Научная статья на тему 'O'QUVCHILAR NUTQIY MALAKASINISINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG'ZAKI IJODI VA ERTAKLARDAN UNUMLI FOYDALANISH'

O'QUVCHILAR NUTQIY MALAKASINISINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG'ZAKI IJODI VA ERTAKLARDAN UNUMLI FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1456
162
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / pedagogika / xalq og„zaki ijodi / rivojlantirish / ertak / musiqa / san‟at / speech / pedagogy / folklore / development / fairy tales / music / art.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Fotima Uralovna Jumanova, Sojida Umrzoqovna Allayorova

Ushbu maqolada xalq og„zaki ijodining o„ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, o„quvchilar nutqini rivojlantirishda ertaklarning o„rni va ahamiyati muhokama qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVE USE OF PEOPLE'S ORAL CREATIVITY AND FAIRY TALES IN THE FORMATION OF STUDENTS' SPEECH SKILLS

This article describes the peculiarities of folklore. The role and importance of fairy tales in the development of pupils‟ speech was also discussed

Текст научной работы на тему «O'QUVCHILAR NUTQIY MALAKASINISINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG'ZAKI IJODI VA ERTAKLARDAN UNUMLI FOYDALANISH»

O'QUVCHILAR NUTQIY MALAKASINISINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG'ZAKI IJODI VA ERTAKLARDAN UNUMLI FOYDALANISH

Fotima Uralovna Jumanova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti zumanovafatima@gmail .com

Sojida Umrzoqovna Allayorova

Toshkent viloyat Chirchiq pedagogika instituti magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada xalq og'zaki ijodining o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, o'quvchilar nutqini rivojlantirishda ertaklarning o'rni va ahamiyati muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: nutq, pedagogika, xalq og'zaki ijodi, rivojlantirish, ertak, musiqa, san'at.

EFFECTIVE USE OF PEOPLE'S ORAL CREATIVITY AND FAIRY TALES IN THE FORMATION OF STUDENTS' SPEECH SKILLS

Fotima Uralovna Jumanova

Associate Professor of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

[email protected]

Sojida Umrzakovna Allayorova

Master of Chirchik Pedagogical Institute of Tashkent region [email protected]

ABSTRACT

This article describes the peculiarities of folklore. The role and importance of fairy tales in the development of pupils' speech was also discussed.

Keywords: speech, pedagogy, folklore, development, fairy tales, music, art.

KIRISH

Xalq og'zaki ijodi - insoniyatga tengdosh eng qadimiy san'at. Ozbek xalqi ming yillar davomida yaratgan milliy xazinamizning nodir merosi bo'lgan og'zaki badiiy ijodi hamisha inson kamoloti, yurt farovonligi, jamiyat yetukligi borasida ma'naviy ozuqa bo'lib xizmat qiladi. Yillar to'zonidan omon-eson o'tib, avlod-ajdodlardan meros qolgan folklor janrlari ijtimoiy-siyosiy, ta'limiy-tarbiyaviy sohalarda maktab, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda yo'lboshlovchi vazifasini o'tay-di. Xalqning turmush tajribalari, kundalik kuzatishlari natijasida yuzaga kelib, o'z isbotini topgan maqollar, naqllarni hayot maktabi darsligi desak mubolag'a bo'lmaydi.

ADABIYOTLARNING TAHLILI VA METODOLOGIYA

Boshlang'ich sinflarda o'qitilayotgan adabiy o'qish darslari o'zbek tili fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o'qish va nutq o'stirish bo'limida o'tkaziladigan mashg'ulotlar mazmuniga; o'quvchilarni to'g'ri, ravon, ma'lum darajadagi tezlik bilan ifodali o'qishga o'rgatish; o'quvchining ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g'oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o'quvchilarning bilim, ko'nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.

Har bir inson umri davomida xalq o'g'zaki ijodidan bahramand bo'lib ulg'ayadi. Bolaligida ertak eshitib katta bo'lmagan odam bu dunyoda yo'q desak, mubolag'a bo'lmaydi. Chunki har bir odam dunyoga kelgach, turli darajadagi ertak, rivoyat, afsonalarni eshitadi va aynan o'shalar orqali dunyoni o'rganadi. Ularda xalq badiiy tafakkurining eng sara mevasi yashiringan. Buni anglash va ularni qayta kashf etish kishiga hayotni tushunish, odam va olam munosabatlarini o'rganishga yordam beradi.

Xalq og'zaki ijodini o'rganish - xalq tarixi, urf-odati, an'analari, o'y-kechinmalari, buguni va kelajagini tadqiq etish demakdir. Unda millatning o'zini anglashi, o'zligini namoyon qilish xislatlari, intilishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi aks etgan folklor asarlarda o'z aksini topgan dunyoqarash, qadriyatlar yosh avlodni har tomonlama bilimli, ma'naviy jihatdan yetuk etib tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Zero, xalq og'zaki ijodi ma'naviy taraqqiyotning asosiy tarixiy ildizlaridandir. Har bir xalqning og'zaki ijodi o'sha xalqning fe'l-atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an'analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o'ziga xos ko'zgudir. Biz ana shu ko'zgu vositasida olamshumul ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg'ularini ko'ramiz. Shunday

ekan, xalqimizning qalb qo'ri, yuksak aql-zakovati bilan asrlar davomida yaratilib, avloddan-avlodga o'tkazib kelingan folklor namunalarini ham o'rganish muhim ahamiyatga ega.

Ma'naviyat qadim zamonlardan inson dunyoqarashini, xatti-harakatini, jamiyatda tutgan o'rnini, xalqqa, vatanga, atrofidagi odamlarga bo'lgan munosabatini boshqaruvchi omil hisoblanadi. Ma'naviy qashshoq kimsa hayotda ro'y berayotgan voqealarga loqayd bo'ladi. Loqaydlik esa tuzatib bo'lmas oqibatlarga olib keladi. Ma'naviy qashshoq odam uchun Vatan, xalq, oila kabi muqaddas tushunchalar yot. Shuning uchun keksa avlod, avvalo, farzandning ma'naviy dunyosini shakllantirish chorasini rejalashtirgan. Aslini olganda, xalq dostonlari, ertaklari, qo'shiqlari, maqollari va boshqa o'nlab janrdagi asarlar yosh avlodning ma'naviyatini boyitish, uni haqiqiy inson darajasiga yetishini ta'minlash maqsadini nazarda tutgan holda yaratilgan. O'tgan asrgacha bugungi kundagi matbuot, o'quv dargohlari, madaniyat markazlari, radio, televidenie, internet kabi ta'lim, ma'rifat tizimi bo'lmagan. Bu vazifalarni bajarish, asosan, xalq og'zaki ijodi zimmasiga yuklatilgan. Natijada, xalq og'zaki ijodi xalq pedagogikasi zami-nini tashkil etgan.

Ma'lum bo'ladiki, madaniyat, san'at, til xalqning xalq sifatida ravnaq topishining bosh omili ekan. Xalq ijodi esa madaniyat, san'at, tilning asosini tashkil etuvchi tarkibiy qismdir. Qadimdan ota-bobolarimiz o z orzu-umidlarini turmush haqiqatlari bilan uyg'unlashtirgan holda go'zal mo'jizakor manzaraga, sodda va o'ta teran mazmunga ega ertaklarni yaratganlar. Hayot haqiqati va kishilarning ruhi, psixologiyasini ozida aks ettirgan ertaklarning badiiy kuchi hanuzgacha kattalar va kichiklar uchun ham birday qiziqarli, jozibali xalq kitobi sifatida tasir etib kelmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ertaklar - yaxshilikka yetaklar, deb xalqimiz bejizga aytishmagan. Ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati katta. Ertaklarda voqealar asosan mojizali tarzda ifodalanadi. Binobarin, mo'jiza yoki fantaziya voqea va hodisalarni hayot bilan boglab, haqiqat, ozodlik, to'g'rilik, odamiylik kabi didaktik g'oyalarni tashviq etadi, syujet rivojiga kuch bag'ishlaydi, tinglovchi e'tiborini o'ziga jalb qilib, ajoyibotlar olamiga olib kiradi, shirin tuyg'ular dunyosiga g'arq etadi. Umumlashtirilgan holda ertakka xos quyidagicha tarif e'tirof etilgan: "Hayot haqiqati bilan bog'liq bo'lib, fantastik hamda hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g'oya tashuvchi og'zaki hikoyalar ertak deb ataladi."

Ertaklarda ananaviy boshlama voqeaning qay vaqt bo'lib o'tganini bildirmaydi, noaniq, umumiy tarzda ifodalaydi. Ertak aytuvchi kichik va o rta

yoshdagi bolalarga mo'ljallangan har qanday ertaklarni tinglovchi diqqatini tezda o'ziga jalb qilishi uchun "Bir bor ekan, bir yo'q ekan, och ekan, to'q ekan, bo'ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg'a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, g'oz karnaychi ekan, o'rdak surnaychi ekan, tovuq qoq etdi, bilmadim qaqqa ketdi" -tarzida an'anaviy boshlama qolipdan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.

Ertaklar, avvalo, bolalarning jonivor hayvonlarga, parrandalarga bo'lgan qizi-qishi, mehrini oshirsa, ikkinchidan,mehnat orqali farovon, tinch, osoyishta turmush kechirish mumkinligi uqtiriladi. Ertaklarning yakuni qissadan hissa chiqarishga undaydi. Ya'ni, " Yaxshilik qilsang - yaxshilik topasan, yomonlik qilsang - jazo olasan", "Mehnat qilsang-rohat ko'rasan","Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo'lar chiroylik" kabi maqollarning ma'nosi izohlansa, bolalar har bir o'qigan ertak-larining xulosasini maqollar bilan izohlashga harakat qiladilar. Bu bolalarning tafakkurini charxlash bilan birga, ko'proq maqollar yod olishiga ham yordam beradi. Ertak qahramoni aql bilan ish tutib, qiyin jumboqlarni yechadi, tadbir bilan ish tutib, dahshatli kuchlarni yengadi.

Ma'lum bo'ladiki, qahramon ismi berilsa ham, berilmasa ham asosiy maqsad ertakdagi hikoya qilinayotgan voqea oddiy maishiy turmush sharoitida kechganini ta'kidlashdan iborat bo'ladi. Keyingi maqsad asar ishtirokchilari boshidan kechirgan turmush lavhalari vositasida yosh avlodning barkamol inson bo'lib etishuvi uchun tarbiyaviy zamin hozirlashdan iboratdir. «Uch og'a-ini botirlar» ertagida mo'ysafid ota o'z o'g'illarini qo'rqmas, jasur qilib o'stiradi. O'z farzandlarini baxt topish safariga otlantirar ekan, ularga uchta maslahat beradi: «To'g'ri bo'ling, bexavotir bo'lasiz. Maqtanchoq bo'lmang, uyatga qolmaysiz. Dangasa bo'lmang, baxtsiz bo'lmaysiz». Bu pand mohiyatini tahlil qilsak, hayotga tayyorlanishi lozim insonning haqiqiy amal qilishi kerak hisoblangan fazilatlar aks etganiga ishonch hosil qilamiz. Bu ertaklarda tarbiyaviylik, ma'naviy yetuklik, komillik, odamiylik, fikran teranlik ustivor darajada tavsiflanadi. Ertakning pedagogik qiymati shundaki, o'quvchilar unda to'g'rilik, halollik g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya'ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va yomonlik, vovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo'lishini istaydilar.

Masalan, "Halollik" ertagida asosiy fikr kambag'allarga yordam ko'rsatish, o'z mehnati bilan hayot kechirish bo'lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g'oyasi ilgari surilgan bo'lsa, "Hiylagarning jazosi" ertagida esa soddadilning to'g'riligi hiylagarning makri ustidan g'olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g'oyasi ilgari

surilgan. Har ikki ertak ham to'g'riso'zlilikning g'alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g'alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.

Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko'nikmasini o'stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g'alaba qozonishiga iShonch uyg'otadi. O'quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida "kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?)", "Nima uchun?", "... nima uchun jazolandi? (yoki rag'batlantirildi?)", "Nima uchun ertakdagi ba'zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba'zilaridan yuz o'giradi?)" kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib xulosaga keladilar.

Boshlang'ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko'proq o'qitiladi. "Bo'rining tabib bo'lgani haqida ertak" (A.Obidjon), "Ko'zacha bilan tulki"kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o'qitiladi va tahlil qilinadi. Ertak matni ustida ishlashda tanlab o'qish, savollarga javob berish, o'quvchilarning o'zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, "Davlat", "Ilm afzal", "Hiylagarning jazosi", "Hunarsiz kishi o'limga yaqin"kabi maishiy ertaklarni ham o'qiydilar. Bunday ertaklarda xalq o'z hayotini hikoya qiladi, shu sababli o'quvchilar ertakni o'qigach, o'tmishdagi xalq hayotini, o'y-fikrlari va orzu-istaklarini bilib oladilar.

Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o'qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq-atvori, ayrim hatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo'lib o'qiydilar. Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o'qishgagina etnas, balki uni aytib berishga o'rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og'zaki nutqni o'stiradi, bolalar nutqini yangi so'z va iboralar bilan boyitadi.

O'quvchilarni 4-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o'rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o'qituvchi aytib berishi mumkin. O'quvchi ertak mazmunini o'zlashtirib olgandan so'ng, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratiliShi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda o'quvchilarning o'z nutqida til vositalaridan o'rinli foydalanish talab qilinadi. Ertak tilida shunday so'z va iboralar borki, ular bolaga o'zgacha ta'sir ko'rsatadi. Masalan, "Yo'lbars, Tulki va Bo'ri" ertagida "Tog' echkisi siz

ulug'imizniki bo'lsin", "Quyon siz podshohimizning ertalabki nonushtangiz bo'lsin", "Kiyik kechqurungi taomingiz, qo'y kunduzgi xo'ragingiz bo'lsin" kabi gaplar tarkibidagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarga o'quvchilar diqqati qaratilib, ertakni so'zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur. Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g'oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo'li bilan bog'lanishli nutqni o'stirish, nutqning ta'sirchanligini oshirish lozim.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, Xalq og'zaki ijodi - insoniyatga tengdosh eng qadimiy san'at. O'zbek xalqi ming yillar davomida yaratgan milliy xazinamizning nodir merosi bo'lgan og'zaki badiiy ijodi hamisha inson kamoloti, yurt farovonligi, jamiyat yetukligi borasida ma'naviy ozuqa bo'lib xizmat qiladi. Yillar to'zonidan omon-eson o'tib, avlod-ajdodlardan meros qolgan folklor janrlari ijtimoiy-siyosiy, ta'limiy-tarbiyaviy sohalarda maktab, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda yo'lboshlovchi vazifasini o'tay-di. Xalqning turmush tajribalari, kundalik kuzatishlari natijasida yuzaga kelib, o'z isbotini topgan maqollar, naqllarni hayot maktabi darsligi desak mubolag'a bo'lmaydi. Mustaqil O'zbekistonda milliy qadriyatlar tiklanayotgan hozirgi davrda xalq yaratgan merosini yosh avlod ongi shuurida tasavvur hosil qilish, umuminsoniy qadriyatlarni har tomonlama o'rgatish va tatbiq etish davr talabi. Qolaversa, har bir shaxsning zimmasidagi mas'uliyati hisoblanadi. Ana shu mas'uliyatni his qilgan inson kelajak avlodimizning yangi fikrlaydigan, izlanuvchan, mehr-oqibatli, yurtsevar, elparvar egalarini yetishtirishda, tarbiyalashda o'z hissasini qo'shadi. Buyuk allomalarimizning ibratomuz hayotlari, Vatan, xalq uchun qilgan xizmatlari haqida, aziz -avliyolarning ilmi-urfoni haqida, mamlakat osoyishtaligi, tinchligi, xalq or-nomusi uchun kurashgan sarkardalar haqida, qolaversa, Vatanning har bir go'shasi xususida ota-bobolarimiz yaratgan rivoyatlar o'zining ilmiy, badiiy ahamiyati bilan qimmatlidir., ertaklar yordamida yaxshilik va yomonlik sahrolarida, adir-u tog'liklarida sayohat qiladilar. Ana shu davrdan boshlab nima yaxshi-yu nima yomon ekanligini anglay boshlaydilar. Bolalar ulg'aygan sari o'zlaridan kichiklarga ertak aytib berishga, ularni aqlli, vazmin bo'lishga, o'jar, injiq qiliqlarini tashlashga undaydilar. Ular ham o'zlarini kichik tarbiyachilar sifatida tutadilar.

Xalq og'zaki badiiy ijodi katta-yu kichik, yosh-u qari uchun birdek donishmandlik majmuasi hisoblanadi. Asrlar o'tsa-da, buyuk alloma-larimiz asarlarida ta'lim-tarbiya masalalari badiiy ifodalansa-da, xalq tafakkurining mahsuli

bo'lgan folklor asarlari ma'naviy jihatdan olamshumul ahamiyat kasb etishda davom etaveradi.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. (2017). Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. -T.: O'zbekiston.

2. Gafforova T., Nurullayeva Sh., Haydarova O. (2004). Boshlang'ich sinflar uchun o'zbek tili va o'qishdan didaktik materiallar. -Toshkent: Ilm ziyo.

3. Maratov Temur Gayrat ugli (2019) Scientific theoretical problems of perfect human category in the psychology. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 7(8). 16-22.

4. Usarov Jabbor Eshbekovich, Eshnayev Nortoji Jumayevich, and Haydarova Surayyo Abdusalomovna. . (2020) "Defects in scientific research of the problems of spiritual and moral crisis and its solution", IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 8, p. 6.

5. Нортожи Жумаевич Эшнаев. (2021). Маънавий-ахлокий муаммоларни илмий тадкик этишнинг узига хос жихдтлари. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. Vol.2, no. 2. p. 364-369.

6. Uzviylashtirilgan o'quv dasturini joriy etish bo'yicha tavsiyalar, o'quv mavzul ar (5-9 sinf. o'zbek tili va adabiyot).

7. R.H. Jo'rayev, A. Zushunov (2006). "Ta'lim jarayonida o'quv fanlarini integratsiyalash omillari. O'qituvchilar uchun o'quv qo'llanma". - T., Sharq.

8. J.G'. Yo'ldoshev, L. A. Usmanov (2001). "Pedagogik texnologiya asoslari" -Toshkent.

9. A. G'ulomov, M. Qodirov (2001).v"0'zbek tili o'qitish metodikasi" - Toshkent.

10. B. To'xliyev (2010). "Adabiyot o'qitish metodikasi". - Toshkent.

11. G'afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. (2014). "O'qish kitobi": 3-sinf uchun darslik. -Toshkent: "Sharq".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.