Shuni olmaganimizda ham asarda bosh harflar bilan yozilgan, ta'kidlangan "MUMKIN EKAN!" iborasi bevosita muallifga tegishli ekanligi aniq bo'ladi. Shuningdek, Asqarning Raxshonaga qarata aytgan "Mayli, haqiqatning shunday qattiq-quruq, lekin zinhor-bazinhor ochiq bo'lgani yaxshi" degan iqrori ham aynan Erkin A'zam tilidan aytilayotgandek tuyiladi. "Adabiyotning asosi, sarchashmasi - So'z. Ifoda shakllari esa turlicha. Ular goho bir-biriga shu qadar qorishib ketadiki, tafovutli jihatlarini topolmay ham qolasiz" [1, 59]. Muallif hioyachi Asqar tilidan aytilgan mana shu ikkita so'z bilan o'zining qisqa, lo'nda uslubini namoyon eta olgan. Ya'ni fikrini o'nta gapdan ko'ra bitta jumlada ifodalab bera olgan.

"Otoyining tug'ilgan yili" qissasidagi o'jar, qaysarlik tabiatiga ega Asqar obrazi E. A'zamning hikoyalaridagi shu xildagi qahramonlaridan olingan bo'lib, ularning xislatlarini o'zida mujassamlashtirgan. Bizningcha, bu obrazni o'sha davr tanqidchiligi an'analaridan bo'lgan qahramonning kurashchan yoki kurashchan emasligiga qarab baholamaslik kerak. To'g'ri, atrofdagi voqelikalarga bo'lgan munosabati uni shunday o'rinda turgandek ko'rsatadi. Ammo Asqar ijtimoiy muhitni o'zgartiraman, unga qarshi kurashaman, deb maqsad qilmaydi. Bir o'zining bunga kuchi, imkoni yetmasligini ham yaxshi biladi. Faqat u ko'rib-bilib turgan, jamiyatdagi tobora ildiz otib borayotgan loqaydlik, xushomadgo'ylik, soxtagarchilik kabi illatlar girdobidan o'zini yiroq tutadi. Mana shu jihati u ni atrofdagilardan ajratib turadi. Uning an'anaviy, bir xil tuzilishdagi inson emasligi, o'ziga xos xarakter egasi ekanligi adabiyotimizdagi yangi ko'rinishdagi obrazning namunasi tarzida ifodalaydi. Umuman, Asqar Shodibek o'g'lini faqat chapani, shartaki, beandisha emas, balki o'z

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

davri muhiti bilan murosasiz, ma'naviy-axloqiy qarashlari, e'tiqodiga sodiq turgan obraz sifatida baholash mumkin. Erkin A'zam ijodidagi bu qahramonlar adibning mavjud ijtimoiy muhitga bo'lgan munosabatini, atrofidagi loqaydlik, ma'naviyatsizlik, soxtagarchilik kabi illatlarga nisbatan noroziligi, insonni ruhan erkin va ozod bo'lishi lozimligi singari qarashlari hosilasi sifatida izohlash kerak.

Adibning ijodida bir-biriga yaqin, o'xshash turli qiyofadosh xarakterlar, bu xarakterlarga berilgan xarakteristikalarda, kasb-kori, yurish-turishida, kiyinishi, o'y-xayollari, gapirish manerasi, dunyoqarashi, didi, voqelikka munosabatida ko'plab yaqinlik, o'xshashlik, qalb va qiyofadoshlik belgilari kuzatiladi. "Jannat o'zi qaydadir" qissasidagi Domla ham "Suv yoqalab"dagi Bolta Mardon ham asr boshlaridagi adabiyotimiz uchun butunlay yangi va bir oz murakkab xarakterlarga ega obrazlardir. Har ikkala qahramon ham mavjud va hayotiy kishilar obrazi sifatida o'z yutuq va kamchiliklari, orzu armonlari, gunohu savoblari, hayotiy maqsad va intilishlari bilan tasvirlanadi. Har ikki qissada ham voqeabandlik muhim o'rin tutmaydi, balki birgina epizodik voqeaning avj va dramatik nuqtasi tahlil qilinadi. Bolta Mardon umrining oxirgi kunlari qaqroq tomorqasini sug'orish uchun suv yoqalaydi, Domla esa Amerikaga ko'chib ketish vasvasasi va g'alvalari bilan hayotining so'nggi kunlarini yashaydi. Bunda asar yaratilgan davrdagi mavjud tuzumdagi o'zgarishlar o'zining bevosita ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Aynan, mustaqillikning ilk o'n yilliklarida sinov, tarixiy burilish davri bo'ldi. Umri yolg'on g'oyalarga xizmat qilish uchun o'tganini anglab yetgan Domla uchun Amerika vasvasasi yana bir adashish vaqti bo'ldi. Ammo asar so'nggida ruhiy-psixologik holatlarni boshidan kechirgani o'tilgan hayot yo'lining sarhisobi uni o'zligiga qaytardi: u Jiydalida qolishga qaror qiladi. Jiydali shunchaki tug'ilib o'sgan makon nomi emas, balki o'zlikka, asliyatga qaytishning ramzi. Bolta Mardon qismatida xuddi shunaqa o'xshashni tut daraxti misolida ko'rish mumkin.

Shuningdek, shu kabi jihatlar "Javob" qissasidagi Nuriddin Elchiev va "Bayramdan boshqa kunlar"dagi Bakir obrazlaridagi xarakter jihatdan nihoyatda yaqinligi bilan ahamiyatlidir. Bakir yillar o'tib, Nuriddin Elchievga aylanadigandek zamon ortga qaytsa, Nuriddin Elchiev Bakirga aylanadigandek go'yo. Bunday mulohazaga borishga Nuriddin Elchievdagi kamtarinu kamsuqumlik va Bakir tabiatidagi bo'sh-bayovlik, soddalik sabab bo'ladi.

Erkin A'zam qahramonlari qalbi uyg'oq, bezovta, tinib-tinchimas oddiy odamlardir. Chunki asarlarida o'zi ko'rgan, bilgan, tanigan, kuzatgan odamlarini tasvirlaydi. Ular soddaligi, samimiyliga, to'poriligi, qolipga tushmaydigan xatti-harakatlari, gap-so'zlaribilan ajralib turadi. Insonni insonday tasvirlash, uni bor bo'yi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bilan kitobxonga ko'rsatish va bunga ishontira olish Erkin A'zam uslubining bosh fazilati, ustunidir.

Adib qissalarida turli toifalarga mansub odamlar qatnashadi. Uning maqsadi, matlabi, orzu-jihati o'ziga xos tarzda tasvirlanadi.

Xulosa qilish mumkinki, Erkin A'zam o'zbek adabiyotida birinchilardan bo'lib muallif nutqi bayoniga qahramon ovozini olib kirdi, uning so'zlarini qo'lladi. Ayni chog'da, bu chatishuv bayon ohangini nutq manerasini, ohang yo'nalishini bir tizimga solib, yozuvchi uslubining orginalligini belgiladi. Shuningdek, badiiy asarda nuqtai nazar xarakter yaratishda o'z mujassamini topadi.

REFERENCES

1. A'zam E. Kechikayotgan odam. Qissalar. - Toshkent: Sharq, 2002.

2. A'zam E. Ertalabki xayollar. - Toshkent: O'zbekiston, 2015.

3. Solijonov Y. XX asarning 80-90- yillari o'zbek nasrida badiiy nutq proetikasi. Filol.fanl.d-ri dis-si. - Toshkent, 2002.

4. Tolstoy L. Ob isskusstve i literature. T. I. - M., 1958.

5. Umurov H. "Badiiy psixologizm va hozirgi o'zbek romanchiligi". - Toshkent: Fan, 1983.

6. O'zbek tilining izohli lug'ati. Besh jildli. Uchinchi jild - Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2007.

7. Mo'minov, S., Hoshimova, F., Mo'minov Sh. "Temur tuzuklari"da so'z qudrati haqida. Zamonaviy uslubshunoslikning dolzarb mammolari. - Farg'ona, 2017.

8. Muminov, S., Exsonova, M. (2021). Linguapoetic features of English derivations in literary text. Mejdunarodniy jurnal yazika, obrazovaniya, perevoda, 4(2), 90-67.

9. Umarjonov, S.S. (2021). Ijtimoiy - gumanitar fanlarni o'qitishda Fahriddin Roziyning ontologik qarashlarining o'rni va ahamiyat. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 1029-1038.

10. Umarjonov, S.S., Safarov, M.K. (2021). Fahriddin Roziyning "Latoif ul-g'iyosiyot" qo'lyozma asarida aql va e'tiqod masalasining qo'yilishi va uning diniy-falsafiy germenevtik tahlili. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1058-1068.

11. Safarov, M.K., Umarjonov, S.S. (2021). Abu Bakr ar-Roziy etikasida befoyda o'y surish va ochko'zlik muhokamasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1045-1049.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.