Научная статья на тему 'XITOY VA KO‘RFAZ ARAB MAMLAKATLARI YOZUVCHILARI ASARLARIDA MAGIK REALIZMNING XUSUSIYATLARI VA USLUBLARI'

XITOY VA KO‘RFAZ ARAB MAMLAKATLARI YOZUVCHILARI ASARLARIDA MAGIK REALIZMNING XUSUSIYATLARI VA USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
149
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xitoy adabiyoti / Ko‘rfaz arab mamlakatlari adabiyoti / Mo Yan / Laylo Usmon / magik realizm / fantastik va g‘ayrioddiy unsurlar / ong oqimi / Chinese literature / literature of the Gulf Arab countries / Mo Yan / Layla Osman / magical realism / “The Land of Musallas” / “Two heads and one body” / fantastic and extraordinary elements / flow of consciousness.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ahmedova, Shahlo Irgashbaevna

Mazkur maqolada Xitoy va Ko‘rfaz arab mamlakatlari hikoyanavislari asarlarida magik realizmning xususiyatlari va uslublari xususida so‘z yuritilgan. Yozuvchilar Mo Yan va Laylo Usmon to‘g‘ridan-to‘g‘ri bevosita tavsirlardan voz kechib, turli yangi badiiy usullarga o‘tib, o‘z asarlarida magik (mo‘’jizakor) realizmga murojaat qilishgani“Musallas mamlakati”, “Ikki bosh va bir tana” kabi asarlarida o‘z badiiy ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS AND METHODS OF MAGICAL REALISM IN THE WORKS OF WRITERS FROM CHINA AND THE BAY ARAB COUNTRIES

This article discusses the features and methods of magical realism in the works of storytellers from China and the Gulf Arab countries.The fact that writers Mo Yan and Layla Osman abandoned direct interpretations and switched to various new artistic methods and resorted to magical (miraculous) realism found its artistic expression reflected in their works such as “The Land of Musallas” and “Two Heads and One Body”.

Текст научной работы на тему «XITOY VA KO‘RFAZ ARAB MAMLAKATLARI YOZUVCHILARI ASARLARIDA MAGIK REALIZMNING XUSUSIYATLARI VA USLUBLARI»

XITOY VA KO'RFAZ ARAB MAMLAKATLARI YOZUVCHILARI ASARLARIDA MAGIK REALIZMNING XUSUSIYATLARI VA USLUBLARI

d 10.24412/2181-1784-2021-1-369-375

Ahmedova Shahlo Irgashbaevna

filologiya fanlari nomzodi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (O'zbekiston)

Annotatsiya. Mazkur maqolada Xitoy va Ko 'rfaz arab mamlakatlari hikoyanavislari asarlarida magik realizmning xususiyatlari va uslublari xususida so'z yuritilgan. Yozuvchilar Mo Yan va Laylo Usmon to'g'ridan-to'g'ri bevosita tavsirlardan voz kechib, turli yangi badiiy usullarga o'tib, o'z asarlarida magik (mo 'jizakor) realizmga murojaat qilishgani "Musallas mamlakati ", "Ikki bosh va bir tana " kabi asarlarida o Z badiiy ifodasini topgan.

Kalit so 'zlar:Xitoy adabiyoti, Ko 'rfaz arab mamlakatlari adabiyoti, Mo Yan, Laylo Usmon, magik realizm, fantastik va g 'ayrioddiy unsurlar, ong oqimi

Annotation. This article discusses the features and methods of magical realism in the works of storytellers from China and the Gulf Arab countries.The fact that writers Mo Yan and Layla Osman abandoned direct interpretations and switched to various new artistic methods and resorted to magical (miraculous) realism found its artistic expression reflected in their works such as "The Land of Musallas" and "Two Heads and One Body ".

Keywords: Chinese literature, literature of the Gulf Arab countries, Mo Yan, Layla Osman, magical realism, "The Land of Musallas", "Two heads and one body", fantastic and extraordinary elements, flow of consciousness.

Ma'lumki, hikoya «inson hayotidagi u yoxud bu yorqin hodisani, ijtimoiy yoxud psixologik konfliktni xarakter bilan uzviy holda rivoyat usulida tasvirlovchi kichik epik asar». [4:470]

Hikoya epik asar ekan, demak, personajlar, ularning taqdiri, dunyoqarashi, syujetni tashkil qiluvchi hayotlarining voqea-hodisalari to'g'risida bayon tarzida tavsif-ta'rif berish uning boshlang'ich tashkiliy omillaridir. Syujetni tashkil etuvchi voqealar silsilasi tasviridan tashqari bayon o'ziga mulohaza-mushohadani va

personajlar nutqini muallif tomonidan o'zlashtirgan gap tarzda taqdim etish holatlarini ham o'ziga qamrab oladi.

Biz Xitoy yozuvchisi Mo Yan va Ko'rfaz arab mamlakatlari adibasi Laylo Usmon asarlaridagi uslublarini tahlil qilar ekanmiz, ular o'z ichiga qancha-qancha insonlarning hayotidan epizodlar va vaziyatlar, xarakterlar, tafsilot-detallarni mujassamlashtirganini ko'ramiz. Yozuvchilar badiiy vositalarni samarali iste'foda qilib voqelikni zamon va makon jihatdan erkin o'zlashtirishga erishganlar. Ular tanlagan bayon shakllari inson ichki dunyosiga kirib borishga, murakkab xislatlar va xususiyatlarga boy, doimo harakatdagi, shakllanayotgan yoki rivojlanayotgan xarakterlarni ochib berishga imkoniyat yaratib beradi.

Hikoyachi nutqi nafaqat tasviriy, balki ifodaviy ahamiyat kasb etib, u faqat ob'ektni emas, balki bayonchi o'zini ta'riflaydi. Shuning uchun ham yozuvchilarning voqelikka yondashishida va uning badiiy in'ikosida o'zlariga xos shakllarni ko'ramiz, asarlarida dunyoqarashlari va fikrlash yo'llarini muhrlanganligini anglaymiz. Adibalar kamdan-kam holda o'z asarlarida voqea-hodisalarga tashqaridan nazar tashlab, ularni loqaydlik bilan so'zlab beruvchi muallif sifatida namoyon bo'ladilar. Ular o'z asarlarida personaj va muallif o'rtasida muayyan masofa mavjud bo'lishiga qaramay, voqealarga va personajlarni xatti-harakatiga o'z munosabatlarini bildirib, asarga mushohada va mulohazalarini kiritib borishadi.

Darvoqe, 2012 yil adabiyot yo'nalishida xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan yozuvchi Mo Yan (1955 y. tug'.) o'tgan asrning 80-yillarida adabiyotga kirib kelgan bo'lib, uning ijodi, ta'bir joiz bo'lsa, ikki adabiy oqimga ham tegishli psixologik asar yoxud Yevropacha modernizm prozasi uslubini o'zida mujassamlantirgan, desak to'g'riroq bo'ladi. Adibning Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan asari uning syurrealistik ruhda yozilgan "Musallas mamlakati" (Szyu Go, 1992) asaridir. Mazkur asarda yozuvchi ijodida xalq afsonalarini tarix va bugungi kun bilan birlashtirib turishini alohida ta'kidlashimiz mumkin. To'g'risi, "Musallas mamlakati" asari - bu ramzli hikoya, tarixiy allegoriya va absurd adabiyotining namunasidir.

Asardagi voqea-hodisalar 1989 yili bo'lib o'tadi. Voqealar prokuratura tergovchisi Din Gouer tergov-surishtiruv ishlarini o'tkazish uchun Szyugo deb atalmish yerga yo'l olishidan boshlanadi. Aytishlaricha, o'sha yerdagi partiya va boshqa oliy martabali zotlar go'dak go'shtini yeb maza qilishar emish. Jinoyatchilarning g'ayriinsoniy qilmishlarini fosh etishga bel bog'lagan bosh qahramonni o'ta ustamonlik ila ichirib qo'yishib, qariyb hushsiz holatga keltirishadi.

Ustiga ustak, Gouerni yo'ldan og'dirmoq niyatida unga makkora haydovchi ayolni duchor qilishadi.

Asarda "maotay" arag'idan to'ng'izlarcha mast bo'lish paytida odamning psixologik his-tuyg'ulari buzilishi oqibatida qo'rquv, badjahllik, hasad va qahr-g'azab uyg'otuvchi sabablar mohirona tasvirlangan. Shuningdek, asarda har narsaga qodir, o'zida cheksiz kuch-qudratni his etgan, axloqan zaif, ma'naviy qiyofasi buzuq, ayni paytda, aql bovar qilmas mo''jizakor qobiliyat sohibi pakana Yuy Ichi obrazida ifodalangan mifologik elementlar o'quvchi diqqatini tortadi. Asarda o'tkir ijtimoiy mavzuga yo'g'rilgan hajviy elementlar ham mavjud bo'lib, ular syujetda asosiy o'rin egallaydi.

Mo Yanning tili shu qadar boy, obraz va metaforalarga boyki, hatto asarda aks ettirilmish tubanliklar bilan ham yozuvchi uslubi va xayolotiga tan bermay iloj yo'q. Asar syujetining ko'p qatlamliligi, xayoliymi yoki chindanmi, go'daklardan taom tayyorlash va tanovul qilish sahnalaridan nedir ichki bir o'rtanish ila o'quvchini o'yga cho'mdirishi aniq. Kitobxonni chuqurroq fikrlashga majburlaydi, tevarakka, odamlarga bugungi shiddatli nigoh bilan emas, teranroq razm solishga, inson qalbi deb atalmish makonga sayr etishga chorlaydi. Mo Yanning asarlarida "alahsirash a ro reallik xalq ertaklari, tarix va zamonaviylik birlashib ketgan".

Nima bo'lganda ham, Mo Yan asarida tuzumning dahshatli voqelikka yo'g'rilgan, qo'rquv va vahimaga to'la fojiali hayotida yashashga harakat qilayotgan oddiy insonlarning "mavjud"ligi tasvirlangan. Ammo muallif tomonidan taklif etilgan, aniqrog'i, matn ichida yashiringan javob undan-da dahshatli jaranglaydi. Adib, har bir inson bu mash'um jamiyatda o'zini o'zi anglab olishi lozim, degan g'oyani o'rtaga tashlaydi.

Ko'rfaz arab mamlakatlari adibasi Laylo Usmon (1953 y. tug'.) esa hikoyalarida real voqelikning chegarasidan o'tib, syujet silsilasiga to'ppa-to'g'ri fantastik unsurlarni olib kiradi va bu unsurlar asardagi real voqealar tasviri bilan uyg'unlashib ketadi. Mana shu holat adibaning «Ikki bosh va bir tana» («^^ j ... j^b») [2:151-163] hikoyasida aql bovar qilmaydigan g'ayritabiiy voqealar, er-xotin tungi ziyofatda o'tirgan vaqtda oddiy voqealar kabi ro'y beradi. Adibaning xarakterlarining ko'rinmaydigan ba'zi jihatlarini yuzaga chiqarish, yaqqolroq tasvirlash niyati borligini hikoya bayonidan anglasa bo'ladi.

Hikoya syujetida voqealarning almashinuvi yo'q. Bu yerda birinchi o'rinda eri bilan tonggacha bo'lgan ziyofatda o'tirgan ayolning ruhiy holati ko'rsatilgan. Adiba ayol qahramonining atrofidagi muhitni: raqsga tushayotgan mehmonlarni, yugurib yurgan xizmatkorlarni, rang-barang nur o'yini, tinmay baland ovozda yangrayotgan

musiqani hamda yonida o'tirgan turmush o'rtog'ini hissiy idrok etishining barcha tomonlarini batafsil psixologik tasvirlab beradi. Ular muhitni turlicha idrok etadilar. Eri kechada zavqlansa, xotini o'zini bu yerda begona sezib, zerikadi va ketishni hohlaydi. Eri uning hissiyotini tushunmaydi, oliy tabaqali jamoaga, ehtiromli mehmon etib chaqirilganliklarini qadrlamaganligi uchun xotinini koyiydi. «Biz bu yerga chaqirilgan hurmat-ehtiromli mehmonlarmiz va jamiyatdan yiroqlashishning hojati yo 'q», - deb unga uqtiradi. Xotini esa bu yerda, umuman, qolgisi kelmaydi, chunki yarim qorong'uda yarq etib yonib o'chayotgan chiroqlar ko'zni qamashtirib, ularning tinimsiz pirpirashi ayolni charchatadi va ranjitadi. Keskinlik tobora oshib boradi va shunda bir voqea sodir bo'ladi: «Menda ikkita bosh paydo bo'ldi, ular bo'ynimdayoq bir-biridan ajradi. Ulardan biri chiroq o'yinini, jamoani ko'rib zavqlanib, ijtimoiy burchni ado etishdan xursand. Burch - bu murakkab vazifadir. Agarda bu burchdan bir oz chekinilsa, do 'stlik rishtalari uziladi. Shu bilan birga ikkinchi bosh shu yerdan qochib ketish haqidagina orzu qiladi», [2:155] - deb hikoya qiladi qahramon.

Mehmonlar ushbu tasvirning guvohi bo'ldilar: bosh stollar orasidan raqsga tushayotganlar ichidan dumalab, eshik orqali ko'chaga chiqib ketadi. Bunga hech kim e'tibor qaratmaydi, uni oddiy holat kabi qabul qiladi.

Hikoya davomida bir tasvirning o'rnini boshqa tasvir bosadi, qahramon ayol ikkinchi boshini dasturxon yonida qoldirib, o'zi birinchi boshning ketidan uyg'onayotgan tongning og'ushiga shoshiladi. Raqsga tushayotganlarning terlagan tanasi, chekayotgan va ichayotganlarga to'la shovqinli zaldan keyin u shaffof havodan to'yib-to'yib nafas oladi. Uning ruhi ko'tarilib, hayotni ulug'lash tuyg'usi qamrab oladi.

Tonggi shahar bo'ylab, sayohat bilan birgalikda hikoyaning bayon ohangi o'zgaradi, u yuqori major ohanglarga ega bo'lib, ichki kuchga to'ladi va mehnat qilish uchun uyg'onayotgan mehnatkash shaharning ohangiga moslashadi...:

Men yugurayapman...

Va ko 'chalar so 'nayotgan lampa chiroqlar ostida yugurmoqda. Farroshlar va asfaltdagi barglar yugurayapti.

Men baland qichqirayapman...

Bunga javoban bugun tug'ilgan tonggi nur ham qichqirmoqda. Va olam uning ovozini eshitib quvonmoqda.

Men chaqirayapman...

Va menga javoban birga chaqqon, halol sotuvchilar javob bermoqda.

Men yo 'talayapman...

Javoban qaysar eshak hangradi.

Men yon atrofga qarayapman...

Daraxtlarning shoxlari mevalarining og 'irligidan egildi.

Men hayqirayapman.

Atrofmda hayot hayqirmoqda... u bokira, qiz kabi sof, (sigirning) yelinidan to'lib oqib tushayotgan sog'in sutning hidini to'yib-to'yib hidlagani kabi hayot iforidan bahramand bo 'Imoqda.

Men shaharningyuragi tomon shahdam bormoqdaman ....[2:159]

Agarda hikoyaning birinchi qismini - mehmonxonadagi epizodni ikkinchi qismi, ya'ni ayol-qahramonning shahar bo'ylab sayri bilan qiyoslasak, qahramon kayfiyati o'zgargani sari qissa uslubi o'zgarganini kuzatishimiz mumkin. U yerda begonalashish, tanholik, erni tushunmaslik, o'rtalaridagi sovuqlik, erni unga nisbatan mutlaq befarqligi va zerikarli hayot bo'lsa, bu yerda esa ko'chalarda qahramon sho'ng'igan hayotning to'laqonligi namoyon bo'ladi. Qissaning sur'ati harakat fe'llari yordamida jadallashadi: «men yuguraman, chaqiraman, baqiraman, o'girilaman». Hayotning to'liqligi hissini u original qiyos - tashbeh yordamida quyidagi ibora bilan ifodalaydi.

«Men ip ignaning teshigiga sho'ng'igani kabi tor ko'chalarga sho 'ng 'imoqdaman».[2:159]

Qahramon ishga shoshayotgan odamlarni kuzatib quvonadi. Bular oddiy mehnatkashlar bo'lib, adiba ularni tasvirlab, ijtimoiy ohangdagi madhga o'tadi: «Ularning yashash istagi, oftobda toblangan bug'doy rang tanalari boshdan-oyoqqacha hayot uchun kurashda ishtirok istagi bilan to'yingan. Qavarib ketgan kaftlari, ko 'zlarining tepasidagi yassi peshonalarida olish va berish istak to 'lqinlari mavj bo 'lib o 'tmoqda. Charchoqqa qaramasdan ular doimo harakatda, qiyinchilik bilan topayotgan bir burda nonlari uchun tinib- tinchimaydilar, doimo umidvorlar». [2:159]

Qahramon shaharda sayr qilayotganida bir necha bor «ixtirolar to'lqiniga» duch keladi. Uning ko'zlari esa «qaynab turgan hayotga» doimo katta ochiq. Adibaning tasavvuri hech narsa bilan chegaralanmagan. Syurrealistik tasvirlar voqelikka tutashib ketadi: ayol-qahramonning tanasi boshi bilan birlashadi, keyin esa u mehmonxonaga - «hayosizlik g'origa» qaytadi, u yerda uni boshqa ikkinchi boshi poylab turadi. Raqqosalarning harakatidan ehtiroslanayotgan eri uning yo'qligini ham sezmadi. Qahramon tanasining barcha qismlari tiklandi, ammo endi bizning ko'z oldimizda boshqa shaxs gavdalanadi.

Laylo Usmon voqelikning haqiqiyligiga fantastik unsurlarni kiritish uslubidan shu darajada mohirona foydalanadiki, kitobxon g'ayrioddiy narsani haqiqiylik sifatida idrok etadi. Muhimi shundaki, hikoyaning mazmun-mohiyati va ma'nosi voqelikni real qabul qilishga xalaqit bermaydi. Hikoyaning syujeti bilan tanishgandan so'ng yana o'zimizga savol berishimiz mumkin: adiba nima sababdan fantastik unsurlarni kiritdi? Javob: o'z qahramoni shaxsining ikkilanishini ko'rsatish uchunligi aniq. Ammo qahramonning shaxsi o'zi nafratlanadigan dunyoda, o'ziga nafratli bo'lgan jamoa ichida itoatkorona o'tirishga majbur. Shaxsning ongi esa isyon ko'tarib, bu chiriyotgan dunyodan ozodlikka chiqib ketadi. Tajovuzkor musiqa ta'siri ostida qahramon avvaliga sarosimaga tushadi. Ruhiy tushkunlikka tushgandan so'ng xayolot ummoniga cho'madi.

Shunisi qiziqki, agarda ekologiyada «nurdan ifloslanish» atamasi mavjudligini hisobga olsak, qahramonning holatini tushunish juda oson. Hattoki oddiy elektr lampa, agarda uni sutkalab o'chirilmasa, organizmga, uning ruhiyatiga salbiy ta'sir o'tkaza boshlaydi. Katta shaharlarda tajovuzkor nurli reklama jahldorlikni oshirishi, va hattoki, o'zining joniga suiqasd qilishga moyillik tug'dirishiga sabab bo'lishi mumkin.

Ko'rib turganimizdek, adiba «nurdan ifloslanish» sharoitida o'z qahramonining ruhiy holatiga katta e'tibor beradi. Hikoyada syujet deyarli yo'q, asosiy mavzu ko'p sonli assotsiatsiyalar orqali namoyon bo'ladi, ichki monolog hikoya tuzilmasini butunlay egallaydi. Psixologizm birinchi o'ringa chiqadi. Bundan tashqari, bu hikoyada Laylo Usmon ba'zi bir lavhalarda bir lahzalik impressionistik chizgining ustasi sifatida o'zini namoyon qildi. Buni biz rangli musiqa, uyg'onayotgan shahardagi erta tong tasvirida ko'ramiz.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, yozuvchilar Mo Yan va Laylo Usmon ijtimoiy, insoniy va axloqiy qadriyatlarga nisbatan o'zining qat'iy nuqtai nazariga ega. Ular insonlarning tarqoqligi, o'zaro tushunmovchilik va xudbinligini qoralab, ularni yuqori ma'naviy qadriyatlarga ega bo'lishga chaqiradi.

80-90-yillarda mazkur yozuvchilar modernizm va postmodernizm uchun xos bo'lgan fragmentarlik, vaqt va makonda erkin siljish, ichki monolog, ong oqimi, kollaj va bir qator boshqa uslublar, bundan tashqari magik (mo''jizakor) realizm uchun xos bo'lgan voqelikka fantastik va g'ayrioddiy unsurlarni kiritganini ham kuzatamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Творчество Мо Яня - магический реализм с китайской спецификой .http://www.kitaichina.com/se/txt/2012-/23/content_503311.htm

jl^ A^Sa .Jj] ¿UJI1987- .172^

3. Hamdamov U. Jahon adabiyoti: modernizm va postmodemizm. O'quv qo'llanma. T.: Akademnashr, 2020. -285 b.

4. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. - T.: O'zbekiston, 2002. - 558 b.

5. Mo Yan. Musallas mamlakati. Sharq yulduzi. 2014. №10. -B. 4-77.

6. Mirzakhmedova, H. V., Omonov, K. S., & Khalmurzaeva, N. T. (2021). METHODS OF IMPROVING LANGUAGE SKILLS USING MEDIA SOFTWARE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(03), 47-55.

7. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.