Научная статья на тему 'HIKOYALARDA DAVR VA QAHRAMON MASALASI'

HIKOYALARDA DAVR VA QAHRAMON MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
7189
540
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hikoya / epik tur / didaktika / nosirlar / realistik hikoya / xalq og’zaki ijodi / badiiy unsur va h.k. / Story / epic type / didactics / prose / realistic story / folklore / artistic element / etc.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Doston Abdujabbor O‘g‘li Xolmatov

O‘zbek adabiyoti nasrida hikoya janri badiiy saviyasi baland asar hisoblanadi. Hikoyada davr va qahramon masalasi, xarakterlar talqini asarni asosiy bo‘g‘inini tashkil etadi. Hikoya janri azal-azaldan didaktik ma’no kasb etib, insonlarga ma’naviy ozuqa berish va ularni yaxshiliklarga yetaklash uchun xizmat qilib kelgan. Shu sabab, hikoya janri badiiy adabiyotda alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada muallif hikoyalarning davr xususiyati va ulardagi qahramonlar masalasiga batafsil to’xtalib o’tadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ISSUE OF PERIOD AND HEROISM IN STORIES

In the prose of Uzbek literature, the story genre is a work of high artistic level. The issue of time and the protagonist in the story, the interpretation of the characters are the main part of the work. The story genre has long had a didactic meaning, serving to nourish people spiritually and lead them to goodness. For this reason, the story genre has a special place in fiction. In this article, the author discusses in detail the periodic nature of the stories and the issue of their characters.

Текст научной работы на тему «HIKOYALARDA DAVR VA QAHRAMON MASALASI»

HIKOYALARDA DAVR VA QAHRAMON MASALASI

Doston Abdujabbor o'g'li Xolmatov

Farg'ona davlat universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

O'zbek adabiyoti nasrida hikoya janri badiiy saviyasi baland asar hisoblanadi. Hikoyada davr va qahramon masalasi, xarakterlar talqini asarni asosiy bo'g'inini tashkil etadi. Hikoya janri azal-azaldan didaktik ma'no kasb etib, insonlarga ma'naviy ozuqa berish va ularni yaxshiliklarga yetaklash uchun xizmat qilib kelgan. Shu sabab, hikoya janri badiiy adabiyotda alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada muallif hikoyalarning davr xususiyati va ulardagi qahramonlar masalasiga batafsil to'xtalib o'tadi.

Kalit ko'zlar: Hikoya, epik tur, didaktika, nosirlar, realistik hikoya, xalq og'zaki ijodi, badiiy unsur va h.k.

THE ISSUE OF PERIOD AND HEROISM IN STORIES

ABSTRACT

In the prose of Uzbek literature, the story genre is a work of high artistic level. The issue of time and the protagonist in the story, the interpretation of the characters are the main part of the work. The story genre has long had a didactic meaning, serving to nourish people spiritually and lead them to goodness. For this reason, the story genre has a special place in fiction. In this article, the author discusses in detail the periodic nature of the stories and the issue of their characters.

Keywords: Story, epic type, didactics, prose, realistic story, folklore, artistic element, etc.

Hikoya—badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida hikoya qadim an'analarga ega. O'tmishda hikoya folklor asarlari tarkibida bayon unsuri bo'lib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida hikoyachilikning rivojlanishiga italyan yozuvchisi Bokachcho "Dekameron" asari bilan katta hissa qo'shgan. Asarda 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (Fransuz), Ogenri (Amerika), A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Cho'lpon (o'zbek) hikoya janrining asoschilari hisoblanadi. Yevropa adabiyotida hikoya novella deb ham ataladi. O'zbek adabiyotida hikoya juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar — Kultegin va To'nyuquq bitiktoshlarida bayon qilingan voqealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Nosiriddin Rabg'uziyning "Qisasi Rabg'uziy" asarida ham

axloqiy xarakterdagi hikoyaning yaxshi namunalari bor. Bobomiz Alisher Navoiy "Hayrat ul-abror" dostonining 5-maqolotidagi "Hotami Toy hikoya-ti", 20-maqolatidagi "Ul qui hikoyati", "Sab'ai sayyor" dostonidagi yetti musofir hikoyalari ham bu janrning ilk namunalari hisoblanadi. 16-asrda yaratilgan Poshshoxojaning "Gulzor" va "Miftoh ul-adl" asarlari o'zbek Hikoyachiligining rivojlanishiga asos bo'lgan. Hikoya biror bir davr bilan bog'liq bo'ladi. O'quvchilar qahramonlarning ma'naviyatiga bo'lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong'i tomonlari xususida muayyan tushunchaga ega bo'la boshlaydilar. Ularda go'zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg'usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda «Jaloliddin Manguberdi» hikoyasida Chingizxon va uning qo'shinlariga nisbatan nafrat uyg'otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati orqali ona-Vatanga mehr-muhabbat uyg'otiladi, uning taqdiri orqali o'z ajdodlaridan faxrlanish tuyg'usi paydo bo'ladi. Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o'ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko'rishni taqozo etadi. Undagi har bir so'z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi.

"Hikoya" atamasi kengroq ma'noda biror voqeani gapirib berishni ham anglatadi. So'zlab berilgan bunday voqelik o'z qamrovi, hajmi, rang-barangligi bilan qissa yoki romanga xos bo'lishi ham mumkin. Bunday hollarda bu atama janr ma'nosida tushunilmaydi. Masalan, O'.Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani 9 personajning 49 ta hikoyasidan tashkil topgan. Sh.Xolmirzayev "Olabo'ji" asarini "romandan katta hikoya" deb ataydi. Hozirgi o'zbek hikoyachiligi O.Muxtor, N.Aminov, S.Siyoyev, F.Musajonov, X.Sultonov, E.A'zamov, N.Eshonqulov, Sh. Bo'tayev va boshqa yozuvchilar bilan boyidi. Hikoya inson hayotida yuz bergan ixcham voqeani lo'nda ifodalashga mo'ljallangan. Unda shu voqeaga qadar personaj hayotida nima bo'lgan, qanday ro'y bergan, kim bilan — bular to'g'risida ma'lumot berish shart emas. Juda zarur bo'lsa, ayrim detallar orqali ishora qilinishi mumkin. Masalan, A.Qahhorning "O'g'ri" hikoyasida Qobil boboning kechagi kuni haqida lom-mim deyilmaydi. Egamberdi paxta-furushdan kichkina shart evaziga ikkita ho'kiz olgan Qobil boboning ertasi to'g'risida "Bu shart kuzda ma'lum bo'ladi", deb xabar beradi, xolos. G'.G'ulom esa "Mening o'g'rigina bolam" hikoyasidagi o'g'rining kechagi kunini lo'nda detallar orqali to'ldiradi. Uydan biron narsa olmay chiqib ketgan yigitning ertangi kuni haqida hech qanaqa ma'lumot bermaydi. Ixchamlik Hikoyaning muhim belgisi, lekin unda personaj hayotidan bir-gina lavha, uzoq davrlik voqealar, personajlarning butun umr yo'li, bir emas, bir necha odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib turishi, muhim fazilat bo'lib qolishi mumkin. Biroq har qanday ko'rinishda ham tasvir siqiq tarzda beriladi. Hikoya mazmuniga ko'ra lirik, psixologik, falsafiy, ilmiy-fantastik, satirik, yumoristik yo'nalishlarda bo'lishi mumkin. Shuningdek, ocherkka yaqin voqeiy H.lar (N.Fozilovning "Ustozlar davrasida") ham

bo'ladi. O'zbek adabiyotida bir mavzu, bitta qahramon hayoti bilan bog'liq bir necha yozuvchi tomonidan yozilgan "hashar hikoyalar" ham uchraydi.

Hikoyalar orasida detektiv va hayoliy hikoyalar ham mavjud. Detektiv hikoyalar jinoiy voqeani tasvirlab, ularning fitnasi jinoyatchini qidirishga asoslangan. Ko'pincha yozuvchilar qahramon orqali birlashtirilgan detektiv hikoyalar sikllarini yaratadilar: masalan, A. K. Dolang yoki Erkul Foirot va A. Kristi-da Miss Marpl. Rus adabiyotida hikoya 19-20 asrlarda eng keng tarqalgan janrlardan biridir. 20-asrda J Janr T. N. "Ayollar" hikoyasi bu uning psixologiyasini ochib beradigan va zamonaviy odamlarning psixologiyasi ifodalagan badiiy asardir. Tarkibga ko'ra, bu roman uchun, ammo hajmda va shaklda hikoya bo'lib qolmoqda. Hikoyaning o'ziga xos xususiyatlari kam sonli aktyorlar, kichik miqdori bilan xarakterlidir. Hikoya voqealarda bir qatorda va unda qizil san'at bo'yoqlariga mos kelmasligi mumkin. Shunday qilib, hikoya kichik hajmda, oz sonli qahramon va qisqa muddatli tadbirlarga xos bo'lgan hikoyalardir.

"Badiiy asar - insoniyat tarixining qaysi qatlamini tasvirlamasin, uni birinchi galda inson sifatidagi o'y-fikrlari bilan yoritishi lozim". Jumladan, hikoya - o'quvchini qahramonga ruhan yaqinlashtiradigan janr sanaladi. Hikoya yaratishda hech qachon hajm ahamiyatli emas. Kichik hajmli hikoyada ham butun bir davr muammolari va davr ruhi yoritilishi mumkin. Shu boisdan ham hozirgi adabiy jarayonda barcha janrlar kabi hikoya ham o'z o'rnini topayotgani kunday ravshan. "Hikoyachilik janrining badiiy takomiliga xos belgilardan biri shundan iboratki, yozuvchilarimiz yuzaga kelgan ijodiy erkinlik tufayli, noan'anaviy ko'rinishdagi, yangi tipdagi qahramonlarni, o'ziga xos milliy xarakterlarni adabiyot maydoniga olib kirdi". Hikoya janri haqida so'z ketganda dastavval A.Qahhor hikoyalari va A.Qahhor siymosi ko'z oldimizda gavdalanadi. Bugungi kun o'zbek nasrida va ayniqsa, hikoyanavislik borasida bir qator yozuvchilar qatorida Xurshid Do'stmuhammadning ham o'rni o'zgachadir. U o'z uslubiga, betakror tiliga ega ekanligini hozirda uning kitobxonlari, muxlislari tan olishadi, asarlarini sevib o'qishadi. Adabiy tanqidchilikda ham uning asarlari xususida turli xil ijobiy fikrlar bildirilmoqda, anjumanlarda bahs-munozaralarga sabab bo'lyapti. Adib asarlarining badiiy xususiyatlari to'g'risida talaygini ijobiy fikrlar bildirish mumkin. X.Do'stmuhammad uslubining o'ziga xosligi, qahramonlarining hayotiyligi uning asarlarini o'qimishliligi va yuqori saviyadaligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. O'zbek adabiyotida realistik hikoya janri 20-asr boshlarida shakllandi (Cho'lpon, "Qurboni jaholat", "Do'xtur Muhammadyor, 1914; A.Qodiriy, "Uloqda", 1915 va boshqalar). 20-yillarda G'.G'ulom, A.Qahhor, Oydin va boshqa bu janrda barakali ijod qildilar. 30-yillarda A.Qahhor H. ustasi sifatida tanildi. 50—60-yillarda S.Ahmad, 60 — 70-yillarda O'.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shdilar.

Istiqlol davr adabiy jarayoni turfa xil janrlarni tarkibdagi o'ziga xos badiiy talqinlarni tom ma'noda yuzaga chiqardi. Shu jihatdan hikoyachilik taraqqiyotida ham bunday

holatlarni kuzatish mumkin. O'zbek adabiyotida hikoya janri o'z tari va taraqqiyotiga ega. Keyingi yillarda bu janrning rivojiga sezilarli hissa qo'shib kelayotgan adiblardan biri Xurshid Do'stmuhammaddir. Uning hikoyalarida inson qalbidagi iztiroblar, ijtimoiy hayotdagi ziddiyatlar kabi muammolar o'zining badiiy talqinini topgan. Bu davr adabiyotida Nazar Eshonqul, Xurshid Do'stmuhammad, Ulug'bek Hamdam, Isajon Sulton, N. Norqobilov, S. O'nar, A. Yo'ldoshev kabi bir qator ijodkorlarning turli xarakterdagi hikoyalarini kuzatishimiz mumkin. Biz bu o'rinda ramziylik, majoziylik kabi xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirgan hikoyalarga to'xtalib o'tamiz. Adabiyotshunos U. Normatov qayd qilganidek: "So'nggi yillardagi bizdagi adabiy jarayonga xos eng muhim xususiyatlardan biri shundaki, adabiyotimiz chinakkamga xilma xil bo'lib boriyabti... bizda ham falsafiy asosi jihatidan xilma xil yo'nalishga mansub asarlar paydo bo'la boshladi"

Nazar Eshonqulning "Maymun yetaklagan odam" hikoyasi ramzlar orqali murakkab hayotning turfa xil qirralarini o'ziga xos talqin etadi. Adabiyotshunos U. Normatov qayd qilganidek: "Maymun yetaklagan odam" hikoyasi paydo bo'lgan, unda asrda tengdosh umri asrning alg'ov - dalg'ovlari, bema'ni maqsadlar yo'lida o'tgan, adashgan odamning fojeaviy qimmati betakror tarzda ifoda etgan". Asarda rassom chol obrazi orqali umrning asosiy qismini jamiyat taraqqiyoti uchun baxsida etgan shaxslarning fojeaviy qismatini talqin etadi butun hayoti davomida e'tiqod qo'ygan jamiyatning parokandalikka yuz tutishi haqqoniy yoritilgan. Umrning so'nggi damlarida butun e'tiqodi sarobga aylangan shaxsninig ayanchli qismati asosli talqin etiladi. Rassom chin ma'lum bir davrda maxsus sohalarda xizmat qilgan, ammo davrlar o'tishi bilan besamar o'tgan hayotiga achinish bilan qaraydi. Bu faqat bir shaxs fojeasi emas, ma'lum bir tizimni jamiyatni fojealarni o'zida umumlashtirgan timsoldir. U o'zligini anglashga intilgan bir davrda taqdir uni beshavqat jazolaydi. U chizgan sur'atlarda ham ijtimoiy muhitning og'ir va ayanchli fojealari mujassamlashgan edi. "Cholning ko'zlari hissiz va ifodasiz, uni ko'rgan odamning yuragi g'ash tortadi, ko'ngli behuzur bo'ladi, kayfiyati buziladi. Yashab turgan uyidan faqat chirkin va shaltoq is aniqydi. Hikoyada ruhiy holatni kuchaytiruvchi timsollar ko'p, ularning hech biri bevaj ishlatilmaydi, balki muallif ko'zda tutgan bosh maqsad - rassom chol fojeasini chuqurroq va bo'rtiribroq ifoda etishga xizmat qiladi. Badiiy ishora va timsollarga e'tibor qaratilsa, chol qismatida yetmish yillik sho'ro mafkurasi, e'tiqodining ayanchli qismati mujassam topgani ko'rinadi".

Hikoyada norg'ul va baqquvat bir yigitning quyuq o'rmonzordan qalin bir zanjirda maymunni yetaklab chiqayotgani tasvirlangan bo'lsa, asarning ma'lum bir nuqtasiga borganda keksa, mung'ayib qolgan cholni maymun yetaklab o'rmon sari ketayotgan tasviri inson umrining ifodasi yoki ma'lum bir jamiyat taraqqiyotiga butun kuch quvvatini sarflagan inson qismati o'z aksini topgan. Asar talaba yigit tilidan bayon

etilgan bo'lib, rassom cholning og'ir hayotini ko'z o'ngimizda gavdalantiradi: "Eski uslubda qurilgan, tor tabaqali eshikdan ichkariga kirdim: chol katta ayvonda savat kursida o'tirgancha oldidagi suratromga egilib olgandi. Cholning uyi hashamatli, keng, lekin tashlab ketilgan maydonday quvillab yotardi. Ustin va romlar chirigan, umuman hovildan chirkin va badbo'y hid kelardi. Chirkin hid daraxtlardan, qor ostida qolib qarovsizlikdan xazonlikka yuz tutgan gulzordan, uyning yog'ochlaridan va ayvonda qalashib yotgan har xil rasmlar uyumidan kelayotgan edi: shaltoq hid asta axlat solinadigan unduqdan kelardi. Hiddan ko'nglim ayniganday bo'lib chol o'tirgan ayvonga yo'l oldim".Bu tasvirlardan cholning og'ir hayoti bilan bir qatorda, e'tiborsizligi, o'z iztiroblari iskanjasida hayot kechirayotganligi ko'rinadi. Ammo uy ustunlarning chirishi ramziy ma'noda bo'lib, o'sha davr muhiti, yoki jamiyatning o'zgarishi haqidagi turfa xil qarashlarni ilgari surishga imkon beradi. Uning aksariyat rasmlarida qora rang yetakchilik qilar, buning sababini esa anglab yetolmasdi. Rassom chol dunyo san'atidan xabardor, xuddi uzoq yillar ijod bilan shug'ullangandek taasurot uyg'otadi: "Ayvon uzun bo'lib, suratlar chizilgan yillariga qarab ko'rgazmaga qo'yilgandek terib qo'yilgan, to'g'rirog'i, bor-yo'g'i qirqqa yaqin surat va eskizlar "1957", "1937", "1928", "1926" va hakazo tartibda terib qo'yilgan edi". Suratlarni ramziy ma'noda nomlanishni o'zidayoq rassom cholning hayoti, umr lahzalarining ma'lum bir davri mujassamlashgandek taassurot uyg'otadi. Bu asar ham istiqlol arafasida yaratilgan bo'lsa-da, badiiyatimizdagi ilk o'zgarishlarni bu hikoya misolida isbotlash mumkin.

Xulosa qilib aytganda, hikoyachilik bu shunchgaki ma'lum sujetga asoslangan voqelik yozish emas, balki aynan shu sujet orqaliu o'quvchiga ezgulik ulashish. Bugungi zamonaviy hikoyalar ayni shunaqa faqat voqelik asosida yozilayotgani biroz achinarli. Lekin guruch kurmaksiz bo'lmaydi deganlaridek, ayni shu kurmaklar zamonaviy hikoyachilikka berilgan aksariyat ta'riflarning sababidir. Hikoya yozuvchi tilga olgan davr va ayni hikoya yozilayotgan davr o'rtasidagi masofa saqlanishi lozim. Hikoya qahramonlariga to'xtalsak, biz o'zbek xalqi qadim-qadimdan bolalarimizga ayni hikoyalar, ertaklar aytib ularga axloqni, odobni o'rgatib kelganmiz. Abdulla Oripov ta'kidlaganidek, Sharqqa xos donishmandlik bilan yo'l tutganmiz. Shu boisdan yozilajak hikoyalarimizning bosh qahramonlarida butun millatga ta'sir etajak xususiyatlarni ifodalashimiz kerakligini unutmaylik.

REFERENCES

1. Matjonov S., Shojalilov A., Vohidova N., Odamova O'. 4 - sinfda o'qish darslari. O'qituvchi kitobi. Toshkent, "O'qituvchi" nashriyoti, 2002,- bet 144.

2. Qosimova K., Matchonov S., G'ulomova X., Yo'ldosheva X., Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi. Toshkent: "Noshir" nashriyoti, 2009, -b 352.

3. G'afforova T. Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogic texnologiyalar. Oqituvchi kitobi. Toshkent, "Tafakkur", 2011.

4. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. -T., "Ma'naviyat", 2000. -112 bet.

5. Quronov D. Mutolaa va idrok mashqlari. Adabiy-tanqidiy maqola va risolalar. -T., "Akademnashr", 2013. -336 bet.

6. N. Davurboyeva, "Jajman"nmg Jilvalari// Yoshlik, 1991-yil, №5-son, 43-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.