Научная статья на тему 'UMUMIY O’RTA TA’LIMDA ERTAK O’QITISH METODIKASI'

UMUMIY O’RTA TA’LIMDA ERTAK O’QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1288
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ertak / adabiy ta’lim / xalq tili / xalq og’zaki ijodi / tarmoqlash / savol-javob / yaxshilik / yomonlik / fairy tale / literary education / folk language / folklore / branching / question and answer / good / bad

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ozoda Odiljon Qizi Abdullayeva

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida xalq og’zaki ijodining eng qadimiy janrlaridan biri bo’lgan ertak o’qitishning ahamiyati va uni o’rgatish metodikasi haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF TALE TEACHING IN GENERAL SECONDARY EDUCATION

This article discusses the importance of teaching fairy tales, one of the oldest genres of folklore in general secondary schools, and the methods of teaching it

Текст научной работы на тему «UMUMIY O’RTA TA’LIMDA ERTAK O’QITISH METODIKASI»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

UMUMIY O'RTA TA'LIMDA ERTAK O'QITISH METODIKASI

Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida xalq og'zaki ijodining eng qadimiy janrlaridan biri bo'lgan ertak o'qitishning ahamiyati va uni o'rgatish metodikasi haqida fikr yuritilgan

Kalit so'zlar: ertak, adabiy ta'lim, xalq tili, xalq og'zaki ijodi, tarmoqlash, savol-javob, yaxshilik, yomonlik

METHODOLOGY OF TALE TEACHING IN GENERAL SECONDARY

EDUCATION

Ozoda Odiljon kizi Abdullaeva

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

ABCTRACT

This article discusses the importance of teaching fairy tales, one of the oldest genres of folklore in general secondary schools, and the methods of teaching it

Keywords: fairy tale, literary education, folk language, folklore, branching, question and answer, good, bad

KIRISH

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida xalq og'zaki ijodining qadimiy durdonasi bo'lgan ertaklar asosan, 5-6-sinf adabiyot darslarida o'qitiladi. Ertak o'quvchilar tomonidan qiziqib o'qilishining sabablaridan biri, ertak tilining soddaligi, ta'sirchanligi, ma'nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o'quvchilar unda tog'rilik, halollik, g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutulganidan, ya'ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqganidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Masalan, 5-sinf adabiyot darsligida berilgan "Uch og'a -ini botirlar" ertagida asosiy fikr to'g'rilik, halollik va otaning farzandlariga bergan to'g'ri tarbiyasiga qaratiladi. Ota o'z farzandlarini ilmli , qo'rqmas, dovyurak va har tomonlama barkamol qilib tarbiyalagani ilgari suriladi. Yoki bo'lmasa, Aka-uka Grimmlarning "Botir tikuvchi" ertagini oladigan bo'lsak, tikuvchi butun asar davomida

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021 ISSN: 2181-1601

biror kimsaga har qanday vaziyatda ham yomonlik tilamaydi. Ammo uni yaxshi insonligiga shubha bilan qaraydigan hasadgo'ylar unga turli fitna-yu yomonliklar qilishadi va oxir oqibat o'zlari qazigan chohga o'zlari tushishadi. Ertakda tog'riso'z, halol va mard bo'lish kerak ekanligi ilgari suriladi.

NATIJALAR

Ertak matni ustida ishlashda tanlab o'qish, savollarga javob berish, o'quvchilarning ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ertak mazmuniga mos grafik tasvirlar chizish, ertak qahramonlarining odatlarini tarmoqlab ko'rsatish kabi usullardan foydalaniladi. Masalan, yuqorida ta'kidlangan Aka-uka Grimmlarning "Botir tikuvchi" ertagidagi tikuvchiga xos xarakterlarni tarmoqlab ko'rsating topshirig'i berilganda o'quvchilar uni quyidagicha bajarishi mumkin:

MUHOKAMA

Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda ertak o'rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo'lishi mumkin:

1. Ertak bilan tanishtirish:

a) o'quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;

b) o'qituvchining ertakni ifodali o'qishi, yod aytib berishi va hokozo.

2. Ertakni o'quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o'tkazish;

3. Ertakni qismlarga bo'lib o'qish va tahlil qilish;

4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichida o'qish);

5. Ertakni so'zlab berish;

6. Umumlashtiruvchi suhbat (ertak g'oyasini ochish);

7. Ma'lum topshiriq asosida ertakni qayta o'qish (ijodiy va mustaqil ishlar);

8. Vazifani tekshirish va yakunlash;

9. Uyda ertakni o'qib ( yoki aytib) berishga tayyorlanish.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, umumiy o'rta ta'limda dars mashg'ulotlarini to'gri tashkil etish, to'gri usulda o'rgatish, turli usullarni samarali qo'llash o'quvchilarning yaxshi o'zlashtirishida, mustaqil fikrlashlari yaxshi rivojlanishida, qiziqishining yanada ortishida yaxshi natija beradi.

REFERENCES

1. Adabiyot . 5-sinf uchun darslik . / S. Ahmedov, R. Qo'chqorov, Sh. Rizayev. -Toshkent: "SHARQ", 2020

2. Ona tili o'qitish metodikasi. K. Qosimov, S. Matchonov, X.G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva, Sh. Sariyev. - T.: "NOSHIR", - 2009

3. Abdullayeva, O. O. (2021). ABAY IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 4-9.

4. Abdullayeva, O. O. (2021). IBROYIM YUSUPOV IJODI ASOSIDA O'QUVCHILARNING VATANPARVARLIK TUYG'ULARINI O'STIRISH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(3), 176-180.

5. Botirboyev, F. P., Abdullayeva, O. O., & Shermatova, U. S. (2021). O'LJAS SULAYMONOV IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 20132018. https://doi.org/10.24411/2181- 1385-2021-00834

6. Abdullayeva, O. (2021) BADIIY ASARLARNING INSON RUHIYATIGA TA'SIRI. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)

7. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). O'ZBEK TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOYIYALARNING O'RNI. Scientific progress, 1(5)

8. Abdullaeva O. O. K, Tadjibaeva D. SH. K, Shermatova U.S. (2021). From Interactive Methods In Mother Tongue Classes Use. International Journal of Academic Pedagogical Reserch (IJAPR), 5(4)

9. Abdullaeva O. O. K, Kurbanova M. F. (2021). The Role of International EGRA and EGMA Reserch in Increasing Educational Efficiency. International Journal of Academic Pedagogical Reserch (IJAPR), 5(4)

10. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Студенческий вестник,16(161)

11. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). OTLARNING BIRLIK VA KO'PLIKDA QO'LLANILISHINI O'RGATISH. Scientific progress,2(1)

12. Abdullayeva, O. O. Q. (2021). XALQARO TADQIQOTLAR VA ULARNING ADABIYOT FANIDA TUTGAN O'RNI. Scientific progress,2(1)

13. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) O'lmas Umarbekov hayoti va ijodini o'rganishda interfaol metodlar bilan ishlash. Science and education,2(5)

14. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Saida Zunnunova hayoti va ijodini o'rgatishning samarali usullari. Science and education, 2(5)

15. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva. (2021) Said Ahmad hikoyalarini o'rganishda interaktiv metodlar. Science and education, 2(6)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.