Научная статья на тему 'UMUMIY O’RTA TA’LIMDA HIKOYA O’QITISH METODIKASIEFFECTIVE METHODS OF STORY TEACHING'

UMUMIY O’RTA TA’LIMDA HIKOYA O’QITISH METODIKASIEFFECTIVE METHODS OF STORY TEACHING Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1199
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hikoya / adabiy tur / janr / tahlil / sujet / shatli va ijodiy o’qish / story / literary genre / genre / analysis / plot / shatli and creative reading

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ozoda Odiljon Qizi Abdullayeva

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’limda hikoya o’qitish metodikasi va uning samarali usullari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the methodology of storytelling in general secondary education and its effective methods.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O’RTA TA’LIMDA HIKOYA O’QITISH METODIKASIEFFECTIVE METHODS OF STORY TEACHING»

UMUMIY O'RTA TA'LIMDA HIKOYA O'QITISH METODIKASI

Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'limda hikoya o'qitish metodikasi va uning samarali usullari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: hikoya, adabiy tur, janr, tahlil, sujet, shatli va ijodiy o'qish

EFFECTIVE METHODS OF STORY TEACHING

Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABCTRACT

This article discusses the methodology of storytelling in general secondary education and its effective methods.

Keywords: story, literary genre, genre, analysis, plot, shatli and creative reading

KIRISH

Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo'lib, unda kishi hayotidagi ma'lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. Odatda, ertakdan hayotiyligi, haqiqatga yaqinligi bilan farq qiladi. Hikoya mazmunan 5-6- sinf o'quvchilari uchun xuddi ertak singari mos janrlardan biri hisoblanadi. Bu sinf yoshidagi o'quvchilarni qahramonlarning turli xarakterlari, xatti-harakati, tashqi ko'rinishi, xilma-xil voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar qiziqtiradi. Shuning uchun ham o'quvchilarni hikoya bilan tanishtirishda uning sujetini tushuntirishga ahmiyat qaratish zarur.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So'roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish va dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakatlar o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi.

Hikoyani o'qitishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o'quvchilar nutqini o'stirish pedagogik asoslardan biri hisoblanadi. Hikoya o'qib bo'lingach, o'quvchi fikr bildirishiga , uni o'ylab ko'rib tahlil qilishiga va o'z fikr mulohazalarini bildirishiga vaqt berish lozim. O'quvchining hikoya haqida olgan taassurotlarni bilish orqali unga hikoya qay darajada ta'sir etganligini, qay darajada fikrlash doirasi

kengayganligini, hikoya qahramonlarining xatti-harakati o'quvchiga qay darajada ta'sir etganligini bilib olish mumkin. Ushbu xulosalar olingach, o'qituvchi hikoyaning sujeti, voqeaning yo'nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga va asarning asosiy g'oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalanadi.

NATIJA VA MUHOKAMA

Hikoyalar biror bir davr bilan bog'liq holda bo'ladi. O'quvchilar qahramonlarning ma'naviyatiga bo'lgan qiziqishlari tufayli hayotning turli oq va qora tomonlari xususida muayyan tushunchalarga ega bo'ladi. Ularda yaxshilikka nisbatan muhabbat, yomonliklarga nisbatan nafrat tuyg'usi shakllanadi.

Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o'ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko'rishni taqazo etadi. Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o'rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o'qish, muommoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo'lishi kerak.

O'tkir Hoshimovning "Urushning so'nggi qurboni" hikoyasi qahramonlarini, ularning xatti-harakatlarini o'rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda quyidagi reja asosida amalga oshirish mumkin:

1. Shoikromning ko'ngli g'ashligi va diqqinafasligini matndan topish. Uning o'quvchilarda qanday taassurot qoldirganini aniqlash.

2. Urush odamlarning dunyoqarashlarini o'zgartib yuborgan tasvirlarni topib o'qish.

3. Umri xolaning hikoyada berilgan tasvirlarini topib, nima uchun o'g'liga aytmay qulpunayzoridan qulpunay olayotganini aniqlash.

4. Shoikromni qotillikka undagan tasvirlarni topish va sababini aniqlash.

5. Hikoya nima uchun shunday nom bilan nomlanganligiga e'tibor berish va o'z fikrlarini bayon etish.

Shundan so'ng o'quvchilar ushbu hikoya haqida, ularning qahramonlari taqdiri haqida ongli fikr yuritadilar. Shoikrom bilan Umri xolaning xatti-harakatlarini, urush davrlari bilan tinchlik hukm surayotgan davrni taqqoslaydilar va farqlaydilar.

Hikoyani o'qitishda asosan savollarni o'qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qahramonlarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o'quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali bo'ladi. O'quvchilar asar mazmuni eslab qolishida, yaxshi tushunishida yordam beradi.

XULOSA

Xulosa o'rnida hikoya mazmunini o'zlashtirish bo'yicha matn asosida quyidagi ishlar amalga oshirish mumkinligini to'liq keltirib o'tsak bo'ladi:

1. Matn mazmuni yuzasidan o'qituvchi savollariga javob berish.

2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish.

3. Hikoya mazmuni yuzasidan o'quvchilarning savollar tuzishi.

4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish.

5. Hikoya matnini qismlarga bo'lish.

6. Har bir qismga sarlavha topish.

7. Hikoyaga reja tuzish

8. Reja asosida qayta hikoyalash

9. Reja asosida bayon yozish.

Yuqoridagi tavsiyalar va usullarga amal qilinsa, dars sifati va o'quvchilarning o'zlashtirish ko'rsatkichi yaxshi o'sadi. O'quvchilar mustaqil fikrlashi kengayadi, nutqini erkin bayon qila olish qobiliyati yanada yaxshi shakllanadi va ko'zlangan maqsadga erishiladi.

REFERENCES

1. Adabiyot. 6-sinf uchun darslik . / S. Ahmedov, R. Qo'chqorov, Sh. Rizayev. -Toshkent: "Ma'naviyat", 2020

2. Ona tili o'qitish metodikasi. K. Qosimov, S. Matchonov, X.G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva, Sh. Sariyev. - T.: "NOSHIR", - 2009

3. Abdullayeva, O. O. (2021). ABAY IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 4-9.

4. Abdullayeva, O. O. (2021). IBROYIM YUSUPOV IJODI ASOSIDA O'QUVCHILARNING VATANPARVARLIK TUYG'ULARINI O'STIRISH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 176-180.

5. Botirboyev, F. P., Abdullayeva, O. O., & Shermatova, U. S. (2021). O'LJAS SULAYMONOV IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 20132018. https://doi.org/10.24411/2181- 1385-2021-00834

6. Abdullayeva, O. (2021) BADIIY ASARLARNING INSON RUHIYATIGA TA'SIRI. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)

7. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). O'ZBEK TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOYIYALARNING O'RNI. Scientific progress, 1(5)

8. Abdullaeva O. O. K, Tadjibaeva D. SH. K, Shermatova U.S. (2021). From Interactive Methods In Mother Tongue Classes Use. International Journal of Academic Pedagogical Reserch (IJAPR), 5(4)

9. Abdullaeva O. O. K, Kurbanova M. F. (2021). The Role of International EGRA and EGMA Reserch in Increasing Educational Efficiency. International Journal of Academic Pedagogical Reserch (IJAPR), 5(4)

10. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник, 16(161)

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

11. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progress,.2(1)

12. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientificprogress,2(1)

13. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti va ijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science and education,2(5)

14. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)

15. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Said Ahmad hikoyalarini o'rganishda interaktiv metodlar. Science and education, 2(6)

16. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Umumiy o'rta ta'limda ertak o'qitish metodikasi. Scientific progress, 2(2)

17. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asarini o'qitishda interaktiv usullar. Scientific progress, 2(2)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.