Научная статья на тему 'O'LJAS SULAYMONOV IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH'

O'LJAS SULAYMONOV IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

4855
1358
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
millat g‘ururi / bilim / malaka / ko‘nikma / tarjima / metod / badiiy vosita / doston / falsafiy mushohada / national pride / knowledge / skills / abilities / translation / method / artistic means / epic / philosophical observation

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Farrux Payzivay O’g’li Botirboyev, Abdullayeva Ozoda Odiljon Qizi, Shermatova Umida Sapayevna

Ushbu maqolada 9-sinf adabiyot darslarida Qozoq xalq shoiri O‘ljas Sulaymonovning ijodini o‘rganish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada qardosh xalqlar adabiyotini o‘rganishda adabiy matnni tushunish ko‘nikmalarini tarkib toptirish, abadiy do‘stlik tuyg‘ularini o‘quvchilar ongiga singdirish hamda adibning o‘zbek va jahon adabiyotida tutgan o‘rni haqida fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WORKING ON QUESTIONS AND TASKS IN STUDYING THE WORK OF OLJAS SULAYMANOV

This article contains methodical recommendations for studying the works of the Kazakh national poet Uljas Suleymanov in 9th grade literature lessons. The article focuses on the development of skills in understanding the literary text in the study of the literature of fraternal peoples, instilling in students a sense of eternal friendship, and the role of the writer in Uzbek and world literature

Текст научной работы на тему «O'LJAS SULAYMONOV IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH»

O'LJAS SULAYMONOV IJODINI O'RGANISHDA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH

Farrux Payzivay o'g'li Botirboyev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Abdullayeva Ozoda Odiljon qizi

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Shermatova Umida Sapayevna

(Ilmiy rahbar) Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada 9-sinf adabiyot darslarida Qozoq xalq shoiri O'ljas Sulaymonovning ijodini o'rganish bo'yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada qardosh xalqlar adabiyotini o'rganishda adabiy matnni tushunish ko'nikmalarini tarkib toptirish, abadiy do'stlik tuyg'ularini o'quvchilar ongiga singdirish hamda adibning o'zbek va jahon adabiyotida tutgan o'rni haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar: millat g'ururi, bilim, malaka, ko'nikma, tarjima, metod, badiiy vosita, doston, falsafiy mushohada

WORKING ON QUESTIONS AND TASKS IN STUDYING THE WORK OF

OLJAS SULAYMANOV

ABSTRACT

This article contains methodical recommendations for studying the works of the Kazakh national poet Uljas Suleymanov in 9th grade literature lessons. The article focuses on the development of skills in understanding the literary text in the study of the literature of fraternal peoples, instilling in students a sense of eternal friendship, and the role of the writer in Uzbek and world literature.

Keywords: national pride, knowledge, skills, abilities, translation, method, artistic means, epic, philosophical observation

KIRISH

Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarning adabiy, ma'naviy-ma'rifiy ta'lim bo'yicha bilim, malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirishda

qardosh xalqlar adabiyotini o'rganish ham muhim ahamiyatga ega. Xususan, qozoq marifatparvar shoir va yozuvchilarining adabiyot sohasidagi yaratgan asarlari beqiyosdir. Ayniqsa qozoq xalq shoiri O'ljas Sulaymonov ijodi o'zining ko'rkamligi va betakrorligi bilan boshqa ijodkorlardan ajralib turadi. Shoirning ko'p yillik samarali ijodiy faoliyati, nafaqat qozoq xalqi uchun, balki Markaziy Osiyoda yashovchi barcha qardosh xalqlar uchun birdek muhim ahamiyat kasb etadi. Taniqli qozoq marifatparvari O'ljas Sulaymonovning asarlaridan o'zbek tiliga Sirojiddin Sayyid, Shavkat Rahmon va Azim Suyun kabi zabardast shoirlarimiz mahorat bilan tarjimalar qilishgan. Ayniqsa taniqli shoirimiz Shavkat Rahmon uning asarlarini tarjima qila turib O'ljas Sulaymonov asarlari haqida quyidagilarni aytib o'tadi. "Shoir she'riyatidagi qahramonlar - g'ururli, o'z qadrini biladigan, ayni vaqtda, o'zining ham qadriga yetadigan shaxslardir. Ular fe'li keng, tanti, falsafiy, mushohadalarga moil, chapani va jo'mard kishilar suratida yorqin bo'yoqlar, kuchliy she'riy timsollar vositasida jozibador tasvirlangan ", - deya fikr bildiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yangi nashrdagi 9-sinf adabiyot darsligida O'ljas Sulaymon hayoti va ijodi haqida qisqacha ma'lumot va she'ri berilgan.Darslikda adib uchun jami 2 soat ajratilgan. O'ljas Sulaymonovning badiiy asarlarida qozoqlarning o'ziga xos turmush tarzi, o'y-fikrlari, his-tuyg'ulari aks ettirilsa, ilmiy asarlarida turkiy xalqlarning dunyo madaniyati taraqqiyotidagi ulkan o'rni tarixiy dalillar asosida yorqin ko'rsatib berilgan. O'. Sulaymonov ,,Az i Ya" asarida, yevropaparastlar aytganlariday, turkiylar yovvoyi va madaniyatsiz qavm emas, balki dunyoning eng qadimiy madaniyatli millatlaridan ekanligini asosladi. O'. Sulaymonov „Qoyilmisan insonga, zamin" deb ataluvchi dostoni bilan dunyoga mashhur bo'ldi. Inson imkoniyatlari va irodasiga bitilgan madhiya bo'lgan mazkur asarda koinotni zabt etib, dunyo tarixida yangi bosqichni boshlab bergan inson haqidagi mushoha dalar g'oyat ta'sirchan ifodalanadi.Bundan tashqari uning darslikda berilgan "Arg'umoqlar" she'ri qozoq xalqining kundalik mashg'ulotlari va ularning keng o'tloqzorlar, maysazorlari tasvirlari bilan boshlanadi:

Yilqisi bilan mashhur, Qadim qipchoq yerida Oqib boradi uyur, Kuygan o 'tlar selida

Ko'rinib turibdiki, O'ljas Sulaymonov haqiqiy millat kuychisi. Uning har bir she'rida o'zgachalik, erkinlik va takrorlanmaslik xususiyatlari namoyon bo'laveradi.

NATIJALAR

Quyida shorining hayoti va ijodini o'quvchilarga yanada chuqurroq anglatish,

shoir asarlaridagi asl tushunchani o'quvchilar ongida to'g'ri tushinishni shakllantirish, qolaversa, qardosh xalqlarimiz adabiyotini yanada chuqurroq o'rganish bo'yicha metodik tavsiyalarimni berib o'tmoqchiman.

1-topshiriq. O'ljas Sulaymonov qalamiga mansub quyidagi asarlarni tarmoqlab ko'rsating va ushbu asarlar haqida fikr yuriting.

"Olovni

"Quyos hli

ng tunlar" "Ajoyib ko'chish tunlar"

i"

"Yumal O'lias "Sharof

oq o i atli

yulduz Sulaymonov vaqtlar..

"Az i Ya

"Loy kitob"

4M

"Maymu n yili"

2-topshiriq O'ljas Sulaymonovning she'rlarini va ularni o'zbek tiliga tarjima qilgan tarjimonlari bilan moslab grafikni to'ldiring.

"Arg'umoq"

"Mambct botirning qatl oldidan aytganlari"

"Tungi taqqoslar"

Shavkat Rahmon

Sirojiddin Sayyid

Azim Suyun

3-topshiriq. Quyidagi misralarni o'qing va ushbu misralar O'ljas Sulaymonovning qaysi she'ridan olingganini aniqlang.

Yellar alanga olsin Arg'umoqning qonida. Qiyoq, alaflar qolsin Tuyoqlar to'zonida

A)Ushbu to'rtlik O'ljas Sulaymonovning_olingan.

Hayhot, dashtda oy suzar

Barxanlarni qiyalab, Moyalarga iliqib yuradir nortuyalar, Qozoqning qozonida vishillab sut toshadi, Itlar zerikkanidan bir-birin qonga bo'yar

B)Ushbu to'rtlik O'ljas Sulaymonovning_olingan.

O', men nomard, Xayyom bo'lsaydim agar,

O', men nokas, Hofiz bo'lsaydim agar, O', Mahambet bo'lsaydim agar murodimga yetardim balki !..

C)Ushbu to'rtlik O'ljas Sulaymonovning_olingan.

1)'Tungi taqqoslar" 2)"Mambet botirning qatl oldidan aytganlari" 3)"Arg'umoq"

4-topshiriq. Quyidagi O'ljas Sulaymonov qalamiga mansub misralar tarkibidagi ostiga chizilgan so'zning ma'nolarini izohli lug'atdan topib yozing va shoir she'rlaridagi asl ma'noni tushuntirib berishga harakat qiling.

1) „Oqib boradi uyur, Kuygan o'tlar selida"

2) „Yashash, kurash nimadir, Bilib qo'ysin arg'umoq"

3) „Qiyoq, alaflar qolsin tuyoqlar to'zonida"

4) „Egarda tug'ilgandim, O'lmoqdaman kishanda"

5) „Horib terlagan otning hidini unutgayman, So'g'ishlar urhosi niunutgayman zindonda"

6) „Yalang'och qilichdaydim, zang bosadi tig'imni"

7) ".. .ular odam emas, ular - ayg'irlar!"

8) „Chalajon bir ilonday tomog'imda yuragim"

5-topshiriq.Darslikdan O'ljas Sulaymonov hayoti va ijodini o'qing va quyidagi ma'lumotlarni to'ldiring.

1 )...............-yillarda "Qozog'iston haqiqati" gazetasida ishladi

2 ).................jurnali bo'lim mudiri lavozimida ishladi.

3) 1971- yildan 1981- yilgacha..............................ishladi.

4 )..............- yillarda Qozog'iston kinematografiya davlat qo'mitasi raisi

bo'lib ishladi.

5) 1995—2001- yillarda Qozog'istonning...................elchisi sifatida

faoliyat ko'rsatdi.

MUHOKAMA

O'ljas Sulaymonov badiiy ijodga doir turli vazifalarda ishladi. 1962—1971-yillarda "Qozog'iston haqiqati" gazetasi muxbiri, „Qozoqfilm" studiyasida muharrir, „Prostor" jurnali bo'lim mudiri, 1971-yildan 1981- yilgacha Qozog'iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi lavozimida ishladi. 1981— 1984- yillarda Qozog'iston kinematografiya davlat qo'mitasi raisi, 1984- yildan 1992- yilgacha Qozog'iston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi vazifalarida ishlagan. 1995—2001- yillarda Qozog'istonning Italiya, Yunoniston va Maltadagi elchisi sifatida faoliyat ko'rsatdi. O'ljas Sulaymonov o'ris tilida ijod qiladi. Lekin qozoq xalqiga xos milliy xususiyatlar, urf-odatlar, millatning hayotidagi shonli va og'riqli nuqtalarni yaxshi biladi va ishonarli aks ettiradi. Shu bois uning asarlari qozoq xalqining milliy ruhini teran ifodalashi bilan diqqatga sazovordir. Shoirning birinchi asari — „Arg'umoqlar" 1961-yilda dunyo yuzini ko'rdi. Shundan keyin uning „Quyoshli tunlar", „Ajoyib tun", „Sharofatli vaqtlar", „Maymun yili", „Loy kitob", „Olovning ko'chishi", „Yumaloq yulduz" va „Az i Ya" kabi ko'plab she'riy, nasriy, ilmiy kitoblari chop etildi.

XULOSA

Taniqli qozoq marifatparvari O'ljas Sulaymonovning 2013-yil 6-noyabrda Jorj Vashington universitetida qozoq madaniyatiga bag'ishlangan anjumanda so'zlagan nutqida "Milliy g'oya ko'p madaniyatli bo'lishi kerak" degan g'oyani ilgari surdi. Bundan ko'rinib turibdiki, shoir faqat qozoq adabiyotini emas, balki Sharq va G'arb adabiyotini umumiylik negizida birini ikkinchisidan ajratmagan holda rivojlantirish kerakligini ta'kidlaydi. O'ljas Sulaymonovning ijodi faqat qozoq millati uchungina muhim bo'lib qolmay, balki barcha qardosh xalqlar uchun birdek marifat alifbosi bo'la oladigan ro'znoma desak yanglishmaymiz. Shunday ekan taniqli shoirning ijodi bilan o'quvchi yoshlarimizni kengroq va ko'proq tanishtirishga e'tibor bermog'imiz lozim. Buning uchun albatta umumiy o'rta ta'lim maktablarida shoir hayoti bilan bog'liq dars soatlarini ko'proq sinflarda o'qitish, yanada asarlari bilan kengroq tanishtirishimiz kerak.

REFERENCES

1. Adabiyot . 9-sinf uchun darslik . / Qozoqboy Yo'ldoshev, Valijon Qodirov, Jalolbek Yo'ldoshbekov. - "O'ZBEKISTON" NMIU, Toshkent-2019

2. Ta'limni tashkil etishda zamonaviy interfaol metodlar.-Toshkent: "O'qituvchi", 2016, 8-bet.

3. Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. -Toshkent.: "Ma'naviyat" ,2013.

4. MarHOHOB, C. (2020). EagHHH acap MarHH ycraga umnam ycynnapu. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 332-337.

5. G'ulomova, X., & Bakiyeva, H. (2020). O'QISH DARSLARIDA SHE'RIY ASARLAR MATNI USTIDA ISHLASH. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 582-589.

6. G'ulomova, X. (2020). Boshlang'ich sinfda o'qish darslarini tashkil etish metodikasi. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 354-359.

7. fflepMaroBa, Y. C. (2020). ^ynnoH H^oguga BaraH, xanK Ba hhcoh TanKHHH. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 301-308.

8. fflepMaroBa, Y. C. (2020). ^ynnoH H^oguga Taönar эстетнкaсн. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 338-345.

9. fflepMaroBa, Y. C. (2020). ^ynnoH H^oguga HCTHKnon roanapu. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 369-373.

10. Abdullayeva, O.O. (2021). Abay ijodini o'rganishda savol va topshiriqlar ustida ishlash. Academic research in educational sciensces, 2(3), 4-9

11. Abdullayeva, O.O. (2021). Ibroyim Yusupov ijodi asosida o'quvchilarning vatanparvarlik tuyg'ularini o'stirish. Academic research in educational sciensces, 2(3), 176-180

12. Ozoda Abdullayeva, (2021) Badiiy asarlarning inson ruhiyatiga ta'siri. Scientific progress, 1(5), (pp. 272-275)

13. www.ziyouz.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.