Научная статья на тему 'TOPONIMIK AFSONALARDA AN’ANAVIY MOTIVLAR TIPOLOGIYASI'

TOPONIMIK AFSONALARDA AN’ANAVIY MOTIVLAR TIPOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1266
195
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
afsona / toponim / motiv / tipologiya / tasnif. / myth / toponym / motive / typology / classification.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ulug‘Bek Sattorov

Ma’lumki, o‘zbek folklorining epik turga mansub boshqa janrlarida bo‘lgani singari toponimik afsonalarning syujet tizimini ham muayyan an’anaviy motivlar tashkil etadi. Motiv har qanday badiiy asar, shu jumladan, folklor asari syujetini shakllantiruvchi element bo‘lib, ko‘pincha o‘zining an’anaviy xarakterga egaligi bilan ajralib turadi. Aynan motiv epik bayonning muayyan darajada turg‘un holatga kelib qolgan unsurlari bo‘lib, an’anaviyligi va takrorlanuvchanlik belgisiga egaligi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPOLOGY OF TRADITIONAL MOTIVES IN TOPONYMIC LEGENDS

It is known that, as in other genres of Uzbek folklore belonging to the epic type, the plot system of toponymic legends consists of certain traditional motifs. Motive is an element that forms the plot of any work of art, including folklore, and is often distinguished by its traditional character. It is the motifs that are the elements of the epic narrative that have become somewhat stagnant, and are characterized by their traditionality and repetitiveness.

Текст научной работы на тему «TOPONIMIK AFSONALARDA AN’ANAVIY MOTIVLAR TIPOLOGIYASI»

Scientific Journal Impact Factor

TOPONIMIK AFSONALARDA AN'ANAVIY MOTIVLAR

TIPOLOGIYASI

Ulug 'bek Sattorov Filologiya fanlari nomzodi, Navoiy shaxar kasb xunar maktabi direktori

Annotatsiya: Ma'lumki, o'zbek folklorining epik turga mansub boshqa janrlarida bo'lgani singari toponimik afsonalarning syujet tizimini ham muayyan an 'anaviy motivlar tashkil etadi. Motiv har qanday badiiy asar, shu jumladan, folklor asari syujetini shakllantiruvchi element bo 'lib, ko 'pincha o 'zining an 'anaviy xarakterga egaligi bilan ajralib turadi. Aynan motiv epik bayonning muayyan darajada turg 'un holatga kelib qolgan unsurlari bo 'lib, an 'anaviyligi va takrorlanuvchanlik belgisiga egaligi bilan o 'ziga xoslik kasb etadi.

Kalit so'zlar: afsona, toponim, motiv, tipologiya, tasnif.

Abstract: It is known that, as in other genres of Uzbek folklore belonging to the epic type, the plot system of toponymic legends consists of certain traditional motifs. Motive is an element that forms the plot of any work of art, including folklore, and is often distinguished by its traditional character. It is the motifs that are the elements of the epic narrative that have become somewhat stagnant, and are characterized by their traditionality and repetitiveness.

Keywords: myth, toponym, motive, typology, classification.

Аннотация: Известно, что, как и в других жанрах узбекского фольклора эпического типа, сюжетная система топонимических легенд состоит из определенных традиционных мотивов. Мотив - элемент, образующий сюжет любого произведения искусства, в том числе фольклорного, часто отличается традиционным характером. Именно мотивы, являющиеся элементами эпического повествования, стали несколько застойными и характеризуются своей традиционностью и повторяемостью.

Ключевые слова: миф, топоним, мотив, типология, классификация.

O'zbek xalq toponimik afsonalarining syujet tizimi an'anaviy motivlar kompleksidan iborat. Bu janrga mansub folklor asarlari tarkibidagi motivlarni aniqlash va tasnif qilish borasida ham muayyan tadqiqotlar amalga oshirilgan. Masalan, afsonalarning janr xususiyatlari va poetikasi masalalarini maxsus o'rgangan M.Rahmonovaning fikricha, bu janrga mansub epik asarlarning motivlar tizimini poetik funksiyasiga ko'ra quyidagi tiplarga bo'lib tasniflash maqsadga muvofiqdir: 1. Qahramonning tutingan farzand yoki shogird bo'lishi; 2. Afsonalarda badiiy obraz

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

bilan bog'liq motivlar tabiat kultiga (suv, olov, qush va jonivorlarga) sig'inish an'anasini o'zida ifoda etadi; 3.Bolalarni adashtirib kelish; 4. G'aroyib otga ega bo'lish; 5. Epik homiylarga ega bo'lish; 6. Evrilish motivi; 7. Tush motivi; 8. Oshiqlik motivi; 9. Animistik va totemistik mifologik motivlar. Bular afsonalarning an'anaviy motivlar.

Motiv va uning epik syujetga munosabati masalasi

Mazkur tasnif garchi o'zbek xalq afsonalarining barcha tiplarini o'z ichiga qamrab olgan bo'lsa-da, afsonalarning hamma turlariga xos motivlarni o'zida ifoda etmagan. Masalan, afsonalardagi muayyan samoviy jismlarni paydo bo'lishi, shuningdek, qahramonning safari, joy nomlarining yuzaga kelishini izohlovchi toponimik motiv mazkur tasnifda o'z ifodasini topmagan.

Bizning fikrimizcha, o'zbek xalq toponimik afsonalaridagi an'anaviy motivlarni tarixiy kelib chiqishi va manbalariga ko'ra quyidagi tiplarga bo'lib guruhlashtirish mumkin:

a)qadimgi totemistik, animistik va kult miflari bilan bog'liq arxaik motivlar;

b) "Avesto" mifologiyasi va syujetlarining evolyusiyasi natijasida shakllangan transformasion motivlar;

v) islom dini bilan bog'liq manbalar ta'sirida yuzaga kelgan an'anaviy motivlar;

g) "sayyor syujet"lar va o'zaro adabiy ta'sir jarayonidan boshqa xalqlar folkloridan o'tgan o'zlashtirma motivlar.

O'rta Osiyo hududiga islom dinining kirib kelishi tufayli "Qur'oni karim", uning tafsirlari, hadislar, shuningdek, ma'rifiy-adabiy xarakterdagi turli manbalarning yoyilishi xalq og'zaki badiiy ijodida, xususan, afsona janriga mansub og'zaki nasriy asarlarda ham kelib chiqish^iga ko'ra islomiy manbalarga borib taqaladigan syujet va motivlar keng ommalasha boshlagan. Ana shu tarixiy-folkloriy jarayonning o'ziga xos ifodasini o'zbek xalq toponimik afsonalaridagi kesilgan boshning dumalab ketib ko'zdan g'oyib bo'lishi hamda qahramonning o'z tanasidan judo bo'lgan boshini qo'ltiqlab olishi motivi talqinida ham ko'ramiz.

O'zbek xalq toponimik afsonalari syujet qurilishida qayd qilingan tanasidan judo qilingan kallaning dumalab ketishi motivining turli-tuman epik talqinlarining

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

funksional-semantik xususiyatlariga ko'ra quyidlagi tiplarga bo'lib tasniflash mumkin:

a) dumalab ketgan kalla suv havzasi (daryo, soy kabi) o'zanining o'rnini belgilashi; "Alamli" afsonasida hikoya qilinishicha, ilgari zamonlarda suv tanqisligidan ekinlarni o'z vaqtida sug'orish juda qiyin masala bo'lgan. Shuning uchun ham Abdullaxon degan bir podsho kanal qazdirmoqchi bo'libdi. U ishdan bo'yin tovlagan odamning kallasini oldiravergan. Ish cho'zilib ketgani uchun hukmdor qo'shni podsholikdan yordam so'rabdi. Shunda bir odam oq tuyasinn miiib kelaveribdi. Abdullaxonning g'azabi kelibdi. "Bu podsho meni rostdanam mazax qilganga o'xshaydi", - deb, jallodlaripi chaqirib "Ol buning kallasini!" - deb buyuribdi. Haligi odamning kallasini olibdilar. Tuya ustidan dumalab tushgan kalla yumalab ketaveribdi, ketaveribdi. Oq tuya ham kallaning orqasidan tanani sudrab boraveribdi. Shuning izidan suv ham o'zidan-o'zi yo'l ochib ketaveribdi.

b) dumalab ketgan kalla muayyan obida bunyod etiladigan joyni aniqlashga asos bo'lishi. "Minorai kalonning qurilishi" nomli afsonada aytilishicha, Buxoro amiri Muhammad Arslonxon Buxoroning eng ulug' shayxlaridan biri Fayziy avliyo bilan bir muhim masala ustida bahs-munozara yuritibdi. Munozarada Fayziy avliyo yutib chiqibdi. G'azablangan Muhammad Arslonxon qilich yalang'ochlab Fayziy avliyoni chopib tashlabdi. Fayziy avliyoning tanasi o'sha joyda qolib, kallasi yumalab borib bir chuqurlikka tushib, g'oyib bo'libdi. Chuqurlikdan esa shunday tovush chiqibdi:

- Odamlar, amir meni begunoh o'ldirdi, u xudoning g'azabiga uchragay. Muborak boshim oyoq osti bo'lmasligi uchun boshim uzra shunday bir bino quringlarki, u ham dunyo turguncha tursin.

Chuqurlikdan chiqqan tovushni hamma odam eshitibdi. Bu gap Arslonxonga ham yetkazilibdi. Arslonxon Fayziy avliyoning qarg'ishidan qo'rqib, o'z gunohini yuvish uchun uning boshi uzra baland minora qurdiribdi.1

Mazkur afsonani o'zbek xalq og'zaki tarixiy nasri namunasi sifatida tahlil qilgin M.Rahmonovaning yozishicha, kesilgan boshning yumalab ketib, chuqur, quduq yoki g'orga tushib ketishi motivida xalqimizning narigi dunyo bilan aloqador qarashlari ham o'z aksini topgan. Xalqimizning mifologik tushunchasiga ko'ra, olam uch qismdan iborat bo'lib, g'or yoki quduq yer ostida joylashgan o'liklar mulkiga olib boruvchi yo'l deb tasavvur qilingan. "Minorai kalon" afsonasida devonaning boshi dumalab borib, g'orga kirib ketishi uning yer osti olamiga o'tganligini

1 ^ypaeB M., CaugoBa P. Eyxopo a$coHa.napH. - TomKeHT: A.^ogHpHH HOMHgaru xa^K MepocH HampHera, 2002. - E.67-68.

anglatadi. Chunki qadim zamonlarda yashagan odamlar g'orni yer yuzi va yer osti olamlarini birlashtirib, bog'lab turuvchi ramziy vosita vazifasini bajaradi deb bilishgan".

Bu o'rinda tanasidan judo qilingan kallaning dumalab borib chuqurga tushib g'oyib bo'lishi odamning gavdasining yuqori qismi - boshida joylashgan deb tasavvur qilingan jonning "o'zga olam" - "o'liklar makoni"ga o'tganligini anglatadi. Bu o'rinda "chuqur" detali olamning uch qismdan, ya'ni yuqori (osmon), o'rta (zamin yoki yer yuzi) va quyi (yer tagi) olamlardan iborat trixotomik tuzilishi to'g'risidagi qadimgi mifologik qarashlarga ko'ra yer ostida joylashgan deb talqn qilingan "o'zga dunyo"ga o'tish yo'lining timsoli hisoblanadi.

v) dumalab ketgan kalla g'oyib bo'lgan (yoki to'xtagan) joyning mo ''atabarlashtirilishi. Ayrim toponimik afsonalarda g'animlar tomonidan chopilgan kallaning jangohdan dumalab qochib ketishi va o'sha kalla g'oyib bo'lgan joyning tabarruk maskanga aylanishi hikoya qilinadi. Xususan, Samarkand viloyatining Qo'shrabot tumanidagi Jo'sh qishloq kengashiga qarashli Qorakisa qishlog'ida yashovchi Rahmatulla Yusuf o'g'li tarafidan yozib olingan "Quvkalla" afsonasi kesikbosh motivining ana shu xil epik talqniga misol bo'la oladi. Unda tasvirlanishicha, burungi zamonda bir botir mitanlarni talamoqqa boribdi. Ammo mitanlar ko'plashib, botirni quvalab, To'sin oralig'idan o'tganda unga yetib olib, boshini kesib tashlashibdi. Shundan keyin kesilgan bosh yumalab-yumalab qochaveribdi. Mitanlar: "Quv, kallani!" - deb quvaberganlar. Shunday qilib, botirning kallasi o'z qishlog'ining chegarasidan oshganda bir to'da hamqishloqlari -otliqlar chiqib qolibdi. Ular mitanlarni qaytarib yuboribdi. Botirning kallasi esa soy ichiga tushib to'xtabdi. Kallani shu yerda dafn etibdilar. Hozir ham bir jamoa xalq o'sha botir ko'milgan joyni mo''tabar tutadi"

"Saron bobo" afsonasida shu nom bilan ataladigan toponimik atamaning kelib chiqishi kesikbosh motivi asosida talqin qilingan: "kunlardan bir kuni bir cho'pon shu quduqdan qo'ylarini sug'ormoqchi bo'lib, suruvni haydab kelibdi. Ammo Xoja Ubbon bu shifobaxsh quduqdan qo'ylarni sug'orishga yo'l qo'ymabdi. Cho'pon bu ahvoldan g'azablanib, Xoja Ubbonning boshiga bir tayoq tushirgan ekan, uning boshi bir necha chaqirim joyga borib tushibdi. Jasad qolgan joy Xoja Ubbon, boshi borib tushgan yer esa Saron deb atalgan"2 Ushbu afsonaning boshqa bir variantida Xuja Ubbonning kesilgan boshi tilga kirishi va tirik paytidagi kabi so'zlashi quyidagicha bayon etilgan: "bir kuni dushmanlar payt poylab turib, Xoja Ubbon namoz o'qiyotganda sajdaga ketgan mahal qilich bilan chopib o'ldiribdilar. Xoja Ubbonning

2 Hy^gomeB H. Eyxopo aB^He^apHHHHr Tapuxu. - Eyxopo, 1996. - E.28

664

tanasi shu yerda qolib, boshi esa qochib keta boshlabdi.Qochib ketayotgan boshning oldidan farishtalar chiqib: "To'xta! Qayoqqa ketayapsan?" - deb so'raganlarida, bosh: "Makkatilloga ketayapman!" - debdi. Shunda farishtalar: "Jasading shu yerda qoladimi?" - deb so'raganlarida, bosh shu yerning o'zidayoq g'oyib bo'lgan ekan. Jasad qolgan joy Xoja Ubbon, bosh g'oyib bo'lgan joy esa Saron bobo deb atalgan ekan".

Afsonada Buxoro viloyatidagi Xo'ja Ubbon qudug'i va uning yaqinidagi ziyoratgohlardan birining paydo bo'lishi kesikbosh motivi vositasida izohlangan.

g) dumalab ketgan kalla g'oyib bo 'lgan joydan daraxt (o 'simlik) o 'sib chiqishi. Xalq afsonalaridagi kesikbosh motivining ushbu epik talqini odam vafot etgandan keyin uning joni boshqa narsa-predmet, jonivor yoki muayyan o'simlik sifatida yashashda davom etishi haqidagi animistik qarashlar asosida kelib chiqkan. Nurota tizma tog'laridlagi Ho'kkalla qishlog'i yaqinidagi shu nom bilan alatadigan chuqqi nomining kelib chiqishi shu yerdagi aylanasi to'rt metrdan ziyod keladigan keksa bir tol bilan bog'liq holda izohlanadi. Aytishlaricha, qadim zamonlarda mazkur qishloqni yov bosib, hammani qilichdan o'tkazgan emish. Qatl etilganlar orasida bir avliyo ham bor ekan. Ana shu avliyoning uzilgan boshi dushman qo'liga tushib qolmaslik uchun tepalikdan pastga qarab yumalab ketib, bir joyda ko'zdan g'oyib bo'libdi. Keyin o'sha yerdan bir nihol o'sib chiqib, katta tolga aylanibdi. Avliyoning boshi g'oyib bo'lgan joy Ho'kkalla deb atalgan ekan.3

Qadimgi totemistik va animistik qarashlarga ko'ra, ona qornida homilaning vujudga kelishi uning tanasiga totem (yoki uning muayyan qismi)ning kirishi (masalan, ertaklarda olma, makkajo'xori so'tasini yeyish yoki suv ko'pigini ichish orqali homilador bo'lish motivi kabi) bilan izohlansa, odam o'lgach uning ruhi boshqa narsa-hodisa ko'rinishida yashashda davom etadi, deb tasavvur qilingan. Afsonada avliyoning kesilgan boshi g'oyib bo'lgan, ya'ni "o'zga olam"ga o'tgan joydan daraxt (tol) ko'karib chiqishi jonning reinkarnatsiyasi, ya'ni o'simlik shaklida "qayta tirilishi"ning mifopoetik ifodasidir.

d)qahramonning kesilgan boshini qo 'liga olib yurib ketishi yoki boshsiz tana egasi o'zining dumalab ketgan kallasini topib qo'ltig'iga olishi. Kesikbosh motivi ishtirok etgan toponimik afsonalarning ma'lum qismida dushman (g'ayridin, johil kishi va h.k.) tomonidan boshi kesilgan qahramon o'zining uzilgan kallasini topib qo'liga olishi yoki qo'ltig'iga qisgancha jon berishi (g'oyib bo'lishi, quduq, g'or yoki chohga kirib ketishi) voqeasi bayon etiladi. Masalan, "Mozori Sulfi kabutak" afsonasida hikoya qilinishicha, Umar otaning avliyoligiga shak keltiruvchi

3 Шоназаров Р. "Мукаддас"лаштирилган усимликлар ва фан. - Тошкент, 1977. - Б.29.

665

dushmanlari ko'p ekan. Kunlarning birida diyonatsiz Burqut avlodidan bo'lgan bir kishi Umar otaning boshiga qilich soladi. Kallasi uzilib tushgan hazrati Umar ota o'rinlaridan turib, dumalab ketgan kallalarining yoniga boradilar-da, boshlarini qo'llariga olib: "Tushgan joyim ko'kyo'talga davo bo'lsin!" - deb jon beradilar. Hazratning boshlari tushgan joyga dafn qilganlar. Hazrati Sulfi kabutak yoki Umar ota mozori ana shu tariqa paydo bo'lgan ekan.4

Bu afsonada kesikbosh motivining funksional jihatdan qo'shaloqlashtirilishi" xususiyatini namoyish etgan bo'lib, biroinchidan, ko'kyo'tal kasaliga shifo bo'ladigan ziyoratgohning paydo bo'lishining sababi Umar otaning dumalab ketgan boshi shu yerda to'xtaganligi bilan izohlansa, ikkinchidan, kesilgan bosh egasi o'z kallasi yoniga kelib, uni qo'liga olishi motivi bilan qo'shilib ketishi hodisasi kuzatiladi.

Qahramonning kesilgan boshini o'zi yurib borib qo'liga olishi motivi "Shohi Zinda" afsonasida ham uchraydi. Unda tasvirlanishicha, Qusam ibn Abbos kunlardan bir kuni namozga yig'ilgan xaloyiqning ko'zi oldida o'z kallasini o'zi uzib olibdi-da, o'ng qo'lida boshini ko'targancha g'or ichiga kirib ko'zdan g'oyib bo'libdi. Shu-shu u g'ordan qaytib chiqmabdi. Shuning uchun bu tepalik "Shohi zinda", ya'ni "barhayot shoh" deb atalarkan.

Ushbu motiv asosiga qurilgan toponimik afsonalardan yana birida Hazrat Imom Zaynobiddin o'zining kesilgan boshini qo'ltiqlab yurib ketgani hamda Nurota tog'laridagi Majram soyining boshiga borganda yiqilib qolgani aytiladi.

Kesilgan boshning dumalab ketishi, gapirilishi, quduq, g'or yoki chohga tushib ko'zdan g'oyib bo'lishi motivi o'zbek xalq ertaklarida ham uchraydi. Masalan, "Arpaboy" ertagida5 qahramon o'zining ko'ziga kul sepmoqchi bo'lgan cholning boshini uzib tashlaydi. Cholning chopilgan kallasi "men ham edim senday, sen ham bo'larsan menday" deganicha, yumalab-yumalab bir chuqurga tushib ketadi. Arpaboy ham ana shu kalla izidan chuqurga tushgib, yer osti olamiga boradi. «Qirq quloqli qozon» ertagida bola bosh suyaklarini ko'rib, tepib yuboradi. Ular tilga kirib «men ham edim senday, sen ham bo'larsan menday!» deydi. Uchinchi kalla suyagi bolaga yalmog'iz kampirdan qutulish yo'lini aytib beradi. «Uch qizil olma» ertagida tasvirlanishicha, qahramon qabristondan o'tayotganida oyog'i ostidagi bir kalla suyagini tepib yuboradi. Shunda kalla suyagi tilga kirib: «Hey bola, tepma, bir vaqtlar biz ham bo'lgan edik senday, sen ham bo'larsan bizdek», - debdi.

4 Ипак йули афсоналари. Туплаб, нашрга тайёрловчи, сузбоши ва изохлар муаллифи: М.Жураев. - Тошкент: Фан, 1993. - Б.85-86

5 УзР ФА Узбек тили, адабиёти ва фольклори институти Фольклор архиви. Инв.№1786/1.

666

Sehrli ertaklarida kesikbosh motivining talqinlarini tahlil qilgan rus folklorshunosi V.Ya.Propp bu motivning yuzaga kelishini ham odam boshida uning ruhi yashashi haqidagi mifologik tasavvurlarga bog'lab izohlaydi. U sehrli ertaklarda kesikbosh detalining quyidagi uch xil tipi mavjudligini qayd etadi: a)kalla -ko'milmay qolgan mayyit timsoli; b)kalla yoki bosh suyagi - tumor ramzi; v)bosh suyagi - qahramon maslahatgo'yi. Xususan, rus xalq ertaklaridan birining qahramoni Ruslan safar chog'ida bitta kallaga qoqilib ketadi, shunda haligi kalla uni taqdir hukmiga tashlab ketmasligini so'raydi. Ruslan kallani qumga ko'madi va uning sharofati bilan g'aroyib mevani qanday qilib topish yo'lini bilib oladi.

Yuqorida keltirilgan dalilarning barchasi kesikbosh motivi nafaqat toponimik afsonlalar, balki o'zbek xalq nasrining ertak va afsona janrlariga mansub ko'plab asarlarning syujet qurilishida uchraydigan an'anaviy epik motivlar sirasiga mansubligidan dalolat beradi.

Johillar tomonidan qatl qilingandan keyin kesilgan boshini qo'liga olgancha yurib ketgan avliyolar to'g'risidagi syujet jahon xalqlari folklorining mus htarak jihatlaridan biri bo'lib, ushbu syujetning tipologik parallelini nasroniylik aqidalarini targ'ib qiluvchi diniy manbalarda, jumladan, Zosim hujrasi haqidagi rus xalq afsonalarida ham uchratamiz.6 Irland folklorining mumtoz asari "Katta Edda"da tasvirlanishicha, donishmand Mimirning kallasi tufayli Odin ko'p muvaffaqiyatlarga erishadi, chunki aynan ana shu kalla uning eng yaqin maslahatgo'yi vazifasini bajaradi.

Biz shartli ravishda "kesikbosh motivi" deb nomlaganimiz ushbu motivning kelib chiqish tarixi va manbalari xususida folklorshunoslikda muayyan mulohazalar bildirilgan. Xususan, avliyolar va muqaddaslashtirilgan shaxslar to'g'risidagi islomiy rivoyatlar hamda agiografik manbalardagi kesikbosh motivining talqnlarini shu mavzudagi nasroniylik syujetlariga qiyoslab tahlil qilgan etnograf olim V.N.Basilovning fikricha, islomiy manoqiblarda qayd ejtilgan kesikbosh motivining genezisi o'lib-tiriluvchi tabiat kultiga bog'lanadi. Tadqiqotchi M.Rahmonova ham "o'zining kesilgan boshini qo'lida ko'tarib ketgan qahramon yoki kesilgan boshning dumalab ketishi motivining tarixiy asoslari ajdodlar kulti hamda o'lib-tiriluvchi ilohlar haqidagi mifologik tasavvurlarga borib taqaladi", - deb hisoblaydi.

Bizning fikrimizcha ham o'zining kesilgan boshini qo'liga olgancha g'aroyib tarzda g'oyib bo'ladigan personajlar haqidagi afsonlaraning tarixiy-genetik ildizlari o'lib-qayta tiriluvchi ma'budlar kulti bilan bog'liq animatik miflar transformatsiyasi asosida kelib chiqqan.

6 Плюханова М. Сюжеты и символы Московского цартсва. - Спб., 1995. - С.83-84.

667

Taniqli ingliz etnografi J.J.Frezer Polineziya va Taitida yashovchi mahalliy aholi folklorini o'rganish asosida qadimgi mifologiyada odamning boshi va bosh suyagi kultining yuzaga kelishi odamning joni uning kalla qismida joylashgan bo'ladi, degan animistik qarash asosida kelib chiqqan, degan fikrni ilgari surgan edi. Slavyanlarning nasroniylikdan burungi mifologiyasida odam ruhi uning boshini o'ziga makon qilgan degan mifik tasavvur mavjud bo'lganligi hamda jahonning ayrim xalqlari, masalan, taylandliklarda kishining bosh qismiga qo'l tegizmaslik ta'busi urf bo'lganligi hamda irland sagalarida qahramon jangda mag'lub bo'lgan raqibining kesilgan boshini o'zi bilan olib ketishi motivi tasvirlanganligiga asoslangan A.I.Dashkovskaya kesikbosh motivining tarixiy asoslarini animistik qarashlarga bog'laydi.7

Ibtidoiy tasavvurlarga ko'ra, odam joni uning ichki a'zolaridan tashqari boshida ham joylashadi deb talqin qilgan. Masalan, Ob bo'yi ugorlari va eskimoslar tasavvuricha, odamning to'rtinchi joni - bu ism bo'lib, u kalla chanog'ida yashar ekan. Shuning uchun ham ugorlar biror kishi vafot etganda ruh qayta tirilsin uchun bitta qo'g'irchoq yasab, uning boshiga marhumning sochidan qistirib qo'yganlar.8Kishi vafot etgach, uning qayta tirilishini ta'minlaydigan joni odamning boshi yoki kalla suyagida yashaydi degan animistik tasavvurlar asosida Ob bo'yi ugorlari va eskimoslarda yog'och, temir va toshdan kalla shaklidagi haykallarni yasash an'anasi kelib chiqqan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Bizning fikrimizcha, islom diniga e'tiqod qiluvchi turkiy xalqlar folklori, shu jumladan, o'zbek xalq og'zaki badiiy ijodining ertak va afsona janrlariga mansub asarlarda kesilgan bosh yoki quvragan bosh chanog'i bilan aloqadolr an'anaviy motivlarning yuzaga kelishiga o'rta asrlar turkiy yozma adabiyotning namunalaridan biri "Kisekbash kitabi" asos bo'lganga o'xshaydi. Hazrat Ali ibn Abu Tolib nomi bilan bog'liq diniy-axloqiy va sarguzasht-fantastik xarakterdagi bu asar XIV-XV asrlarda yuzaga kelgan bo'lib, xalq orasida asosan qissaxonlik an'anasi vositasida ommalashgan. Bu qissada tasvirlanishicha, Kisekbash - qachonlardir ulkan mamlakatning hukmdori bo'lgan dono va fozil kishi bo'lib, u payg'ambarimizga murojaat qilib o'zining diyoriga bir dev hujum qilganligi, yurtni g'orat qilib, boshini tanasidan judo qilganligini aytadi. Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom unga yordam berish vazifasinihazrat Aliga topshiradilar. Hazrat Ali Kisekbash bilan birga

7 Дашевская А. Мотив отрубленной головы в ирландском фольклоре / Актуальные проблемы современной филологии. - СПб., 2011. - С.12-19.

8 Черницев В.Н. Представление о душе у обских угров // Труды института Этнографии. №51. - М., 1959. - С.67.

Scientific Journal Impact Factor

Ыг cho'lgu biyobonga borib, sahroning o'гtasidagi biг eski quduqqa tushadi va dev bilan olishib, uni mahv etadi. Shundan keyin payg'ambarimiz Kisekbash va uning o'g'lini tiriltirib, avvalgi holatiga qaytaгadilar.9Kesikboshning gapirishi motivi turkiy va foray tilda yaratilgan ko'plab agiogгafik va adabiy asañaráa uchгaydigan an'anaviy motivé siгasiga mansub bo'lib, XIV asrning ikkinchi yarmida xorazmlik Xusam Kotib tomonidan tokiy tilda yozilgan "Jumjuma-sulton" asaгida ham mavjuddir.10

Islom bilan bog'liq diniy-ma'rifiy qaгasЫaгni taгg'ib qilish maqsadida yaratilgan bu kabi asarlarning keng ommalashishi, shuningdek, bu asarlarning folklor asaгlaгi syujet tizimiga ko^satgan ta'siгi jaгayonida tuгkiy xalqlaг, shu jumladan, o'zbek xalq toponimik afsonalarida kesikbosh motivining tuгli-tuman epik talqinlari yuzaga kelgan.

1.

В.Я.Проппа. - М., 1975. - С.141-155; Тамарченко Н.Д. Мотив

Новосибирск, 1998. - С. 49-55; Шатин Ю.В. Мотив и контекст / Роль традиции в литературной жизни эпохи: Сюжеты и мотивы. — Новосибирск, 1995. — С. 6-12; 2. Имомов К. Эртакларда синов мотиви // Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 1968. - 5-сон. - Б.63-65; Эгамов Х. Мотив ва сюжет / XX аср узбек фольклоршунослиги. Антология. - Тошкент: O'zbekiston тИНу ensiklopediyasi, 2017. - Б.359-372; Юсупов Ж. Мотивлар типологияси масаласига доир // Илм сарчашмалари. - Урганч, 2006. - 3-сон;

9 Ахметгалеева Я.С. Исследование тюркоязычного памятника "Кисекбаш китабы". - М.: Наука, 1976. - 179 с.; "Кисекбаш китабы" / http://wiki02.ru/encyclopedia/kisekbash-kitaby/t/6843.

10 Хуббитдинова Н.А. Фольклорный мотив в новом религиозном прочтении в средневековом дастане "Жумжума султан" Х.Кятиба / Исламская цивилизация в Волго-Уральском регионе. - Уфа, 2010. -

REFERENCES

С.141-143.

Рахмонова М. Афсоналарнинг анъанавий мотивлари // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 2009. - №6. - Б. 58-61.

3. Рахмонова М.Р. Узбек хал; афсоналарининг бадиияти: Филология фанлари доктори (DSc) дисс. автореф. - Тошкент, 2018. - Б.21.

4. Ипак йули афсоналари. Туплаб, нашрга тайёрловчи, сузбоши ва изохлар муаллифи: М.Жураев. - Тошкент: Фан, 1993. - Б102-103.

5. Жураев М., Саидова Р. Бухоро афсоналари. - Тошкент: АДодирий номидаги хал; мероси нашриёти, 2002. - Б.67-68.

6. Рахмонова М.Р. Узбек хал; тарихий афсоналари: Филол. фанлари номз. дисс. - Тошкент, 2004. - Б.89-90.

7. УзР ФА Узбек тили, адабиёти ва фольклори институти Фольклор архиви. Инв.№1723/2.

8. Йулдошев Н. Бухоро авлиёларининг тарихи. - Бухоро, 1996. - Б.28

9. Уша манба.

10.Шоназаров Р. "Мукаддас"лаштирилган усимликлар ва фан. - Тошкент, 1977. - Б.29.

11. Ипак йули афсоналари. Туплаб, нашрга тайёрловчи, сузбоши ва изохлар муаллифи: М.Жураев. - Тошкент: Фан, 1993. - Б.85-86

12.Ипак йули афсоналари. Туплаб, нашрга тайёрловчи, сузбоши ва изохлар муаллифи: М.Жураев. - Тошкент: Фан, 1993. - Б.45.

13. УзР ФА Узбек тили, адабиёти ва фольклори институти Фольклор архиви. Инв.№1723/8.

14. УзР ФА Узбек тили, адабиёти ва фольклори институти Фольклор архиви. Инв.№1786/1.

15.УзР ФА Узбек тили, адабиёти ва фольклори институти Фольклор архиви.Инв№11503.

16.УзР ФА Узбек тили, адабиёти ва фольклори институти Фольклор архиви.Инв.№17983.

17.Пропп В.Я. Исторические корни волшебной сказки. - М.: Наука, 1986. -С. 239-240.

18.Плюханова М. Сюжеты и символы Московского цартсва. - Спб., 1995. -С.83-84.

19.Старшая Эдда. - С.45-46 [Электрон ресурс: URL: http://lib.rus. ec/b/95429/read#t2).

Scientific Journal Impact Factor

20.Басилов В.Н. Следы культа умирающего и воскресающего божества в христианской и мусульманской агиологии // Фольклор и историческая этнография. - М.: Наука, 1983.-С.145.

21.Рах,монова М.Р. Узбек халк тарихий афсоналари: Филол. фанлари номз. дисс. - Тошкент, 2004. - Б.89-90.

22. Фрэзер Дж.Дж. Золотая ветвь. - М: Политиздат, 1989. - С.262-263.

23.Дашевская А. Мотив отрубленной головы в ирландском фольклоре / Актуальные проблемы современной филологии. - СПб., 2011. - С.12-19.

24.Черницев В.Н. Представление о душе у обских угров // Труды института Этнографии. №51. - М., 1959. - С.67.

25.Чернецев В.Н., Мошинская В.Н. О некоторых общих чертах в древних культурах народов Западной Сибири и Северной Америки // Бронзовый и железный век Сибири. - Новосибирск: Наука, 1974. - С.291.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

26.Ахметгалеева Я.С. Исследование тюркоязычного памятника "Кисекбаш китабы". - М.: Наука, 1976. - 179 с.; "Кисекбаш китабы" / http://wiki02.ru/encyclopedia/kisekbash-kitaby/t/6843.

27.Хуббитдинова Н.А. Фольклорный мотив в новом религиозном прочтении в средневековом дастане "Жумжума султан" Х.Кятиба / Исламская цивилизация в Волго-Уральском регионе. - Уфа, 2010. - С.141-143.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.