Научная статья на тему 'Yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyasida Alisher navoiy merosining muhim ahamiyati'

Yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyasida Alisher navoiy merosining muhim ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6322
385
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Buyuk / mutafakkir / ikki til / madaniyat / badiiy fikrlar / qabog’ / odob-axloq / bepoyon ummon / ma`naviyat / g’azallar / ruboiylar / Great thinker / two languages / culture / artistic ideas / morality / vast ocean / spirituality / ghazals / rubais

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jabborova Gulchehra Mahmudovna

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir va alloma Alisher Navoiyning asarlarining mazmun –mohiyati, ularning yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi muhim ahamiyati haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF ALISHER NAVOI'S HERITAGE IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF THE YOUNG GENERATION

Thes article discusses the content and essence of the works of the great thinker and scientist Alisher Navoi, their importance in the harmonious upbringing of the younger generation

Текст научной работы на тему «Yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyasida Alisher navoiy merosining muhim ahamiyati»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

YOSH AVLODNI MA’NAVIY BARKAMOL ETIB TARBIYASIDA ALISHER NAVOIY MEROSINING MUHIM AHAMIYATI

Jabborova Gulchehra Mahmudovna Samarqand viloyat Toyloq tuman

11-umumiy o'rta ta’lim maktabi

Annotatsiya: Mazkur maqolada buyuk mutafakkir va alloma Alisher Navoiyning asarlarining mazmun -mohiyati, ularning yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi muhim ahamiyati haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar: Buyuk, mutafakkir, ikki til, madaniyat, badiiy fikrlar, qabog’, odob-axloq, bepoyon ummon, ma'naviyat, g’azallar, ruboiylar

THE IMPORTANCE OF ALISHER NAVOI’S HERITAGE IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF THE YOUNG GENERATION

Jabborova Gulchehra Mahmudovna Samarkand region, Taylak district School #11

Abstract: Thes article discusses the content and essence of the works of the great thinker and scientist Alisher Navoi, their importance in the harmonious upbringing of the younger generation

Keywords: Great thinker, two languages, culture, artistic ideas, morality, vast ocean, spirituality,ghazals, rubais

Birinchi navbatda milliy madaniyatlar, xalq ma'naviy boyligining ildizlariga e'tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan. Bizning vazifamiz -shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash vayanada boyitish.

I.A.Karimov

Alisher Navoiy o'zbek adabiyoti taraqqiyoti va o'zbek adabiy tili ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan ulkan ijodkordir.Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, ulug' bobokalonimiz shaxsiyati va ijodiga munosabat tubdan o'zgardi. Hazrat Nvoiyning boy adabiy merosiga to'laqonli va haqqoniy yondashish imkoniga ega bo'ldik. U zotning ijodini yanada chuqurroq o'rganish bo'yicha ko'plab tadqiqotlar qilinyapti, ilmiy izlanishlar ko' lami yanada kengaymoqda.

Buyuk shoir, mutafakkir Alisher Navoiyning boy va bebaho merosi asrlar mobaynida ajdodlarimizni ezgulikka, mehr-muruvvatga, tinchlik va do'stlikka da'vat etib kelgan. Bobur Mirzo yozadi:

г<м

400

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

"...turkiy til bila to she'r aytibdurlar, hech kim oncha ko'p va xob aytqon emas." Bu haqda shoirning o'zi "Lisonut-tayr"da:

Nazmu nasrim kotibi taxminshunos Yozsa, yuz ming bayt etar erdi qiyos,-

deb yozgan edi. Buyuk mutafakkir, o'zbek adabiy tilining asoschisi, jahon adabiyotining tengsiz namoyandasi, shoirlarning sultoni - bu Alisher Navoiy bobomizdir .

Buyuk so'z ustasi Alisher Navoiy o'zbek adabiy tilini dunyoga tanitib qolmasdan, balki beqiyos so'z ustasi bo'lgani uchun ham jahon adabiyotining tengsiz namoyandasidir . Olamda turkiy yoki forsiy tilda so'zlovchi biron - bir inson yo'qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa .

Buyuk mutafakkir va alloma mir Alisqer Navoiy butun dunyoni o’z qalami bilan egallab oldi.

Besh asrki nazmiy saroyni,

Titratadi zanjirband bir sher Temur tigi etmagan yerni,

Qalam bilan oldi Alisher.

Darhaqiqat, sherda keltirilgandek nazmiy va nasriy asarlari bilan butun dunyoni egallab olgan Alisher Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol, ma'naviy yetuklikka erishgan, barcha insoniy xislatlar egasi qilib tarbiyalashda muhim o’rin egallaydi.

Allomaning asarlari nafaqat miqdor jihatidan, balki mazmun-mohiyati bo'yicha ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Uning badiiy va ilmiy asarlari yuzlab olimlar tomonidan o'rganilgan, tadqiq etilgan. Navoiy lirikasida odam va olam, hayot va uning go’zalliklari, mehnatsevarlik, go’zallikka shaydo qalblarning o’z Vataniga, yoriga bo’lgan otashin muhabbati ulug’lanadi. Adibning lirik asarlarida odam va olam, hayot va uning go’zalliklari o’quvchilarga ravon va sodda qilib yetkazib beriladi. Yosh avlodni ma'nan yuksaklikka erishishida atrofdagilarga doimo yaxshilik qilish, ezgulik urug’ini keng olamga tarqatish bu esa o’z navbatida o’ziga va oila a'zolariga yaxshilik bo’lib qaytishi haqida asarlaridagi qahramonlar, she’riy misralarida o’z ifodasini topadi. Masalan, « Nazm ul- javohir» ( «Gavharlar tizmasi») asari, asosan, tazavvuf g’oyalari orqali talqin qilinadi:

Farzand ato qilligin chu odat qilgay,

Ul odat ila kasbi ko’p rivoyat qilgay,

Har kimki atoga ko’p rioyat qilgay,

O’g’lidin anga bu ish siroyat qilgay.

Adib otaga xizmat kilishning sharofatini birinchi ikki misrada ko’rsatib bermoqda. Keyingi misrada esa yana shu fikrga qaytilgandek ko’rinadi, ammo endi

г<м

401

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

natijada ayirma bor. Har kim ekkanini o’radi, deganlaridek, otaga qilingan hurmat va ehtirom, albatta qaytadi, ammo uni qaytaruvchi odam mutlaqo boshqa bo’ladi. Mana shu boshqa odam esa keyingi avlod vakili - otasiga yaxshi munosabatda bo’lgan o’g’ilning farzandlaridir.

Allomaning mukammal asarlar toplami ilgari ham nashr etilgan, biroq o'sha davrdagi mafkura nuqtai nazaridan asarlardagi butun-butun boblar tushirib qoldirilgan. Mustaqillik yillarida Navoiyning yigirma jildli mukammal asarlar toplamini to'laligicha chop etish ishlari yakuniga yetdi.Har yili navoiyshunos olimlar tomonidan yangi-yangi ilmiy maqolalar, risolalar yaratilmoqda.

Demak, Navoiyni organish, uni yanada chuqur anglash borasidagi izlanishlar izchil davom etayotir. Alisher Navoiy hazrat ijodiyotini bepoyon ummonga qiyoslash mumkin. Uning tubida behisob javohirlar bisyor. Biroq Navoiy olamini hali-hanuz to'la zabt etolganimiz yo'q. Merosini o'rganish asnosida har doim yangidan-yangi kashfiyotlar qilish mumkin.

Navoiy badiiyatini olaylik. Uning har bir bayti, misrasini tadqiq etishning o'zi juda katta izlanishlarni talab etadi. Mana uning mashhur bir bayti:

Yuzida terni ko'rib o'lsam, ey rafiq, meni

Gulob ila yuvu, gul bargidin kafan qilg'il.

Bir qaraganda tushunarli va ravon misralar. Ammo hazrat bu baytda nima demoqchi bo'lganlar ? Bu haqida qator taxmin va talqinlar aytilgan. Lekin hanuz yagona to'xtamga kelingani yo'q. Zero, bu oson ish emas.

Navoiyning so'z tanlash va qo'llash mahorati, she'riyatidagi teran falsafa, diniy-ma'rifiy qarashlari, Navoiy va jahon adabiyoti... Bu yo'nalishlar bo'yicha hali qanchadan-qancha yangi ufqlarni ochish mumkin.

Navoiy umrining oxirlarida yozgan "Muhokamatul-lug'atayn" va "Mezonul-avzon" asarlarida o'zining barcha asarlari mundarijasini bergan. Ularning bari Navoiyning mukammal asarlar to'plamiga kiritilgan. Biroq, bu Navoiyning hamma asarlari bizning qo'limizda, degan xulosani bermaydi. Ma'lumki, Navoiy hayotlik chog'ida va undan keyin ham ko'p asarlari, devonlari qayta-qayta ko'chirilgan.

Ularning nusxalarini dunyoning turli mamlakatlaridan topish mumkin, deb o'ylayman. Sababi - bundan bir necha yil ilgari Hamid Sulaymonov va Fozila Sulaymonova tomonidan Navoiyning bir qancha yangi g'azali topilgan va chop etilgan edi. Bu boradagi izlanishlar yana davom ettirilsa, o'z samarasini berishiga ishonaman. Navoiy merosiga xorijda ham qiziqish katta... Darhaqiqat, allomaning asarlari hozirga qadar dunyoning o'nlab tillariga tarjima qilingan.

Ko'plab xorijlik olimlar uning hayoti va ijodini tadqiq va tahlil etib kelishmoqda. Turkiya, Eron, Ozarboyjon va mintaqamizdagi barcha mamlakatlarda uning asarlari takror va takror nashr qilingan va qilinmoqda. Xususan, Eron va Tojikistonda Navoiyning fors tilidagi asarlari, jumladan "Devoni Foniy" atroflicha

г<м

402

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

o'rganilgan, o'rganilmoqda. Ushbu mamlakatlar adabiyotshunoslari fikricha, bu borada Navoiy fors-tojik adabiyotining eng yetuk vakillari bilan bemalol bellasha oladi.

Navoiy avvalo turkiy adabiyotning zabardast vakili sifatida ma' lum va mashhur. Shu bois, Turkiyada uning merosiga qiziqish katta. So'nggi yillarda bu erda "Mezonul-avzon", "Lisonut-tayr", "Farhod va Shirin" kabi asarlari bosilib chiqdi. Ozarboyjonda Navoiyni sevishadi, ardoqlashadi. Uning ijodi Jannat Nagieva singari taniqli adabiyotshunoslar tomonidan chuqur o'rganib kelinyapti. 2001 yilda olimaning "Navoiy Ozarboyjonda" nomli kitobi chop etildi. Bobokalonimiz ijod namunalari rus, nemis, frantsuz va boshqa tillarga ham o'girilgan. O’tgan yili "Lisonut-tayr" dostoni ingliz tiliga tarjima qilindi. Navoiy asarlarining bugungi kundagi ahamiyati, yosh avlod kamolotidagi o'rni hozirga qadar o’rganilib kelinmoqda.Ulug' bobomizning asarlari hech qachon o'z ahamiyatini yo'qotmagan, yo'qotmaydi ham. Navoiyning o'tkir nigohi faqat o'z davrini emas, balki abadiyatni va kelajakni ham kora olgan. Bugungi kunda global ahamiyat kasb etayotan istalgan muammoni oling: ekologik tanglikmi, terrorizmmi, diniy aqidaparastlikmi... Hamma-hammasiga Navoiy asarlaridan javob topsa bo'ladi. Biz buyuk mutafakkirni shuning uchun ham yuksak barkamollikka erishgan komil inson desak xato qilmaymiz.

Navoiy yilning to'rt fasliga qiyos qilib, o'z umrini to'rt bosqichga ajratadi. Bolalik, yigitlik, o'rta yoshlik va keksalik. Bolalik 7-8 yoshdan 20 yoshgacha, yigitlik 20 yoshdan, 35 yoshgacha, o'rta yoshlik 35 yoshdan 45 yoshgacha, keksalik 45 yoshdan 60 yoshgacha.

Shunga binoat devonlar ham quyidagicha nomlanadi:

1. "G'aroyib-us sig'ar" - bolalik ajoyibotlari,

2. "Navodir-ush shabob" - yigitlik nodirliklari.

3. "Badoyeo-ul vasat" - o'rta yoshlik badiyliklari,

4. "Favoyid-ul kibar" - keksalik foydaliklari.

Yosh avlod tarbiyasida Navoiyning o'lmas merosi muhim o'rin tutadi. Hozir ba'zi yoshlar orasida jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik singari illatlarning kuzatilayotgani malum darajada Navoiydan uzoqlashganimizning achchiq mevasidir.

Bunday muammolarga barham berish uchun Navoiy hikmatlarini yosh avlod ongiga bolalikdan singdirib borish kerak. Navoiyni tushunish, tushuntirish uchun uni sevish, sevdirish lozim. Menimcha, yosh avlod qalbida Vatanga, millatga muhabbatni shakllantirishda ham Navoiy asarlarining o'rni katta.

Navoiyning nafaqat ijodi, balki sermazmun hayoti ham yosh avlod uchun namunadir. Uning bunyodkorligi, xalqsevarligi, haqiqatparvarligi barchamizga o'rnak bo'lishi lozim. Navoiy ijodi esa barchamizni ogohlikka, ezgulikka, kamtarlikka undaydi. Mana bu purhikmat satrlarga e'tibor bering:

г<м

403

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

Bahrdin qatrag'a tazim ila tahsin kordim,

Mehrdin zarrag'a e'zoz ila ehson topdim.

Ya'ni, dengizdagi tomchiga ta'zim ila tahsin qilganini ko'rdim, quyoshning zarraga e'zoz va ehson ko'rsatganiga guvoh bo'ldim, deganlar. Shu baytning o'ziyoq hazratning insoniyatni kamtarinlikka, adolat va insofga da'vat etganini ko'rsatadi. Biz haqli ravishda Navoiyni milliy ong va shuurimizning ulug' charog'boni va ilhomchisi deya olamiz. Navoiy qoldirgan ilmiy-adabiy meros hayratlanarli darajada ulkandir. Shoirning epik asari "Xamsa", to’rt lirik devonni o'z ichiga oluvchi "Xazoyin-ul maoniy" asari, falsafiy dostoni "Lison-ut tayr". tarixiga oid "Tarixi anbiyo va hukamo", "Tarixi muluki Ajam", adabiyotshunoslikka oid "Mezon -ul avzon", "Majolis-un nafois", tilshunoslikka oid "Muhokamat-ul lug'atayn", axloqiy-falsaviy asari "Maxbub-ul qulub, tasavvuf tarixiga oid "Nasoim-ul muhabbat", ruboiylar majmuasi "Nazmul javohir", diniy mavzudagi "Arbain", "Sirojul muslimin", xotiralari "Xamsatul mutah-xayirin", "Holoti Said Hasan Ardasher", "Holoti Paxlavon Muxammad", maktublar to'plami "Munshaot", vaqf ishlari xaqida "Vaqfiya" va boshqa bir qator asarlari xalhimizning ma'naviy-madaniy mulki bo'lib qolmoqda. Asarlaridagi Farxod va Shirin, Layli va Majnun kabi ko’plab qaxramonlari yoshlarimizning sevimli qahramonlariga aylangan. Bu qahramonlar orqali o’quvchilar ulardagi mehnatsevarlik, o’z muhabbatiga vafo, xalqni uluglash va ular bilan doimo birga bulish, atrofdagilardan o’z yordamini ayamaslik, vatanparvarlik, tilni va millatni qadrlash kabi ezgu fazilatlarni ko’radilar va ulardan o’rganadilar. Xulosa qilib aytsak, Navoiyning umrboqiy merosi el va elatlarni ezgulik, poklik, haqiqat atrofida jipslashtirishga qodir bo'lgan bebaho boyligimizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. «Sharq» n, 1998.

2. Adabiyot darsligi. 10 -sinf «O’zbekiston milliy ensiklopediyasi» Toshkent 2017.

3. A.Navoiy. Nazm ul -javohir Toshkent. 2014

4. Tarbiyaviy soatlar ishlanmasi. O’qituvchi 2013.

404

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.